02.10.2018 yildagi 782-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 02.10.2018 yildagi 782-son
Date of entry into force
03.10.2018
Hujjat 01.03.2022 02 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori

Sanoat va radiatsiya xavfsizligi sohasidagi ayrim faoliyat turlarini litsenziyalashni va ruxsat berish tartib-taomillarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini yanada qisqartirish va soddalashtirish, shuningdek, biznes yuritish shart-sharoitlarini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 11-apreldagi PF-5409-son Farmoniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Quyidagilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Portlovchi va zaharli moddalarni, ularni qoʻllagan holda materiallar va mahsulotlarni, shuningdek, portlatish vositalarini yaratish, ishlab chiqarish, tashish, saqlash va realizatsiya qilish faoliyatini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ionlashtiruvchi nurlanish manbalari muomalada boʻladigan sohalardagi faoliyatni litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq.
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-fevraldagi 88-sonli qaroriga asosan 2022-yil 1-martdan chiqariladi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.02.2022-y., 09/22/88/0165-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Belgilansinki, portlovchi va zaharli moddalarni, ularni qoʻllagan holda materiallar va mahsulotlarni, shuningdek, portlatish vositalarini yaratish, ishlab chiqarish, tashish, saqlash va realizatsiya qilish faoliyatini, ionlashtiruvchi nurlanish manbalari muomalada boʻladigan sohalardagi faoliyatni hamda qimmatbaho va nodir metallar, qimmatbaho toshlarni qazib olish faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun avval berilgan litsenziyalar ularning amal qilish muddati tugagunicha amalda qoʻllaniladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 4-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 5-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Oʻzbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi boshqa manfaatdor vazirliklar hamda idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 6-martdagi 195-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.03.2019-y., 09/19/195/2712-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.S. Sultanov va “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi boshligʻi B.V. Gʻulomov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2018-yil 2-oktabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
782-son

Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 2-oktabrdagi 782-son qaroriga
1-ILOVA

Portlovchi va zaharli moddalarni, ularni qoʻllagan holda materiallar va mahsulotlarni, shuningdek, portlatish vositalarini yaratish, ishlab chiqarish, tashish, saqlash va realizatsiya qilish faoliyatini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar

1. Ushbu Nizom portlovchi va zaharli moddalarni, ularni qoʻllagan holda materiallar va mahsulotlarni, shuningdek, portlatish vositalarini yaratish, ishlab chiqarish, tashish, saqlash va realizatsiya qilish faoliyatini litsenziyalash tartibini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Ushbu Nizomning amal qilishi qurol-yarogʻlar va oʻq-dorilarni yaratish, ishlab chiqarish, shuningdek, zaharli moddalardan tibbiyot maqsadlarida foydalanish faoliyatiga tatbiq etilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Portlovchi va zaharli moddalarni, ularni qoʻllagan holda materiallar va mahsulotlarni, shuningdek, portlatish vositalarini yaratish, ishlab chiqarish, tashish, saqlash va realizatsiya qilish faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun litsenziyalar berish, litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish yoki toʻxtatish, shuningdek, uni bekor qilish va qayta rasmiylashtirish Oʻzbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda litsenziyalovchi organ deb ataladi) tomonidan amalga oshiriladi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 6-martdagi 195-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.03.2019-y., 09/19/195/2712-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Litsenziyalovchi organ litsenziya berish yoki berishni rad etish, litsenziyaning amal qilishini toʻxtatish yoxud uni bekor qilish toʻgʻrisidagi masalalarni koʻrib chiqish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Ichki ishlar vazirligi hamda Sogʻliqni saqlash vazirligi mutaxassislaridan iborat idoralararo ekspert guruhi tashkil etiladi. Idoralararo ekspert guruhining shaxsiy tarkibi litsenziyalovchi organ tomonidan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Litsenziyalovchi organ tegishli xulosalar tayyorlash maqsadida litsenziya berish yoki berishni rad etish, litsenziyaning amal qilishini toʻxtatish yoxud uni bekor qilish toʻgʻrisidagi masalalarni koʻrib chiqish uchun boshqa ekspertlarni ham jalb etishga haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Portlovchi va zaharli moddalarni, ularni qoʻllagan holda materiallar va mahsulotlarni, shuningdek, portlatish vositalarini yaratish, ishlab chiqarish, tashish, saqlash va realizatsiya qilish faoliyati ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq roʻyxat boʻyicha litsenziyalanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Litsenziya faqat yuridik shaxslarga uning amal qilish muddati cheklanmagan holda beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Litsenziya talabgorining arizasiga koʻra, litsenziya faoliyat turi yoki uning bir qismi uchun berilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-bob. Litsenziya talablari va shartlari

8. Quyidagilar portlovchi va zaharli moddalarni, ularni qoʻllagan holda materiallar va mahsulotlarni, shuningdek, portlatish vositalarini yaratish, ishlab chiqarish, tashish, saqlash va realizatsiya qilish faoliyatini amalga oshirishda litsenziya talablari va shartlari hisoblanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
litsenziatning portlovchi va zaharli moddalarni, ularni qoʻllagan holda materiallar va mahsulotlarni ishlab chiqarish, tashish, saqlash va realizatsiya qilish sohasidagi qonun hujjatlariga, davlat standartlariga, texnika xavfsizligi, mehnatni muhofaza qilish qoidalariga, tabiatni muhofaza qilish hamda sanitariya norma va talablariga albatta rioya etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
portlovchi va zaharli moddalar, ularni qoʻllagan holda materiallar va mahsulotlar, shuningdek, portlatish vositalari yaratiladigan, ishlab chiqariladigan obyektlarning ishonchli qoʻriqlanishini, ularni tashishning kuzatib borilishini taʼminlash hamda portlovchi va zaharli moddalardan ruxsatsiz foydalanishga yoʻl qoʻymaslikka qaratilgan rejimni belgilash va boshqa choralar koʻrish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
faoliyatning litsenziyalanayotgan turiga tegishli qismi boʻyicha portlovchi va zaharli moddalar, ularni qoʻllagan holda materiallar va mahsulotlar, shuningdek, portlatish vositalarining mavjudligini va sarflanishini hisobga olib borish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
litsenziya talabgori tomonidan portlovchi va zaharli moddalarni, ularni qoʻllagan holda materiallar va mahsulotlarni, shuningdek, portlatish vositalarini yaratish, ishlab chiqarish, tashish, saqlash va realizatsiya qilishning amalga oshirilishini tartibga soluvchi zarur normativ-texnik hujjatlarning mavjudligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
litsenziya talabgorida faoliyatning litsenziyalanayotgan turini amaldagi norma va qoidalar talablariga muvofiq toʻliq hajmda bajarish uchun unga mulk huquqi yoki boshqa ashyoviy huquq asosida tegishli boʻlgan zarur moddiy-texnika bazasining (binolar, xonalar, hududlar, apparatlar, asbob-uskunalar, transport, nazorat, oʻlchash, hisoblash va tashkiliy texnika vositalarining) mavjudligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shtatda tegishli malakaga ega boʻlgan, norma va qoidalar talablariga muvofiq portlovchi va zaharli moddalar bilan ishlashga ruxsat etilgan texnik xodimning, shu jumladan litsenziyada koʻrsatilgan faoliyat turi boʻyicha tegishli maʼlumotga va kamida bir yil ish stajiga ega boʻlgan rahbarlar hamda muhandis-texnik xodimlarning mavjudligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
surunkali ruhiy kasalliklar, giyohvandlik, toksikomaniya, alkogolizm boʻyicha hisobda turuvchi, shuningdek, portlovchi va zaharli moddalarni qoʻllanish bilan bogʻliq qasddan jinoyat sodir etganligi uchun muddati oʻtalmagan yoki olib tashlanmagan sudlanganligi boʻlgan xodimlarning yoʻqligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
faoliyatning litsenziyalanayotgan turi bilan bogʻliq ishlarni bevosita bajaruvchi xodimlarning muntazam ravishda tibbiy koʻrikdan oʻtkazilishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
zaharli moddalarning yonishini va sirqib chiqib ketishini bartaraf etish uchun zarur boʻlgan vositalarning mavjudligi va ishga tayyor holatda saqlanishi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Litsenziya bitimida mazkur Nizomning 8-bandida qayd etilgan aniq litsenziya talablari va shartlari nazarda tutilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-bob. Litsenziya olish uchun zarur hujjatlar

