09.01.2019 yildagi 11-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 09.01.2019 yildagi 11-son
Date of entry into force
11.01.2019
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sudyalar va ularning oila aʼzolari pensiya taʼminoti shartlari, meʼyorlari hamda tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Sud-huquq tizimini yanada takomillashtirish va sud hokimiyati organlariga ishonchni oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 13-iyuldagi PF-5482-son Farmoniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Sudyalar va ularning oila aʼzolari pensiya taʼminoti shartlari, meʼyorlari hamda tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2019-yil 9-yanvar,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 9-yanvardagi 11-son qaroriga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sudyalar va ularning oila aʼzolari pensiya taʼminoti shartlari, meʼyorlari hamda tartibi toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-bob. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-iyuldagi “Sud-huquq tizimini yanada takomillashtirish va sud hokimiyati organlariga ishonchni oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” PF-5482-son Farmoniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi, Oliy sudi va Oʻzbekiston Respublikasi sudlari sudyalarining, Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashining oʻz faoliyatini doimiy asosda amalga oshiruvchi aʼzolarining, shuningdek, ularning oila aʼzolari pensiya taʼminoti shartlari, meʼyorlari hamda tartibini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yashash joyi — turar joy, kvartira, xizmat turar joyi, ixtisoslashtirilgan uylar (yotoqxona, pansionat, yolgʻiz keksalar uchun maxsus uy, nogironligi boʻlgan shaxslar, faxriylar uchun internat uy va boshqalar), shuningdek, pensiya uchun murojaat qilgan jismoniy shaxs ijaraga olish shartnomasi (ikkilamchi ijara), ijara shartnomasi yoxud qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa asoslar boʻyicha mulkdor sifatida doimiy yashaydigan (doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olingan) boshqa turar joy, doimiy yashash joyi mavjud boʻlmagan (doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olinmagan) taqdirda — vaqtincha yashash (vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olish) joyi;
(2-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
pensiya — uni olish huquqi Ushbu Nizomda belgilangan shartlarga va meʼyorlarga muvofiq aniqlanadigan hamda shaxslarga pensiya yoshiga toʻlish, nogironlik yoki boquvchisini yoʻqotganlik munosabati bilan beriladigan oylik pul toʻlovi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
pensiya tayinlashni soʻrab murojaat etish — pensiya tayinlash, pensiya miqdorini qayta hisoblab chiqish, pensiyaning bir turidan boshqa turiga oʻtkazish, shuningdek, ilgari toʻxtatib qoʻyilgan (toʻxtatilgan) pensiya toʻlashni belgilangan tartibda tiklash (qayta tiklash) toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudiga yoki Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi huzuridagi Sudlar faoliyatini taʼminlash departamentiga (keyingi oʻrinlarda — Departament deb yuritiladi) ariza berish;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ish staji — Ushbu Nizom va boshqa qonunchilik hujjatlariga muvofiq pensiya taʼminoti huquqini beradigan mehnat faoliyatining umumiy davomiyligi;
(2-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ish haqi — shaxsning pensiyani hisoblash uchun qabul qilinadigan ish haqi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Ushbu Nizomga muvofiq quyidagilar pensiya olish huquqiga ega:
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) yoshga doir pensiyani — sudya sifatida kamida 15 yillik ish stajiga ega boʻlgan erkaklar — 60 yoshga toʻlganda hamda ayollar — 55 yoshga toʻlganda. Bunda sudyaning amaldagi vakolat muddati tugamasdan navbatdagi muddatga saylangan yoki tayinlangan hollarda, istisno tariqasida, olti oygacha boʻlgan muddat sudya lavozimidagi ish stajiga qoʻshiladi;
(3-bandning “a” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 28-noyabrdagi 630-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2023-y., 09/23/630/0911-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) nogironlik pensiyasini — sudya sifatida ish stajidan qatʼi nazar mehnatda mayiblanganligi oqibatida sodir boʻlgan I yoki II guruh nogironligi boʻlgan shaxslar;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) umumiy kasallik oqibatida nogironlik pensiyasini — nogironlik sodir boʻlgan kun holatiga koʻra sudya sifatida quyidagi ish stajiga ega boʻlgan I yoki II guruh nogironligi boʻlgan shaxslar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

Yosh

Sudya lavozimida ish staji

(yillarda)

