13.08.2009 yildagi 231-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 13.08.2009 yildagi 231-son
Date of entry into force
13.08.2009
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Radioaktiv moddalar va radioaktiv chiqindilar, shuningdek yadroviy materiallar aylanishini davlat tomonidan hisobga olish va nazorat qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash to‘g‘risida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Radiatsiyaviy xavfsizlik to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 22-moddasini, “Chiqindilar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 10-moddasini amalga oshirish maqsadida hamda Vazirlar Mahkamasining “Ionlashtiruvchi nurlanish manbalari aylanishini davlat tomonidan hisobga olish va nazorat qilish tizimini tashkil etish qoidalarini tasdiqlash haqida” 2009-yil 3-apreldagi 98-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Quyidagilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Radioaktiv moddalar va radioaktiv chiqindilar aylanishini davlat tomonidan hisobga olish va nazorat qilish tartibi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yadroviy materiallar aylanishini davlat tomonidan hisobga olish va nazorat qilish tartibi to‘g‘risidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari uch oy muddatda o‘z normativ-huquqiy hujjatlarini ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari E.R. Shaismatov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2009-yil 13-avgust,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
231-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 13-avgustdagi 231-son qaroriga
1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Radioaktiv moddalar va radioaktiv chiqindilar aylanishini davlat tomonidan hisobga olish va nazorat qilish tartibi to‘g‘risidagi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
I. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasida ionlashtiruvchi nurlanish manbalarini davlat tomonidan hisobga olish va nazorat qilish tizimida (keyingi o‘rinlarda — davlat tomonidan hisobga olish va nazorat qilish tizimi deb ataladi) radioaktiv moddalar (keyingi o‘rinlarda RM deb ataladi) va radioaktiv chiqindilarni (keyingi o‘rinlarda RCH deb ataladi) davlat tomonidan hisobga olish va nazorat qilish tizimini yuritishni tashkil etish tartibini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Ushbu Nizomda quyidagi tushunchalar qo‘llaniladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
radioaktiv moddalar va radioaktiv chiqindilar aylanishini respublika darajasida davlat tomonidan hisobga olish va nazorat qilish — O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan RM va RCH aylanishi subyektlarida RM va RCHni davlat tomonidan hisobga olish va nazorat qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
radioaktiv moddalar va radioaktiv chiqindilar aylanishini idoraviy darajada davlat tomonidan hisobga olish va nazorat qilish — O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlariga hamda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasiga idoraviy mansub RM va RCH aylanishi subyektlarida RM va RCHni davlat tomonidan hisobga olish va nazorat qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
RM va RCH aylanishini mintaqaviy darajada davlat tomonidan hisobga olish va nazorat qilish — O‘zbekiston Respublikasining tegishli ma’muriy-hududiy birligi hududida joylashgan RM va RCH aylanishi subyektlarida RM va RCHni davlat tomonidan hisobga olish va nazorat qilish, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlariga hamda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasiga idoraviy mansub tashkilotlar bundan mustasno;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
radioaktiv moddalar — tarkibida belgilangan radiatsiyaviy xavfsizlik normalari va qoidalarining eng kam qiymatidan ortiq aktivlikdagi radionuklidlar bo‘lgan har qanday agregat holatidagi yadroviy materiallarga tegishli bo‘lmagan moddalar;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
radioaktiv chiqindilar — keyinchalik foydalanish uchun mo‘ljallanmagan, tarkibidagi radionuklidlarning aktivlik darajasi qonunchilikda belgilangan ko‘rsatkichlardan yuqori bo‘lgan har qanday agregat holatidagi moddalar”.
(2-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
RM va RCH aylanishi subyektlari — O‘zbekiston Respublikasi hududida qonunchilikda belgilangan tartibda RM va RCHni qazib olish, ishlab chiqarish, hosil qilish, qayta ishlash, ulardan foydalanish, ularni saqlash, ularga xizmat ko‘rsatish, ularni tashish, shu jumladan ularning O‘zbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali olib o‘tilishi, zararsizlantirilishi va ko‘mib tashlanishi bo‘yicha RM va RCH aylanishi sohasidagi faoliyatni amalga oshiradigan yuridik shaxslar;
(2-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ionlashtiruvchi nurlanish manbai (INM) — o‘zidan ionlashtiruvchi nurlanish chiqaruvchi yoki chiqarishga qodir bo‘lgan qurilma va (yoki) radioaktiv modda, yadroviy materiallar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ionlashtiruvchi nurlanish — radioaktiv parchalanishda, yadroviy evrilishlarda, moddadagi zaryadlangan zarralar harakatining sekinlashuvida hosil bo‘ladigan hamda muhit bilan o‘zaro ta’sir etish chog‘ida har xil qutbli ionlarni hosil qiladigan nurlanish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yopiq radionuklid manbai — qo‘llanilishi va eskirishi davrida, o‘zidan chiqayotgan mo‘ljallangan radionuklidlarning atrof muhitga tarqalishini istisno qiluvchi qurilma, ionlashtiruvchi nurlanish manbai;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ochiq radionuklid manbai — qo‘llanilishi davrida o‘zidan chiqayotgan radionuklidlarni atrof muhitga tarqatuvchi ionlashtiruvchi nurlanish manbai;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
radiatsiyaviy xavfsizlik — fuqarolar va atrof muhitning ionlashtiruvchi nurlanishning zararli ta’siridan himoyalanganligi holati;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sanitariya-himoya zonasi — mazkur manbani normal holatlarda ishlatganda fuqarolarning nurlanish olish darajasi aholi uchun belgilangan asosiy me’yordan ortishi mumkin bo‘lgan ionlashtiruvchi nurlanish manbai atrofidagi hudud;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kuzatish zonasi — radiatsiyaviy monitoring o‘tkaziladigan sanitariya-himoya zonasidan tashqaridagi hudud;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yadroviy xavfsizlik — yadroviy materiallardan xavfsiz foydalanishni ta’minlaydigan tadbirlar kompleksi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
radionuklidlar bilan zararlangan hudud — normalar va qoidalarda belgilangan minimal qiymatidan oshadigan va nurlanishga olib keladigan radioaktiv moddalar ma’lum miqdorda bor bo‘lgan atom energiyasi ishlatilgan obyektlar (sanoat, sanitariya-himoya zonasi va kuzatish zonasidagi yer va hovuzlar) hududi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yillik ta’sir darajasi (ekvivalenti) — bir yil ichida olingan tashqi nurlanish ta’siri (ekvivalent) darajasi yig‘indisi hamda shu yil davomida organizm qabul qilgan shartli radionuklidlarning ichki nurlanishi kutilgan ta’sir (ekvivalent) darajasi. Yillik ta’sir darajasi birligi — zivert (Zv).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jamoaviy ta’sir darajasi — individual ta’sir darajalari yig‘indisiga teng bo‘lgan nurlanishning stoxastik ta’siri vujudga kelishining jamoaviy xavfi chorasi. Jamoaviy ta’sir darajasi birligi — inson-zivert (chel. — Zv).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
nuklid — berilgan massa sondagi (yadrodagi proton va neytronlar massasi) va atom raqamli (yadrodagi proton va neytronlar soni) xilma-xil atomlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
II. Davlat tomonidan hisobga olinishi va nazorat qilinishi kerak bo‘lgan RM va RCH
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Quyidagilar davlat tomonidan hisobga olinishi va nazorat qilinishi kerak:
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
minimal qiymatli solishtirma aktivligi (MQSA), xonada yoki ish joyidagi aktivligi (MAA) va alohida nuklidlar radiatsiyaviy xavflilik guruhi ushbu Nizomga 1-ilovada ko‘rsatilgan qiymatdan oshadigan RM. Yangi tayyorlangan RM omborga kelib tushgan vaqtida davlat tomonidan hisobga olinadi;
(3-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 2-maydagi 289-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.05.2025-y., 09/25/289/0406-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ushbu Nizomga 2-ilovada ko‘rsatilgan tasniflash bo‘yicha qattiq va suyuq RCH, ushbu Nizomga 3-ilovada ko‘rsatilgan tasniflash bo‘yicha gaz holatidagi RCH.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yong‘indan xabar beruvchi signalizatsiyalardagi radionuklid manbalar, radiatsiyaviy nazorat asboblarida ishlatiladigan etalonli manbalar, radiofarmatsevt preparatlar, immunologik analiz uchun to‘plamlar, tibbiyot uchun belgilangan radioizotop generatorlar, radionuklidlar bilan belgilangan birikmalar, shuningdek asosida yemirilish davri 60 (oltmish) sutkagacha bo‘lgan eritmalar va radioizotop preparatlar, yod-125 ni qo‘shgan holda, faqat ularni ishlatadigan RM va RCH aylanishi subyektlarida hisobga olinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. RM va RCH aylanishini davlat tomonidan hisobga olish va nazorat qilish axborotlarni yig‘ish, qayta ishlash va yetkazish, uni ruxsat berilmagan foydalanishdan himoya qilish, qonunchilik talablariga muvofiq boshqa axborot tizimlari bilan elektron ko‘rinishda ma’lumot almashishni ta’minlaydigan axborot texnologiyalaridan foydalangan holda amalga oshiriladi.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
III. RM va RCHni davlat tomonidan hisobga olish va nazorat qilishni yuritish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. RM va RCHni davlat tomonidan hisobga olish va nazorat qilish RM va RCH aylanishi subyektlarida dastlabki hisobga olish natijalari va RCH ning barcha aylanishi hamda ularning bojxona chegarasi orqali olib o‘tilishi ma’lumotlariga asoslanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
RM va RCHni dastlabki hisobga olish ular turgan, saqlanadigan va ko‘miladigan punktlar (joylar) bo‘yicha hamda radionuklid tarkibi, aktivligi, ularning hajmi va soniga qarab olib boriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Dastlabki hisobga olishni yuritish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasi tomonidan tasdiqlangan qo‘llanmaga asosan belgilanadi.
