Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkilotining standartlari va tavsiyalari asosida O‘zbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasi sohasida parvozlar xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan milliy qonunchilikni takomillashtirish hamda O‘zbekiston Respublikasida uchuvchisiz uchadigan apparatlardan foydalanishni yanada tartibga solish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
(muqaddima O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 4-oktabrdagi 630-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.10.2024-y., 09/24/630/0793-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi, Jinoyat-protsessual kodeksi hamda Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga muvofiq:
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 4-oktabrdagi 630-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.10.2024-y., 09/24/630/0793-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
uchuvchisiz uchadigan apparatlarni, ularning butlovchi va ehtiyot qismlarini qonunga xilof ravishda olib kirish, sotish, sotib olish, saqlash yoki ulardan foydalanish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
uchuvchisiz uchadigan apparatlarni saqlash, ulardan foydalanish yoki ularni boshqa shaxslarga berish tartibini buzish, shuningdek, ulardan boshqa maqsadlarda foydalanish uchun ma’muriy va jinoiy javobgarlik belgilanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
(1-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 4-oktabrdagi 630-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.10.2024-y., 09/24/630/0793-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Belgilab qo‘yilsinki:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) O‘zbekiston Respublikasi hududida uchuvchisiz uchadigan apparatlar, ularning butlovchi va ehtiyot qismlarining belgilangan tartibda majburiy deklaratsiya qilinadigan tranzitidan tashqari (8802200001, 8802200002, 8802200008, 8803100000, 8803200000 TN VED kodlari) ularni qonunga xilof ravishda olib kirish, sotish, sotib olish, saqlash yoki ulardan foydalanish taqiqlanadi, O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligining “Geoinnovatsiya markazi” davlat unitar korxonasi, “Chorvoq” erkin turistik zonasi direksiyasi, YUNESKO ishlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi milliy komissiyasi tomonidan uchuvchisiz uchadigan apparatlar, ularning butlovchi va ehtiyot qismlarini olib kirish, sotish, sotib olish, saqlash va foydalanish holatlari bundan mustasno;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) Vazirlar Mahkamasining alohida qarorlari bilan tegishli vazirliklar, idoralar va xo‘jalik subyektlariga uchuvchisiz uchadigan apparatlar, ularning butlovchi va ehtiyot qismlarini olib kirish, sotish, sotib olish, saqlash va ulardan foydalanish uchun ruxsatnomalar berilishi mumkin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) amaldagi qonunchilik hujjatlari talablariga xilof ravishda respublika hududiga olib kirish, sotish, sotib olish, saqlash yoki ulardan foydalanish jarayonida vaqtincha olib qo‘yilgan fuqaro aviatsiyasining uchuvchisiz uchadigan apparatlari va ularning butlovchi qismlari Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligida saqlanadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) uchuvchisiz uchadigan apparatlarni (ularning butlovchi va ehtiyot qismlarini) topshirish, sotish yoki utilizatsiya qilish tergovdan oldingi tekshiruvni amalga oshiruvchi organ, surishtiruvchi, tergovchi yoki prokurorning qarori, shuningdek, sud qarori asosida tegishli dalolatnoma tuzish orqali amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga ko‘ra respublikaning turizm salohiyati to‘g‘risida foto va videomateriallar tayyorlash uchun xorijiy ijodiy guruhlarga uchuvchisiz uchadigan apparatlarni O‘zbekiston Respublikasi hududiga vaqtincha olib kirish, saqlash va ulardan foydalanish uchun ruxsatnoma O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligining iltimosnomasiga asosan Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi tomonidan beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Quyidagilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi fuqaro va davlat aviatsiyasida uchuvchisiz uchadigan apparatlardan foydalanish va ularni saqlash tartibi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Uchuvchisiz uchadigan apparatlarni vaqtincha olib kirish, saqlash va O‘zbekiston Respublikasi hududida ulardan foydalanish uchun iltimosnoma berish tartibi to‘g‘risidagi nizom 2-ilovaga muvofiq;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi hududida aerosuratga olish ishlarini havo kemalaridan foydalangan holda amalga oshirish to‘g‘risidagi nizom 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Davlat bojxona qo‘mitasi, Davlat soliq qo‘mitasi, Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlari va Ichki ishlar vazirligi uchuvchisiz uchadigan apparatlar, shuningdek, ularning butlovchi va ehtiyot qismlarini noqonuniy olib kirish, sotish, sotib olish, saqlash va ulardan foydalanish holatlarini aniqlash hamda ularning oldini olishga qaratilgan amaliy choralarni ko‘rib borsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Transport vazirligi Mudofaa vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Turizm va madaniy meros vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlari, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi va O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
respublika hududiga uchuvchisiz uchadigan apparatlarni olib kirish, sotish, sotib olish, saqlash va ulardan foydalanish tartibi, shuningdek, belgilangan tartib buzilishining huquqiy oqibatlari to‘g‘risida axborot materiallari davlat va xorijiy tillarda tayyorlanishini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tayyorlangan axborot materiallarini va videoroliklarni ommaviy axborot vositalarida, shu jumladan, rasmiy veb-saytlarda joylashtirish orqali keng yoritish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalarida, havo kemalarida va poyezdlarda, O‘zbekiston Respublikasining davlat chegarasidan o‘tishda nazorat-o‘tkazish punktlarida namoyish etilishini ta’minlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Vazirliklar va idoralar o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasining havo hududida uchuvchisiz uchadigan apparatlaridan foydalanishni tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2016-yil 12-maydagi 150-son qaroriga4-ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 5-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari A.J. Ramatov va transport vaziri I.R. Maxkamov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2022-yil 15-noyabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
658-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 15-noyabrdagi 658-son qaroriga 1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi fuqaro va davlat aviatsiyasida uchuvchisiz uchadigan apparatlardan foydalanish hamda ularni saqlash tartibi to‘g‘risida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-bob. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi fuqaro va davlat aviatsiyasida uchuvchisiz uchadigan apparatlardan foydalanish hamda ularni saqlash tartibini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Mazkur Nizomda quyidagi tushunchalardan foydalaniladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ariza beruvchi — O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining alohida hujjati bilan idoraviy vazifalarni bajarish uchun O‘zbekiston Respublikasi havo hududida uchuvchisiz uchadigan apparatlardan foydalanishga ruxsat berilgan yuridik shaxs;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ajratilgan havo hududi — O‘zbekiston Respublikasi hududi yoki hududiy suvlari ustidagi havo hududi bo‘lib, uning doirasida idoraviy vazifalarni bajarish uchun uchuvchisiz uchadigan apparatlar va uchuvchisiz aviatsiya tizimlarining parvozlarini amalga oshirish uchun ruxsat berilgan hudud;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat aviatsiyasining aviatsiya xodimlari — uchuvchisiz uchadigan apparatlar parvozlarini tashkil qilish, bajarish, ta’minlash va ularga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha faoliyatni amalga oshirish uchun maxsus kasbiy tayyorgarlikka ega bo‘lgan mansabdor shaxslar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
parvozlar xavfsizligi — havo kemalaridan foydalanishga taalluqli aviatsiya faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan yoki bunday foydalanishni bevosita ta’minlaydigan maqbul darajagacha pasaytirilgan va nazorat qilinadigan holat;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
uchuvchisiz aviatsiya tizimi — havo kemasi va bortida uchuvchisi bo‘lmagan holda foydalaniladigan havo kemasi bilan bog‘liq elementlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
uchuvchisiz uchadigan apparat — uchuvchisiz parvozni amalga oshiradigan yoki to‘liq boshqa joydan masofadan turib boshqariladigan yoxud dasturlashtirilgan va parvozda to‘liq avtonom bo‘lgan havo kemasi (havo kemalari modellari va o‘yinchoq havo kemalari modellari bundan mustasno). Uchuvchisiz uchadigan apparat o‘zida odatda yaxlit tizim sifatida foydalaniladigan uchuvchisiz va masofadan boshqariladigan havo kemalarini birlashtiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
uchuvchisiz uchadigan apparatlar uchun butlovchi qismlar va ehtiyot qismlar — 8802200001, 8802200002, 8802200008, 8803100000, 8803200000 TN VED kodiga tushadigan qismlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
parvozlarni qisqa muddatli cheklash — Havo hududidan foydalanishning yagona boshqaruv tizimi markazlarining havo hududidan foydalanishni boshqarish borasida o‘z hududlarida parvozlar xavfsizligini va boshqa faoliyatni tezkor ta’minlashga yo‘naltirilgan tadbirlar kompleksi bilan havo hududidan foydalanish bo‘yicha belgilanadigan alohida tartib;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
havo hududidan foydalanishning yagona boshqaruv tizimi — idoralararo komissiya va Havo hududidan foydalanishning yagona boshqaruv tizimi markazlaridan tashkil topgan, O‘zbekiston Respublikasining havo hududidan foydalanish tartibiga rioya etilishini tashkil etish, rejalashtirish, muvofiqlashtirish va monitoringini amalga oshirish uchun mo‘ljallangan organ;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
havo kemasining o‘yinchoq modeli — fuqarolarning shaxsiy ehtiyojlarini qondirish uchun ishlatiladigan, og‘irligi 250 grammdan oshmaydigan, 8802200001 TN VED kodiga tushmaydigan, parvozni avtonom boshqarish funksiyasiga va navigatsiyaga ega bo‘lmagan, foto va video uskunalar bilan jihozlanmagan uchadigan apparat;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
havo kemasining modeli (aviamodel) — dvigatelli yoki dvigatelsiz, parvozni avtonom boshqarish funksiyasiga va navigatsiyaga ega bo‘lmagan, foto va video uskunalar bilan jihozlanmagan, faqat o‘quv, sport, madaniy va ma’rifiy tadbirlar va texnik ijodkorlikni rivojlantirish uchun foydalaniladigan uchadigan apparat;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
havodagi yaqinlashuv yo‘lagi — aerodrom hududidagi uchish-qo‘nish yo‘lagining oxiriga tutashgan qismidagi havo hududi bo‘lib, uning doirasida uchadigan paytda balandlikka ko‘tariladi va qo‘nish paytida pasayish amalga oshiriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
havo kemalarining parvozlari uchun maxsus zona — uchish zonasi, sinov parvozlari zonasi, havo kemalarining past va juda past balandlikdagi parvozlari zonasi, havo kemalarining tovush tezligidan oshadigan tezlikdagi parvozlari zonasi, havo kemalariga parvozda yoqilg‘i quyish zonasi, havo kemalarining o‘zgaruvchan balandlikda parvoz qilish zonasi, yoqilg‘i to‘kish va yuk tashash zonasi, havo kemalari modellarining (aviamodellar) parvozlari zonasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
fuqaro aviatsiyasi uchuvchisiz uchadigan apparatining operatori — ariza beruvchining uchuvchisiz uchadigan apparatini bevosita boshqaradigan mansabdor shaxsi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ekspluatant — havo kemasiga egalik huquqi, ijara asosida yoki boshqa qonuniy asosda ega bo‘lgan, ushbu havo kemasidan foydalanish huquqi va qobiliyati hujjatlashtirilgan fuqaro yoki yuridik shaxs;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yagona havo hududi — O‘zbekiston Respublikasi hududi yoki hududiy suvlari ustidagi havo hududi bo‘lib, uning doirasida O‘zbekiston Respublikasining barcha turdagi havo kemalariga parvoz qilish ruxsat berilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. O‘zbekiston Respublikasining havo hududida xorijiy davlatlarning uchuvchisiz uchadigan apparatlari parvozini amalga oshirishga faqat O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan ruxsat etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Ta’lim, sport, madaniy va ma’rifiy tadbirlarga, texnik ijodkorlikni rivojlantirishga mo‘ljallangan havo kemalari modellarining (aviamodellarning) parvozlari qonunchilik hujjatlariga muvofiq faqat havo kemalari parvozlarining maxsus zonalarida amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Ariza beruvchi uchuvchisiz uchadigan apparatlardan foydalanishga ruxsat olishdan oldin uchuvchisiz uchadigan apparatlar jihozlangan radioelektron vositalardan foydalanishga vakolatli organdan belgilangan tartibda ruxsat olishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-bob. Uchuvchisiz uchadigan apparatlar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-§. Fuqaro aviatsiyasining uchuvchisiz uchadigan apparatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Fuqaro aviatsiyasining uchuvchisiz uchadigan apparatlari tanlangan boshqarish usuliga qarab avtonom va masofadan turib boshqariladiganlarga bo‘linadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Fuqaro aviatsiyasining uchuvchisiz uchadigan apparatlari quyidagi talablarga javob berishi kerak:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) sanoat usulida ishlab chiqarilgan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) ishlab chiqaruvchi zavodning pasportiga yoki unga tenglashtirilgan hujjatga (sifat sertifikati, muvofiqlik sertifikati) ega bo‘lishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) parvoz vaqtida maksimal og‘irligi 25 kg dan oshmasligi, qishloq xo‘jaligida agrotexnika tadbirlarini amalga oshirish uchun mo‘ljallangan uchuvchisiz uchadigan apparatlar bundan mustasno, bunda ularning maksimal uchish og‘irligi 250 kg dan oshmasligi kerak va tur sertifikati, GPS Tracker yoki ID moduli (Remote ID masofadan identifikatsiyalash) bilan jihozlangan bo‘lishi lozim.