30 yoshdan 40 yoshgacha

3

40 yoshdan 50 yoshgacha

7

50 yosh va undan oshganda

10

(3-bandning “v” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 15-dekabrdagi 783-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2020-y., 09/20/783/1624-son — 2021-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) boquvchisini yoʻqotganlik pensiyasini — vafot etgan boquvchining qaramogʻida boʻlgan mehnatga qobiliyatsiz oila aʼzolari olish huquqiga ega. Mehnatga layoqatsiz oila aʼzolari sirasiga “Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining (keyingi oʻrinlarda Qonun deb yuritiladi) 19-moddasida koʻrsatilgan shaxslar kiradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining “Sudlar toʻgʻrisida”gi Qonuni 79-moddasi birinchi qismining 1, 3, 5 va 10-bandlarida nazarda tutilgan asoslar boʻyicha sudyaning vakolatlari muddatidan ilgari tugatilgan taqdirda, u ushbu Nizomga muvofiq pensiya olish huquqiga ega boʻlmaydi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 28-noyabrdagi 630-sonli qaroriga asosan oltinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2023-y., 09/23/630/0911-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Ushbu Nizomning 30-bandida nazarda tutilgan lavozimlarda ishlagan shaxslar ham, agar ular undan oldin va (yoki) keyinchalik sudya lavozimidagi ish stajiga ega boʻlgan boʻlsalar, mazkur lavozimlarda uzluksiz boʻlganligidan qatʼi nazar, ushbu Nizomda belgilangan tartibda pensiya olish huquqiga ega.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-sentabrdagi 562-sonli qarori tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Bir vaqtning oʻzida ushbu Nizom va Qonunga muvofiq pensiya olish huquqiga ega shaxsga uning tanlovi boʻyicha pensiyaning bir turi tayinlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Ushbu Nizomga muvofiq pensiyani tayinlash:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi sudyasi boʻlib ishlagan shaxslarga nisbatan — Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi tomonidan;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi, shuningdek, 2017-yilning 1-iyuniga qadar Oliy xoʻjalik sudi sudyasi boʻlib ishlagan shaxslarga, Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashining oʻz faoliyatini doimiy asosda amalga oshiradigan aʼzosiga nisbatan, shuningdek, 1991-yil 12-iyundan 1992-yilning 8-dekabriga qadar hakamlik sudlari, sudlarning (shu jumladan 2017-yilning 1-iyuniga qadar umumiy yurisdiksiya va xoʻjalik sudlarining) sudyasi boʻlib ishlagan shaxslarga nisbatan — Departament tomonidan amalga oshiriladi.
(6-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 28-noyabrdagi 630-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2023-y., 09/23/630/0911-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-bob. Pensiya tayinlash uchun taqdim etiladigan hujjatlar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Ushbu Nizomga muvofiq pensiya olish huquqiga ega shaxs pensiya olish uchun asos boʻlgan holatlar sodir boʻlganda Ushbu Nizomning 6-bandida koʻrsatilgan organlarga pensiya tayinlash toʻgʻrisidagi ariza bilan murojaat etishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Pensiya tayinlanadigan shaxs voyaga yetmagan yoki muomalaga layoqatsiz boʻlgan taqdirda, ariza uning qonuniy vakili tomonidan beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Pensiya tayinlashni soʻrab pensiya olish huquqi paydo boʻlgan kundan boshlab istalgan vaqtda, biror muddat bilan cheklanmagan holda murojaat etish mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Barcha zarur hujjatlar bilan birga ariza qabul qilingan kun pensiya tayinlashni soʻrab murojaat etilgan kun hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar ariza pochta orqali yuborilsa va bunda barcha zarur hujjatlar ham ilova qilingan boʻlsa, ushbu arizani joʻnatishning pochta shtempelida koʻrsatilgan sanasi pensiya soʻrab murojaat etilgan kun hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Arizaga barcha zarur hujjatlar ilova qilinmagan hollarda Ushbu Nizomning 6-bandida koʻrsatilgan organlar tomonidan qoʻshimcha yana qanday hujjatlar taqdim etilishi lozimligi ariza beruvchiga yozma ravishda maʼlum qilinadi. Agar ular qoʻshimcha hujjatlar taqdim etilishi lozimligi toʻgʻrisida xabarnoma olingan kundan boshlab uch oydan kechikmay taqdim etilsa, pensiya tayinlash toʻgʻrisidagi ariza qabul qilingan kun pensiya tayinlash uchun murojaat qilingan kun hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Ariza beruvchi tomonidan taqdim etilgan hujjatlarning asoslanganligi va ishonchliligida shubha paydo boʻlgan taqdirda, Ushbu Nizomning 6-bandida koʻrsatilgan organlar pensiya tayinlash uchun taqdim etilgan hujjatlarni tekshirish toʻgʻrisida qaror chiqarishi mumkin. Bu holda tekshirish tamom boʻlish muddatidan qatʼi nazar, pensiya tayinlash uchun dastlab murojaat qilingan sana pensiya tayinlash uchun murojaat qilingan sana hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Yoshga doir pensiya tayinlash uchun murojaat qilgan shaxsning arizasiga ushbu Nizomning 30-bandida koʻrsatilgan ish davrni tasdiqlaydigan hujjat ilova qilinishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bundan tashqari, zarur hollarda quyidagilar taqdim etiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) tegishli organ tomonidan berilgan harbiy xizmatni, davlat xavfsizligi organlarida va ichki ishlar organlarida xizmat qilganlikni tasdiqlaydigan maʼlumotnoma;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) bolani parvarish qilish boʻyicha taʼtil berilganligi va taʼtildan qaytganligi toʻgʻrisidagi buyruqlarning nusxalari ilova qilingan holda, ayol kishi bola tugʻilgandan boshlab u uch yoshga toʻlgungacha boʻlgan davrda mehnat munosabatlarida boʻlgan tashkilot (tashkilotlar) tomonidan berilgan bola uch yoshga toʻlgunga qadar uni parvarish qilish vaqtini tasdiqlaydigan maʼlumotnoma;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) ariza beruvchi urush qatnashchisi yoki unga tenglashtirilgan shaxs hisoblanishini tasdiqlaydigan hujjat;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) familiyasi, ismi, otasining ismi oʻzgartirilganligi toʻgʻrisidagi hujjat;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
d) oqlov hukmi yoki ish toʻxtatilganligi toʻgʻrisida sudning ajrimi (qarori) yoki prokuror (tergovchi)ning ish toʻxtatilganligi toʻgʻrisidagi qarori, shuningdek, ehtiyot chorasi sifatida shaxsni qamoqda saqlash, qamoq yoki ozodlikdan mahrum etish shaklida jazoni oʻtash davri toʻgʻrisida tergov organlari yoki ichki ishlar organlarining maʼlumotnomasi, reabilitatsiya toʻgʻrisidagi hujjatlar (sud organlari, prokuratura organlari, surishtiruv va tergov organlarining oqlov hukmi chiqarilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotnomasi yoki reabilitatsiya qiluvchi asoslar boʻyicha jinoyat ishi toʻxtatilganligi toʻgʻrisidagi qarori (ajrimi).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu bandda nazarda tutilgan hujjatlar ular ushbu Nizomning 6-bandida koʻrsatilgan organlarda mavjud boʻlganda, pensiya tayinlashni soʻrab murojaat etgan shaxs tomonidan taqdim etilmaydi.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 12-iyundagi 362-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.06.2025-y., 09/25/362/0507-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Nogironlik pensiyasini tayinlashni soʻrab murojaat etgan shaxsning arizasiga baxtsiz hodisa va sogʻliqning xizmat vazifalarini bajarishda boshqacha tarzda shikastlanishi toʻgʻrisidagi dalolatnoma (agar nogironlik mehnatda mayiblanish oqibatida sodir boʻlgan boʻlsa, boshqa rasmiy hujjat) ilova qilinishi lozim:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bundan tashqari, ushbu Nizomning 12-bandi “a” — “d” kichik bandlarida koʻrsatilgan hujjatlar taqdim etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu bandda nazarda tutilgan hujjatlar ular ushbu Nizomning 6-bandida koʻrsatilgan organlarda mavjud boʻlganda, pensiya tayinlashni soʻrab murojaat etgan shaxs tomonidan taqdim etilmaydi.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 12-iyundagi 362-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.06.2025-y., 09/25/362/0507-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Boquvchisini yoʻqotganlik pensiyasini tayinlashni soʻrab murojaat etgan shaxsning arizasiga quyidagi hujjatlar ilova qilinishi lozim:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oila aʼzosining vafot etgan boquvchi bilan qarindoshlik munosabatlarini tasdiqlovchi hujjatlar (nikoh toʻgʻrisidagi guvohnoma, nikoh bekor qilinganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma, ular boʻlmagan taqdirda — fuqarolik holati dalolatnomalaridagi yozuvdan koʻchirma, vakolatli tashkilotlarning yoki xorijiy davlatlar mansabdor shaxslarining maʼlumotnomasi);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
boquvchining vafot etganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma yoki uning bedarak yoʻqolganligi toʻgʻrisida sudning qarori.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bundan tashqari, zarur hollarda quyidagilar taqdim etiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
baxtsiz hodisa va sogʻliqning xizmat vazifalarini bajarishda boshqacha tarzda shikastlanishi toʻgʻrisidagi dalolatnoma (agar boquvchining vafoti mehnatda mayib boʻlishi oqibatida sodir boʻlgan boʻlsa, boshqa rasmiy hujjat);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu Nizomning 12-bandi “a” — “d” kichik bandlarida koʻrsatilgan, vafot etgan boquvchining nomiga rasmiylashtirilgan (yozilgan) hujjatlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Boquvchi-pensioner vafot etgan taqdirda, ushbu bandda koʻrsatilgan zarur hujjatlar taqdim etilishi lozim, vafot etganning pensiya hujjatlari yigʻmajildida mavjud boʻlgan hujjatlar bundan mustasno.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 12-iyundagi 362-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.06.2025-y., 09/25/362/0507-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Pensiya tayinlashni soʻrab murojaat qilgan shaxs tomonidan pensiya tayinlash uchun zarur boʻlgan hujjatlar taqdim etilmagan taqdirda, Ushbu Nizomning 6-bandida koʻrsatilgan organlar ushbu hujjatlarni tegishli tashkilotlardan talab qilish yuzasidan yordam koʻrsatadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Pensiyaga ustama (qoʻshimcha haq) belgilash huquqi mavjud boʻlgan taqdirda, pensiya tayinlash toʻgʻrisidagi arizaga quyidagilar ilova qilinishi kerak:
Oldingi tahrirga qarang.
(16-bandning “a” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-sentabrdagi 562-sonli qaroriga asosan chiqarilgan)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) ariza beruvchining urush qatnashchisi yoki unga tenglashtirilgan shaxs ekanligini tasdiqlaydigan hujjat;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) tegishli organ tomonidan berilgan sudyaning oʻlimi xizmat vazifalarini bajarish bilan bogʻliq ekanligini tasdiqlaydigan maʼlumotnoma, shuningdek, vafot etgan sudyaning tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma;
(16-bandning “v” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 12-iyundagi 362-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.06.2025-y., 09/25/362/0507-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) “Oʻzbekiston Qahramoni” unvoni berilganligi toʻgʻrisidagi hujjat;;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
d) faxriy unvon berilganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Ushbu Nizomning 6-bandida koʻrsatilgan organlar pensiya tayinlash uchun hujjatlarni rasmiylashtirish va taqdim etish masalalari boʻyicha tushuntirishlar va maʼlumotnomalar berishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Pensiya tayinlashni soʻrab murojaat qilishda pensiya tayinlanayotgan shaxsning pasporti taqdim etilishi lozim. Pasporti boʻlmagan voyaga yetmagan bolalarga nisbatan tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma taqdim etiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Qonuniy vakilning arizasiga qonunchilik hujjatlariga muvofiq vasiylik yoki homiylikni tayinlash toʻgʻrisida qabul qilingan qaror nusxasi ilova qilinadi. Ota-ona yoki qonuniy vakil pasportni taqdim etadi.
(19-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Familiyasi, ismi, otasining ismi oʻzgartirilganligini tasdiqlaydigan hujjatlar sifatida nikoh toʻgʻrisidagi guvohnoma, fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organining familiya, ism, ota ismi oʻzgartirilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotnomasi, nikoh bekor qilinganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma, fuqarolik holati dalolatnomasining tegishli yozuvidan koʻchirma, xorijiy davlatlarning vakolatli organlari (mansabdor shaxslari) maʼlumotnomasi taqdim etiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Qaramogʻida mehnatga layoqatsiz oila aʼzolari borligini tasdiqlash masalasi sud qarori bilan hal etilishi mumkin.
(21-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 7-iyuldagi 429-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.07.2020-y., 09/20/429/1039-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. Ishlamaydigan II guruh nogironligi boʻlgan shaxsning yolgʻiz yashaydigan pensionerga tegishliligi holati ushbu Nizomning 6-bandida koʻrsatilgan organlar va tegishli fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi vakillari tomonidan tuzilgan ariza beruvchining yaqin qarindoshlari (ota-onasi, eri yoki xotini va bolalari) yoʻqligini tasdiqlaydigan dalolatnoma asosida belgilanadi.
(22-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23. Pensiya tayinlash uchun zarur hujjatlar ham asl nusxada, ham ushbu Nizomning 6-bandida koʻrsatilgan organlar tomonidan tasdiqlangan nusxalarda taqdim etilishi mumkin, faqat asl nusxalarda taqdim etiladigan maʼlumotnomalar (ish haqi, nogironlik, oila aʼzolarining tarkibi toʻgʻrisidagi maʼlumotnomalar va boshqa maʼlumotnomalar) bundan mustasno.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24. Nikoh munosabatlarini tasdiqlaydigan hujjatlar sifatida nikoh toʻgʻrisidagi guvohnoma, fuqarolik holati dalolatnomasi yozuvidan koʻchirma, sudning faktik nikoh munosabatlarida boʻlganlikni belgilash toʻgʻrisidagi qarori, xorijiy davlatlarning vakolatli organlari (mansabdor shaxslari) maʼlumotnomalari taqdim etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25. Shaxsning arizasi ushbu Nizomning 6-bandida koʻrsatilgan organlar tomonidan maxsus daftarda (jurnalda) roʻyxatdan oʻtkaziladi, ariza beruvchiga ariza qabul qilingan sana, shuningdek, olingan va yetishmayotgan hujjatlar roʻyxati koʻrsatilgan holda tilxat beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
26. Ushbu Nizomning 6-bandida koʻrsatilgan organlar hujjatlarni qabul qilishda ularning ushbu Nizom talablariga va boshqa qonunchilik hujjatlariga muvofiqligini tekshirishi shart.
(26-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu Nizomning 6-bandida koʻrsatilgan organlar, zarur hollarda, qabul qilingan hujjatlarni rasmiylashtirishdan oldin tashkilot va korxonalardan, arxiv muassasalaridan yoki shaxsdan tegishli hujjatlarni talab qilish, shuningdek, zarur hollarda ularning toʻgʻri berilganligini tekshirish huquqiga ega.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
27. Agar hujjatda tugʻilgan vaqt toʻgʻrisida aniq sana koʻrsatilmagan holda oy koʻrsatilgan boʻlsa, u holda tegishli oyning 15-kuni tugʻilgan sana hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar taqdim etilgan hujjatda oy koʻrsatilmasdan faqat tugʻilgan yil koʻrsatilgan boʻlsa, ushbu yilning birinchi iyuli tugʻilgan kun sifatida qabul qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
