Hujjat kuchini yo‘qotgan 29.12.2021 21.11.2018 yildagi 940-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 21.11.2018 yildagi 940-son
Date of entry into force
23.11.2018
Hujjat kuchini yo‘qotgan 29.12.2021
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agrosanoat majmui va oziq-ovqat taʼminoti sohasidagi loyihalarni amalga oshirish agentligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-dekabrdagi 786-sonli “Tashqi begʻaraz koʻmak mablagʻlarini jalb etish mexanizmlarini va donorlar bilan ishlash tizimini takomillashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishloq va suv xoʻjaligi davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 17-apreldagi PF-5418-son Farmoni ijrosini taʼminlash hamda qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishida mahsuldorlikni yuksaltirish va tadbirkorlikni rivojlantirishga yoʻnaltirilgan qishloq va suv xoʻjaligi sohasidagi loyihalarni amalga oshirishning yagona tizimini shakllantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishloq va suv xoʻjaligi davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 17-apreldagi PF-5418-son Farmoniga muvofiq Qishloq xoʻjaligi korxonalarini tarkibiy qayta tuzish agentligi hamda Qishloq va suv xoʻjaligida investitsiya loyihalarini amalga oshirish markazi negizida Agrosanoat majmui va oziq-ovqat taʼminoti sohasidagi loyihalarni amalga oshirish agentligi tashkil etilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-maydagi 284-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.05.2020-y., 09/20/284/0588-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Quyidagilar Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Agrosanoat majmui va oziq-ovqat taʼminoti sohasidagi loyihalarni amalga oshirish agentligining (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) asosiy vazifalari etib belgilansin:
(2-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-maydagi 284-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.05.2020-y., 09/20/284/0588-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
agrosanoat kompleksi va oziq-ovqat taʼminoti sohasida, shuningdek, tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirishga qaratilgan loyihalarni, shu jumladan investitsion loyihalarni ishlab chiqish va shakllantirishga koʻmaklashish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
agrosanoat kompleksi va oziq-ovqat taʼminoti, shuningdek, tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish sohasida loyihalarni, shu jumladan, investitsion loyihalarni amalga oshirish uchun xorijiy investitsiyalarni, xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlarining (keyingi oʻrinlarda XMI va XHMT deb ataladi) kredit, grant va texnik koʻmaklashish mablagʻlarini jalb qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
agrosanoat kompleksi va oziq-ovqat taʼminoti, shuningdek, tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish sohasida modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilashga doir loyihalarni amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
loyihalar va subloyihalarning amalga oshirilishini tizimli monitoring qilish, ularni samarali amalga oshirishga toʻsqinlik qiluvchi muammolarni aniqlash hamda ushbu muammolarni hal etish boʻyicha amaliy yordam koʻrsatish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
startap loyihalar tashabbuskorlari bilan hamkorlik qilish, innovatsion gʻoya va texnologiyalarni joriy etish, energiyani tejaydigan va yuqori samarali loyihalarni amalga oshirish, agrosanoat kompleksi va oziq-ovqat taʼminoti sohasida laboratoriyalar va tajriba-konstruktorlik byurolarini tashkil etishga koʻmaklashish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
agrosanoat kompleksi va oziq-ovqat taʼminoti sohasidagi loyihalar, shuningdek, investitsion loyihalar doirasida davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat boshqaruvi organlariga hamda boshqa tashkilotlarga yordam koʻrsatish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Agrosanoat majmui va oziq-ovqat taʼminoti sohasidagi loyihalarni amalga oshirish agentligining boshqaruv xodimlarining cheklangan soni 19 kishidan iborat boʻlgan tuzilmasi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Belgilab qoʻyilsinki:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agentlik faoliyatini moliyalashtirish XMI va XHMT tomonidan investitsion loyihalarni amalga oshirish uchun ajratilgan mablagʻlar hamda qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi;
Oldingi tahrirga qarang.
