Indexation by Ceneral legal classifier of legislation branches
Indexation by thematic directory of legislation
Sources of changes
Sources of publication
10.06.2026
13.04.2026
25.05.2024 01
04.07.2023
16.06.2022
27.01.2021
18.06.2020
21.07.2018
View
Рус
Eng
Ўзб
O’zb
O‘zb|Рус
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.01.00 Umumiy qoidalar]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent shahrida “MMFI” milliy tadqiqot yadro universiteti” federal davlat avtonom oliy taʼlim muassasasining filialini tashkil etish va uning faoliyatini tashkillashtirish toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Respublika sanoat tarmoqlari uchun malakali muhandis-texnik kadrlar tayyorlashni yanada takomillashtirish, oliy taʼlim sohasida xalqaro hamkorlikni kengaytirish maqsadida, shuningdek, 2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasiga muvofiq:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, “Rosatom” atom energiyasi boʻyicha davlat korporatsiyasi, “MMFI” milliy tadqiqot yadro universiteti” federal davlat avtonom oliy taʼlim muassasasining (Rossiya Federatsiyasi) Toshkent shahrida “MMFI” milliy tadqiqot yadro universiteti” federal davlat avtonom oliy taʼlim muassasasining filialini (keyingi oʻrinlarda “MMFI” MTYAU filiali deb yuritiladi) taʼsis etish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Quyidagilar “MMFI” MTYAU filiali faoliyatining asosiy yoʻnalishlari hisoblansin:
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.08.00.00 Kasbiy tayyorgarlik, malaka oshirish va qayta tayyorlash;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.20.00.00 Energetika / 09.20.07.00 Atom energetikasi]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yadro energetikasi va issiqlik fizikasining tarmoq ehtiyojlarini qondirish uchun eng muhim ilmiy-texnologik ishlab chiqarish vazifalarini hal etishga qodir boʻlgan yuqori malakali muhandis-texnik kadrlarni xalqaro taʼlim standartlari darajasida tayyorlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mutaxassislar va ilmiy kadrlar tayyorlash tizimini taʼlim va ilm-fan uzluksizligi va izchilligi prinsipi, shuningdek, jahon taʼlim hamda ilmiy hamjamiyatiga muvofiq ravishda albatta integratsiyalashtirish asosida rivojlantirish;
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.02.00.00 Fan / 13.02.07.00 Ilmiy tadqiqotlar]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yadro fizikasi sohasida fundamental va amaliy ilmiy tadqiqotlar oʻtkazish;
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.08.00.00 Kasbiy tayyorgarlik, malaka oshirish va qayta tayyorlash;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.04.00 Davlat taʼlim standartlari va talablari]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
muhandis-texnik kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish hamda modernizatsiya qilishga yoʻnaltirilgan yangi taʼlim dasturlari va oʻqitish shakllarini ishlab chiqish hamda joriy etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
pedagogik salohiyatni rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash, oʻqitishning pedagogik uslublari va texnologiyalarini faol takomillashtirish;
[OKOZ:
1.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.03.00.00 Ijtimoiy-madaniy masalalar boʻyicha hamkorlik / 19.03.06.00 Fan va taʼlim sohasidagi hamkorlik]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
taʼlim va ilmiy-texnik sohalarda xorijiy mamlakatlarning yetakchi taʼlim muassasalari va ilmiy-tadqiqot markazlari bilan uzoq muddatli munosabatlarni rivojlantirish hamda mustahkamlash.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Belgilab qoʻyilsinki:
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.07.00 Xorijiy mamlakatlarning taʼlim muassasalari va tashkilotlari;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.04 Oliy taʼlim]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“MMFI” MTYAU filiali oliy taʼlim muassasasi — yuridik shaxs maqomiga ega boʻlgan notijorat tashkilot shaklidagi Oʻzbekiston Respublikasi rezidenti hisoblanadi;
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.08.00.00 Kasbiy tayyorgarlik, malaka oshirish va qayta tayyorlash;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.07.00 Xorijiy mamlakatlarning taʼlim muassasalari va tashkilotlari]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“MMFI” MTYAU filiali “MMFI” milliy tadqiqot yadro universiteti” federal davlat avtonom oliy taʼlim muassasasining (Rossiya Federatsiyasi) (keyingi oʻrinlarda — bosh muassasa) alohida boʻlinmasi sifatida kadrlarga boʻlgan talabni hisobga olgan holda, bosh muassasa bilan kelishilgan oʻqitishning asosiy yoʻnalishlari (mutaxassisliklari) boʻyicha mutaxassislar tayyorlaydi, qayta tayyorlaydi va ularning malakasini oshiradi, shu jumladan ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“MMFI” MTYAU filiali oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiradi;
