Hujjat kuchini yo‘qotgan 03.01.2025 11.02.2009 yildagi 40-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 11.02.2009 yildagi 40-son
Date of entry into force
11.02.2009
Hujjat kuchini yo‘qotgan 03.01.2025
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori

KASB-HUNAR KOLLEJLARI O‘QUVCHILARINING ISHLAB CHIQARISH AMALIYOTINI TASHKIL ETISH VA O‘TKAZISHNI TAKOMILLASHTIRISH TO‘G‘RISIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 28-dekabrdagi 900-sonli “Kasbiy ta’lim tashkilotlari o‘quvchilarining ishlab chiqarish amaliyotini tashkil etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Ta’lim to‘g‘risida”, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1998-yil 13-maydagi 204-son qaroriga muvofiq, malakali mutaxassislar tayyorlashning yuqori sifatini va ularning amaliy ko‘nikmalarni yanada samarali egallashini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Kasb-hunar kollejlari o‘quvchilari tomonidan korxonalar, muassasalar va tashkilotlarda ishlab chiqarish amaliyotini o‘tash tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari kasb-hunar kollejlari bilan korxonalar, muassasalar, tashkilotlar o‘rtasida ularda o‘quvchilarning ishlab chiqarish amaliyotini o‘tkazish yuzasidan shartnomalar tuzishda ko‘maklashsinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi, tasarrufida kasb-hunar kollejlari bo‘lgan vazirliklar va idoralar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kasb-hunar kollejlari o‘quvchilari tomonidan ishlab chiqarish amaliyotini tasdiqlangan Nizomga muvofiq o‘tash tartibining har bir tuman (shahar) hokimligiga, har bir kasb-hunar kolleji, korxona, muassasa va tashkilot rahbarlariga yetkazilishini bir oy muddatda ta’minlasinlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kasb-hunar kollejlari o‘quvchilarining korxonalar, muassasalar va tashkilotlarda ishlab chiqarish amaliyotini o‘tkazishning zarur darajada, sifatli tashkil etilishi yuzasidan rejali nazoratni amalga oshirsinlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kasb-hunar kollejlari o‘quvchilarining korxonalar, muassasalar va tashkilotlarda ishlab chiqarish amaliyotini tashkil etish va o‘tkazishning ahvoli yuzasidan muntazam ravishda monitoring olib borsinlar, uni o‘rgansinlar va tahlil qilsinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari R.S. Qosimov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2009-yil 11-fevral,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
40-son

Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 11-fevraldagi 40-son qaroriga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kasb-hunar kollejlari o‘quvchilari tomonidan korxonalar, muassasalar va tashkilotlarda ishlab chiqarish amaliyotini o‘tash tartibi to‘g‘risida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM

I. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Ushbu Nizom kasb-hunar kollejlari o‘quvchilari tomonidan korxonalar, muassasalar va tashkilotlarda ishlab chiqarish amaliyotini o‘tash tartibini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining yuridik texnikumlari o‘quvchilariga tatbiq etilmaydi.
(1-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 30-oktabrdagi 677-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 31.10.2020-y., 09/20/677/1443-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Kasb-hunar kollejlari o‘quvchilarining (keyingi o‘rinlarda o‘quvchilar deb ataladi) korxonalar, muassasalar va tashkilotlarda ishlab chiqarish amaliyotini o‘tashi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi asosiy ta’lim dasturining tarkibiy qismi hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Nazariy ta’lim berish jarayonida o‘quvchilar tomonidan olingan bilimlarni mustahkamlash va chuqurlashtirish, olinadigan mutaxassislik bo‘yicha zarur layoqatga, ko‘nikmalarga va amaliy ish tajribasiga ega bo‘lish ishlab chiqarish amaliyotining maqsadi hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Ishlab chiqarish amaliyoti o‘quvchilarni mehnat faoliyatiga tayyorlash shakllaridan biri hisoblanadi hamda ularni ishlab chiqarish sharoitlarida olingan kasb-hunar bo‘yicha ko‘nikmalari va bilimlarini mustaqil ravishda qo‘llashga, o‘quv dasturlarida nazarda tutilgan ishlarni sifatli va unumli bajarishga o‘rgatishni vazifa qilib qo‘yadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. O‘quvchilarning korxonalar, muassasalar va tashkilotlardagi ishlab chiqarish amaliyoti O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining tarmoq ta’lim standartiga muvofiq amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Ishlab chiqarish amaliyoti o‘quvchilarning kasb-hunar kolleji bilan korxona, muassasa