7-ILOVA
|
№ |
Tadbirlar nomi |
Amalga oshirish mexanizmi |
Bajarish muddatlari |
Mas’ul ijrochilar |
|
I. Suv xo‘jaligi sohasini huquqiy tartibga solishni takomillashtirish | ||||
|
1. |
Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarini zamonaviy talablarga muvofiqlashtirish maqsadida ularni tubdan qayta ko‘rib chiqish. |
Tadbirlar rejasi |
2018-yil 1-iyunga qadar |
Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Suv xo‘jaligi vazirligi, Adliya vazirligi, vazirlik va idoralar |
|
2. |
Suv xo‘jaligi obyektlarini kapital qurish bo‘yicha buyurtmachi sifatida faoliyat yurituvchi davlat unitar korxonalarini saqlab turish manbalarini qayta ko‘rib chiqish. |
Normativ-huquqiy hujjat |
2018-yil 1-avgustga qadar |
Suv xo‘jaligi vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi |
|
3. |
Suv xo‘jaligi tashkilotlarining sanoat va energetika tashkilotlari uchun texnik suv yetkazib berish xarajatlarini qoplash hamda ularni suv xo‘jaligini rivojlantirishga ishlatish tartibini tasdiqlash. |
Vazirlar Mahkamasi qarori |
2018-yil 1-oktabrga qadar |
Suv xo‘jaligi vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, vazirlik va idoralar |
|
4. |
Birinchi navbatda, suvni tejash g‘oyasini ilgari surishni, shuningdek, suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy etishni nazarda tutuvchi Suv xo‘jaligini rivojlantirish konsepsiyasini ishlab chiqish. |
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori |
2018-yil 1-noyabrga qadar |
Suv xo‘jaligi vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Davlat ekologiya qo‘mitasi, Davlat geologiya qo‘mitasi, Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi, vazirlik va idoralar |
|
5. |
Bugungi kun holatini hamda mamlakatda olib borilayotgan islohotlarni inobatga olgan holda “Suv va suvdan foydalanish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining yangi tahrirdagi loyihasini ishlab chiqish. |
O‘zbekiston Respublikasi qonuni |
2018-yil 1-dekabrga qadar |
Suv xo‘jaligi vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Davlat ekologiya qo‘mitasi, Davlat geologiya qo‘mitasi, vazirlik va idoralar |
|
6. |
Suvdan foydalanishni rejalashtirish va suv olish limitlarini belgilash tartibini takomillashtirish. |
Vazirlar Mahkamasi qarori |
2018-yil 1-noyabrga qadar |
Suv xo‘jaligi vazirligi, Davlat ekologiya qo‘mitasi, Davla� geologiya qo‘mitasi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, “O‘zbekgidroenergo” AJ, Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi |
|
II. Suv xo‘jaligi boshqaruvi tizimini yanada takomillashtirish va maqbullashtirish | ||||
|
7. |
Suv xo‘jaligi tizimida, shu jumladan suv xo‘jaligi obyektlarini qurish, boshqarish va ulardan foydalanish sohalarida davlat-xususiy sheriklik mexanizmlarini joriy etish. |
Normativ-huquqiy hujjat |
2018-yil 1-avgustga qadar |
Suv xo‘jaligi vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Davlat raqobat qo‘mitasi, “Davyergeodezkadastr” qo‘mitasi, Qurilish vazirligi |
|
8. |
Egasiz suv xo‘jaligi obyektlarini, shu jumladan sug‘orish quduqlarini aniqlash va ularni davlat balansiga o‘tkazish choralarini ko‘rish. |
Tashkiliy tadbirlar |
2018-yil 1-sentabrga qadar |
Suv xo‘jaligi vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Davlat raqobat qo‘mitasi, “Davyergeodezkadastr” qo‘mitasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari |
|
9. |
Rekreatsiya zonalari, dam olish zonalari, turistik obyektlar barpo etish, baliq yetishtirish uchun hovuzlar qurish hamda ta’mirlash va boshqa tadbirlar orqali suv xo‘jaligi obyektlarining suvni muhofaza qilish zonalaridan, shu jumladan suv omborlaridan samarali foydalanish choralarini ko‘rish. |