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.04.00 Davlat taʼlim standartlari va talablari]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“MMFI” MTYAU filialida oʻqitish Oʻzbekiston Respublikasi davlat taʼlim standartlarining talablari inobatga olingan holda, bosh muassasa tomonidan tasdiqlangan oʻquv rejalari va dasturlari boʻyicha amalga oshiriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“MMFI” MTYAU filialining taʼlim faoliyati 2019/2020 oʻquv yilidan boshlanadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“MMFI” MTYAU filialiga abituriyentlarni qabul qilish va bitiruvchilarni attestatsiyadan oʻtkazish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan kelishilgan holda, bosh muassasa tomonidan belgilanadigan talablar, tartib va muddatlarga muvofiq amalga oshiriladi;
(3-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-iyuldagi PF-107-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.07.2023-y., 06/23/107/0441-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“MMFI” MTYAU filiali bitiruvchilariga oʻqish tamomlanganidan soʻng bosh muassasaning belgilangan namunadagi diplomi beriladi va bu diplom Oʻzbekiston Respublikasida oliy taʼlim toʻgʻrisidagi hujjat sifatida tan olinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Bosh muassasa:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻquv jarayoniga ilgʻor pedagogika va axborot texnologiyalari, ilm-fan va texnikaning eng yangi yutuqlari joriy etilishini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“MMFI” MTYAU filiali mutaxassislarining malakasi oshirilishini va professor-oʻqituvchilarining qayta tayyorlanishini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“MMFI” MTYAU filiali kutubxona fondining shakllantirilishi hamda zamonaviy oʻquv, oʻquv-uslubiy va ilmiy-texnik adabiyotlar bilan toʻldirilishini taʼminlashga koʻmaklashishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Quyidagilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“MMFI” milliy tadqiqot yadro universiteti” federal davlat avtonom oliy taʼlim muassasasining (Rossiya Federatsiyasi) Toshkent shahridagi filialida mutaxassislarni oʻqitish va tayyorlashning asosiy yoʻnalishlari (mutaxassisliklari) 1-ilovaga muvofiq;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“MMFI” milliy tadqiqot yadro universiteti” federal davlat avtonom oliy taʼlim muassasasining (Rossiya Federatsiyasi) Toshkent shahridagi filiali Vasiylik kengashining (keyingi oʻrinlarda — Vasiylik kengashi) tarkibi 2-ilovaga muvofiq;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“MMFI” milliy tadqiqot yadro universiteti” federal davlat avtonom oliy taʼlim muassasasining (Rossiya Federatsiyasi) filialini Toshkent shahrida tashkil etish boʻyicha Tashkiliy komissiya tarkibi 3-ilovaga muvofiq maʼqullansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Toshkent shahar, Mirzo Ulugʻbek tumani, Ulugʻbek shaharchasi, Xuroson koʻchasi 1-uyda joylashgan qurilishi tugallanmagan radiokimyoviy kompleks unga tutash hududlari bilan birga begʻaraz foydalanish huquqi asosida keyinchalik joylashtirish uchun “MMFI” MTYAU filialiga berilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Tashkiliy komissiya (A.S. Sultanov):
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.02.00.00 Fan / 13.02.09.00 Ilmiy tekshirish muassasalarining moddiy-texnik bazasi]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2019-yil 1-iyulga qadar muddatda “MMFI” MTYAU filiali bino va inshootlarining rekonstruksiya qilinishini, shuningdek, “MMFI” MTYAU filiali talabalari va oʻqituvchilari yashashi uchun yotoqxona tayyorlanishini;
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.02.00.00 Fan / 13.02.09.00 Ilmiy tekshirish muassasalarining moddiy-texnik bazasi]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2019-yil 31-avgustga qadar muddatda “MMFI” MTYAU filiali joylashtirilishini hamda uning zarur mebel, inventarlar, zamonaviy oʻquv va laboratoriya asbob-uskunalari, kompyuter va boshqa tashkiliy texnika, kutubxona fondi bilan jihozlanishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.13.00 Mavjud korxona, bino, inshootlarni kapital taʼmirlash, texnik qayta jihozlash, kengaytirish va rekonstruksiyalash]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan birgalikda 2019-yil va keyingi yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirish davlat dasturlarini shakllantirishda ularga “MMFI” MTYAU filialining bino va inshootlarini tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlariga muvofiq rekonstruksiya qilish, kapital taʼmirlash hamda jihozlash yuzasidan loyihalarning belgilangan tartibda kiritilishini taʼminlasin.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-iyuldagi PF-107-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.07.2023-y., 06/23/107/0441-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) “MMFI” MTYAU filialining qabul parametrlari bosh muassasa, Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan kelishgan holda filial Vasiylik kengashi qarori bilan tasdiqlanadi;