28. Barcha taqdim etilgan hujjatlar bilan birga pensiya tayinlash toʻgʻrisidagi ariza, shuningdek, ushbu Nizomning 6-bandida koʻrsatilgan organlarning pensiya tayinlash toʻgʻrisidagi qarori pensiya hujjatlari yigʻmajildiga tikib qoʻyiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
29. Agar ariza beruvchiga pensiya tayinlash rad etilgan boʻlsa, bu haqda unga rad etish sabablari koʻrsatilgan holda yozma ravishda xabar beriladi. Pensiya soʻrab murojaat qilgan shaxs qabul qilingan qarordan norozi boʻlsa, u ushbu qaror ustidan belgilangan tartibda shikoyat qilishga haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-bob. Pensiyani tayinlash uchun ish stajini hisoblab chiqish va tasdiqlash tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
30. Sudya lavozimida pensiya olish huquqini beradigan ish stajiga ushbu Nizomga muvofiq:
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shaxsning Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi, Senati, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti yoki Hukumatining qarorlari bilan lavozimda boʻlgan davri;
(30-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 15-dekabrdagi 783-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2020-y., 09/20/783/1624-son — 2021-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shaxsning Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi yoki Senati aʼzosi etib saylangan (tayinlangan) davri;
(30-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 15-dekabrdagi 783-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2020-y., 09/20/783/1624-son — 2021-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sudya Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi aʼzosi etib saylangan davr;
(30-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 28-oktabrdagi PQ-4872-sonli qaroriga asosan toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.10.2020-y., 07/20/4872/1423-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
harbiy xizmatchilar, ichki ishlar idoralari boshliqlar va oddiy xodimlar tarkibidan boʻlgan shaxslarning yuridik ixtisoslik boʻyicha xizmati davri, shuningdek, prokuratura idoralarida darajali unvonlar (harbiy unvonlar)ga ega xodimlarning ishlagan davri;
(30-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 15-dekabrdagi 783-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2020-y., 09/20/783/1624-son — 2021-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ilgari sudya lavozimida ishlagan shaxslarning Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi devoni rahbari, guruh rahbari, boʻlim boshligʻi yoki Konstitutsiyaviy sudning boshqaruv xodimlari tarkibiga kiritilgan boshqa lavozimlarda ishlagan davri;
(30-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 24-avgustdagi 456-sonli qaroriga asosan oltinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.08.2026-y., 09/26/456/0870-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ilgari sudya lavozimida ishlagan shaxslarning Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi apparati rahbari, boshqarma boshligʻi yoki Oliy sudning boshqaruv xodimlari tarkibiga kiritilgan boshqa lavozimlarda ishlagan davri;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi huzuridagi Sudyalar oliy maktabiga ishga jalb qilingan va malaka darajalariga ega boʻlgan sudyalar va ularga tenglashtirilgan shaxslarning Sudyalar oliy maktabida ishlagan davri hisobga olinadi;
(30-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 15-dekabrdagi 783-sonli qaroriga asosan oltinchi va yettinchi xatboshilar bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2020-y., 09/20/783/1624-son — 2021-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sudyaning Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashining oʻz faoliyatini doimiy asosda amalga oshiradigan aʼzosi sifatida ish staji sudya sifatida ish stajiga tenglashtiriladi va ushbu Nizomda nazarda tutilgan tartibda pensiya tayinlash uchun asos boʻladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu Nizom 30-bandining beshinchi xatboshisida nazarda tutilgan shaxslarning ushbu Nizomga muvofiq pensiya tayinlash huquqini beradigan ish stajini hisoblash uchun ushbu shaxslar kamida 10 yil sudya lavozimida ishlagan boʻlishi lozim.
(30-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 28-noyabrdagi 630-sonli qaroriga asosan toʻqqizinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2023-y., 09/23/630/0911-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu Nizomga muvofiq pensiya tayinlash huquqini beradigan ish stajiga ish haqini saqlamagan holda mehnat taʼtilida boʻlish davri qoʻshib hisoblanmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
31. Talab qilinadigan ish stajidan ortiq staj mavjud boʻlgan taqdirda, umumiy ish staji yaxlitlanishi kerak. Bunda ish stajining umumiy oʻn besh kalendar kundan ortiq davri toʻliq oygacha yaxlitlanadi, oʻn besh kalendar kungacha boʻlgan davr esa hisobga olinmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
32. Nogironlik pensiyasi tayinlangandan keyingi ish vaqti yoshga doir yoki vafot etgan nogironligi boʻlgan shaxs uchun boquvchisini yoʻqotganlik pensiyalarini hisoblab chiqish uchun ish stajiga qoʻshib hisoblanadi.
(32-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
33. Ish staji ish, xizmat yoki ish stajiga hisoblanadigan boshqa faoliyat amalga oshirilishi joyidan, shuningdek, arxiv muassasalaridan berilgan hujjatlar boʻyicha belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
34. Ish staji toʻgʻrisida hujjatlar mavjud boʻlmagan taqdirda, mehnat faoliyati davrlari sud tartibida belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
35. Ish staji toʻgʻrisidagi hujjatlar harbiy harakatlar, tabiiy ofatlar, avariyalar, halokatlar yoki boshqa favqulodda vaziyatlar natijasida toʻliq saqlanmagan yoki qisman saqlangan hollarda ish stajini tasdiqlash ushbu Nizomning 6-bandida koʻrsatilgan organlarning maxsus komissiyasi tomonidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qisman saqlanib qolgan hujjatlar va guvohlarning koʻrsatmalari asosida maxsus komissiya tomonidan belgilangan mehnat faoliyati davrlari hujjatlar bilan tasdiqlangan ish vaqti sifatida ish stajiga kiritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
36. Mehnat daftarchasi ish stajini tasdiqlaydigan asosiy hujjat hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mehnat daftarchasi mavjud boʻlmaganda, shuningdek, mehnat daftarchasida zarur yozuvlar boʻlmagan yoki mehnat faoliyati davrlari toʻgʻrisida notoʻgʻri va noaniq yozuvlar mavjud boʻlgan hollarda ish stajini tasdiqlash uchun maʼlumotnomalar, buyruqlardan koʻchirmalar, shaxsiy hisobvaraqlar va ish haqi berish uchun vedomostlar, mehnat shartnomalari (kontraktlar), arxiv maʼlumotnomalari va mehnat faoliyati davrlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar mavjud boʻlgan boshqa hujjatlar qabul qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda maʼlumotnomada ishga qabul qilish toʻgʻrisidagi, ish (lavozim) boʻyicha oʻzgarishlar toʻgʻrisidagi va asoslari koʻrsatilgan holda mehnat shartnomasi bekor qilinganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar koʻrsatilishi kerak. Maʼlumotnoma tashkilot yoki arxiv rahbari, shuningdek, maʼlumotnomani tayyorlagan xodim tomonidan imzolanadi va maʼlumotnomani bergan tashkilot yoki arxivning muhri bilan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
37. Bolani parvarishlash taʼtilida boʻlish vaqti bolani parvarishlash taʼtili berilishi va undan qaytish toʻgʻrisidagi buyruqlarning nusxalari ilova qilingan holda tashkilot tomonidan berilgan, bolaga qaralgan vaqtni tasdiqlaydigan maʼlumotnomalar asosida belgilanadi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bolani parvarishlash taʼtilida boʻlish vaqti bolani parvarishlash taʼtili berilishi va undan qaytish toʻgʻrisidagi maʼlumotnomalar yoki buyruqlar mavjud boʻlmaganda, shuningdek, buyruqlarda zarur yozuvlar boʻlmaganda yoki bolani parvarishlash taʼtilida boʻlganlik davrlari toʻgʻrisida notoʻgʻri va noaniq yozuvlar boʻlganda, ushbu davr uchun oylik ish haqi toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma bolani parvarishlash taʼtilida boʻlganlik davrining tasdigʻi sifatida qabul qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
38. Shaxs ishdan noqonuniy boʻshatilgani munosabati bilan, shu jumladan unga nisbatan qoʻzgʻatilgan jinoiy ish boʻyicha dastlabki va sud tekshiruvi davrida ishlamagan vaqt, ehtiyot chorasi sifatida qamoqda boʻlish davri, jazoni oʻtash davri, tibbiyot muassasasida boʻlish davri, shaxs lavozimdan noqonuniy chetlatilganligi munosabati bilan ishlamagan davr tergov organlari yoki ichki ishlar organlarining maʼlumotnomalari bilan tasdiqlanadi va reabilitatsiya (oqlov hukmi, reabilitatsiyalovchi asoslar boʻyicha ish toʻxtatilishi toʻgʻrisidagi ajrim (qaror) haqidagi hujjatlar mavjud boʻlganda, ish stajiga qoʻshib hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
39. Avariyalar va mahalliy koʻlamdagi boshqa favqulodda vaziyatlar (yongʻin, suv bosishi), tashkilotning toʻliq tugatilishi yoxud ushbu Nizomning 35-bandida nazarda tutilgandan boshqa sabablar boʻyicha arxiv maʼlumotlarining mavjud emasligi munosabati bilan mavjud ish staji toʻgʻrisidagi hujjatlar mavjud boʻlmaganda va ularni olish imkoni boʻlmaganda, ish staji sud tartibida belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
40. Ish stajini tasdiqlash uchun taqdim etiladigan hujjatlar mansabdor shaxs tomonidan imzolanishi va tashkilotning asosiy muhri bilan tasdiqlanishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mehnat daftarchasidagi yozuvlar ushbu daftarchani toʻldirish va yuritish paytida amalda boʻlgan mehnat daftarchalarini yuritishni tartibga soladigan qonunchilik hujjatlari talabiga muvofiq rasmiylashtirilishi kerak.
(40-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar mehnat daftarchalarida va boshqa hujjatlarda yozuvlar belgilangan qoidalardan chetga chiqqan holda bajarilgan boʻlsa, ularni ish stajining isboti sifatida qabul qilish mumkinligi toʻgʻrisidagi masala pensiya tayinlovchi organ tomonidan hal etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
41. Ish stajini tasdiqlash uchun faqat mehnat daftarchalariga kiritilgan va tasdiqlaydigan hujjatlar asosidagi maʼlumotnomalarda koʻrsatilgan ish davrlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar qabul qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
42. Agar ish stajini tasdiqlaydigan hujjatda koʻrsatilgan ism, ota ismi yoki familiya pasport yoki tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma boʻyicha ism, ota ismi yoki familiya bilan mos boʻlmasa ushbu hujjatning ushbu shaxsga tegishliligi holati faqat mehnat daftarchasini yoki ish staji toʻgʻrisidagi boshqa hujjatni birinchi marta bergan tashkilot tomonidan tasdiqlanishi mumkin. Boshqa barcha hollarda hujjatlarning taalluqliligi sud tomonidan belgilanishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
43. Ish staji toʻgʻrisida taqdim etilgan hujjatda aniq sanalar belgilanmasdan faqat yillar koʻrsatilgan hollarda tegishli yilning 1-iyuli sana sifatida qabul qilinadi, agar oyning sanasi koʻrsatilmagan boʻlsa, tegishli oyning 15-kuni ana shunday sana hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
44. Ushbu Nizomning 6-bandida koʻrsatilgan organlar yoki ish stajini belgilash boʻyicha maxsus komissiya tomonidan chiqarilgan ish stajini qabul qilish yoki qabul qilmaslik toʻgʻrisidagi qaror bilan rozi boʻlinmagan taqdirda, ushbu masala sud tomonidan hal etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-bob. Pensiyani hisoblash tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
45. Ish haqi toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi tomonidan — Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi sudyasi boʻlib ishlagan shaxslarga nisbatan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi tomonidan — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi, Oliy xoʻjalik sudi sudyasi boʻlib ishlagan shaxslarga, shuningdek, Sudyalar oliy kengashining oʻz faoliyatini doimiy asosda amalga oshiradigan aʼzosiga nisbatan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Departament tomonidan — umumiy yurisdiksiya sudlari sudyasi boʻlib ishlagan shaxslarga nisbatan;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
iqtisodiy sudlar tomonidan — xoʻjalik sudlari, shuningdek, 1991-yil 12-iyundan 1992-yilning 8-dekabriga qadar hakamlik sudlari sudyasi boʻlib ishlagan shaxslarga nisbatan yoxud shaxs murojaat qilgandan keyin uning talabi boʻyicha ushbu Nizomga ilovaga asosan shakl boʻyicha arxiv tomonidan beriladi.
(45-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 28-noyabrdagi 630-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2023-y., 09/23/630/0911-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
46. Ish haqi toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma shaxsiy hisobvaraqlar va hisoblangan ish haqi toʻgʻrisidagi boshqa hujjatlar asosida pensiya tayinlashni soʻrab murojaat qilgan yoki vafot etgan boquvchi ishlagan tashkilot yoki arxiv tomonidan beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Arxiv saqlanayotgan hujjatlar asosida ish haqi turlari boʻyicha hisoblangan summalarni yoyib koʻrsatgan holda belgilangan shakl boʻyicha ish haqi toʻgʻrisidagi maʼlumotnomani berish imkoniga ega boʻlmagan hollarda, arxiv fondidagi mavjud hujjatlarga muvofiq maʼlumotnoma yoki maʼlumotlar berishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
47. Pensiyani hisoblash uchun ish haqi hisoblangan ish haqi summasidan olinadi. Ish haqi tarkibiga lavozim maoshi, shuningdek, barcha turdagi ustamalar, qoʻshimcha haqlar, shu jumladan koʻp yillik xizmatlari uchun, malaka darajasi uchun qoʻshimcha haq, mukofot va boshqa toʻlovlar kiritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
48. Pensiyani hisoblash uchun ishdagi tanaffuslar mavjudligidan qatʼi nazar, mehnat faoliyati davomidagi istalgan ketma-ket oʻn ikki oy uchun (pensiya tayinlashni soʻrab murojaat etgan shaxsning tanlovi boʻyicha) ish haqi olinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Pensiya tayinlash uchun murojaat qilgan shaxs tomonidan pensiya tayinlash uchun taqdim etilgan arizada u tanlagan davr koʻrsatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻrtacha oylik ish haqi ketma-ket ishlangan oʻn ikki kalendar oydagi qayta hisoblangan ish haqining umumiy summasini oʻn ikkiga boʻlish yoʻli bilan aniqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Pensiyani hisoblab chiqish uchun pensiyani hisoblash bazaviy miqdorining oʻn baravariga teng miqdorda 100 foiz, ish haqining qolgan qismida esa 50 foiz miqdordagi oʻrtacha oylik ish haqi olinadi.
(48-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 28-noyabrdagi 630-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2023-y., 09/23/630/0911-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
49. Vafot etgan pensionerning oila aʼzosiga boquvchisini yoʻqotganlik pensiyasi miqdori vafot etgan pensioner (boquvchi)ning pensiyasini hisoblash uchun qabul qilingan ish haqidan hisoblab chiqiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Boquvchi nogironlik pensiyasi oluvchi hisoblangan va pensiya tayinlangandan keyin mehnat faoliyatini amalga oshirgan hollarda boquvchisini yoʻqotganlik pensiyasini tayinlashni soʻrab murojaat qilgan vafot etgan boquvchi oila aʼzosining xohishiga koʻra nogironlik pensiyasi tayinlangandan keyin ega boʻlingan ish staji boquvchisini yoʻqotganlik pensiyasini hisoblashda hisobga olinadi. Talab qilinadigan ish staji boquvchi vafot etgan kunda uning yoshi boʻyicha aniqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Boquvchisini yoʻqotganlik pensiyasini tayinlash uchun talab etiladigan staji ushbu Nizomning 3-bandi “v” kichik bandga muvofiq belgilanadi.
