1-ILOVA
|
T/r |
Tadbirlar nomi |
Amalga oshirish shakli |
Bajarish muddatlari |
Masʼul ijrochilar |
|
I. Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish sohasidagi qonunchilikni | ||||
|
1. |
“Fuqarolik holati dalolatnomalari toʻgʻrisida”gi Qonun loyihasini ishlab chiqish, unda quyidagilar belgilab beriladi: fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etuvchi organlarning vakolatlari; tugʻilganlikni qayd etish (otalikni belgilash, farzandlikka olish, nikohni tuzish va bekor qilish, oʻlimni qayd etish) tartibi; dalolatnoma yozuvlarini tiklash, oʻzgartirish, tuzatish, ularni toʻldirish, familiyasi, ismi va ota ismini oʻzgartirish, dalolatnomalar yozuvlarini toʻliq yozish; takroriy guvohnomalar va boshqa maʼlumotlar, arxiv maʼlumotlarini berish, FHDY organlari, Oʻzbekiston Respublikasining chet ellardagi konsullik muassasalari hamda fuqarolar yigʻinlarining hisobotlari; idoralararo axborot-elektron hamkorlik tartibi. |
Qonun loyihasi |
2018-yil oktabr |
Adliya vazirligi, Xotin-qizlar qoʻmitasi, Oliy sud, IIV, Sogʻliqni saqlash vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
|
2. |
Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi qonun loyihasini ishlab chiqish, unda quyidagilarning maʼmuriy javobgarligi nazarda tutiladi: fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etishni qonunga xilof ravishda rad etganlik va qayd etish muddatlarini buzganlik uchun FHDY organlarining mansabdor shaxslari; tugʻilish va oʻlishni oʻz vaqtida qayd etmaganligi uchun, tugʻilish toʻgʻrisidagi tibbiy maʼlumotnoma, oʻlim, shu jumladan perinatal oʻlim toʻgʻrisidagi tibbiy guvohnoma toʻgʻri va aniq toʻldirilishi yuzasidan sogʻliqni saqlash muassasalarining mansabdor shaxslari; topib olingan (tashlab ketilgan) goʻdakning tugʻilishini qayd etish choralari koʻrilmaganligi uchun vasiylik va homiylik organlarining mansabdor shaxslari, sogʻliqni saqlash muassasalari va goʻdak topshirilgan muassasaning maʼmuriyati maʼmuriy javobgar boʻladilar. |
Qonun loyihasi |
2018-yil oktabr |
Adliya vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, IIV, Oliy sud, vazirlik va idoralar |
|
3. |
Quyidagilarni nazarda tutuvchi Hukumat qarori loyihasini ishlab chiqish: FHDY organlari xodimlari sonini belgilash mezonlarini qayta koʻrib chiqish, shuningdek, fuqarolik holati dalolatnoma-lari maʼlumotlarining yagona elektron bazasi shakllantirilishini hisobga olgan holda FHDY organlarida arxivarius qoʻshimcha shtat birligini joriy etish; gerbli guvohnomalarni axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydala-nib, faqat bosma harflar bilan toʻldirish tartibini joriy etgan holda ularni qoʻlda yozib toʻldirish talablarini bekor qilish. |
Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi |
2018 yil iyul |
Adliya vazirligi, Moliya vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
|
4. |
Vazirlar Mahkamasining “Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2016-yil 14-noyabrdagi 387-son qarorini hamda Fuqarolik holati dalolatnoma-larini yozish organlarida ish yuritish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomani (qayd etish raqami № 2547, 31.12.2013-yil) qayta koʻrib chiqish, ularda quyidagilarni nazarda tutish: bola tugʻilgan kundan keyin bir yil oʻtgach ota-onalardan birining arizasi asosida uning tugʻilganligini qayd etish; xorijiy davlatlarning vakolatli muassasalari tomonidan berilgan fuqarolik holatiga oid hujjatlarni Oʻzbekiston Respublikasining fuqarolik holatiga oid hujjatlariga almashtirish tartibi; vafot etgan shaxsning qarindoshlari va manfaatdor shaxslarning arizasi boʻyicha oʻlim toʻgʻrisidagi dalolatnoma yozuviga tuzatish va qoʻshimchalar kiritish; FHDY organlarining boshqa FHDY organlari va davlat organlari bilan “FHDYning yagona elektron arxivi” tizimi orqali elektron hamkorlik qilish tartib��. |
Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi |
2019-yil iyul |
Adliya vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
|
5. |
Quyidagilarni nazarda tutuvchi FHDY arxivlari toʻgʻrisidagi Nizom loyihasini ishlab chiqish: FHDY arxivining maqsadi, vazifalari, funksiyalari, faoliyatining tashkil etilishi, huquq va majburiyatlari; arxiv fondini yuritish, saqlash va ekspluatatsiya qilish tartibi; arxiv maʼlumotlarini berish, koʻrib chiqish muddatlari. |
Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi |
2019 yil iyul |
Adliya vazirligi, Moliya vazirligi, “Oʻzarxiv” agentligi |
|
6. |
Aholining davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyatini oshirish maqsadida FHDY organlari tomonidan qoʻshimcha xizmatlar koʻrsatilganligi uchun toʻlanadigan haq miqdorlarini qayta koʻrib chiqish (korrupsiyaga barham berish maqsadida arxiv maʼlumotnomalari va axborotini muddatidan ilgari berganligi uchun oshirilgan miqdorlarda haq undirish). |
Adliya vaziri buyrugʻi |
2018-yil iyul |
Adliya vazirligi, Moliya vazirligi |
|
7. |
Qayd etilmagan tugʻilganlik, oʻlim holatlarini xatlovdan oʻtkazish va aniqlash hamda ularni keyinchalik FHDY organlarida qayd etish boʻyicha hududiy komissiyalar tarkiblarini tasdiqlash. |
Tuman (shahar) hokimi qarori |
2018-yil iyul |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent sh. hokimliklari, vazirlik va idoralar |
|
II. Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini | ||||
|
8. |
Fertil yoshdagi ayollarni hisobga olish va homiladorlikni uning erta bosqichlaridan bola tugʻilgunga qadar hisobini yuritish boʻyicha avtomatlashtirilgan axborot tizimini yaratish. Ushbu tizimning “FHDYning yagona elektron arxivi” axborot tizimi bilan integratsiyalashuvini taʼminlash. |
Tadbirlar rejasi |
2018-yil dekabr |
Sogʻliqni saqlash vazirligi, Adliya vazirligi, IIV, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi |
|
9. |
Tugʻilish va oʻlish toʻgʻrisida fuqarolik holati dalolatnomalarini oʻz vaqtida qayd etish maqsadida axborotni tezkorlik bilan ayirboshlash uchun FHDY, ichki ishlar va sogʻliqni saqlash organlarining elektron tizimlarini integratsiyalash |
Tadbirlar rejasi |
2018-yil dekabr |
Sogʻliqni saqlash vazirligi, Adliya vazirligi, IIV, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi |
|
10. |
Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish maqsadida FHDY organlari oʻrtasida soʻrovlarni joʻnatish va ularga oʻz vaqtida javob olish uchun “FHDYning yagona elektron arxivi” axborot tizimini takomillashtirish. |
Tadbirlar rejasi |
2018-yil sentabr |
Adliya vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi |
|
11. |
Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish tizimi yaratilgan paytdan (XIX asr) boshlab hozirgi vaqtgacha saqlanayotgan fuqarolik holati dalolatnomalari yozuvlarini (dastlabki maʼlumotlarga koʻra 60 milliondan koʻproq yozuvlar) raqamlashtirish hamda FHDYning yagona elektron arxiv fondini shakllantirish, uni “FHDYning yagona elektron arxivi” axborot tizimi bilan integratsiyalash. |
Tadbirlarni tashkillash-tirish Raqamlashti-rish va integratsiya-lashni yakunlash |
2018-yil avgust 2021-yil dekabr |
Adliya vazirligi |
|
12. |
Elektron toʻlov tizimi orqali davlat boji, davlat yigʻimlari va boshqa toʻlovlarning elektron (mobil) toʻlovi imkoniyatlarini kengaytirish |
Tadbirlar rejasi |
2018-yil sentabr |
