19.05.2018 yildagi 14-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining qarori, 19.05.2018 yildagi 14-son
Date of entry into force
19.05.2018
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
QarorI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Birinchi instansiya sudi tomonidan fuqarolik protsessual qonun normalarini qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksi yangi tahrirda qabul qilinganligi, sud amaliyotida masalalar kelib chiqayotganligi munosabati bilan hamda birinchi instansiya sudi tomonidan qonun normalari bir xilda va toʻgʻri qoʻllanilishini taʼminlash maqsadida, “Sudlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 17-moddasiga asoslanib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Sudlarning eʼtibori fuqarolik ishlarini koʻrishda fuqarolik protsessual qonun hujjatlari normalariga qatʼiy rioya etish zarurligiga, ularga rioya qilmaslik esa, taraflar va ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslar huquqlari buzilishiga olib kelishiga qaratilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksi (bundan buyon matnda FPK deb yuritiladi) 3-moddasiga muvofiq har qanday manfaatdor shaxs buzilgan yoki nizolashilayotgan huquqi yoxud qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatini himoya qilish uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda fuqarolik ishlari boʻyicha sudga (bundan buyon matnda sud deb yuritiladi) murojaat qilishga haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Sudya arizani ish yuritishga qabul qilish toʻgʻrisidagi, qabul qilishni rad etish yoki qaytarish yoxud sudga taalluqliligiga koʻra boshqa sudga oʻtkazish haqidagi masalani ariza sudga kelib tushgan kundan eʼtiboran oʻn kundan kechiktirmay yakka tartibda hal etadi. Arizani ish yuritishga qabul qilish, qabul qilishni rad etish yoki qaytarish yoxud arizani sudga taalluqliligiga koʻra, boshqa sudga oʻtkazish toʻgʻrisida ajrim chiqariladi. Arizani ish yuritishga qabul qilishni rad etish yoki qaytarish, shuningdek, arizani taalluqliligiga koʻra, boshqa sudga oʻtkazish toʻgʻrisidagi ajrimning koʻchirma nusxasi ariza va unga ilova qilingan hujjatlar bilan birga arizachiga ajrim chiqarilgandan keyingi kundan kechiktirmay yuboriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Iqtisodiy yoki maʼmuriy suddan ariza yoki ish materiallari sudga taalluqliligiga koʻra, kelib tushganda sudya ariza FPKning 189, 190 va 191-moddalarida koʻrsatilgan talablarga muvofiq emasligini aniqlagach, ariza sudga kelib tushgan kundan eʼtiboran oʻn kundan kechiktirmay daʼvogarni (arizachini) kamchiliklarni bartaraf etish zarurligi toʻgʻrisida xabardor qiladi va unga buning uchun oʻn kundan oshmaydigan muddat beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tushuntirilsinki, iqtisodiy yoki maʼmuriy suddan kelib tushgan ariza yoki ish materiallaridagi kamchiliklarni bartaraf etish toʻgʻrisidagi xabarnoma sudyaning kamchiliklarni bartaraf etish toʻgʻrisidagi ajrimi bilan rasmiylashtiriladi va ajrimda bu kamchiliklarni bartaraf etish muddati koʻrsatiladi. Mazkur ajrim daʼvogar (arizachi)ga FPK 273-moddasida nazarda tutilgan tartibda yuboriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kamchiliklar bartaraf etilmagan taqdirda daʼvo ariza (ariza) FPK 195-moddasi, 1-qismining 41-bandiga asosan qaytariladi.
(3-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2023-yil 20-noyabrdagi 32-sonli qaroriga asosan birinchi — toʻrtinchi xatboshilar bilan almashtirilgan)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sudlarning eʼtibori ajrim chiqarmasdan turib arizani qabul qilishni rad etish yoki qaytarishga yoʻl qoʻyilmasligiga qaratilsin. Mazkur talab qarshi daʼvoga ham tegishli boʻlib, u FPK 199-moddasiga muvofiq umumiy qoidalarga binoan (sudlovga tegishlilik bundan mustasno) taqdim etiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sudya faqat FPK 194, 195-moddalarida nazarda tutilgan asoslar boʻyicha arizani qabul qilishni rad etishga yoki qaytarish yoxud arizani sudga taalluqliligiga koʻra, boshqa sudga oʻtkazishga haqli boʻlib, bunda qonunda nazarda tutilgan asoslar roʻyxati tugal ekanligi inobatga olinishi lozim.
