23.10.2018 yildagi 858-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 23.10.2018 yildagi 858-son
Date of entry into force
25.10.2018
Hujjat 25.10.2018 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori

Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining yuridik kollejlarida oʻqishni tashkil qilish choralari toʻgʻrisida
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2018-yil 13-apreldagi PQ-3666-son qarori ijrosini taʼminlash hamda davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarida talab yuqori boʻlgan tor doiradagi va ixtisosli mutaxassisliklar boʻyicha yuridik kadrlar tayyorlash tizimini yaratish, shuningdek, kasbiy yuridik taʼlim sifatini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2018-yil 13-apreldagi PQ-3666-son qarori bilan:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Adliya vazirligi tuzilmasida har bir hududda bittadan — 14 ta yuridik kollej (keyingi oʻrinlarda yuridik kollejlar deb ataladi) tashkil etilganligi;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yuridik kollejlarning oʻquv-metodik jarayonini muvofiqlashtirish, ularga amaliy va axborot-resurs jihatidan koʻmaklashish Toshkent davlat yuridik universiteti (keyingi oʻrinlarda TDYU deb ataladi) tomonidan, ularning faoliyatiga rahbarlik qilish va nazoratni tashkil etish hamda tashkiliy-kadrlar bazasini mustahkamlash esa — hududiy adliya organlari tomonidan amalga oshirilishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Quyidagilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining yuridik kollejlariga oʻqishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin va 2019-yil 1-apreldan boshlab amalga kiritilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi yuridik kollejlarining namunaviy tuzilmasi 2-ilovaga muvofiq;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining yuridik kollejlarida oʻquv yuklamasi hajmi 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziriga Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Kasb-hunar taʼlimi markazi bilan kelishgan holda yuridik kollejlar namunaviy tuzilmasiga xodimlarning belgilangan umumiy soni doirasida oʻzgartirishlar kiritish huquqi berilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Quyidagilar yuridik kollejlarning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining talab yuqori boʻlgan tor doiradagi va ixtisosli mutaxassisliklar boʻyicha tizimli fikrlash qobiliyati, ish yuritish, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qoʻllashning amaliy koʻnikmalariga ega boʻlgan va xorijiy tillarni biladigan kasb-hunar taʼlimi boʻyicha yuridik kadrlarni tayyorlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
taʼlim jarayonini oʻquv jarayoniga ilgʻor taʼlim standartlarini joriy etishga yoʻnaltirilgan zamonaviy shakllar va usullar, innovatsion pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻquv jarayoniga tegishli mutaxassislik va kasblar boʻyicha boy ish tajribasiga ega boʻlgan amaliyotchi mutaxassislarni keng jalb etgan holda yuridik taʼlim va huquqni qoʻllash amaliyotining oʻzaro yaqin hamkorligini taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
zamonaviy innovatsion oʻquv loyihalarini birgalikda amalga oshirish, shuningdek, oʻquvchilar amaliyotini tashkil etish uchun tegishli hududlardagi davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, sudlar va huquqni muhofaza qiluvchi organlar, boshqa tashkilotlar, taʼlim va ilmiy muassasalar bilan hamkorlikni har tomonlama rivojlantirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻquvchilar uchun moʻljallangan yangi avlod darsliklari, maxsus oʻquv-metodik adabiyotlar yaratishda ishtirok etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻquvchilarni maʼnaviy-axloqiy tarbiyalash samaradorligini, ularning huquqiy madaniyati va huquqiy ongini oshirish, ularda vatanparvarlik, Vatan taqdiri va kelajagiga masʼullik hamda daxldorlik tuygʻusini shakllantirish va rivojlantirish choralarini amalga oshirish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. TDYUga quyidagi vazifalar yuklansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) yuridik kollejlarda oʻquv-metodik jarayonni muvofiqlashtirishning samarali mexanizmini yaratish boʻyicha:
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“yurisprudensiya” yoʻnalishi boʻyicha zamonaviy standartlarni hisobga olgan holda kasb-hunar taʼlimi mutaxassisliklari va kasblari boʻyicha malaka talablari, oʻquv rejalari va fan dasturlarini ishlab chiqish va tasdiqlash;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yuridik kollejlarni oʻquv-metodik jarayonni tashkil etish sohasidagi yangiliklar haqida, shu jumladan, sayyor maslahatlarni oʻtkazish orqali doimiy xabardor qilishni yoʻlga qoʻyish;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
taʼlim jarayonida oʻquvchilarning mantiqiy va tizimli fikrlash, huquqiy hujjatlarni tuzish amaliy koʻnikmalarini rivojlantirishga yoʻnaltirilgan yuridik fanlarni oʻqitishning zamonaviy shakl va usullarini, pedagogik, axborot-kommunikatsiya, innovatsion texnologiyalarni qoʻllash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻquvchilar bilimini noxolis baholash ehtimolini istisno qiladigan zamonaviy baholash tizimini joriy etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
taʼlim mutaxassisliklari va kasblari doirasida oʻquvchilar amaliyotini tashkil etish va oʻtash mexanizmini takomillashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yuridik kollejlar uchun moʻljallangan yangi avlod darsliklari, maxsus oʻquv-metodik adabiyotlarni yaratish boʻyicha ishlarni tashkil etish;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) yuridik kollejlar oʻquvchilari bilim olishi va madaniyati darajasini oshirishning doimiy monitoringi olib borilishini nazarda tutadigan tizimni joriy etish boʻyicha:
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻquvchilarning klublar, toʻgaraklar va sport seksiyalari shaklidagi ijtimoiy tadbirlarda ishtirok etishini tashkil etish va hisobga olish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻquvchilarning yuridik kollejlar axborot-resurs markazlaridan foydalanishini ragʻbatlantirish;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yuridik kollejlar faoliyatiga rahbarlik qilish va nazoratni tashkil etish boʻyicha hududiy adliya organlariga doimiy asosda amaliy koʻmaklashish;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yuridik kollejlarda oʻquv jarayonini tashkil etish, ularning faoliyati samaradorligini oshirish boʻyicha normativ-huquqiy bazani takomillashtirish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga takliflar kiritish.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. TDYUga oʻquvchilarda ishga qabul qilishda talab qilinadigan bilim va koʻnikmalarni shakllantirish uchun yuridik kollejlarda umumiy oʻquv-metodik siyosatni ishlab chiqish boʻyicha vakolatli organlar, ish beruvchilar va fuqarolik jamiyati institutlari vakillaridan iborat maslahat kengashini tuzish huquqi berilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi ikki oy muddatda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yuridik kollejlar ustavlari ishlab chiqilishi va tasdiqlanishini, shuningdek, ular davlat roʻyxatidan oʻtkazilishini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yuridik kollejlar shtat jadvali va xarajatlari smetasi belgilangan tartibda tasdiqlanishini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yuridik kollejlar malakali boshqaruv va pedagog kadrlar bilan butlanishini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Kasb-hunar taʼlimi markazi bilan kelishgan holda yuridik kollejlar oʻquvchilari bilimini baholash, yakuniy davlat attestatsiyasi, shuningdek, ular tomonidan amaliyot oʻtalishi toʻgʻrisidagi nizomlar ishlab chiqilishi va tasdiqlanishini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yuridik kollejlarning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, shu jumladan, zarur oʻquv va sport asbob-uskunalari, kompyuter texnikasi, axborot-resurs fondi bilan jihozlash chora-tadbirlari dasturi ishlab chiqilishini va tasdiqlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritilishini taʼminlasin.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari yuridik kollejlarga oʻquvchilarning amaliyot oʻtashini tashkil etishda har tomonlama koʻmaklashsinlar.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Belgilansinki, yuridik kollejlarga xodimlarni ishga qabul qilish adliya organlari va muassasalari uchun belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Yuridik kollejlarga 2 tadan navbatchi yengil avtotransport vositasini saqlash uchun limit ajratilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Toshkent davlat yuridik universitetining Litsey va kollejlar bilan ishlash boʻlimi xodimlarining shtatdagi cheklangan soni 8 nafargacha koʻpaytirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Belgilansinki:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
avtotransport vositalarini sotib olish va saqlash bilan bogʻliq xarajatlar yuridik kollejlarning budjetdan tashqari mablagʻlari, budjetdan tashqari Adliya organlari va muassasalarini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hamda adliya organlari va muassasalarining budjetdan tashqari boshqa mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent davlat yuridik universitetining Litsey va kollejlar bilan ishlash boʻlimi shtat birliklarining soni koʻpaytirilishi bilan bogʻliq xarajatlar TDYU budjetdan tashqari mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarida yuridik kollejlarda kam taʼminlangan oilalardan oʻquvchilar, Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari, shuningdek, koʻzi ojiz oʻquvchilar taʼlim olishi bilan bogʻliq xarajatlar uchun zarur mablagʻlarni nazarda tutsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yuridik kollejlarga ularning xodimlari uchun belgilangan tarif stavkasining 100 foizigacha miqdorda ustamalar belgilash uchun budjetdan tashqari Adliya organlari va muassasalarini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hamda adliya organlari va muassasalarining budjetdan tashqari boshqa mablagʻlari hisobiga moddiy qoʻllab-quvvatlash huquqi berilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yuridik kollejlar xodimlariga har oylik ustamalarni belgilash uchun adliya organlari va muassasalarining budjetdan tashqari mablagʻlari hisobiga yuridik kollejlarga koʻmaklashish toʻgʻrisidagi nizomni bir oy muddatda ishlab chiqish va tasdiqlash vazifasi yuklansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Belgilansinki, 2019/2020 oʻquv yilidan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tuzilmasiga kirmagan kollejlarda “Yurisprudensiya”, “Huquqshunoslik”, “Ijtimoiy muhofaza qilish huquqshunosi” yoʻnalishlari va mutaxassisliklari boʻyicha oʻquvchilarni tayyorlash toʻxtatiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Belgilab qoʻyilsinki, ushbu yoʻnalishlar va mutaxassisliklar boʻyicha 2-3-bosqich oʻquvchilari oʻqishni yuqorida koʻrsatilgan taʼlim muassasalarida tamomlaydi va diplom oladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ular qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 4-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga qoʻshimchalar kiritilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri R. Davletov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2018-yil 23-oktabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
858-son

Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 23-oktabrdagi 858-son qaroriga
1-ILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining yuridik kollejlariga oʻqishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2018-yil 13-apreldagi PQ-3666-son qaroriga muvofiq abituriyentlarni Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining yuridik kollejlariga (keyingi oʻrinlarda yuridik kollejlar deb ataladi) oʻqishga qabul qilish tartibini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
abituriyent — yuridik kollejga oʻqishga qabul uchun hujjatlar topshirgan jismoniy shaxs;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
apellyatsiya komissiyasi — yozma imtihon (koʻzi ojiz abituriyentlar uchun tanlov) natijalari boʻyicha abituriyentlarning shikoyatlarini koʻrib chiqish uchun yuridik kollej professor-oʻqituvchilari hamda tegishli fanlar boʻyicha ekspertlardan yuridik kollejda tashkil etiladigan komissiya;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
guruh kuzatuvchisi — yozma imtihon oʻtkazish vaqtida ushbu Nizom talablari bajarilishini taʼminlash maqsadida abituriyentlar ustidan nazoratni amalga oshirish, shuningdek, yozma imtihon oʻtkazish tartibini tushuntirish boʻyicha abituriyentlarga amaliy yordam koʻrsatish uchun masʼul boʻlgan shaxs;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qabul komissiyasi — har yili tashkil etiladigan yuridik kollejga oʻqishga qabul qilishni tashkil etadigan, shuningdek, abituriyentlardan hujjatlarni qabul qilish va ularga maslahat xizmatlari koʻrsatadigan komissiya;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bino rahbari — yozma imtihon ushbu Nizom talablariga qatʼiy muvofiq ravishda oʻtkazilishini tashkil etish, shuningdek, kuzatuvchilar va abituriyentlarning faoliyatiga umumiy rahbarlik qilish va nazoratni amalga oshirish uchun masʼul boʻlgan shaxs;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
imtihon komissiyasi — yozma imtihon javoblarini xolis tekshiradigan va baholaydigan komissiya;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hududiy adliya organlari — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ekspert guruhi — yozma imtihon (koʻzi ojiz abituriyentlar uchun tanlov) savollarini tuzish maqsadida tashkil etiladigan guruh.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Yuridik kollejlarga oʻqishga qabul qilish Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi (keyingi oʻrinlarda Adliya vazirligi deb ataladi) tomonidan belgilangan qabul kvotalari doirasida toʻlov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kam taʼminlangan oilalardan abituriyentlar, Mehribonlik uylarining tarbiyalanuvchilari, shuningdek, koʻzi ojiz abituriyentlar qabul kvotalaridan tashqari Adliya vazirligi tomonidan maxsus ajratilgan oʻrinlarga qabul qilinadi. Ushbu oʻquvchilarning oʻqishi qonun hujjatlariga muvofiq davlat grantlari asosida amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Yuridik kollejlarga oʻqishga qabul qilish Adliya vazirligi tomonidan tanlov natijalariga koʻra toʻplangan ballarning reyting tizimi boʻyicha amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda koʻzi ojiz abituriyentlarni qabul qilish tanlov natijalariga koʻra koʻp balli yoxud tegishli anʼanaviy besh balli tizim asosida amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Yuridik kollejlarga oʻqishga qabul qilish boʻyicha tanlovlar yozma imtihon shaklida 1-iyuldan 10-iyulgacha boʻlgan muddatda “Huquqshunoslik” va “Ona tili va adabiyoti” (oʻzbek tili va adabiyoti, rus tili va adabiyoti, qoraqalpoq tili va adabiyoti) fanlari boʻyicha oʻtkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Yuridik kollejlarga oʻqishga qabul qilish barcha uchun teng huquqlilik, yagona qabul asosida amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Abituriyentlar yuridik kollejlarda boʻlajak oʻqitish tilida tanlovdan oʻtadilar. Bunda oʻzbek guruhlariga hujjat topshirgan abituriyentlar yuridik kollejlarga hujjatlarni qabul qilish haqidagi arizada aks ettirilgan oʻz tanloviga koʻra tanlovdan oʻzbek tilida lotin yoki kirill alifbosida oʻtish huquqiga ega.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yuridik kollejlarda oʻqitish tili tasdiqlangan qabul kvotalari doirasida abituriyentlardan hujjatlar qabul qilinishiga qadar Adliya vazirligi tomonidan belgilanadi va tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Fan dasturlari va tanlov natijalarini baholash mezonlari Adliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadi va yuridik kollejlarga yetkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Yuridik kollejlarga oʻqishga qabul qilishni tashkil etish ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq sxema boʻyicha amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-bob. Hujjatlarni qabul qilish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Qabul komissiyasi har yili, qoida tariqasida, tegishli oʻquv yilining 5-mayidan kechikmay tuziladi. Qabul komissiyasi raisi va masʼul kotibi (keyingi oʻrinlarda masʼul kotib deb ataladi) adliya vazirining buyrugʻi bilan, qabul komissiyaning qolgan aʼzolari esa yuridik kollej direktorining buyrugʻi bilan tayinlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yuridik kollej direktori lavozimi boʻyicha qabul komissiyasi raisi hisoblanadi. Qabul komissiyasining joriy ishlari masʼul kotib tomonidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Qabul komissiyasi, qoida tariqasida, hujjatlarni qabul qilish boshlanishidan bir oy oldin yuridik kollejlarga qabul qilish muddatlari, mutaxassislik va kasblar nomlari hamda qabul kvotalari haqidagi axborotni yuridik kollej veb-saytida eʼlon qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Abituriyentlarning yuridik kollejlarga oʻqishga qabul qilish haqidagi arizalari qabul komissiyasi tomonidan 1-iyundan 20-iyungacha (shu kuni ham) qabul qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Yuridik kollejlarga qabul qilishda abituriyent qabul komissiyasiga quyidagi hujjatlarni shaxsan taqdim etadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mutaxassisligi va kasbi, oʻqitish tili, taʼlim muassasasini tugatganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotni, tanlovni oʻtkazish qoidalari bilan tanishganligi xususida belgini koʻrsatgan holda ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq shakldagi ariza;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
pasport nusxasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