Vazirlar Mahkamasi qarori |
2018-yil 1-sentabrga qadar |
Suv xo‘jaligi vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Davlat ekologiya qo‘mitasi, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, “O‘zbekbaliqsanoat” uyushmasi |
|
10. |
Zamonaviy texnologiyalarni joriy etishning bugungi holati va jarayonlarini, shuningdek, Suv xo‘jaligi vazirligi tizimidagi har bir boshqaruv hamda yordamchi xodimlar lavozimlarining amaldagi ish hajmini inobatga olgan holda vazirlik tizimidagi xodimlar soni Normativlarini belgilashning yangi tartibini ishlab chiqish. |
Normativ-huquqiy hujjat |
2018-yil 1-iyulga qadar |
Hisob palatasi, Moliya vazirligi, Bosh prokuratura, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Suv xo‘jaligi vazirligi, Axborot texnologiyalari |
|
11. |
Suv iste’molchilari uyushmalarini tuman tamoyili asosida ularning amaldagilari o‘rniga tuzish, kelgusida ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, uyushmalarni malakali kadrlar bilan ta’minlash, irrigatsiya-melioratsiya ishlarida, nasoslardan foydalanishda ishtirok etayotgan hamda fermer xo‘jaliklariga suv xo‘jaligi xizmatini ko‘rsatayotgan xodimlar mehnatini rag‘batlant�rish choralarini joriy etish masalalarini o‘rganish. |
Normativ-huquqiy hujjat |
2018-yil 1-avgustga qadar |
Suv xo‘jaligi vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Bosh prokuratura, Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, Suv iste’molchilari uyushmalari |
|
12. |
Mavjud mol-mulkni puxta xatlovdan o‘tkazgan holda, suv iste’molchilari uyushmalari va fermer xo‘jaliklari balansida (foydalanishida) bo‘lgan elektr tarmoqlarini hamda podstansiyalarni Suv xo‘jaligi vazirligining nasos stansiyalari va energetika boshqarmalariga o‘tkazish masalasini o‘rganish. |
Normativ-huquqiy hujjat |
2018-yil 1-oktabrga qadar |
Suv xo‘jaligi vazir�igi, Iqtisodiyot vazirligi, “O‘zbekenergo” AJ, Moliya vazirligi, Bosh prokuratura, Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, Suv iste’molchilari uyushmalari |
|
III. Suv omborlari, yirik gidrotexnika inshootlari va nasos stansiyalarini qurish hamda rekonstruksiya qilish ishlarini olib borish | ||||
|
13. |
Namangan viloyatida “Uychi” suv omborini qurish imkoniyatini o‘rganish. |
Tahliliy ma’lumotnoma |
2018-yil 15-mayga qadar |
Suv xo‘jaligi vazirligi, Qurilish vazirligi, Moliya vazirligi, Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi |
|
14. |
Toshkent viloyatida “Parkentsoy”, “Qizilsoy”, “Toshtepa”, Samarqand viloyatida “Bulung‘ur”, Navoiy viloyatida “Sentabsoy” va Qashqadaryo viloyatida “Ayoqchisoy” suv omborlarini qurish ishlarini olib borish hamda ularni foydalanishga topshirish. |
Qurilishning manzilli dasturi |
2018-yil 1-iyunga qadar |
Suv xo‘jaligi vazirligi, Qurilish vazirligi, Moliya vazirligi, Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi, vazirlik va idoralar |
|
15. |
“Tolimarjon guruhi”ning jihozlari, avtotexnikalari, elektr podstansiyalari va elektr uzatish tarmoqlarini xatlovdan o‘tkazish hamda ularning holatini baholash. |
Kompleks chora-tadbirlar |
2018-yil 1-iyunga qadar |
Suv xo‘jaligi vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, “O‘zbekenergo” AJ, Qashqadaryo viloyati hokimligi |
|
16. |
Energiya qurilmalaridan foydalanishning tashkiliy mexanizmlarini takomillashtirish uchun “QashRVVS”ning “Tolimarjon guruhi”ga balans jihatdan mansubligini o‘zgartirish masalasini o‘rganish. |
Tashkiliy tadbirlar |
2018-yil 1-iyunga qadar |
Suv xo‘jaligi vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, “O‘zbekenergo” AJ, Qashqadaryo viloyati hokimligi |
|
17. |