(49-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 15-dekabrdagi 783-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2020-y., 09/20/783/1624-son — 2021-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda koʻrsatib oʻtilgan ish staji uchun olingan ish haqi ish haqi tarkibiga kiritiladi, agar boquvchi yoshga doir pensiya olsa va pensiya tayinlangandan keyin ishni davom ettirsa, pensiya tayinlangandan keyin ish staji va ish haqi hisobga olinmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
50. Ish kunlari soni toʻliq boʻlmagan oylar uchun (ishga kirish yoki ishdan boʻshash munosabati bilan) ish haqi pensiya tayinlashni soʻrab murojaat qilganning xohishiga koʻra ish haqi tarkibiga kiritilishi mumkin. Bunda ish kunlari soni toʻliq boʻlmagan oylar toʻliq kalendar oylar sifatida hisobga olinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
51. Pensiya miqdori ish staji davriga bogʻliq boʻladi hamda pensiyaning bazaviy miqdoridan va ish staji uchun pensiya oshirilishidan hamda pensiyaga ustama haqlardan shakllanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
52. Pensiyani hisoblash uchun pensiyalarning quyidagi bazaviy miqdorlari belgilanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) yoshga doir pensiyalar yoki umumiy kasallik oqibatida I va II guruh nogironligi pensiyasi uchun — pensiyani hisoblash uchun qabul qilinadigan oʻrtacha oylik ish haqining 55 foizi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) mehnatda mayiblanish oqibatida I va II guruh nogironligi pensiyasi uchun — pensiyani hisoblash uchun qabul qilinadigan oʻrtacha oylik ish haqining 55 foizi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) boquvchisini yoʻqotganlik pensiyasi uchun oilaning har bir mehnatga layoqatsiz aʼzosiga — pensiyani hisoblash uchun qabul qilinadigan oʻrtacha oylik ish haqining 30 foizi miqdorida;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) mehnatda mayiblanish natijasida vafot etgan boquvchisini yoʻqotganlik pensiyasi uchun oilaning har bir mehnatga layoqatsiz aʼzosiga — pensiyani hisoblash uchun qabul qilinadigan oʻrtacha oylik ish haqining 40 foizi miqdorida.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
53. Pensiya tayinlash uchun talab qilinadigandan ortiq ish stajining har bir toʻliq yili uchun pensiyalarning bazaviy miqdorlari:
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) yoshga doir pensiyalar va umumiy kasallik oqibatida I va II guruh nogironligi boʻlgan shaxslarga nogironlik pensiyasi uchun — pensiyani hisoblash uchun qabul qilinadigan oʻrtacha oylik ish haqining 2 foiziga;
(53-bandning “a” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) boquvchisini yoʻqotganlik pensiyalari oilaning har bir mehnatga layoqatsiz aʼzosiga — boquvchi oʻrtacha oylik ish haqining 1 foiziga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Pensiya tayinlash uchun talab qilinadigandan ortiq ish staji mavjud boʻlganda, pensiyaning bazaviy miqdorlari umumiy hisobda oʻrtacha oylik ish haqining 75 foizidan ortiqqa oshirilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
54. Alohida toifadagi shaxslarga quyidagi miqdorlarda pensiyaga ustama haqlar belgilanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) urush oqibatida I guruh nogironligi boʻlgan shaxslarga — pensiyani hisoblash bazaviy miqdorining 150 foizi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) urush oqibatida II guruh nogironligi boʻlgan shaxslarga — pensiyani hisoblash bazaviy miqdorining 125 foizi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) koʻrish boʻyicha I guruh nogironligi boʻlgan shaxslarga — pensiyani hisoblash bazaviy miqdorining 100 foizi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) I guruh nogironligi boʻlgan shaxslarga — pensiyani hisoblash bazaviy miqdorining 75 foizi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
d) II guruh yolgʻiz nogironligi boʻlgan shaxslarga — pensiyani hisoblash bazaviy miqdorining 50 foizi;
(54-bandning birinchi xatboshisi va “a” — “d” kichik bandlari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
e) urush qatnashchilariga va ularga tenglashtirilgan shaxslarga — pensiyani hisoblashning eng kam miqdorining 50 foizi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
j) oʻlimi xizmat vazifalarini bajarish bilan bogʻliq sudyalarning ota-onalariga va yangi nikohga kirmagan beva xotinlariga (beva erlariga) — pensiyani hisoblashning eng kam miqdorining 30 foizi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
z) Oʻzbekiston Respublikasi oldida alohida xizmatlarga ega boʻlgan shaxslarga — xizmatlarga qarab pensiyani hisoblashning eng kam miqdorining 100 foizidan 150 foizigacha.
(54-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
55. Ustamalar tayinlanadigan pensiyalar turidan qatʼi nazar tayinlanadi. Agar pensiya tayinlashni soʻrab murojaat qilgan shaxs ushbu Nizomning 54-bandida nazarda tutilgan bir necha ustama haqni bir vaqtda olish huquqiga ega boʻlsa, u holda ustama haqlar quyidagi hollarda bir vaqtning oʻzida tayinlanishi mumkin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) pensiya tayinlashni soʻrab murojaat qilgan shaxsga ushbu Nizomning 54-bandi “a” yoki “b” kichik bandlarida nazarda tutilgan ustama haq bilan bir vaqtda ushbu Nizomning 54-bandi “j” va “z” kichik bandlarida koʻrsatilgan ustama haq qoʻshib hisoblanishi mumkin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) pensiya tayinlashni soʻrab murojaat qilgan shaxsning tanlovi boʻyicha ushbu Nizomning 54-bandi “v”, “g” yoki “d” kichik bandlarida nazarda tutilgan ustama haq bilan bir vaqtda ushbu Nizomning 54-bandi “e” kichik bandida koʻrsatilgan ustama haqlardan biri qoʻshib hisoblanishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
56. Ushbu Nizomning 54-bandi “z” kichik bandiga asosan pensiyaga ustama Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Qahramoni” unvonini belgilash va oliy nishon — “Oltin Yulduz” medalini taʼsis etish toʻgʻrisida”gi Qonuni bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Qahramoni” unvoni toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq pensiyani hisoblashning eng kam miqdorining 100 foizi miqdorida belgilanadi.
(56-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
57. Ushbu Nizomning 54-bandida nazarda tutilgan ustama haqlardan tashqari, ishlamaydigan pensionerlarga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Faxriy unvonlar uchun toʻlovlar miqdorini oshirish toʻgʻrisida” 2007-yil 17-dekabrdagi PF-3942-son Farmoniga ilovaga muvofiq faxriy unvonlar uchun qoʻshimcha haq, 100 yoshga toʻlgan va undan oshgan fuqarolar pensiyasiga esa har oyda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Keksalarni ijtimoiy himoya qilish va moddiy qoʻllab-quvvatlashni yanada kuchaytirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2015-yil 14-apreldagi PF-4715-son Farmoniga muvofiq pensiyani hisoblashning eng kam miqdorining 100 foizi miqdorida qoʻshimcha haq qoʻshib hisoblanadi.
(57-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoraqalpogʻiston Respublikasining faxriy unvonlariga ega pensionerlarga faxriy unvonlar uchun toʻlovlar Qoraqalpogʻiston Respublikasining qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda hisoblanadi.
(57-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ilgari amal qilgan qonunchilik hujjatlariga asosan berilgan faxriy unvonlarga ega boʻlgan shaxslarga toʻlovlar amaldagi qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan miqdorlarda amalga oshiriladi.
(57-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Faxriy unvon uchun qoʻshimcha haq pensiyaga ustamalarning soni va miqdorlaridan qatʼi nazar amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
58. Oʻzbekiston Respublikasidan ketgan shaxsning pensiya hujjatlari yigʻmajildini hisobga qabul qilib olishda, uning boshqa davlatda pensiya olganligidan qatʼi nazar, pensiya miqdori hisobga qabul qilish toʻgʻrisida murojaat qilingan vaqtda amalda boʻlgan qonunchilik hujjatlari talablariga muvofiq hisoblanadi.
(58-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Pensiya Ushbu Nizomning 6-bandida koʻrsatilgan organlarga murojaat qilingan kundan boshlab hisoblanadi va toʻlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-bob. Pensiya tayinlash tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
59. Pensiya tayinlash masalalarini koʻrib chiqish uchun ushbu Nizomning 6-bandida koʻrsatilgan organlarda pensiya tayinlash boʻyicha komissiya (keyingi oʻrinlarda Komissiya deb yuritiladi) tuziladi. Komissiya faoliyatini tashkil etish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi va Oliy sudi tomonidan belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
60. Komissiya boshqa zarur hujjatlar bilan birga pensiya tayinlash toʻgʻrisidagi ariza tushgandan keyin oʻn kun muddatda tegishli qaror qabul qiladi (pensiya tayinlash toʻgʻrisida, pensiya tayinlashni rad etish haqida, taqdim etilgan hujjatlarning asoslanganligini tekshirish toʻgʻrisida va shu kabilar).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
61. Agar ariza beruvchi pensiya olish huquqiga ega boʻlgani holda pensiya tayinlash uchun murojaat qilishda nazarda tutilgan zarur hujjatlarni taqdim etmasa yoki taqdim etilgan hujjatlar ularning asoslanganligi va ishonchliligi yuzasidan qoʻshimcha tekshirishni talab qilsa, Komissiya tomonidan ariza beruvchining yozma roziligiga koʻra shubha tugʻdirmaydigan mavjud hujjatlar boʻyicha pensiya tayinlanishi mumkin. Agar ariza beruvchi shubha tugʻdirmaydigan mavjud hujjatlar boʻyicha pensiya tayinlashga rozi boʻlmasa, Komissiya ariza beruvchi tomonidan taqdim etilgan hujjatlarni tekshirish tamom boʻlgandan keyin pensiya tayinlash toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
62. Pensiya hujjatlari yigʻmajildi Komissiya tomonidan pensiya tayinlash toʻgʻrisida qaror qabul qilinganidan soʻng oʻn kun mobaynida rasmiylashtirilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
63. Ushbu Nizomning 6-bandida koʻrsatilgan organlar tegishli qaror chiqarilgandan keyin besh kundan kechikmay tashkilot yoki ariza beruvchiga rad etish sabablarini, qabul qilingan qaror yuzasidan shikoyat qilish tartibi koʻrsatilgan bildirishnomani berishi yoki yuborishi hamda barcha taqdim etilgan hujjatlarning asl nusxalarini hujjatlar olinganligi toʻgʻrisidagi tilxat bilan ariza beruvchining (qonuniy vakilning) qoʻliga qaytarishi shart.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
64. Komissiyaning qarori yuzasidan ariza beruvchi tomonidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilinishi mumkin.
(64-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
65. Boquvchisini yoʻqotganlik pensiyasini olish huquqiga ega boʻlgan oila aʼzolarining barchasiga bitta umumiy pensiya tayinlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oila aʼzosining talabiga koʻra uning pensiyadagi ulushi ajratiladi va unga alohida toʻlanadi. Ushbu holatda pensiya boquvchisini yoʻqotganlik pensiyasidan ulush ajratib berish toʻgʻrisida murojaat qilingan oydan keyingi oyning birinchi kunidan boshlab tayinlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Pensiya hujjatlari yigʻmajildini rasmiylashtirishda unga oila har bir aʼzosining pensiyaga boʻlgan huquqini tasdiqlaydigan barcha hujjatlar tikib qoʻyiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Boquvchisini yoʻqotganlik pensiyasini olish huquqini aniqlashda vafot etgan boquvchi oilasining nogironlikning III guruhiga ega boʻlgan aʼzolari vafot etgan boquvchi oilasining mehnatga layoqatsiz aʼzolari jumlasiga kiritilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar vafot etganning bolalari, aka-ukalari, opa-singillari yoki nevaralari parvarishi bilan ular ikki yoshga toʻlgungacha band boʻlgan oila aʼzolaridan biri pensiya turlaridan bittasini oluvchi boʻlsa, u holda uning xohishi boʻyicha Qonunning 4-moddasiga muvofiq faqat pensiyaning bitta turi tayinlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Boquvchisini yoʻqotganlik pensiyasi boquvchisining vafotidan keyin tugʻilgan bolaga ushbu pensiyaga huquqi paydo boʻlgan kundan boshlab, pensiya tayinlash uchun birinchi marta murojaat qilinganda, boquvchi vafot etgan kundan boshlab 6 oydan kechikmay tayinlanadi. Qolgan hollarda pensiya murojaat qilingan kundan boshlab tayinlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
66. Agar oilaning alohida yashaydigan aʼzosining pensiyaga boʻlgan huquqini tasdiqlaydigan hujjatlar oilaning boshqa aʼzolariga pensiya tayinlash toʻgʻrisida qaror chiqarilganidan keyin tushsa, u holda alohida yashaydigan oila aʼzosiga pensiya ulushi ajratilgan holda oilaning barcha aʼzolariga pensiya tayinlash toʻgʻrisida yangidan qaror qabul qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oilaning koʻrsatib oʻtilgan aʼzosining tushgan hujjatlari amaldagi pensiya hujjatlari yigʻmajildiga qoʻshib qoʻyiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
67. Pensionerga rasmiy hujjat hisoblanadigan sudyaning pensiya guvohnomasi beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6-bob. Pensiyalarni bir turidan boshqa turiga oʻtkazish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
68. Pensiyalarning bir turini olayotgan pensioner ushbu Nizomga va Qonunga muvofiq unga boʻlgan huquq mavjud boʻlgan taqdirda pensiyaning boshqa turiga oʻtkazish toʻgʻrisidagi ariza bilan murojaat qilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Pensiyaning bir turidan pensiyaning boshqa turiga oʻtkazishda tayinlangan pensiyani toʻlash toʻxtatiladi va qonunchilik hujjatlari talablariga muvofiq boshqa turdagi pensiya tayinlanadi.
(68-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
69. Pensiyaning bir turidan pensiyaning boshqa turiga oʻtkazish toʻgʻrisidagi ariza ushbu Nizomning 6-bandida koʻrsatilgan organlarga beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vafot etgan boquvchining voyaga yetmagan oila aʼzosi (boquvchisini yoʻqotganlik pensiyasiga oʻtkazishda) yoki belgilangan tartibda huquqiy layoqatsiz deb tan olingan shaxsning nomidan pensiyaning bir turidan pensiyaning boshqa turiga oʻtkazish toʻgʻrisidagi ariza uning qonuniy vakilidan ushbu Nizomning 6-bandida koʻrsatilgan organlarga berilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shaxsning arizasi maxsus daftarda roʻyxatdan oʻtkaziladi. Ushbu Nizomning 6-bandida koʻrsatilgan organlar tomonidan ariza beruvchiga ariza qabul qilingan sana, shuningdek, zarur hollarda, yetishmaydigan hujjatlar roʻyxati koʻrsatilgan tilxat beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shaxs tomonidan pensiyaning bir turidan pensiyaning boshqa turiga oʻtkazish toʻgʻrisidagi ariza berilganda, ushbu ariza roʻyxatga olingan vaqtdan oʻn kun mobaynida zarur hujjatlar va taqdimnoma toʻliq rasmiylashtiriladi va ariza beruvchi ular bilan (taqdimnomaga imzo qoʻydirgan holda) tanishtiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
70. Ushbu Nizomning 6-bandida koʻrsatilgan organlar tomonidan barcha zarur hujjatlar bilan birga pensiyaning bir turidan pensiyaning boshqa turiga oʻtkazish toʻgʻrisidagi ariza qabul qilingan sana pensiyaning bir turidan pensiyaning boshqa turiga oʻtkazish uchun murojaat qilingan kun hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
