1-ILOVA
|
|
||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
|
Boshliq |
Institut kengashi |
|||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
|
Boshliqning o‘quv va ilmiy ishlar bo‘yicha birinchi o‘rinbosari |
Tarbiyaviy ishlar va harbiy tayyorgarlik bo‘yicha boshliq o‘rinbosari |
Moliya-iqtisod va xo‘jalik ishlari bo‘yicha boshliq o‘rinbosari |
|
|||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
|
Kadrlar bo‘limi 3 |
||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
|
Axborot texnologiyalari va modellashtirish markazi 3 |
Ilmiy-tadqiqot va ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlash bo‘limi 2 |
Ma’naviyat va yoshlar tarbiyasi markazi 4 |
Moliya-iqtisod bo‘limi 4 |
|||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
|
Harbiy safarbarlik, jangovar tayyorgarlik va qo‘riqlash bo‘limi 4 |
||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
|
Moddiy-texnik ta’minot va kapital ta’mirlash bo‘limi 7 |
||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
|
Harbiy orkestr 1 |
||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
|
O‘quv-uslubiy bo‘lim 5 |
Axborot-resurs markazi 1 |
Tashkiliy nazorat, xizmat faoliyatini tahlil qilish va baholash bo‘limi 3 |
||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
|
Ashula va raqs ansambli 1 |
Tibbiy xizmat 4 |
|||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
|
Bojxona ishi fakulteti 3 |
||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
|
O‘quv batalyoni 9 |
Tahririy-nashriyot xizmati 1 |
Shaxsiy xavfsizlik bo‘limi 1 |
||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
|
Kafedralar: |
||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
|
Ixtisoslashtirilgan Bojxona nazorati Bojxona tartibga solinishi va bojxona to‘lovlari Maxsus-huquqiy fanlar Bojxona ekspertizasi Umumhuquqiy fanlar |
Umumta’lim Axborot texnologiyalari va matematika O‘zbek va xorijiy tillar Harbiy va jismoniy tayyorgarlik Iqtisodiy va ijtimoiy fanlar |
|
||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
|
Qayta tayyorlash va malaka oshirish fakulteti 2 |
Bosmaxona |
Bosh yuriskonsult 1 |
||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
|
Birinchi bo‘lim 1 |
||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
|
Maxsus fanlar kafedrasi |
||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
|
Xalqaro aloqalar xizmati 1 |
||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
|
Psixologik tayyorgarlikni rivojlantirish markazi |
||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
|
|
|
|||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
2-ILOVA
|
T/r |
Mutaxassislik shifri |
Mutaxassislik nomi |
Beriladigan malaka |
Ta’lim shakli |
Ta’lim muddati |
|
Bakalavriat | |||||
|
1. |
60410300 |
Bojxona ishi |
iqtisodchi |
kunduzgi |
4 yil |
|
2. |
60420100 |
Yurisprudensiya (iqtisodiy xavfsizlikni huquqiy ta’minlash) |
yurist |
kunduzgi |
4 yil |
|
Magistratura | |||||
|
1. |
70410301 |
Bojxona ishi |
iqtisodiyot magistri |
kunduzgi |
1 yil |
|
2. |
70420107 |
Soliq va bojxona huquqi |
huquq magistri |
kunduzgi |
1 yil |
3-ILOVA
|
T/r |
Tadbirlar nomi |
Ijro muddati |
Amalga oshirish mexanizmi |
Mas’ul ijrochilar |
|
I. Normativ-huquqiy baza va tashkiliy asoslarni takomillashtirish | ||||
|
1. |
Quyidagilarni ishlab chiqish va tasdiqlash: davlat ro‘yxatidan o‘tkazgan holda O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining Bojxona instituti (keyingi o‘rinlarda — Institut) Ustavi; Institut tarkibiy tuzilmalari to‘g‘risidagi nizomlar; Institut ichki-tartib qoidalari. |