yoki tashkilot o‘rtasidagi shartnoma asosida ishlab chiqarish yoki texnik jarayonda muntazam va bevosita qatnashishi yo‘li bilan o‘tkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Kasb-hunar kolleji tarmoq ixtisoslashuvidan kelib chiqqan holda tegishli korxonalar, muassasalar va tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlik qiladi hamda o‘quvchilarning ishlab chiqarish amaliyotini tashkil etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Ishlab chiqarish amaliyoti, qoidaga ko‘ra, korxona, muassasa yoki tashkilotning ixtisoslashuviga bog‘liq holda ushbu maqsad uchun maxsus ajratilgan, o‘quvchilar o‘qishni tugatgandan keyin ishga joylashishi mumkin bo‘lgan o‘quv-ishlab chiqarish joylarida o‘tkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
II. Kasb-hunar kollejlari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning ishlab chiqarish amaliyotini o‘tkazishdagi faoliyati
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Kasb-hunar kollejlari ishlab chiqarish amaliyotini sifatli tashkil etish va muvaffaqiyatli o‘tkazish uchun o‘quv dasturlariga muvofiq o‘quvchilarni oldindan nazariy jihatdan tayyorlashni ta’minlaydilar, o‘quvchilar tomonidan texnika xavfsizligi, mehnatni muhofaza qilish va yong‘in xavfsizligi qoidalarining puxta o‘rganilishini tashkil qiladilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Kasb-hunar kollejlari ishlab chiqarish amaliyoti boshlanishidan kechi bilan bir oy oldin korxonalar, muassasalar va tashkilotlar bilan ularning bazasida ishlab chiqarish amaliyotini o‘tkazish to‘g‘risida shartnoma tuzadilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shartnomada kasblar bo‘yicha o‘quvchilar soni, ishlab chiqarish amaliyotini o‘tkazish muddatlari va har bir o‘quvchining ishlab chiqarish amaliyoti dasturida nazarda tutilgan barcha ish turlarini mustaqil ravishda bajarishga o‘rganishi uchun o‘quvchilarning ishlab chiqarish yoki texnik faoliyatning bir turidan boshqasiga o‘tish jadvali belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Kasb-hunar kolleji ishlab chiqarish amaliyoti vaqtida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
o‘quvchilarning ishlab chiqarish asbob-uskunalariga, jihozlarga, moslamalarga va boshqa mehnat anjomlariga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘lishini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xom ashyo, materiallar va elektr energiyasining tejamli sarflanishini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
o‘quvchilar tomonidan korxona, muassasa va tashkilotning tegishli ma’muriy va ishlab chiqarish xodimi ko‘rsatmalari va farmoyishlari bajarilishini ta’minlashi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Kasb-hunar kolleji:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ishlab chiqarish ta’limi ustalariga yoki ishlab chiqarish amaliyoti rahbari bo‘lgan o‘qituvchilarga ularni amaliyot o‘tkaziladigan joylarga yuborishda xizmat safari xarajatlarining qonunchilikda belgilangan tartibda to‘lanishini;
(12-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oilasi “Temir daftar”ga kiritilgan o‘quvchi yoshlarga ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish korxonalarida olti oydan ko‘p bo‘lmagan muddatdagi ishlab chiqarish amaliyoti davri uchun Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravari miqdorida har oylik subsidiya ajratilishini;
(12-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 23-iyuldagi 450-sonli qaroriga asosan uchinchi xatboshisi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.07.2021-y., 09/21/450/0691-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
o‘quvchilarning ishlab chiqarish amaliyotini o‘tkazish rejalarida nazarda tutilgan ekskursiyalarini tashkil etish bo‘yicha xarajatlarning to‘lanishini ta’minlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Kasb-hunar kolleji ishlab chiqarish amaliyotiga uslubiy rahbarlikni, o‘quv dasturlarida nazarda tutilgan tadbirlarning o‘z vaqtida bajarilishini, shuningdek ko‘rsatib o‘tilgan tadbirlarning o‘quvchilar tomonidan bajarilishini va ular bajargan ishlarning texnik shartlarga muvofiqligini tekshirishni amalga oshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Korxonalar, muassasalar va tashkilotlar ishlab chiqarish amaliyoti davrida quyidagilarga majbur:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
o‘quvchilar uchun xavfsiz mehnat sharoitlarini yaratish va ulardan olinadigan mutaxassislik bilan bog‘liq bo‘lmagan, shuningdek zararli mehnat sharoitlarida foydalanishga yo‘l qo‘ymaslik;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