(3-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2023-yil 20-noyabrdagi 32-sonli qarori tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Arz qilingan talablar isbotlanmaganligi, daʼvo muddati oʻtganligi va qonunda nazarda tutilmagan boshqa asoslar boʻyicha arizani ish yuritishga qabul qilish va ish qoʻzgʻatishni rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Arizani qabul qilishni rad etish yoki qaytarish haqidagi ajrimning koʻchirma nusxasi ariza va unga ilova qilingan hujjatlar bilan birga, arizani yoki ishni sudga taalluqliligiga koʻra, boshqa sudga oʻtkazish haqidagi ajrim nusxasi esa arizachiga ajrim chiqarilgandan keyingi kundan kechiktirmay yuboriladi.
(4-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2023-yil 20-noyabrdagi 32-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Arizani qaytarish haqidagi sud ajrimi ustidan FPKning 44 va 45-boblarida belgilangan tartibda xususiy shikoyat (protest) berilishi mumkin va u bekor qilingan taqdirda, ariza sudga dastlab murojaat qilingan kunda berilgan hisoblanadi.
(4-bandining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2024-yil 16-dekabrdagi 39-sonli qarori tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sudlarning eʼtibori shunga qaratilsinki, qarshi daʼvoni u FPK 200-moddasida nazarda tutilgan talablarga javob bermasligi sababli qabul qilishni rad qilish haqidagi ajrim ustidan, bu holat sudga mustaqil daʼvo taqdim etilishiga toʻsqinlik qilmasligi tufayli, shikoyat berilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Shuni nazarda tutish lozimki, ishni sud muhokamasiga tayyorlash fuqarolik protsessining muhim bosqichi boʻlib, bu ishning oʻz vaqtida, har tomonlama, xolisona koʻrib chiqilishi va hal qilinishini taʼminlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ishni sud muhokamasiga oʻz vaqtida va sifatli tayyorlash sudga quyidagi imkoniyatlarni beradi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
taraflarning huquqiy munosabatlarini va ishni koʻrishda amal qilinishi lozim boʻlgan qonunni aniqlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
taraflarning talab va eʼtirozlarini asoslovchi, shuningdek nizoni toʻgʻri hal qilish uchun ahamiyatga ega boʻlgan boshqa faktlarni aniqlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ishni hal qilish uchun lozim boʻlgan dalillar doirasini aniqlash va ularning oʻz vaqtida sud majlisiga taqdim etilishini taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ishda ishtirok etishi mumkin boʻlgan shaxslar tarkibi toʻgʻrisidagi masalani hal qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
taraflar, ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslar tomonidan zarur boʻlgan dalillar taqdim etilishini taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
taraflarni yarashtirishga erishish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sudya FPK 204-moddasida nazarda tutilgan barcha zarur harakatlarni bajarish choralarini koʻrishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shuni nazarda tutish lozimki, ishni sud muhokamasiga tayyorlashga qaratilgan harakatlar, basharti bunday zarurat kechroq kelib chiqsa, tegishli ajrim qabul qilinganidan soʻng ham amalga oshirilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ishni sud muhokamasiga tayyorlash toʻgʻrisidagi, shuningdek uni tayyorlash bilan bogʻliq ravishda chiqarilgan ajrimlar ishning keyingi harakatiga taʼsir qilmaydi va ular ustidan shikoyat (protest) berilmaydi, dalillarni taʼminlashni rad etish va daʼvoni taʼminlash toʻgʻrisidagi ajrimlar bundan mustasno.