10. Litsenziya talabgori litsenziya olish uchun quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
litsenziya berish toʻgʻrisida yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, joylashgan joyi (pochta manzili), bank muassasasining nomi va bank muassasasidagi hisobraqami, yuridik shaxs amalga oshirishni moʻljallayotgan litsenziyalanadigan faoliyat turi (uning bir qismi) koʻrsatilgan ariza;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
faoliyatning litsenziyalanadigan turlarini amalga oshirishga ruxsat etilgan tegishli malakali texnik xodimlarning ichki ishlar hududiy organlari bilan belgilangan tartibda kelishilgan roʻyxati;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
litsenziya talabgorida portlovchi va zaharli moddalarni amaldagi norma va qoidalar talablariga muvofiq saqlash joylarining (portlovchi materiallar omborining tayyorligi toʻgʻrisidagi dalolatnoma, ombor ijaraga olinganligi haqida shartnoma va boshqalar), ularni tashish uchun texnik vositalar, portlovchi moddalarni tayyorlash uchun asbob-uskunalarning mavjudligini tasdiqlovchi texnik hujjatlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xodimning litsenziyalanadigan faoliyat bilan bogʻliq halokatli vaziyatlarni bartaraf etish boʻyicha harakatlar rejasi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Litsenziyalovchi organ litsenziya berish uchun boshqa vakolatli organlarda mavjud boʻlgan zarur hujjatlar va axborotni belgilangan tartibda oʻzaro axborot hamkorligi orqali, shu jumladan elektron shaklda mustaqil oladi. Ushbu bandda nazarda tutilgan hujjatlar va axborot bundan mustasno.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Litsenziya talabgoridan ushbu Nizomda nazarda tutilmagan hujjatlarni taqdim etishni talab qilishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Hujjatlar litsenziyalovchi organga litsenziya talabgori tomonidan bevosita yoki ularning olinganligi toʻgʻrisidagi bildirishnoma bilan birga pochta aloqa vositasi orqali yoxud elektron shaklda taqdim etiladi. Elektron shaklda taqdim etilgan hujjatlar litsenziya talabgorining elektron imzosi bilan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hujjatlar litsenziyalovchi organning masʼul shaxsi tomonidan roʻyxat boʻyicha qabul qilinadi, roʻyxatning nusxasi hujjatlar qabul qilib olingan sana toʻgʻrisida belgi qoʻyilgan holda ariza beruvchiga yuboriladi (topshiriladi).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Litsenziya talabgori ishonchli boʻlmagan yoki buzilgan maʼlumotlar taqdim etgani uchun amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq javob beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-bob. Arizani koʻrib chiqish va litsenziya berish yoki berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Talabgorining litsenziya berish toʻgʻrisidagi arizasini koʻrib chiqish uchun qonun hujjatlarida belgilangan va ariza taqdim etilgan kunda amalda boʻlgan bazaviy hisoblash miqdorining toʻrt baravari miqdorida yigʻim undiriladi.
(14-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Litsenziatning litsenziya berish toʻgʻrisidagi arizasi koʻrib chiqilgani uchun yigʻim summasi litsenziyalovchi organning gʻaznachilik hisob raqamiga oʻtkaziladi. Litsenziya talabgori berilgan arizadan voz kechgan taqdirda toʻlangan yigʻim qaytarilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Portlovchi va zaharli moddalarni, ularni qoʻllagan holda materiallar va mahsulotlarni, shuningdek, portlatish vositalarini yaratish, ishlab chiqarish, tashish, saqlash va realizatsiya qilish faoliyati ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq sxema boʻyicha litsenziyalanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Litsenziya berish yoki berishni rad etish toʻgʻrisidagi qaror litsenziyalovchi organ litsenziya talabgorining arizasini olgan kundan boshlab, yigirma kundan ortiq boʻlmagan muddatda qabul qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Litsenziyalovchi organ litsenziya talabgorining hujjatlarini ular qabul qilingan kunda koʻrib chiqish uchun idoralararo ekspert guruhiga yuboradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Idoralararo ekspert guruhi litsenziya talabgorining hujjatlarni oʻn kundan ortiq boʻlmagan muddatda koʻrib chiqadi va litsenziyalovchi organga ekspert xulosasini taqdim etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Litsenziyalovchi organ va idoralararo ekspert guruhi litsenziya talabgorining litsenziya talablari va shartlariga muvofiqligini aniqlash uchun yuqorida koʻrsatib oʻtilgan muddat doirasida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
litsenziya talabgorida litsenziyalanadigan faoliyat turini amalga oshirish uchun mavjud shart-sharoitlarni joyiga borib oʻrganish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tegishli xulosalar tayyorlash uchun ekspertlarni shartnoma asosida jalb etish huquqiga ega.