(9-bandning “a” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-iyuldagi PF-107-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.07.2023-y., 06/23/107/0441-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) Vasiylik kengashining qaroriga muvofiq “MMFI” MTYAU filiali xodimlariga ularning yuqori malakasi, ixtisoslashtirilgan kompyuter komplekslari bilan ishlash koʻnikmalari uchun “MMFI” MTYAU filiali va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Atom energiyasi agentligining budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan shaxsiy ustama belgilanishi mumkin;
(9-bandning “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-maydagi PF-79-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.05.2024-y., 06/24/79/0363-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) “MMFI” MTYAU filialining davlat grantlari asosida oʻqigan bitiruvchilari respublika ishlab chiqarish-sanoat tarmoqlari tashkilotlarida kamida besh yil ishlab berish sharti bilan ishga taqsimlanadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) “MMFI” MTYAU filialining faoliyati:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.04.00 Agentliklar, inspeksiyalar va boshqa idoralar;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.03.00 Respublika budjeti xarajatlari]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“MMFI” MTYAU filialiga davlat grantlari boʻyicha qabul qilinadigan talabalarni oʻqitish, shuningdek, yadro energetikasi va texnologiyalarini rivojlantirish sohasida ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Atom energiyasi agentligiga Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan ajratiladigan mablagʻlar;
(9-band “g” kichik bandining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-maydagi PF-79-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.05.2024-y., 06/24/79/0363-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vasiylik kengashining qarorlari asosida shakllantiriladigan pul mablagʻlari, yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik xayriyalari hamda maqsadli badallari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xalqaro moliya institutlarining grantlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
d) “MMFI” MTYAU filialini tashkil etish, uning moddiy-texnika va oʻquv bazasini shakllantirish boʻyicha tashkiliy-amaliy tadbirlarni moliyalashtirish, shu jumladan taʼmirlash-tiklash ishlarini olib borish, bino va inshootlarni zarur mebel, inventar, zamonaviy oʻquv va laboratoriya asbob-uskunalari, kompyuter va boshqa tashkiliy texnika bilan taʼminlash Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirish davlat dasturlarini moliyalashtirish jamgʻarmasi mablagʻlari va Vasiylik kengashi tomonidan shakllantiriladigan mablagʻlar, shuningdek, qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi;
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.04.00.00 Kafolatlar va kompensatsiyalar / 05.04.07.00 Xizmat safari vaqtida kafolatlar va kompensatsiyalar]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
e) bosh muassasadan jalb qilinadigan professor-oʻqituvchilarning xizmat safari xarajatlarini toʻlash:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
30 sutkagacha boʻlgan qisqa muddatli xizmat safarlari boʻyicha — Rossiya Federatsiyasining qonun hujjatlari bilan oliy taʼlim muassasalari xodimlari uchun nazarda tutilgan normalarga muvofiq;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
uzoq muddatli xizmat safarlari boʻyicha, oʻquv jarayoni ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda — tuzilgan shartnomalarga muvofiq amalga oshiriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
j) “MMFI” MTYAU filialini saqlash uchun budjetdan ajratiladigan mablagʻlar 2019-yildan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining “Maorif” uchun xarajatlar parametrlarida nazarda tutiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. “MMFI” MTYAU filialiga oʻqituvchilik va ilmiy ishlar uchun taklif etiladigan xorijiy professor va oʻqituvchilarning yashash hamda transport xarajatlarini tuziladigan shartnomalar asosida Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari uchun belgilangan tariflar boʻyicha toʻlashga ruxsat etilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar;
