10.09.2018 yildagi 714-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 10.09.2018 yildagi 714-son
Date of entry into force
12.09.2018
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suv xoʻjaligi tizimiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya va innovatsion texnologiyalarning joriy etilishini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 17-apreldagi PQ-3672-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Suv xoʻjaligi tizimiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya va innovatsion texnologiyalarni joriy etish boʻyicha amalga oshiriladigan kompleks chora-tadbirlar ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda Innovatsion rivojlanish vazirligi bilan birgalikda suv xoʻjaligi tizimida zamonaviy axborot-kommunikatsiya va innovatsion texnologiyalarni joriy etilishini moliyalashtirish uchun xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari mablagʻlarini jalb qilish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflarni kiritib borsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ushbu qaror bilan tasdiqlangan kompleks chora-tadbirlarning oʻz vaqtida va samarali bajarilishi yuzasidan tizimli monitoring oʻrnatsin hamda har chorak yakuni boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga axborot kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari Z.T. Mirzayev va Oʻzbekiston Respublikasi suv xoʻjaligi vaziri Sh.R. Xamrayev zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2018-yil 10-sentabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
714-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 10-sentabrdagi 714-son qaroriga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suv xoʻjaligi tizimiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya va innovatsion texnologiyalarni joriy etish boʻyicha amalga oshiriladigan
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
KOMPLEKS ChORA-TADBIRLAR
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

T/r

Chora-tadbirlar nomi

Moliyalashtirish manbai

Bajarish muddati

Masʼul vazirliklar va idoralar

I. Gidrouzellar, suv omborlari, magistral kanallar va suv xoʻjaligining boshqa muhim obyektlarida suv sarfi va boshqa koʻrsatkichlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni zamonaviy texnologiyalar asosida, real vaqt rejimida toʻplash va boshqarish tizimini, shu jumladan xorijiy investitsiyalarni jalb etgan holda joriy qilish

1.

Suv xoʻjaligi tizimiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya va innovatsion texnologiyalarni joriy qilish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni oʻz vaqtida va samarali bajarilishini taʼminlash maqsadida tegishli vazirlik va idoralar vakillaridan iborat ishchi guruh tashkil qilish.

2018-yil

sentyabr

Suv xoʻjaligi vazirligi,

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini

rivojlantirish vazirligi,

Innovatsion rivojlanish vazirligi, Gidrometereologiya xizmati markazi,

Irrigatsiya va suv muammolari

ilmiy-tadqiqot instituti

2.

Suv manbalari va suv xoʻjaligi obyektlarida, shuningdek iqtisodiyot tarmoqlarida suv resurslarini boshqarish va suvdan foydalanish, suv sarfi va boshqa koʻrsatkichlar boʻyicha xatlov oʻtkazish hamda elektron maʼlumotlar bazasini shakllantirish.

Suv resurslarini boshqarishning amaldagi tizimini hamda rivojlangan davlatlarning ilgʻor tajribalarini oʻrganish va tahlil qilish.

2018-yil

dekabr

Suv xoʻjaligi vazirligi,

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini

rivojlantirish vazirligi,

Innovatsion rivojlanish vazirligi,

Davlatlararo suv xoʻjaligini

muvofiqlashtiruvchi komissiyaning

ilmiy axborot markazi,

Irrigatsiya va suv muammolari

ilmiy- tadqiqot instituti

3.

Gidrouzellar, suv omborlari, magistral kanallar va suv xoʻjaligining boshqa muhim obyektlarida suv sarfi va boshqa koʻrsatkichlarni zamonaviy texnologiyalar asosida real vaqt rejimida kuzatish tizimini yoʻlga qoʻyish boʻyicha Koreya xalqaro hamkorlik agentligi bilan birgalikda konsepsiya ishlab chiqish hamda Tarmoq ilmiy-texnik kengashida muhokama qilish va tasdiqlash.

Koreya xalqaro hamkorlik agentligining mablagʻlari

2019-yil
noyabr

Suv xoʻjaligi vazirligi,

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi,

Innovatsion rivojlanish vazirligi,

Irrigatsiya va suv muammolari

ilmiy- tadqiqot instituti

4.