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Ishni sud muhokamasiga tayyorlash uchun FPK 202-moddasida belgilangan oʻn kunlik muddat alohida hollarda oʻta murakkab ishlar boʻyicha (masalan, mulk huquqi vujudga kelishi yoki tugashi (shu jumladan, bitimlar, vorislik, davlat mulkini xususiylashtirish), yer uchastkasiga egalik qilish va foydalanish bilan bogʻliq nizolar boʻyicha, shuningdek ekspertiza oʻtkazish, sud topshirigʻi yuborish, ishni koʻrayotgan sud faoliyat koʻrsatayotgan hududdan tashqarida boʻlgan fuqarolar yoki tashkilotlardan materiallar olish talab etiladigan ishlar boʻyicha sudning asoslantirilgan ajrimi bilan yigirma kungacha uzaytirilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Aliment undirish, mayib boʻlganlik yoki sogʻliqqa boshqacha tarzda shikast yetkazilganligi shuningdek, boquvchisini yoʻqotganligi munosabati bilan yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash va mehnatga oid huquqiy munosabatlaridan kelib chiqadigan talablar boʻyicha ishni sud muhokamasiga tayyorlash muddati uzaytirilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Sudlarning eʼtibori shunga qaratilsinki, FPK 207-moddasida nazarda tutilgan fuqarolik ishlarini koʻrish va hal qilishning umumiy va qisqartirilgan muddatlari ishni sud muhokamasiga tayyorlash tugagan kundan hal qiluv qarori qabul qilingan yoki arizani koʻrmasdan qoldirish, ish yuritishni tugatish, ishni boshqa sudga oʻtkazish toʻgʻrisida ajrim chiqarilgan kun qoʻshilgan holda hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Daʼvogar tomonidan bitta arizada oʻzaro bogʻliq boʻlgan bir nechta talab birlashtirilgan va ulardan bittasi uchun qonunda koʻrish va hal qilishning qisqartirilgan, boshqalari uchun esa, umumiy muddati belgilangan boʻlsa, ish umumiy muddatda koʻrilishi va hal qilinishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bitta ish yuritishga birlashtirilgan ishlarni koʻrish va hal qilish muddati keyin qoʻzgʻatilgan ish boʻyicha belgilanadi. Talablarning bir qismi alohida ish yuritishga ajratilganda, ajratilgan talab boʻyicha ishni koʻrish va hal qilish muddati talabni ajratish toʻgʻrisida ajrim chiqarilgan kundan boshlab hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ish yuritish toʻxtatilganidan u tiklangunga qadar boʻlgan vaqt ishni koʻrish muddatiga qoʻshilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xususiy shikoyatni (protestni) koʻrishga ketgan vaqt ishni koʻrish muddatiga qoʻshilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Sudlarning eʼtibori shunga qaratilsinki, sud topshirigʻini bajarish qonunda belgilangan barcha talablarga rioya etilgan holda sud majlisida amalga oshirilishi lozim (FPK 104 moddasi). Bunda ishda ishtirok etuvchi shaxslar FPK 40-moddasiga binoan ogʻzaki va yozma tushuntirishlar berish huquqiga ega boʻlib, ularning iltimosnomasiga asosan yozma tushuntirishlar sud majlisi bayonnomasiga qoʻshib qoʻyilishi mumkin. Taraflar va uchinchi shaxslar nomidan tushuntirishlarni ularning vakillari berishlari mumkin. Guvohlar bila turib yolgʻon koʻrsatuvlar berganlik uchun jinoiy javobgarlik haqida ogohlantirilishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sud topshirigʻini bajarish paytida tuzilgan sud majlisi bayonnomasida ish boʻyicha ahamiyatga ega holatlar va qoʻyilgan savollarga toʻliq javoblar aks ettirilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Dalillarni taʼminlash haqida ariza koʻrilayotganda shuni nazarda tutish lozimki, FPK 76 va 77-moddalariga muvofiq u quyidagi tarzda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ish qoʻzgʻatilgandan oldin ham, keyin ham;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
nafaqat ishni koʻrayotgan sudga, balki dalillarni taʼminlash boʻyicha protsessual harakatlar amalga oshirilishi lozim boʻlgan joyda faoliyat yuritayotgan sudga ham berilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Dalillarni taʼminlash haqidagi arizani koʻrishda sud FPK 77-moddasining ikkinchi qismida belgilangan barcha holatlarni aniqlashi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Dalillarni taʼminlash tartibida toʻplangan materiallar tegishliligi boʻyicha ishni koʻrib chiqayotgan sudga yuboriladi yoki arizachiga beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Shuni nazarda tutish lozimki, shaxsning buzilgan huquqlarni tiklashga qaratilgan sud qarorini amalda ijro qilish FPK 106-moddasida nazarda tutilgan daʼvoni taʼminlash choralari oʻz vaqtida va toʻgʻri tanlanganligiga bogʻliq.