2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.04.00 Agentliklar, inspeksiyalar va boshqa idoralar]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bosh muassasa hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Atom energiyasi agentligi bilan birgalikda:
(11-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-maydagi PF-79-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.05.2024-y., 06/24/79/0363-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bir oy muddatda belgilangan tartibda “MMFI” MTYAU filialining taʼsis hujjatlari ishlab chiqilishi, kelishilishi va davlat roʻyxatidan oʻtkazilishini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ikki oy muddatda “MMFI” MTYAU filiali tashkiliy tuzilmasining tasdiqlanishini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2019-yil 1-avgustga qadar muddatda “MMFI” MTYAU filialining malakali professor-oʻqituvchilar tarkibi bilan tanlov asosida toʻldirilishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi “MMFI” MTYAU filialiga ikkita yengil xizmat avtotransport vositasini, shu jumladan bitta biriktirilgan avtotransport vositasini saqlash uchun limit ajratsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar;
2.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.07.00.00 Diplomatik va konsullik huquqi / 19.07.07.00 Konsullik vazifalari (pasport-viza ishlari, konsullik legalizatsiyasi) va yigʻimlar]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda “MMFI” MTYAU filialining buyurtmalariga binoan mazkur qarorni amalga oshirish doirasida jalb qilinadigan xorijiy professor-oʻqituvchilar va maʼmuriy xodimlar, shuningdek, ularning oila aʼzolari uchun kirish vizalari konsullik hamda boshqa yigʻimlar undirilmasdan belgilangan tartibda rasmiylashtirilishini taʼminlasin.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-iyuldagi PF-107-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.07.2023-y., 06/23/107/0441-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda “MMFI” MTYAU filialining buyurtmalariga binoan xorijiy professor-oʻqituvchilar va maʼmuriy xodimlar, shuningdek, ularning oila aʼzolariga davlat boji undirilmasdan koʻp martalik vizalar berilishi va uzaytirilishini hamda ularning Oʻzbekiston Respublikasida turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazilishini belgilangan tartibda taʼminlasin.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 9-iyundagi PF-109-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.06.2026-y., 06/26/109/0580-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda “MMFI” MTYAU filialining buyurtmalariga binoan “MMFI” MTYAU filialini tashkil etishda va uning faoliyatida ishtirok etuvchi xorijiy malakali mutaxassislarni respublikaga jalb qilishga belgilangan tartibda ruxsatnomalar berishni (uzaytirishni), shuningdek, xorijiy fuqarolarga Oʻzbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyati bilan shugʻullanish huquqiga tasdiqnoma berishni (uzaytirishni) taʼminlasin.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 10-apreldagi PF-58-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.04.2026-y., 06/26/58/0342-son)
[OKOZ:
1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.01.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi umumiy qoidalar / 10.01.04.00 Eksport va import / 10.01.04.02 Import;
2.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.02.00.00 Bojxona tarifini tartibga solish / 10.02.07.00 Tarif imtiyozlari va prefensiyalar]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. “MMFI” MTYAU filiali 2021-yil 1-yanvarga qadar muddatda “MMFI” MTYAU filialini jihozlash va uning faoliyatini taʼminlash uchun belgilangan tartibda shakllantiriladigan roʻyxatlar boʻyicha olib kiriladigan, Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan oʻquv va ilmiy laboratoriya asbob-uskunalari, kompyuter texnikasi, dasturiy mahsulotlar, oʻquv va ilmiy-uslubiy adabiyotlar, inventar va moddiy-texnika resurslari bojxona toʻlovlaridan (bojxona yigʻimlaridan tashqari) ozod etilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.A. Abduhakimov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — “Oʻzbekneftgaz” AJ boshqaruvi raisi A.S. Sultanov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2018-yil 20-iyul,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
PQ-3875-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 20-iyuldagi PQ-3875-son qaroriga 1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“MMFI” milliy tadqiqot yadro universiteti” federal davlat avtonom oliy taʼlim muassasasining (Rossiya Federatsiyasi) Toshkent shahridagi filialida mutaxassislarni oʻqitish va tayyorlashning asosiy yoʻnalishlari (mutaxassisliklari)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Yadro energetikasi va issiqlik fizikasi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Yadro fizikasi va texnologiyasi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Atom stansiyalari: loyihalashtirish, foydalanish va injiniring