2018-yil 1-dekabrga qadar |
DBQ raisi buyrug‘i |
DBQ (M. Azimov) |
|
2. |
Institutning 2019 — 2021-yillarda istiqbolli rivojlantirish Konsepsiyasini ishlab chiqish va tasdiqlash. |
2018-yil 15-dekabrga qadar |
DBQ raisi buyrug‘i |
DBQ (M. Azimov) |
|
3. |
O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi qoshida Muvofiqlashtiruvchi ilmiy-metodik kengash tashkil etish, uning nizomini ishlab chiqish va tasdiqlash. |
2018-yil 1-dekabrga qadar |
DBQ raisi buyrug‘i |
DBQ (M. Azimov) |
|
4. |
O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi Kadrlar boshqarmasi tarkibida shtat birligi doirasida DBQ ta’lim muassasalari faoliyatini tashkil etish, shu jumladan, ta’lim sifatini monitoring va nazorat qilish uchun mas’ul bo‘linmani tuzish. |
2018-yil 1-dekabrga qadar |
DBQ raisi buyrug‘i |
DBQ (M. Azimov) |
|
5. |
Quyidagilarni ishlab chiqish va tasdiqlash: Bakalavriat va magistratura bosqichlarida o‘quv jarayonini tashkil etish to‘g‘risidagi nizom; Bojxona organlari xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish bo‘yicha o‘quv jarayonini tashkil etish to‘g‘risidagi nizom. |
2018-yil 1-dekabrga qadar |
DBQ raisi buyrug‘i |
DBQ (M. Azimov), Oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vazirligi (I. Majidov) |
|
6. |
Institut professor-o‘qituvchilari tarkibining mehnatini normalashtirish to‘g‘risidagi nizomni ishlab chiqish va tasdiqlash. |
2018-yil 1-dekabrga qadar |
DBQ raisi buyrug‘i |
DBQ (M. Azimov), Bandlik vamehnat munosabatlari vazirligi (Sh. Kudbiyev) Oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vazirligi (I. Majidov) |
|
7. |
O‘quv jarayoniga jalb qilinadigan ilmiy-pedagogik kadrlar va tajribali amaliyotchi-mutaxassislar mehnatiga soatbay haq to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomni ishlab chiqish va tasdiqlash. |
2018-yil 1-dekabrga qadar |
Normativ-huquqiy hujjat |
DBQ (M. Azimov), Moliya vazirligi (J. Kuchkarov), Adliya vazirligi (R. Davletov) |
|
8. |
Institut kursantlari bilimini baholash to‘g‘risidagi nizomni ishlab chiqish va tasdiqlash. |
2018-yil 1-dekabrga qadar |
DBQ raisi buyrug‘i |
DBQ (M. Azimov), Oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vazirligi (I. Majidov) |
|
9. |
Davlat bojxona xizmati organlarida majburiy xizmatni o‘tash bo‘yicha shartnoma tuzish hamda shartnoma shartlari bajarilmaganda xarajatlarni qoplash tartibi to‘g‘risidagi nizomni ishlab chiqish va tasdiqlash. |
2018-yil 1-dekabrga qadar |
Normativ-huquqiy hujjat |
DBQ (M. Azimov), Moliya vazirligi (J. Kuchkarov), Adliya vazirligi (R. Davletov) |
|
10. |
Quyidagilarni ishlab chiqish va tasdiqlash: Institut kursantlari tomonidan o‘quv amaliyoti va stajirovkani o‘tash tartibi to‘g‘risidagi nizom; Institut bitiruvchilarini lavozimga tayinlash to‘g‘risidagi nizom; Institut mutaxassislik fanlar o‘qituvchilarini rotatsiya qilish tartibi to‘g‘risidagi nizom. |
2019-yil 1-yanvarga qadar |
DBQ raisi buyrug‘i |
DBQ (M. Azimov) |
|
11. |
Institutga kursantlarni tanlash va qabul qilish Tartibini ishlab chiqish va tasdiqlash. |
2019-yil 1-yanvarga qadar |
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarori |
DBQ (M. Azimov), DTM (M. Karimov), Adliya vazirligi (R. Davletov) |
|
12. |
“O‘zbekiston bojxona axborotnomasi” ilmiy jurnali to‘g‘risidagi nizomni ishlab chiqish va tasdiqlash. |
2018-yil 1-dekabrga qadar |
DBQ raisi buyrug‘i |
DBQ (M. Azimov), O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi (A. Yunusov) |
|
121. |
Institutda oliy ta’limdan keyingi ta’limni tashkil etish to‘g‘risidagi nizomni ishlab chiqish va tasdiqlash. |