Litsenziyalovchi organ ekspert xulosasi olingandan keyin besh kundan ortiq boʻlmagan muddatda uni koʻrib chiqadi va qabul qilingan qaror protokolini tasdiqlaydi. Litsenziyalovchi organ qabul qilgan qaror protokoli litsenziyalovchi organ rahbari (uning oʻrinbosari) tomonidan imzolanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Litsenziyalovchi organ litsenziya talabgorini qabul qilingan qaror haqida tegishli qaror qabul qilingandan soʻng bir kun davomida xabardor qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Litsenziya berishga qaror qilinganligi toʻgʻrisidagi bildirishnoma litsenziya talabgoriga bank hisobraqami rekvizitlari, davlat bojini toʻlash muddati koʻrsatilgan holda yozma shaklda yuboriladi (topshiriladi).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Litsenziya bitimi litsenziyalovchi organ va litsenziat oʻrtasida tuziladi hamda quyidagilarni oʻz ichiga olishi kerak:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bitimni imzolagan shaxslarning familiyasi, ismi, otasining ismi, lavozimi;

tomonlarning rekvizitlari;

amalga oshirilishiga litsenziya beriladigan faoliyat turining nomi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
litsenziatga qoʻyiladigan litsenziya talablari va shartlari;

tomonlarning litsenziya bitimi talablari va shartlari buzilganligi uchun javobgarligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
litsenziat tomonidan litsenziya bitimining talablari va shartlari bajarilishini litsenziyalovchi organ tomonidan nazorat qilish tartibi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Litsenziya bitimi ikki nusxada — litsenziat va litsenziyalovchi organ uchun bir nusxadan tuziladi.

19. Litsenziya blankalari qatʼiy hisobda turadigan hujjatlar hisoblanadi, hisobga olish seriyasiga, tartib raqamiga va himoyalanganlik darajasiga ega boʻladi. Litsenziya blankalari namunalari litsenziyalovchi organ tomonidan ishlab chiqiladi, litsenziyalovchi organ tomonidan tasdiqlanadi va litsenziyalovchi organ buyurtmasi boʻyicha “Davlat belgisi” davlat-ishlab chiqarish birlashmasida bosmaxona usulida tayyorlanadi. Litsenziyalovchi organ rahbari litsenziyalar blankalarining hisobga olinishi, saqlanishi va ulardan maqsadli foydalanilishi uchun shaxsan javob beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Litsenziyalar masʼul shaxs tomonidan rasmiylashtiriladi va litsenziyalovchi organ rahbari (uning oʻrinbosari) tomonidan imzolanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Litsenziya litsenziya talabgori tomonidan davlat boji toʻlanganini tasdiqlovchi hujjat taqdim etilib, litsenziya bitimini imzolagandan keyin uch kun muddatda beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar, litsenziat litsenziya berish toʻgʻrisida qaror qabul qilingani haqidagi bildirishnoma yuborilgan (topshirilgan) vaqtdan boshlab, litsenziyalovchi organga litsenziya berilganligi uchun davlat boji toʻlanganini tasdiqlovchi hujjatni uch oy mobaynida taqdim etmasa yoxud litsenziya bitimini imzolamasa, komissiya litsenziya berish toʻgʻrisidagi qarorni bekor qilishga haqlidir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Litsenziya berish “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 17-moddasida nazarda tutilgan asoslar boʻyicha rad etilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Litsenziya talabgori litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisidagi qaror, shuningdek, litsenziyalovchi organning mansabdor shaxsi xatti-harakatlari (harakatsizligi) yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilish huquqiga ega.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. Litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda, rad etish toʻgʻrisidagi bildirishnoma litsenziya talabgoriga rad etishning aniq sabablari va litsenziya talabgori koʻrsatib oʻtilgan sabablarni bartaraf etib, hujjatlarni takroran koʻrib chiqishga taqdim etishi uchun yetarli boʻlgan muddat koʻrsatilgan holda yozma shaklda yuboriladi (topshiriladi). Litsenziya berishni rad etish haqidagi xabarnomada koʻrsatilgan muddat kamchiliklarni bartaraf etish uchun zarur boʻlgan vaqtga mutanosib boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23. Litsenziya berishni rad etish uchun asos boʻlgan sabablar litsenziya talabgori tomonidan bartaraf etilgan taqdirda, hujjatlarni litsenziya talabgorining arizasi barcha zarur hujjatlar bilan birgalikda olingan kundan boshlab oʻn kundan ortiq boʻlmagan muddatda koʻrib chiqiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda litsenziyalovchi organ hujjatlar qayta taqdim etilgandan keyin besh kun mobaynida idoralararo ekspert guruhi bilan birgalikda ular yuzasidan ekspert xulosasini tayyorlaydi va litsenziya talabgoriga litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi hamda tegishli qaror protokoli loyihasini tasdiqlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Litsenziya talabgorlarining arizasi takroran koʻrib chiqilganligi uchun yigʻim undirilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Litsenziya talabgorining arizasini qayta koʻrib chiqishda ilgari litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisidagi bildirishnomada koʻrsatilmagan yangi asoslar boʻyicha litsenziya berishni rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.

Litsenziya berish rad etilganligi toʻgʻrisidagi bildirishnomada koʻrsatilgan muddat oʻtgandan keyin berilgan ariza yangidan berilgan ariza hisoblanadi.

Agar litsenziyalovchi organ litsenziya berish toʻgʻrisidagi arizani koʻrib chiqish muddati mobaynida litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilmasa, litsenziya talabgori koʻrsatilgan muddat oʻtganidan soʻng litsenziyalovchi organni yozma ravishda xabardor qilgan holda arizada koʻrsatilgan faoliyat turini amalga oshirishga haqlidir. Bunda litsenziyalovchi organ litsenziya talabgorining yozma bildirishnomasi olingandan keyin besh ish kuni mobaynida unga litsenziya berishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-bob. Litsenziyani qayta rasmiylashtirish, dublikat berish

24. Litsenziat qayta tashkil etilib, uning nomi yoki joylashgan joyi (pochta manzili) oʻzgargan taqdirda, litsenziat yoki uning huquqiy vorisi qayta roʻyxatdan oʻtkazilgandan keyin bir oy muddatda litsenziyalovchi organga koʻrsatib oʻtilgan maʼlumotlarni tasdiqlovchi tegishli hujjatlar ilova qilingan litsenziyani qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisida ariza berishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25. Litsenziat litsenziya qayta rasmiylashtirilgunga qadar unda koʻrsatilgan faoliyatni ilgari berilgan litsenziya asosida amalga oshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
26. Litsenziyalovchi organ litsenziyani qayta rasmiylashtirishda litsenziyalar reyestriga tegishli oʻzgartirishlar kiritadi. Litsenziyalovchi organ tegishli hujjatlar ilova qilingan litsenziyani qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisida ariza olingan kundan boshlab besh kun mobaynida litsenziyani qayta rasmiylashtiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Litsenziyani qayta rasmiylashtirishda litsenziya talabgorining litsenziya berish toʻgʻrisidagi arizasi koʻrib chiqilganligi uchun toʻlanadigan summaning yarmi miqdorida yigʻim undiriladi. Yigʻim summasi litsenziyalovchi organning gʻaznachilik hisobraqamiga oʻtkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
27. Yoʻqolgan yoki yaroqsiz holga kelgan litsenziya oʻrniga litsenziatning arizasiga koʻra dublikat berilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Litsenziya dublikatini berishda bazaviy hisoblash miqdorining 10 foizi miqdorida yigʻim undiriladi. Yigʻim summasi litsenziyalovchi organning gʻaznachilik hisob raqamiga oʻtkaziladi.
(27-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 28-oktabrdagi 661-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.10.2021-y., 09/21/661/0999-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6-bob. Litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini nazorat qilish