Jismonan eskirgan va o‘z xizmatini o‘tab bo‘lgan nasos stansiyalarini bosqichma-bosqich modernizatsiya qilish hamda almashtirish, nasos stansiyalaridan foydalanishni va ularni boshqarishni avtomatlashtirish. |
Vazirlar Mahkamasi qarori |
2018-yil 1-oktabrga qadar |
Suv xo‘jaligi vazirligi, Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi, Qurilish vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi |
|
18. |
“Tolimarjon guruhi”ning chegaradosh hududlardagi elektr uzatish tarmoqlari va podstansiyalariga xizmat ko‘rsatish uchun mutaxassislar hamda texnikalar tomonidan davlat chegarasini kesib o‘tish tartibini soddalashtirish, shuningdek, chegara naryadlarini o‘z vaqtida ajratish masalalarini o‘rganish. |
Tashkiliy tadbirlar |
2018-yil 1-noyabrga qadar |
Tashqi ishlar vazirligi, Suv xo‘jaligi vazirligi, “O‘zbekenergo” AJ, |
|
19. |
Suv omborlari, yirik kanallar va gidrotexnika inshootlarini qurish, rekonstruksiya qilish, kapital ta’mirlash, shuningdek, ularni boshqarishni avtomatlashtirish ishlarini olib borish dasturini ishlab chiqish. |
Vazirlar Mahkamasi qarori |
2018-yil 1-noyabrga qadar |
Suv xo‘jaligi vazirligi, Innovatsiya vazirligi, Moliya vazirligi, Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi |
|
IV. Suvdan foydalanishni va suv iste’molini nazorat qilish hamda ularning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish | ||||
|
20. |
Suv resurslaridan foydalanishga tejamkorona munosabatda bo‘lishni mustahkamlash maqsadida suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq stavkalarini suvdan foydalanish hamda suvni iste’mol qilish sohalarini tabaqalashtirishni (differensiatsiyalashni) inobatga olgan holda qayta ko‘rib chiqish. |
O‘zbekiston R�spublikasi Prezidenti qarori |
2018-yil 1-iyunga qadar |
Suv xo‘jaligi vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi, Iqtisodiyot vazirligi |
|
21. |
Suvdan foydalanish hamda suvni iste’mol qilish qoidalarini buzganlik uchun jismoniy va yuridik shaxslarning javobgarligini kuchaytirish. |
Vazirlar Mahkamasi qarori |
2018-yil 1-iyunga qadar |
Suv xo‘jaligi vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Bosh prokuratura, Adliya vazirligi |
|
22. |
Ekinlarni joylashtirish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi tomonidan qaror qabul qilish tartibini takomillashtirish, shu jumladan tuman irrigatsiya bo‘limlari bilan kelishish hamda ularning xulosalarini olish tartibini joriy etish. |
Normativ-huquqiy hujjat |
2018-yil 1-oktabrga qadar |
Suv xo‘jaligi vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, vazirlik va idoralar |
|
23. |
Qishloq xo‘jaligida suvdan foydalanish qoidalariga rioya etilishi ustidan nazorat qilish tizimi va tartibini takomillashtirish, shu jumladan iste’molchi tomonidan suv resurslari hajmlaridan qishloq xo‘jaligida maqsadsiz foydalanish oqibatida davlatga yetkazilgan zararni qoplash tartibini joriy etish. |
Vazirlar Mahkamasi qarori |
2018-yil 1-oktabrga qadar |
Suv xo‘jaligi vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Bosh prokuratura, Iqtisodiyot vazirligi |
|
V. Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishida suvni tejaydigan texnologiyalarni qo‘llash ko‘lamini kengaytirish, suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy etishni rag‘batlantirish mexanizmlarini takomillashtirish | ||||
|
24. |
Irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalari qoshida suvni va resurslarni tejaydigan turli xil sug‘orish texnologiyalarini hamda suv resurslarini boshqarishning ilg‘or usullarini qo‘llagan holda ko‘rgazmali tajriba uchastkalarini tashkil etish. |
Kompleks chora-tadbirlar |