71. Pensiyaning bir turidan pensiyaning boshqa turiga oʻtkazish uchun murojaat qilgan pensionerning arizasiga ushbu Nizomning 16-bandi hisobga olingan holda ushbu Nizomning 12 — 14-bandlariga muvofiq, agar ushbu hujjatlar pensiyaning olinadigan turi boʻyicha rasmiylashtirilgan pensiya hujjatlari yigʻmajildida mavjud boʻlmasa, uning uchun ariza berilgan pensiya turini tayinlash uchun talab qilinadigan hujjatlar ilova qilinishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Zarur hollarda, boquvchisini yoʻqotganlik pensiyasi oluvchi oila aʼzolari soni oʻzgarishini tasdiqlaydigan hujjatlar taqdim etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
72. Pensiyaning bir turidan pensiyaning boshqa turiga oʻtkazish toʻgʻrisidagi ariza Ushbu Nizomning 6-bandida koʻrsatilgan organlar tomonidan oʻn kun muddatda koʻrib chiqilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yoshga doir pensiyani nogironlik pensiyasiga oʻtkazishda yoshga doir pensiya tayinlangandan keyin ega boʻlingan ish staji va ish haqi hisobga olinmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ilgari shaxsning yoshiga doir tayinlangan pensiyani pensiyalarning boshqa turlaridan bittasi boʻyicha toʻlovning toʻxtatilishi munosabati bilan tiklashda yoshga doir pensiya tayinlangandan keyin ega boʻlingan ish staji va ish haqi hisobga olinmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
73. Pensiyaning bir turidan pensiyaning boshqa turiga oʻtkazish rad etilgan taqdirda ushbu Nizomning 6-bandida koʻrsatilgan organlar tegishli qaror chiqarilgandan keyin besh kundan kechikmay rad etish sabablari, qabul qilingan qaror yuzasidan shikoyat qilish tartibi koʻrsatilgan holda rad etish toʻgʻrisida pensionerga xabarnomani berishi yoki yuborishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
74. Ushbu Nizomning 6-bandida koʻrsatilgan organlar tomonidan pensiyaning bir turidan pensiyaning boshqa turiga oʻtkazish toʻgʻrisida qaror qabul qilingandan keyin pensiyaning boshqa turini toʻlash pensioner barcha zarur hujjatlar bilan birga tegishli ariza bilan murojaat qilgan oydan keyingi oyning birinchi kunidan boshlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
75. Pensiyaning bir turidan pensiyaning boshqa turiga oʻtgan pensionerlarga yangi sudyaning pensiya guvohnomasi yoziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7-bob. Pensiyani qayta hisoblab chiqish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
76. Pensioner pensiya miqdorini qayta hisoblab chiqish uchun asos paydo boʻlgan taqdirda pensiyaning tayinlangan miqdorini qayta hisoblab chiqish toʻgʻrisidagi ariza bilan murojaat qilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
77. Quyidagi holatlar tayinlangan pensiya miqdorini qayta hisoblab chiqish uchun asos boʻlib xizmat qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) pensioner tomonidan pensiya hujjatlari yigʻmajildida mavjud boʻlmagan va pensiya miqdoriga taʼsir koʻrsatadigan qoʻshimcha (ish staji toʻgʻrisidagi) hujjatlar taqdim etilishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) nogironlik guruhining oʻzgarishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) boquvchisini yoʻqotganlik pensiyasini oluvchi oila aʼzolari sonining oʻzgarishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) ushbu Nizomning 54-bandida nazarda tutilgan ustama olish huquqining paydo boʻlishi;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
d) pensiyani hisoblashning eng kam miqdorining oʻzgarishi;
(77-bandning “d” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
e) daromadlarning indeksatsiya qilinishi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sudya sifatida 15 yil ishlagan va umumiy asosda pensiya tayinlangan shaxslarga ularning keyingi faoliyati turidan qatʼi nazar, ushbu Nizomga muvofiq pensiyasini qayta hisoblab chiqish huquqi beriladi. Bunda pensiyani qayta hisoblab chiqish uning oxirgi sudyalik lavozimidan kelib chiqib, ushbu Nizom kuchga kirgan kunda tegishli sudyalik lavozimi boʻyicha ish haqini hisobga olgan holda amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
78. Pensionerlar pensiyani qayta hisoblash uchun qayta hisoblab chiqish huquqi paydo boʻlgandan keyin istalgan vaqtda murojaat qilishlari mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
79. Pensiya miqdorini qayta hisoblash toʻgʻrisidagi ariza ushbu Nizomning 6-bandida koʻrsatilgan organlarga beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oilaning voyaga yetmagan aʼzosi (boquvchisini yoʻqotganlik pensiyasi) yoki belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz deb tan olingan shaxsning nomidan pensiya miqdorini qayta hisoblash toʻgʻrisidagi ariza uning qonuniy vakili tomonidan berilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shaxsning arizasi maxsus daftar (jurnal)da roʻyxatdan oʻtkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
80. Barcha zarur hujjatlar bilan birga pensiya miqdorini qayta hisoblash toʻgʻrisidagi ariza qabul qilingan sana pensiya miqdorini qayta hisoblash uchun murojaat qilingan kun hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
81. Pensiya miqdorini qayta hisoblash uchun murojaat qilgan pensionerning arizasiga ushbu Nizomning 77-bandi “a”, “v” va “g” kichik bandlari asosida ushbu Nizomning 12 — 14 va 16-bandlarida koʻrsatilganlaridan zarur hujjatlar ilova qilinishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
82. Ushbu Nizomning 6-bandida koʻrsatilgan organlar nogironlik guruhi oʻzgarganligi munosabati bilan pensiya miqdorini qayta hisoblashda TMEKdan olingan nogironlik toʻgʻrisidagi tegishli maʼlumotnomani pensionerning pensiya hujjatlari yigʻmajildiga ilova qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
83. Quyidagi hollarda pensiya miqdorini qayta hisoblash toʻgʻrisida ariza berish talab qilinmaydi:
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonunchilik hujjatlariga muvofiq pensiyani hisoblashning eng kam miqdorining miqdori oʻzgarganda;
(83-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tayinlangan pensiya miqdori kamayishiga olib kelgan holatlar yuz berganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oilaning 16 yoshdan 18 yoshgacha boʻlgan aʼzolaridan biri taʼlim muassasasidan berilgan uning oʻquvchi ekanligi haqidagi maʼlumotnomani taqdim etgan taqdirda, boquvchisini yoʻqotganlik pensiyasini oluvchi oila aʼzolari soni oʻzgarganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
nogironlik guruhi oʻzgarganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
I guruh nogironligi belgilanganda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
84. Pensiya miqdorini qayta hisoblash toʻgʻrisidagi ariza ushbu Nizomning 6-bandida koʻrsatilgan organlar tomonidan besh kun muddatda koʻrib chiqiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
85. Pensiya miqdorini qayta hisoblash rad etilgan taqdirda, ushbu Nizomning 6-bandida koʻrsatilgan organlar tegishli qaror chiqarilgandan keyin besh kundan kechikmay rad etish sabablarini, qabul qilingan qaror yuzasidan shikoyat qilish tartibini koʻrsatgan holda pensionerga rad etish toʻgʻrisidagi bildirishnomani berishi yoki yuborishi hamda shu bilan bir vaqtda taqdim etilgan hujjatlarni hujjatlar olinganligi toʻgʻrisidagi tilxat bilan pensionerning qoʻliga qaytarishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
86. Pensiya miqdorini qayta hisoblash toʻgʻrisida qaror qabul qilingandan keyin pensiya miqdorini qayta hisoblash pensioner barcha zarur hujjatlar bilan birga tegishli ariza bilan murojaat qilgan oydan keyingi oyning birinchi kunidan boshlab amalga oshiriladi. Ish haqining eng kam miqdori oʻzgargan taqdirda pensiya miqdorini qayta hisoblash ish haqining miqdori oʻzgarishi uchun asos boʻlgan normativ-huquqiy hujjatda koʻrsatilgan sanadan boshlab amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Pensiya miqdori kamayishiga olib kelgan holatlar yuz berganda (boquvchisini yoʻqotganlik pensiyasini oluvchi oila aʼzolari soni oʻzgarishi, nogironlik guruhining oʻzgarishi) qayta hisoblash ushbu holatlar boshlangan oydan keyingi oyning birinchi kunidan boshlab amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
87. Pensiya tayinlangandan keyin ega boʻlingan (olingan) ish stajini va ish haqini hisobga olgan holda pensiya miqdorini qayta hisoblash amalga oshirilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8-bob. Pensiyalarni toʻlash tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
88. Pensiya pensionerlarga ularning yashash joyi boʻyicha Xalq bankining filiali orqali toʻlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
89. Pensiya toʻlash qonunchilik hujjatlariga muvofiq rasmiylashtirilgan ishonchnoma boʻyicha amalga oshirilishi mumkin.
(89-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda ishonchnoma bergan shaxs ushbu Nizomning 6-bandida koʻrsatilgan organlarni bir yilda kamida bir marta xabardor qilish orqali tayinlangan pensiyaga boʻlgan oʻz huquqini tasdiqlashi kerak. Ishonchli vakil pensiya toʻlashga taʼsir etishi mumkin boʻlgan oʻziga maʼlum barcha holatlar toʻgʻrisida ushbu Nizomning 6-bandida koʻrsatilgan organlarga xabar berishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ishonchnoma Xalq bankining tegishli filialida saqlanadi. Bunda Xalq bankining filiali ishonch bildirilgan shaxs tomonidan ishonchnoma taqdim etilgan sanadan boshlab oʻn kun muddatda ushbu Nizomning 6-bandida koʻrsatilgan organlarga Xalq banki filialining asosiy muhri va rahbarning imzosi bilan tasdiqlangan ishonchnoma nusxasini yuborishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
90. Pensioner sogʻligʻining holati va yashash faoliyatining cheklanganligi darajasi oʻzgarganda, TIEKning asossiz qarori holatlari aniqlanganda, nogironlikni belgilashning toʻgʻriligini tekshirishlarda, shuningdek, agar TIEK qarori soxta hujjatlar asosida chiqarilgan boʻlsa, pensioner belgilangan tartibda oʻtkaziladigan takroriy tibbiy koʻrikdan oʻtkazish uchun kelmagan taqdirda, pensiyani toʻlash toʻxtatib qoʻyiladi va u faqat fuqaro TIEKga yangidan murojaat qilgan va I yoki II guruh nogironligi boʻlgan shaxs deb eʼtirof etilgan kundan boshlab tiklanishi mumkin.
(90-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar nogironligi boʻlgan shaxs qayta tibbiy koʻrikdan oʻtkazishga kelmaganligi sababli pensiya toʻlash vaqtinchalik toʻxtatib turilsa va qayta tibbiy koʻrikdan oʻtkazilgandan keyin fuqaro nogironligi boʻlgan shaxs deb tan olinmasa, u holda pensiya toʻlash vaqtinchalik toʻxtatib turilgan kundan boshlab toʻxtatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
91. Qayta tibbiy koʻrikdan oʻtkazilgan shaxs mehnatga layoqatli deb eʼtirof etilgan taqdirda, pensiya u mehnatga layoqatli deb eʼtirof etilgan oyning oxirigacha, biroq nogironlik belgilangan kundan ortiq boʻlmagan muddatga toʻlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
92. Pensiya miqdori oʻzgarishiga yoki pensiya toʻlash toʻxtatilishiga sabab boʻladigan holatlar yuz bergan taqdirda (ishga kirish, oila aʼzolari tarkibining oʻzgarishi, toʻliq davlat taʼminotiga oʻtish va shu kabilar) pensiya oluvchi oʻn kun muddatda bu haqda ushbu Nizomning 6-bandida koʻrsatilgan organlarga maʼlum qilishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yuqorida koʻrsatib oʻtilgan holatlar boshlanganligi toʻgʻrisida oʻz vaqtida xabar berilmasligi munosabati bilan pensiyaning noqonuniy summasi pensioner yoki qonuniy vakil (ota-ona), shuningdek, ishonch bildirilgan (pensionerning vafoti holati qasddan yashirilgan taqdirda) tomonidan qaytarilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
93. Faxriy unvon uchun pensiyaga qoʻshimcha haq olish huquqi paydo boʻlgan taqdirda, pensioner faxriy unvon uchun qoʻshimcha haqni olish uchun ushbu Nizomning 6-bandida koʻrsatilgan organlarga ariza beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Arizaga faxriy unvon berish toʻgʻrisidagi guvohnoma ilova qilinishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Faxriy unvonlar uchun pensiyaga qoʻshimcha haqlarni toʻlash faxriy unvon berilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomaning nusxasi ilova qilingan holda ariza berilgan oydan keyingi oyning birinchi kunidan boshlab amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ishlab turgan pensionerlarga faxriy unvonlar uchun qoʻshimcha haq toʻlash ish haqi toʻlash bilan bir vaqtda ish joyi boʻyicha amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
94. Pensionerga hisoblangan, lekin uning tomonidan oʻz vaqtida talab qilib olinmagan pensiya puli pensiyani olish maqsadida murojaat etilganidan oldingi oʻn ikki oydan oshmagan davr uchun toʻlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu Nizomning 6-bandida koʻrsatilgan organlarning aybi bilan oʻz vaqtida olinmay qolgan pensiya puli oʻtgan davr uchun muddati cheklanmagan holda toʻlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda oʻtgan davr uchun toʻlovlar bir yoʻla tegishli oylar uchun hisoblangan va olinmagan pensiyaning summalariga mos miqdorda toʻlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
95. Pensioner Oʻzbekiston Respublikasi doirasida doimiy yashash uchun boshqa tuman (shahar)ga koʻchgan taqdirda pensiya toʻlash pensionerning yangi yashash joyi boʻyicha davom ettiriladi. Bunda pensiyani toʻlash oldingi yashash joyi boʻyicha pensiyani toʻlash toʻxtatilgan vaqtdan boshlab davom ettiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
96. Tayinlangan pensiyani toʻlash:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
pensioner vafot etganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tayinlangan pensiyaga huquqlar yoʻqolganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
doimiy yashash uchun Oʻzbekiston Respublikasi tashqarisiga chiqib ketilganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xorijiy davlatda boʻlgan davrida pensiya (ijtimoiy nafaqa) olganligi holati aniqlanganda toʻxtatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
97. Tayinlangan pensiyani toʻlash:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
pensiya toʻlash muddati tamom boʻlganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ketma-ket uch oydan ortiq vaqt mobaynida olinmaganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
pensioner ozodlikdan mahrum etilganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
pensioner ruhiy bemorlar internat uylarida yashaganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
surishtiruv, tergov organlaridan va suddan yashirinib yurgan, jinoiy jazoni oʻtashdan boʻyin tovlayotgan shaxslarni qidirishga eʼlon berilganda, bedarak yoʻqolganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
pensiyani toʻlashni toʻxtatib turish toʻgʻrisida pensioner tomonidan ariza berilganda toʻxtatib turiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tayinlangan pensiyani toʻlash qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa hollarda ham toʻxtatib turilishi mumkin.
(97-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Pensiyani toʻlash pensioner yoki uning vasiysi ushbu Nizomning 6-bandida koʻrsatilgan organlarga kelganidan soʻng va u ariza taqdim etganidan, shuningdek, shaxsini tasdiqlovchi hujjatni koʻrsatganidan soʻng tiklanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Pensionerning sud hukmi boʻyicha qamoq joylarida boʻlgan vaqti uchun pensiya toʻlanmaydi. Pensioner ozod boʻlgandan keyin pensiyani toʻlash ushbu Nizomning 6-bandida koʻrsatilgan organlarga ariza berilgan kundan boshlab tiklanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