28. Litsenziatning litsenziya talablari va shartlariga rioya etishi litsenziyalovchi organ tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda nazorat qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
29. Litsenziyalovchi organ litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini nazorat qilishda oʻz vakolatlari doirasida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
litsenziatning moliyaviy-xoʻjalik faoliyatiga aralashmasdan, uning litsenziya talablari va shartlariga rioya etishini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tekshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini tekshirish chogʻida paydo boʻladigan masalalar yuzasidan litsenziatdan zarur axborotni soʻrash va olish;

tekshirishlar natijalari asosida litsenziat tomonidan litsenziya talablari va shartlarining aniq buzilishlarini koʻrsatgan holda dalolatnomalar (maʼlumotnomalar) tuzish;

litsenziat zimmasiga aniqlangan buzilishlarni bartaraf etishni yuklaydigan qaror chiqarish, bunday buzilishlarni bartaraf etish muddatlarini belgilash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish, toʻxtatish yoki uni bekor qilish toʻgʻrisida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qaror qabul qilish va sudga murojaat qilish huquqiga ega.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
30. Litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini tekshirish chogʻida litsenziyalovchi organning tekshiruvchi xodimlari tomonidan ikki nusxada dalolatnoma tuziladi va uning bir nusxasi litsenziatga beriladi, ikkinchi nusxasi litsenziyalovchi organda qoladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7-bob. Litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish, toʻxtatish va litsenziyani bekor qilish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
31. Litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish, toʻxtatish, uni bekor qilish “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 22, 23 va 24-moddalarida nazarda tutilgan hollarda va tartibda amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish, toʻxtatish va uni bekor qilish toʻgʻrisidagi maʼlumotlar ommaviy axborot vositalarida, shuningdek, litsenziyalovchi organning rasmiy veb-saytida eʼlon qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
32. Litsenziyalovchi organning litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish, toʻxtatish, shuningdek, uni bekor qilish toʻgʻrisidagi qarori yuzasidan sudga shikoyat qilish mumkin. Litsenziyaning amal qilishini toʻxtatish asossiz ekanligi sud tomonidan eʼtirof etilgan taqdirda, litsenziyalovchi organ litsenziat oldida unga yetkazilgan zarar miqdorida javobgar boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8-bob. Litsenziyalar reyestri

33. Litsenziyalovchi organ litsenziyalar reyestrini yuritadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Reyestrda quyidagilar koʻrsatilishi kerak:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yuridik shaxsning nomi, tashkiliy-huquqiy shakli, pochta manzili, telefoni;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
litsenziya berilgan sana va uning tartib raqami;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
litsenziyani qayta rasmiylashtirish, uning amal qilish muddatini uzaytirish, toʻxtatib turish va tiklashning asoslari va sanasi;

litsenziyaning amal qilishini toʻxtatish asoslari va sanasi;

litsenziyani bekor qilish asoslari va sanasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
dublikat berish asoslari va sanasi.

34. Litsenziyalarning reyestrlarida mavjud boʻlgan maʼlumotlar litsenziyalovchi organning veb-saytiga joylashtiriladi va tanishish uchun ochiq boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9-bob. Davlat bojini toʻlash tartibi
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
35. Litsenziya berganlik uchun “Davlat boji toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunida belgilangan miqdorda davlat boji undiriladi.
(35-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 16-iyundagi 384-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.06.2020-y., 09/20/384/0770-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
36. Litsenziya berganlik uchun davlat boji respublika budjetiga oʻtkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Portlovchi va zaharli moddalarni, ularni qoʻllagan holda materiallar va mahsulotlarni, shuningdek portlatish vositalarini yaratish, ishlab chiqarish, tashish, saqlash va realizatsiya qilish boʻyicha faoliyatni litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga

Yaratish, ishlab chiqarish, tashish, saqlash va realizatsiya qilish faoliyati litsenziyalanishi shart boʻlgan portlovchi va zaharli moddalar, ularni qoʻllagan holda materiallar va mahsulotlar, shuningdek, portlatish vositalarining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
roʻyxati