Gidrouzellar, suv omborlari, magistral kanallar va suv xoʻjaligining boshqa muhim obyektlarida suv sarfi va boshqa koʻrsatkichlarni zamonaviy texnologiyalar asosida real vaqt rejimida kuzatish tizimini “Zarafshon” magistral tizimi va “Janubiy Mirzachoʻl” magistral kanalida naʼmunaviy loyihalarni joriy qilish:

naʼmunaviy loyihalarni amalga oshirish boʻyicha texnik vazifa va texnik shartlarni ishlab chiqish;

suv xoʻjaligi obyektlarida suv sarfi va boshqa koʻrsatkichlarni zamonaviy texnologiyalar asosida real vaqt rejimida kuzatish tizimi loyihalarini tayyorlash va ekspertizadan oʻtkazish;







suv xoʻjaligi obyektlarida suv sarfi va boshqa koʻrsatkichlarni zamonaviy texnologiyalar asosida real vaqt rejimida kuzatish tizimi naʼmunaviy loyihalarni belgilangan tartibda amalga oshirish.







Suv xoʻjaligini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari,

Xalqaro moliya institutlari

va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari mablagʻlari



Xalqaro moliya institutlari

va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari mablagʻlari







2019-yil


2019-2020-yillar

tarmoq jadvallari boʻyicha





2020 — 2022-yillar

tarmoq jadvallari boʻyicha

Suv xoʻjaligi vazirligi,

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi,

Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi,

Innovatsion rivojlanish vazirligi,

Irrigatsiya va suv muammolari

ilmiy- tadqiqot instituti

5.

Gidrouzellar, suv omborlari, magistral kanallar va suv xoʻjaligining boshqa muhim obyektlarining texnik koʻrsatkichlari boʻyicha xatlov oʻtkazish hamda kadastr maʼlumotlarini toʻplash va tahlil qilish.

2019-yil

may

Suv xoʻjaligi vazirligi,

Innovatsion rivojlanish vazirligi,

Irrigatsiya va suv muammolari
ilmiy-tadqiqot instituti

6.

Suv xoʻjaligi vazirligining Markaziy dispetcherlik, kommunikatsiya va kadastr xizmatida asosiy suv manbalari va suv xoʻjaligi obyektlaridagi suv sarfi va boshqa koʻrsatkichlar boʻyicha yagona maʼlumotlar bazasini yaratish uchun dispetcherlikni alohida maxsus server, katta videoekran (multi displey), zamonaviy kompyuter, plotter, proyektor, printer va boshqa uskunalar bilan jihozlash.

Xalqaro moliya institutlari

va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari mablagʻlari

2019-yil

dekabr

Suv xoʻjaligi vazirligi,

Axborot texnologiyalari

va kommunikatsiyalarini

rivojlantirish vazirligi,

Irrigatsiya va suv muammolari

ilmiy-tadqiqot instituti

7.

Gidrouzellar, suv omborlari, magistral kanallar, irrigatsiya va melioratsiya tizimlari hamda suv xoʻjaligining boshqa muhim obyektlari boʻyicha maʼlumotlar bazasini shakllantirish, boshqarish va tahlil qilish boʻyicha dastur ishlab chiqish uchun texnik vazifa va texnik shartlarni ishlab chiqish.

Suv xoʻjaligini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari,

Xalqaro moliya institutlari

va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari mablagʻlari

2019-2020

yillar

Suv xoʻjaligi vazirligi,

Axborot texnologiyalari

va kommunikatsiyalarini

rivojlantirish vazirligi,

Irrigatsiya va suv muammolari

ilmiy-tadqiqot instituti

8.

Naʼmunaviy loyihalar obyektlarida yaratilgan dastur asosida test rejimida suv sarfi va boshqa koʻrsatkichlar haqidagi maʼlumotlarni zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini tatbiq etish asosida real vaqt rejimida toʻplash, boshqarish va tahlil qilish tizimini sinab koʻrish hamda dasturni takomillashtirish.

Xalqaro moliya institutlari

va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari mabl�gʻlari

2020-2021-yillar

Suv xoʻjaligi vazirligi,

Axborot texnologiyalari

va kommunikatsiyalarini

rivojlantirish vazirligi,

Innovatsion rivojlanish vazirligi,

Irrigatsiya va suv muammolari

ilmiy-tadqiqot instituti

9.