98. Agar nogironligi boʻlgan shaxs tayinlangan muddatda qayta tibbiy koʻrikdan oʻtish uchun TMEKga uzrli sabablarsiz (nogironlik muddati tugagan kundan bir oy muddat mobaynida) kelmasa, unga pensiya toʻlash toʻxtatib turiladi, u yana nogironligi boʻlgan shaxs deb tan olingan taqdirda, toʻxtatib turilgan kundan boshlab tiklanadi. Qolgan holatlarda pensiya murojaat qilingan sanadan boshlab toʻlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Uzrli sababga koʻra qayta tibbiy koʻrikdan oʻtish muddati oʻtkazib yuborilgan taqdirda pensiyani toʻlash toʻlov toʻxtatib turilgan kundan boshlab qayta tekshirish kunigacha, biroq, agar TMEK uni bu davrda nogironligi boʻlgan shaxs deb tan olsa, 3 yildan ortiq boʻlmagan muddatga amalga oshiriladi. Bunda, agar qayta tekshirish chogʻida nogironligi boʻlgan shaxs nogironlikning boshqa guruhiga (yuqoriroq yoki pastroq guruhga) oʻtkazilgan boʻlsa, u holda koʻrsatib oʻtilgan vaqt uchun pensiya oldingi guruh boʻyicha toʻlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar umumiy kasallik oqibatida mehnat layoqatini yoʻqotgan nogironligi boʻlgan shaxsga pensiya toʻlash mehnat layoqati tiklanganligi tufayli toʻxtatilgan boʻlsa yoki uzrli sabablarsiz qayta tibbiy koʻrikdan oʻtishga kelmaganligi oqibatida toʻxtatib turilgan boʻlsa, u holda keyinchalik u nogironligi boʻlgan shaxs deb tan olingan taqdirda, ilgari tayinlangan pensiyani toʻlash, agar pensiya toʻlash toʻxtatilgandan keyin besh yildan koʻp boʻlmagan vaqt oʻtgan boʻlsa, nogironlik yangidan belgilangan kundan boshlab tiklanadi. Agar besh yildan koʻp vaqt oʻtgan boʻlsa pensiya yana umumiy asoslarda tayinlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
99. Pensiya toʻlash toʻxtatilishiga (toʻxtatib turilishiga) yoki tiklanishiga olib keladigan holatlar paydo boʻlganda, pensiyani toʻlash, ushbu Nizomning 96 va 97-bandlarida koʻrsatilgan hollardan tashqari, tegishli holat boshlangan oydan keyingi oyning birinchi kunidan boshlab toʻxtatiladi (toʻxtatib turiladi) yoki tiklanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
100. Pensionerga berilishi kerak boʻlgan va uning vafoti munosabati bilan olinmay qolgan pensiya summasi meros tarkibiga kiritilmaydi va boquvchisini yoʻqotganlik pensiyasi bilan taʼminlanadigan shaxslar doirasiga tegishli oila aʼzolariga toʻlanadi. Ota-onalar, eri (xotini), shuningdek, pensioner vafot etgan kunda u bilan birga yashagan oila aʼzolari, agar ular boquvchisini yoʻqotganlik boʻyicha pensiya bilan taʼminlanadiganlar doirasiga kirmagan taqdirda ham ushbu summalarni olish huquqiga ega.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Pensioner vafot etgan oy uchun oxirigacha olinmay qolgan pensiya summasi oilaning koʻrsatib oʻtilgan aʼzolariga ushbu oy uchun toʻliq toʻlanadi.
(100-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 28-noyabrdagi 630-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2023-y., 09/23/630/0911-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oilaning bir necha aʼzolari murojaat qilgan taqdirda, ularga berilishi kerak boʻlgan pensiya summasi ular oʻrtasida teng taqsimlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Koʻrsatib oʻtilgan summa uning uchun pensioner vafot etgandan soʻng oltmish kundan kechikmay murojaat qilingan taqdirda toʻlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
(100-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 7-iyuldagi 429-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.07.2020-y., 09/20/429/1039-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
101. Doimiy yashash uchun Oʻzbekiston Respublikasi tashqarisiga ketishgacha tayinlangan pensiya (Oʻzbekiston Respublikasi pensiya taʼminoti toʻgʻrisida xalqaro shartnomalar tuzgan davlatlar bundan mustasno) ketish toʻgʻrisida ariza berilgan kundagi pensiya miqdori hisob-kitobidan kelib chiqib Oʻzbekiston Respublikasi tashqarisiga joʻnab ketishdan olti oy avval Oʻzbekiston Respublikasi milliy valyutasida toʻlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Pensiya toʻlanadigan olti oylik davr Oʻzbekiston Respublikasi tashqarisiga doimiy yashash uchun ketishdan avvalgi olti oy uchun pensiya toʻlash uchun arizada koʻrsatilgan sanadan boshlab hisoblab chiqiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi pensiya taʼminoti toʻgʻrisida xalqaro shartnomalar tuzgan Oʻzbekiston Respublikasi tashqarisidagi davlatga doimiy yashash uchun ketilgan kungacha tayinlangan pensiya turar joyidan roʻyxatdan chiqqan oyning oxirigacha toʻlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
102. Olti oy avval pensiya ariza, fuqaroning shaxsini tasdiqlaydigan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi pasporti, unda “Doimiy yashash joyidan roʻyxatdan chiqarildi” degan belgi hamda ichki ishlar organlarining migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlimining doimiy yashash uchun ketish toʻgʻrisidagi stikeri, ketish varaqchasi, shuningdek, u borish niyatida boʻlgan xorijiy davlatning vizasi (agar u zarur boʻlsa) asosida toʻlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
103. Olti oy avval pensiya toʻlash Xalq bankining filiali orqali bir martalik vedomost asosida amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
104. Olti oy avval toʻlangan pensiya summasini Oʻzbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlariga muvofiq pensiya toʻlangan davrda pensiyalar miqdorlari oʻzgarganligi munosabati bilan qayta hisoblab chiqish amalga oshirilmaydi.
(104-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
105. Agar shaxs olti oy avval pensiya toʻlangandan keyin doimiy yashash uchun Oʻzbekiston Respublikasi tashqarisiga ketmagan boʻlsa, unga pensiya toʻlangan olti oylik davr tamom boʻlgandan keyin pensiyani navbatdagi toʻlash uchun murojaat qilgan taqdirda ushbu Nizomning 101 va 102-bandlarida koʻrsatilgan tartibda olti oy avval yana pensiya toʻlanishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
106. Mehnatda mayiblanish oqibatida nogironlik pensiyasi tayinlangan shaxs doimiy yashash uchun Oʻzbekiston Respublikasi tashqarisiga ketgan taqdirda (Oʻzbekiston Respublikasi pensiya taʼminoti toʻgʻrisida xalqaro shartnomalarga ega boʻlgan davlatlar bundan mustasno), pensiya chet elda boʻlgan vaqt uchun toʻlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
107. Ushbu Nizomning 106-bandida koʻrsatilgan shaxsga pensiya oʻtkazish bilan bogʻliq xarajatlar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
108. Mehnatda mayiblanish yoki kasb kasalligiga chalinish oqibatida nogironlik pensiyasi quyidagi hujjatlar asosida qayta hisoblab chiqiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
pensiyani oʻtkazish toʻgʻrisidagi ariza;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shaxsning Oʻzbekiston Respublikasi tashqarisida doimiy yashash joyini tasdiqlaydigan hujjat;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasidan doimiy yashash joyiga ketish (bir davlatdan boshqa davlatga koʻchib oʻtish) sanasi toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
109. Shaxsning Oʻzbekiston Respublikasi tashqarisidagi doimiy yashash joyini tasdiqlaydigan hujjat Oʻzbekiston Respublikasining diplomatik vakolatxonasi yoki konsullik muassasasi yoxud xorijiy davlatning vakolatli organi (mansabdor shaxsi) tomonidan beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda xorijiy davlatning vakolatli organi (mansabdor shaxsi) tomonidan berilgan hujjat pensionerning doimiy yashash joyidagi davlatda Oʻzbekiston Respublikasining konsullik muassasasi tomonidan belgilangan tartibda legalizatsiya qilinishi kerak, bunday muassasa boʻlmagan taqdirda esa, pensionerning doimiy yashash joyi davlatining Tashqi ishlar vazirligi, ushbu mamlakatning Oʻzbekiston Respublikasidagi konsullik muassasasi yoki diplomatik vakolatxonasi tomonidan legalizatsiya qilinishi, keyinchalik, agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida oʻzgacha hol nazarda tutilmagan boʻlsa, Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining Konsullik boshqarmasida tasdiqlanishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
110. Mehnatda mayiblanish oqibatida nogironlik pensiyasini Oʻzbekiston Respublikasi tashqarisiga oʻtkazish fuqaroning har bir yilning 31-dekabrida tirik ekanligini tasdiqlaydigan hujjat ushbu Nizomning 6-bandida koʻrsatilgan organlarga taqdim etilishi sharti bilan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mehnatga layoqatsiz fuqarolarga (18 yoshga toʻlmagan bolalarga, aka-ukalarga, opa-singillarga va nabiralarga) va sud tomonidan belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz deb tan olingan — ularning qonuniy vakillari pensiya oluvchilar hisoblanadigan fuqarolarga tayinlangan mehnatda mayiblanish yoki kasb kasalligiga chalinish oqibatida nogironlik pensiyalarini toʻlash uchun fuqaroning tirik ekanligini tasdiqlaydigan hujjat pensiya oluvchi uchun va pensiya tayinlangan fuqaro uchun taqdim etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunday hujjat Oʻzbekiston Respublikasining chet eldagi diplomatik vakolatxonasi yoki konsullik muassasasi, xorijiy davlatning notariusi yoxud vakolatli organi (mansabdor shaxsi) tomonidan beriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Koʻrsatib oʻtilgan hujjatlar taqdim etilmagan taqdirda, mehnatda mayiblanish yoki kasb kasalligiga chalinish oqibatida nogironlik pensiyasini toʻlash Oʻzbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda toʻxtatib turiladi (toʻxtatiladi).
(110-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Koʻrsatib oʻtilgan hujjatlar taqdim etilgandan keyin mehnatda mayiblanish yoki kasb kasalligiga chalinish oqibatida nogironlik pensiyasini toʻlash Oʻzbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda tiklanadi (qayta tiklanadi).
(110-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
111. Ushbu Nizomning 6-bandida koʻrsatilgan organlar mehnatda mayiblanish oqibatida nogironlik pensiyasini shaxsga u doimiy yashaydigan xorijiy davlatning bankidagi yoki boshqa moliya-kredit muassasasidagi hisobraqamiga oʻtkazishni xorijiy valyutada amalga oshiradi, agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida oʻzgacha hol belgilanmagan boʻlsa.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
112. Mehnatda mayiblanish oqibatidagi nogironlik pensiyasini oʻtkazish chet elga joʻnab ketishdan oldin pensiya toʻlangan oydan keyingi oydan boshlab amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
113. Chet elga oʻtkaziladigan mehnatda mayiblanish yoki kasb kasalligiga chalinish oqibatidagi nogironlik pensiyasi summasi, agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida oʻzgacha hol belgilanmagan boʻlsa, Oʻzbekiston Respublikasining pensiya haqidagi qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda qayta hisoblab chiqiladi.
(113-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
114. Ushbu Nizomning 6-bandida koʻrsatilgan organlar Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki” AJ orqali chet elga oʻtkazilishi kerak boʻlgan mehnatda mayiblanish yoki kasb kasalligiga chalinish oqibatida tayinlangan pensiyalar summasining oʻz vaqtida joʻnatilishini taʼminlaydi. Mehnatda mayiblanish yoki kasb kasalligiga chalinish oqibatida tayinlangan pensiyalar summalarini konvertatsiya qilish va yuborish boʻyicha xarajatlar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
(114-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-martdagi 144-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.03.2020-y., 09/20/144/0314-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
115. Mehnatda mayiblanish oqibatidagi nogironlik pensiyasi tayinlangan Oʻzbekiston Respublikasi tashqarisida doimiy yashaydigan shaxsga oʻtgan vaqt uchun olinmagan pensiya summasini toʻlash toʻlov amalga oshiriladigan tegishli davr uchun Oʻzbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlarida belgilangan pensiya miqdorlaridan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi.
(115-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9-bob. Pensiya hujjatlari yigʻmajildini hisobga olish va saqlash tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
116. Pensiya hujjatlari yigʻmajildi ushbu Nizomning 6-bandida koʻrsatilgan organlarda saqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
117. Ushbu Nizomning 6-bandida koʻrsatilgan organlarning buxgalteriyasi pensiya hujjatlari yigʻmajildining saqlanishini taʼminlash yuzasidan barcha zarur choralarni koʻrishi lozim. Pensiya hujjatlari yigʻmajildi yoʻqolgan va saqlanmagan taqdirda pensiya hujjatlari yigʻmajildining dublikati tiklanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
118. Qariya va nogironligi boʻlgan shaxslar, shuningdek, ruhiy bemorlar internat uylarida yashovchi shaxslarning pensiya hujjatlari yigʻmajildlari ushbu muassasalar joylashgan joydagi kadrlar boʻlimida saqlanadi
(118-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
119. Oʻzbekiston Respublikasi pensiya taʼminoti sohasida xalqaro shartnomalar tuzgan davlatlarga doimiy yashash uchun joʻnab ketayotgan shaxsning pensiya hujjatlari yigʻmajildi, agar ahdlashayotgan davlatlar tomonidan oʻzgacha hol belgilanmagan boʻlsa, pensionerga (ishonchli vakilga) berilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Pensionerning davlat oldida u tomonidan sodir etilgan suiisteʼmolliklar (qasddan notoʻgʻri maʼlumotlar mavjud boʻlgan hujjatlar taqdim etilishi, boquvchisini yoʻqotganlik pensiyasi tayinlangan oila aʼzolari tarkibidagi oʻzgarishlar toʻgʻrisida maʼlumotlar taqdim etilmasligi) natijasida pensiyalar summasining ortiqcha toʻlanishi boʻyicha qarzdorligi mavjud boʻlganda pensiya hujjatlari yigʻmajildi yetkazilgan zarar toʻliq qoplangandan soʻng beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
120. Pensioner ijtimoiy taʼminot (pensiya taʼminoti) toʻgʻrisida xalqaro shartnomalar tuzilmagan davlatga Oʻzbekiston Respublikasi tashqarisiga doimiy yashash joyiga joʻnab ketayotganda pensiya hujjatlari yigʻmajildi berilmaydi va u ushbu Nizomning 6-bandida koʻrsatilgan organlarning arxivida saqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
121. Ular boʻyicha pensiya toʻlash toʻxtatilgan pensiya hujjatlari (pensiya yigʻmajildlari, shaxsiy hisobvaraqlar, toʻlov vedomostlarining yirtib olinadigan talonlari va boshqalar) ushbu Nizomning 6-bandida koʻrsatilgan organlarning arxivida, ular boʻyicha toʻlov amalga oshirilayotgan pensiya hujjatlari yigʻmajildidan alohida, qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda belgilanadigan muddatlar mobaynida saqlanadi.
(121-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
122. Qonunchilik hujjatlarida belgilangan saqlash muddatlari tugagandan keyin pensiya hujjatlari (pensiya hujjatlari yigʻmajildlari, shaxsiy hisobvaraqlar, toʻlov vedomostlarining yirtib olinadigan talonlari va boshqalar) ilmiy-texnik ishlovdan soʻng ushbu Nizomning 6-bandida koʻrsatilgan organlar Komissiyasi qaroriga binoan yoʻq qilinishi mumkin.
(122-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Pensiya hujjatlari yigʻmajildida mehnat daftarchasi va oʻlim toʻgʻrisidagi guvohnoma mavjud boʻlgan taqdirda, ushbu hujjatlar pensiya hujjatlari yigʻmajildidan olib qoʻyilishi va qonunchilik hujjatlarida belgilangan muddat mobaynida saqlanishi lozim.
(122-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Pensiya hujjatlarini yoʻq qilish holatini tasdiqlash uchun ushbu Nizomning 6-bandida koʻrsatilgan organlar rahbarining oʻrinbosari tomonidan tasdiqlanadigan tegishli dalolatnoma tuziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10-bob. Yakuniy qoidalar