A. Portlovchi moddalar va portlatish vositalari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Portlovchi moddalar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ammiakli selitralar asosida (ammonitlar, ammonallar, akvatollar, grammonitlar, granulitlar, detonitlar, dinamonlar, karbatollar, poremitlar va boshqalar);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
nitrobirikmalar va ularning aralashmalari (trotil, dinitronaftalin, nitroglitserin, nitroglekol, TEN — pentaeritittetranitrat, geksogen, oktogen, tetril va boshqalar);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tutunli va tutunsiz poroxlar, zaryadlar va ulardan tayyorlangan mahsulotlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
issiqqa chidamli portlovchi moddalar, zaryadlar va ulardan tayyorlangan mahsulotlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Portlatish vositalari:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻt oʻtkazuvchi pilta, poroxlarni yoqishning maxsus vositalari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
piston — portlatgichlar, pistonsiz portlatishda tezlashtiradigan vositalar, elektrportlatgichlar, shuningdek, elektr alangalatuvchilar va quduqlarda oʻq otib portlatish ishlari uchun issiqqa chidamli portlovchi patronlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tez portlovchi piltalar, tez portlovchi tasmalar, pirotexnik rele;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oraliq portlatgichlar va shashka-portlatgichlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
B. Zaharli moddalar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
akrilonitril (ventoks);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
metil spirti;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mishyakli angidrid;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mishyaksimon angidrid;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
dixlorid simoblar (sulema) va boshqa simob tuzlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
nikel tetrakarbonili;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sariq fosfor;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sianidli vodorod va uning tuzlari (natriy sianid, kaliy sianid, kadmiy sianid, kumush sianid, simob sianid va oksitsianid, qoʻrgʻoshin sianid, mis sianid, rux sianid, kalsiy sianid);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sian qotishma;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“siklon”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
etilmerkurxlorid.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Portlovchi va zaharli moddalarni, ularni qoʻllagan holda materiallar va mahsulotlarni, shuningdek portlatish vositalarini yaratish, ishlab chiqarish, tashish, saqlash va realizatsiya qilish boʻyicha faoliyatni litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Portlovchi va zaharli moddalarni, ularni qoʻllagan holda materiallar va mahsulotlarni, shuningdek portlatish vositalarini yaratish, ishlab chiqarish, tashish, saqlash va realizatsiya qilish boʻyicha faoliyatni litsenziyalash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
SXEMASI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 2-oktabrdagi 782-son qaroriga
2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ionlashtiruvchi nurlanish manbalari muomalada boʻladigan sohalardagi faoliyatni litsenziyalash tartibi toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-bob. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Ushbu Nizom ionlashtiruvchi nurlanish manbalari muomalada boʻladigan sohalardagi faoliyatni litsenziyalash tartibini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ionlashtiruvchi nurlanish manbalari muomalada boʻladigan sohalardagi faoliyat quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ionlashtiruvchi nurlanish manbalari bilan muomalada boʻlish, ionlashtiruvchi nurlanish manbalarini loyihalashtirish, barpo etish va ularga xizmat koʻrsatish, ular uchun texnologik asbob-uskunalarni, radiatsiyadan muhofazalanish vositalarini yaratish va tayyorlash sohasidagi ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ionlashtiruvchi nurlanish manbalarini qazib olish, ishlab chiqarish, hosil qilish, qayta ishlash, ulardan foydalanish, ularni saqlash, ularga xizmat koʻrsatish, ularni tashish, zararsizlantirish, utilizatsiya qilish va koʻmish.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Ionlashtiruvchi nurlanish manbalari muomalada boʻladigan sohalardagi faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun litsenziyalarni berish, litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish yoki toʻxtatish, shuningdek, uni bekor qilish va qayta rasmiylashtirish Oʻzbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda litsenziyalovchi organ deb ataladi) tomonidan amalga oshiriladi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 6-martdagi 195-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.03.2019-y., 09/19/195/2712-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Litsenziyalovchi organ litsenziya berish yoki berishni rad etish, litsenziyaning amal qilishini toʻxtatish yoxud uni bekor qilish toʻgʻrisidagi masalalarni koʻrib chiqish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Ichki ishlar vazirligi hamda Sogʻliqni saqlash vazirligi mutaxassislaridan iborat idoralararo ekspert guruhini tashkil etadi. Idoralararo ekspert guruhning shaxsiy tarkibi litsenziyalovchi organ tomonidan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Ionlashtiruvchi nurlanish manbalari muomalada boʻladigan sohalardagi faoliyatni amalga oshirish huquqi uchun namunaviy (oddiy) litsenziyalar beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Litsenziya talabgorining arizasiga koʻra, litsenziya faoliyat turi yoki uning bir qismi uchun beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Litsenziya faqat yuridik shaxslarga amal qilish muddati cheklanmagan holda beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-bob. Litsenziya talablari va shartlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Quyidagilar ionlashtiruvchi nurlanish manbalari muomalada boʻladigan sohalardagi faoliyatni amalga oshirishda litsenziya talablari va shartlari hisoblanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
litsenziatlar tomonidan radiatsiyaviy xavfsizlik toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga, shuningdek, texnika xavfsizligi, mehnatni muhofaza qilish qoidalariga, tabiatni muhofaza qilish qoidalari, sanitariya normalari, radiatsiyaviy xavfsizlik qoidalari va gigiyena normativlariga, davlat standartlariga majburiy rioya qilinishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
litsenziya talabgorida unga mulk huquqi yoki boshqa ashyoviy huquq bilan tegishli boʻlgan, tegishli belgilangan talablarga javob beruvchi faoliyatning litsenziyalanadigan turini bajarish uchun moʻljallangan binolar (ishlab chiqarish xonalari, omborlar va boshqalar) mavjudligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
faoliyatning litsenziyalanadigan turini bajarish uchun zarur moddiy-texnika bazasi, asbob-uskunalar, boshqa texnik vositalar mavjudligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
radiatsiyaviy xavfsizlik xizmati mavjudligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ish joylarida, xonalarda, ishlab chiqarish hududlarida, sanitariya-muhofaza zonalarida va kuzatuv zonalarida, shuningdek, ionlashtiruvchi nurlanish manbalari chiqarilishi, tashlanishi va ular koʻmilgan joylarda radiatsiyaviy holat yuzasidan ishlab chiqarish nazorati amalga oshirilishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qoʻllanilmaydigan ionlashtiruvchi nurlanish manbalari koʻmib tashlanishini taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ionlashtiruvchi nurlanish manbalari hisoblangan mahsulotlar, materiallar va moddalar, texnologik jarayonlarning radiatsiyaviy xavfsizligini asoslash va baholash ishlari olib borilishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
radiatsiyaviy avariya yuz berganda radiatsiyaviy xavfsizlikni taʼminlash uchun zarur shart-sharoitlarning mavjudligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
litsenziyalanadigan faoliyat boʻyicha ishlarni bevosita bajaruvchi xodimlarda tegishli oliy yoki oʻrta maxsus maʼlumot mavjudligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