umumiy oʻrta taʼlim (11-sinf negizida) yoki oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasasini tugatganligi haqidagi hujjatning asli va nusxasi (agar abituriyent hujjatlarni topshirish muddatida taʼlim muassasasini tugatganligi haqidagi hujjatni olmagan boʻlsa, u tanlov oʻtkazish kuniga qadar hujjat aslini taqdim etish sharti bilan, tegishli taʼlim muassasasi tomonidan berilgan uning gerbli muhri bilan tasdiqlangan rasmiy maʼlumotnomani taqdim etadi);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3,5 x 4,5 sm oʻlchamli 6 ta rangli fotosurat.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Abituriyentning yuridik kollejga qabul qilish toʻgʻrisidagi arizasining “Oʻzim haqimda qoʻshimcha quyidagilarni maʼlum qilaman” ustunida hujjatlar bilan tasdiqlovchi holatlar (I va II guruh nogironi, “Mehribonlik uylari” tarbiyalanuvchisi, kam taʼminlangan oiladan) qayd etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qabul komissiyasi umumiy oʻrta taʼlim (11-sinf negizida) yoki oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasasini tugatganligi haqidagi hujjat nusxasini uning asli bilan taqqoslab, hujjatning aslini ariza beruvchiga qaytaradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu bandda koʻrsatib oʻtilgan hujjatlar taqdim etilsa qabul komissiyasi abituriyentning hujjatlarini qabul qilishni rad etishga haqli emas.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hujjatlar qabul qilishning belgilangan muddatlari tugagandan soʻng hujjatlarga qoʻshimchalar va oʻzgartirishlar kiritish qatʼiyan taqiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Abituriyent tomonidan topshirilgan hujjatlarning qalbakiligi yoki soxtaligi aniqlansa, u holda abituriyent tanlovdan (yuridik kollejdan) chetlashtiriladi hamda hujjatlari belgilangan tartibda huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuboriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Hujjatlarni qabul qilish davrida qabul komissiyasi har kuni yuridik kollej veb-saytida yuridik kollejda oʻqishga qabul qilish toʻgʻrisida tushgan arizalar soni haqida maʼlumot joylashtirib boradi, shuningdek, abituriyentlar va ularning ota-onalari savollariga javob berish uchun telefon aloqasini tashkil etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-bob. Yozma imtihonni oʻtkazishga tayyorgarlik koʻrish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Yozma imtihon olinadigan fanlar dasturi, qoida tariqasida, imtihon boshlanishidan bir oy oldin qabul komissiyasining axborot stendlari va yuridik kollejlar veb-saytiga joylashtiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Yozma imtihon oʻtkazilishiga qadar qabul komissiyasi raisi tomonidan tasdiqlangan jadvalga muvofiq qabul komissiyasi tomonidan maslahatlar tashkil etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Yozma imtihon savollari qabul komissiyasi tomonidan yozma imtihonning tegishli fanlari boʻyicha malakali mutaxassislar tarkibidan shakllantiriladigan ekspert guruhi tomonidan tuziladi. Ekspert guruhi faoliyatini qabul komissiyasi raisi boshqaradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Yozma imtihonni ushbu Nizom talablariga qatʼiy muvofiq ravishda tashkil etish va oʻtkazish boʻyicha masʼuliyat qabul komissiyasi raisi, masʼul kotib, yozma imtihon oʻtkaziladigan bino rahbari va guruh kuzatuvchilari, shuningdek, imtihon komissiyasi aʼzolari zimmasiga yuklanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Yozma imtihonni oʻtkazish jadvali masʼul kotibning taqdimnomasi boʻyicha yuridik kollej direktori tomonidan tasdiqlanadi. Buyruqqa yozma imtihonda ishtirok etish huquqiga ega abituriyentlar roʻyxati ilova qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Yozma imtihonni oʻtkazish jarayoni videotasvirga tushiriladi. Videotasvirdan nusxa koʻchirish taqiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Yozma imtihon katta sigʻimdagi, imtihonlarning yuqori darajada ochiqlik va shaffofligini hamda imtihon jarayoni videokuzatuvlar orqali jamoatchilik, shu jumladan, abituriyentlarning ota-onalari tomonidan real vaqt rejimi (onlayn) kuzatib borilishini taʼminlaydigan binolarda (keyingi oʻrinlarda bino deb ataladi) oʻtkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Binoni tayyorlash uchun javobgarlik masʼul kotib zimmasiga yuklanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. Binoda imtihon materiallarini tarqatish va toʻplash uchun seyflar (materiallarni saqlash uchun) va aloqa vositalari bilan taʼminlangan maxsus xona (shtab) tayyorlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23. Binolarda yozma imtihonni oʻtkazish uchun zarur boʻlgan texnik, tibbiy va maishiy sharoitlar yaratilishi kerak. Binolar sanitariya va yongʻin xavfsizligi qoidalariga toʻliq javob berishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24. Binoda yozma imtihon jarayonini toʻliq nazorat qilish maqsadida, qoida tariqasida, 30 nafar abituriyentdan iborat guruhlar tashkil etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bino va guruhlarning alohida tartib raqami takrorlanmaydigan ketma-ketlikda raqamlangan boʻlishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25. Har bir guruh alohida oʻtirish oʻrniga ega boʻlgan 30 tadan stol va stul bilan taʼminlanib, stollar birdan oʻttizgacha raqamlanishi lozim. Har bir guruhga ikki nafar kuzatuvchi biriktiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
26. Binoda yozma imtihonlarni oʻtkazish talablariga rioya etilishini taʼminlash boʻyicha shaxsiy javobgarlik bino rahbari va guruh kuzatuvchilari zimmasiga yuklanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bino rahbari adliya vaziri tomonidan, guruh kuzatuvchilari esa yuridik kollej direktorining buyrugʻi bilan adliya organlari hamda boshqa tashkilotlarning vakillaridan ularning rahbarlari bilan kelishgan holda tayinlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-bob. Yozma imtihonlarni oʻtkazish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
27. Yozma imtihon soat 9.00 da boshlanadi va 2 soat davom etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
28. Abituriyentlar binoga pasport bilan tegishli navbat boʻyicha kiritiladi. Kirishda videokuzatuv olib boriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
29. Abituriyentlar binoga soat 8.30 gacha kiritiladi. Soat 8.30 dan keyin abituriyentlar binoga kiritilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
30. Guruh kuzatuvchilari soat 8.30 gacha bino rahbaridan guruh roʻyxatini, imtihon biletlari joylashtirilgan konvertlarni, savollarga javob yozish uchun moʻljallangan qatʼiy hisobda turuvchi raqamlanib muhrlangan daftarlarni oladi, shuningdek, pasportlarni guruh roʻyxati bilan tekshirgan holda abituriyentlarni binoga kiritadi. Abituriyentlar roʻyxatda koʻrsatilgan oʻringa oʻtiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yozma imtihon oʻtkazish vaqtida imtihonga yetib kelmagan abituriyentlar oʻrinlari boʻsh qoladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
31. Guruh kuzatuvchilari ikki nafar abituriyent guvohligida imtihon biletlari joylashtirilgan konvertlarning muhrlanganligiga ishonch hosil qilib, konvertni ochadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kuzatuvchilar imtihon biletlari hamda savollarga javob yozish uchun moʻljallangan qatʼiy hisobda turuvchi raqamlanib muhrlangan daftarlarni abituriyentlarga tartib bilan tarqatadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bino rahbari abituriyentlarga daftarning muqovasiga oʻzining familiyasi, ismi va otasining ismini yozish, shuningdek, daftar varaqlarini bukmaslik, unga har xil belgilar qoʻymaslik, yozuvlarning tagiga chizmaslik, koʻk havorang sharikli ruchkadan boshqa rangdagi ruchkada yozmaslik kerakligini tushuntiradi hamda ushbu talablarga rioya qilmaslik yozma imtihon oʻtkazish tartibini buzish deb hisoblanishi haqida ogohlantiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
32. Guruh kuzatuvchilari soat 9.00 gacha abituriyentlarga daftar olganligini tasdiqlovchi imzo qoʻydiradi va uning yoniga abituriyent olgan daftarning tartib raqamini yozib qoʻyadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yozma imtihonga kelmagan taqdirda guruh roʻyxatiga “qatnashmadi” degan yozuv kiritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