123. Pensiya olish huquqini amalga oshirish uchun zarur boʻlgan taqdim etilgan hujjatlarning (ish staji toʻgʻrisida, ish haqi toʻgʻrisida va shu kabilarning) ishonchliligi va asoslanganligi uchun ushbu hujjatlarni bergan tashkilotning mansabdor shaxsi hamda pensiya tayinlashni soʻrab murojaat qilgan shaxs qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
(123-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ishonchsiz maʼlumotlar, pensiyaga boʻlgan huquqlarni amalga oshirish uchun zarur boʻlgan hujjatlardagi maʼlumotlarni buzuvchi tuzatishlar aniqlanganda, shuningdek, pensiyalarni tayinlash va toʻlash uchun ish beruvchi yoki arxiv tomonidan berilgan yuqorida koʻrsatib oʻtilgan hujjatlar soxtalashtirilganda va qalbakilashtirilganda, davlatga yetkazilgan zarar summasini undirish uchun javobgarlik qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda ushbu hujjatlarni bergan tashkilotlar yoki arxivning mansabdor shaxslariga yuklanadi.
(123-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Pensioner tomonidan sodir etilgan suiisteʼmolliklar (qasddan notoʻgʻri maʼlumotlar bilan hujjatlar taqdim etilishi, boquvchisini yoʻqotganlik pensiyasi tayinlangan oila aʼzolari tarkibidagi oʻzgarishlar toʻgʻrisida maʼlumotlar taqdim etilmasligi) natijasida unga pensiyalar summasining ortiqcha toʻlanishi tufayli davlatga yetkazilgan zararni toʻlash majburiyati pensionerga yuklanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
124. Ushbu Nizomga muvofiq tayinlangan pensiyalarni toʻlash Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
125. Pensiyalar tayinlash va toʻlashni nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va ushbu Nizomning 6-bandida koʻrsatilgan organlar tomonidan amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
126. Ushbu Nizomni buzganlikda aybdor shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgar boʻladi.
(126-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sudyalar va ularning oila aʼzolari pensiya taʼminoti shartlari, meʼyorlari hamda tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ish haqi toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NAMUNASI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

