19.09.2018 yildagi 744-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 19.09.2018 yildagi 744-son
Date of entry into force
22.09.2018
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarishlarini yanada rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Fermer xo‘jaliklari va to‘qimachilik sanoati korxonalari o‘rtasida bozor munosabatlarini shakllantirishga doir chora-tadbirlarni izchil amalga oshirish doirasida 2018-yil boshidan buyon respublikaning 20 ta tumanidagi 160 ming gektar hududda paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarishini tashkil etishning klaster shakli joriy etildi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Joriy yil boshidan buyon paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarishlari tomonidan ishlarni tashkil etishning ilg‘or agrotexnologiyalari va uslublarini joriy qilish, suv resurslaridan samarali va oqilona foydalanishni ta’minlash, zamonaviy qishloq xo‘jaligi texnikasi bilan jihozlash hamda paxtachilik tarmog‘iga yuqori malakali xorijiy mutaxassislar va agronomlarni jalb etishga doir chora-tadbirlar amalga oshirildi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarishini tashkil etishning klaster shakllarini joriy etish doirasida 2018-yilda maydonlarni egiluvchan plastik quvurlar vositasida sug‘orish orqali 3163 gektar paxta maydonlarida suvni tejaydigan texnologiyalar qo‘llanildi, suv chiqarish tizimlari va hovuzlar barpo etildi, sug‘orish manbalari uzoq bo‘lgan tumanlarda 225 ta nasos agregatlari o‘rnatildi, 1285 ta turli qishloq xo‘jaligi texnikasi xarid qilindi, qishloq xo‘jaligi bo‘yicha yuqori malakali xorijiy mutaxassislar (agronomlar, zamonaviy texnika va texnologiyalar bo‘yicha mutaxassislar, ilmiy institutlar mutaxassislari) jalb qilindi, xorijiy davlatlarga borgan holda Turkiya, Isroil, Braziliya va AQShning paxta yetishtirish bo‘yicha muvaffaqiyatli tajribasi o‘rganildi, 4,3 mingdan ziyod yangi ish o‘rinlari tashkil etildi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Fermer xo‘jaliklari, qishloq xo‘jaligining boshqa ishlab chiqaruvchilari (keyingi o‘rinlarda fermer xo‘jaliklari deb ataladi) va to‘qimachilik sanoati korxonalari o‘rtasida bozor munosabatlarini yanada rivojlantirish, yuqori qo‘shilgan qiymatga ega zamonaviy to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarishni tashkil etishni rag‘batlantirish va qishloq aholisining bandligini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1.To‘qimachilik sanoati korxonalari — zamonaviy paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarishlari va klasterlar tashkil etish tashabbuskorlari (keyingi o‘rinlarda paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarishlari va klasterlar tashkilotchilari deb ataladi), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklarining:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining “Paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarishini tashkil etishning zamonaviy shakllarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 25-yanvardagi 53-son qarorida nazarda tutilgan mintaqalar hududlarida paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarishlarini tashkil etishning klaster shakllarini keyingi yillarda joriy qilishni davom ettirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2019-yil paxta xomashyosi hosilidan boshlab, 1-ilovaga* muvofiq respublika mintaqalarida paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarishlarini tashkil etishning klaster shakllarini joriy etish to‘g‘risidagi takliflari qabul qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar hokimliklari, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi bilan birgalikda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2018-yil 1-oktabrgacha bo‘lgan muddatda fermer xo‘jaliklarining ro‘yxatini aniqlasinlar va fermer xo‘jaliklari hamda paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarishlari va klasterlar tashkilotchilari o‘rtasida 2019-yil paxta xomashyosi hosili uchun kontraktatsiya shartnomalari tuzilishiga amaliy yordam ko‘rsatsinlar.