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shunga koʻra, ariza qabul qilinib, ish qoʻzgʻatilgandan soʻng sudya nizoning xususiyatiga qarab, manfaatdor shaxsdan bunday ariza kelib tushgan-tushmaganligidan qatʼi nazar, daʼvoni taʼminlash boʻyicha zarur choralarni koʻrish masalasini hal qilishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Daʼvoni taʼminlash choralarini koʻrayotgan sudya arizachining ixtiyori bilan bogʻliq emas va daʼvoni taʼminlash boʻyicha choralar arz qilingan talablarga mutanosib boʻlishini taʼminlashi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sudlarning eʼtibori shunga qaratilsinki, davlat foydasiga mulkiy undiruvlar bilan bogʻliq ishlarni koʻrishda daʼvoni taʼminlash choralarini koʻrish shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. FPK 156-moddasining birinchi qismiga muvofiq ishda ishtirok etuvchi shaxslar va sud protsessining boshqa ishtirokchilari sudning ayrim protsessual harakatlari, shuningdek ishni koʻrish vaqti va joyi haqida sud chaqiruv qogʻozlari, zarur hollarda esa, buyurtma xatlar, telefonogrammalar, telegrammalar va xabardor qilinganlik fakti qayd etilishini taʼminlaydigan boshqa aloqa vositalari orqali xabardor qilinadilar. Ishda ishtirok etuvchi shaxs tomonidan elektron pochta manzili koʻrsatilgan boʻlsa, xabar elektron hujjat koʻrinishda amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. FPK 213-moddasiga koʻra, sud majlisida hozir boʻlgan protsess ishtirokchilari shaxsi sud tomonidan ularning shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar (pasport, tugʻilganlik haqidagi guvohnoma, xizmat guvohnomasi va boshqa hujjat) asosida aniqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat boshqaruvi organlari va tashkilotlarning vakillari, shuningdek mansabdor shaxslariga nisbatan bundan tashqari, ularning vakolat doirasi tekshirilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Muomala layoqati cheklanganning vasiysi yoki muomalaga layoqatsiz shaxsning homiysi tomonidan qoʻzgʻatilgan ish boʻyicha fuqaroning muomala layoqatini cheklash yoki uni muomalaga layoqatsiz deb topish toʻgʻrisida sudning hal qiluv qarori mavjudligi tekshirilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
FPK 67-moddasi ikkinchi qismining 7-bandida koʻrsatilgan shaxslarni sud majlisida ishtirok etish masalasini hal qilishda shuni nazarda tutish lozimki, qonunga asosan sudda professional faoliyat bilan vakil sifatida faqat advokatlar shugʻullanishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Sud majlisi videokonferensaloqa rejimida oʻtkazilganda, shuningdek, sud majlisini fototasvirga tushirish, sud majlisida audio yoki videoyozuv amalga oshirilganda, sud bu haqda ishda ishtirok etuvchi shaxslarni ogohlantiradi va FPK 208-moddasining oltinchi qismiga muvofiq sud majlisida fototasvirga tushirish, audio yoki videoyozuv taraflar roziligi va sud majlisida raislik qiluvchining ruxsati bilan amalga oshirilishi mumkinligini tushuntiradi.
(13-bandining birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2024-yil 16-dekabrdagi 39-sonli qarori tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sud majlisini ommaviy axborot vositalari orqali translyatsiya qilishga ishda ishtirok etuvchi shaxslar roziligi va raislik qiluvchining ruxsati bilan yoʻl qoʻyiladi. Bu harakatlar sud majlisi zalida faqat raislik qiluvchi tomonidan koʻrsatilgan joydan turib amalga oshirilishi lozim va vaqt boʻyicha chegaralanishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Arizani koʻrmasdan qoldirish oqibatlari mazkur huquqiy institutni qoʻllash asoslariga bogʻliq boʻlganligi sababli, sud FPK 123-moddasi talablaridan kelib chiqib, oʻz ajrimida manfaatdor shaxslarga arizani koʻrmasdan qoldirish oqibatlarini va bunga asos boʻlgan sabablarni bartaraf etish yoʻllarini tushuntirishi shart.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Arizani FPK 122-moddasining 5, 6, 7 va 102-bandlarida nazarda tutilgan asoslar boʻyicha koʻrmasdan qoldirish toʻgʻrisidagi sud ajrimi ustidan xususiy shikoyat (protest) berilishi mumkin.
