25.01.2018 yildagi 53-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 25.01.2018 yildagi 53-son
Date of entry into force
26.01.2018
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarishini tashkil etishning zamonaviy shakllarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Fermer xo‘jaliklari, boshqa qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilari (keyingi o‘rinlarda fermer xo‘jaliklari deb ataladi) va to‘qimachilik sanoati korxonalari o‘rtasida bozor munosabatlarini shakllantirish, paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarishini tashkil etishning zamonaviy shakllarini joriy etish asosida yuqori qo‘shilgan qiymatga ega raqobatbardoshli mahsulotlar ishlab chiqarishni ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. To‘qimachilik sanoati korxonalari, shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklarining 2018-yil paxta xom ashyosi hosili doirasida sinab ko‘rishni hisobga olgan holda 1-ilovaga muvofiq ro‘yxat bo‘yicha hududlarda paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarishini tashkil etish to‘g‘risidagi takliflari qabul qilinsin hamda ushbu ishlab chiqarishni to‘qimachilik sanoati korxonalari (keyingi o‘rinlarda paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarishi tashkilotchilari deb ataladi) hamda fermer xo‘jaliklari o‘rtasida paxta xom ashyosini yetishtirish va yetkazib berish yuzasidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri kontraktatsiya shartnomasini tuzish asosida tashkil etish nazarda tutilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Belgilab qo‘yilsinki:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarishi tashkilotchilari yer, suv va boshqa resurslardan samarali hamda oqilona foydalanishga, hosildorlikni oshirishga va yetishtiriladigan paxta xom ashyosining o‘z vaqtida yig‘ib-terib olinishiga ko‘maklashadi, shuningdek, uning chuqur qayta ishlanishini va yuqori qo‘shilgan qiymatga ega mahsulotlar ishlab chiqarishning ko‘paytirilishini ta’minlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
lizing asosida qishloq xo‘jaligi texnikasi xarid qilish, mineral o‘g‘itlar, urug‘lik, yoqilg‘i-moylash materiallari, o‘simliklarni kimyoviy himoya qilish vositalari va boshqa material resurslar yetkazib berish bo‘yicha fermer xo‘jaliklari uchun nazarda tutilgan shartlar hamda tartib paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarishi tashkilotchilariga tatbiq etiladi;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarishi doirasida o‘z ehtiyojlari uchun ishlab chiqarilgan paxta tolasi ixtiyoriy ravishda sertifikatlanadi;
(2-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 18-noyabrdagi 914-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.11.2019-y., 09/19/914/4032-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ishlab chiqarilgan paxta tolasining o‘z ishlab chiqarish quvvatlari ehtiyojlaridan oshadigan hajmlari paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarishi tashkilotchilari tomonidan birja savdolari orqali boshqa mahalliy iste’molchilarga sotiladi;
(2-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 18-martdagi 230-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.03.2019-y., 09/19/230/2785-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
paxtadan olingan chigit paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarishi tashkilotchisi tomonidan yog‘-moy korxonalariga birja savdolari yoki mahsulotni qaytarish asosida, yog‘-moy mahsulotini keyinchalik birja savdolari orqali realizatsiya qilish sharti bilan, qayta ishlangan chigit chiqindilari (shrot, sheluxa) esa to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar bo‘yicha birinchi navbatda, fermer xo‘jaliklariga, shuningdek, boshqa mahalliy iste’molchilarga sotiladi;
(2-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 18-martdagi 230-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.03.2019-y., 09/19/230/2785-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qo‘shimcha mahsulotlar (lint, o‘lik paxta va boshqalar) paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarishi tashkilotchisi tomonidan mahalliy iste’molchilarga birja savdolari orqali sotiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarishi tashkilotchisi tomonidan xarid qilinadigan paxta xom ashyosi narxi fermer xo‘jaliklarining rentabelligi hisobga olinib, agrotexnologik xaritalar asosida shakllantiriladigan xarajatlardan kelib chiqqan holda shartnoma asosida belgilanadi va davlat ehtiyojlari uchun belgilangan narxlardan past bo‘lmasligi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar hokimliklari, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi va Suv xo‘jaligi vazirligi O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi bilan birgalikda o‘n kun muddatda fermer xo‘jaliklari ro‘yxatini belgilasinlar hamda ularga paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarishi tashkilotchilari bilan kontraktatsiya shartnomalarini tuzishda amaliy yordam ko‘rsatsinlar.
(3-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 31-martdagi 253-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.04.2018-y., 09/18/253/0994-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Qishloq xo‘jaligi vazirligi va Suv xo‘jaligi vazirligi, O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi va “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi bilan birgalikda fermer xo‘jaliklari hamda paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarishi tashkilotchilari o‘rtasida paxta xom ashyosini yetishtirish va yetkazib berish bo‘yicha namunaviy kontraktatsiya shartnomasini bir hafta muddatda ishlab chiqsin hamda tasdiqlasin, unda jumladan fermer xo‘jaliklarining o‘z majburiyatlarini so‘zsiz bajarishi choralarini nazarda tutsin.