o‘quvchilarni ishlab chiqarish binolari, trening kabinetlari, zarur materiallar, asbob-uskunalar, texnik hujjatlar bilan o‘z vaqtida ta’minlash va o‘quvchilarning yangi ishlab chiqarish texnologiyalarini, yuqori unumli ish metodlarini o‘zlashtirishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
o‘quvchilarga yo‘l-yo‘riqlar berishni va ishlab chiqarish amaliyotiga texnik rahbarlikni tashkil etish, kasb-hunar kollejining pedagog xodimlariga ishlab chiqarish amaliyotini o‘tkazishda yordam ko‘rsatish uchun shart-sharoitlar yaratish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
o‘quvchilarga ishlab chiqarish amaliyoti davrida tegishli mutaxassisliklar va kasblar ishchilari uchun nazarda tutilgan maxsus kiyim-boshlar, yakka tartibda himoyalanish vositalari berish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
zarur hollarda o‘quvchilarni ishlab chiqarish amaliyoti o‘tadigan joyga yetkazishni va u yerdan olib kelishni ta’minlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
o‘quvchilar bajargan ishlarni ushbu korxona, muassasa va tashkilotda belgilangan tartibda hisobga olish va qabul qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ishlab chiqarish amaliyoti tugagach har bir o‘quvchiga uning ishlari sifatini, erishgan natijalarini, ishga munosabatini, shuningdek unga berish uchun tavsiya etilayotgan tarif razryadini ko‘rsatgan holda ishlab chiqarish tavsifnomasi berish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
III. Ishlab chiqarish amaliyotini o‘tkazish bosqichlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Nazariy jihatdan o‘qitish, o‘rganilayotgan mutaxassislik bo‘yicha zarur layoqatni, ko‘nikmalarni va amaliy ish tajribani egallash jarayonida o‘quvchilar olgan bilimlarni mustahkamlash va chuqurlashtirish maqsadida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kasb-hunar bo‘yicha boshlang‘ich layoqat va ko‘nikmalarni olish bo‘yicha — o‘quv amaliyoti;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mutaxassislik sohasi bo‘yicha — ishlab chiqarish amaliyoti;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
diplom ishini bajarishdan oldingi malaka oshirish (tajriba orttirish) amaliyoti o‘tkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. O‘quv amaliyoti o‘quvchilarni kasb bo‘yicha umumiy va maxsus fanlarni ongli va puxta o‘rganishga tayyorlash, ularning tanlangan mutaxassislik bo‘yicha amaliy kasb layoqati va ko‘nikmalarini egallashi uchun o‘tkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Ishlab chiqarish amaliyoti korxona, muassasa, tashkilot faoliyatini o‘rganish va boshlang‘ich amaliy tajribaga ega bo‘lish asosida maxsus fanlarni o‘rganishda olingan bilimlarni mustahkamlashga, kengaytirishga, chuqurlashtirishga va tizimlashtirishga yo‘naltirilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. O‘quvchilarning diplom ishini bajarishdan oldingi amaliyoti o‘qitishning yakunlovchi bosqichi hisoblanadi va ularning boshlang‘ich kasb tajribasiga va malakaga ega bo‘lishi, o‘quvchilarning mustaqil ravishdagi mehnat faoliyatiga kasb bo‘yicha tayyorligini tekshirish hamda diplom loyihasi (ishi)ga zarur materiallar to‘plash maqsadida o‘tkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. O‘quvchilarning tajriba orttirishi diplom ishini bajarishdan oldingi amaliyotni o‘tkazish turlaridan biri hisoblanadi va yakuniy davlat attestatsiyasida diplom loyihasi (ishi)ni bajarish nazarda tutilmagan hollarda o‘tkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
IV. Amaliyotni tashkil etish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Amaliyotni tashkil etish uning barcha bosqichlarida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
olinadigan mutaxassislik va beriladigan malakaga muvofiq o‘quvchilarni tayyorlashning zarur va yetarli darajasiga bo‘lgan talablarning bajarilishiga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
o‘quvchilar tomonidan ishlab chiqarish amaliyoti dasturiga muvofiq kasb (mehnat) faoliyati ko‘nikmalarini egallashning uzluksizligi va izchilligiga yo‘naltirilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Ishlab chiqarish amaliyoti barcha bosqichlarining mazmuni o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining tarmoq ta’lim standartiga muvofiq ishlab chiqiladigan ishlab chiqarish amaliyotining namunaviy dasturida belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. O‘quv amaliyoti o‘quv, o‘quv-ishlab chiqarish ustaxonalarida, o‘quv xo‘jaliklarida, o‘quv-tajriba uchastkalarida va kasb-hunar kollejining yoki korxona, muassasa, tashkilotning boshqa yordamchi obyektlarida o‘tkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23. O‘quv amaliyoti, qoidaga ko‘ra, ishlab chiqarish ta’limi ustalari tomonidan o‘tkaziladi. O‘quv amaliyoti fanlarni (geodeziya, pedagogika, tibbiyot va boshqa fanlarni) o‘rganishning davomi hisoblanadigan hollarda u maxsus fanlarning o‘qituvchilari tomonidan o‘tkaziladi. O‘quv amaliyotlari ro‘yxati kasb-hunar kolleji tomonidan belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24. Ishlab chiqarish amaliyoti:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ishlab chiqarish ta’limi darslari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