33. Bino rahbari soat 9.00 da yozma imtihon boshlanganligini eʼlon qiladi hamda yozma imtihonning boshlanish va tugash vaqtini doskaga yozib qoʻyadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
34. Imtihon biletlariga javoblar daftarga havo rang pastali sharikli ruchkada tushunarli husnixat bilan yozilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
35. Abituriyentlarga yozishda qisqartma soʻzlardan foydalanish, soʻzlarning osti yoki ustiga chizish, daftarning turli nuqtalariga, xususan, hoshiya qismiga tushunarsiz belgilar qoʻyish, shuningdek, berilgan savollarning javobi bilan bogʻliq boʻlmagan soʻzlarni yozish, yozma imtihon materiallarini boshqa abituriyentga uzatish, boshqa abituriyentlarga yordam berish taqiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Abituriyent tomonidan uyali telefon yoki boshqa aloqa va telekommunikatsiya vositalarini olib kirish va foydalanish qatʼiyan taqiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
36. Yozma imtihonga uyali telefon, kompyuter yoki boshqa aloqa va telekommunikatsiya vositalarini, lugʻat, kitoblar, shpargalkalar olib kirishga harakat qilgan yoki olib kirgan, imtihon jarayonida imtihon materiallarini boshqaga uzatgan yoki yordam bergan, yozma imtihon uchun ajratilgan vaqt tugaganidan keyin imtihon materiallarini topshirmagan, imtihon materiallarini bino tashqarisiga olib chiqqan abituriyent yozma imtihon oʻtkazish tartibini buzgan hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
37. Yozma imtihon davomida abituriyentlarga binodan chiqish taqiqlanadi. Oʻzboshimchalik bilan binoni tark etgan abituriyentlar yozma imtihon oʻtkazish tartibini buzgan hisoblanadi. Sogʻligʻining yomonlashishi va boshqa zarur holatlarda imtihon materiallarini binoda qoldirib, kuzatuv ostida binodan chiqishga ruxsat beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
38. Yozma imtihon oʻtkazishning belgilangan tartibini buzgan abituriyentlar yozma imtihondan chetlashtiriladi, yozma imtihondan chetlashtirish boʻyicha ushbu Nizomga 3-ilovada berilgan shaklga muvofiq bino rahbari va guruh kuzatuvchisi tomonidan dalolatnoma rasmiylashtiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
39. Yozma imtihondan chetlashtirilgan abituriyentlarning yozma ishlari baholanmaydi va ular imtihonda ishtirok etmagan hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
40. Bino rahbari soat 11.00 da yozma imtihon vaqti tugaganligini eʼlon qiladi va guruh kuzatuvchilariga javoblar yozilgan daftarlarni yigʻishga koʻrsatma beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
41. Yozma imtihon uchun ajratilgan vaqt tugagandan soʻng abituriyentlar imtihon materiallarini topshiradi. Belgilangan muddatdan oldin javob yozishni tugatgan abituriyentlar imtihon materiallarini muddatidan oldin topshirishlari mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
42. Barcha daftarlar, shu jumladan, imtihon vaqtida ishlatilmagan daftarlar hamda yozma imtihondan chetlashtirilganligi haqidagi dalolatnoma yelimlangan daftarlar alohida tegishli qutilarga joylashtiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
43. Guruh kuzatuvchisi soat 11.15 dan kechikmasdan barcha qutilarni bino rahbariga topshiradi, bino rahbari esa topshirish vaqtini qayd etib, tegishli reyestrga imzo qoʻyadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
44. Bino rahbari yozma imtihon savollariga javoblar yozilgan daftarlar solingan qutilarni guruh kuzatuvchilaridan qabul qilib olgach, daftarlarning muqovasi va birinchi varagʻiga maxsus shifrlar qoʻyib, daftar muqovasini uning boshqa varaqlariga shikast yetkazmagan holda yirtib oladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoʻyilgan shifrlarning sir saqlanishi uchun bino rahbari shaxsan javobgar hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
45. Imtihon komissiyasi yozma imtihonlar oʻtkazilishidan bir kun oldin tuziladi. Imtihon komissiyasi adliya vaziri tomonidan, imtihon komissiyasining boshqa aʼzolari yuridik kollej direktorining buyrugʻi bilan tayinlanadi. Imtihon komissiyasi aʼzolarining soni yozma imtihonda ishtirok etayotgan abituriyentlarning umumiy sonidan kelib chiqqan holda yuridik kollej direktori tomonidan belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
46. Imtihon komissiyasi aʼzolari yozma imtihon oʻtkaziladigan kuni soat 11.00 dan kechikmay yozma imtihon natijalarini tekshirish va baholash uchun ajratilgan va video kuzatish tizimi bilan jihozlangan xonaga oʻz pasportlari bilan yetib kelishlari shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
47. Imtihon komissiyasi raisi imtihon javoblari yozilgan daftarlar solingan qutilarni bino rahbaridan qabul qilib oladi. Imtihon komissiyasiga shifr qoʻyilmagan daftarlarni topshirishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
48. Imtihon komissiyasi raisi abituriyentlarning javoblari yozilgan daftarlar solingan qutilarni imtihon komissiyasi aʼzolari ishtirokida ochib, barcha daftarlarning muqovalari ajratilganligi va shifrlanganligini tekshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Muqovasi ajratilmagan, shifrlanmagan yoki abituriyentning shaxsini aniqlash imkonini beruvchi boshqa belgilari mavjud boʻlgan daftarlar aniqlangan taqdirda, dalolatnoma tuziladi va bunday ishlar tekshirilmaydi. Bunda shifrlanmagan, muqovali ishlar bino rahbariga shifr qoʻyish uchun qaytariladi, shundan soʻng ular yana tekshirish uchun imtihon komissiyasiga topshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
49. Imtihon komissiyasi raisi imtihon natijalari yozilgan daftarlarni komissiya aʼzolariga taqsimlab beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
50. Yozma imtihon javoblari tasdiqlangan baholash mezonlariga muvofiq imtihon komissiyasi aʼzolari tomonidan tekshirilib, baholanadi va xulosa yoziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
51. Abituriyentlarning yozma imtihon boʻyicha olgan ballari imtihon komissiyasi tomonidan tegishli shifr raqamlaridan iborat boʻlgan qaydnomaga kiritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yozma imtihonning har bir fani boʻyicha qaydnoma alohida tuziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
52. Yozma imtihon javoblari yozilgan daftarlar va qaydnoma qutilarga solinadi hamda imtihon komissiyasi raisi tomonidan bino rahbariga topshiriladi. Bino rahbari ushbu qutilarni shifrlangan daftarlarning muqovalari bilan birga qabul komissiyasi raisiga yigʻma qaydnomaga kiritish uchun topshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
53. Yozma imtihon ballari “Huquqshunoslik” va “Ona tili va adabiyoti” fanlari boʻyicha alohida qaydnomalarga abituriyentning ismi, otasining ismi va familiyasi hamda daftarlar muqovasidagi shifr raqamlari koʻrsatilgan holda kiritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yozma imtihon natijalari har bir fan boʻyicha qabul komissiyasi tomonidan yigʻma qaydnomaga kiritiladi va shu asosida yozma imtihonning umumiy ballari chiqariladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
54. Abituriyentning yozma imtihondagi eng yuqori balli 150 ballni tashkil qiladi. Ushbu ballar quyidagicha shakllanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Huquqshunoslik” fani boʻyicha — 0 dan 100 ballgacha;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Ona tili va adabiyoti” fani boʻyicha — 0 dan 50 ballgacha.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