(14-bandining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2024-yil 16-dekabrdagi 39-sonli qarori tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. FPK 72-moddasi talablariga koʻra, ishni koʻrib chiqishda har bir taraf oʻzining talablari va eʼtirozlariga asos qilib koʻrsatgan holatlarni isbotlashi shart. Bunda ish uchun ahamiyatga ega boʻlgan holatlar, shuningdek ular taraflardan qaysi biri tomonidan isbotlanishi lozimligini belgilash qonun bilan sudning zimmasiga yuklatilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Arz qilingan talablar va eʼtirozlar xususiyatini inobatga olgan holda zarur isbotlash vositalari doirasini belgilash chogʻida, sud taraflar va ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarga qoʻshimcha dalillar taqdim etishni taklif qilishi mumkin. Qoʻshimcha dalillar taqdim etish taraflar va ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslar uchun qiyinchilik tugʻdirgan hollarda, sud ularning iltimosnomasiga koʻra dalillarni yigʻishda koʻmaklashadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Taraflar va ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslar tomonidan taqdim etilgan, aloqadorlik (FPK 73-moddasi) va maqbullik (FPK 74-moddasi) talablariga javob beradigan har bir dalil sud muhokamasi davomida tekshirilishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Anonim xatlardagi maʼlumotlar va kelib chiqishi nomaʼlum boʻlgan boshqa maʼlumotlar dalil hisoblanmaydi va FPKning 71, 74-moddalariga asosan sud ularni koʻrish uchun qabul qilmasligi lozim.
(15-bandining toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2024-yil 16-dekabrdagi 39-sonli qarori tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Sudlarga tushuntirilsinki, javobgar tomonidan daʼvo talablari qisman tan olingan va u sud tomonidan qabul qilinganda, dalillar faqat daʼvoning javobgar tomonidan tan olinmagan qismi boʻyicha tekshiriladi. Bunday holda hal qiluv qarori ishni mazmunan koʻrish natijalari boʻyicha barcha arz qilingan talablar yuzasidan qabul qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Javobgar arz qilingan talablarni toʻliq tan olganda va sud uni qabul qilganda, arz qilingan talablarni qanoatlantirish haqida hal qiluv qarori taqdim etilgan dalillar tekshirilmagan holda qabul qilinadi. Bunday holda javobgar daʼvoni tan olganligini qabul qilish toʻgʻrisida sud tomonidan alohida ajrim chiqarilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bir taraf oʻz talab va eʼtirozlariga asos sifatida keltirgan fakt ikkinchi taraf tomonidan tan olinganligi sud majlisi bayonnomasiga kiritilib, faktni tan olgan taraf tomonidan imzolanishi yoki bu haqda yozma ariza olinishi lozim.
(16-bandining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2024-yil 16-dekabrdagi 39-sonli qarori tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar sud lozim deb topsa, sud majlisi bayonnomasiga kiritilgan tushuntirishlar, koʻrsatuvlar, shuningdek bayonotlar va xulosalar tegishli taraflar, guvohlar, mutaxassislar va ekspertlar tomonidan imzolanishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Tekshirilayotgan dalillar ishonchliligiga shubha tugʻilganda, sud ularni mazmuni va rasmiylashtirilishi toʻgʻriligini tekshirish, zarur hollarda esa mutaxassis jalb etish yoki tegishli ekspertiza tayinlash yoʻli bilan hal etishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sud mutaxassisni dalillarni tekshirishda maslahat va tushuntirish olish yoki bevosita texnik yordam koʻrsatish (fotosuratga olish, plan va sxemalarni tuzish, ekspertiza uchun namuna olish va hokazo) uchun jalb qilish huquqiga ega.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ekspert xulosasi talab etiladigan savollar doirasi ishda ishtirok etuvchi shaxslar fikrini inobatga olgan holda belgilanadi. Shuni nazarda tutish lozimki, hal etilishi sudning vakolatiga tegishli boʻlgan masalalarni (masalan, uyni mulk huquqidagi ulushini inobatga olgan holda boʻlish imkoniyati toʻgʻrisida emas, balki uyning bir qismiga nisbatan mulk huquqi borligi yoki fuqaroning kasalligi xususiyati toʻgʻrisida emas, balki muomalaga layoqatliligi masalasini) ekspertiza oldiga qoʻyilishi mumkin emas.