2021-yil 1-dekabr |
Idoraviy normativ-huquqiy hujjat |
DBQ (M. Azimov), Innovatsion rivojlanish vazirligi (A. Ibroximov), Moliya vazirligi (T. Ishmetov) |
|
II. O‘quv-metodik jarayonni takomillashtirish | ||||
|
13. |
Mutaxassislar tayyorlash bo‘yicha malaka talablari, o‘quv rejalari va dasturlarni quyidagilarni nazarda tutgan holda tanqidiy qayta ko‘rib chiqish: kursantlarda xorijiy til tayyorgarligi, tahlil etish qobiliyati, tizimli tahlil, bojxona faoliyatining tegishli sohalarida boshqaruv ko‘nikmasini rivojlantirishga yo‘naltirilgan ilg‘or xalqaro tajriba va talablarni inobatga olgan holda tayyorlangan ta’lim dasturlari asosida o‘quv jarayonini tashkil etish; 2018-2019 o‘quv yilidan nomutaxassislik fanlarning hajmini kamaytirish va mutaxassislik fanlari hajmini oshirish hisobidan uch yillik nazariy kurs hamda hududiy bojxona boshqarmalarida bir yillik stajirovka o‘tashdan iborat o‘qitish tizimiga o‘tish; kursantlarning bojxona faoliyati sohasidagi bilimlarni chuqur o‘zlashtirishlari va amaliy ko‘nikmalarini oshirishlarini inobatga olib, mutaxassislik fanlar bo‘yicha o‘quv yuklamalarini oshirish; ixtisoslashtirilgan trenajer-imitatsion va dasturiy majmualarni qo‘llash hisobidan kursantlarning nazariy va amaliy tayyorgarligini tashkil etishning zamonaviy shakl va metodlaridan foydalangan holda amaliy mashg‘ulotlar hajmini oshirish; kursantlarning bilimini baholashda xolislik va shaffoflikni ta’minlash uchun baholashning yangi mezon va usullarini joriy etish; xalqaro amaliyotda ehtiyoj yuqori bo‘lgan xorijiy tillarni ilg‘or o‘rganish usullaridan foydalangan holda til o‘rgatishning zamonaviy tizimini joriy etish. |
2018-yil 1-dekabrga qadar |
Malaka talablari, o‘quv rejalari va dasturlari |
DBQ (M. Azimov), Oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vazirligi (I. Majidov) |
|
14. |
Institut o‘quv jarayonida AKTdan foydalanish hamda samarali boshqaruv tizimini joriy etish to‘g‘risidagi Kompleks chora-tadbirlar dasturini quyidagilarni nazarda tutgan holda ishlab chiqish va tasdiqlash: trenajer-imitatsion komplekslar va moslashuvchan avtomatlashtirilgan trenajerlarni joriy etish hisobiga kursantlarni nazariy va amaliy tayyorlash texnologiyalarini takomillashtirish; o‘quv videofilmlar va elektron o‘quv modullari hisobiga ta’lim resurslari bazasini kengaytirish; Institutning “Elektron ta’lim” milliy tarmog‘iga beg‘araz asosda ulanishini, shuningdek, Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasining axborot-kutubxona fondiga va yetakchi xorijiy axborot-kutubxona resurslari fondlariga kirishini ta’minlash; professor-o‘qituvchilar tarkibi faoliyatini, kursantlar bilimini monitoring qilish va baholashning zamonaviy elektron tizimini joriy etish (e-monitoring, e-dekanat, e-kafedra); Institut o‘quv jarayonini axborot materiallari bilan ta’minlash va unda kompyuter planshetlaridan foydalanish amaliyotini joriy etish uchun (Wi-Fi simsiz aloqaga ulanish tizimini joriy etgan holda) Internet tarmog‘iga ulanish tizimini takomillashtirish va tezligini oshirish. |
2018-yil 1-dekabrga qadar |
DBQ raisi buyrug‘i |
DBQ (M. Azimov), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Sadikov), Oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vazirligi (I. Majidov), O‘zbekiston Milliy kutubxonasi (A. Abduazizov) |
|
15. |