surunkali ruhiy kasalliklar, giyohvandlik, toksikomaniya, alkogolizm yuzasidan hisobda turuvchi xodimlar, shuningdek, ionlashtiruvchi nurlanish manbalari muomalasi sohasida qasddan jinoyat sodir etganligi uchun muddati oʻtalmagan yoki olib tashlanmagan sudlanganligi boʻlgan xodimlar yoʻqligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ishlab chiqarish rahbarlari, ishlab chiqarish nazorati xizmati xodimlari, mutaxassislarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularni attestatsiyadan oʻtkazish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
faoliyatning litsenziyalanadigan turi bilan bogʻliq ishlarni bevosita bajaruvchi xodimlarning muntazam ravishda tibbiy koʻrikdan oʻtkazilishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xodimlar nurlanishining yakka tartibdagi dozalarini nazorat qilish va hisobga olish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xodimlarni ish joylaridagi ionlashtiruvchi nurlanish darajalari va ular tomonidan olingan yakka tartibdagi nurlanish dozasi miqdori toʻgʻrisida muntazam xabardor qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yuridik shaxs shtatida faoliyatning litsenziyalanadigan turi boʻyicha kamida 3 yil ish stajiga ega boʻlgan kamida uch mutaxassisning mavjudligi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Litsenziya bitimida mazkur Nizomning 6-bandida sanab oʻtilgan litsenziya talablari va shartlaridan kelib chiquvchi aniq litsenziya talablari va shartlari nazarda tutilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-bob. Litsenziya olish uchun zarur hujjatlar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Litsenziya olish uchun litsenziya talabgori quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
litsenziya berish toʻgʻrisida ariza, unda quyidagilar koʻrsatiladi: yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, uning joylashgan joyi (pochta manzili), bank muassasasining nomi va bank muassasasidagi hisob raqami, litsenziyalanayotgan faoliyatning (uning bir qismining) yuridik shaxs tomonidan amalga oshirilishi moʻljallanayotgan turi;
Oldingi tahrirga qarang.
(8-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-fevraldagi 88-sonli qaroriga asosan 2022-yil 1-martdan chiqariladi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.02.2022-y., 09/22/88/0165-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Litsenziyalovchi organ litsenziya berish uchun boshqa vakolatli organlarda mavjud boʻlgan zarur hujjatlar va axborotlarni belgilangan tartibda oʻzaro axborot hamkorligi yoʻli bilan, shu jumladan elektron tarzda mustaqil ravishda oladi, ushbu bandda nazarda tutilgan hujjatlar va axborotlar bundan mustasno.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Litsenziya talabgoridan ushbu Nizomda nazarda tutilmagan hujjatlarni taqdim etishni talab qilishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Hujjatlar ishchi organga litsenziya talabgori tomonidan bevosita yoxud ularning olinganligi toʻgʻrisidagi bildirishnoma bilan pochta aloqa vositasi orqali yoki elektron shaklda yetkazib beriladi. Elektron shaklda taqdim etilgan hujjatlar elektron raqamli imzo bilan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hujjatlar litsenziyalovchi organ masʼul shaxsi tomonidan roʻyxat boʻyicha qabul qilinadi, roʻyxatning nusxasi hujjatlar qabul qilib olingan sana toʻgʻrisida belgi qoʻyilgan holda ariza beruvchiga yuboriladi (topshiriladi).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Ishonchli boʻlmagan yoki buzilgan maʼlumotlar taqdim etilganligi uchun litsenziya talabgori qonun hujjatlariga muvofiq javob beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-bob. Arizani koʻrib chiqish va litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Litsenziya talabgorining arizasi koʻrib chiqilganligi uchun Oʻzbekiston Respublikasida belgilangan bazaviy hisoblash miqdorining toʻrt baravari miqdorida yigʻim undiriladi.
(12-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Litsenziatning litsenziya berish toʻgʻrisidagi arizasi koʻrib chiqilganligi uchun yigʻim summasi litsenziyalovchi organning gʻaznachilik hisob raqamiga oʻtkaziladi. Litsenziya talabgori berilgan arizadan voz kechgan taqdirda toʻlangan yigʻim qaytarilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Ionlashtiruvchi nurlanish manbalari muomalada boʻladigan sohalardagi faoliyat turlarini litsenziyalash mazkur Nizomga ilova qilinayotgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Litsenziya talabgoriga litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisidagi qaror litsenziya talabgorining arizasi olingan kundan boshlab oʻn besh kundan ortiq boʻlmagan muddatda qabul qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Litsenziya talabgorining hujjatlari qabul qilib olingan kunda koʻrib chiqish uchun idoralararo ekspert guruhiga yuboriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Idoralararo ekspert guruhi ariza olingan kundan boshlab besh kundan ortiq boʻlmagan muddatda litsenziya talabgorining hujjatlarini koʻrib chiqadi va litsenziyalovchi organga ekspert xulosasini taqdim etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Litsenziyalovchi organ ekspert xulosasi olingandan keyin besh kundan ortiq boʻlmagan muddatda uni koʻrib chiqadi hamda qabul qilingan qaror toʻgʻrisidagi protokolni tasdiqlaydi. Litsenziyalovchi organ tomonidan qabul qilingan qaror protokoli litsenziyalovchi organ rahbari (uning oʻrinbosari) tomonidan imzolanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Litsenziya talabgorining litsenziya talablari va shartlariga muvofiqligini aniqlash uchun litsenziyalovchi organ va idoralararo ekspert guruhi yuqorida koʻrsatilgan muddat ichida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
faoliyatning litsenziyalanadigan turini amalga oshirish uchun litsenziya talabgorining mavjud shart-sharoitlarni joyning oʻziga borib baholash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tegishli xulosalar tayyorlash uchun ekspertlarni shartnoma asosida jalb etish huquqiga ega.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Litsenziyalovchi organ tegishli qaror qabul qilingandan keyin bir kun muddatda litsenziya talabgorini qabul qilingan qaror toʻgʻrisida xabardor qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Litsenziya berishga qaror qilinganligi toʻgʻrisidagi bildirishnoma litsenziya talabgoriga bank hisob raqami rekvizitlari, davlat boji toʻlash muddati koʻrsatilgan holda yozma shaklda yuboriladi (topshiriladi).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Litsenziya bitimi litsenziyalovchi organ va litsenziat oʻrtasida tuziladi va unda quyidagilar boʻlishi kerak:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bitimni imzolagan shaxslarning familiyasi, ismi, otasining ismi, lavozimi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tomonlarning rekvizitlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
amalga oshirilishiga litsenziya berilayotgan faoliyat turining nomi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
litsenziatga qoʻyiladigan litsenziya talablari va shartlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
litsenziya bitimi talablari va shartlari buzilganligi uchun tomonlarning javobgarligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
litsenziat tomonidan litsenziya bitimi talablari va shartlari bajarilishining litsenziyalovchi organ tomonidan nazorat qilinishi tartibi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Litsenziya bitimi ikki nusxada — litsenziat va litsenziyalovchi organ uchun bir nusxadan tuziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Litsenziyalar blankalari qatʼiy hisobda turadigan hujjatlar hisoblanadi, hisobga olish seriyasiga, tartib raqamiga va himoyalanganlik darajasiga ega boʻladi. Litsenziyalar blankalari namunalari litsenziyalovchi organ tomonidan ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi hamda litsenziyalovchi organ buyurtmanomasiga koʻra “Davlat belgisi” davlat-ishlab chiqarish birlashmasi tomonidan bosmaxona usulida tayyorlanadi. Litsenziyalar blankalarining hisobga olinishi, saqlanishi va maqsadli foydalanilishi uchun litsenziyalovchi organ rahbari shaxsan javob beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Litsenziyalar litsenziyalovchi organning masʼul shaxsi tomonidan rasmiylashtiriladi va litsenziyalovchi organ rahbari (uning oʻrinbosari) tomonidan imzolanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Litsenziya litsenziya talabgori tomonidan davlat boji toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat taqdim etilgandan va litsenziya bitimi imzolangandan keyin uch kun muddatda beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar litsenziat litsenziya berish toʻgʻrisida qaror qabul