(5-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 2-maydagi 289-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.05.2025-y., 09/25/289/0406-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasiga:
(6-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 2-maydagi 289-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.05.2025-y., 09/25/289/0406-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
RM va RCH aylanishi subyektlari tomonidan RM va RCH olinishi va berilishi vaqtidagi hisobga olish va nazorat qilish to‘g‘risida 10 kun ichida axborot;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
RM va RCH aylanishi subyektlari tomonidan RM va RCHni hisobga olish va nazorat qilish to‘g‘risida joriy yilning 1-fevraligacha yillik yangilanadigan axborot;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tayyorlovchi tashkilotlar, RM radionuklid manbalar, tarkibida radionuklid manbai bo‘lgan asboblar (apparatlar, qurilmalar) bilan ta’minlovchi tashkilotlar hamda ularni qayta ishlovchi, saqlovchi va ko‘mib yuboruvchi tashkilotlar tomonidan har chorakda bir marta RM berilishi (olinishi) to‘g‘risidagi axborot taqdim etiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Hisobga olish va nazorat qilish shakllari Atom energiyasi xalqaro agentligi tavsiyalari asosida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasi tomonidan ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 2-maydagi 289-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.05.2025-y., 09/25/289/0406-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. RM va RCHning fizik mavjudligini aniqlash uchun RM va RCH aylanishi subyektlari:
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
RM va ular joylashgan joyni — O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasi tomonidan tasdiqlangan INMni inventarizatsiyadan o‘tkazish yo‘riqnomasiga asosan har yili;
(8-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 2-maydagi 289-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.05.2025-y., 09/25/289/0406-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
RCH va ular saqlanadigan va ko‘miladigan punktlarni hamda RM va RCH aylanishi subyektlari kuzatuv chegarasida joylashgan radionuklidlar bilan zararlangan hududlarni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasi tomonidan tasdiqlangan INMni inventarizatsiyani o‘tkazish yo‘riqnomasiga asosan besh yilda bir marta inventarizatsiyadan o‘tkazadilar.
(8-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 2-maydagi 289-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.05.2025-y., 09/25/289/0406-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. RM va RCH aylanishi subyektlarining tashkiliy-huquqiy shakli o‘zgargan, u tugatilgan yoki qayta tashkil qilingan, RM va RCH bilan ishlash butunlay to‘xtatilgan, o‘g‘irlik, RM va RCH turgan yoki saqlanadigan punktlarga (joylarga) ruxsat berilmagan ta’sir o‘tkazish aniqlangan taqdirda, favqulodda holatlar oqibatlari bartaraf qilingandan keyin RM va RCH navbatdan tashqari inventarizatsiyadan o‘tkaziladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. RM va RCH aylanishi subyektlarida RM va RCHni yo‘qotishlar, shuningdek topilgan yoki hisobga olinmagan RM aniqlanganda tashkilot tezda o‘zidan yuqori turuvchi tashkilotga (mavjud bo‘lsa), O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatiga va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasiga ma’lum qiladi. Hisobga olinmagan va topilgan RM va RCH davlat hisobiga olinadi.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 2-maydagi 289-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.05.2025-y., 09/25/289/0406-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. RM va RCH aylanishi subyektlari rahbarlari ma’lumotlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasiga o‘z vaqtida, ishonchli va to‘liq taqdim etilishi hamda qonunchilikka muvofiq maxfiylik rejimi ta’minlanishi uchun javob beradilar.
(11-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 2-maydagi 289-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.05.2025-y., 09/25/289/0406-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
IV. Xodimlarni o‘qitish, tayyorlash va qayta tayyorlash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Respublika, idora va mintaqa darajalarida RM va RCH aylanishini davlat tomonidan hisobga olish va nazorat qilishni amalga oshiruvchi xodimlarni o‘qitish, tayyorlash va qayta tayyorlash belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti bazasida o‘tkaziladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. RV va RCH aylanishini davlat tomonidan hisobga olish va nazorat qilish bo‘yicha rahbar xodimlarni va mutaxassislarni o‘qitish dasturlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasi bilan kelishgan holda O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.
(13-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 2-maydagi 289-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.05.2025-y., 09/25/289/0406-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasi bazasida davlat tomonidan hisobga olish va nazorat qilish bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha doimiy ishlaydigan maslahat punkti tashkil qilinadi.
(14-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 2-maydagi 289-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.05.2025-y., 09/25/289/0406-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
V. RM va RCHni davlat tomonidan hisobga olish va nazorat qilish tartibi buzilganligi uchun javobgarlik
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Ushbu Nizom buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilikka muvofiq javob beradilar.
(15-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Radioaktiv moddalar va radioaktiv chiqindilar aylanishini davlat tomonidan hisobga olish va nazorat qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Minimal ahamiyatli solishtirma aktivlik (MQSA), ish joyidagi yoki xonadagi aktivlik (MAA) va alohida nuklidlarning radiatsiyaviy xavflilik guruhi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Nuklid‎ MASA, Bk/g‎ MAA, Bk‎ Xavflilik guruhi‎
1‎ 2‎ 3‎ 4‎
C-14‎ 1 E+04‎ 1 E+07‎ V‎
P-32‎ 1 E+03‎ 1 E+05‎ B‎
P-33‎ 1 E+05‎ 1 E+08‎ G‎
Fe-55‎ 1 E+04‎ 1 E+06‎ V‎
Fe-59‎ 1 E+01‎ 1 E+06‎ V‎
Co-57‎ 1 E+02‎ 1 E+06‎ V‎
Co-60‎ 1 E+01‎ 1 E+05‎ B‎
Zn-65‎ 1 E+01‎ 1 E+06‎ V‎
Sr-90‎ 1 E+02‎ 1 E+04‎ B‎
Y-90‎ 1 E+03‎ 1 E+05‎ B‎
Tc-96‎ 1 E+01‎ 1 E+06‎ V‎
Tc-96m‎ 1 E+03‎ 1 E+07‎ V‎
Tc-97‎ 1 E+03‎ 1 E+08‎ G‎
Tc-97m‎ 1 E+03‎ 1 E+07‎ V‎
Tc-99‎ 1 E+04‎ 1 E+07‎ V‎
Tc-99m‎ 1 E+02‎ 1 E+07‎ V‎
Ag-110m‎ 1 E+01‎ 1 E+06‎ V‎
Sb-124‎ 1 E+01‎ 1 E+06‎ V‎
I-123‎ 1 E+02‎ 1 E+07‎ V‎
I-125‎ 1 E+03‎ 1 E+06‎ V‎
I-126‎ 1 E+02‎ 1 E+06‎ V‎
Cs-137‎ 1 E+01‎ 1 E+04‎ B‎
Eu-152‎ 1 E+01‎ 1 E+06‎ V‎
Gd-153‎ 1 E+02‎ 1 E+07‎ V‎
Tm-170‎ 1 E+03‎ 1 E+06‎ V‎
W-181‎ 1 E+03‎ 1 E+07‎ V‎
W-185‎ 1 E+04‎ 1 E+07‎ V‎
Tl-204‎ 1 E+04‎ 1 E+04‎ B‎
Pb-210*‎ 1 E+01‎ 1 E+04‎ B‎
Bi-210‎ 1 E+03‎ 1 E+06‎ V‎
Po-210‎ 1 E+01‎ 1 E+04‎ B‎
Rn-220*‎ 1 E+04‎ 1 E+07‎ V‎
Rn-222* 1 E+01‎ 1 E+08‎ G‎
Ra-226* 1 E+01‎ 1 E+04‎ B‎
Ra-228*‎ 1 E+01‎ 1 E+05‎ B‎
Ac-228‎ 1 E+01‎ 1 E+06‎ V‎
Th-228*‎ 1 E+00‎ 1 E+04‎ B‎
Th-230‎ 1 E+00‎ 1 E+04‎ B‎
tabiiy — Th (Th-232 qo‘shilgan holda)‎ 1 E+00‎ 1 E+03‎ A‎
Cd-109‎ 1 E+04‎ 1 E+06‎ V‎
Th-234* 1 E+03‎ 1 E+05‎ B‎
U-234‎ 1 E+01‎ 1 E+04‎ B‎
U-235* 1 E+01‎ 1 E+04‎ B‎
U-238* 1 E+01‎ 1 E+04‎ B‎
tabiiy — U‎ 1 E+00‎ 1 E+03‎ A‎
Pu-238‎ 1 E+00‎ 1 E+04‎ B‎
Pu-239‎ 1 E+00‎ 1 E+04‎ B‎
Am-241‎ 1 E+00‎ 1 E+04‎ B‎
Cf-252‎ 1 E+01‎ 1 E+04‎ B‎
Pm-147‎ 1 E+04‎ 1E+07‎ V‎
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Izoh: * Quyidagi tegishli radionuklidlar hosil bo‘lgan radionuklidlar bilan muvozanat holatida keltirilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Pb-210‎ Bi-210, Po-210‎
Rn-220‎ Po-216‎
Rn-222‎ Po-218, Pb-214, Bi-214, Po-214‎
Ra-226‎ Rn-222, Po-218, Pb-214, Bi-214, Po-214, Pb-210, Bi-210, Po-210‎
Ra-228‎ Ac-228‎
Th-228‎ Ra-224, Rn-220, Po-216, Pb-212, Bi-212, Tl-208 (0.36), Po-212 (0.64)‎
tabiiy — Th‎ Ra-228, Ac-228, Th-228, Ra-224, Rn-220, Po-216, Pb-212, Bi-212, Tl-208 (0.36), Po-212 (0.64)‎
Th-234‎ Pa-234m‎
U-235‎ Th-231‎
U-238‎ Th-234, Pa-234m‎
tabiiy — U‎ Th-234, Pa-234m, U-234, Th-230, Ra-226, Rn-222, Po-218, Pb-214, Bi-214, Po-214, Pb-210, Bi-210, Po-210‎
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Izohlar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Aktiv darajalari jadvalda keltirilgan aktivlikdan kam bo‘lganda xodimlardan bo‘lgan shaxslar va aholining yillik individual nurlanishi ta’siri darajasi 10 mkZv dan va avariya holatida esa 1 mZv dan, jamoaviy ta’sir darajasi 1 ins.-Zvdan oshmaydi. Teriga ekvivalent nur darajasi 50 mZv/yil dan oshmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Tabiiy radionuklidlar texnogen nurlanish manbalaridan iste’mol tovarlariga o‘tganida (masalan, Ra-226, Po-210) yoki kimyoviy zaharliligi bo‘yicha (toriy, uran va boshqalar uchun) baholanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Bir qancha nuklidlar birga bo‘lganda ularning umumiy aktivligi jadvaldagi qiymatiga nisbatan birlikdan oshmasligi kerak. Ushbu ilovada keltirilgan radionuklidlar jami aktivlikning minimal qiymatiga bog‘liq ravishda (MAA) radiatsiyaviy xavflilik bo‘yicha 4 guruhga bo‘linadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
A — 1 x 103 Bk;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
B — 1 x 104 i 1 x 105 Bk;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
V — 1 x 106 i 1 x 107 Bk;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
G — 1 x 108 i 1 x 109 Bk, hamda Kr-83m, Kr-85m va Xe-135m.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Jadvalda ko‘rsatilmagan radionuklidlarning MASA, MAA va radiatsiyaviy xavflilik guruhi O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Radioaktiv moddalar va radioaktiv chiqindilar aylanishini davlat tomonidan hisobga olish va nazorat qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suyuq va qattiq holatdagi RCH tasnifi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Chiqindilar kategoriyasi‎‏ Solishtirma aktivlik, kBk/kg‎‎
beta-nur chiqaruvchi radionuklidlar‎ alfa-nur chiqaruvchi radionuklidlar (transuranlilardan tashqari)‎ transuranli radionuklidlar‎
Past aktivlikdagilar‎ 103 dan kam‎ 102 dan kam‎ 101 dan kam‎