Qayta tayyorlash va malaka oshirish fakultetini takomillashtirishga qaratilgan dasturni quyidagilarni nazarda tutgan holda ishlab chiqish va tasdiqlash: tinglovchilarda bojxona qonunchiligi tizimidagi o‘zgarishlarni bir xilda talqin qilish ko‘nikmasi va amaliyotda qo‘llash malakasini shakllantirishga qaratilgan ta’lim jarayonini tashkil qilish; xodimlarning malakasini oshirishning yangi shakllarini, jumladan, ta’limning aralash (masofaviy va kunduzgi ta’lim shakllari birlashgan) shaklini ishlab chiqish va joriy qilish; bojxona organlarining kasbiy faoliyatini istiqbolli tajribasini o‘rganish, tizimlashtirish va tarqatish; o‘quv jarayonining amaliyot bilan uzviy bog‘liqligini ta’minlashni nazarda tutuvchi Institut o‘qituvchilarining malaka oshirish kurslarini tashkil etish va joriy qilish. |
2018-yil 1-dekabrga qadar |
DBQ raisi buyrug‘i |
DBQ (M. Azimov), Oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vazirligi (I. Majidov) |
|
16. |
Iqtisodiy va yuridik fanlarning zamonaviy yutuqlarini inobatga olgan holda tegishli fanlar va predmetlar bo‘yicha yangi avlod darsliklari va o‘quv qo‘llanmalarini tayyorlash bo‘yicha kompleks dasturni ishlab chiqish va belgilangan muddatlarda amalga oshirish. |
2018-yil 15-dekabrga qadar |
DBQ raisi buyrug‘i |
DBQ (M. Azimov), Oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vazirligi (I. Majidov) |
|
17. |
Institut Axborot-resurs markazi fondini doimiy asosda zamonaviy o‘quv, ilmiy va boshqa adabiyotlar bilan, shu jumladan, muntazam ravishda mahalliy hamda xorijiy huquqiy va iqtisodiy nashrlarining obunasini ta’minlash, shuningdek, bojxona ishi sohasidagi ilg‘or xorijiy tajriba va huquqni qo‘llash amaliyotini o‘rganish uchun zarur bo‘ladigan dasturiy mahsulotlarni (ma’lumotlar bazasi) xarid qilish va yangilab borish. |
doimiy asosda |
Chora-tadbirlar rejasi |
DBQ (M. Azimov) |
|
III. Ilmiy-tadqiqot faoliyatini takomillashtirish va xalqaro hamkorlikni rivojlantirish | ||||
|
18. |
Bojxona ishi va iqtisodiy xavfsizlik sohasida amaliy va innovatsion tadqiqotlarning ustuvor yo‘nalishlarini shakllantirish va tasdiqlash. |
2018-yil 1-dekabrga qadar |
Chora-tadbirlar dasturi |
DBQ (M. Azimov) |
|
19. |
Institutning xalqaro aloqalarini rivojlantirish bo‘yicha quyidagilarni nazarda tutuvchi chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish: yetakchi ilmiy-tadqiqot, ta’lim, axborot-tahlil, shuningdek, huquqni muhofaza qiluvchi organlari va boshqa tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlik kelishuvlari, memorandumlarini tuzish va qo‘shma dasturlarni amalga oshirish; kadrlarni tayyorlash, professor-o‘qituvchilar tarkibining malakasini oshirish va stajirovka o‘tashini tashkil etish, hamkorlikda tadqiqot loyihalarini amalga oshirish, ma’ruza o‘qish va “mahorat darslari” mashg‘ulotlarini, shu jumladan, masofaviy tarzda o‘tishni tashkil qilish maqsadida yetakchi xorijiy ta’lim muassasalari bilan o‘zaro tajriba almashishni yo‘lga qo‘yish; rivojlangan davlatlar (AQSH, Germaniya, XXR, Yaponiya, Koreya Respublikasi, Rossiya va boshqalar)ning bojxona kadrlarini tayyorlash sohasidagi ta’lim muassasalarining ilg‘or tajribalarini o‘rganish bo‘yicha xorijiy safarlarni tashkil qilish; Umumjahon bojxona tashkiloti dasturlari (PICARD va boshqalar) doirasida ilmiy tadqiqotlar va bojxona ishini rivojlantirish sohasida xalqaro hamkorlikni kuchaytirish; O‘zbekiston Respublikasida akkreditatsiyadan o‘tgan va ro‘yxatga olingan xalqaro va xorijiy tashkilotlar (BMTTD, Jahon banki, YEXHT va boshqalar) ishtirokida bojxona sohasidagi loyiha va dasturlarni hamkorlikda amalga oshirish. |
2018-yil |
Chora-tadbirlar rejasi |
DBQ (M. Azimov), Tashqi ishlar vazirligi (A. Kamilov), Moliya vazirligi (J. Kuchkarov) |