(3-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 31-martdagi 253-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.04.2018-y., 09/18/253/0994-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi shartnomalar shartlarining so‘zsiz bajarilishi, shuningdek, paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarishi doirasida yerlardan samarali foydalanilishi yuzasidan qat’iy nazorat o‘rnatsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Belgilansinki:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
fermer xo‘jaliklariga paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarishining tegishli tashkilotchilari tomonidan kontraktatsiya shartnomasida nazarda tutilgan miqdorlarda va shartlar asosida avans beriladi;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarishi tashkilotchilari paxta xom ashyosini yetishtirish va ularga yetkazib berishni moliyalashtirish uchun O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda Jamg‘arma deb ataladi) mablag‘lari hisobidan ushbu qarorga 1-ilovaga muvofiq xizmat ko‘rsatuvchi tijorat banklari orqali kreditlar ajratadi va ta’minot sifatida sug‘urta polisi taqdim etadi;
(4-bandninng uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 19-sentabrdagi 744-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 22.09.2018-y., 09/18/744/1949-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-bandning to‘rtinchi va beshinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 26-fevraldagi PF-6179-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.02.2021-y., 06/21/6179/0165-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
fermer xo‘jaliklari bilan paxta xomashyosi uchun yakuniy hisob-kitoblar paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarishlari va klasterlari tashkilotchilari tomonidan hosil yig‘ib-terib olinadigan yil oxirigacha amalga oshiriladi.
(4-bandninng oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 19-sentabrdagi 744-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 22.09.2018-y., 09/18/744/1949-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 10-noyabrdagi PQ-2-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.11.2021-y., 07/21/2/1038-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Belgilab qo‘yilsinki:
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarishi uchun paxta xom ashyosi yetishtirish maqsadida ajratiladigan mablag‘lar fermer xo‘jaligining maxsus hisob raqamiga, shuningdek, paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarishlari tashkilotchilari bilan tuzilgan shartnomalar asosida paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarishlari tashkilotchilari, moddiy-texnika resurslari yetkazib beruvchilar va xizmatlar ko‘rsatuvchi tashkilotlarga o‘tkaziladi;
(6-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 31-martdagi 253-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.04.2018-y., 09/18/253/0994-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
fermer xo‘jaliklarining maxsus hisob raqamlariga tushadigan mablag‘lardan yangi paxta xom ashyosi hosili yetishtirish uchun faqat zarur tovarlar (ishlar, xizmatlar) xarid qilish uchun foydalanish mumkin va hisob raqamlar egalarining yangi hosilni yetishtirish bilan bog‘liq bo‘lmagan ilgari yuzaga kelgan majburiyatlarini qoplashga yo‘naltirilishi mumkin emas;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
paxta xom ashyosini yetishtirish va yetkazib berishga doir qo‘shimcha xarajatlar hamda fermer xo‘jaliklari uchun qishloq xo‘jaligi texnikasi xarid qilish xarajatlari paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarishi tashkilotchilari tomonidan o‘z mablag‘lari yoki tijorat banklarining to‘qimachilik hamda tikuvchilik-trikotaj mahsulotlari yetkazib berish bo‘yicha eksport kontraktlari kafolati ostida ajratiladigan kreditlari hisobidan moliyalashtirilishi mumkin;
Oldingi tahrirga qarang.
(6-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 8-apreldagi PF-101-sonli Farmoniga asosan 2022-yil 1-iyuldan chiqariladi — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.04.2022-y., 06/22/101/0288-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarish tashkilotchilariga 2018-yil 1-oktabrdan keyin fermer xo‘jaliklariga berilgan mol-mulkni tovarlar (ishlar, xizmatlar) bo‘yicha qo‘shilgan qiymat solig‘i bilan o‘tkazishni amalga oshirish huquqi berilsin.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-sentabrdagi 829-sonli qaroriga asosan oltinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.09.2019-y., 09/19/829/3832-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarishi tashkilotchilari, fermer xo‘jaliklari, kooperatsiyalarga hududlar sharoitlari, ekinlarni ilmiy asoslangan tarzda almashlab ekish, suv va resurslarni tejaydigan texnologiyalarni joriy etish, shuningdek, paxtaning tozaligiga rioya etilishini hisobga olgan holda, g‘o‘zaning seleksiya navlarini mustaqil ravishda joylashtirish huquqi berilsin.
(7-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-sentabrdagi 562-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarishi tashkilotchilariga hududlar sharoitlarini hisobga olgan holda, seleksiya navlarini joylashtirish bo‘yicha tavsiyalar bersin.