(4-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 22-martdagi 241-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.03.2019-y., 09/19/241/2806-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agentlikni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining iqtisodiyot tarmoqlari, investitsiya va tashqi savdo siyosatini amalga oshirish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining boʻlinmalari bilan kelishgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan bosh direktor boshqaradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agentlik bosh direktorining oʻrinbosarlari Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari bilan kelishilgan holda Qishloq xoʻjaligi vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi;
(4-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-maydagi 284-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.05.2020-y., 09/20/284/0588-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agentlik bosh direktori maqomi, mehnatga haq toʻlash, tibbiy va transport xizmatlari sharoitlari boʻyicha vazir oʻrinbosariga tenglashtiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Agentlik bosh direktoriga quyidagi huquqlar berilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
zarurat boʻlganda Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi bilan kelishgan holda boshqaruv xodimlarining belgilangan cheklangan umumiy soni va mehnatga haq toʻlash fondi doirasida Agentlik tuzilmasiga oʻzgartirishlar kiritish;
(5-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-maydagi 284-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.05.2020-y., 09/20/284/0588-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agentlikka yuklangan vazifalarni, shu jumladan, loyihalarning texnik-iqtisodiy asoslashlarini va texnik-iqtisodiy hisoblarini amalga oshirish uchun shartnoma asosida mahalliy va xorijiy mutaxassislarni, ekspertlar va olimlarni jalb etish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi raisi S.R. Xolmuradovga Qishloq xoʻjaligi korxonalarini tarkibiy qayta tuzish agentligi hamda Qishloq va suv xoʻjaligida investitsiya loyihalarini amalga oshirish markazi qayta tashkil etilayotganligi hamda ular negizida Agentlik tashkil qilinayotganligi haqida XMI va XHMTga xabarnomalar yuborish vakolati berilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Belgilab qoʻyilsinki:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agentlik tomonidan amalga oshirilayotgan loyihalar boʻyicha tijorat banklarida depozit hisob raqamlari ochiladi, ushbu hisob raqamlaridan boshqa loyihalardagi majburiyatlarni bajarish uchun toʻlovlar amalga oshirilishiga yoʻl qoʻyilmaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agentlik, Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi va Suv xoʻjaligi vazirligi yangi loyihalarni shakllantirish va investitsiyalarni jalb etish uchun, shuningdek, ishtirok etayotgan moliya tashkilotlari (tijorat banklari, lizing va mikrokredit tashkilotlari) bilan loyihalar va subloyihalarning oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirilishi, shu jumladan, kredit liniyalarning samarali oʻzlashtirilishi uchun birgalikda javob berishadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Agentlik Toshkent shahar, Shayxontohur tumani, Labzak koʻchasi, 1A-uy, A bloki (1 va 2-qavatlar, yertoʻlasi bilan) manziliga tekin foydalanish huquqi asosida joylashtirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Agentlik ishtirok etayotgan tijorat banklari bilan birgalikda amalga oshirilayotgan loyihalar doirasida subloyihalarni moliyalashtirishning soddalashtirilgan tartibini, shu jumladan, tijorat banklarining hududiy filiallari tomonidan Agentlikka subloyihalar boʻyicha tegishli maʼlumot va hujjatlarni bevosita taqdim etish vakolatlarini kengaytirish masalasini bir oy muddatda koʻrib chiqsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Agenlik Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bir oy muddatda — Agrosanoat majmui va oziq-ovqat taʼminoti sohasidagi loyihalarni amalga oshirish agentligining Nizomini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ikki oy muddatda — qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida takliflar kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi raisi S.R. Xolmuradov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2018-yil 21-noyabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
940-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 21-noyabrdagi 940-son qaroriga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agrosanoat majmui va oziq-ovqat taʼminoti sohasidagi loyihalarni amalga oshirish agentligi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
TUZILMASI

Izohlar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Boshqaruv xodimlarining cheklangan umumiy soni 19 nafar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Loyihalarni amalga oshirish guruhlari xodimlarining, shu jumladan, hududiy guruhlar xodimlari soni amalga oshirilayotgan loyihalar soniga koʻra belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Texnik va xizmat koʻrsatuvchi xodimlar soni qonun hujjatlarida koʻrsatilgan normativlarga muvofiq belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Loyihlarning TIA/TIH ishlab chiqish uchun mutaxassislar, shu jumladan, xorijiy mutaxassislar shartnoma asosida jalb qilinishi mumkin.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.11.2018-y., 09/18/940/2205-son; 23.03.2019-y., 09/19/241/2806-son; 15.05.2020-y., 09/20/284/0588-son)