O‘rtacha aktivlikdagilar‎

103 dan 107 gacha‎

102 dan 106 gacha‎

101 dan 105 gacha‎

Yuqori aktivlikdagilar‎

107 dan ortiq‎

106 dan ortiq‎

105 dan ortiq‎

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Radioaktiv moddalar va radioaktiv chiqindilar aylanishini davlat tomonidan hisobga olish va nazorat qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
3-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Gaz holatidagi RCH tasnifi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

Chiqindilar kategoriyasi‎

Hajmli aktivlik, Ki/mq‎

Past aktivlikdagilar‎ 10-10 dan past‎
O‘rta aktivlikdagilar‎ 10-10 dan 10-6 gacha‎
Yuqori aktivlikdagilar‎ 10-6 dan yuqori‎
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 13-avgustdagi 231-son qaroriga
2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yadroviy materiallar aylanishini davlat tomonidan hisobga olish va nazorat qilish tartibi to‘g‘risida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
I. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Ushbu Nizom yadroviy materiallarni davlat tomonidan hisobga olish va nazorat qilish tartibini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Ushbu Nizomda quyidagi tushunchalar qo‘llaniladi:
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yadroviy materiallar aylanishi subyektlari — O‘zbekiston Respublikasi hududida qonunchilikda belgilangan tartibda ionlashtiruvchi nurlanish manbalarini qazib olish, ishlab chiqarish, hosil qilish, qayta ishlash, ulardan foydalanish, ularni saqlash, ularga xizmat ko‘rsatish, ularni tashish, shu jumladan ularning O‘zbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali olib o‘tilishi, zararsizlantirilishi va ko‘mib tashlanishi bo‘yicha yadroviy materiallar aylanishi sohasidagi faoliyatni amalga oshiradigan yuridik shaxslar;
(2-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yadroviy materiallarni hisobga olish va nazorat qilishdagi anomaliyalar — yadroviy materiallarning yetishmasligi (ortiqchaligi), hisobga olish va hisobot hujjatlaridagi xatolar, yadroviy materiallarni nazorat qilish vositalarining buzilishi, ishlamasligi, yadroviy materiallarni ishlatish va berish tartibining buzilishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
atributlar — ko‘rib yoki ish vositalari bilan tekshirishni amalga oshirish mumkin bo‘lgan predmetning tavsifi (masalan, predmetning identifikatori, predmetning joylashishi, predmetdagi aralashishni indikatsiya qilish vositasining ahvoli, predmetning geometrik o‘lchamlari, netto va brutto og‘irligi va hokazolar);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
atributiv belgilar — predmetning u yoki bu atributlarining borligi yoki yo‘qligini bir xil ma’noda tasdiqlovchi belgilar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yadroviy materiallar balansi — balanslararo davrda balans material zonasida hujjatlarda belgilangan va mavjud yadroviy materiallar miqdorining qiyosiy yakuni;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yadroviy materiallar turlari — izotop tarkibi ma’lum bir chegaradagi yadroviy materiallar. Yadroviy materiallarning turlari respublika miqyosida yadroviy materiallarni hisobga olish va nazorat qilishni amalga oshiruvchi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasining tartibga soluvchi hujjatlari asosida belgilanadi;
(2-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 2-maydagi 289-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.05.2025-y., 09/25/289/0406-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yuqori boyitilgan uran (YUBU) — uran 235 izotopi bo‘yicha boyitilishi 20% dan kam bo‘lmagan uran;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
past darajada boyitilgan uran — uran 235 izotopi bo‘yicha boyitilishi 20% dan kam bo‘lgan uran;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
materiallar balansi zonasi (MBZ) — yadroviy materiallarni hisobga olish va nazorat qilish uchun yadroviy qurilma yoki yadroviy materiallarni saqlash punkti doirasida hududiy va ma’muriy belgilangan zona. Zonada o‘lchashlar asosida yadroviy materiallarning zona ichida yoki uning tashqarisida har bir joyi o‘zgartirilishida miqdori belgilanadi va belgilangan vaqt davridagi yadroviy materiallar balansi chiqariladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
inventarizatsiya farqi — yadroviy materiallarning amalda mavjud va hujjatlarda belgilangan miqdori o‘rtasidagi farq;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
fizik inventarizatsiya — MBZdagi mavjud yadroviy materiallarning haqiqiy miqdorini aniqlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yadroviy materiallarning kategoriyalari — yadroviy materiallarni hisobga olish va nazorat qilish nuqtai nazaridan yadroviy materiallarning miqdoriy tavsifi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
asosiy o‘lchash nuqtasi — yadroviy materiallarning oqimi va mavjud miqdori o‘lchanishi mumkin bo‘lgan joy;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yadroviy materiallarni nazorat qilish — yadroviy materiallarning mavjud miqdori va olib o‘tilishini ma’muriy nazorat qilish. Bu yadroviy materiallar, uskunalar va ma’lumotlardan foydalanishni nazorat qilishni, yadroviy materiallarni kuzatishni, yadroviy materiallarning ruxsat berilgan joylashishi va joyi o‘zgartirilishini tekshirishni o‘z ichiga oladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yadroviy materiallarni nazorat tekshiruvidan o‘tkazish — yadroviy materiallar mavjudligini atributiv belgilar bo‘yicha hisobga olish birliklari shaklida tekshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
material-balansli hisobot — balanslararo davrda yadroviy materiallarning mavjud miqdori va balansi to‘g‘risidagi belgilangan shaklda tuzilgan hisobot;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
balanslararo davr — ketma-ket ikki fizik inventarizatsiya o‘rtasidagi davr;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yadroviy materiallar (YAM) — tarkibida yadro moddalari mavjud bo‘lgan yoki bo‘linadigan (parchalanadigan) yadro moddalari ishlab chiqarishga qodir bo‘lgan, shuningdek tarkibida yadro materiallari bo‘lmagan yoki yadro materiallari ishlab chiqarishga qodir bo‘lmagan, biroq yadro ichidagi energiyasi portlab ajralib chiqilishiga (yadro portlashi) mo‘ljallangan qurilmalarda foydalanilishi mumkin bo‘lgan materiallar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
II. Yadroviy materiallarni davlat tomonidan hisobga olish va nazorat qilish
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Barcha yadroviy materiallar (uran, plutoniy, toriy) ularning miqdoridan, jismoniy holatidan qat’i nazar davlat tomonidan hisobga olinadi va nazorat qilinadi, qazib olishda yoki qayta ishlashda rudaning tarkibida bo‘lgan yadroviy materiallar bundan mustasno.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 2-oktabrdagi 782-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 03.10.2018-y., 09/18/782/1985-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Yadroviy materiallar davlat tomonidan hisobga olish va nazorat qilishning tartib-qoidalarini, metodlarini aniqlashga tabaqalashtirilgan yondashishni ta’minlash maqsadida kategoriyalar bo‘yicha tasniflanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Yadroviy materiallar aylanishi subyektlari MBZni yadroviy qurilma yoki yadroviy materiallarni saqlash punkti chegarasida belgilaydilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Har bir MBZda yadroviy materiallarning asosiy o‘lchash nuqtasi aniqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Yadroviy materiallarga nisbatan oldingi miqdoriy tavsiflarni o‘lchash va yadroviy materiallar atributiv belgilari ishonchliligini tasdiqlaydigan foydalanishni nazorat qilish vositalari qo‘llaniladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Yadroviy materiallarni hisobga olish ularning miqdoriy tavsifini o‘lchash natijalariga asoslanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Quyidagilarga:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
agar yadroviy materiallar miqdoriy tavsifining oldingi o‘lchanishi natijalari ishonchliligi qo‘llanilgan foydalanishni nazorat qilish vositalarining zarur holati, tegishli tasdiqlovchi o‘lchashlar bilan tasdiqlansa, ushbu natijalardan foydalanishga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oldindan o‘lchash, eksperimental tadqiqotlar natijalariga asoslangan hisob-kitob usuli (metodikalar)ni qo‘llashga yo‘l qo‘yiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Yadro reaktorida joylashgan mahsulotlardagi yadroviy materiallar massasi hisobga olish maqsadida reaktorga joylanishidan to reaktordan nurlangan mahsulotlar chiqarib tashlanishiga qadar o‘zgarmaydi deb qabul qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Yadroviy materiallarning amaldagi mavjud miqdorini aniqlash maqsadida MBZda fizik inventarizatsiya o‘tkaziladi. Yadroviy materiallarning fizik inventarizatsiyasi jarayonida hisobga olish ma’lumotlari, atributiv belgilar, yadroviy materiallarning miqdoriy tavsifini o‘lchash tekshiriladi. Fizik inventarizatsiya tugallangandan keyin yadroviy materiallar balansi chiqariladi, inventarizatsiya farqi va har bir yadroviy material uchun MBZda uning nuqsoni aniqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Aniq bir yadroviy materialning MBZdagi inventarizatsiya farqi quyidagi tenglama bilan aniqlanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
IF = FM – HM = NM – Ko‘M + KaM – NM, bunda,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
FM — yadroviy materiallarning MBZdagi amaldagi mavjud miqdori, bu ushbu fizik inventarizatsiya natijasida aniqlanadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
HM — inventarizatsiyani o‘tkazish boshida MZBdagi hujjatlar bilan ro‘yxatga olingan yadroviy materiallar miqdori;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ko‘M — muayyan balanslararo davrda barcha tushumlar, ishlatishlar va hokazolar natijasida MBZdagi yadroviy materiallar miqdorining aniqlangan va hujjatlarda qayd etilgan ko‘payishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
KaM — muayyan balanslararo davrda MBZdan barcha jo‘natilishlar, yadroviy aylanish, nobudgarchilik va hokazolar natijasida MBZdagi yadroviy materiallar miqdorining aniqlangan va hujjatlarda qayd etilgan kamayishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NM — ushbu balanslararo davr boshida MBZdagi yadroviy materiallarning aniqlangan va hujjatlarda ro‘yxatga olingan mavjud miqdori.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Yadroviy materiallarning amaldagi mavjud miqdorini aniqlash natijalari asosida, shuningdek inventarizatsiya farqining olingan miqdorini uning yo‘l qo‘yiladigan miqdori bilan taqqoslash yo‘li bilan har bir MBZ uchun yadroviy materiallarning kamomadi (ortiqchaligi) yoki yadroviy materiallarni davlat tomonidan hisobga olish va nazorat qilishda anomaliyalar yo‘qligi to‘g‘risida xulosalar chiqariladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Yadroviy materiallarni davlat tomonidan hisobga olish va nazorat qilishning barcha darajalari uchun hisobotning yagona tizimi belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Hisobga olish ma’lumotlarini tuzatishga faqat xato yozuvni saqlab qolgan holda hisobga olish hujjatlariga yangi yozuvlarni kiritish yo‘li bilan yo‘l qo‘yiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Hisobot ma’lumotlarini tuzatishga faqat yangi hisobot hujjatlarini taqdim etish yo‘li bilan yo‘l qo‘yiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Respublika darajasida yadroviy materiallarni davlat tomonidan hisobga olish va nazorat qilishni amalga oshiruvchi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasi, yadroviy materiallar aylanishi subyektlari yadroviy materiallarni davlat tomonidan hisobga olish va nazorat qilish tizimida, shu jumladan MBZda ma’lumotlarning himoya qilinishi va saqlanishini ta’minlaydi.
(15-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 2-maydagi 289-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.05.2025-y., 09/25/289/0406-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
III. Nazorat qilinishi kerak bo‘lgan yadroviy materiallar
Oldingi tahrirga qarang.
(16-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 2-oktabrdagi 782-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 03.10.2018-y., 09/18/782/1985-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-§. Davlat hisobiga qo‘yish va davlat hisobidan chiqarish
Oldingi tahrirga qarang.