(7-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 31-martdagi 253-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.04.2018-y., 09/18/253/0994-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-sentabrdagi 562-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi va “O‘zpaxtasanoat” AJ paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarishi uchun paxta xom ashyosini qayta ishlash yuzasidan belgilangan asosli tariflarni paxta tozalash korxonalari bo‘yicha bir oy muddatda tasdiqlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi va Suv xo‘jaligi vazirligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash jamg‘armasi, Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi bilan birgalikda har bir fermer xo‘jaligi bo‘yicha irrigatsiya hamda melioratsiya tizimlarini muntazam tozalash, yerlarni tekislash va yerning qattiq gips qatlamini ochish bo‘yicha chuqur yumshatish ishlarini tashkil qilish, shuningdek, paxta xom ashyosi yetishtiradigan va paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarishi tashkilotchilariga yetkazib beradigan qishloq xo‘jaligi tashkilotlarining ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun uzluksiz suv ta’minoti tadbirlarining ishlab chiqilishi hamda amalga oshirilishini ta’minlasinlar.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 31-martdagi 253-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.04.2018-y., 09/18/253/0994-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Belgilab qo‘yilsinki, paxta xom ashyosini dastlabki qayta ishlash mahsulotini qaytarish asosida paxta tozalash korxonasida yoxud paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarishi tashkilotchilarining o‘z korxonasida yoki ular tomonidan ijaraga olingan paxta tozalash korxonasida amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi “O‘zpaxtasanoat” AJ va “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi bilan birgalikda bir oy muddatda paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarishi hududida joylashgan paxta tozalash korxonalarini va paxta tayyorlash punktlarini xatlovdan o‘tkazsin va ularning holatini baholasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 14-dekabrdagi PF-5285-son Farmoni bilan tashkil etilgan Paxta-to‘qimachilik klasterlarini o‘rta muddatli istiqbolda rivojlantirish konsepsiyasini ishlab chiqish bo‘yicha ishchi komissiya (Z.T. Mirzayev):
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2018-yil 1-martgacha bo‘lgan muddatda — paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarishi hududida joylashgan paxta tozalash korxonalarini va paxta tayyorlash punktlarining texnik va moliyaviy holatini baholash asosida ulardan foydalanish samaradorligini oshirish yuzasidan Hukumat qarori loyihasini tayyorlasin va kiritsin, unda shu jumladan ularni paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarishi tashkilotchilariga ijaraga berishni, to‘lovni bo‘lib-bo‘lib to‘lagan holda yoki investitsiya majburiyatlari ostida “nol” xarid qiymati bo‘yicha sotishni yoxud quvvatlardan mahsulotini qaytarish sharti bilan foydalanishni nazarda tutsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarishi tashkil etilishi monitoringini olib borish bo‘yicha hududiy ishchi guruhlarni uch kun muddatda 2-ilovaga muvofiq tarkibda shakllantirsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2018-yil paxta xom ashyosi hosili yakunlari bo‘yicha paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarishini va klasterlarni tashkil etishga doir faoliyatni tartibga soluvchi huquqiy bazani yanada takomillashtirishni hisobga olgan holda paxta xom ashyosini yetishtirish va yetkazib berishni tashkil etishning bozor mexanizmini shakllantirish yuzasidan takliflar kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Vazirlar Mahkamasining Qishloq va suv xo‘jaligi, qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlash masalalari kompleksi (Z.T. Mirzayev) O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Markaziy banki bilan birgalikda paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarishi tashkilotchilari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 21-dekabrdagi PQ-2687-son qarorida nazarda tutilgan shartlarda amalga oshirilayotgan loyihalarni moliyalashtirish uchun ularga kredit liniyalari ajratish, shu jumladan, asbob-uskunalar import qilish uchun ularga O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi tomonidan tijorat banklari bilan birgalikda moliyalashtirish shartlarini tatbiq etish to‘g‘risida belgilangan tartibda takliflar kiritsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(13-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-fevraldagi 67-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.02.2025-y., 09/25/67/0145-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi, Adliya vazirligi, manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida bir oy muddatda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
(14-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 31-martdagi 253-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.04.2018-y., 09/18/253/0994-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — Z.T. Mirzayev hamda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — “O‘zagrotexsanoatxolding” AJ boshqaruvi raisi N.S. Otajonov zimmasiga yuklansin.
(15-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 31-martdagi 253-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.04.2018-y., 09/18/253/0994-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2018-yil 25-yanvar,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
53-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 25-yanvardagi 53-son qaroriga
1-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2018-yildan boshlab paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarishi tashkil etiladigan hududlar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ro‘yxati
(1-ilova nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 19-sentabrdagi 744-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 22.09.2018-y., 09/18/744/1949-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