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-sentabrdagi 562-sonli qaroriga asosan chiqarilgan)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Suv xo‘jaligi vazirligi, “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari, paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarishlari va klasterlari tashkilotchilari, fermer xo‘jaliklari bilan birgalikda 2019 — 2023-yillarda paxtachilikda, shu jumladan paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarishlari va klasterlari tashkilotchilariga berilgan maydonlarda zamonaviy tomchilatib sug‘orish tizimlarini bosqichma-bosqich joriy etish dasturini (keyingi o‘rinlarda Dastur deb ataladi) ikki oy muddatda ishlab chiqsinlar hamda tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Quyidagilarga:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarishlari tashkilotchilariga — tomchilatib sug‘orish tizimini joriy qilishda fermer xo‘jaliklariga ko‘maklashish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tijorat banklariga — paxta xomashyosini yetishtirish jarayonida tomchilatib sug‘orishning ilg‘or tizimlarini joriy qilishni moliyalashtirish, shuningdek, paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarishlari va klasterlari tashkilotchilariga aylanma mablag‘larni to‘ldirish uchun revolver kredit liniyalari ochish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasiga — shartnoma shartlarining so‘zsiz bajarilishini, shuningdek, paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarishlarini tashkil etishning klaster shakllari doirasida yerlardan samarali foydalanilishi yuzasidan qat’iy nazorat o‘rnatish tavsiya etilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi Dasturni amalga oshirishni moliyalashtirish uchun xalqaro moliya tashkilotlari va institutlarining kredit liniyalarini jalb qilish yuzasidan ikki oy muddatda takliflar kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Belgilansinki, ushbu qarorga 1-ilovaga* kiritilgan paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarishlari va klasterlari tashkilotchilariga O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan 2019-yil hosili paxta xomashyosini yetishtirish va yetkazib berishni moliyalashtirish uchun davlat buyurtmasi doirasida nazarda tutilgan shartlar asosida hisoblab chiqiladigan ehtiyojning kamida 60 foizi miqdoridagi kredit resurslari xizmat ko‘rsatuvchi banklar yoki “Agrobank” ATBda ochiladigan maxsus hisob raqamlari orqali ajratiladi va ta’minot sifatida sug‘urta polisi beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu qarorga 1-ilovaga* kiritilgan paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarishlari tashkilotchilariga Vazirlar Mahkamasining “Paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarishini tashkil etishning zamonaviy shakllarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 25-yanvardagi 53-son qarorida nazarda tutilgan qoidalar va shartlar tatbiq etilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. “O‘zpaxtasanoat” AJ, “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi va O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasining ushbu qarorga 2-ilovaga* muvofiq paxta tozalash korxonalari hamda paxta tayyorlash punktlarining bino va inshootlarini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarishlari va klasterlari faoliyatini tashkil etish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2018-yil 31-martdagi 253-son qarorining 2-bandida nazarda tutilgan shartlar asosida paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarishlari tashkilotchilariga investitsiyalar kiritgan holda, 5 yil muddatda bo‘lib to‘lash (teng miqdordagi yillik to‘lovlar) sharti bilan baholash qiymatida sotish to‘g‘risidagi taklifi qabul qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi “O‘zpaxtasanoat” AJ va “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi bilan birgalikda bir oy muddatda ushbu qarorga 2-ilovaga* kiritilgan paxta tozalash korxonalarini va paxta tayyorlash punktlarini xatlovdan o‘tkazsin va ularning holatini baholasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi Moliya vazirligi, Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, “O‘zpaxtasanoat” AJ va “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi bilan birgalikda oldi-sotdi shartnomasi tuzilgandan so‘ng bir oy muddatda paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarishlari va klasterlari tashkilotchilariga sotiladigan hamda ushbu qarorga 2-ilovaga* kiritilgan paxta tozalash korxonalarining soliq bo‘yicha qarzlarini xatlovdan o‘tkazsin va xarid to‘lovlari jadvallarini hisobga olgan holda, ushbu qarzlarni to‘lash muddatini uzaytirish yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga asoslangan takliflar kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda ishlarning tashkil etilishi va paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarishlari va klasterlari tashkilotchilarining faoliyati natijalari yuzasidan tizimli monitoring o‘rnatsin hamda Vazirlar Mahkamasiga har oyda tahliliy va jadvalli materiallar hamda tegishli takliflar kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda ushbu qarorga 2-ilovada* nazarda tutilgan paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarishlari tashkilotchilariga sotiladigan paxta tozalash korxonalarining bo‘shab qoladigan xodimlarini ishga joylashtirishni;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