Tuyamoʻyin suv ombori, uning Oʻng qirgʻoq kanalidan suv oluvchi Ellikqalʼa (5 dona) va Boʻston (5 dona) kanallarida zamonaviy kuzatuv va boshqaruv (SCADA) tizimini oʻrnatish va ishga tushirish.

Jahon banki krediti

2020-yil

may

Suv xoʻjaligi vazirligi,

Investitsiyalar boʻyicha davla�

qoʻmitasi

10.

Amu-Buxoro mashina kanalida joylashgan yirik gidrotexnik inshootlarni, jumladan “Amu-Buxoro-1”, “Amu-Buxoro-2”, “Qiziltepa”, “Qiziltepa-1” va “Quyimozor” nasos stansiyalarida zamonaviy kuzatuv va boshqaruv (SCADA) tizimini oʻrnatish va ishga tushirish.

Osiyo taraqqiyot banki krediti

2021-yil

iyun

Suv xoʻjaligi vazirligi,

Investitsiyalar boʻyicha davlat

qoʻmitasi

11.

Naʼmunaviy loyihalar va boshqa obyektlarda oʻtkazilgan test rejimi sinovlari natijasiga asosan respublika suv xoʻjaligi tizimi boʻyicha suv sarfi va boshqa koʻrsatkichlar haqidagi maʼlumotlarni zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini tatbiq etish asosida, real vaqt rejimida toʻplash, boshqarish va tahlil qilish da�turini bosqichma-bosqich joriy qilish boʻyicha taklif tayyorlash hamda Tarmoq ilmiy-texnika kengashida koʻrib chiqib tasdiqlash.

2022-yil

Suv xoʻjaligi vazirligi,

Axborot texnologiyalari

va kommunikatsiyalarini

rivojlantirish vazirligi,

Innovatsion rivojlanish vazirligi,

Irrigatsiya va suv muammolari

ilmiy-tadqiqot instituti

12.

Suv xoʻjaligi tizimi boʻyicha suv sarfi va boshqa koʻrsatkichlar haqidagi maʼlumotlarni zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarni tatbiq etish asosida, real vaqt rejimida toʻplash, boshqarish va tahlil qilish dasturini belgilangan tartibda bosqichma-bosqich joriy qilish.

Xalqaro moliya institutlari

va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari mablagʻlari

2022 — 2025

yillar,

jadval boʻyicha

Suv xoʻjaligi vazirligi,

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini

rivojlantirish vazirligi,

Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi,

Innovatsion rivojlanish vazirligi,

Irrigatsiya va suv muammolari

ilmiy-tadqiqot instituti

13.

Suv xoʻjaligi tizimi boʻyicha suv sarfi va boshqa koʻrsatkichlar haqidagi maʼlumotlarni zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarni tatbiq etish asosida, real vaqt rejimida toʻplash, boshqarish va tahlil qilish dasturini joriy qilish boʻyicha tizimli monitoring oʻrnatish va tahlil qilish hamda natijasini yil yakunlari boʻyicha vazirlik Hayʼatida muhokama qilib, Vazirlar Mahkamasiga axborot taqdim qilib borish.

yil yakunlari boʻyicha

Suv xoʻjaligi vazirligi

II. Suv resurslaridan oqilona foydalanish, qishloq xoʻjaligi ekinlarini sugʻorishda zamonaviy texnologiyalar va dasturlarni joriy etish

14.

Respublikada BMTning oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi tashkiloti (FAO) tomonidan tavsiya etilgan dasturlarni respublikada sinab koʻrish boʻyicha amalga oshirilgan ilmiy-tadqiqot ishlarini hamda rivojlangan xorijiy davlatlar tajribalarini oʻrganish va tahlil qilish, maqbul dasturlarni respublika hududlarida joriy etilishni tashkil qilish boʻyicha takliflar tayyorlash.

Suv xoʻjaligini rivojlantirish jamgʻarmasi.