(17-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 2-oktabrdagi 782-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 03.10.2018-y., 09/18/782/1985-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(18-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 2-oktabrdagi 782-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 03.10.2018-y., 09/18/782/1985-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Yadroviy materiallar ishlab chiqarilgandan keyin yoki shu yadroviy materiallar aylanishi subyektining boshqa MBZdan, yoki yadroviy materiallar aylanishi boshqa subyektining MBZdan kelib tushganda MBZda hisobga qo‘yilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Yadroviy materiallar yadroviy materiallar aylanishi ayni bir subyektining boshqa MBZga, yoki yadroviy materiallar aylanishi boshqa subyektining MBZga jo‘natilgandan keyin MBZda hisobdan chiqariladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Yadroviy materiallarni yadroviy materiallar, radioaktiv moddalar, ionlashtiruvchi nurlanish manbalari va radioaktiv chiqindilar milliy reyestriga kiritish (keyingi o‘rinlarda — milliy reyestr deb yuritiladi) va milliy reyestrdan chiqarish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasining ruxsati bilan yadroviy materiallar aylanishi subyekti taqdim etgan hisobot hujjatlari asosida amalga oshiriladi.
(21-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 2-maydagi 289-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.05.2025-y., 09/25/289/0406-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(22-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 2-oktabrdagi 782-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 03.10.2018-y., 09/18/782/1985-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(23-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 2-oktabrdagi 782-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 03.10.2018-y., 09/18/782/1985-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(24-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 2-oktabrdagi 782-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 03.10.2018-y., 09/18/782/1985-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25. Yadroviy materiallarning MBZdagi kategoriyalari ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
26. Agar ushbu MBZda tarkibida yadroviy materiallar bo‘lgan har xil mahsulotlar bo‘lsa, yadroviy materialning kategoriyasini aniqlashda barcha mahsulotlar tarkibida mavjud bo‘lgan yadroviy materiallarning birgalikdagi massasidan va ushbu Nizomga 2-ilovada ko‘rsatilgan kamroq raqamli kategoriyaga tushadigan mahsulotlar yadroviy materiallar massasi miqdoriy chegaralaridan kelib chiqiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-§. Materiallar balansi zonasi va asosiy o‘lchash nuqtalari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
27. MBZ soni va chegarasi yadroviy materiallar aylanishi subyekti tomonidan har bir MBZda va yadroviy materiallarning MBZlar o‘rtasida joyi o‘zgartirilishida yadroviy materiallarni davlat tomonidan hisobga olish va nazorat qilishni ta’minlash talablaridan kelib chiqib belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
28. MBZ quyidagi talablar hisobga olingan holda tashkil qilinadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
MBZga kelib tushadigan yoki MBZ dan jo‘natiladigan yadroviy material massasi yadroviy materiallarning o‘lchangan tavsiflari (hisob-kitob metodikalari qo‘llanilishiga yo‘l qo‘yiladigan hollar bundan mustasno) hisobga olish birliklarini, ichida yadroviy material bo‘lgan idishlarni to‘liq qayta hisoblab chiqish va identifikatsiyalash asosida, ilova qilingan hujjatlar ma’lumotlari, yadroviy materiallarning pasportiga oid ma’lumotlar bo‘yicha belgilanadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
zavod laboratoriyalari, to‘xtash zonalari va omborlar, shuningdek axborotning maxsus himoya qilinishini talab qiladigan yadroviy materiallar uchastkalari singari yadroviy materiallar aylanishi subyektining tarkibiy bo‘linmalari alohida MBZga ajratiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
29. MBZda o‘lchashning asosiy nuqtalari belgilanadi. Ularda attestatsiyadan o‘tkazilgan qo‘llanish metodikalari va vositalar yordamida yadroviy materiallarning miqdori, massasi, izotop tarkibi, boshqa miqdoriy tavsiflari o‘lchanadi yoki ularning atributiv belgilari tekshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
MBZda o‘lchashning asosiy nuqtasini tanlash MBZdagi yadroviy materiallar oqimi va amalda mavjud miqdorini o‘lchashni ta’minlaydigan tarzda amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
IV. Yadroviy materiallarni davlat tomonidan hisobga olish va nazorat qilish uchun yadroviy materiallarni o‘lchash tizimi va o‘lchash sifatini nazorat qilish dasturi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
30. Har bir MBZ uchun asosiy o‘lchash nuqtalari, o‘lchashlarni bajarish metodikalari, texnik vositalar, namuna uchun tanlab olish tartib-qoidalari ro‘yxatini, o‘lchashning aniqligini talab qiladigan o‘lchashlarni davriy o‘tkazish ma’lumotlarini, o‘lchash natijalarini taqdim etish muddatlari va shakllarini o‘z ichiga oladigan o‘lchash dasturi ishlab chiqiladi. Dastur yadroviy materiallar aylanishi subyektlari rahbarlari tomonidan tasdiqlanadi va besh yilda kamida bir marta qayta ko‘rib chiqiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
31. O‘lchashlarni bajarish metodikasi amaldagi o‘lchovlar birligini ta’minlash bo‘yicha normativ hujjatlarni talablariga muvofiq tuziladigan alohida normativ hujjatlar shaklida rasmiylashtiriladi.
(31-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 3-martdagi 45-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 10-son, 105-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
32. O‘lchashlarni bajarish metodikasi amaldagi o‘lchovlar birligini ta’minlash bo‘yicha normativ hujjatlar talablariga muvofiq metrologik attestatsiyadan o‘tishi kerak. Yadroviy materiallarni o‘lchash tizimida o‘lchashlarni bajarish metodikasining aniqligi ko‘rsatgichlari tavsiya etilgan xalqaro maqsadli qiymatlarga eng ko‘p darajada yaqinlashtirilgan bo‘lishi kerak.
(32-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 3-martdagi 45-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 10-son, 105-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
33. O‘lchash vositalarini rostlash namunalari va o‘lchash natijalari to‘g‘riligini tekshirish amaldagi o‘lchovlar birligini ta’minlash bo‘yicha normativ hujjatlar talablariga muvofiq metrologik attestatsiyadan o‘tishi va nomi, tipi va attestatsiyadan o‘tkaziladigan miqdor va uning nuqsonlari ko‘rsatilgan holda attestatsiya to‘g‘risidagi guvohnomaga ega bo‘lishi kerak.
(33-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 3-martdagi 45-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 10-son, 105-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
34. Yadroviy materiallarni o‘lchash tizimida foydalaniladigan o‘lchash vositalari ro‘yxatida vositaning nomi, uning tipi, markasi, zavod tartib raqami bo‘lishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
35. O‘lchash vositalari amaldagi normativ hujjatlarga muvofiq tekshirilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
36. Yadroviy materiallar aylanishining har bir subyektida yadroviy materiallarni o‘lchash tizimi doirasida o‘lchashlar sifatini nazorat qilish dasturi ishlab chiqiladi va joriy etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
V. Yadroviy materiallarni berish tartib-qoidasi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-§. Umumiy talablar
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
37. Yadroviy materiallar aylanishi subyektlari tomonidan yadroviy materiallarni olish va berishga yadroviy materiallar aylanishi bilan bog‘liq yadroviy materiallar aylanishi subyektining obyektlari sanitariya-gigiyena holati to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi tegishli hududiy organining xulosasi mavjud bo‘lgan taqdirda belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasi tomonidan ruxsat beriladi.
(37-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 2-maydagi 289-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.05.2025-y., 09/25/289/0406-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
38. Yadroviy materiallarni berish:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yadroviy materiallar aylanishi subyektlari rahbarlari tomonidan imzolangan dastlabki bildirishnomalarni;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kirim-chiqim va ilova qilinadigan hujjatlarni rasmiylashtirgan holda amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
39. Ilova qilinadigan hujjatlarda yadroviy materiallar joylashtirilgan konteynerlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi (muhrlar (tamg‘alar)ning tiplari va indentifikatorlari, konteynerlarning brutto-massasi va boshqa zarur ma’lumotlar). Joyi o‘zgartirilayotgan yadroviy materiallarning tavsiflari to‘g‘risidagi ma’lumotlar (pasportga oid ma’lumotlar) maxsus pochta bilan yoki yuk bilan birga jo‘natiladigan hujjatlarda keltiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
40. Yadroviy materiallarni berishda quyidagi tartib-qoidalar bajariladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tashqi ko‘zdan kechirish va hisobga olinadigan birliklar (konteynerlar) sonini tekshirish, transport vositasiga va (yoki) yadroviy materiallar bor bo‘lgan konteynerga nisbatan qo‘llaniladigan aralashishni indikatsiya qilish qurilmasi tekshiriladi (konteynerlar, muhrlar (tamg‘alar)ni tekshirishni, konteynerlarning identifikatorlari, muhrlar (tamg‘alar) va joylashtirish joylari ilova qilinadigan hujjatlarning muvofiqligini tekshirishni o‘z ichiga oladi);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yadroviy materiallar bor bo‘lgan konteynerlarning brutto-massasi, ularning parametrlari o‘lchanishini tasdiqlaydigan tartib-qoidalar bajariladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
41. Tasdiqlovchi o‘lchashlar turi va hajmi ushbu o‘lchashlarni bajaradigan yadroviy materiallar aylanishi subyektining hujjatlari bilan quyidagilardan kelib chiqib belgilanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
berish turi (yadroviy materiallar aylanishi bir subyektining MBZ o‘rtasida, yadroviy materiallar aylanishi subyektlari o‘rtasida, eksport-import);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yadroviy materiallar turlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yadroviy materiallar miqdori;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mahsulotlar turlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
idishlar va aralashishni indikatsiya qilish vositalari turlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
o‘lchashlarning nuqsonlari.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
42. Kirish (chiqish) nazorati jarayonida o‘lchashlar natijasida olingan ma’lumotlar hujjatlar bilan rasmiylashtiriladi. Bunda o‘lchashlar vositalari va metodlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar, o‘lchashlar natijalari, o‘lchashlarning nuqsonlari, o‘lchash bajarilgan asosiy o‘lchash nuqtalari, aralashishni indikatsiya qilish qurilmalari tiplari va identifikatorlari, o‘lchashlar o‘tkazilgan sana va o‘lchashni bajargan shaxslarning familiyasi keltirilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-§. Yadroviy materiallar olinishi va jo‘natilishini hujjatlashtirish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
43. Yadroviy materiallarni olishda yadroviy materiallar aylanishi subyekti tomonidan uch ish kuni mobaynida yadroviy materiallar mavjud bo‘lgan idishlarning atributiv belgilari tekshiriladi va tasdiqlovchi o‘lchashlar bajariladi. Mulohazalar mavjud bo‘lmagan taqdirda yadroviy materiallarni dastlabki qabul qilish va hisobga qo‘yish amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yadroviy materiallarni uzil-kesil qabul qilish va hisobga qo‘yish, agar xalqaro yoki hukumatlararo bitimda yoki shartnomada o‘zgacha hol qayd etilmagan bo‘lsa, yadroviy materiallar va ularga pasportlar (formulyatorlar, sertifikatlar) olingandan keyin 10 sutkadan kechikmay amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
44. Yadroviy materiallarni jo‘natishda yadroviy materiallar aylanishi subyekti yadroviy materiallarni bir ish kuni mobaynida hisobdan chiqaradi va ularning pasportlari (formulyarlari, sertifikatlari)ni, agar xalqaro va hukumatlararo bitim yoki shartnomalarda o‘zgacha hol qayd etilmagan bo‘lsa, uch ish kuni mobaynida yadroviy materiallar aylanishining oluvchi subyektiga jo‘natadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