(7-bandning “v” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 13-iyuldagi 381-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.07.2026-y., 09/26/381/0734-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Fuqaro aviatsiyasining uchuvchisiz uchadigan apparatlari tasniflanmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Fuqaro aviatsiyasining uchuvchisiz uchadigan apparatlaridan foydalanishga ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq sxema bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi (keyingi o‘rinlarda — Agentlik) tomonidan ruxsat beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Ariza beruvchi ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq parvozlarni amalga oshirish bo‘yicha namunaviy shaklda ishlab chiqilgan qo‘llanmaga ega bo‘lishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Parvozlarni amalga oshirish bo‘yicha qo‘llanma va unga kiritiladigan barcha o‘zgartirishlar Agentlik bilan kelishilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Ariza beruvchi fuqaro aviatsiyasining uchuvchisiz uchadigan apparatlaridan foydalanishga ruxsat olish uchun Agentlikka quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq shaklda uchuvchisiz uchadigan apparatdan foydalanishga ruxsat olish uchun ariza;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) uchuvchisiz uchadigan apparatga mulk huquqi yoki boshqa shakldagi mulk huquqi to‘g‘risidagi hujjat nusxasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) uchuvchisiz uchadigan apparat uchun ishlab chiqaruvchining pasporti nusxasi yoki unga tenglashtirilgan hujjat (sifat sertifikati, muvofiqlik sertifikati);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) uchuvchisiz uchadigan apparatdan foydalanish bo‘yicha ishlab chiqaruvchining hujjati (qo‘llanma, yo‘riqnoma, texnik tavsif) nusxasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
d) ariza beruvchining parvozlarni amalga oshirish bo‘yicha qo‘llanmasi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Agentlik arizani hujjatlar bilan birgalikda ko‘rib chiqadi va uchuvchisiz uchadigan apparatning texnik holatini o‘n ish kunidan oshmaydigan muddatda baholaydi. Texnik holatni tekshirish Agentlikda amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Agentlik hujjatlarni ko‘rib chiqish va uchuvchisiz uchadigan apparatning texnik holatini tekshirish natijalari bo‘yicha fuqaro aviatsiyasining uchuvchisiz uchadigan apparatidan foydalanishga ruxsat berish to‘g‘risidagi xulosani rasmiylashtiradi va O‘zbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasining uchuvchisiz uchadigan apparatlaridan foydalanishga ruxsat etilgani to‘g‘risida berilgan xulosalarni ma’lumotlar reyestriga (keyingi o‘rinlarda — reyestr) kiritadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agentlik ariza beruvchiga uchuvchisiz uchadigan apparatdan foydalanishga ruxsat berilganligi to‘g‘risidagi xulosani beradi (yuboradi) yoki tegishli qaror qabul qilingan kundan e’tiboran bir ish kunidan kechiktirmay, foydalanishga ruxsat berish rad etilganligi to‘g‘risida yozma ravishda xabardor qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Fuqaro aviatsiyasining uchuvchisiz uchadigan apparati to‘g‘risidagi ma’lumotni reyestrga kiritishda unga ro‘yxatdan o‘tishni tanituvchi belgi beriladi, ariza beruvchi uni uchuvchisiz uchadigan apparat korpusiga tushiradi. Ro‘yxatdan o‘tish tanituvchi belgi beshta arab raqamidan iborat bo‘ladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Fuqaro aviatsiyasining uchuvchisiz uchadigan apparatidan foydalanishga ruxsat etish to‘g‘risidagi xulosa ushbu Nizomga 4-ilovaga muvofiq shaklda rasmiylashtiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Ariza beruvchiga quyidagi hollarda fuqaro aviatsiyasining uchuvchisiz uchadigan apparatidan foydalanishga ruxsat etish to‘g‘risidagi xulosani berish rad etilishi mumkin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) talab qilinadigan hujjatlar to‘liq hajmda taqdim etilmasa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) taqdim etilgan hujjatlarda noto‘g‘ri yoki buzib ko‘rsatilgan ma’lumotlarning mavjudligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) fuqaro aviatsiyasining uchuvchisiz uchadigan apparati texnik holatini tekshirish natijalari to‘g‘risidagi asosli salbiy xulosa bo‘lsa.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Agentlik tomonidan uchuvchisiz uchadigan apparatdan foydalanishga ruxsat etish to‘g‘risidagi arizani ko‘rib chiqish uchun haq olinmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Reyestr Agentlik tomonidan ushbu Nizomga 5-ilovaga muvofiq shaklda yuritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Ariza beruvchining manzili o‘zgarganda, uchuvchisiz uchadigan apparat uni qayta jihozlash bilan bog‘liq modifikatsiya qilinganda (nomi o‘zgarganda), foydalanilayotgan uchuvchisiz uchadigan apparat ro‘yxatdan chiqarilganda, uchuvchisiz uchadigan apparatdan foydalanishga ruxsat berish to‘g‘risidagi xulosada ko‘rsatilgan uchuvchisiz uchadigan apparat operatori (operatorlari) to‘g‘risidagi ma’lumotlar o‘zgarganda, ariza beruvchi yuqorida ko‘rsatilgan ma’lumotlarni tasdiqlovchi hujjatlar bilan birga yetti ish kuni ichida Agentlikka xulosani qayta rasmiylashtirish uchun ariza berishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Fuqaro aviatsiyasining uchuvchisiz uchadigan apparatidan foydalanishga ruxsat etish to‘g‘risidagi xulosa qayta rasmiylashtirilganda, Agentlik reyestrga tegishli o‘zgartirishlar kiritadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Fuqaro aviatsiyasining uchuvchisiz uchadigan apparatidan foydalanishga ruxsat etish to‘g‘risidagi xulosani berish va qayta rasmiylashtirish Agentlik tomonidan tegishli hujjatlar bilan xulosa berish to‘g‘risidagi ariza qabul qilingan kundan boshlab besh ish kunidan ko‘p bo‘lmagan muddat ichida amalga oshiriladi. Fuqaro aviatsiyasining uchuvchisiz uchadigan apparatidan foydalanishga xulosa berish va uni qayta rasmiylashtirish uchun haq olinmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Ariza beruvchi tomonidan ushbu Nizomning 19-bandi talablari bajarilmaganda, fuqaro aviatsiyasining uchuvchisiz uchadigan apparatidan foydalanishga ruxsat etish to‘g‘risidagi xulosa to‘xtatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-§. Davlat aviatsiyasining uchuvchisiz uchadigan apparatlari va uchuvchisiz aviatsiya tizimlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. Davlat aviatsiyasining uchuvchisiz uchadigan apparatlari va uchuvchisiz aviatsiya tizimlari tanlangan boshqarish usuliga qarab, avtonom va masofadan turib boshqariladiganlarga bo‘linadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23. Davlat aviatsiyasining uchuvchisiz uchadigan apparatlari va uchuvchisiz aviatsiya tizimlariga qo‘yiladigan talablar, ularni ro‘yxatga olish, ulardan foydalanish va saqlash tartibi ishlab chiqaruvchilarning ekspluatatsiya qilish va texnik hujjatlariga muvofiq ravishda vazirliklar va idoralar tomonidan belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ishlab chiqaruvchining texnik hujjatlari mavjud bo‘lmagan davlat aviatsiyasining uchuvchisiz uchadigan apparatlarini sotib olish taqiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24. Vazirliklar va idoralarda davlat aviatsiyasining uchuvchisiz uchadigan apparatlarining va uchuvchisiz aviatsiya tizimlarining ishlab chiqaruvchi zavodning texnik-foydalanish hujjatlariga muvofiq to‘g‘ri saqlanishini tekshirish huquqi O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati vakillarini majburiy kiritish, shuningdek, quyidagi shartlar bilan O‘zbekiston Respublikasi Harbiy prokuraturasi bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligiga berilgan:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) tekshirishni tekshirilayotgan vazirlik va idoralar rahbariyati bilan kelishish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) tekshiruvchilarning vazirliklar va idoralar obyektlariga kirish uchun tegishli ruxsati mavjudligi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tekshirishlar kalendar yil davomida kelishilgan rejaga muvofiq amalga oshiriladi. Vazirliklar va idoralar tomonidan navbatdagi tekshiruvga oxirgi tekshiruvdan 3 yil o‘tgandan keyin ruxsat beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25. Vazirliklar va idoralar tomonidan davlat aviatsiyasining uchuvchisiz uchadigan apparatlaridan va uchuvchisiz aviatsiya tizimlaridan O‘zbekiston Respublikasi havo hududida foydalanishga O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining ruxsatnomasi olingandan keyin ruxsat etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
26. Davlat aviatsiyasining uchuvchisiz uchadigan apparatlari bilan sodir bo‘lgan aviatsiya hodisalari (halokatlari) tekshiruvi O‘zbekiston Respublikasi Harbiy prokuraturasi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati va O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Zarurat bo‘lganda, davlat aviatsiyasining uchuvchisiz uchadigan apparatlari bilan sodir bo‘lgan aviatsiya hodisalari (halokatlari) tekshiruviga O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi mutaxassislari belgilangan tartibda jalb etilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-bob. Fuqaro va davlat aviatsiyasi xodimlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-§. Fuqaro aviatsiyasining uchuvchisiz uchadigan apparati operatori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
27. Fuqaro aviatsiyasining uchuvchisiz uchadigan apparatlaridan foydalanish bilan bog‘liq bo‘lgan operatorlar tarkibi ariza beruvchi tomonidan uchuvchisiz uchadigan apparatning turi, maqsadi va shartlariga qarab belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
28. Fuqaro aviatsiyasining uchuvchisiz uchadigan apparati operatori quyidagi talablarga javob berishi kerak:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga ega bo‘lishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) 18 yoshga yetgan bo‘lishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) salomatligi jihatidan lavozim vazifalarini bajarishga yaroqli bo‘lishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) uchuvchisiz uchadigan apparatlar ishlab chiqaruvchisi tomonidan tavsiya etilgan talablar asosida uchuvchisiz uchadigan apparatdan foydalanish va uni boshqarish bo‘yicha maxsus tayyorgarlikka ega bo‘lishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
d) havo hududidan foydalanish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligini bilishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
z) uchuvchisiz uchadigan apparatdan foydalanish bo‘yicha bilim va mahoratini Agentlikka namoyish etishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-§. Davlat aviatsiyasining aviatsiya xodimlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
29. Davlat aviatsiyasi aviatsiya xodimlarining tarkibi, ularga qo‘yiladigan asosiy talablar, davlat aviatsiyasining uchuvchisiz uchadigan apparatlari va uchuvchisiz aviatsiya tizimlaridan foydalanishga ruxsat berish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tomonidan belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
30. Tajriba-konstruktorlik, eksperimental yoki ilmiy-tadqiqot ishlarining maqsadlari va vazifalariga qarab, davlat aviatsiyasidan foydalanuvchilar manfaati uchun ishlab chiqilgan eksperimental uchuvchisiz uchadigan apparatlar va uchuvchisiz aviatsiya tizimlarining shaxsiy tarkibi uchadigan apparatni (tizimni) ishlab chiqaruvchi (yig‘uvchi) tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi bilan kelishilgan holda belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-bob. Aerodromlar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
31. Davlat aviatsiyasining uchuvchisiz uchadigan apparatlari va uchuvchisiz aviatsiya tizimlari aerodromlarda joylashtirilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
32. Davlat aviatsiyasining uchuvchisiz uchadigan apparatlari va uchuvchisiz aviatsiya tizimlaridan foydalanishga ruxsat berilgan aerodromlar tegishli ruxsatnomaga ega bo‘lishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
33. Aerodromlardan foydalanishga O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tomonidan ular yaroqlilik normalari va parvozlar xavfsizligini ta’minlaydigan talablarga muvofiq bo‘lganda ruxsat beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
34. Davlat aviatsiyasining uchuvchisiz uchadigan apparatlari va uchuvchisiz aviatsiya tizimlarining bitta aerodromda joylashtirilishi hamda ulardan bir vaqtning o‘zida foydalanish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tomonidan belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-bob. Havo hududidan foydalanish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
35. Fuqaro va davlat aviatsiyasining uchuvchisiz uchadigan apparatlari, davlat aviatsiyasining uchuvchisiz aviatsiya tizimlari tomonidan havo hududidan foydalanish sohasidagi davlat boshqaruvi va nazoratini olib borish qonunchilikka asosan O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligiga yuklanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
36. Zarur xavfsizlik qoidalariga rioya qilingan holda va Havo hududidan foydalanishning yagona boshqaruv tizimi organlaridan ruxsat olingandan keyingina fuqaro va davlat aviatsiyasining uchuvchisiz uchadigan apparatlari, davlat aviatsiyasining uchuvchisiz aviatsiya tizimlariga O‘zbekiston Respublikasi havo hududidan foydalanishga ruxsat beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
37. Fuqaro aviatsiyasining uchuvchisiz uchadigan apparatlari faqat ajratilgan havo hududidan foydalanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
38. Davlat aviatsiyasining uchuvchisiz uchadigan apparatlari va davlat aviatsiyasining uchuvchisiz aviatsiya tizimlari ajratilgan havo hududi va umumiy havo hududlaridan foydalanishlari mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
39. Davlat aviatsiyasining avtonom uchuvchisiz uchadigan apparatlari va uchuvchisiz aviatsiya tizimlari faqat ajratilgan havo hududidan foydalanishlari mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
40. Davlat aviatsiyasining uchuvchisiz uchadigan apparatlari va uchuvchisiz aviatsiya tizimlari faqat istalgan vaqtda bitta boshqaruv punktidan va faqat bitta uchuvchisiz uchadigan apparatda masofada turib parvoz qilish sharti asosida yagona havo hududida parvoz qiladigan havo kemalari bilan integratsiyalashishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
