25.10.2018 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2886-2
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining qarori, 25.10.2018 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2886-2
Date of entry into force
27.01.2019
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarori

Tijorat banklarida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazorat qoidalariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2018-yil 25-oktabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2886-2]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi, “Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida”gi, “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi qonunlari va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 23-maydagi PF-5446-son “Budjet mablagʻlaridan foydalanish samaradorligini tubdan oshirish va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish mexanizmlarini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining 2017-yil 17-apreldagi 343-V va 14-son qarori (roʻyxat raqami 2886, 2017-yil 23-may) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 21-son, 401-modda) bilan tasdiqlangan Tijorat banklarida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazorat qoidalariga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oy oʻtgach kuchga kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Markaziy bank raisi M. NURMURATOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,

2018-yil 24-sentabr,

343-V-2-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti boshligʻi v.b. D. RAXIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2018-yil 24-sentabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
42-son

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2018-yil 24-sentabrdagi 343-B-2, 42-son qaroriga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tijorat banklarida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazorat qoidalariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. 1-bandning oʻninchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“maxsus vakolatli davlat organi — Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti;”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. 5-bandning beshinchi xatboshisi “uning tijorat bankining” degan soʻzlardan keyin “rahbariyati,” degan soʻz bilan toʻldirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“yuridik yoki jismoniy shaxs bank hisobvaragʻini (omonatni) ochish uchun ariza bilan murojaat qilganda, tijorat banki avval taqdim etilgan, tekshirish davriga haqiqiy va verifikatsiya qilingan hujjatlari asosida lozim darajada tekshirish imkoniyati mavjud boʻlgan hollar bundan mustasno;”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
uchinchi xatboshidan “plastik” degan soʻz chiqarib tashlansin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
beshinchi xatboshida “plastik kartalardan” degan soʻzlar “bank kartalaridan” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oltinchi xatboshida “plastik kartalar” degan soʻzlar “bank kartalari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:

“eng kam ish haqi miqdorining 500 baravariga teng yoki undan oshgan summada jismoniy shaxslar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining qimmatbaho metallardan tayyorlangan tangalarini sotib olinishida.”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. 38-bandning beshinchi va oltinchi xatboshilaridagi “25” raqami “50” raqami bilan almashtirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. 45-bandning toʻrtinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“hisobvaraq ochayotgan shaxsning yoxud uning vakolatli vakilining shaxsan ishtirokisiz hisobvaraq ochish, tijorat banki avval taqdim etilgan, tekshiruv davriga haqiqiy va verifikatsiya qilingan hujjatlar asosida identifikatsiya qilish imkoniyati mavjud boʻlgan holatlar bundan mustasno;”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻn uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“mijoz tomonidan operatsiya amalga oshirilish kuniga belgilangan eng kam ish haqining 500 baravari miqdoriga teng yoki undan oshadigan umumiy summada bajarilayotgan operatsiyalarga oʻxshash operatsiyalarning summalari asossiz taqsimlanishi;”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻn beshinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻn oltinchi — yigirma uchinchi xatboshilar tegishlicha oʻn beshinchi — yigirma ikkinchi xatboshilar deb hisoblansin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻn oltinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“jismoniy shaxs tomonidan operatsiya amalga oshirilish kuniga belgilangan eng kam ish haqining 500 baravari miqdoriga teng yoki undan oshadigan summada naqd pul koʻrinishidagi pul mablagʻlarini yuridik shaxsning yoki yakka tartibdagi tadbirkorning bank hisobvaragʻiga qarz, moliyaviy yordam, ustav fondi (kapital)ga qoʻyilma sifatida kiritilishi yoxud aylanma mablagʻlarini toʻldirilishi;”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻn yettinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻn sakkizinchi — yigirma ikkinchi xatboshilar tegishlicha oʻn toʻqqizinchi — yigirma birinchi xatboshilar deb hisoblansin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻn yettinchi xatboshidagi “500” raqami “1000” raqami bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻn sakkizinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“jismoniy shaxslarning hisobvaraqlariga yuridik shaxslar yoki yakka tartibdagi tadbirkorlar hisobvaraqlaridan operatsiya amalga oshirilish kuniga belgilangan eng kam ish haqining 1000 baravari miqdoriga teng yoki undan oshadigan summadagi pul mablagʻlarining dividend yoki daromad sifatida koʻchirilishi;”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yigirmanchi xatboshidagi “100” raqami “500” raqami bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“pul mablagʻlarini Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqariga, oluvchi roʻyxatdan oʻtgan joydan farqlanuvchi hududda joylashgan bankda ochilgan oluvchining hisobvaragʻiga oʻtkazilishi.”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
uchinchi va toʻrtinchi xatboshilar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“jismoniy shaxslar tomonidan (shu jumladan, bir nechta jismoniy shaxslar tomonidan bir kontragent nomiga), shu jumladan, pul oʻtkazmalari tizimlari orqali bir vaqtda yoki koʻp marotaba 1 oydan oshmagan muddat davomida eng kam ish haqining 500 baravari miqdoriga teng yoki undan oshadigan umumiy summada chet el valyutasida chet eldan joʻnatilgan pul mablagʻlari olinishi yoki chet elga pul mablagʻlari joʻnatilishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jismoniy shaxslar va/yoki yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan bir vaqtda yoki koʻp marotaba 1 oydan oshmagan muddat davomida eng kam ish haqining 500 baravari miqdoriga teng yoki undan oshadigan umumiy summada chet el valyutasidagi pul mablagʻlari sotilishi, sotib olinishi yoki xalqaro toʻlov kartalaridan yechib olinishi;”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
toʻqqizinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻninchi — oʻn birinchi xatboshilar tegishlicha toʻqqizinchi — oʻninchi deb hisoblansin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
quyidagi mazmundagi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“norezident tomonidan rezidentga grantlar, moliyaviy yordam, qarz yoki begʻaraz yordam sifatida pul mablagʻlari berilishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
operatsiya bajaruvchi tomonlardan biri faol terroristik harakatlar olib borilayotgan hududlarda doimiy yashayotgan, turgan yoki roʻyxatga olingan shaxs boʻlsa (mamlakatlar va tumanlar roʻyxati maxsus vakolatli davlat organi tomonidan taqdim qilinadi);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
terroristik tusdagi jinoyatni sodir etganligi uchun xalqaro qidiruvda boʻlgan shaxslarning operatsiyalari (shaxslar roʻyxati maxsus vakolatli davlat organi tomonidan taqdim qilinadi);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yangi tashkil etilganiga uch oydan koʻp boʻlmagan yuridik shaxs — mijozning uning faoliyati xarakteriga muvofiq boʻlmagan maqsadlarda pul aylanmasi eng kam ish haqining 20000 baravari miqdoriga teng yoki undan oshsa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jismoniy shaxslar tomonidan bir vaqtda yoki 1 oydan oshmagan muddat davomida koʻp marotaba eng kam ish haqining 500 baravari miqdoriga teng yoki undan oshadigan umumiy summada Markaziy bankning qimmatbaho metallardan tayyorlangan tangalarini sotib olinishi.”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. 54-bandning toʻrtinchi xatboshisi “geografik hududlar” degan soʻzlardan keyin “, shuningdek mahsulot va xizmatlar yetkazish kanallari” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. 55-bandning “v” kichik bandidagi “fuqarolari boʻlmagan jismoniy shaxslar” degan soʻzlar “norezident — jismoniy shaxslar” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
birinchi xatboshidagi “bank boshqaruvi raisiga” degan soʻzlarni “tijorat banki rahbariyatiga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Rahbariyatni xabardor qilish tartibi va shakli tijorat bankining ichki qoidalari bilan belgilanadi.”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. 84-bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“84. Barcha mijozlar (lozim darajada tekshirish talab etilmaydigan mijozlar bundan mustasno) boʻyicha anketalar maxsus dasturlar yordamida elektron shaklda toʻldiriladi. Gumonli va (yoki) shubhali operatsiyalarni amalga oshiruvchi va yuqori tavakkalchilik darajasi toifasiga kiritilgan mijozlar boʻyicha anketalar reyestri elektron shaklda yuritiladi.”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. 85-banddan ikkinchi xatboshisi chiqarib tashlansin.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.10.2018-y., 10/18/2886-2/2103-son)