qilinganligi haqidagi bildirishnoma yuborilgan (topshirilgan) vaqtdan boshlab litsenziyalovchi organga litsenziya berilganligi uchun davlat boji toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjatni uch oy mobaynida taqdim etmasa yoxud litsenziya bitimini imzolamasa, litsenziyalovchi organ litsenziyani bekor qilish toʻgʻrisida qaror qabul qilishga haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Litsenziya berish “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 17-moddasida nazarda tutilgan asoslar boʻyicha rad etilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Litsenziya talabgori litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisidagi qaror, shuningdek litsenziyalovchi organ mansabdor shaxsining xatti-harakati (harakatsizligi) yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilish huquqiga egadir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda rad etish toʻgʻrisidagi bildirishnoma litsenziya talabgoriga rad etishning aniq sabablari va litsenziya talabgori koʻrsatib oʻtilgan sabablarni bartaraf etib hujjatlarni qayta koʻrib chiqishga taqdim etishi uchun yetarli boʻlgan muddat koʻrsatilgan holda yozma shaklda yuboriladi (topshiriladi). Litsenziya berishni rad etish haqidagi xabarnomada koʻrsatilgan muddat kamchiliklarni bartaraf etish uchun zarur boʻlgan vaqtga mutanosib boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Litsenziya talabgori tomonidan litsenziya berish rad etilishiga asos boʻlgan sabablar bartaraf etilgan taqdirda, hujjatlarni qayta koʻrib chiqish litsenziya talabgorining arizasi barcha zarur hujjatlar bilan birgalikda olingan kundan boshlab oʻn kundan ortiq boʻlmagan muddatda amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda litsenziyalovchi organ hujjatlar qayta taqdim etilgandan keyin besh kun mobaynida ular boʻyicha idoralararo ekspert guruhi bilan birgalikda ekspert xulosasi tayyorlaydi, litsenziya talabgoriga litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisidagi qaror qabul qiladi va tegishli qaror protokolini tasdiqlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Litsenziya talabgorlarining arizalari takroran koʻrib chiqilganligi uchun yigʻim undirilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Litsenziya talabgorining arizasini qayta koʻrib chiqishda ilgari litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisidagi bildirishnomada koʻrsatilmagan yangi asoslar boʻyicha litsenziya berishni rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Litsenziya berish rad etilganligi toʻgʻrisidagi bildirishnomada koʻrsatilgan muddat oʻtgandan keyin berilgan ariza yangidan berilgan ariza hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Litsenziyalovchi organ litsenziya berish toʻgʻrisidagi arizani koʻrib chiqish muddati mobaynida litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilmagan taqdirda litsenziya talabgori ushbu muddat tugagandan keyin arizada koʻrsatilgan faoliyatni, bu haqda litsenziyalovchi organni xabardor qilgan holda amalga oshirishga haqlidir. Bunda litsenziyalovchi organ litsenziya talabgorining yozma bildirishnomasini olgandan keyin besh ish kuni mobaynida unga litsenziya berishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-bob. Litsenziyani qayta rasmiylashtirish, dublikat berish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. Litsenziat qayta tashkil etilgan, uning nomi yoki joylashgan joyi (pochta manzili) oʻzgargan taqdirda, litsenziat yoki uning huquqiy vorisi qayta roʻyxatdan oʻtkazilgandan keyin bir oy muddatda litsenziyalovchi organga koʻrsatib oʻtilgan maʼlumotlarni tasdiqlovchi tegishli hujjatlar ilova qilingan holda litsenziyani qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisida ariza berishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23. Litsenziat litsenziya qayta rasmiylashtirilgunga qadar unda koʻrsatilgan faoliyatni ilgari berilgan litsenziya asosida amalga oshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24. Litsenziyani qayta rasmiylashtirishda litsenziyalovchi organ litsenziyalar reyestriga tegishli oʻzgartirishlar kiritadi. Litsenziyani qayta rasmiylashtirish litsenziyalovchi organ tomonidan tegishli hujjatlar ilova qilingan holda litsenziyalarni qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisida ariza olingan kundan boshlab besh kun mobaynida amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Litsenziyani qayta rasmiylashtirishda litsenziya talabgorining litsenziya berish toʻgʻrisidagi arizasi koʻrib chiqilganligi uchun toʻlanadigan summaning yarmi miqdorida yigʻim undiriladi. Yigʻim summasi litsenziyalovchi organ hisob raqamiga oʻtkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25. Yoʻqolgan yoki amal qilish muddati oʻtmagan yaroqsiz holga kelgan litsenziya oʻrniga litsenziatning arizasiga koʻra uning dublikati berilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Litsenziyaning dublikatini berishda bazaviy hisoblash miqdorining 10 foizi miqdorida yigʻim undiriladi. Yigʻim summasi litsenziyalovchi organ hisob raqamiga oʻtkaziladi.
(25-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 28-oktabrdagi 661-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.10.2021-y., 09/21/661/0999-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6-bob. Litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini nazorat qilish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
26. Litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishi yuzasidan nazorat qonun hujjatlarida belgilangan tartibda litsenziyalovchi organ tomonidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
27. Litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishi yuzasidan nazoratni amalga oshirishda litsenziyalovchi organ oʻz vakolatlari doirasida quyidagi huquqlarga ega:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
litsenziat tomonidan litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini, moliya-xoʻjalik faoliyatiga aralashmasdan, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tekshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini tekshirish chogʻida paydo boʻladigan masalalar yuzasidan litsenziatdan zarur axborotni soʻrash va olish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tekshirishlar natijalari asosida litsenziat tomonidan litsenziya talablari va shartlarining aniq buzilishlarini koʻrsatgan holda dalolatnomalar (maʼlumotnomalar) tuzish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
litsenziatga aniqlangan buzilishlarni bartaraf etish majburiyatini yuklovchi qarorlar chiqarish, bunday buzilishlarni bartaraf etish muddatlarini belgilash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish va toʻxtatish, litsenziyani bekor qilish toʻgʻrisida qarorlar qabul qilish va sudga murojaat qilish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
28. Litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini tekshirishda litsenziyalovchi organning tekshiruvchi xodimlari tomonidan ikki nusxada dalolatnoma tuziladi, ularning bittasi litsenziatga beriladi, ikkinchi nusxasi litsenziyalovchi organda qoladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7-bob. Litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish, toʻxtatish, litsenziyani bekor qilish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
29. Litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish va toʻxtatish, litsenziyani bekor qilish “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 22, 23 va 24-moddalarida nazarda tutilgan holatlarda va tartibda amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Litsenziyaning amal qilishi toʻxtatib turilganligi, litsenziya bekor qilinganligi va litsenziyaning amal qilishi toʻxtatilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar ommaviy axborot vositalarida, shuningdek, litsenziyalovchi organning veb-saytida eʼlon qilinishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
30. Litsenziyalovchi organning litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish toʻgʻrisidagi qarori yuzasidan sudga shikoyat qilinishi mumkin. Litsenziyaning amal qilishi toʻxtatib turilishi asossiz ekanligi sud tomonidan eʼtirof etilgan taqdirda, litsenziyalovchi organ litsenziat oldida litsenziat koʻrgan zarar miqdorida javob beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8-bob. Litsenziyalar reyestri
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
31. Litsenziyalovchi organ litsenziyalar reyestrini yuritadi. Litsenziyalar reyestrida quyidagilar koʻrsatilishi kerak:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yuridik shaxsning nomi, uning tashkiliy-huquqiy shakli, pochta manzili, telefon raqami;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