41. Davlat aviatsiyasining manfaatlarini ko‘zlab eksperimental uchuvchisiz uchadigan apparatlar va uchuvchisiz aviatsiya tizimlarining parvozlarini sinovdan o‘tkazish vaqtida havo hududidan foydalanish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tomonidan belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
42. Fuqaro va davlat aviatsiyasining uchuvchisiz uchadigan apparatlari, davlat aviatsiyasining uchuvchisiz aviatsiya tizimlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasining havo hududidan foydalanish uchun buyurtmanomalar va ruxsatnomalar berish tartibi 6-ilovaga muvofiq amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
43. O‘yinchoq havo kemalari modellari tomonidan havo hududidan foydalanish uchun ruxsat olish talab qilinmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
44. Fuqaro aviatsiyasining uchuvchisiz uchadigan apparatlari parvozlarni Havo hududidan foydalanishning yagona boshqaruv tizimi organlari bilan kelishilgan holda ajratilgan havo hududida amalga oshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
45. Davlat aviatsiyasining uchuvchisiz uchadigan apparatlari va uchuvchisiz aviatsiya tizimlarining ajratilgan va umumiy havo hududlarida parvoz qilish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tomonidan belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
46. Davlat aviatsiyasining manfaatlarini ko‘zlab, uchuvchisiz uchadigan apparatlarni va uchuvchisiz aviatsiya tizimlarini parvozda sinab ko‘rish tartibi ularni ishlab chiqaruvchi (tayyorlovchi) tomonidan belgilanadi va O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi bilan kelishiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
47. O‘yinchoq havo kemalari modellarining parvozlari aerodromlarning havodagi yaqinlashuv yo‘lagiga 150 metrdan kam bo‘lmagan uzoqlikda, 50 metrgacha balandlikda, odamlardan xavfsiz masofada va uchadigan apparat doimiy vizual ko‘rinib turgan holda amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7-bob. Parvozlar xavfsizligi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
48. Fuqaro aviatsiyasining uchuvchisiz uchadigan apparatlarining parvozlari O‘zbekiston Respublikasi samoviy hududida fuqaro aviatsiyasining va eksperimental aviatsiyaning parvoz qilish qoidalari talablariga muvofiq amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
49. Davlat aviatsiyasining uchuvchisiz uchadigan apparatlari va uchuvchisiz aviatsiya tizimlarining parvozlari O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi aviatsiyasining parvoz qilish qoidalari talablariga muvofiq amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
50. Davlat aviatsiyasining uchuvchisiz uchadigan apparatlari va uchuvchisiz aviatsiya tizimlarining boshqariladigan havo kemalari bilan birgalikdagi umumiy havo hududlaridagi parvozlariga faqat ularning parvozlari xavfsizligi ta’minlangan sharoitlarda ruxsat etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
51. O‘yinchoq havo kemalari modellarining egalari qonunchilik hujjatlariga muvofiq apparatlardan xavfsiz foydalanish uchun javobgardirlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8-bob. Uchuvchisiz uchadigan apparatlarni saqlash tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
52. Uchuvchisiz uchadigan apparatlarni saqlash qonunchilik hujjatlariga muvofiq ularni olib kirish, sotish, sotib olish, saqlash va ulardan foydalanish huquqiga ega bo‘lgan davlat organi, korxona, muassasa, tashkilotning mas’ul mansabdor shaxsi tomonidan tashkil etiladi va ta’minlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
53. Quyidagilar fuqaro aviatsiyasining uchuvchisiz uchadigan apparatlarini saqlashga qo‘yiladigan umumiy talablar hisoblanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) uchuvchisiz uchadigan apparatlarni saqlash uchun begonalar kirishi man etilgan va signalizatsiya vositalari (zarurat bo‘lganda, video kuzatuv vositalari) bilan jihozlangan, harorat rejimi, to‘g‘ri tushadigan quyosh nurlarining, issiqlik va boshqa turdagi nurlanishning yorug‘lik ta’siri, shuningdek, yong‘inga qarshi xavfsizlik bo‘yicha ishlab chiqaruvchi talablariga mos keladigan ixtisoslashtirilgan bino ajratish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) uchuvchisiz uchadigan apparatlarni ularning turiga mos keladigan maxsus konteynerlarda saqlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) uchuvchisiz uchadigan apparatni qisman yoki demontaj qilingan holda, uning darhol uchishini istisno qiladigan sharoitda saqlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) uchuvchisiz uchadigan apparatlarni dala (ishlab chiqarish) sharoitida ularning turiga qarab maxsus joylash konteynerlarida akkumulyatordan alohida ajratilgan holda saqlash. Bunda joylash konteyneri muhrlangan bo‘lishi va saqlash uchun mas’ul bo‘lgan mansabdor shaxs nazorati ostida bo‘lishi kerak;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
d) saqlash uchun mas’ul bo‘lgan mansabdor shaxsga uchuvchisiz uchadigan apparatni tashlab ketish yoki boshqa shaxslarga berish taqiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
54. Fuqaro aviatsiyasining ekspluatantdagi uchuvchisiz uchadigan apparatlarini saqlash tartibi ekspluatant tomonidan texnik-foydalanish hujjatlari talablariga muvofiq ishlab chiqiladi va Parvozlarni amalga oshirish bo‘yicha qo‘llanmaga kiritiladi. Saqlash tartibi Agentlik bilan kelishilishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
55. Davlat aviatsiyasining uchuvchisiz uchadigan apparatlarini saqlash tartibi tegishli vazirlik va idoraning rahbariyati tomonidan texnik-foydalanish hujjatlarning majburiy talablariga muvofiq belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9-bob. O‘zbekiston Respublikasining fuqaro va davlat aviatsiyasida ariza beruvchilar faoliyatini nazorat qilish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
56. Ushbu Nizomda belgilangan talablarning bajarilishini fuqaro aviatsiyasida Agentlik, davlat aviatsiyasida — O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi nazorat qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
57. Fuqaro aviatsiyasining uchuvchisiz uchadigan apparatlaridan foydalanadigan ariza beruvchilar faoliyati inspeksiya tekshiruvlari shaklida nazorat qilinadi. Inspeksiya tekshiruvi natijalari hisobot shaklida qayd etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
58. Fuqaro aviatsiyasining uchuvchisiz uchadigan apparatlaridan foydalanadigan ariza beruvchilarni inspeksiya tekshiruvlari ikki yilda kamida bir marta amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
59. Fuqaro aviatsiyasining uchuvchisiz uchadigan apparatlaridan foydalanadigan ariza beruvchilar tomonidan ushbu Nizom talablari buzilganda, Agentlik ushbu qoidabuzarliklarni o‘z vaqtida bartaraf etish zarurligi to‘g‘risida ogohlantirishi huquqiga ega.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10-bob. Yakunlovchi qoida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
60. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 1854-moddasi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi fuqaro va davlat aviatsiyasida uchuvchisiz uchadigan apparatlardan foydalanish hamda ularni saqlash tartibi to‘g‘risidagi nizomga 1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasining uchuvchisiz uchadigan apparatlaridan foydalanish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
SXEMASI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bosqichlar
Subyektlar
Tadbirlar
Bajarish muddati
1-bosqich
Ariza beruvchi
Uchuvchisiz uchadigan apparatlardan foydalanishga ruxsat olish uchun zarur bo‘lgan hujjatlarni ushbu Nizomda ko‘zda tutilgan ro‘yxatga muvofiq tayyorlaydi.
Agentlikka hujjatlarni bevosita, pochta xizmatlari orqali yoki elektron shaklda ular qabul qilinganligi to‘g‘risida bildirishnoma bilan birgalikda taqdim etadi.
Ariza beruvchining xohishiga binoan
2-bosqich
Agentlik
Uchuvchisiz uchadigan apparatlardan foydalanishga ruxsat olish uchun taqdim etilgan hujjatlarni ro‘yxat bo‘yicha qabul qiladi va ular darhol ariza beruvchiga hujjatlar qabul qilingan sana qo‘yilgan holda beriladi (yuboriladi).
Hujjatlarni qabul qilish kunida
3-bosqich
Agentlik
1. Arizani hujjatlar bilan birga ko‘rib chiqadi va uchuvchisiz uchadigan apparatlarning texnik holatini baholaydi.
1. Ariza qabul qilingan sanadan boshlab o‘n ish kuni ichida
2. Hujjatlarni tekshirish va uchuvchisiz uchadigan apparatlarning texnik holatini tekshirish natijalariga ko‘ra, uchuvchisiz uchadigan apparatlardan foydalanishga ruxsat berilgani to‘g‘risida xulosa beradi (yuboradi) yoki rad etishning asosli sabablarini ko‘rsatgan holda, uchuvchisiz uchadigan apparatlardan foydalanishga ruxsat berish rad etilganligi to‘g‘risida yozma ravishda xabardor qiladi.
2. Tegishli qaror qabul qilingandan boshlab bir ish kuni ichida
4-bosqich
Agentlik
Arizani qayta ko‘rib chiqadi. Agar ariza beruvchi belgilangan muddatda uchuvchisiz uchadigan apparatlardan foydalanishga ruxsat berilganligi to‘g‘risida xulosa berishni rad etish uchun asos bo‘lgan sabablarni bartaraf etsa, ariza beruvchiga shunday xulosani taqdim etadi. Bartaraf etilmagan taqdirda, uchuvchisiz uchadigan apparatlardan foydalanishga ruxsat berish rad etilganligi to‘g‘risida yozma bildirishnoma yuboriladi va bunda rad etishning asosli sabablari ko‘rsatiladi.
Rad etish sabablarini bartaraf etish to‘g‘risidagi ariza va ushbu sabablar bartaraf etilganini tasdiqlovchi hujjatlar olingan kundan 10 ish kunidan oshmaydigan muddatda
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi fuqaro va davlat aviatsiyasida uchuvchisiz uchadigan apparatlardan foydalanish hamda ularni saqlash tartibi to‘g‘risidagi nizomga 2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Parvozlarni amalga oshirish bo‘yicha qo‘llanmaning namunaviy shakli
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Kelishilgan”
“Tasdiqlayman”
O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi direktori
Parvozlarni amalga oshirish bo‘yicha qo‘llanma quyidagilarni o‘z ichiga olishi kerak:
a) fuqaro aviatsiyasining uchuvchisiz uchadigan apparatlarining parvozlarini tashkil etish tartibi va ularni amalga oshirish qoidalari;
b) parvozlarni amalga oshirishga aloqasi bo‘lgan xodimlarning majburiyatlari tavsiflangan yo‘riqnoma;
v) uchuvchisiz uchadigan apparatlarni boshqarish uchun mas’ul shaxs aniqlangan holda, har bir amalga oshiriladigan parvozning uchuvchisiz uchadigan apparatlari shaxsiy tarkibi;
g) O‘zbekiston Respublikasi hududida parvoz qilayotganda uchuvchisiz uchadigan apparatlar tomonidan havo hududidan foydalanish bo‘yicha ariza beruvchining Havo hududidan foydalanishning yagona boshqaruv tizimi organlari bilan o‘zaro hamkorligi bo‘yicha yo‘riqnoma;
d) aviatsiya hodisasi yuz bergan taqdirda, uchuvchisiz uchadigan apparat operatorining harakat qilish tartibi;
e) uchuvchisiz uchadigan apparatga xizmat ko‘rsatish va uni saqlash tartibi;
j) noqonuniy aralashuv harakatlarining oldini olish bo‘yicha yo‘riqnoma;
z) mehnatni muhofaza qilish, xavfsizlik va yong‘in xavfsizligi bo‘yicha yo‘riqnoma;
i) fuqaro aviatsiyasining uchuvchisiz uchadigan apparati operatorini tayyorlash va uning malakasini oshirish dasturlari.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi fuqaro va davlat aviatsiyasida uchuvchisiz uchadigan apparatlardan foydalanish hamda ularni saqlash tartibi to‘g‘risidagi nizomga 3-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi direktoriga
Fuqaro aviatsiyasining uchuvchisiz uchadigan apparatlarini hisobga qo‘yish va ulardan foydalanishga ruxsat berish to‘g‘risida xulosa berishingizni;
Fuqaro aviatsiyasining uchuvchisiz uchadigan apparatlaridan foydalanishga ruxsat berish to‘g‘risidagi xulosaga o‘zgartirish kiritishingizni so‘rayman.
I. Ariza beruvchi to‘g‘risida ma’lumotlar:
1. Tashkiliy-huquqiy shakli ko‘rsatilgan to‘liq nomi ______________________________ 2. Joylashgan joyi (pochta manzili) ___________________________________________ 3. Telefon raqami/faks _____________________________________________________ 4. Elektron manzili _______________________________________________________
II. Fuqaro aviatsiyasining uchuvchisiz uchadigan apparati haqida ma’lumot:
1. Nomlanishi (turi) _______________________________________________________ 2. Belgilangan maqsadi ______________________________________________________ 3. Seriya raqami (zavod, identifikatsiya raqami va boshqalar) _______________________ 4. Ishlab chiqarilgan sana ___________________________________________________ 5. Ishlab chiqaruvchining nomi _______________________________________________ 6. Ishlab chiqaruvchi joylashgan joy ___________________________________________ 7. Maksimal uchish vazni ____________________________________________________ 8. O‘rnatilgan dvigatellar turi _______________________________________________ 9. O‘rnatilgan dvigatellar soni _______________________________________________ 10. Dvigatel kuchi (tortish) __________________________________________________ 11. Radioelektron vositalar (ko‘tarma uskuna, foydali og‘irlik) haqida ma’lumot ________________________________________________________________________ 12. Vakolatli organning radiochastota spektridan foydalanishga ruxsatnomasi ________________________________________________________________________ 13. Fuqaro aviatsiyasining uchuvchisiz uchadigan apparati saqlanadigan manzili (joy) ________________________________________________________________________
III. Fuqaro aviatsiyasining uchuvchisiz uchadigan apparatlari operatorlari to‘g‘risida ma’lumot:
1. F.I.O. _________________________________________________________________ 2. Maxsus tayyorgarligi to‘g‘risida ma’lumotlari _________________________________ 3. Fuqaro aviatsiyasining uchuvchisiz uchadigan apparati operatorining o‘z vazifalarini bajarishga yaroqliligi to‘g‘risida tibbiy xulosa _________________________________ 4. Boshqa ma’lumotlar ______________________________________________________
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi fuqaro va davlat aviatsiyasida uchuvchisiz uchadigan apparatlardan foydalanish hamda ularni saqlash tartibi to‘g‘risidagi nizomga 4-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
idoraviy vazifalarni bajarish uchun ushbu xulosaga ilova qilingan ro‘yxatda ko‘rsatilgan uchuvchisiz uchadigan apparatlardan foydalanishi mumkinligi ushbu hujjat bilan tasdiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi direktori
___________________
(F.I.O.)