45. Olingan yadroviy materiallar to‘g‘risidagi ma’lumotlar uni olgan yadroviy materiallar aylanishi subyekti tomonidan hisobga olish hujjatlariga kiritiladi. Jo‘natilgan yadroviy materiallar to‘g‘risidagi ma’lumotlar ularni jo‘natgan yadroviy materiallar aylanishi subyektining hisobga olish hujjatlariga kiritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-§. Yadroviy materiallarni hisobga olish va nazorat qilishda anomaliyalar aniqlangandagi xatti-harakatlar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
46. Yadroviy materiallar aylanishining jo‘natuvchi subyekti va yadroviy materiallar aylanishining oluvchi subyekti ma’lumotlari o‘rtasida 0,99 ishonchli ehtimolidan kelib chiqib, statistik ahamiyatli farqlar aniqlangan taqdirda, farqning sabablarini aniqlash choralari ko‘riladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
47. Agar yadroviy materiallar aylanishining jo‘natuvchi subyekti va yadroviy materiallar aylanishining oluvchi subyekti ma’lumotlarining statistik ahamiyatli farqlari mavjudligi tasdiqlansa, u holda yadroviy materiallar aylanishining oluvchi subyekti maxsus hisobot tuzishi va uni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasiga yuborishi shart.
(47-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 2-maydagi 289-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.05.2025-y., 09/25/289/0406-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
VI. Fizik inventarizatsiya, material balansini chiqarish va inventarizatsiya farqini baholash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-§. Umumiy talablar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
48. Fizik inventarizatsiya:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
MBZda yadroviy materiallarning amalda mavjud miqdorini aniqlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hisobga olish birliklari haqiqiy parametrlarining tegishli hisobga olish ma’lumotlariga muvofiqligini aniqlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yadroviy materiallar balansini chiqarish, inventarizatsiya farqi va uning nuqsonlarini aniqlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yadroviy materiallarni davlat tomonidan hisobga olish va nazorat qilishdagi kamchiliklar va qoida buzilishlarini aniqlash maqsadida o‘tkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
49. Fizik inventarizatsiya tartib-qoidasi yadroviy materiallar aylanishi subyektlarida amal qiladigan metodikalar va yo‘riqnomalarga muvofiq amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
50. Fizik inventarizatsiya tartib-qoidasi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
MBZda fizik inventarizatsiyaga tayyorgarlik ko‘rishga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yadroviy materiallarning mavjud miqdori ro‘yxatini hamda yadroviy materiallarning amalda mavjud ro‘yxatini tuzishga va hisobga olish hujjatlarini tekshirishga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yadroviy materiallarning mavjud miqdori ro‘yxati hisobga olish ma’lumotlariga muvofiqligini tekshirishga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
foydalanishni nazorat qilish vositalarining holatini tekshirishga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yadroviy materiallarning amalda mavjud miqdorini o‘lchashdagi nuqsonlar hisobga olingan holda hisobga oluvchi va tasdiqlovchi o‘lchashlarga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
o‘lchab bo‘lmaydigan nobudgarchilik va uning nuqsonlari miqdorini baholashga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
har bir yadroviy material uchun inventarizatsiya farqi va uning nuqsonlarini aniqlashga asoslanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
51. Har bir MBZdagi yadroviy materiallar soni ularning sonini va o‘lchashlarning asosiy nuqtasida tarkibini o‘lchash yo‘li bilan aniqlanadi, tezkor-texnik hisobga olish va nazorat tekshirishlari, hisobga olish va hisobot hujjatlarini davriy solishtirish yo‘li bilan nazorat qilinadi hamda fizik inventarizatsiya o‘tkazish yo‘li bilan tekshiriladi. Fizik inventarizatsiya balanslararo davrda MBZda har bir yadroviy material uchun balans chiqarish bilan tugallanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
52. Fizik inventarizatsiyani o‘tkazishda har bir yadroviy materialning massasi aniqlanadi. Yadroviy material massasining qiymati, shuningdek 0,95 ga teng bo‘lgan ishonchli ehtimollik uchun o‘lchashning nuqsonlari qiymati hujjatlar bilan ro‘yxatga olinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
53. Yadroviy materiallar massasining ilgari aniqlangan qiymatlaridan faqat ularning ishonchliligi ularni aniqlash paytidan ulardan foydalanish paytigacha foydalanishni nazorat qilishning qo‘llanilgan vositalari zarur holatda ekanligi tasdiqlanishi mumkin bo‘lgan va (yoki) yadroviy materiallar miqdor parametrlarini va (yoki) ularning atributiv belgilarini o‘lchashning hisobga olish tartib-qoidasi bajarilishi jarayonida tasdiqlangan hollarda hisobga olish tartib-qoidalarini bajarishda (fizik inventarizatsiyalar, yadroviy materiallarni berish va hokazo) foydalanilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
54. Tasdiqlovchi o‘lchashlarni qo‘llash hajmi har bir yadroviy material uchun chegaraviy miqdorining kamomadi (ortiqchaligi)ni aniqlash ehtimolidan kelib chiqib qo‘llash hajmiga va foydalanishni nazorat qilish vositalarini tekshirish natijalariga bog‘liq holda aniqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
55. Hisobga olish va tasdiqlovchi o‘lchashlarning natijalari o‘rtasida statistik ahamiyatli farq aniqlangan taqdirda bu haqda yadroviy materiallar aylanishi subyekti rahbariyatiga ma’lum qilinadi, shuningdek farq kelib chiqishining sabablari aniqlashtiriladi. Zaruriyat bo‘lganda yangi hisobga olish o‘lchashlari bajariladi va hisobga olish hujjatlariga o‘zgartirishlar kiritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-§. Fizik inventarizatsiyalar takroriyligi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
56. Fizik inventarizatsiyalar har bir MBZ uchun davriy bajariladi, balanslararo davr esa MBZda yadroviy materiallar kategoriyasiga, yadroviy materiallar aylanishi subyektining texnologik va boshqa xususiyatlariga bog‘liq holda belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
MBZda fizik inventarizatsiyalar quyidagi vaqt chegaralaridan kam bo‘lmagan vaqtda rejalashtiriladi, tashkil etiladi va o‘tkaziladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-kategoriyali yadroviy materiallar mavjud bo‘lgan MBZ uchun — bir kalendar oy;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-kategoriyali yadroviy materiallar mavjud bo‘lgan MBZ uchun — uch kalendar oy;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-kategoriyali yadroviy materiallar mavjud bo‘lgan MBZ uchun — olti kalendar oy;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-kategoriyali yadroviy materiallar mavjud bo‘lgan MBZ uchun — o‘n ikki kalendar oy;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yadroviy materiallar aylanishi subyektining barcha MBZ uchun — o‘n ikki kalendar oy.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
57. MBZda fizik inventarizatsiyalar takroriyligi yadroviy materiallar aylanishi subyekti tomonidan taqdim etilgan asoslash asosida yadroviy materiallarga foydalanishni nazorat qilishning qo‘shimcha chora-tadbirlarini ko‘rishning majburiyligi sharti bilan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasi tomonidan o‘zgartirilishi mumkin.
(57-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 2-maydagi 289-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.05.2025-y., 09/25/289/0406-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-§. Hisobga olish, hisobot hujjatlari va yadroviy materiallar berilganligi to‘g‘risida dastlabki bildirishnomalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
58. Hisobga olish hujjatlari har bir MBZ uchun yuritilishi va ularda yadroviy materialning har bir turi, shu jumladan MBZda ularning soni va MBZda miqdorning o‘zgarishi to‘g‘risidagi ma’lumotlar bo‘lishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
59. Hisobga olish hujjatlarida har bir turkum uchun yadroviy materiallar miqdorining barcha o‘zgarishlari, turkumning tavsifi va turkumni shakllantirish uchun birlamchi ma’lumotlar aks ettiriladi, yadroviy materiallar miqdori o‘zgarishi sanasi, yadroviy materiallar aylanishining jo‘natuvchi subyekti MBZ va yadroviy materiallar aylanishining oluvchi subyekti MBZ ko‘rsatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
60. MBZda yadroviy materiallarning miqdor va sifat o‘zgarishlarini, shu jumladan kalibrlash natijalarini aniqlash, o‘lchashlarning barcha vositalarini tekshirish va yo‘qlama qilish uchun foydalaniladigan ma’lumotlar, namuna olish va ularning analizi natijalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar, o‘zgarishlar sifatini tekshirish, o‘lchashlarning tasodifiy va tizimli nuqsonlari natijalari tegishli hujjatlarda aks ettiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
61. Yadroviy materiallar aylanishining har bir subyektida, hisobot berish shakllarining yagona tizimi doirasida hisobga olish hujjatlariga asoslangan quyidagi hisobot hujjatlari tuziladi va amal qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
inventar miqdorning o‘zgarishi to‘g‘risidagi hisobot;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
material-balansli hisobot;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yadroviy materiallarning mavjud miqdori ro‘yxati;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yadroviy materiallarning amalda mavjud miqdori ro‘yxati;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
maxsus hisobot.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
62. Yadroviy materiallar aylanishi subyektining hisobot hujjatlari muntazamlilik asosida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasiga yuboriladi.
(62-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 2-maydagi 289-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.05.2025-y., 09/25/289/0406-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
63. Inventar miqdorning o‘zgarishi to‘g‘risidagi hisobot, yadroviy materiallarning mavjud miqdori ro‘yxatlari, yadroviy materiallarning amalda mavjud miqdori MBZ va yadroviy materiallar aylanishi subyekti bo‘yicha tuziladi. Ushbu hisobotlarda yadroviy materiallarning mavjud miqdori va ularning MBZ o‘rtasida yoki yadroviy materiallar aylanishi subyektlari o‘rtasida joyi o‘zgartirilishi to‘g‘risidagi ma’lumotlar mavjud bo‘ladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
64. Inventar miqdorning o‘zgarishi to‘g‘risidagi hisobot, MBZ bo‘yicha yadroviy materiallarning mavjud miqdori ro‘yxati bevosita yadroviy materiallar miqdorining har bir o‘zgarishi bilan bog‘liq voqeadan keyin yoki ushbu davrda yuz bergan yadroviy materiallar miqdori o‘zgarishi bo‘yicha har oyda, biroq ko‘rsatib o‘tilgan o‘zgarishlar yuz bergan oyning oxirgi kunidan 15 kundan kechikmay yadroviy materiallar aylanishi subyektida yadroviy materiallarning hisobini muntazamlilik asosida amalga oshiradigan xizmatga yuboriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
65. Yadroviy materiallar aylanishi subyektining inventar miqdori o‘zgarishi to‘g‘risidagi hisobot yilning har choragida yuboriladi va unda ushbu davrda yuz bergan yadroviy materiallar inventar miqdori o‘zgarishi to‘g‘risidagi ma’lumotlar mavjud bo‘ladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
66. Yadroviy materiallarning inventar miqdorida o‘zgarishlar yuz bermagan hisobot davrlari uchun yadroviy materiallar aylanishi subyekti va MBZ hisobot davrida yadroviy materiallarning inventar miqdori o‘zgarmaganligini ko‘rsatgan holda belgilangan tartibda to‘ldirilgan hisobot shaklini yuboradilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
67. Fizik inventarizatsiya natijalari bo‘yicha MBZda material-balansli hisobot tayyorlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
68. MBZning material-balansli hisobotida har bir yadroviy materiallar bo‘yicha quyidagilar alohida yozuvlar shaklida aks ettiriladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yadroviy materiallarning dastlab ro‘yxatdan o‘tkazilgan miqdori;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hisobot beriladigan balanslararo davrda yadroviy materiallar miqdorining ko‘payishi va (yoki) kamayishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
fizik inventarizatsiya natijalari bo‘yicha aniqlangan yadroviy materiallarning eng so‘nggi amalda mavjud miqdori;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