2018-yil 1-iyunga qadar |
Suv xo‘jaligi vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Innovatsiya vazirligi, Moliya vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari |
|
25. |
Suv ta’minoti darajasini va suvni yetkazib berish uchun qilinayotgan moliyaviy xarajatlarni aniq hududlar bo‘yicha xaritalash asosida suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy qilish uchun tuman va massivlarni aniqlash yuzasidan kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish. |
Vazirlar Mahkamasi qarori |
2018-yil 1-oktabrga qadar |
Suv xo‘jaligi vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Innovatsiya vazirligi, Fanlar akademiyasi |
|
VI. Suv resurslarini hisobga olish va hisobotini yuritish hamda suv iste’moli me’yorlarini belgilash tizimini takomillashtirish | ||||
|
26. |
Sug‘orishning zamonaviy texnologiyalarini, shu jumladan BMTning oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) tomonidan tavsiya etilgan dasturlarni joriy etish. |
Vazirlar Mahkama�i qarori |
2018-yil 1-sentabrga qadar |
Suv xo‘jaligi vazirligi, Axborot texnologiyalari Innovatsiya vazirligi, vazirlik va idoralar |
|
27. |
Suv xo‘jaligi vazirligida davlat suv kadastrini yuritish uchun avtomatlashtirilgan Suv resurslarining yagona ma’lumotlar bazasini yaratish. Suv kadastri bilan bog‘liq axborotni olish, idoralararo o‘zaro axborot almashish, uni umumlashtirish va tahlil qilishni ta’minlaydigan avtomatlashtirilgan tezkor tizimni yo‘lga qo‘yish. |
Vazirlar Mahkamasi qarori |
2018-yil 1-oktabrga qadar |
Suv xo‘jaligi vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Davlat geologiya qo‘mitasi, Davlat ekologiya qo‘mitasi, “O‘zbekgidroenergo” AJ, “Davyergeodezkadastr” qo‘mitasi |
|
28. |
Suv xo‘jaligi vazirligi tizimida tarmoq hisobotlarini shakllantirish va topshirish jarayonini avtomatlashtirish. |
Tashkiliy tadbirlar |
2018-yil 20-dekabrga qadar |
Suv xo‘jaligi vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Moliya vazirligi |
|
VII. Suv xo‘jaligi sohasiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya va innovatsion texnologiyalarni joriy etish | ||||
|
29. |
Quyidagi masalalarni nazarda tutuvchi kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish: yirik gidrotexnika inshootlari, suv omborlari, magistral va xo‘jaliklararo kanallar, gidrouzellar va suv xo‘jaligining boshqa muhim obyektlaridagi suv oqimlari haqidagi ma’lumotlarni zamonaviy texnologiyalar asosida real vaqt rejimida to‘plash tizimini, shu jumladan xorijiy investitsiyalarni jalb etgan holda joriy etishni; Suv xo‘jaligi vazirligining suv resurslari va suv xo‘jaligi obyektlari bo‘yicha ma’lumotlar bazasini boshqarish hamda tahlil qilish uchun dasturiy ta’minot yaratishni; suvni boshqarishning va Suv xo‘jaligi vazirligi nasos stansiyalarida elektr energiyasi iste’molini real vaqt rejimida monitoring qilishning avtomatlashtirilgan tizimini yaratish. |
Vazirlar Mahkamasi qarori |
2018-yil 1-avgustga qadar |
Suv xo‘jaligi vazirligi, Axborot texnologiyalari Innovatsiya vazirligi, Investitsiyalar bo‘yicha Moliya vazirligi |
|
30. |
Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy-tadqiqot instituti huzurida suv xo‘jaligini rivojlantirish sohasida innovatsion g‘oyalar, texnologiyalarni o‘rganishga, zamonaviy texnologiya va innovatsion g‘oyalarni joriy etish bo‘yicha ilmiy tajriba hamda sinovlar o‘tkazishga mo‘ljallangan tajriba uchastkasini (konstruktorlik byurosini) tashkil etish. |
Tashkiliy tadbirlar |
2018-yil 1-avgustga qadar |
Suv xo‘jaligi vazirligi, Innovatsiya vazirligi, Moliya vazirligi, “Suvmash” AJ |
|