Fuqaro aviatsiyasining uchuvchisiz uchadigan apparatlari RO‘YXATI
1. Nomlanishi (turi) ________________________________________________________ 2. Belgilangan maqsadi ______________________________________________________ 3. Seriya raqami (zavod, idensifikatsiya raqami va boshqalar) _______________________ 4. Ishlab chiqarilgan sana ____________________________________________________ 5. Ishlab chiqaruvchining nomi ________________________________________________ 6. Ishlab chiqaruvchi joylashgan joy ___________________________________________ 7. Maksimal uchish vazni _____________________________________________________ 8. O‘rnatilgan dvigatellar turi _______________________________________________ 9. O‘rnatilgan dvigatellar soni _______________________________________________ 10. Dvigatel (tortish) kuchi __________________________________________________ 11. Saqlanadigan manzil (joy) ________________________________________________ 12. Operator F.I.O. ________________________________________________________
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi fuqaro va davlat aviatsiyasida uchuvchisiz uchadigan apparatlardan foydalanish hamda ularni saqlash tartibi to‘g‘risidagi nizomga 5-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasining uchuvchisiz uchadigan apparatlaridan foydalanishga ruxsat etilganligi to‘g‘risida berilgan xulosalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
REYESTRI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
T/r
Ariza beruvchi
(egasi)
Operator F.I.O.
Turi
Seriya raqami
Ishlab chiqaruvchi zavod
Maksimal uchish vazni
Xulosa berilgan sana
Xulosa berish uchun asos
Eslatma
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi fuqaro va davlat aviatsiyasida uchuvchisiz uchadigan apparatlardan foydalanish hamda ularni saqlash tartibi to‘g‘risidagi nizomga 6-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Fuqaro va davlat aviatsiyasining uchuvchisiz uchadigan apparatlari (tizimlari) tomonidan O‘zbekiston Respublikasi havo hududidan foydalanish uchun buyurtmanomalar taqdim etish va ruxsat berish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Havo hududidan foydalanish uchun buyurtmanomalar (keyingi o‘rinlarda — buyurtmanoma) pochta aloqa vositalari orqali yoki elektron shaklda parvozlar amalga oshiriladigan kun arafasida UTC vaqti bilan soat 09:00 dan (mahalliy vaqt bilan 14:00) kechiktirmay topshirilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Buyurtmanomalar ariza beruvchi tomonidan Havo hududidan foydalanishning yagona boshqaruv tizim organiga uchuvchisiz uchadigan apparatlarning O‘zbekiston Respublikasi hududiga parvozlarni bajarishda havo hududidan foydalanish bo‘yicha havo hududidan foydalanishning yagona boshqaruv tizim organlari bilan hamkorlik tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga muvofiq taqdim etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Buyurtmanomada quyidagi ma’lumotlar bo‘lishi kerak:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
parvoz amalga oshiriladigan sana;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ariza beruvchining nomi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
uchuvchisiz uchadigan apparat modeli va ro‘yxatdan o‘tkazish belgisi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
parvozning boshlanish va tugash vaqti (UTC);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
parvozni amalga oshirish hududi (koordinatalari), (o‘ziga xos mahalliy yo‘nalishlar) yo‘nalishi va ulardan uzoqlashishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
uchish balandligi (metrda va futda);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
parvoz maqsadi (ish turi), ishlarni bajarish uchun ruxsatnomaning mavjudligi (aerofotosuratga olish, turar joy ustidan parvoz va boshqalar);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
RMK eslatmasida — uchuvchisiz uchadigan apparatlar soni, uchuvchisiz uchadigan apparat operatorining telefon raqami, shuningdek, parvozni ta’minlash uchun barcha har qanday qo‘shimcha ma’lumotlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Buyurtmanomani rasmiylashtirish namunasi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“O‘zGASHKLITI” DUK
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
SANA / 2016-yil 10-iyun
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
TURI VA RAQAMI / kvadrokopter DJI Phantom, 1PA№345
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
VAQTI / 10.00 dan 12.00 gacha UTC
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
PARVOZ HUDUDI / nuqta radiusidan 1000 metr balandlikdagi zona 41.15.2 s.sh. 061.12.9 v.d.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
UCHISH BALANDLIGI / 500 metrgacha
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ISH TURI / aviafotosurat O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining 2016-yil 05-iyundagi 23/153-son maxsus ruxsatnomasi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
OPERATOR / Fozilov A.T., (90) 979-55-11
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xabarni o‘qish:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“O‘zGASHKLITI” DUK — buyurtmachining nomi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2016-yil 10-iyun — parvoz amalga oshirilgan sana;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kvadrokopter DJI Phantom, 1RA№345 — uchuvchisiz uchadigan apparatning modeli va tartib raqami;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10.00 dan 12.00 gacha UTC — parvozning boshlanish va tugash vaqti;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
nuqta radiusidan 1000 metr balandlikdagi zona 41.15.2 sh.k. 061.12.9 sh.u. geografik koordinatlari ko‘rsatilgan parvozni amalga oshirish hududi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
500 metrgacha — uchish balandligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
aerosuratga olish (2016-yil 05-iyundagi 23/153-son ro‘yxatnoma) — uchish maqsadi va ishni amalga oshirish uchun ruxsatnoma;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Fozilov A.T. — uchuvchisiz uchadigan apparat operatorining familiyasi, telefon raqami (90) 979-55-11;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bitta (1) uchuvchisiz uchadigan apparat.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Fuqaro aviatsiyasining uchuvchisiz uchadigan apparatlarining parvozlari uchun buyurtmanomalarni ko‘rib chiqish va tasdiqlash yagona tizim “O‘zaeronavigatsiya” markazining fuqarolik sektori tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Aeronavigatsiya axborot nashrida yoki aviatsiya axborot sirkulyarida e’lon qilingan stavkalar bo‘yicha murojaat etuvchilar bilan shartnoma asosida amalga oshiriladi (Axborot doirasi).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Ariza beruvchiga va O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining navbatchi qismiga buyurtmanomani tasdiqlash, shuningdek, cheklovlarni joriy qilish yoki buyurtmanomani bekor qilish to‘g‘risidagi axborot O‘zbekiston Respublikasi hududida parvozlarni amalga oshirishda uchuvchisiz uchadigan apparatning havo hududidan foydalanish bo‘yicha ariza beruvchining havo hududidan foydalanishning yagona boshqaruv tizimi organlari bilan o‘zaro hamkorligi tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga muvofiq telefon (faks) yoki elektron pochta orqali yuboriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Tasdiqlangan buyurtmanoma bekor qilinadi, agar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
arizada ko‘rsatilgan faoliyatning belgilangan vaqtidan keyin 20 daqiqa ichida havo hududidan foydalanishga ruxsat bergan organdan havo hududidan foydalanishni boshlash (uzaytirish) to‘g‘risida ma’lumot kelib tushmasa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonunda belgilangan talablarga muvofiq havo hududidan boshqa foydalanuvchilar manfaatlarida foydalanish xavfsizligi ta’minlanmasa.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Maxsus holatlarda, uchuvchisiz uchadigan apparatlarning shoshilinch parvozlari oldindan buyurtmanomalarsiz amalga oshirilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Tezkor vazifalarni O‘zbekiston Respublikasi manfaatlariga muvofiq amalga oshirish maqsadida uchuvchisiz uchadigan apparatlar parvozlarini amalga oshirish to‘g‘risidagi qarorni O‘zbekiston Respublikasi mudofaa vaziri, havo hujumidan mudofaa qo‘shinlari va harbiy-havo kuchlari qo‘mondoni qabul qiladi.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 18-apreldagi 217-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.04.2024-y., 09/24/217/0287-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Tabiiy ofatlar, falokatlar, avariyalar yuz berganda yordam ko‘rsatish va qidiruv-qutqaruv ishlarini amalga oshirish maqsadida hamda odamlar hayotiga xavf tug‘diradigan boshqa holatlarda, havo hujumidan mudofaa qo‘shinlari va harbiy-havo kuchlari qo‘mondoni, uchuvchisiz uchadigan apparatlarga ega bo‘lgan vazirliklar va idoralar rahbarlari uchuvchisiz uchadigan apparatlarning parvoz qilishi uchun qaror qabul qiladi.
(9-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 18-apreldagi 217-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.04.2024-y., 09/24/217/0287-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu bandda nazarda tutilgan hollarda faoliyatni amalga oshirish va O‘zbekiston Respublikasi havo hududidan foydalanish uchun ruxsatnomani havo hujumidan mudofaa qo‘shinlari va harbiy-havo kuchlari qo‘mondonlik punktining tezkor navbatchisi beradi hamda havo hujumidan mudofaa qo‘shinlari va harbiy-havo kuchlari qo‘mondoniga zudlik bilan axborot beriladi, Havo hududidan foydalanishning yagona boshqaruv tizimi bosh markazi xabardor qilinadi. Bunday ruxsatnomalar O‘zbekiston Respublikasi havo hududidan foydalanish uchun so‘rov olingach, zudlik bilan beriladi.