inventarizatsiya farqi qiymati va uni aniqlashdagi nuqsonlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
69. Yadroviy materiallar aylanishi subyektining material-balansli hisobotida fizik inventarizatsiya davomida aniqlangan yadroviy materiallarning amalda mavjud miqdoriga asoslangan yadroviy materiallar balansi aks ettiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
70. Yadroviy materiallar aylanishi subyektining material-balansli hisobotida yadroviy materiallarning har bir turi bo‘yicha quyidagilar alohida yozuvlar shaklida aks ettiriladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yadroviy materiallarning dastlab ro‘yxatdan o‘tkazilgan miqdori;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
fizik inventarizatsiya natijalari bo‘yicha aniqlangan yadroviy materiallarning eng so‘nggi ro‘yxatdan o‘tkazilgan va amalda mavjud miqdori;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
71. Agar yadroviy materiallarning amalda mavjud miqdorini yadroviy materiallarning mavjud miqdori ro‘yxatida eng so‘nggi ro‘yxatdan o‘tkazilgan taqqoslashda anomaliyalar aniqlangan bo‘lsa, u holda material-balansli hisobotga yadroviy materiallarning mavjud miqdorini navbatdagi balanslararo davr uchun boshlang‘ich miqdor sifatida qabul qilishning asoslanganligini tasdiqlaydigan zarur hujjatlar ilova qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
72. Material-balansli hisobot bilan bir vaqtda balanslararo davr oxirida yadroviy materiallarning amalda mavjud ro‘yxati tuziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
73. MBZda yadroviy materiallarning amalda mavjud miqdori ro‘yxati yadroviy materiallarning har bir turkumi va turi uchun indentifikatsiya tavsiflari va boshqa tavsiflar alohida ko‘rsatilgan holda materialning har bir turi va turkumi uchun fizik inventarizatsiya sanasiga izchil yozuvlar shaklida tuziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
74. Material-balansli hisobot va MBZ yadroviy materiallarning amalda mavjud miqdori ro‘yxati MBZda hisobiga olish va nazorat uchun mas’ul bo‘lgan shaxs tomonidan yadroviy materiallarning mavjud miqdori aniqlangandan keyin 15 kundan kech bo‘lmagan muddatda yadroviy materiallar aylanishi subyektining yadroviy materiallarini hisobga olish xizmatiga yuboriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
75. Yadroviy materiallar yo‘qotilganligi, o‘g‘irlanganligi, ulardan ruxsatsiz foydalanilganligi aniqlangan taqdirda, shuningdek jo‘natuvchi va oluvchi yadroviy materiallar aylanishi subyektlarining ma’lumotlari inventarizatsiya farqi yoki statistik ahamiyatli tafovuti qiymati uchun belgilangan chegaradan chiqilgan taqdirda maxsus hisobot yadroviy materiallar aylanishi subyekti tomonidan tuziladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Maxsus hisobot yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan holatlar aniqlangan paytdan boshlab 24 soat mobaynida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasiga taqdim etiladi.
(75-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 2-maydagi 289-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.05.2025-y., 09/25/289/0406-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
76. Maxsus hisobotda quyidagilar mavjud bo‘ladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ularga nisbatan ruxsat berilmagan xatti-harakatlar yuz bergan yadroviy materiallar bilan bog‘liq holatlar, voqealar va (yoki) voqealar turkumining tavsifi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
identifikatsiya va yadroviy materiallar turini aniqlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yadroviy materiallarning miqdoriy tavsifini aniqlash uchun birlamchi ma’lumotlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yuzaga kelgan muammolarni hal etish uchun ko‘rilgan chora-tadbirlar va keyingi xatti-harakatlar dasturi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
77. MBZ bo‘yicha yadroviy materiallar aylanishi subyektining hisobot hujjatlari so‘rov bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasiga taqdim etiladi.
(77-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 2-maydagi 289-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.05.2025-y., 09/25/289/0406-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
78. Yadroviy materiallarni yadroviy materiallar aylanishining boshqa subyektiga berishda, ular jo‘natilishidan kamida yetti kun oldin, yadroviy materiallar aylanishining jo‘natuvchi subyekti O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasiga bu haqda dastlabki bildirishnomani yuboradi.
(78-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 2-maydagi 289-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.05.2025-y., 09/25/289/0406-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
79. Eksport-import operatsiyalarini amalga oshirishda, shuningdek yadroviy materiallar har xil idoralarning yadroviy materiallar aylanishi boshqa subyekti tomonidan berilganda yadroviy materiallar aylanishining jo‘natuvchi va oluvchi subyektlari mo‘ljallanayotgan jo‘natish (olish) sanasidan kamida 15 kun oldin O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasiga dastlabki bildirishnomalarni yuboradilar.
(79-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 2-maydagi 289-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.05.2025-y., 09/25/289/0406-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Rejadan tashqari jo‘natishlar yuz bergan taqdirda, respublika, idoraviy va mintaqaviy darajalardagi INBni davlat tomonidan hisobga olish va nazorat qilish tizimining vakolatli davlat organlarining maxsus farmoyishi bo‘yicha dastlabki bildirishnomalar jo‘natish muddatlari aniqlangandan keyin uch kundan kechikmay yuboriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
80. Ushbu Nizomning 78 va 79-bandlarida ko‘rsatilgan hollarda, yadroviy materiallar olinganda va hisobga qo‘yilgandan keyin, yadroviy materiallar aylanishining oluvchi subyekti O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasiga tegishli pozitsiyalar to‘ldiriladigan dastlabki bildirishnomalar shaklidan foydalangan holda uning olinganligining tasdig‘ini yuboradi.
(80-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 2-maydagi 289-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.05.2025-y., 09/25/289/0406-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-§. Yadroviy materiallar aylanishi subyektlarida yadroviy materiallarni davlat tomonidan hisobga olish va nazorat qilish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
81. Yadroviy materiallar aylanishi subyektlarida yadroviy materiallarni davlat tomonidan hisobga olish va nazorat qilish normativ va texnik hujjatlarni, yadroviy materiallarni o‘lchash tizimini, hisobga olish va hisobot hujjatlarini o‘z ichiga oladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
82. Yadroviy materiallar aylanishi subyektining rahbari tomonidan yadroviy materiallarni hisobga olish va nazorat qilish to‘g‘risidagi Nizom (yo‘riqnoma) ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi. Nizom (yo‘riqnoma)da quyidagilar belgilanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yadroviy materiallar aylanishi subyektida va MBZda yadroviy materiallarni hisobga olish va nazorat qilish ishlarini tashkil etish, yadroviy materiallarni hisobga olish va nazorat qilish bilan shug‘ullanadigan xodimlar (personal) tuzilmasi va tarkibi. Ushbu xodimlar (personal)ning huquq va majburiyatlari bo‘linma to‘g‘risidagi nizomlar, lavozim va ish yo‘riqnomalari bilan belgilanadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
MBZ soni, ularning chegaralari va tuzilmasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yadroviy materiallar aylanishi subyektlarida qo‘llaniladigan yadroviy materiallarni hisobga olish va nazorat qilish uchun metodika va o‘lchash vositalari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yadroviy materiallardan foydalanishni nazorat qilish vositalari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hisobga olish va hisobot hujjatlari ro‘yxati va shakllari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
MBZda yadroviy materiallarni hisobga olish va nazorat qilishning holatini nazorat qilish tartibi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yadroviy materiallarni hisobga olish va nazorat qilishda anomaliyalarni tekshirish tartibi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xodimlar (personal)ni yadroviy materiallarni hisobga olish va nazorat qilish ishlariga tayyorlash va qo‘yish tartibi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
MBZda va umuman yadroviy materiallar aylanishi subyektida yadroviy materiallarning mavjud miqdori ro‘yxatini tuzish muddatlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
fizik inventarizatsiyalarni o‘tkazish tartibi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
83. MBZda yadroviy materiallarni davlat tomonidan hisobga olish va nazorat qilish tizimida hisobga olish birliklari identifikatorlari, aralashish indikatsiyasi qurilmasi identifikatorlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni taqdim etish ishonchliligi va hisobga olish birliklari joylashgan joy ishonchliligi kamida 99% bo‘lishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
84. Har bir MBZ uchun yadroviy materiallar aylanishi subyekti rahbari tomonidan yadroviy materiallarni hisobga olish va nazorat qilish bo‘yicha yo‘riqnoma ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi. Yo‘riqnomada quyidagilar belgilanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
o‘lchashning asosiy nuqtalari, shuningdek ularda qo‘llaniladigan o‘lchash metodikasi va vositalari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yadroviy materiallardan foydalanishni nazorat qilish vositalari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ushbu MBZda qo‘llaniladigan yadroviy materiallarni hisobga olish va nazorat qilish tartib-qoidasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yadroviy materiallarning texnologik nobudgarchiligini baholash tartib-qoidasi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
85. Yadroviy materiallarning har qanday texnologik nobudgarchiligi o‘lchashlar yoki dastlabki o‘lchashlar yoki eksperimental tadqiqotlar natijalariga asoslangan hisoblab chiqilgan metodikalar yordamida aniqlanadi. Yadroviy materiallarning eng ko‘p yo‘l qo‘yiladigan texnologik nobudgarchiligi miqdori O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasi bilan kelishiladi.
(85-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 2-maydagi 289-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.05.2025-y., 09/25/289/0406-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
86. Yadroviy materiallar aylanishi subyekti rahbarining buyrug‘i bilan har bir MBZ uchun ushbu MBZdagi yadroviy materiallar uchun moddiy javobgar shaxslar (omborchilar, mas’ul saqlovchilar va hokazolar) tayinlanadi. Ular bilan moddiy javobgarlik to‘g‘risida shartnomalar tuziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
87. Yadroviy materiallarni moddiy javobgar shaxsdan boshqa shaxslarga, bir texnologik operatsiyadan boshqasiga yoki smenalar o‘rtasida berish hujjatlar bilan rasmiylashtiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
VII. Yadroviy materiallarni hisobga oladigan va nazorat qiladigan xodimlarga (personalga) qo‘yiladigan talablar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
88. Yadroviy materiallarni hisobga oladigan va nazorat qiladigan xodimlar (personal) tegishli tartib-qoidalarni bajarish bo‘yicha o‘qitiladi, shuningdek yadroviy materiallar aylanishi subyektlarida belgilangan tartibga muvofiq ularning bilimlari vaqti-vaqti bilan tekshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
89. Yadroviy materiallarni hisobga olish va nazorat qilish tartib-qoidalari bilan bog‘liq bilimlarni tekshirishning davriyligi xodimlar (personal)ning har xil kategoriyalari uchun yadroviy materiallar aylanishi subyekti rahbari tomonidan belgilanadi. Tekshirish uch yilda kamida bir marta o‘tkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
VIII. Ushbu Nizomni buzganlik uchun javobgarlik
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
90. Ushbu Nizom buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilikka muvofiq javob beradi.
(90-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 2-oktabrdagi 782-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 03.10.2018-y., 09/18/782/1985-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yadroviy materiallar aylanishini davlat tomonidan hisobga olish va nazorat qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