T/r

Mintaqa, tuman

Paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarishining tashkilotchilari

Yer maydoni, ga

Xizmat ko‘rsatuvchi bank

1.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Ellikqal’a tumani

“Boston klaster” MChJ, “Xorazm teks” MChJ

11 700

“O‘zmilliybank”

2.

Andijon viloyati, Qo‘rg‘ontepa tumani

“Khantex Group” MChJva “Khantex Agro Servis” MChJ

9 225

“O‘zmilliybank”

31.

Buxoro viloyati, Romitan tumani

“Bukhara cotton textile cluster AGROKOMPLEKS” XKMCHJ

7450

Asakabank

5.

Qashqadaryo viloyati, Mirishkor tumani;
Surxondaryo viloyati, Angor tumani

“G‘uzor Tekstil Impeks” MChJ

13 500

“O‘zmilliybank”

6.

Namangan viloyati, Uchqo‘rg‘on tumani

“Textile Finance Namangan” MChJXK

9 836

Ipoteka bank,
Infin bank

7.

Navoiy viloyati, Navbahor va Konimex tumanlari

“Navbahor tekstil” MChJ

8 422

“Asaka” banki

8.

Navoiy viloyati, Xatirchi, Qiziltepa va Karmana tumanlari

“Baxt tekstil” MChJ va “Baxt Navoiy” MChJ (Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 25-martdagi 158-son qaroriga muvofiq Qiziltepa tumanida ajratilgan 10 ming gektar yerni hisobga olgan holda)

25 378

“O‘zmilliybank”

9.

Samarqand viloyati, Narpay tumani

“Marokand Sifat” MChJ

10 717

“O‘zmilliybank”

101.

Sirdaryo viloyati, Mirzaobod, Xovos tumanlari

“Bek cluster” MChJ qo‘shma korxonasi tarkibiga kiruvchi “Mirzaobod universal trade cluster” xususiy korxonasi

16 500

Asakabank

11.

Toshkent viloyati, Oqqo‘rg‘on tumani

“Abc Oqqo’rg’on Agro Classter” MChJ

13 700

“Agrobank”

12.

Farg‘ona viloyati, Rishton tumani

“Rus O‘zbekteks” MChJ

6 800

“O‘zmilliybank”

13.

Xorazm viloyati, Shovot tumani

“Textile Finance Khorezm” MChJXK

9 630

Ipoteka bank,
Infin bank

Jami

132 808

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Izoh. Yer maydonlari almashlab ekish izchilligidan kelib chiqqan holda o‘zgarishi mumkin.
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 18-noyabrdagi 914-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.11.2019-y., 09/19/914/4032-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 25-yanvardagi 53-son qaroriga
2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarishi tashkil etilishi monitoringini olib borish bo‘yicha hududiy ishchi guruhlarning
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NAMUNAVIY TARKIBI

Lavozimiga ko‘ra

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyat hokimi, hududiy ishchi guruh rahbari

2.

Lavozimiga ko‘ra

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining, viloyat hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari, hududiy ishchi guruh rahbarining o‘rinbosari

3.

Lavozimiga ko‘ra

tuman hokimlari

4.

Lavozimiga ko‘ra

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar prokuraturasi qishloq va suv xo‘jaligi sohasida qonunchilik ijro etilishini nazorat qilish bo‘limi boshlig‘i

5.

Lavozimiga ko‘ra

O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining hududiy boshqarmasi boshlig‘i

6.

Lavozimiga ko‘ra

O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligining hududiy boshqarmasi boshlig‘i

7.

Lavozimiga ko‘ra

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining hududiy boshqarmasi boshlig‘i

8.

Lavozimiga ko‘ra

O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining hududiy boshqarmasi boshlig‘i

9.

Lavozimiga ko‘ra

“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining mas’ul xodimi

10.

Lavozimiga ko‘ra

xizmat ko‘rsatuvchi tijorat banki viloyat filialining boshqaruvchisi

(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-dekabrdagi 995-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.12.2018-y., 09/18/995/2287-son)
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.01.2018-y., 09/18/53/0628-son, 04.04.2018-y., 09/18/253/0994-son, 14.05.2018-y., 09/18/350/1206-son, 22.09.2018-y., 09/18/744/1949-son, 25.09.2018-y., 09/18/759/2026-son; 10.12.2018-y., 09/18/995/2287-son; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.03.2019-y., 09/19/230/2785-son, 30.09.2019-y., 09/19/829/3832-son; 19.11.2019-y., 09/19/914/4032-son; 27.02.2021-y., 06/21/6179/0165-son, Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.11.2021-y., 07/21/2/1038-son, 09.04.2022-y., 06/22/101/0288-son; 15.02.2025-y., 09/25/67/0145-son)