(9-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 18-apreldagi 217-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.04.2024-y., 09/24/217/0287-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Havo hududidan foydalanishning yagona boshqaruv tizimi markazlari uchuvchisiz uchadigan apparatlarning shoshilinch parvozlarni amalga oshirish bilan bog‘liq faoliyatni ta’minlashi, boshqa faoliyatni to‘liq yoki qisman man etishga majbur.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlari xizmat vazifalarini bajarish uchun uchuvchisiz uchadigan apparatlarning shoshilinch parvozlari oldindan buyurtmalar berilmasdan, havo hujumidan mudofaa qo‘shinlari va harbiy-havo kuchlari hamda ularning hududiy bo‘linmalari bilan kelishilgan holda, Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlari qo‘mondoni hamda Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlari birlashmalari qo‘mondonligining qaroriga muvofiq amalga oshirilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu bandda nazarda tutilgan holatlarda, O‘zbekiston Respublikasi havo hududidan foydalanish uchun ruxsatnomani havo hujumidan mudofaa qo‘shinlari va harbiy-havo kuchlari qo‘mondonlik punktining tezkor navbatchisi beradi hamda havo hujumidan mudofaa qo‘shinlari va harbiy-havo kuchlari qo‘mondoniga zudlik bilan axborot beriladi, Havo hududidan foydalanishning yagona boshqaruv tizimi asosiy bosh markazi xabardor qilinadi.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 18-apreldagi 217-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.04.2024-y., 09/24/217/0287-son)
(O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-oktabrdagi 679-sonli qaroriga asosan 7-ilovaning o‘z kuchini yo‘qotish sanasi — 2025-yil 18-yanvar — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.10.2024-y., 09/24/679/0824-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 15-noyabrdagi 658-son qaroriga 2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Uchuvchisiz uchadigan apparatlarni vaqtincha olib kirish, saqlash va O‘zbekiston Respublikasi hududida ulardan foydalanish uchun iltimosnoma berish tartibi to‘g‘risida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-bob. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Ushbu Nizom vazirlik, idora va tashkilotlar tomonidan respublikaning turizm salohiyati to‘g‘risida foto va video-materiallar tayyorlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi hududiga uchuvchisiz uchadigan apparatlarni vaqtincha olib kirish, saqlash va ulardan foydalanishga oid iltimosnomalar taqdim qilish tartibini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
iltimosnoma beruvchi — belgilangan tartibda respublikaning turizm salohiyati to‘g‘risida foto va video-materiallar tayyorlash uchun O‘zbekiston Respublikasiga uchuvchisiz uchadigan apparatlarini vaqtincha olib kirish, saqlash va ulardan foydalanish to‘g‘risida murojaat qilgan yuridik va jismoniy shaxs, shu jumladan, xorijiy ijodiy guruhlarning vakillari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
vakolatli davlat organlari — O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi va O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
iltimosnoma kirituvchi organ — O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan O‘zbekiston Respublikasi hududiga uchuvchisiz uchadigan apparatlarni vaqtincha olib kirish, saqlash va ariza beruvchi tomonidan ulardan foydalanish bo‘yicha iltimosnomalar kiritish huquqiga ega bo‘lgan vazirliklar, idoralar va tashkilotlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
uchuvchisiz uchadigan apparatlar operatori — uchuvchisiz uchadigan apparatlarni bevosita boshqaruvchi jismoniy shaxs;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yagona idoralararo elektron platforma — xorijiy ijodiy guruhlarga O‘zbekiston Respublikasi hududiga uchuvchisiz uchish apparatlarini vaqtincha olib kirish va ulardan foydalanishlari bo‘yicha vazirlik va idoralar tomonidan arizalarni taqdim etish va kelishish bo‘yicha axborot tizimi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
havo hududidan foydalanishning yagona boshqaruv tizimi — idoralararo komissiya va Havo hududidan foydalanishning yagona boshqaruv tizimi markazlaridan tashkil topgan, O‘zbekiston Respublikasining havo hududidan foydalanish tartibiga rioya etilishini tashkil etish, rejalashtirish, muvofiqlashtirish va monitoringini amalga oshirish uchun mo‘ljallangan organ.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-bob. Uchuvchisiz uchadigan apparatlarni vaqtincha olib kirish, saqlash va ulardan foydalanish bo‘yicha iltimosnoma kirituvchi organga murojaat qilish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Respublikaning turizm salohiyati to‘g‘risida foto va video-materiallar tayyorlash uchun O‘zbekiston Respublikasi hududiga uchuvchisiz uchadigan apparatlarni vaqtincha olib kirish, saqlash va ulardan foydalanish istagida bo‘lgan ariza beruvchi yagona idoralararo elektron platforma orqali (masalan, ariza shaklida) murojaat qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. So‘rovda ariza beruvchi uchuvchisiz uchadigan apparatlarni olib kiruvchi va ulardan foydalanuvchi shaxslar, uchuvchisiz uchadigan apparatlarning texnik xususiyatlari va tasvirga oladigan hudud (joy) to‘g‘risidagi ma’lumotlarni ilova qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Iltimosnoma kirituvchi organ so‘rovni (masalan, ariza shaklida) kelib tushgan kundan boshlab ikki kun ichida ushbu Nizomning 4-bandida nazarda tutilgan barcha zarur hujjatlar bilan birgalikda ko‘rib chiqadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ariza beruvchining so‘rovini ko‘rib chiqish natijalariga ko‘ra, iltimosnoma kirituvchi organ vakolatli davlat organiga uchuvchisiz uchadigan apparatlarni vaqtincha olib kirish, saqlash va ulardan foydalanish to‘g‘risida iltimosnoma kiritishi yoki kiritishni rad etishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Uchuvchisiz uchadigan apparatlarni vaqtincha olib kirish, saqlash va ulardan foydalanish bo‘yicha iltimosnomani rad etish asosli bo‘lishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Taqdim etilayotgan hujjatlardagi ma’lumotlar to‘liq bo‘lmagan yoki noto‘g‘ri yoki buzib ko‘rsatilgan bo‘lsa, ariza beruvchiga uchuvchisiz uchadigan apparatlarni vaqtincha olib kirish, saqlash va ulardan foydalanish to‘g‘risidagi iltimosnoma rad etilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Ariza beruvchi uchuvchisiz uchadigan apparatlarni vaqtincha olib kirish, saqlash va ulardan foydalanish bo‘yicha rad javob olgan kundan e’tiboran o‘n kun ichida rad etish sabablarini bartaraf qilishga va iltimosnoma kirituvchi organga qayta murojaat qilishga haqlidir. Bunday holda takroriy so‘rov iltimosnoma kirituvchi organ tomonidan ushbu Nizomning 5-bandida ko‘rsatilgan muddatda ko‘rib chiqiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. So‘rovni, shu jumladan, uchuvchisiz uchadigan apparatlarni vaqtincha olib kirish, saqlash va ulardan foydalanish to‘g‘risidagi takroriy so‘rovni ko‘rib chiqish uchun iltimosnoma kirituvchi organ tomonidan yig‘im olinmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-bob. Uchuvchisiz uchadigan apparatlarni vaqtincha olib kirish, saqlash va ulardan foydalanish uchun iltimosnoma taqdim etish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Iltimosnoma kirituvchi organ tomonidan ariza beruvchiga respublikaning turizm salohiyati to‘g‘risida foto va video-materiallarni tayyorlash uchun uchuvchisiz uchadigan apparatlarni vaqtincha olib kirish, saqlash va ulardan foydalanish huquqiga ruxsatnoma berish bo‘yicha vakolatli davlat organlariga yagona idoralararo elektron platforma orqali taqdim etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Iltimosnomaga iltimosnoma kirituvchi organ uchuvchisiz uchadigan apparatlarni olib kiruvchi va undan foydalanuvchi shaxslar, uchuvchisiz uchadigan apparatlarining texnik xususiyatlari va tasvirga olish joylari va vaqti to‘g‘risidagi ma’lumotlarni ilova qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Vakolatli davlat organi iltimosnoma olingan kundan boshlab ikki kun ichida ushbu Nizomning 10-bandida nazarda tutilgan barcha zarur hujjatlarni ko‘rib chiqadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Iltimosnomani ko‘rib chiqish natijalariga muvofiq vakolatli davlat organi uchuvchisiz uchadigan apparatlarni vaqtincha olib kirish, saqlash va ulardan foydalanish bo‘yicha xat shaklida ruxsatnoma beradi yoki berishni rad etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vakolatli davlat organlari qaror qabul qilingan kundan e’tiboran bir kun ichida iltimosnomani ko‘rib chiqish natijalari to‘g‘risida iltimosnoma kirituvchi organni yagona idoralararo elektron platforma orqali xabardor qilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Uchuvchisiz uchadigan apparatlarni vaqtincha olib kirish, saqlash va ulardan foydalanish bo‘yicha ruxsatnoma berishni rad etish asosli bo‘lishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Iltimosnoma kirituvchi organga uchuvchisiz uchadigan apparatlarni vaqtincha olib kirish, saqlash va ulardan foydalanishga ruxsatnoma berish quyidagi hollarda rad etilishi mumkin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ma’lumotlar to‘liq hajmda taqdim etilmaganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
taqdim etilgan hujjatlarda noto‘g‘ri yoki buzib ko‘rsatilgan ma’lumotlar mavjud bo‘lganda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Iltimosnoma kirituvchi organ uchuvchisiz uchadigan apparatlarni vaqtincha olib kirish, saqlash va ulardan foydalanish bo‘yicha rad javob olingan kundan e’tiboran o‘n kun ichida rad etish sabablarini bartaraf qilishga va takroran iltimosnoma kiritish huquqiga ega. Bunday holda takroriy iltimosnoma vakolatli davlat organlari tomonidan ushbu Nizomning 11-bandida ko‘rsatilgan muddatda ko‘rib chiqiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi yoki O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan berilgan topshiriqlar asosidagi iltimosnomalar bir kun ichida ko‘rib chiqiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Vakolatli davlat organlari uchuvchisiz uchadigan apparatlarni vaqtincha olib kirish, saqlash va ulardan foydalanish to‘g‘risidagi iltimosnomalarni ko‘rib chiqish uchun yig‘im olmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Uchuvchisiz uchadigan apparatlarni vaqtincha olib kirish, saqlash va ulardan foydalanishga ruxsatnoma olingandan so‘ng iltimosnoma kirituvchi organ yuridik va jismoniy shaxslar, shuningdek, xorijiy ijodiy guruhlar uchuvchisiz uchadigan apparatlarni foydalanishidan bir kun oldin havo hududidan foydalanishning yagona boshqaruv tizimi organini uchuvchisiz uchadigan apparatlardan foydalanish joyi hamda vaqti haqida xabardor qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Uchuvchisiz uchadigan apparatlarni vaqtincha olib kirish, saqlash va ulardan foydalanish to‘g‘risidagi iltimosnomani ko‘rib chiqish tartibi iltimosnoma kirituvchi organning tashabbusi bilan ushbu Nizomga muvofiq ko‘rib chiqiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-bob. Vaqtincha olib kiriladigan uchuvchisiz uchadigan apparatlarni saqlash tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Vaqtincha olib kiriladigan uchuvchisiz uchadigan apparatlarni saqlash tartibi uchuvchisiz uchish apparatlarni ishlab chiqaruvchining (yetkazib beruvchining) saqlash bo‘yicha ko‘rsatmalariga muvofiq amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Uchuvchisiz uchadigan apparatlar operatori O‘zbekiston Respublikasi hududida uchuvchisiz uchadigan apparatlarning to‘g‘ri saqlanishini tashkil etadi va ta’minlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-bob. Xorijiy ijodiy guruhlarning uchuvchisiz uchadigan apparat operatori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Xorijiy ijodiy guruhlarning uchuvchisiz uchadigan apparatlar operatorlarining tarkibi iltimosnoma kirituvchi organ bilan kelishilgan holda xorijiy ijodiy guruhlar tomonidan belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Uchuvchisiz uchadigan apparat operatori quyidagi talablarga javob berishi kerak:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18 yoshdan kichik bo‘lmasligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
uchuvchisiz uchadigan apparatlar ishlab chiqaruvchining (yetkazib beruvchi) tavsiyalari asosida uchuvchisiz uchadigan apparatlarni ishlatish va boshqarish bo‘yicha maxsus tayyorgarlikka ega bo‘lishi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6-bob. Vaqtincha olib kiriladigan uchuvchisiz uchadigan apparat parvozlarini amalga oshirish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. Vaqtincha olib kiriladigan uchuvchisiz uchadigan apparatdan foydalanish quyidagi hollarda taqiqlanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
uchish va qo‘nish paytida — har qanday odamdan (uchuvchisiz uchadigan apparat operatoridan tashqari), transport vositasi, bino yoki inshootdan 50 metrdan yaqin masofada;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
odamlar gavjum joydan (kamida 500 nafar) 150 metrdan yaqin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
aeroportlar, temir yo‘l vokzallari, elektr tarmoqlari stansiyalari parvoz uchun taqiqlangan va xavfli zonalardan kamida 5 kilometr masofada, qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7-bob. Vaqtincha olib kiriladigan uchuvchisiz uchadigan apparatlarning parvozlarini nazorat qilish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23. Respublikaning turizm salohiyati to‘g‘risida foto va video-materiallar tayyorlash mobaynida yuridik va jismoniy shaxslar, shuningdek, xorijiy ijodiy guruhlarga hamrohlik qilish uchun iltimosnoma kirituvchi organ tomonidan vakil ajratiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24. Iltimosnoma kirituvchi organ vakili:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
uchuvchisiz uchadigan apparat operatorini O‘zbekiston Respublikasining havo hududidan foydalanish to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari talablari to‘g‘risida xabardor qilishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
uchuvchisiz uchadigan apparatdan maqsadli foydalanilishini nazorat qilishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
uchuvchisiz uchadigan apparat operatori havo hududidan foydalanish qoidalarini buzgan taqdirda, bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligiga xabar berishi shart;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
respublikaning turizm salohiyati haqida aerosuratlarga olish ishlari tugagandan so‘ng ariza beruvchi foto va video-materiallarni Mudofaa vazirligiga yuboradi yoki ularni mustaqil ko‘rib chiqib, xulosasini Mudofaa vazirligiga yuboradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8-bob. Yakunlovchi qoida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25. Ushbu Nizomning talablarini buzgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 1854-moddasi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 15-noyabrdagi 658-son qaroriga 3-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi hududida aerosuratga olish ishlarini havo kemalaridan foydalangan holda amalga oshirish to‘g‘risida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
nizom

1. Mazkur Nizom havo kemalaridan turib televizion, infraqizil, mikroto‘lqinli, radiolokatsion va boshqa apparaturalar yordamida bajariladigan aerosuratga olish, maxsus va boshqa turdagi ishlarni (keyingi o‘rinlarda — aerosuratga olish ishlari) amalga oshirish uchun O‘zbekiston Respublikasi havo hududidan foydalanishga, shuningdek, mazkur suratga olish materiallari va kosmik suratga olish materiallarini nazorat tariqasida ko‘rib chiqishga ruxsat berish tartibotlarini tashkil etish va o‘tkazish tartibini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Mazkur Nizomning talablari mulkchilik shakli va idoraviy shaklidan qat’i nazar, tasarrufida o‘ta muhim hamda toifalangan sanoat va harbiy obyektlar bo‘lgan, shuningdek, aerosuratga olish ishlarini bajargan holda O‘zbekiston Respublikasi havo hududidan foydalanuvchi va ushbu ishlarning materiallaridan foydalanadigan vazirliklar, idoralar, birlashmalar, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga tatbiq etiladi.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 22-iyuldagi 439-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.07.2024-y., 09/24/439/0543-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ajratilgan havo hududi — O‘zbekiston Respublikasi hududi yoki hududiy suvlari ustidagi havo hududi, uning doirasida idoraviy vazifalarni bajarish uchun uchuvchisiz uchadigan apparatlar va uchuvchisiz uchadigan aviatsiya tizimlarining parvozlarni amalga oshirish uchun ruxsat berilgan hudud;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ariza beruvchi — O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining alohida qaroriga binoan idoraviy vazifalarni bajarish uchun havo hududida uchuvchisiz uchadigan apparatlardan foydalanishga ruxsat berilgan yuridik shaxs;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