VIII. Suv xo‘jaligi tashkilotlarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish, ularni zamonaviy texnika va mexanizmlar bilan ta’minlash, suv xo‘jaligi xodimlarini rag‘batlantirish, suv xo‘jaligi sohasida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish | ||||
|
31. |
Foydalanuvchi suv xo‘jaligi tashkilotlarining moddiy-texnika bazasini yaxshilash, ularni zamonaviy va tezkor meliorativ texnika bilan ta’minlash, shu jumladan mopedlar va videoregistratorlar bilan jihozlangan uchar dronlar sotib olish. |
Vazirlar Mahkamasi qarori |
2018-yil 1-iyulga qadar |
Suv xo‘jaligi vazirligi, Moliya vazirligi, Bosh prokuratura, Innovatsiya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Investitsiyalar bo‘yicha |
|
32. |
Suv xo‘jaligi sohasi xodimlarining kasbiy bayrami kunini belgilash hamda “Suv xo‘jaligi a’lochisi” ko‘krak nishonini ta’sis etish. |
Normativ-huquqiy hujjat |
2018-yil 1-iyulga qadar |
Suv xo‘jaligi vazirligi, Moliya vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi |
|
33. |
Oliy ta’lim muassasalarida suv xo‘jaligi sohasida kadrlar tayyorlash sifatini o‘rganish va ta’lim sifatini oshirish bo‘yicha takliflar tayyorlash. |
Tashkiliy tadbirlar |
2018-yil 1-dekabrga qadar |
Innovatsiya vazirligi, Suv xo‘jaligi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus |
|
IX. Suv xo‘jaligi obyektlari xavfsizligini ta’minlash tizimini takomillashtirish | ||||
|
34. |
Suv xo‘jaligining katta va o‘ta muhim obyektlarini qo‘riqlash, ularning xavfsizligini ta’minlash va ishonchliligini oshirish tizimini yanada takomillashtirish, shuningdek, ularning texnik holatini yaxshilash bo‘yicha, shu jumladan, quyidagilarni nazarda tutuvchi dastur ishlab chiqish: suv xo‘jaligi obyektlari qo‘riqlanishini ta’minlashda axborot texnologiyalarini keng joriy etish, shuningdek, ularning hududlaridagi xavfsizlik punktlari sonini maqbullashtirish; suv xo‘jaligi obyektlarini muddatli harbiy xizmat o‘tayotgan harbiy xizmatchilarni jalb etgan holda qo‘riqlashni ta’minlash tartibini joriy etish. |
Normativ-huquqiy hujjat |
2018-yil 1-oktabrga qadar |
Suv xo‘jaligi vazirligi, Mudofaa vazirligi, Axborot texnologiyalari Ichki ishlar vazirligi, Moliya vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, vazirlik va idoralar |
|
35 |
Gidrotexnika inshootlarining xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha avariya moddiy-texnika zaxiralarini yaratish va ulardan foydalanishning yangilangan tartibini, shu jumladan avariya moddiy-texnika vositalarining ro‘yxatini ishlab chiqish. |
Normativ-huquqiy hujjat |
2018-yil 1-noyabrga qadar |
Suv xo‘jaligi vazirligi, “O‘zbekgidroenergo” AJ, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, vazirlik va idoralar |
|
36. |
Yirik suv omborlari va gidrotexnika inshootlaridagi avariya holatlari hamda favqulodda vaziyatlarning oldini olishning yagona avtomatlashtirilgan tizimini yaratish. |
Tashkiliy tadbirlar |
2018-2019-yillarda |
Suv xo‘jaligi vazirligi, Axborot texnologiyalari “O‘zbekgidroenergo” AJ, Favqulodda vaziyatlar vazirligi |
|
X. Suvdan foydalanish sohasida xalqaro munosabatlarni rivojlantirish, aholining suv resurslaridan foydalanish bo‘yicha huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini oshirish yuzasidan chora-tadbirlarni kuchaytirish | ||||
|
37. |