amaliy mashg‘ulotlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tayyorlash texnologiyasi ishlab chiqarish amaliyoti dasturi talablariga javob beradigan tovar mahsulotlarni o‘quvchilar tomonidan tayyorlash bo‘yicha ishlab chiqarish faoliyati ;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
o‘quvchilarning tajriba-eksperiment, konstruktorlik, ixtirochilik ishlarida qatnashishi shakllarida o‘tkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25. Ishlab chiqarish amaliyotini o‘tkazish muddatlari kasb-hunar kolleji tomonidan, o‘quvchilarning nazariy jihatdan tayyorlanganligini va kasb-hunar kollejlarining (ustaxonalar, o‘quv poligonlarining), o‘quv-ishlab chiqarish bazasining, shuningdek korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning imkoniyatlarini hisobga olgan holda belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
26. Ishlab chiqarish amaliyoti uzluksiz siklda, shuningdek amaliyot mazmuni bilan nazariy o‘qitish o‘rtasidagi aloqa ta’minlangan taqdirda kunlar (haftalar) bo‘yicha nazariy mashg‘ulotlar bilan navbatma-navbat o‘tkazish orqali amalga oshirilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
27. Ishlab chiqarish amaliyotini o‘tkazish uchun joylar kasb-hunar kollejlari bilan korxonalar, muassasalar yoki tashkilotlar o‘rtasida tuziladigan shartnomalar asosida belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
28. Korxonalar, muassasalar va tashkilotlar o‘quvchilarga haqi to‘lanadigan ish joylari, mustaqil obyektlar, ishlab chiqarish amaliyoti dasturlariga muvofiq o‘quvchilarning ishlab chiqarish faoliyatini ta’minlaydigan uchastkalar berish huquqiga ega.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
29. Kasb-hunar kollejlari o‘quvchilari korxonalar, muassasalar va tashkilotlarda ishlab chiqarish amaliyotini o‘tashda quyidagilarga majbur:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ishlab chiqarish amaliyoti dasturida nazarda tutilgan topshiriqlarni to‘liq bajarish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
korxona, muassasa yoki tashkilotning ichki mehnat tartibi qoidalariga rioya qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
texnika xavfsizligi, mehnatni muhofaza qilish va yong‘in xavfsizligi qoidalarini o‘rganish va ularga qat’iy rioya qilish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
30. Baho va (yoki) sinov ishlab chiqarish amaliyoti har bir bosqichining natijasi hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
31. Ishlab chiqarish amaliyotining kasb-hunar kollejidagi rahbarlari:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
korxonalar, muassasalar va tashkilotlar bilan birgalikda ishlab chiqarish amaliyotining ish dasturini tuzadilar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yakka tartibdagi topshiriqlar mavzusini ishlab chiqadilar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
o‘quvchilarni mutaxassisliklar bo‘yicha taqsimlashda yoki ularni ish turlari bo‘yicha bir joydan ikkinchi joyga o‘tkazishda qatnashadilar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
amaliyot davrida o‘quvchilar mehnatidan to‘g‘ri foydalanilishini nazorat qiladilar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
o‘quvchilar tomonidan yakka tartibdagi topshiriqlarni bajarishda va diplom loyihasi (ishi)ga materiallar to‘plashda ularga uslubiy yordam ko‘rsatadilar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
o‘quvchilar tomonidan ishlab chiqarish amaliyoti dasturining bajarilishi natijalarini baholaydilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
32. Korxona, muassasa yoki tashkilotning rahbari yoxud uning o‘rinbosari yoki yetakchi mutaxassislardan biri ishlab chiqarish amaliyotiga umumiy rahbarlik qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
33. O‘quvchilarning hisobot berish shakli kasb-hunar kolleji tomonidan belgilanadi.
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2009-y., 7-son, 71-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.10.2018-y., 09/18/858/2095-son; 31.10.2020-y., 09/20/677/1443-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.07.2021-y., 09/21/450/0691-son; 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)