aerosuratga olish ishlari — suratga olish ishlari amalga oshirilgan uchastkalarda obyektiv makon ma’lumotlarini olish, o‘rganish va taqdim etish maqsadida atmosferada uchadigan apparatga o‘rnatilgan foto va video apparatlar yordamida hududlarni yer yuzasidan muayyan balandlikda foto va videosuratga olish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
maxsus ruxsatnoma — doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi maxsus komissiya bilan kelishgan va O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Bosh shtabi (keyingi o‘rinlarda — Bosh shtab) tomonidan beriladigan O‘zbekiston Respublikasining ajratilgan havo hududida parvozni va aerosuratga olishni amalga oshirishga ruxsat beruvchi hujjat;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
parvoz — ko‘tarilishdagi tezlashishdan (vertikal ko‘tarilishdagi yer yoki suv yuzasidan uzilishdan) masofa bosib o‘tilguncha (uchish-qo‘nish yo‘lagini to‘xtashlarsiz ozod qilinguncha) yoki vertikal qo‘nishda yer (suv) yuzasiga tekkunga qadar bo‘lgan havo kemasining yer (suv) yuzasi va havo hududida harakati;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
parvozlarni amalga oshirish cheklangan hudud — davlatning hududi yoki hududiy suvlari ustida belgilangan kattalikdagi, chegaralarida havo kemalarining parvozlarni amalga oshirishi ma’lum shartlar bilan cheklangan havo hududi. Parvozlarni amalga oshirish cheklangan hududlar havo kemalarining parvozlarini vaqt va ularning bajarilish shartlari va boshqalar bo‘yicha cheklanishi zarur bo‘lgan obyektlar ustida (hududlarda) belgilanadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
parvozlarni amalga oshirishga qisqa muddatli cheklov — havo hududidan foydalanish boshqaruvining yagona tizimi markazlaridagi parvozlar xavfsizligini operativ ta’minlash va o‘zining havo hududidan foydalanish boshqaruvi rayonlaridagi boshqa faoliyatga yo‘naltirilgan tadbirlar kompleksiga ko‘ra belgilanuvchi havo hududidan foydalanishning alohida tartibi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
parvoz rejasi (flayt-reja) — havodagi harakatlarni boshqarish organlariga taqdim etiladigan, havo kemasining ko‘zda tutilgan parvozi yoki parvozning bir qismi haqidagi muayyan ma’lumotlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
parvoz uchun buyurtmanoma (parvozlarni bajarish uchun O‘zbekiston Respublikasi havo hududidan foydalanish) — havo kemasining mo‘ljallangan parvozi yoki parvozning bir qismi to‘g‘risida havodagi harakatni tashkil qilish (havodagi harakatni boshqarish) va havo hujumidan mudofaa organlariga taqdim etiladigan muayyan ma’lumotlar;
(3-bandning o‘ninchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 18-apreldagi 217-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.04.2024-y., 09/24/217/0287-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
havodagi harakatga xizmat ko‘rsatish organi — tegishli holatlarda havodagi harakatga dispetcherlik xizmati ko‘rsatish organi, parvoz axborot markazi yoki havodagi harakatga xizmat ko‘rsatishga taalluqli ma’lumotlarni to‘plash punktini anglatuvchi umumiy atama;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
havodagi harakatni boshqarish organi — tegishli holatlarda rayon dispetcherlik markazi, uchib kelish dispetcherlik organi yoki aerodrom dispetcherlik punkti, parvozlarni boshqarish punkti, idoraning qo‘mondonlik punkti yoki havodagi harakatni boshqarish funksiyalarini bajaruvchi boshqa punktni anglatuvchi umumiy atama;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
havodagi harakatni tashkil etish — havo kemasi ekspluatantini uchib ketish va yetib kelishning rejalashtirilgan vaqtlariga rioya etishi hamda minimal cheklovlarda va o‘rnatilgan xavfsizlik darajalarini pasaytirmagan holda eng ma’qul parvoz profillariga amal qilishni ta’minlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
taqiqlangan hudud — davlatning hududi yoki hududiy suvlari ustida belgilangan kattalikdagi va chegaralarida havo kemalarining maxsus ruxsatnomalar olmasdan parvoz qilishi taqiqlangan havo hududi. Taqiqlangan hududlar havo hududida muhim davlat obyektlari, muhim ahamiyatga ega komplekslarni (atom elektr stansiyasi, kimyoviy jihatdan xavfli obyektlar, shuningdek, mamlakatning milliy xavfsizligi nuqtai nazardan o‘ta muhim bo‘lgan boshqa obyektlar) havo hududidagi ehtimoliy hodisalar natijasida ro‘y beradigan zararli ta’sir va vayronagarchiliklardan muhofaza qilish uchun belgilanadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yagona havo hududi — O‘zbekiston Respublikasi hududi yoki hududiy suvlari ustidagi havo hududi bo‘lib, uning doirasida O‘zbekiston Respublikasining barcha aviatsiya turlari havo kemalariga parovozlarni amalga oshirish uchun ruxsat berilgan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
uchadigan apparat — atmosfera yoki kosmik makondagi parvozlar uchun mo‘ljallangan qurilma;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
uchuvchisiz uchadigan apparat — uchuvchisiz parvozni amalga oshiradigan yoki to‘liq boshqa joydan masofadan turib boshqariladigan yoxud dasturlashtirilgan va parvozda to‘liq mustaqil bo‘lgan havo kemasi (samolyot modellari bundan mustasno);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
uchuvchisiz aviatsiya tizimi — havo kemasi va bortida uchuvchisi bo‘lmagan holda foydalaniladigan havo kemasi bilan bog‘liq elementlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasining havo hududi — O‘zbekiston Respublikasining hududi va hududiy suvlari ustidagi, faqat uning yurisdiksiyasiga kiruvchi makon;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi chegaraoldi polosasining havo hududi — quruqlik va suv ustida joylashgan, O‘zbekiston Respublikasi Davlat chegarasiga tutashgan kengligi 25 km bo‘lgan havo hududi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi havo hududidan foydalanuvchilar — havo hududidan foydalanish bilan bog‘liq faoliyatni amalga oshiruvchi O‘zbekiston Respublikasi, shuningdek, boshqa davlatlarning korxona, muassasa, tashkilot va fuqarolari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasining havo hududidan foydalanish bilan bog‘liq faoliyat — havo kemalarining parvozlari, barcha turdagi otishlar, raketa uchirish, portlatish ishlari, havo hududida moddiy obyektlarni ko‘tarish, harakatlantirish va tushirish bilan bog‘liq faoliyatning boshqa turlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi havo hududidan foydalanish uchun talabnoma — buyurtmanomada ko‘rsatilgan faoliyatni ta’minlash uchun zarur ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan belgilangan namunadagi hujjat;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
havo kemasi — atmosferada o‘zining havo bilan o‘zaro ta’siri hisobiga ushlab turadigan har qanday uchadigan apparat, yer (suv) yuzasidan qaytgan havo bilan o‘zaro ta’sir bundan mustasno (samolyot, vertolyot, uchuvchisiz uchadigan apparat, dirijabl, havo shari va boshqalar);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xavfli hudud — hududida ma’lum vaqt davomida havo kemalari parvozi uchun xavf tug‘diruvchi faoliyat olib borilishi mumkin bo‘lgan belgilangan o‘lchamlardagi havo kengligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
havo hududidan foydalanishning yagona boshqaruv tizimi — idoralararo komissiya va Havo hududidan foydalanishning yagona boshqaruv tizimi markazlaridan tashkil topgan, O‘zbekiston Respublikasining havo hududidan foydalanish tartibiga rioya etilishini tashkil etish, rejalashtirish, muvofiqlashtirish va monitoringini amalga oshirish uchun mo‘ljallangan organ.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. O‘zbekiston Respublikasining havo hududidan foydalanish bilan bog‘liq faoliyatga zarur ehtiyot choralariga rioya etilganda, faqat mazkur Nizomga 1-ilovaga muvofiq ruxsat berish tartibotlaridan o‘tgach hamda Bosh shtabning va Havo hududidan foydalanish boshqaruvining yagona tizimi organlaridan ruxsat olgandan so‘ng ruxsat beriladi. Ushbu faoliyat mutlaqo taqiqlanishi yoxud vaqtincha rejimlar yoki qisqa vaqt davom etadigan cheklovlarni kiritish yo‘li bilan cheklanishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Taqiqlangan yoki havo hududidan foydalanish cheklangan hududlarda havo hududidan foydalanish zarur bo‘lgan holatlarda manfaatdor vazirlik, idora, muassasa, korxona va tashkilotlar Bosh shtabga amalga oshiriladigan parvozlar va ularning davomiyligi to‘g‘risida xabar bergan holda, Bosh shtabdan maxsus ruxsatnoma olishlari shart, vazirliklar va idoralarga qarashli joylarda joylashgan obyektlar bundan mustasno.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-bob. Aerosuratga olish ishlarini amalga oshirishga ruxsat berish tartibotlarini hamda ushbu suratga olish materiallarini nazorat tariqasida ko‘rib chiqishni tashkil etish va amalga oshirish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-§. Aerosuratga olish ishlarini amalga oshirish uchun ruxsat berish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Vazirliklar va idoralar O‘zbekiston Respublikasi hududida aerosuratga olish ishlarini bajarish uchun qonunchilikda belgilangan tartibda Bosh shtabga mazkur Nizomga 2-ilovaga muvofiq so‘rovnoma taqdim qiladi. Rejalashtirilgan aerosuratga olish ishlaridan kelib chiqib, so‘rovnomaga quyidagilar ilova qilinadi:
(5-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 22-iyuldagi 439-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.07.2024-y., 09/24/439/0543-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
talab qilinayotgan havo hududining chegaralarini belgilab beradigan parvozlar hududi kartogrammasi ilova qilingan holda, ishlarni amalga oshirish rejalashtirilgan hududlar bo‘yicha axborot (joriy yil uchun);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
aerosuratga olish, havoda kino suratga olish, aerovizual, shuningdek, maxsus va boshqa turdagi aerosuratga olish ishlarini amalga oshirish bo‘yicha to‘liq va batafsil axborot;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
topografik va boshqa maxsus maqsadlarda bajarilayotgan maydonli suratga olish xususiyatiga ega aerosuratga olish ishlarining yig‘ma kartogrammalari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
uchuvchisiz uchadigan apparatga o‘rnatilgan radioelektron vositalardan foydalanish (chastota parametrlari) uchun O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan berilgan ruxsatnomaning, O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi tomonidan uchuvchisiz uchadigan apparatdan foydalanishga ruxsat berilgani to‘g‘risidagi xulosaning, uchuvchisiz uchadigan apparat operatori (uchuvchisi) pasportining nusxalari, shuningdek, parvozni ta’minlash uchun boshqa axborotlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
aerosuratga olish ishlarini bajarish bilan bog‘liq masalalarni Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlari va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati bilan kelishish bo‘yicha hujjatlarning nusxalari, agar ishlar chegaraga tutash joylarda (hududida) yoki ular tomonidan qo‘riqlanayotgan obyektlarda (hududida) rejalashtirilayotgan bo‘lsa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
rahbariyat topshirig‘ining nusxasi, agar aerosuratga olish ishlari rejimli obyektlarning hududida rejalashtirilayotgan bo‘lsa.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. So‘rovnomalar aerosuratga olish ishlarini amalga oshirish uchun ruxsatnomalarni berishning hisobini yuritish jurnalida ro‘yxatga olinadi hamda Bosh shtab huzuridagi doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi maxsus komissiya (keyingi o‘rinlarda — maxsus komissiya) tomonidan besh kun muddatda ko‘rib chiqiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ariza beruvchi tomonidan taqdim qilingan materiallarni ko‘rib chiqish yakunlariga ko‘ra dalolatnoma tuzilib, u maxsus komissiya a’zolari tomonidan imzolanadi va Bosh shtab boshlig‘i tomonidan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Maxsus komissiyaning xulosasiga asosan Bosh shtab tomonidan mazkur Nizomga 3-ilovaga muvofiq maxsus ruxsatnoma rasmiylashtiriladi va belgilangan tartibda ariza beruvchiga yuboriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-§. O‘zbekiston Respublikasi havo hududidan foydalanish uchun ruxsatnoma berish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Ariza beruvchi havo hududidan foydalanish uchun Havo hududidan foydalanishning yagona boshqaruv tizimi bosh markaziga so‘rovnoma topshirganda, Bosh shtab tomonidan berilgan ruxsatnomaning raqamini ko‘rsatishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. O‘zbekiston Respublikasi havo hududidan foydalanish to‘g‘risidagi qarorni Havo hujumidan mudofaa qo‘shinlari va harbiy-havo kuchlari qo‘mondoni qabul qiladi, havodagi harakatga xizmat ko‘rsatish yo‘nalishlari bo‘yicha parvozlarni bajaruvchi fuqaro havo kemalarining parvozlari bundan mustasno. Qabul qilingan qaror Havo hujumidan mudofaa qo‘shinlari va harbiy-havo kuchlari shtabi (Havo hududidan foydalanishning yagona boshqaruv tizimi bosh markazi) orqali O‘zbekiston Respublikasi havo hududidan foydalanuvchilarga yetkaziladi.
(9-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 18-apreldagi 217-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.04.2024-y., 09/24/217/0287-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasining havo hududidan faqat Havo hududidan foydalanishning yagona boshqaruv tizimining tegishli organlaridan ruxsatnoma olingandan so‘ng foydalaniladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasining havo hududidan foydalanish uchun buyurtmanomalar berish hamda bu haqda tegishli organlarni xabardor qilish O‘zbekiston Respublikasining samoviy hududidan foydalanish to‘g‘risidagi nizom talablariga muvofiq amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Uchuvchisiz uchadigan apparatdan foydalanish, shu jumladan, xorijiy davlat fuqarolarining undan foydalanishi O‘zbekiston Respublikasi fuqaro va davlat aviatsiyasining uchuvchisiz uchadigan apparatidan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizom talablariga muvofiq amalga oshiriladi. Bunda idoraviy vazifalarni bajarish uchun uchuvchisiz uchadigan apparat parvozlariga faqat tegishli vazirlik va idoralar tomonidan qat’iy belgilangan hududda yoki tegishli obyektlar ustida hamda havo kemalarining muayyan turlari uchun o‘rnatilgan tartibda belgilanuvchi ajratilgan havo hududida ruxsat etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-§. Maxsus komissiyani tayinlash tartibi. Aerosuratga olish materiallarini nazorat tariqasida ko‘rib chiqish va ariza beruvchiga qaytarishni tashkil etish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Havo kemalaridan foydalangan holda aerosuratga olish ishlarini amalga oshirish uchun ruxsat berish tartibotlari (ariza beruvchilarning murojaatlarini ko‘rib chiqish va kelishish), shuningdek, mazkur suratga olish materiallarini nazorat tariqasida ko‘rib chiqishni tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha maxsus komissiya Bosh shtab boshlig‘ining buyrug‘i bilan tayinlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Maxsus komissiyaning ishiga Bosh shtab boshlig‘i tomonidan tayinlanadigan rais rahbarlik qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Maxsus komissiyaning tarkibiga ko‘rib chiqilayotgan materiallardan kelib chiqqan holda, O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi markaziy apparati, Havo hujumidan mudofaa qo‘shinlari va harbiy-havo kuchlari, Mudofaa vazirligi Toifalangan obyektlarni qo‘riqlash qo‘shinlari, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlari, Milliy gvardiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatining tegishli mutaxassislari ularning rahbarlari tavsiyasiga ko‘ra kiritiladi.