Mahsulotlar‎

Yadroviy material‎ Yadroviy material massasi, kg, kamida‎

‎‎1-kategoriyali yadroviy materiallar

‎‏Metall mahsulotlar:
‎metall buyumlar, birikmalar;
‎quymalar, zarrachalar, ularning qotishmasi va qorishmasi; yoqilg‘i elementlari va yig‘ilmalari, metall va intermetall yoqilg‘i;
‎aralashmasiz qayta eritish yo‘li bilan qayta ishlanadigan brak qilingan buyumlar va chiqindilar
Pu, U-233‎ Pu va U-233 bo‘yicha jami massasi 2‎
YUBU‎ U-235 izotopi bo‘yicha 5‎
Qorishma, Pu, U-233, YUBU va boshqa yadroviy materiallar birikmasi‎ Pu, U-233, U-235, Np-237, Am, Cf bo‘yicha jami massasi 2‎
Tarkibida yadroviy materiallar yuqori miqdorda bo‘lgan mahsulotlar:
‎karbidlar, oksidlar, xloridlar, nitridlar, ftoridlar, ularning qotishmasi va qorishmasi;
‎yoqilg‘i elementlari va yuqorida eslatib o‘tilgan birikmalardan, shuningdek yadroviy materiallar konsentratsiyasi kamida 25 g/l (25 g/kg) bo‘lgan boshqa mahsulotlar
Pu, U-233‎ Pu i U-233 bo‘yicha jami massasi 6‎
YUBU‎ U-235 izotopi bo‘yicha 20‎
Qorishma, Pu, U-233, YUBU va boshqa yadroviy materiallar birikmasi‎ Pu,U-233, U-235, Np-237, Am, Cf bo‘yicha jami massasi 6‎