Mintaqaviy va xalqaro hamkorlikni jadallashtirish, shuningdek, suv omborlari va yirik gidrotexnika inshootlarining xavfsizligini ta’minlash hamda texnik jihatdan ishonchliligini oshirishda xorijiy mamlakatlarning ilg‘or tajribasini o‘rganish, bunda: yirik suv omborlari va gidrotexnika inshootlarining xavfsizligini ta’minlash sohasidagi hamkorlik bo‘yicha mintaqaviy kelishuv ishlab chiqish va amalga oshirish masalasini Orol dengizi havzasidagi davlatlar bilan birgalikda ko‘rib chiqish; milliy idoralarning suv omborlari va yirik gidrotexnika inshootlari xavfsizligini ta’minlash sohasidagi tajriba va xizmatlarini (gidrotexnika inshootlarining texnik holatini tabiiy sharoitda ko‘zdan kechirish va diagnostika qilish, xavfsizlik mezonlarini ishlab chiqish, xavfsizlik deklaratsiyalarini tuzish va h.k.) mintaqa mamlakatlarida ilgari surish; to‘g‘onlar xavfsizligini hamda avariya holatlari va favqulodda vaziyatlarning oldini olish tizimini ta’minlash sohasida xorijiy mamlakatlarning ilg‘or tajribasini o‘rganish; Yirik to‘g‘onlar bo‘yicha xalqaro komissiyaning texnik reglamentlari va tavsiyalarini O‘zbekistonda qo‘llash va implementatsiya qilish yuzasidan takliflar tayyorlash nazarda tutiladi. |
Tashkiliy tadbirlar Tashkiliy tadbirlar Tashkiliy tadbirlar Tashkiliy tadbirlar |
2018-yil 1-oktabrga qadar 2018-2019-yillarda 2018-yil 1-noyabrga qadar 2018-yil 20-dekabrga qadar |
Suv xo‘jaligi vazirligi, “O‘zbekgidr�energo” AJ, Tashqi ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi |
|
38. |
Mobil ilovalar va veb-sahifalarni qo‘llash asosida suv resurslaridan foydalanish va ularni boshqarish, shuningdek, suv xo‘jaligi inshootlaridan foydalanish bo‘yicha ommabop bilimlarning resurs bazasini yaratish hamda rivojlantirish. |
Kompleks chora-tadbirlar |
2018-yil 1-iyulga qadar |
Suv xo‘jaligi vazirligi, Axborot texnologiyalari Innovatsiya vazirligi |
|
39. |
Suvdan foydalanish madaniyatini oshirish bo‘yicha o‘quv dasturlarini ta’lim tizimiga joriy qilish orqali yosh avlodni suvga nisbatan tejamkorona munosabatda bo‘lish ruhida tarbiyalash. |
Tashkiliy ta�birlar |
Doimiy asosda |
Maktabgacha ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Suv xo‘jaligi vazirligi |
|
40. |
Qishloq xo‘jaligida o‘zboshimchalik bilan suv olish va suv resurslari hajmlaridan maqsadsiz foydalanishning salbiy oqibatlarini iste’molchilarga tushuntirish bo‘yicha turkum radio eshittirishlar va teleko‘rsatuvlar tayyorlash. |
Tashkiliy tadbirlar |
Doimiy asosda |
MTRK, O‘zA, Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi, Suv xo‘jaligi vazirligi |
8-ILOVA
|
— |
O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligining hududiy bo‘linmasi mas’ul xodimi, ishchi guruh rahbari | |
|
lavozim bo‘yicha |
— |
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining hududiy bo‘linmasi mas’ul xodimi |
|
lavozim bo‘yicha |
— |
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining hududiy bo‘linmasi mas’ul xodimi |
|
lavozim bo‘yicha |
— |
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Yong‘in xavfsizligi davlat xizmati hududiy bo‘linmasi mas’ul xodimi |
|
lavozim bo‘yicha |
— |
O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining hududiy bo‘linmasi mas’ul xodimi |
|
lavozim bo‘yicha |
— |
O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligining hududiy bo‘linmasi mas’ul xodimi |
|
lavozim bo‘yicha |
— |
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining mas’ul xodimi* |
|
lavozim bo‘yicha |
— |
|
|
lavozim bo‘yicha |
— |
|
|
lavozim bo‘yicha |
— |
|
|
lavozim bo‘yicha |
— |
O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi huzuridagi Katta va alohida muhim suv xo‘jaligi obyektlarining texnik holatini hamda bexatar ishlashini nazorat qilish davlat inspeksiyasining hududiy bo‘linmasi mas’ul xodimi |
|
lavozim bo‘yicha |
— |
“O‘zbekenergo” AJ hududiy bo‘linmasi mas’ul xodimi |
|
lavozim bo‘yicha |
— |
“O‘zbekgidroenergo” AJ hududiy bo‘linmasi mas’ul xodimi |
|
lavozim bo‘yicha |
— |
tuman (shahar) hokimligining mas’ul xodimi |