(11-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 18-apreldagi 217-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.04.2024-y., 09/24/217/0287-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Maxsus komissiya raisining zimmasiga quyidagi vazifalar yuklanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
maxsus komissiya tarkibi tomonidan aerosuratga olish ishlarini amalga oshirish uchun buyurtmanomalarni ko‘rib chiqish va ruxsat berish tartibotlarini o‘rganish (tegishli hujjatlarni rasmiylashtirish);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ariza beruvchidan (uning vakilidan) aerosuratga olish (foto-video) materiallari va kosmik suratga olish materiallarini belgilangan tartibda olish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
suratga olingan materiallarni maxsus komissiya tarkibi bilan nazorat tariqasida ko‘rib chiqib, tasvirlarda aerosuratga olish materiallarida ko‘rsatilishi kerak bo‘lmagan rejimli, harbiy obyektlar, qurol-aslaha va harbiy texnikaning bor-yo‘qligini aniqlash hamda bunday tasvirlarni retush qilishni (kesib tashlashni) tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tasvirlarda ko‘rsatilishi kerak bo‘lmaganligi uchun kesib tashlangan obyektlarni ko‘rsatib o‘tgan holda, aerosuratga olish materiallarini nazorat tariqasida ko‘rib chiqish dalolatnomasini tuzish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ishlov berilgan aerosuratga olish (foto-video) materiallari hamda kosmik suratga olish materiallarini ariza beruvchiga o‘z vaqtida qaytarish va boshqalar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Parvozlar va muayyan hududni suratga olish bo‘yicha ishlar yakunlangandan so‘ng suratga olingan material yozilgan elektron axborot tashuvchi moslama operator va ishlar rahbari tomonidan muhrlanib, suratga olish ishlari o‘tkazilgan hudud, sana va vaqt, shuningdek, suratga olingan material yozilgan elektron axborot tashuvchi moslama muhrlangan muhrning ta’rifi ko‘rsatilgan holda kelgusida nazorat tariqasida ko‘rib chiqishga taqdim qilinadi. Elektron axborot tashuvchi moslamaga yozilgan suratga olish materiallarining asl nusxa va ishonchli ekanligi uchun javobgarlik aerosuratga olish bo‘yicha ishlarni amalga oshirishgan yuridik shaxslarning zimmasiga yuklanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Maxsus komissiyaning ishi ariza beruvchidan elektron axborot tashuvchisiga yozilgan (TIFF(GEOTIFF), JPG, RGB va boshqa formatlarda) aerosuratga olish materiallari va kosmik suratga olish materiallari olingandan so‘ng tashkil etiladi. Elektron axborot tashuvchilar elektron axborot tashuvchilarni qabul qilish va topshirish jurnalida qayd etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Aerosuratga olish materiallari va kosmik suratga olish materiallarini nazorat tariqasida ko‘rib chiqish, ularga ishlov berish hamda kelgusida ularni ariza beruvchiga qaytarish ular olingan vaqtdan boshlab ikki hafta (uchuvchisiz uchadigan apparat uchun — ikki kun) muddatda amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Favqulodda vaziyatlarda (katta yong‘inlar, vayronagarchilik, suv toshqini va boshqa tabiiy ofatlarda) Favqulodda vaziyatlar vazirligining so‘rovnomasi bo‘yicha suratga olingan materiallar Bosh shtabning talabiga ko‘ra nazorat tariqasida ko‘rib chiqilmasdan berib yuborilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Maxsus komissiyaning ishi davomida yetkazib berilgan materiallarning sifati, suratga olish ishlarini o‘tkazishning sanasi va hududi, ularni aerosuratga olish materiallarida ko‘rsatilishi mumkin bo‘lmagan davlat va rejimli harbiy obyektlar, qurol-aslaha va harbiy texnika to‘g‘risidagi axborotning mavjudligi hamda chegara hududiga tutash hududidan uzoqligiga alohida e’tibor qaratiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Maxsus komissiya ishining yakunlari bo‘yicha nazorat tariqasida ko‘rib chiqish dalolatnomasi tuzilib, Bosh shtab boshlig‘i tomonidan tasdiqlanadi, bunda tasvirlarda ko‘rsatilishi mumkin bo‘lmagan obyektlarning nomi hamda suratga olingan materialning tavsifi bo‘yicha xulosa ko‘rsatiladi. Ariza beruvchiga (uning vakiliga) mazkur Nizomga 4-ilovaga muvofiq aerosuratga olish materiallaridan foydalanish uchun ruxsatnoma beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Suratga olingan materiallarni qaytarish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
suratga olingan materialni nazorat tariqasida ko‘rib chiqish va ularga ishlov berish yakunlangandan so‘ng elektron axborot tashuvchi maxsus komissiya raisi tomonidan muhrlanib, uning upakovkasiga sana yoziladi va shaxsiy imzo qo‘yiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
aerosuratga olish materiallaridan foydalanishga ruxsatnoma Bosh shtab boshlig‘ining imzosi bilan beriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ariza beruvchi nazorat tariqasida ko‘rib chiqish ishlarning yakunlanganligi to‘g‘risida xabardor qilinadi hamda aerosuratga olingan materiallarni qaytarish masalasi kelishiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ruxsatnoma aerosuratga olish natijalari va elektron axborot tashuvchi bilan birgalikda ariza beruvchiga kanselyariya (xizmat ish yuritish bo‘limi) orqali yoki belgilangan tartibda pochta orqali yuboriladi. Elektron axborot tashuvchining topshirilganligi tegishli jurnalda yozib qo‘yiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-§. O‘ta muhim ahamiyatga, o‘ta muhim rejimga ega sanoat va rejimli harbiy obyektlar hududida, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi chegaraoldi polosasida (hududida) aerosuratga olish ishlarini amalga oshirish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. O‘ta muhim ahamiyatga, o‘ta muhim rejimga ega sanoat va rejimli harbiy obyektlar (keyingi o‘rinlarda — rejimli obyektlar) hududida aerosuratga olish ishlarini ushbu obyektlar tasarrufida bo‘lgan vazirlik va idoralar bilan kelishilgan holda, Bosh shtabning maxsus qaroriga binoan amalga oshiriladi. Rejimli obyektlar joylashgan hududda o‘quv, mashq va rekognossirovka parvozlarini o‘tkazish taqiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Rejimli obyektlar hududida aerosuratga olishni bajarishga ruxsat olish uchun vazirlik va idoralar, birlashma, korxona, muassasa va tashkilotlar Bosh shtabga tegishli so‘rovnoma yuboradi. Bunda aerosuratga olish uchun so‘rovnoma bilan bir vaqtda aerosuratga olish ishlarini bajarishning maqsadga muvofiqligi to‘g‘risida tegishli organlarning asoslovchi xatlari yoki Rahbariyat topshirig‘ining nusxasi majburiy tartibda taqdim qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Aerosuratga olish uchun ruxsatnoma quyidagicha yetkaziladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bosh shtab tomonidan — ariza beruvchigacha;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
rejimli obyektlarning rahbariyati tomonidan — bo‘ysunuvchi rejimli qo‘shilma va harbiy qismlargacha (muassasalargacha). Bunda zarur hollarda, rejimli obyektlarni aerosuratga olish ishlariga tayyorlash va aerosuratga olishning tartibi bo‘yicha ko‘rsatmalar beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Aerosuratga olishni amalga oshirish boshlangunga qadar ishlarning ijrochisi hisoblangan tashkilotlar Bosh shtabning ruxsatnomasida ko‘rsatilgan davlat organlari bilan aerosuratga olish turlari, hududlarning chegarasi yoki suratga olish yo‘nalishlari (topografik xarita yoki yig‘ma jadvalda), ishlarni boshlash va yakunlash vaqti, parvozlar vaqti va rejimi, suratga olish materiallarini nazorat tariqasida ko‘rib chiqishga taqdim qilish tartibini kelishib oladi. Sanab o‘tilgan masalalarni kelishib olish uchun aerosuratga olish hududlari (yo‘nalishlari) chizmasining zarur miqdordagi nusxalari taqdim qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. Rejimli obyektlar hududida aerosuratga olish, mazkur aerosuratga olish materiallariga ishlov berish va ulardan foydalanish O‘zbekiston Respublikasining vazirlik, idora, korxona, muassasa va tashkilotlarida Maxfiylik rejimini ta’minlash bo‘yicha yo‘riqnomada belgilangan talablarga rioya etgan holda amalga oshiriladi. Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan ishlarni bajarayotgan shaxslar maxfiy hujjatlar bilan ishlash va maxfiy ishlarni bajarish huquqini beruvchi tegishli shakldagi ruxsatnomaga ega bo‘lishi kerak. Aerosuratga olish materiallariga ular nazorat tariqasida ko‘rib chiqilgunga qadar “Maxfiy” grifi qo‘yiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23. Rejimli obyektlar hududini aerosuratga olishning amaliy nuqtai nazardan qo‘llash uchun yaroqli barcha materiallari (ular kontakt bosmasidan chiqarilgunga qadar) ikki nusxadagi chizmalar bilan nazorat tariqasida ko‘rib chiqish uchun Bosh shtabga yuboriladi. Aerosuratga olish materiallarini nazorat tariqasida ko‘rib chiqish ularda maxfiy topografik xarita va planlarda (tarxlarda) ko‘rsatilishi mumkin bo‘lmagan rejimli harbiy obyektlar aks etgan tasvirlarni topish va olib tashlash, shuningdek, ularda rejimli harbiy obyektlar, o‘ta muhim yoki o‘ta muhim ahamiyatga ega sanoat obyektlarining tasvirlari mavjud bo‘lgani sababli “Maxfiy” grifi ostida foydalanish zarur bo‘lgan materiallarni aniqlash maqsadida o‘tkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24. Rejimli obyektlar hududida aerosuratga olish materiallarini nazorat tariqasida ko‘rib chiqishni amalga oshirish uchun rejimli birlashma va harbiy qismlarning (muassasalarning) vakillari ularning rahbariyati (qo‘mondonligi) bilan kelishilgan holda, maxsus komissiya tarkibidagi ishlarga jalb qilinishi mumkin. Alohida holatlarda aerosuratga olish materiallari ulardan rejimli harbiy obyektlar va ularni kamsituvchi tasvirlarni olib tashlash uchun bevosita rejimli qo‘shilmalarga (harbiy qismlarga) yuborilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati va Prezident davlat xavfsizlik xizmati bo‘linmalari har bir muayyan holatda aerosuratga olish materiallarini ko‘rib chiqishda o‘z ishtirokining tartibini belgilaydi, harbiylashgan vazirlik va idoralarning jangovar xizmat faoliyatiga taalluqli materiallar bundan mustasno. Ular maxsus komissiyaning ishida qatnashish uchun o‘zining vakilini ajratadi yoki ushbu komissiya tarkibida ishlash uchun jalb qilinishi zarur bo‘lgan rejimli obyektlarning vakillari ro‘yxatini ma’lum qiladi yoxud ularga taalluqli qismlari bo‘lgan aerosuratga olish materiallarini bevosita O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati va Prezident davlat xavfsizlik xizmati bo‘linmalaridan so‘rab oladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Aerosuratga olish materiallarini nazorat tariqasida ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha tegishli dalolatnoma tuzilib, u nazorat tariqasida ko‘rib chiqishda qatnashgan maxsus komissiyaning barcha a’zolari tomonidan imzolanadi. Dalolatnomada “Maxfiy” grifi ostida foydalanish kerak bo‘lgan aniq materiallar (kadrlar raqami yoki maxsus suratga olish turlarining yo‘nalishi) ko‘rsatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Rejimli harbiy obyektlarning tasviri yoki mazkur tasvirlarning olib tashlanganlik izlari, shuningdek, o‘ta muhim ahamiyatga yoki o‘ta muhim rejimga ega sanoat obyektlarining tasvirlari mavjud bo‘lgan dastlabki yoki yakuniy aerosuratga olish materiallari maxfiy hisoblanadi. Rejimli obyektlarning hududiga uchib kirish bo‘yicha qolgan materiallarning maxfiylik darajasi boshqaruv hujjatlarining talablariga muvofiq ushbu materiallarning foydalanuvchilari tomonidan belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25. Tuzilayotgan topografik va tematik xaritalar hamda planlarda rejimli obyektlarning tasviri yoki mazkur tasvirlarning olib tashlanganlik izlari mavjud bo‘lgan uchastkalar belgilangan tartibga muvofiq atrofdagi tabiiy joyga moslab niqoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
26. Tabiiy ofatlar ta’siriga uchragan obyektlar va hududlarning aerosuratga olish ishlari tabiiy ofatlarning (zilzila, toshqin, sel, ko‘chki va boshqalar) ta’siri natijalarini zudlik bilan qayd qilish va ularni aerosuratga olish materiallari bo‘yicha o‘rganish, shuningdek, tabiiy ofatlarga qarshi kurashish tadbirlarini ishlab chiqish uchun mo‘ljallangan bo‘lib, hukumat komissiyasining qaroriga ko‘ra amalga oshiriladi. Bunda ushbu suratga olish materiallari nazorat tariqasida ko‘rib chiqilmasdan ishlar davomida qo‘llanishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
27. Alohida (favqulodda) holatlarda jangovar-xizmat vazifalarini hal qilish uchun O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Prezident davlat xavfsizlik xizmati, Davlat xavfsizlik xizmati, Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlari, Milliy gvardiyasi bo‘linmalarining uchuvchisiz uchadigan apparatlarining parvozlari Bosh shtab hamda Havo hujumidan mudofaa qo‘shinlari va harbiy-havo kuchlari tegishli bo‘linmalarini xabardor qilgan holda, aerosuratga olish materiallarini Bosh shtabga taqdim qilmay amalga oshirilishi mumkin. Bunda Havo hujumidan mudofaa qo‘shinlari va harbiy-havo kuchlari bo‘linmalariga tegishli buyurtmanomalarni taqdim qilish bilan havo hududidan foydalanishning belgilangan talablariga amal qilish, shuningdek, uchuvchisiz uchadigan apparatlarni va suratga olish materiallaridan xavfsiz foydalanishni ta’minlash tegishli vazirlik va idoralarning rahbarlari zimmasiga yuklanadi.