* 1 va 2-ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarishlari va klasterlari tashkilotchilarining buyurtmanomalari asosida qishloq xo‘jaligi bo‘yicha yuqori malakali xorijiy mutaxassislarni O‘zbekiston Respublikasiga jalb qilish uchun ruxsatnomalarni, shuningdek, ko‘rsatib o‘tilgan xorijiy fuqarolarga O‘zbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi tasdiqnomalarni belgilangan tartibda berishni ( muddatini uzaytirishni) ta’minlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Moliya vazirligi “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi, “O‘zpaxtasanoat” AJ va Fanlar akademiyasi bilan birgalikda Respublika hududlarida paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarishlari va klasterlari tashkilotchilariga berilgan maydonlarda urug‘lik paxta xomashyosini yetishtirishni moliyalashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomni ikki oy muddatda ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. 2018-yilda paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarishlari va klasterlari tashkilotchilariga paxta xomashyosini yetishtirish va qayta ishlashni hisobga olishning amaldagi tartibi joriy etilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“O‘zpaxtasanoat” AJ “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi bilan birgalikda paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarishlari va klasterlari tashkilotchilarining rahbarlari va mas’ul xodimlari uchun paxta xomashyosini yetishtirish va qayta ishlashni hisobga olishni tashkil etish bo‘yicha bir hafta muddatda amaliy seminar tashkil qilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari Z.T. Mirzayev, “O‘zpaxtasanoat” AJ, “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Davlat statistika qo‘mitasi bilan birgalikda paxta xomashyosini yetishtirish va qayta ishlashni hisobga olishni tashkil etish tizimini takomillashtirishga doir takliflarni 2019-yil 1-aprelgacha bo‘lgan muddatda kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosarlari Z.T. Mirzayev va N.S. Otajonov, “O‘zpaxtasanoat” AJ boshqaruvi raisi A.I. Maqsudov va “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi raisi I.U. Haydarov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2018-yil 19-sentabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
744-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 19-sentabrdagi 744-son qaroriga
3-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Vazirlar Mahkamasining “Paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarishini tashkil etishning zamonaviy shakllarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 25-yanvardagi 53-son qarorida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
uchinchi xatboshidagi “2018-yil mobaynida” so‘zlari chiqarib tashlansin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oltinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“fermer xo‘jaliklari bilan paxta xomashyosi uchun yakuniy hisob-kitoblar paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarishlari va klasterlari tashkilotchilari tomonidan hosil yig‘ib-terib olinadigan yil oxirigacha amalga oshiriladi”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) 8-banddagi “chigit yetkazib berilishini” so‘zlaridan keyin “paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarishlarining tashkilotchilari bilan kelishgan holda” so‘zlari qo‘shilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
nomlanishidagi “2018-yilda” so‘zlari “2018-yildan boshlab” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
quyidagi mazmundagi izoh qo‘shilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Izoh.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yer maydonlari almashlab ekish izchilligidan kelib chiqqan holda o‘zgarishi mumkin”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) 3-ilovaga quyidagi mazmundagi 22-pozitsiya qo‘shilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

22.

Tomchilatib sug‘orish tizimlari

8424821000

”.

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Vazirlar Mahkamasining “Fermer xo‘jaliklarining nasos agregatlari va sug‘orish quduqlari iste’mol qiladigan elektr energiyasi qiymatini qoplash uchun O‘zbekiston Respublikasi davlat budjetidan subsidiyalar ajratish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 3-maydagi 320-son qaroriga ilovaning 2-bandidagi “hamda paxtachilik klasterlari bilan qamrab olingan” so‘zlari chiqarib tashlansin.
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 22.09.2018-y., 09/18/744/1949-son, 27.11.2018-y., 09/18/955/2226-son; 19.03.2019-y., 09/19/230/2785-son, 06.09.2019-y., 09/19/736/3697-son, 19.11.2019-y., 09/19/914/4032-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 31.08.2022-y., 09/22/477/0781-son)