|
20. |
Iqtisodiy xavfsizlik va bojxona ishi sohasidagi eng dolzarb muammolar bo‘yicha tadqiqotlar o‘tkazish maqsadida yetakchi qo‘shma ta’lim va ilmiy muassasalarning xodimlari, shuningdek, tajribali amaliyotchi-mutaxassislar ishtirokida ijodiy guruhlar tuzish va faoliyatini tashkil qilish. |
doimiy asosda |
Chora-tadbirlar rejasi |
DBQ (M. Azimov), Oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vazirligi (I. Majidov), Fanlar akademiyasi (B. Yuldashev), boshqa ilmiy va ta’lim muassasalari |
|
21. |
Yetakchi xorijiy ilmiy-ta’lim muassasalarida Institut o‘qituvchilari uchun maqsadli doktoranturani tashkil etish bo‘yicha takliflar tayyorlash va kiritish. |
2018-yil 1-dekabrga qadar |
Chora-tadbirlar rejasi |
DBQ (M. Azimov), Tashqi ishlar vazirligi (A. Kamilov) |
|
IV. Ma’naviy-ma’rifiy ishlarni amalga oshirish | ||||
|
22. |
Kursantlarda Vatan himoyasi uchun axloqiy-ruhiy va jismoniy tayyorgarlikni, konstitutsiyaviy va xizmat burchiga sodiqlikni, yuksak fuqarolik mas’uliyatini shakllantirishga qaratilgan qo‘shma tadbirlar rejasini ishlab chiqish va tasdiqlash. |
har yil |
Qo‘shma tadbirlar rejasi |
DBQ (M. Azimov), O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi (K. Kuranbayev), Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi (A. Kadirov) |
|
23. |
Kursantlarni milliy va jahon klassik adabiyotini o‘rganishga yo‘naltirish, yozuvchilar, shoirlar ishtirokidagi ijodiy uchrashuvlar tashkil qilish, kursantlar orasida turli mavzudagi tanlovlar o‘tkazishga qaratilgan qo‘shma tadbirlar rejasini ishlab chiqish va tasdiqlash. |
har yil |
Qo‘shma tadbirlar rejasi |
DBQ (M. Azimov), O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi (M. Axmedov) |
|
24. |
Institut kursantlari va professor-o‘qituvchilar tarkibi uchun madaniy-ommaviy tadbirlarni tashkil qilish bo‘yicha tadbirlar rejasini ishlab chiqish va tasdiqlash. |
har yil |
Qo‘shma tadbirlar rejasi |
DBQ (M. Azimov), Madaniyat vazirligi (B. Sayfullayev) |
|
25. |
Kursantlarning ota-onalari, bojxona xizmati veteranlari ishtirokida Institut professor-o‘qituvchilar tarkibi va kursantlari o‘rtasida korrupsiya profilaktikasi va uning oldini olish bo‘yicha tadbirlar rejasini ishlab chiqish va tasdiqlash. |
har yil |
Qo‘shma tadbirlar rejasi |
DBQ (M. Azimov), Bosh prokuratura (E. Yo‘ldoshev) |
|
V. Moddiy-texnika ta’minotini takomillashtirish | ||||
|
26. |
Institut shaxsiy tarkibini oziq-ovqat bilan ta’minlashni tashkil qilish bo‘yicha autsorsing xizmatlarini joriy qilish to‘g‘risidagi nizomni ishlab chiqish va tasdiqlash. |
2018-yil 1-dekabrga qadar |
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarori |
DBQ (M. Azimov), Moliya vazirligi (J. Kuchkarov) |
|
27. |
Institutda zamonaviy o‘quv, moddiy-texnik baza va axborot-resurs ta’minotini yaratish bo‘yicha quyidagilarni nazarda tutgan takliflarni tayyorlash va kiritish: Axborot-resurs markazi va qo‘shimcha ma’ruza auditoriyalari uchun alohida kompleks qurish; elektron o‘quv materiallarini yaratishga mo‘ljallangan multimedia studiyasini tashkil etish va jihozlash. |
2018-yil 15-dekabrga qadar |
Chora-tadbirlar rejasi |
DBQ (M. Azimov), Moliya vazirligi (J. Kuchkarov), Qurilish vazirligi (A. Tuxtayev), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Sadikov) |
|
28. |
O‘quv, ilmiy adabiyotlar va boshqa bosma mahsulotlarni nashr etish uchun kichik bosmaxona tashkil etish va jihozlash. |
2019-yil 1-yanvarga qadar |
Tadbirlar dasturi |
DBQ (M. Azimov), O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi (A. Yunusov) |