‎‎‎Tashkilotning shtampi ___________ № _______

‎‎‎M A ʼ L U M O T N O M A
‎ Ushbu maʼlumotnoma ___________________________________________________________________ ga ‎

‎‎(familiyasi, ismi va otasining ismi)

‎‎unga ish haqi (ish haqiga lavozim maoshi, barcha turdagi ustamalar, qoʻshimcha haqlar, koʻp yillik xizmatlari uchun, malaka darajasi uchun qoʻshimcha haq, mukofotlar va boshqa toʻlovlar kiritilgan) quyidagicha hisoblanganligini tasdiqlash uchun berildi:

‎‎‎Oylar

___________ y.‎‎

Ish haqi‎‎

‎‎Yanvar

‎‎

‎‎Fevral

‎‎

‎‎Mart

‎‎

‎‎Aprel

‎‎

‎‎May

‎‎

Iyun ‎‎

‎‎

Iyul ‎‎

‎‎

‎‎Avgust

‎‎

‎‎Sentabr

‎‎

‎‎Oktabr

‎‎

‎‎Noyabr

‎‎

‎‎Dekabr

‎‎

‎‎Jami:

‎‎

‎‎‎Ushbu maʼlumotnoma quyidagi hujjatlar asosida berildi:‎

________________________________________________________________________________________
‎‎‎(vedomostlar, shaxsiy hisobraqamlar va boshqalar)
‎_________________________________________________________________________________________
‎_________________________________________________________________________________________

‎‎Taqdim etilayotgan maʼlumotlarning toʻgʻriligi va asoslanganligi uchun toʻliq javobgarlikni oʻz zimmamizga olamiz. ‎
Tashkilot rahbari ‎ ‎‎
‎Imzo _____________‎

‎_______________________________F.I.O.‎‎
Bosh buxgalter‎ ‎‎ ‎Imzo _____________‎ ‎_______________________________F.I.O.‎‎‎‎

M.Oʻ.‎

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Izoh: Agar ish haqini hisoblash daftarlariga tuzatishlar kiritilgan hollar mavjud boʻlsa, u holda ushbu tuzatishlar koʻrsatilishi lozim.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.01.2019-y., 09/19/11/2459-son, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son; 12.03.2020-y., 09/20/144/0314-son, 08.07.2020-y., 09/20/429/1039-son, 29.09.2020-y., 09/20/593/1340-son, 29.10.2020-y., 07/20/4872/1423-son; 16.12.2020-y., 09/20/783/1624-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 30.11.2023-y., 09/23/630/0911-son; 13.06.2025-y., 09/25/362/0507-son; 25.08.2026-y., 09/26/456/0870-son)