litsenziyalanayotgan faoliyat turining nomi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
litsenziyaning berilgan sanasi va tartib raqami;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
litsenziyani qayta rasmiylashtirish, uning amal qilish muddatini uzaytirish, toʻxtatib turish va tiklashning asoslari va sanasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
litsenziyaning amal qilishini toʻxtatish asoslari va sanasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
litsenziyani bekor qilishning asoslari va sanasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
dublikat berish asoslari va sanasi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
32. Litsenziyalar reyestridagi mavjud maʼlumotlar litsenziyalovchi organning veb-saytida joylashtiriladi va tanishish uchun ochiq boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9-bob. Davlat bojini toʻlash tartibi
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
33. Litsenziya berilganligi uchun “Davlat boji toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunida belgilangan miqdorda davlat boji undiriladi.
(33-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 16-iyundagi 384-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.06.2020-y., 09/20/384/0770-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
34. Litsenziya berilganligi uchun davlat boji respublika budjetiga oʻtkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ionlashtiruvchi nurlanish manbalari muomalada boʻladigan sohalardagi faoliyatni litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ionlashtiruvchi nurlanish manbalari muomalada boʻladigan sohalardagi faoliyatni litsenziyalash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
SXEMASI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-fevraldagi 88-sonli qaroriga asosan 2022-yil 1-martdan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.02.2022-y., 09/22/88/0165-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 2-oktabrdagi 782-son qaroriga
4-ILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Vazirlar Mahkamasining “Radioaktiv moddalar va radioaktiv chiqindilar, shuningdek yadroviy materiallar aylanishini davlat tomonidan hisobga olish va nazorat qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash toʻgʻrisida” 2009-yil 13-avgustdagi 231-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2009-y.. 8-son, 60-modda):
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) 1-ilova 3-bandining ikkinchi xatboshidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi” soʻzlari “Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
(1-bandning “a” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 6-martdagi 195-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.03.2019-y., 09/19/195/2712-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“3. Barcha yadroviy materiallar (uran, plutoniy, toriy) ularning miqdoridan, jismoniy holatidan qatʼi nazar davlat tomonidan hisobga olinadi va nazorat qilinadi, qazib olishda yoki qayta ishlashda rudaning tarkibida boʻlgan yadroviy materiallar bundan mustasno”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16 — 18, 22 — 24-bandlar va 1-ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19 — 21, 25 — 27, 28 — 90-bandlar tegishli ravishda 16 — 18, 19-21, 22 — 84-bandlar deb hisoblansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 6-martdagi 195-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.03.2019-y., 09/19/195/2712-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 6-iyundagi 360-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2017-y., 6-son, 95-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qaʼrini geologik oʻrganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasida ruxsat berish tartib-taomillaridan oʻtish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar rus tilidagi matnda berilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 2-oktabrdagi 782-son qaroriga
5-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan deb eʼtirof etilayotgan baʼzi qarorlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
roʻyxati
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Vazirlar Mahkamasining “Portlovchi va zaharli moddalarni yaratish, ishlab chiqarish, tashish, saqlash, realizatsiya qilish sohasida xavfsizlikni taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2004-yil 5-martdagi 109-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2004-y., 3-son, 22-modda).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Vazirlar Mahkamasining “Ionlashtiruvchi nurlanish manbalari muomalada boʻladigan sohalardagi faoliyatni litsenziyalash toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2004-yil 6-martdagi 111-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2004-y., 3-son, 24-modda).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Vazirlar Mahkamasining “Qimmatbaho va nodir metallar, qimmatbaho toshlar qazib olish faoliyatini litsenziyalash toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2004-yil 9-martdagi 112-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2004-y., 3-son, 25-modda).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik faoliyati yuritish uchun ruxsatnoma turlarini qisqartirish va ularni berish tartib-qoidalarini soddalashtirish toʻgʻrisida” 2005-yil 21-sentabrdagi PQ-186-son qarori)” 2006-yil 22-maydagi 92-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2006-y., 6-son, 57-modda) ilovaning 43 — 45-bandlari.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Geologiya-qidiruv ishlarini tashkil etish va olib borish tizimi samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2010-yil 27-avgustdagi PQ-1396-son qarori)” 2010-yil 17-dekabrdagi 301-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2010-y., 12-son, 69-modda) ilovaning 19 — 21-bandlari.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasining “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida” 2011-yil 7-sentabrdagi OʻRQ-292-son Qonuni)” 2012-yil 1-fevraldagi 26-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2012-y., 6-son, 57-modda) ilovaning 25 — 27-bandlari.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Statistik, soliq va moliyaviy hisobotlarni, litsenziyalanadigan faoliyat turlarini va ruxsat berish tartib-taomillarini tubdan qisqartirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2012-yil 16-iyuldagi PF-4453-son Farmoni)” 2012-yil 1-noyabrdagi 313-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2012-y., 11-son, 79-modda) ilovaning 59 — 61-bandlari.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Vazirlar Mahkamasining “Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar bilan ishlashga roʻyxatdan oʻtkazish guvohnomasini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2014-yil 12-iyundagi 156-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2014-y., 6-son, 62-modda) 2-ilova.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish va davlat xizmatlarini koʻrsatish bilan bogʻliq tartibotlarni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2014-yil 15-apreldagi PQ-2164-son qarori)” 2014-yil 17-iyuldagi 196-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2014-y., 7-son, 73-modda) 1-ilovaning 21 va 22-bandlari.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Vazirlar Mahkamasining “Tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatlari koʻrsatish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2014-yil 31-dekabrdagi 377-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2014-y., 12-son, 138-modda) ilovaning 19 va 20-bandlari.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish sohasida davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2017-yil 21-apreldagi PF-5024-son Farmoni va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi faoliyatini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 21-apreldagi PQ-2915-son qarori)” 2017-yil 14-noyabrdagi 915-son qaroriga 1-ilovaning 24-bandi.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 03.10.2018-y., 09/18/782/1985-son; 07.03.2019-y., 09/19/195/2712-son; 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son; 16.06.2020-y., 09/20/384/0770-son; 29.10.2021-y., 09/21/661/0999-son; 26.02.2022-y., 09/22/88/0165-son,06.10.2022-y., 09/22/566/0897-son; 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son; 31.07.2026-y., 09/26/420/0802-son)