‎‎2-kategoriyali yadroviy materiallar

‎‏Metall mahsulotlar:
‎metall buyumlar, birikmalar; quymalar, zarrachalar, ularning qotishmasi va qorishmasi;
‎yoqilg‘i elementlari va yig‘ilmalari, metall va intermetall yoqilg‘i; aralashmasiz qayta eritish yo‘li bilan qayta ishlanadigan brak qilingan buyumlar va chiqindilar
Pu, U-233‎ Pu i U-233 bo‘yicha jami massasi> 0,5, biroq< 2‎
YUBU‎ U-235 izotopi bo‘yicha ³ 1, biroq < 5‎
qorishmalar, Pu, U-233 birikmasi, YUBU va boshqa yadroviy materiallar‎ Pu, U-233, U-235, Np-237, Am, Cf bo‘yicha jami massasi ³ 0,5, biroq < 2‎
‎‏Tarkibida yadroviy materiallar yuqori miqdorda bo‘lgan mahsulotlar:
‎ karbidlar, oksidlar, xloridlar, nitridlar, ftoridlar, ularning qotishmasi va qorishmasi;
‎yoqilg‘i elementlari va yuqorida eslatib o‘tilgan birikmalardan, shuningdek yadroviy materiallar konsentratsiyasi kamida 25 g/l (25 g/kg) bo‘lgan boshqa mahsulotlar xloridlar, nitridlar, ftoridlar, ularning qotishmalari va qorishmalari;
‎tarkibida yuqoridagi birikmalar va boshqa yadroviy materiali 25 g/l (25 g/kg) dan kam bo‘lmagan mahsulotlar yoqilg‘i elementlari va yig‘ilmalari.
Pu, U-233‎ Pu va U-233 bo‘yicha jami massasi> 2, biroq< 6‎
YUBU‎ U-235 izotopi bo‘yicha> 6, biroq< 20‎
qorishmalar, Pu, U-233 birikmasi, YUBU va boshqa yadroviy materiallar‎ Pu, U-233, U-235, Np-237, Am, Cf bo‘yicha jami massasi> 2, biroq< 6‎
‎‏Tarkibida yadroviy materiallar past miqdorda bo‘lgan mahsulotlar:
‎murakkab qayta ishlashni talab qiladigan mahsulotlar;
‎konsentratsiyali mahsulotlar; 1 dan 25 g/l (25 g/kg) gacha yadroviy materiallar
Pu, U-233‎ Pu va U-233 bo‘yicha jami massasi> 16‎
YUBU‎ U-235 izotopi bo‘yicha> 50‎
qorishmalar, Pu, U-233 birikmasi, YUBU va boshqa yadroviy materiallar‎ Pu, U-233, U-235, Np-237, Am, Cf bo‘yicha jami massasi> 16‎

‎‎3-kategoriyali yadroviy materiallar

‎‏Metall mahsulotlar:
‎ metall buyumlar, birikmalar; quymalar, zarrachalar, ularning qotishmasi va qorishmasi;
‎ yoqilg‘i elementlari va yig‘ilmalari, metall va intermetall yoqilg‘i; aralashmasiz qayta eritish yo‘li bilan qayta ishlanadigan brak qilingan buyumlar va chiqindilar
Pu, U-233‎ Pu va U-233 bo‘yicha jami massasi> 0,2 , biroq< 0,5‎
YUBU‎ U-235 izotopi bo‘yicha> 0,5, biroq< 1‎
qorishmalar, Pu, U-233 birikmasi, YUBU va boshqa yadroviy materiallar‎ Pu, U-233, U-235, Np-237, Am, Cf bo‘yicha jami massasi> 0,2, biroq< 0,5‎
‎‏Tarkibida yadroviy materiallar yuqori miqdorda bo‘lgan mahsulotlar:
‎ karbidlar, oksidlar, xloridlar, nitridlar, ftoridlar, ularning qotishmasi va qorishmasi;
‎ yoqilg‘i elementlari va yuqorida eslatib o‘tilgan birikmalardan, shuningdek yadroviy materiallar konsentratsiyasi kamida 25 g/l (25 g/kg) bo‘lgan boshqa mahsulotlar
Pu, U-233‎ Pu va U-233 bo‘yicha jami massasi> 0,5, biroq< 2‎
YUBU‎ U-235 izotopi bo‘yicha> 2, biroq< 6‎
qorishmalar, Pu, U-233 birikmasi, YUBU va boshqa yadroviy materiallar‎ Pu, U-233, U-235, Np-237, Am, Cf bo‘yicha jami massasi> 0,5, biroq <2‎
‎‏Tarkibida yadroviy materiallar past miqdorda bo‘lgan mahsulotlar:
‎murakkab qayta ishlashni talab qiladigan mahsulotlar;
‎ konsentratsiyali mahsulotlar;
‎1 dan 25 g/l (25 g/kg) gacha yadroviy materiallar qayta ishlashni talab qiladigan mahsulotlar;
‎tarkibida yadroviy materiali 1 dan 25 g/l (25 g/kg) gacha bo‘lgan mahsulotlar
Pu, U-233‎ Pu va U-233 bo‘yicha jami massasi> 3, biroq< 16‎
YUBU‎ U-235 izotopi bo‘yicha> 8, biroq< 50‎
qorishmalar, Pu, U-233 birikmasi, YUBU va boshqa yadroviy materiallar‎ Pu, U-233, U-235, Np-237, Am, Cf bo‘yicha jami massasi> 3, biroq< 16‎

‎‎4-kategoriyali yadroviy materiallar*

‎‏Metall mahsulotlar:
‎metall buyumlar, birikmalar;
‎quymalar, zarrachalar, ularning qotishmalari va qorishmalari;
‎yoqilg‘i elementlari va yig‘ilmalari, metall va intermetal yoqilg‘i; brak buyumlar va chiqindilar, eritish yo‘li bilan aralashtirmasdan qayta ishlash
Pu, U-233‎ Pu va U-233 bo‘yicha jami massasi 0,2‎
YUBU‎ U-235 izotopi bo‘yicha 0,5‎
qorishmalar, Pu, U-233 birikmasi, YUBU va boshqa yadroviy materiallar‎ Pu, U-233, U-235, Np-237, Am, Cf bo‘yicha jami massasi 0,2‎
‎‏Tarkibida yadroviy materiallar yuqori miqdorda bo‘lgan mahsulotlar:
‎karbidlar, oksidlar, xloridlar, nitridlar, ftoridlar, ularning qotishmalari va qorishmalari;
‎tarkibida yuqoridagi birikmalar va boshqa yadroviy materiali 25 g/l (25 g/kg) dan kam bo‘lmagan mahsulotlar yoqilg‘i elementlari va yig‘ilmalari
Pu, U-233‎ Pu va U-233 bo‘yicha jami massasi 0,5‎
YUBU‎ U-235 izotopi bo‘yicha 2‎
qorishmalar, Pu, U-233 birikmasi, YUBU va boshqa yadroviy materiallar‎ Pu,U-233, U-235, Np-237, Am, Cf bo‘yicha jami massasi 0,5‎
Tarkibida yadroviy materiallar past miqdorda bo‘lgan mahsulotlar:
‎murakkab qayta ishlashni talab qiladigan mahsulotlar;
‎tarkibida yadroviy materiali 1 dan 25 g/l (25 g/kg) gacha bo‘lgan mahsulotlar
Pu, U-233‎ Pu va U-233 bo‘yicha jami massasi 3‎
YUBU‎ U-235 izotopi bo‘yicha 8‎
qorishmalar, Pu, U-233 birikmasi, YUBU va boshqa yadroviy materiallar‎ Pu, U-233, U-235, Np-237, Am, Cf bo‘yicha jami massasi 3‎
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Izoh:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
* Boshqa barcha mahsulotlar, shu jumladan:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) kamida 1 g/l (1 g/kg) konsentratsiyali tarkibida Pu, U-233, YUBU bo‘lgan mahsulotlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) uranda U-235 kamida 20 % bo‘lgan uranning har qanday birikmalari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) himoyasiz kamida 1 Gr/s = 100 rad/s, 1 m masofada yutilgan daraja quvvatli har qanday mahsulotlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) har qanday birikmalar: plutoniy-238 izotopi miqdori 80 %li plutoniy; toriy; neptuniy-237; ameritsiy-241; ameritsiy-243 va kaliforniy-252;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
d) maxsus noyadroviy mahsulotlar va ularning har qanday birikmalari.
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2009-y., 32-33-son, 364-modda; 2010-y., 51-son, 486 -modda; 2011-y., 20-21-son, 208-modda; 2014-y., 10-son, 105-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 01.06.2018-y., 09/18/396/1287-son, 03.10.2018-y., 09/18/782/1985-son, 07.03.2019-y., 09/19/195/2712-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.11.2021-y., 09/21/694/1075-son, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 30.01.2025-y., 09/25/48/0093-son; 05.05.2025-y., 09/25/289/0406-son)