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Izoh: Vasiylik kengashi tomonidan yoʻnalishlar (mutaxassisliklar) roʻyxatiga tashkilot-isteʼmolchilarning kadrlarga boʻlgan ehtiyojlari inobatga olinib, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi hamda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi va “MMFI” milliy tadqiqot yadro universiteti” federal davlat avtonom oliy taʼlim muassasasi bilan kelishilgan holda oʻzgartirishlar yoki qoʻshimchalar kiritilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 20-iyuldagi PQ-3875-son qaroriga 2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“MMFI” milliy tadqiqot yadro universiteti oliy taʼlim federal davlat avtonom taʼlim muassasasining Toshkent shahridagi filiali Vasiylik kengashining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tarkibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri, Vasiylik kengashi raisi
A.S. Sultanov
—
Oʻzbekiston Respublikasi energetika vaziri, Vasiiylik kengashi raisining oʻrinbosari
Sh.A. Vafayev
—
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari boʻyicha oʻrinbosari
B.S. Yuldashev
—
Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi prezidenti
J.T. Mirzamaxmudov
—
Oʻzbekiston Respublikasi energetika vazirining birinchi oʻrinbosari ― Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi Atom energetikasini rivojlantirish agentligi bosh direktori
(kelishuv boʻyicha)
—
“Rosatom” atom energiyasi boʻyicha davlat korporatsiyasi vakili
I.U. Madjidov
—
Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri
A.Ya. Xaydarov
—
Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining birinchi oʻrinbosari
I.I. Norkulov
—
Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirining birinchi oʻrinbosari
B.F. Islomov
—
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi raisi
A.K. Farmanov
—
“Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” boshqaruvi raisi
K.S. Sanakulov
—
“Navoiy TMK” DK bosh direktori
(lavozimi boʻyicha)
—
“MMFI” milliy tadqiqot yadro universiteti” federal davlat avtonom oliy taʼlim muassasasi filialining ijrochi direktori — direktor oʻrinbosari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Izoh. Vasiylik kengashi aʼzolari boshqa ishga oʻtganda, uning tarkibiga ushbu lavozimga yangi tayinlangan yoki zimmasiga tegishli vazifalarni bajarish yuklangan shaxslar kiritiladi.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 18-iyundagi PF-6010-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.06.2020-y., 06/20/6010/0776-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 20-iyuldagi PQ-3875-son qaroriga 3-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“MMFI” milliy tadqiqot yadro universiteti” federal davlat avtonom oliy taʼlim muassasasining filialini Toshkent shahrida tashkil etish boʻyicha tashkiliy komissiya
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tarkibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi energetika vaziri, tashkiliy komissiya raisi
J.T. Mirzamaxmudov
—
Oʻzbekiston Respublikasi energetika vazirining birinchi oʻrinbosari ― Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi Atom energetikasini rivojlantirish agentligi bosh direktori, tashkiliy komissiya raisining oʻrinbosari
B.S. Yuldashev
—
Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi prezidenti
I.U. Madjidov
—
Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri
D.X. Nabiyev
—
Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining birinchi oʻrinbosari
A.Ya. Xaydarov
—
Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining birinchi oʻrinbosari
A.A. Abduvaxitov
—
Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining oʻrinbosari
(kelishuv boʻyicha)
—
“MMFI” milliy tadqiqot yadro universiteti” federal davlat avtonom oliy taʼlim muassasasining vakili
J.A. Artikxodjayev
—
Toshkent shahar hokimi
A.R. Maraximov
—
Oʻzbekiston Milliy universiteti rektori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Izoh. Tashkiliy komissiya aʼzolari boshqa ishga oʻtganda, uning tarkibiga ushbu lavozimga yangi tayinlangan yoki zimmasiga tegishli vazifalarni bajarish yuklangan shaxslar kiritiladi.
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 18-iyundagi PF-6010-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.06.2020-y., 06/20/6010/0776-son)
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 21.07.2018-y., 07/18/3875/1555-son; 18.06.2020-y., 06/20/6010/0776-son; 27.01.2021-y., 06/21/6146/0065-son, Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.06.2022-y., 07/22/279/0530-son; 04.07.2023-y., 06/23/107/0441-son; 25.05.2024-y., 06/24/79/0363-son; 13.04.2026-y., 06/26/58/0342-son; 10.06.2026-y., 06/26/109/0580-son)