Markaziy bank, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Adliya vazirligi |
|
13. |
Interaktiv davlat xizmatlari yagona portali orqali nikohni qayd etishga ariza berish tizimini joriy etish boʻyicha takliflar ishlab chiqish |
Tadbirlar rejasi |
2019-yil yanvar |
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiya-larini rivojlantirish vazirligi, Adliya vazirligi |
|
14. |
Tugʻilish, oʻlish, nikoh, ajralish toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni tezkorlik bilan ayirboshlash uchun FHDY, sogʻliqni saqlash va davlat statistika organlarining elektron tizimlarini integratsiyalash |
Tadbirlar rejasi |
2018-yil sentabr |
Adliya vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Davlat statistika qoʻmitasi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiya-larini rivojlantirish vazirligi |
|
III. FHDY organlarining kadrlar salohiyatini mustahkamlash | ||||
|
15. |
FHDY boʻlimlari tuman (shahar) hokimliklari ixtiyoriga oʻtishi munosabati bilan FHDY boʻlimlarining mudirlarini attestatsiyadan oʻtkazish. |
Tadbirlar kompleksi |
2018-yil iyul |
Adliya vazirligi, Bosh prokuratura, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
|
16. |
Psixologik fanlar va yuridik faoliyat bilan bogʻliq boʻlmagan boshqa fan va koʻnikmalar (stressni boshqarish, ixtiloflarni boshqarish, ish vaqtini samarali tashkil etish)ga oʻqitib-oʻrgatish boʻyicha fanlar joriy etilishini nazarda tutgan holda FHDY organlari xodimlarining malakasini oshirish boʻyicha oʻquv rejalari va dasturlarini qayta koʻrib chiqish. |
Tadbirlar kompleksi |
2018-yil iyul |
Adliya vazirligi |
|
17. |
FHDY organlari uchun yagona logotipni tasdiqlash. |
Qoʻshma qaror |
2018-yildekabr |
Xotin-qizlar qoʻmitasi, Adliya vazirligi |
|
18. |
FHDY organlari xodimlarining yagona forma libosiga qoʻyiladigan talablarni ishlab chiqish. |
Qoʻshma qaror |
2018-yil dekabr |
Xotin-qizlar qoʻmitasi, Adliya vazirligi |
|
IV. FHDY organlarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash | ||||
|
19. |
“FHDYning yagona elektron arxivi” axborot tizimining ish samaradorligini va tezkorligini oshirish maqsadida fuqarolik holati dalolatnomalarini raqamlashtirish, idoralararo elektron hamkorlik tizimini yaratish uchun zarur boʻlgan skanerlash qurilmalari, server va boshqa uskunalarni, ehtiyot qismlar, butlovchi buyumlarni xarid qilish. |
Tadbirlar rejasi |
2018-yil sentabr |
Adliya vazirligi, Moliya vazirligi, DBQ, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiya-larini rivojlantirish vazirligi |
|
20. |
Buxoro shahrida nikoh uyi, Shoʻrchi, Sayxunobod tumanlarida va Olmaliq shahrida FHDY boʻlimlari qurilishini tugallash |
Tadbirlar kompleksi |
Belgilangan muddatlarda |
Adliya vazirligi |
|
21. |
Doʻstlik va Mirzachoʻl tumanlarining adliya boʻlimlarini, davlat xizmatlari markazlari va FHDY boʻlimlarini joylashtirish uchun binolar, shuningdek, Jizzax viloyatining Mirzachoʻl tumanida Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining budjetdan tashqari mablagʻlari hisobiga zamonaviy kutubxona binosini qurish, bunda, istisno tariqasida, 2018-yilning 1-sentabriga qadar qurilish-montaj ishlarini ayni vaqtda loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish bilan birgalikda olib borishga ruxsat etiladi va obyektlar qurilishi doirasida Jizzax viloyati hokimligining “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasi — buyurtmachi etib; “ASILBEK POWER PROJECT” MCHJ — bosh loyiha tashkiloti etib; “Yangi Avlod Qurilish Invest” MCHJ — bosh pudrat tashkiloti etib tayinlandi. |
Tadbirlar kompleksi |
2018-yil sentabr |
Jizzax viloyati hokimligi, Adliya vazirligi |
2-ILOVA