55. Har bir fan boʻyicha yozma imtihon uchun belgilangan eng yuqori balldan 55 foizini yoki undan kamni toʻplagan, shuningdek, belgilangan vaqtda yozma imtihonga kelmagan abituriyentlar yuridik kollejlarga qabul qilinmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
56. Yigʻma qaydnomada abituriyentlar roʻyxati har bir mutaxassislik va kasb boʻyicha toʻplangan eng yuqori balldan boshlab kamayib borish tartibida joylashtiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kam taʼminlangan oilalardan abituriyentlar, Mehribonlik uylarining tarbiyalanuvchilari, shuningdek, koʻzi ojiz abituriyentlar natijalari alohida yigʻma qaydnomalarda koʻrsatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
57. Yozma imtihon natijalari imtihon oʻtkazilgan kundan keyingi ish kunida qabul komissiyasi axborot stendlari va yuridik kollejlar veb-saytida eʼlon qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
58. Abituriyentning yozma imtihon natijalariga jiddiy taʼsir koʻrsatishi mumkin boʻlgan yozma imtihonni tashkil etish va oʻtkazish tartibi buzilishi aniqlanganda, tanlov natijalari bekor qilinadi, abituriyent oʻqishga qabul qilingan boʻlsa, u yuridik kollej oʻquvchilari safidan chetlashtiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
59. Yuridik kollejlarga qabul qilish uchun yozma imtihonni qayta oʻtkazish taqiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yozma imtihonga belgilangan vaqtda yetib kelmagan abituriyentlar uchun qoʻshimcha yozma imtihon oʻtkazilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-bob. Koʻzi ojiz abituriyentlar uchun tanlovni tashkil etish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
60. Koʻzi ojiz abituriyentlarni qabul qilish uchun tanlov yozma imtihon uchun belgilangan fanlar boʻyicha koʻp balli yoxud anʼanaviy besh balli tizim asosida oʻtkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
61. Koʻzi ojizlar toifasiga quyidagi abituriyentlar kiradi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
maxsus maktab-internatlar tomonidan koʻzi ojizlar uchun berilgan oʻrta taʼlim (11-sinf negizida) yetuklik attestatiga ega shaxslar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
imkoniyati cheklangan shaxslar uchun ixtisoslashgan oʻrta maxsus kasb-hunar kollejlari tomonidan koʻzi ojizlar uchun berilgan diplomga ega shaxslar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9 yillik koʻzi ojizlar maxsus maktab internatida oʻqigan va 3 yillik oʻrta maxsus kasb-hunar taʼlim muassasasi diplomiga ega boʻlgan shaxslar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
umumiy oʻrta taʼlim (11-sinf negizida) hujjati yoki akademik litsey (kasb-hunar kolleji) diplomiga ega boʻlgan koʻzi boʻyicha 1-guruh nogironligi toʻgʻrisida belgilangan tartibda berilgan maʼlumotnomaga ega boʻlgan shaxslar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
62. Fanlar boʻyicha kirish imtihonlarini oʻtkazish shakli (yozma yoki ogʻzaki) Adliya vazirligi bilan kelishgan holda qabul komissiyasi tomonidan belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
63. Koʻzi ojiz abituriyentlarga doimiy yordam berish uchun qabul komissiyasi tomonidan masʼul xodim ajratiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
64. Tanlovni oʻtkazish jadvali masʼul kotibning taqdimnomasi asosida yuridik kollej direktorining buyrugʻi bilan tasdiqlanadi. Buyruqqa tanlovda ishtirok etish huquqiga ega abituriyentlar roʻyxati ilova qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
65. Qabul komissiyasi tomonidan tanlovni oʻtkazish uchun fanlar boʻyicha komissiyalar tashkil etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
66. Fanlar boʻyicha tanlov dasturlari umumiy oʻrta, oʻrta maxsus va kasb-hunar fanlari dasturlariga toʻla muvofiq holda tuziladi va Adliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
67. Tanlovni oʻtkazuvchi komissiya tarkibiga Oʻzbekiston koʻzi ojizlar jamiyatining vakili kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
68. Tanlov oʻtkazilishiga qadar qabul komissiyasi tomonidan tanlov fanlari boʻyicha koʻzi ojiz abituriyentlar uchun maslahatlar tashkil etiladi. Uning jadvali qabul komissiyasi raisi tomonidan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
69. Har bir fan boʻyicha tanlov uchun belgilangan eng yuqori balldan 55 foizini yoki undan kamni (besh balli baholash tizimida baholanganda — “3” bahodan pastni) toʻplagan, shuningdek, belgilangan vaqtda yozma imtihonga kelmagan koʻzi ojiz abituriyentlar yuridik kollejlarga qabul qilinmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
70. Yuridik kollejlarga qabul qilish uchun koʻzi ojizlar uchun tanlovni qayta oʻtkazish taqiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tanlovga belgilangan vaqtda yetib kelmagan koʻzi ojiz abituriyentlar uchun qoʻshimcha tanlov oʻtkazilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
71. Tanlov natijalari har bir fan boʻyicha komissiya tomonidan yigʻma qaydnomaga kiritiladi va shu asosida tanlovning umumiy ballari chiqariladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
72. Yigʻma qaydnomada koʻzi ojiz abituriyentlar roʻyxati har bir mutaxassislik va kasb boʻyicha koʻp balli yoxud tegishli anʼanaviy besh balli tizim asosida toʻplangan eng yuqori balldan boshlab kamayib borish tartibida joylashtiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
73. Tanlov natijalari koʻzi ojiz abituriyentlarga tanlov oʻtkazilgan kuni eʼlon qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6-bob. Apellyatsiya shikoyatlarini koʻrib chiqish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
74. Yozma imtihonlar (koʻzi ojiz abituriyentlar uchun tanlov) natijalari yuzasidan abituriyentlarning shikoyatlarini koʻrib chiqish uchun yuridik kollej direktorining buyrugʻi bilan apellyatsiya komissiyasi tashkil etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shikoyat yozma imtihon (koʻzi ojiz abituriyentlar uchun tanlov) natijasi eʼlon qilingan kundan boshlab ikki ish kuni mobaynida apellyatsiya komissiyasiga berilishi mumkin. Apellyatsiya qabul qilinganligi toʻgʻrisida abituriyentga xabarnoma yuboriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
75. Apellyatsiya komissiyasi tarkibiga yuridik kollejning pedagog xodimlari, tegishli fanlar boʻyicha ekspertlar hamda Oʻzbekiston koʻzi ojizlar jamiyati vakili (shikoyat koʻzi ojiz abituriyent tomonidan berilganda) kiritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Zarur hollarda, apellyatsiyani koʻrib chiqish jarayoniga imtihon komissiyasi aʼzolari, shuningdek, tegishli masalalar boʻyicha bino rahbari va guruh kuzatuvchilari jalb qilinishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
76. Shikoyat tushgan kuni shikoyat qilgan abituriyentning yozma imtihon materiallari masʼul kotib tomonidan apellyatsiya komissiyasiga topshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
77. Shikoyat bergan shaxs xabarnomada nazarda tutilgan vaqtda apellyatsiya komissiyasiga pasporti bilan kelishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
78. Shikoyatni koʻrib chiqish vaqtida ariza beruvchiga yozma imtihon savollariga javoblar yozgan daftari uning iltimosiga koʻra beriladi. Ariza beruvchi oʻz eʼtirozlarini yozib, unga berilgan materiallar bilan birga apellyatsiya komissiyasiga topshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