Xalqaro moliya institutlari

va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari mablagʻlari

2018-yil

dekabr

Suv xoʻjaligi vazirligi,

Qishloq xoʻjaligi vazirligi,
Innovatsion rivojlanish vazirligi,

Davlat geologiya va mineral

resurslar qoʻmitasi,

“Davyergeodezkadastr” qoʻmitasi,

“Oʻzgidromet” markazi,

Davlatlararo suv xoʻjaligini

muvofiqlashtiruvchi komissiyaning

ilmiy axborot markazi,

Irrigatsiya va suv muammolari

ilmiy- tadqiqot instituti

15.

BMTning oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi tashkiloti (FAO) va ilmiy-tadqiqot institutlarini jalb etgan holda maqbul dasturlarni respublika hududlariga moslashtirish va ularni joriy qilish boʻyicha tegishli ilmiy-tadqiqot ishlarini belgilangan tartibda tashkil etish.

Suv xoʻjaligini rivojlantirish jamgʻarmasi.

Xalqaro moliya institutlari

va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari mablagʻlari

2019 — 2021-yillar

Suv xoʻjaligi vazirligi,

Qishloq xoʻjaligi vazirligi,
Innovatsion rivojlanish vazirligi,

Davlatlararo suv xoʻjaligini

muvofiqlashtiruvchi komissiyaning

ilmiy axborot markazi,

Irrigatsiya va suv muammolari

ilmiy-tadqiqot instituti

16.

Respublikada BMTning oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi tashkiloti (FAO) tomonidan tavsiya etilgan dasturlarni joriy qilish boʻyicha oʻtkazilgan ilmiy-tadqiqot ishlari natijalarini tahlil qilish va ularni respublika hududlariga moslashtirish va joriy etish boʻyicha takliflarni Tarmoq ilmiy-texnika kengashida koʻrib chiqish va tasdiqlash.

Qishloq xoʻjaligi ekinlarini sugʻorish ishlarini maqbullashtirilgan dasturlar asosida belgilangan tartibda amalga oshirish.

Suv xoʻjaligini rivojlantirish jamgʻarmasi.

Xalqaro moliya institutlari

va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari mablagʻlari

2021-yil

dekabr





2022-yildan boshlab

Suv xoʻjaligi vazirligi,

Qishloq xoʻjaligi vazirligi,
Innovatsion rivojlanish vazirligi,

Davlatlararo suv xoʻjaligini

muvofiqlashtiruvchi komissiyaning

ilmiy axborot markazi,

Irrigatsiya va suv muammolari

ilmiy-tadqiqot instituti

17.

Suvni tejaydigan sugʻorish texnologiyalarini sugʻoriladigan yerlarning suv taʼminoti darajasi va suvni yetkazib berish uchun qilinayotgan moliyaviy xarajatlarni hisobga olgan holda irrigatsiya tizimlari va hududlar boʻyicha joylashtirish yuzasidan kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish:

sugʻoriladigan yerlarning suv taʼminoti darajasi va suvni yetkazib berish uchun qilinayotgan moliyaviy xarajatlarni geoaxborot tizimlari dasturidan foydalanilgan holda irrigatsiya tizimlari va hududlar boʻyicha ishlab chiqish va ularni suv xoʻjaligi maʼlumotlar bazasining yagona tizimga kiritish;

suvni tejaydigan sugʻorish texnologiyalarini joriy qilishni sugʻoriladigan yerlarning suv taʼminoti darajasini va suvni yetkazib berish uchun qilinayotgan moliyaviy xarajatlarni hisobga olgan holda joylashtirish boʻyicha tavsiya ishlab chiqish va Tarmoq ilmiy-texnika kengashida mu�okama qilish va tasdiqlash.

Suv xoʻjaligini rivojlantirish jamgʻarmasi.

Xalqaro moliya institutlari

va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari mablagʻlari






2019-yil

noyabr




2020-yil

sentyabr

Suv xoʻjaligi vazirligi,

Qishloq xoʻjaligi vazirligi,

Davlat geologiya va mineral

resurslar qoʻmitasi,

“Davyergeodezkadastr” qoʻmitasi,

“Oʻzgidromet” markazi,

Toshkent irrigatsiya va qishloq

xoʻjaligini mexanizatsiyalash

muhandislari instituti,

Davlatlararo suv xoʻjaligini

muvofiqlashtiruvchi komissiyaning

ilmiy axborot markazi,

Irrigatsiya va suv muammolari

ilmiy-tadqiqot instituti,

Axborot-tahlil va resurs markazi

18.

Suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy etishni sugʻoriladigan yerlarning suv taʼminoti darajasini va suvni yetkazib berish uchun qilinayotgan moliyaviy xarajatlarni hisobga olgan holda joylashtirish boʻyicha tavsiyalarga asosan belgilangan tartibda amalga oshirish.

Xalqaro moliya institutlari

va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari mablagʻlari

2020-yildan boshlab

Suv xoʻjaligi vazirligi,

Qishloq xoʻjaligi vazirligi,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi

Vazirlar Kengashi,

viloyatlar hokimliklari

19.

Suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy etish boʻyicha tizimli monitoring oʻrnatish va tahlil qilish hamda natijasini vazirlik Hayʼatida muhokama qilib, Vazirlar Mahkamasiga axborot taqdim qilib borish.

yil yakuni boʻyicha

Suv xoʻjaligi vazirligi

III. Suvni boshqarishni va suv xoʻjaligi vazirligi tizimidagi nasos stansiyalarida elektr energiyasi isteʼmolini real vaqt rejimida monitoring qilishning avtomatlashtirilgan tizimini yaratish

20.

Suv xoʻjaligi tizimidagi nasos stansiyalarida suvni boshqarishning hamda elektr energiyasi isteʼmolini real vaqt rejimida monitoringini yuritishning avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish maqsadida tegishli vazirliklar va idoralarning rahbar hamda mutaxassislaridan iborat ishchi guruhlar tuzish.

2018-yil noyabr

Suv xoʻjaligi vazirligi,

Axborot texnologiyalari

va kommunikatsiyalarini

rivojlantirish vazirligi,

Innovatsion rivojlanish vazirligi, “Oʻzdavenergonazorat” inspeksiyasi,

“Oʻzbekenergo” AJ,

Irrigatsiya va suv muammolari

ilmiy-tadqiqot instituti

21.

Suv xoʻjaligi tizimidagi nasos stansiyalari hamda ularning suvni va elektr energiyasi isteʼmolini hisobga olish uskuna va jihozlarining texnik holatini oʻrganish, ularni taʼmirlash va texnik jihatdan sozlash boʻyicha tadbirlarni ishlab chiqish va tasdiqlash.

Suv xoʻjaligini rivojlantirish jamgʻarmasi

2019-yil

may

Suv xoʻjaligi vazirligi,

“Oʻzdavenergonazorat” inspeksiyasi,

“Oʻzbekenergo” AJ,
Irrigatsiya va suv muammolari

ilmiy-tadqiqot instituti

22.

Suv xoʻjaligi tizimidagi nasos stansiyalarida suvni boshqarishning hamda foydalaniladigan elektr energiyasi boʻyicha monitoring yuritishning avtomatlashtirilgan tizimini bosqichma-bosqich joriy etish boʻyicha loyiha-smeta hujjat��rini belgilangan tartibda ishlab chiqish.

Suv xoʻjaligini rivojlantirish jamgʻarmasi

tasdiqlangan tarmoq jadval boʻyicha

Suv xoʻjaligi vazirligi,

“OʻzGIP” MChJ,

“Oʻzsuvloyiha” AJ,

“Oʻzdavenergonazorat” inspeksiyasi,

“Oʻzbekenergo” AJ,

“Oʻzstandart” agentligi,

Irrigatsiya va suv muammolar�

ilmiy-tadqiqot instituti

22.

Loyiha-smeta hujjatlarini belgilangan tartibda davlat ekspertizasidan oʻtkazish va tasdiqlash.

Loyihalarni belgilangan tartibda amalga oshirish.

Suv xoʻjaligini rivojlantirish jamgʻarmasi,

Xalqaro moliya institutlari

va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari mablagʻlari

tasdiqlangan tarmoq jadval boʻyicha

Suv xoʻjaligi vazirligi,
Qurilish vazirligi,

“OʻzGIP” MChJ,

“Oʻzsuvloyiha” AJ

Suv xoʻjaligi vazirligi,

Moliya vazirligi,

Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi ,

Irrigatsiya va suv muammolari
ilmiy-tadqiqot instituti

23.