(27-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 18-apreldagi 217-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.04.2024-y., 09/24/217/0287-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-bob. O‘zaro hamkorlikni tashkil etish va nazorat
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
28. Ariza beruvchi aerosuratga olish boshlanishidan avval hududida ishlar amalga oshiriladigan rejimli obyektlar (ushbu obyektlarni qo‘riqlash bo‘linmalari) rahbariyatini xabardor qiladi va ushbu ishlarni amalga oshirish bilan bog‘liq masalalarni (topografik xaritada (yig‘ma jadvalda) aerosuratga olish hududining chegaralarini), ishlarni boshlash muddati va vaqti, parvozlar rejimi, tekshirish uchun aerosuratga olish materiallarini taqdim etish tartibi va boshqalarni kelishadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Aerosuratga olish materiallaridan foydalanish uchun ruxsatnoma bergan maxsus komissiya bilan o‘zaro hamkorlikni tashkil etish maqsadida ariza beruvchi tomonidan lavozimi, familiyasi, ismi, otasining ismi, pasport ma’lumotlari hamda telefon raqamini ko‘rsatgan holda operator va parvozlarni tashkil etuvchi shaxsning shaxsiy ma’lumotlari taqdim qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Havo hududidan foydalanish ruxsatnomalarini berishga mas’ul hisoblangan Havo hududidan foydalanishning yagona boshqaruv tizimi organlari bilan o‘zaro hamkorlikni tashkil etish uchun ariza beruvchi (uning vakili) Havo hududidan foydalanishning yagona boshqaruv tizimi hududiy markazlariga parvozlarni o‘tkazish uchun buyurtmanoma bilan birgalikda zaxira aloqa kanallarini hisobga olgan holda aloqa telefonlarini ham taqdim qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
29. Havo hududidan foydalanish tartibiga amal qilinishini nazorat qilish Havo hujumidan mudofaa qo‘shinlari va harbiy-havo kuchlari qo‘mondonligi zimmasiga yuklanadi.
(29-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 18-apreldagi 217-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.04.2024-y., 09/24/217/0287-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Fuqaro aviatsiyasi havo kemalarining parvozlarni bajarishi ustidan nazorat O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi tomonidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Uchuvchisiz uchadigan apparatdan maqsadli foydalanish ustidan nazorat O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati va Ichki ishlar vazirligi organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-bob. Yakunlovchi qoida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
30. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 1854-moddasi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi hududida aerosuratga olish ishlarini havo kemalaridan foydalangan holda amalga oshirish to‘g‘risidagi nizomga 1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Aerosuratga olish ishlarini amalga oshirishga ruxsat berish, aerosuratga olishga oid materiallarni ko‘zdan kechirish va ularning buyurtmachiga tarqatilishini nazorat qilish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ALGORITMI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bosqichlar
Mavzular
Tadbirlar
Bajarish muddati
1-bosqich
Ariza beruvchi
Qurolli Kuchlari Bosh shtabiga aerosuratga olish ishlarini o‘tkazish uchun so‘rov jo‘natadi
Ariza beruvchi ixtiyoriga ko‘ra
↓
2-bosqich
O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Bosh shtabi
Ariza beruvchi tomonidan taqdim etilgan materiallarni o‘rganib chiqib, maxsus komissiya aerosuratga olish ishlariga maxsus ruxsatnoma beradi yoki sabablari ko‘rsatilgan holda berishni rad etadi
Besh kun ichida
↓
3-bosqich
Ariza beruvchi
“O‘zaeronavigatsiya” markazi davlat unitar korxonasining Havo hududidan foydalanishning yagona boshqaruv tizimi bosh markazining Fuqaro sektoriga parvozlarga buyurtmanomani ko‘rib chiqish va tasdiqlash uchun taqdim etadi. Barcha ruxsat berish tartibotlari rasmiylashtirgandan so‘ng parvozlarni amalga oshiradi
Ariza beruvchi ixtiyoriga ko‘ra
↓
4-bosqich
Havo hududidan foydalanishning yagona boshqaruv tizimi bosh markazi
Uchuvchisiz uchadigan apparatdan foydalanish to‘g‘risidagi nizomga amal qiladi. O‘zbekiston Respublikasi fuqaro va davlat aviatsiyasida havo hududidan foydalanishga ruxsatnoma beradi, havo hududidan foydalanishni nazorat qiladi
Buyurtmanomani qabul qilish bilan va parvozlar tugashidan oldin
↓
5-bosqich
Ariza beruvchi
Suratga olingan materiallarda namoyish qilinmaydigan obyektlar bor bo‘lsa, aerosuratga olingan materiallarni Qurolli Kuchlar Bosh shtabiga topshiradi
Aerosuratga olish ishlari tugagandan keyin
↓
6-bosqich
O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Bosh shtabi
Maxsus komissiya videotasvirlarni o‘rganib chiqib, ulardan foydalanishga ruxsat beradi (ruxsatnomalarni rasmiylashtiradi va bu haqda buyurtmachiga xabar beradi). Ko‘rsatib bo‘lmaydigan obyektlarni o‘z ichiga olgan materiallar qayta joylashtiradi (o‘chiradi)
Buyurtmachidan materiallar kelib tushgandan keyin 2 hafta o‘tgach
(uchuvchisiz uchadigan apparatlar uchun 2 kun muddat)
↓
7-bosqich
Ariza beruvchi
Suratga olingan materiallarda maqsadga muvofiq foydalanadi
Ariza beruvchi ixtiyoriga ko‘ra
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi hududida aerosuratga olish ishlarini havo kemalaridan foydalangan holda amalga oshirish to‘g‘risidagi nizomga 2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QUROLLI KUCHLARI BOSH SHTABI RAHBARIGA
O‘zbekiston Respublikasi ________________________________ vazirligi (vazirlik, idora, birlashma, korxona, muassasa, tashkilot nomi) O‘zbekiston Respublikasi 20___ yil _____________gacha _____________ (aerosuratga olish ishlarining maqsadi.
Misol uchun: qishloq xo‘jaligi yerlarining monitoringi — 1:10 000, 25 000 kattalikdagi xaritani yaratish; joyning ortofotorejasi va 3D modelini yaratish hamda ______________ viloyatining _____________ tumanida iqtisodiy zona qurish bo‘yicha shaharsozlik vazifalarini hal etish va boshqalar) uchun _____________da (hudud, obyekt) aerosuratga olish ishlarini amalga oshirishni rejalashtirmoqda.
Aerosuratga olish ishlarini har kuni _________dan _________gacha (vaqt) 20___ yil “____” __________dan gacha (baza — aeroport 20___ yil “____” ____________).
Aerosuratga olish ishlari ______________ (tashkilot nomi. Misol uchun: “SAR” aviakompaniyasi mutaxassislari, ________________ kompaniya vakillari (pasport ma’lumotlari) ______________ tomonidan (uchadigan apparat modeli va bort raqami, foto-video apparatura. Misol uchun: “SAR” aviakompaniyasi Toshkent sh.) maxsus jihozlangan, bort raqami ________ bo‘lgan An-2 samolyotidan “UltraCamX” raqamli aerokamera, “GeoScan 201Pro” modelidagi uchuvchisiz uchadigan apparatlardan), _____________ metrdan _____________ metrgacha bo‘lgan balandlikdagi parvozlar paytida amalga oshiriladi.
Aerosuratga olish ishlarini ishlar kartogrammasiga muvofiq amalga oshirishga ruxsat berishingizni so‘raymiz. Suratga olish ishlarining amalga oshirilishi (yakunlashi) bo‘yicha suratga olingan barcha materiallar kelgusida ulardan foydalanish to‘g‘risida qaror qabul qilish uchun Bosh shtab huzuridagi maxsus komissiyaga taqdim etiladi.
Ilovalar (rejalashtirilgan aerosuratga olish ishlariga muvofiq):
1. Rejalashtirilgan ish joylari to‘g‘risidagi ma’lumot _________ varaqlarda parvoz maydonlarning chegarasini belgilab, so‘ralayotgan havo hududining chegaralarini belgilash bilan ko‘rsatilgan.
2. Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining uchuvchisiz uchadigan apparati jihozlangan radioelektron jihozlardan (chastota parametrlari) foydalanishga berilgan ruxsatnomasining nusxasi _________ varaqda.
3. O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligining uchuvchisiz uchadigan apparatlardan foydalanish uchun tasdiqlash to‘g‘risidagi xulosalar nusxasi _________ varaqda.
4. Chegara zonasida (hududida) yoki rejim obyektlarida aerosuratga ishlarini muvofiqlashtirish to‘g‘risidagi hujjatning nusxasi _________ varaqda.
5. Yo‘riqnomaning nusxasi yoki tegishli organlarning asoslanishi rejim obyektlar joylashgan joylarda aerosuratga olishning maqsadga muvofiqligi to‘g‘risida _________ varaqda.
6. Parvozni ta’minlash uchun boshqa ma’lumotlar.
_______________________
____________
_______________________
(boshliqning lavozimi)
(imzo)
(familiyasi va ismi)
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 22-iyuldagi 439-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.07.2024-y., 09/24/439/0543-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi hududida aerosuratga olish ishlarini havo kemalaridan foydalangan holda amalga oshirish to‘g‘risidagi nizomga 3-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(ariza beruvchi vazirlik, idora, birlashma, korxona, muassasa, tashkilot nomi)
Maxsus ruxsatnoma 20___ yil “____” ____________ № ____
Aerosuratga olish ishlarini amalga oshirish uchun 20___ yil “____” ____________dagi
____-son ruxsatnoma
________________ga (vazirlik, idora, birlashma, korxona, muassasa, buyurtma beruvchi tashkiloti nomi) ______________ (vaqt va joy amalga oshirilgan) ______________ (aerosuratga olish ishlarining maqsadi) aerosuratga olish materiallardan belgilangan maqsadda foydalanishga “Xizmat doirasida foydalanish uchun” grifi bilan ruxsat berildi.
Suratga olingan materiallar ommaviy axborot vositalarida chop etilishi mumkin emas.
Qurolli Kuchlar
Bosh shtabi boshlig‘i
__________
_______________________
(imzo)
(familiyasi va otasining ismi)
(3-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 22-iyuldagi 439-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.07.2024-y., 09/24/439/0543-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi hududida aerosuratga olish ishlarini havo kemalaridan foydalangan holda amalga oshirish to‘g‘risidagi nizomga 4-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(ariza beruvchi vazirlik, idora, birlashma, korxona, muassasa, tashkilot nomi)
Aerosuratga olish ishlarini amalga oshirish uchun 20___ yil _____________dagi
_____-son maxsus ruxsatnoma
____________ (aerosuratga olish ishlarining maqsadi) kartogrammada belgilangan _________________ (vaqt va joy) _________________ (havo kemasining turi, modeli), foydalangan holda ____________ (vazirlik, idora, birlashma, korxona, muassasa, buyurtma beruvchi tashkilot nomi) bajarishga ruxsat berilgan.
Bunda aerosuratga olish ishlari yakunlangach, suratga olingan material bilan birgalikda elektron axborot manbai O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Bosh shtabiga ularni nazorat tariqasida ko‘rib chiqish uchun albatta taqdim etilsin.
Qurolli Kuchlar
Bosh shtabi boshlig‘i
__________
_______________________
(imzo)
(familiyasi va otasining ismi)
(4-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 22-iyuldagi 439-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.07.2024-y., 09/24/439/0543-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 15-noyabrdagi 658-son qaroriga 4-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasining havo hududida uchuvchisiz uchadigan apparatlardan foydalanishni tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2016-yil 12-maydagi 150-son qaroriga kiritilayotgan o‘zgartish va qo‘shimchalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. 1-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“1. Istisno tariqasida, O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlari va Davlat xavfsizlik xizmati, “O‘zGASHKLITI” davlat unitar korxonasi, O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi va O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligiga idoraviy vazifalarni bajarish uchun O‘zbekiston Respublikasi hududiga uchuvchisiz uchadigan apparatlarni (ularning butlovchi va ehtiyot qismlarini) sotib olish, olib kirish, saqlash va ulardan foydalanishga ruxsat berilsin.”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. 4-band chiqarib tashlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 15-noyabrdagi 658-son qaroriga 5-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblanayotgan ba’zi qarorlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
RO‘YXATI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasining havo bo‘shlig‘ida uchuvchisiz uchish qurilmalaridan sanksiyasiz foydalanishda ogohlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2014-yil 26-noyabrdagi 322-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2014-y., 48-son, 2016-y., 19-son).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasining fuqaro va davlat aviatsiyasida uchuvchisiz uchish qurilmalaridan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2016-yil 31-avgustdagi 287-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2016-y., 36-son).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Iqtisodiyot tarmoqlarida fuqaro aviatsiyasining uchuvchisiz uchish qurilmalaridan maqsadli va samarali foydalanish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 29-martdagi PQ-3639-son qarori)” 2018-yil 15-avgustdagi 663-son qaroriga ilovaning 2-bandi.