79. Apellyatsiya komissiyasi tomonidan shikoyatlarni koʻrib chiqish ikki ish kunidan oshmasligi va natijasi boʻyicha qaror qabul qilinishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
80. Shikoyatda koʻrsatilgan vajlar oʻz tasdigʻini topmasa, apellyatsiya komissiyasi yozma imtihon natijalarini oʻzgarishsiz qoldirish va apellyatsiyani qanoatlantirishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
81. Shikoyatda koʻrsatilgan vajlar oʻz tasdigʻini topgan taqdirda abituriyentning yozma imtihon ishiga (koʻzi ojiz abituriyentlar uchun tanlov boʻyicha koʻp balli yoxud tegishli anʼanaviy besh balli tizim asosida uzil-kesil ball) apellyatsiya komissiyasi tomonidan uzil-kesil ball qoʻyiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
82. Apellyatsiya komissiyasi tomonidan qabul qilingan qaror toʻgʻrisida ariza beruvchiga maʼlumot taqdim etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
83. Yigʻma qaydnomalar, apellyatsiya komissiyasining qarorlari asosida yuridik kollejlarga qabulning uzil-kesil natijasi aniqlanadi va tanlov qaydnomasiga kiritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kvota doirasida toʻlov-kontrakt asosida qabul qilinayotgan abituriyentlar, kam taʼminlangan oilalardan abituriyentlar, Mehribonlik uylarining tarbiyalanuvchilari, shuningdek, koʻzi ojiz abituriyentlar uchun tanlov qaydnomalari alohida tuziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tanlov qaydnomalari yuridik kollej direktori tomonidan tasdiqlanadi va 25-iyulga qadar yuridik kollejga oʻqishga qabul qilish toʻgʻrisida qaror qabul qilish uchun Adliya vazirligiga yuboriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7-bob. Abituriyentlarni oʻqishga qabul qilish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
84. Adliya vazirligining abituriyentlarni yuridik kollejlarga oʻqishga qabul qilish toʻgʻrisidagi qarori, qoida tariqasida, 10-avgustdan kechikmay qabul qilinadi. Adliya vazirligining qarori adliya vazirining buyrugʻi shaklida rasmiylashtiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
85. Qabul Adliya vazirligi tomonidan:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qabul kvotalari doirasida toʻlov-kontrakt asosida;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qabul kvotalaridan tashqari davlat grantlari asosida — kam taʼminlangan oilalardan abituriyentlar, Mehribonlik uylarining tarbiyalanuvchilari, shuningdek, koʻzi ojiz abituriyentlarga nisbatan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Adliya vazirligining qarori 20-avgustgacha kam taʼminlangan oilalardan abituriyentlar, Mehribonlik uylarining tarbiyalanuvchilari, shuningdek, koʻzi ojiz abituriyentlarni oʻqishga qabul qilish toʻgʻrisida yuridik kollej direktorining buyrugʻini rasmiylashtirish uchun asos hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
86. Adliya vazirligi tomonidan abituriyentlarni toʻlov-kontrakt asosida oʻqishga tavsiya etish toʻgʻrisida qaror qabul qilingandan keyin yuridik kollejlar bilan yuridik yoki jismoniy shaxslar oʻrtasida belgilangan tartibda kontraktlar rasmiylashtiriladi. Toʻlov-kontrakt asosida oʻqishning toʻlov miqdori qonun hujjatlariga muvofiq belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Belgilangan namunadagi kontrakt blankalari Adliya vazirligi qarori qabul qilingan kundan boshlab beriladi hamda yuridik kollej direktori va bosh buxgalteri imzosi bilan rasmiylashtiriladi (yuridik shaxslar uchun 3 nusxada, jismoniy shaxslar uchun 2 nusxada).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Adliya vazirligi tomonidan yuridik kollejda oʻqishga tavsiya etilgan abituriyentlar uchun toʻlov har yili kontrakt shartlarida koʻrsatilgan muddatlarda amalga oshiriladi. Abituriyentlarni oʻqishga qabul qilish yuridik hamda jismoniy shaxslar tomonidan kontrakt toʻlovi miqdori 15-sentabrdan kechiktirmay toʻlangandan soʻng yuridik kollej direktorining buyrugʻi bilan rasmiylashtiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu abituriyentlarga 2-sentabrdan boshlab darslarga qatnashishiga ruxsat etish toʻgʻrisida buyruq rasmiylashtiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8-bob. Xorijiy fuqarolarni qabul qilish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
87. Xorijiy fuqarolarni (xorijiy davlat fuqarosi boʻlgan jismoniy shaxsni, shuningdek, xorijiy davlat hududida doimiy ravishda istiqomat qiladigan fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni) yuridik kollejga oʻqishga qabul qilish yuridik kollejlar tomonidan belgilangan tartibda oʻtkaziladigan suhbat natijasi boʻyicha amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
88. Xorijiy fuqarolarni yuridik kollejlarga oʻqishga qabul qilish qabul kvotasidan tashqari, Adliya vazirligi tomonidan belgilangan oʻrinlar soniga muvofiq, toʻlov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
89. Adliya vazirligining xorijiy fuqarolarni yuridik kollejlarga oʻqishga qabul qilish toʻgʻrisidagi qarori, qoida tariqasida, 25-avgustdan kechikmay qabul qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
90. Adliya vazirligi tomonidan xorijiy fuqarolarni oʻqishga qabul qilish toʻgʻrisida qaror qabul qilingandan keyin yuridik kollej bilan jismoniy va yuridik shaxslar oʻrtasida belgilangan tartibda kontraktlar tuziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Belgilangan namunadagi kontrakt blankalari Adliya vazirligining qarori eʼlon qilingan kundan boshlab beriladi va TDYU rektori va bosh buxgalteri tomonidan imzolangan holda (yuridik shaxslar uchun 3 nusxada, jismoniy shaxslar uchun 2 nusxada) rasmiylashtiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
91. Xorijiy fuqarolar oʻqish uchun toʻlovni har yili kontrakt shartlarida koʻrsatilgan muddatlarda amalga oshiradi. Toʻlov-kontrakt asosida oʻqishning toʻlov miqdori qonun hujjatlariga muvofiq belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
92. Xorijiy fuqarolarni oʻqishga qabul qilish jismoniy yoki yuridik shaxslar tomonidan oʻqish uchun kontraktda belgilangan pul mablagʻlari summasi 15-sentabrdan kechiktirilmay toʻlangandan soʻng yuridik kollej direktorining buyrugʻi bilan rasmiylashtiriladi. Xorijiy fuqarolarga 2-sentabrdan boshlab oʻquv mashgʻulotlariga qatnashishga ruxsat etish toʻgʻrisida buyruq rasmiylashtiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9-bob. Yakunlovchi qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
93. Yuridik kollejlarga oʻqishga qabul qilingan abituriyentlarning yozma imtihon (koʻzi ojiz abituriyentlar uchun tanlov) natijalaridan tegishli koʻchirmalar ularning shaxsiy hujjatlar yigʻmajildlariga tikib qoʻyiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻqishga qabul qilinmagan abituriyentlarning yozma imtihon (koʻzi ojiz abituriyentlar uchun tanlov) natijalari 6 oy davomida saqlanadi, soʻng belgilangan tartibda yoʻq qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
94. Tanlovlarni tashkil etish va oʻtkazish bilan bogʻliq xarajatlar yuridik kollejlarning budjetdan tashqari mablagʻlari, shuningdek, budjetdan tashqari Adliya organlari va muassasalarini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hamda adliya organlari va muassasalarining budjetdan tashqari boshqa mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
95. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining yuridik kollejlariga oʻqishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga

Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining yuridik kollejlariga oʻqishga qabul qilishni tashkil etish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
SXEMASI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining yuridik kollejlariga oʻqishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA

________________________________________‎‎

‎‎(yuridik kollej nomi)

‎‎direktori _______________________________

(F.I.O.)

‎‎_____________________________________ dan

(abituriyent F.I.Sh. (toʻliq yoziladi))‎‎

___________________________________________ yuridik kollejiga‎‎

‎‎oʻqishga qabul qilish toʻgʻrisida

‎‎A R I Z A

‎‎ _____Menga _____________________________ mutaxassisligi boʻyicha __________________________ tilida oʻqish uchun

(mutaxassislik, kasb nomi)

‎‎(oʻzbek, rus, qoraqalpoq)

‎‎tanlovdan oʻtishga ruxsat berishingizni soʻrayman.
‎‎_____ Maʼlumotim ____________________________________. _____ yilda _____________________________________

‎‎‎‎(umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, kasb-hunar)

‎‎‎‎(taʼlim muassasasi nomi)

‎‎______________________________________________________________________________________ ni tamomlaganman.
‎‎
_____ Maʼlumot haqidagi hujjat (diplom, attestat): seriya ____________ № _____________________________________
_____ Tugʻilgan sanam va joyim: ___________ yil “______” ___________ da _____________________________________

_________ (yil) _________(kun) ________ (oy)

‎‎(tugʻilgan joy)

_____________________________________________________________________________________________________
‎‎_____ Fuqaroligim: ____________________________________________________________________________________

‎‎(fuqarolik pasport yoki uning oʻrnini bosadigan hujjat boʻyicha koʻrsatiladi)

‎‎_____ Doimiy yashash joyim ______________________________________________________________________________

‎‎‎‎(mamlakat, viloyat, shahar, tuman, qishloq, koʻcha, uy va kvartira raqami (toʻliq))
‎‎

‎‎_____ Pasportga oid maʼlumotlar: ____________ __________________ _________________________________________

(seriya)

‎‎(raqami)

‎‎(kim tomondan va qachon berilgan)

‎‎_____ Oʻzim haqimda qoʻshimcha quyidagilarni maʼlum qilaman:

‎‎_____________________________________________________________________________________________________

‎‎(I va II guruh nogironi, Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchisi, kam taʼminlagan oiladan)

‎‎_______________________

__________________‎‎

_____________________________

(F.I.O.)

‎‎(imzo)

(ariza berilgan sana)‎‎

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining yuridik kollejlariga oʻqishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
3-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

‎‎‎Yozma imtihondan chetlashtirish haqidagi DALOLATNOMA

‎‎_____________________ shahri ‎‎20____ yil “_____” ________________
Biz, quyida imzo chekuvchilar shuni tasdiqlaymizki, abituriyent

‎‎_____________________________________________________________________________________________________

‎‎(F.I.Sh.)

‎‎quyidagi sabablarga koʻra yozma imtihondan soat _____:_____ da chetlatildi:

‎‎

‎‎taqiqlangan vositalardan foydalangan (uyali telefon, kompyuter hamda boshqa aloqa va telekommunikatsiya vositalari, lugʻat, kitob, shpargalka);

‎‎
‎‎boshqa abituriyentga yozma imtihon materiallarini bergan;

‎‎
‎‎abituriyentga yordam bergan;

_____________________________________________________________________________________________________

‎‎‎‎(Nizomda nazarda tutilgan boshqa holatlar)
‎‎

Abituriyent tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining yuridik kollejlariga oʻqishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisida nizomning _____ bandlari talablari buzilgan.
‎‎1. Bino rahbari _______________________________________________‎‎ ___________________‎‎

‎‎(F.I.O.)

(imzo)

2. Guruh kuzatuvchisi‎‎ _______________________________________________ ___________________‎‎

‎‎(F.I.O.)‎

(imzo)‎‎

3. Guruh kuzatuvchisi‎‎ _______________________________________________‎‎ ___________________‎‎

‎‎(F.I.O.)

(imzo)‎‎

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
‎‎Izoh: ushbu dalolatnoma abituriyentga berilgan daftarga tikib qoʻyiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 23-oktabrdagi 858-son qaroriga
2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining yuridik kollejlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NAMUNAVIY TUZILMASI

Xodimlarning belgilangan umumiy soni 30 — 46 shtat birligidan iborat (kafedralar professor-oʻqituvchilari va oʻquv-yordamchi xodimlari, foydalanish-xoʻjalik boʻlimining texnik va xizmat koʻrsatuvchi xodimlari, oʻquvchilar yashash uylari xodimlari, shuningdek, direktor va uning oʻrinbosarlari kotib-ish yurituvchilaridan tashqari), yuridik kollejlar boʻyicha xodimlarning aniq soni Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
* Direktor bir vaqtning oʻzida tegishli ravishda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vaziri, viloyatlar yoki Toshkent shahri adliya boshqarmalari boshligʻi hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
** Kafedralarning professor-oʻqituvchilari tarkibi va oʻquv-yordamchi xodimlari, foydalanish-xoʻjalik boʻlimining texnik va xizmat koʻrsatuvchi xodimlari, oʻquvchilar yashash uylari xodimlari, shuningdek, direktor va uning oʻrinbosarlarining kotib-ish yurituvchilari soni qonun hujjatlarida belgilangan normativlar boʻyicha aniqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 23-oktabrdagi 858-son qaroriga
3-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining yuridik kollejlarida oʻquv yuklamasi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hajmi

Kunduzgi taʼlim shaklida auditoriya mashgʻulotlarining maksimal hajmi haftasiga 30 soat hajmida belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Taʼlim muddati 2 yil etib belgilanganda oʻquv jarayonining davomiyligi 100 haftani tashkil etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻquv vaqtining umumiy hajmi quyidagicha taqsimlanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
nazariy taʼlim — 56 — 70 %;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
attestatsiya — 10 — 20 %;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
taʼtillar — 12 — 20 %;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
amaliyot — 4 — 18 %.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Nazariy taʼlim vaqtining hajmi fanlar bloklari boʻyicha quyidagicha taqsimlanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
nomutaxassislik fanlari — 30 — 50 %;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mutaxassislik fanlari — 50 — 70 %.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻquv yilida taʼtil vaqtining umumiy hajmi 6 — 10 hafta etib belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 23-oktabrdagi 858-son qaroriga
4-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlari kiritilayotgan
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
QOʻSHIMCHALAR

1. Vazirlar Mahkamasining “Umumiy oʻrta va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimining davlat taʼlim standartlarini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2017-yil 6-apreldagi 187-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2017-y., 14-son, 230-modda):
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-bobning 1-paragrafiga quyidagi mazmundagi 161-band qoʻshilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“161. Ushbu paragraf qoidalari Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining yuridik kollejlariga nisbatan tatbiq etilmaydi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18-bandga quyidagi mazmundagi xatboshi qoʻshilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi yuridik kollejlarining malaka talablari Toshkent davlat yuridik universiteti tomonidan ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) 3-ilovaning 3-bandiga quyidagi mazmundagi xatboshi qoʻshilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi yuridik kollejlarining oʻquv dasturlari, davlat attestatsiyasi uchun umumtaʼlim fanlari boʻyicha nazorat-baholash koʻrsatkichlari Toshkent davlat yuridik universiteti tomonidan ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 11-fevraldagi 40-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2009-y., 2-son, 11-modda) bilan tasdiqlangan Kasb-hunar kollejlari oʻquvchilari tomonidan korxonalar, muassasalar va tashkilotlarda ishlab chiqarish amaliyotini oʻtash tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 1-bandiga quyidagi mazmundagi xatboshi qoʻshilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining yuridik kollejlari oʻquvchilariga tatbiq etilmaydi”.