Loyihalarni amalga oshirish boʻyicha tizimli monitoring oʻrnatish va tahlil qilish hamda natijasini vazirlik Hayʼatida muhokama qilib, Vazirlar Mahkamasiga axborot taqdim qilib borish.

yil yakuni boʻyicha

Suv xoʻjaligi vazirligi

IV. Suv xoʻjaligi tizimida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan keng foydalanish orqali suv kadastrini yuritishni yoʻlga qoʻyish va mobil ilovalar yaratish

24.

Suv xoʻjaligi vazirligida davlat suv kadastrini yuritish uchun avtomatlashtirilgan Suv resurslarining yagona maʼlumotlar bazasini yaratish.

Suv kadastri bilan bogʻliq axborotni olish, idoralararo oʻzaro axborot almashish, uni umumlashtirish va tahlil qilishni taʼminlaydigan avtomatlashtirilgan tezkor tizimni yoʻlga qoʻyish.

Suv xoʻjaligini rivojlantirish jamgʻarmasi,

Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati hamda boshqa xorijiy hukumat moliya tashkilotlari mablagʻlari

2020-yil

aprel

Suv xoʻjaligi vazirligi,

Gidrometereologiya xizmati markazi,

Geologiya va mineral

resurslari davlat qoʻmitasi,

Axborot texnologiyalari

va kommunikatsiyalarini

rivojlantirish vazirligi,

Innovatsion rivojlanish vazirligi,

Axborot-tahlil va resurs markazi

25.

Suv xoʻjaligi vazirligi uchun suvdan foydalanish, sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holati va gidrotexnik inshootlarning asosiy koʻrsatkichlari boʻyicha maʼlumot bazasini yaratish, ularni elektron nusxada saqlash, ulardan foydalanish va tahlil qilish imkonini beruvchi yagona dasturiy taʼminotni yaratish va undan foydalanishni yoʻlga qoʻyish.

Shveysariya xalqaro hamkorlik agentligi hamda boshqa xalqaro moliya institutlari

va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari mablagʻlari

2020-yil

mart

Suv xoʻjaligi vazirligi,

Axborot texnologiyalari

va kommunikatsiyalarini

rivojlantirish vazirligi,

Innovatsion rivojlanish vazirligi,

Axborot-tahlil va resurs markazi

26.

Sugʻorishda suvni tejaydigan zamonaviy texnologiyalari, shu jumladan tomchilatib sugʻorish tizimi boʻyicha kerakli bilim va maʼlumotlarni olish, shuningdek suvni tejaydigan texnologiyalari ishlab chiqaruvchilar va undan foydalanuvchilar oʻrtasida maʼlumot almashuvini yoʻlga qoʻyish imkonini beruvchi mobil ilova yaratish va uni umumiy foydalanishga chiqarish.

Shveysariya xalqaro hamkorlik agentligining mablagʻlari

2019-yil

iyun

Suv xoʻjaligi vazirligi,

Axborot texnologiyalari

va kommunikatsiyalarini

rivojlantirish vazirligi,

Innovatsion rivojlanish vazirligi,

Axborot-tahlil va resurs markazi,

“Oʻzbekistonda suv resurslarini boshqarish”

milliy loyihasi

27.

Mobil ilovalar va veb-sahifalarni qoʻllash asosida suv resurslaridan foydalanish va ularni boshqarish, shuningdek, suv xoʻjaligi inshootlaridan foydalanish boʻyicha ommabop bilimlarning resurs bazasini yaratish hamda rivojlantirish.

Suv xoʻjaligini rivojlantirish jamgʻarmasi,

Birlashgan millatlar tashkilotining taraqqiyot dasturi va Shveysariya xalqaro hamkorlik agentligining mablagʻlari

2019-yil

oktyabr

Suv xoʻjaligi vazirligi,

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini

rivojlantirish vazirligi,

Innovatsion rivojlanish vazirligi,

Axborot-tahlil va resurs markazi,

“Oʻzbekistonda suv resurslarini boshqarish”

milliy loyihasi

(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.09.2018-y., 09/18/714/1867-son)