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ekspert xulosasini oʻrganishda sud uning ekspertiza hal etishi uchun qoʻyilgan savollarga muvofiqligi, shuningdek unda mavjud xulosalar toʻliq va asoslanganligini tekshirishi lozim boʻlib, savollar tugʻilganda, sud ekspertni tushuntirish berish yoki xulosani toʻldirish maqsadida soʻroq qilish uchun chaqirishga haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Ishda ishtirok etuvchi shaxslar tomonidan yangi dalillarni talab qilib olish, ish muhokamasini keyinga qoldirish toʻgʻrisidagi va ish bilan bogʻliq boshqa masalalar boʻyicha iltimosnomalar bevosita ular arz qilinganidan soʻng sud protsessi boshqa ishtirokchilarining fikri inobatga olingan holda, ajrim chiqarish yoʻli bilan hal qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Ish muhokamasi keyinga qoldirilganda, sud keyingi sud majlisi vaqtini shu davr mobaynida amalga oshirilishi lozim boʻlgan harakatlarni inobatga olgan holda tayinlashi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Keyinga qoldirilgan ishni koʻrish qolgan joyidan davom ettiriladi, FPK 39-moddasida sanab oʻtilgan yangi shaxslarni ishga jalb qilish hollari bundan mustasno boʻlib, bunday holda ish muhokamasi boshidan boshlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. FPK 118-moddasida belgilangan ish yuritishni toʻxtatib turish muddatlari muayyan holatlar bilan bogʻliq boʻlib, bunday holatlar vujudga kelishi sud zimmasiga uni tiklash majburiyatini yuklashi sababli, sud mazkur holatlar vujudga kelgan-kelmaganligini vaqti-vaqti bilan tekshirib turilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ish yuritish toʻxtatib turilgan hollarda, sud ishda ishtirok etuvchi shaxslarga ish yuritishni toʻxtatib turishga sabab boʻlgan holatlar barham topganligi haqida sudni xabardor qilish zarurligini tushuntirishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shuni nazarda tutish lozimki, ish yuritish tiklangunga qadar sud biror-bir protsessual harakatni amalga oshirishga haqli emas, daʼvoni va dalillarni taʼminlashga qaratilgan harakatlar bundan mustasno.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. FPK 144-moddasiga muvofiq majburiy keltirish protsessual majburlov chorasi sifatida, faqat shaxs sud majlisi vaqti va joyi toʻgʻrisida tegishli tarzda xabardor qilingan, uning sud muhokamasida ishtiroki qonunga koʻra shart boʻlgan yoki sud tomonidan shart deb topilgan hollarda qoʻllanilishiga yoʻl qoʻyiladi. Majburiy keltirish haqidagi sud ajrimi ijrosi unda koʻrsatilgan ichki ishlar organiga yuklatiladi. Majburiy keltirish bilan bogʻliq xarajatlarni undirish masalasi sud tomonidan ajrim chiqarilgan paytda yoki ishni koʻrib chiqish natijalari boʻyicha hal qiluv qarori qabul qilinayotgan paytda hal qilinishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. Tushuntirilsinki, sudga hurmatsizlik koʻrsatganligi uchun shaxsni maʼmuriy javobgarlikka tortish haqida FPKning 150-moddasi tartibida chiqarilgan sud qarori ustidan FPKning 44 va 45-boblarida belgilangan tartibda xususiy shikoyat (protest) keltirilishi mumkin (Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksi 315-moddasining birinchi qismi, 317-moddasining uchinchi qismi).
(22-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2024-yil 16-dekabrdagi 39-sonli qarori tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23. Sudlarga tushuntirilsinki, FPK 165-moddasida nazarda tutilgan talablar boʻyicha javobgarni (qarzdorni) qidirish ishni sud muhokamasiga tayyorlash jarayonida ham, sud muhokamasi davomida ham eʼlon qilinishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qidiruv ishi boʻyicha qilingan xarajatlarni undirish masalasi sud tomonidan FPK 251-moddasiga muvofiq hal qiluv qarori qabul qilinayotganda hal etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24. FPK 254-moddasiga muvofiq daʼvogarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish maqsadida, shuningdek qonunda nazarda tutilgan boshqa xollarda, sud daʼvogar tomonidan bildirilgan talablar doirasidan chetga chiqishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25. Sudlarning eʼtibori shunga qaratilsinki, ish faqat FPK 280-moddasining birinchi qismida koʻrsatilgan barcha holatlar mavjud boʻlgan taqdirda, sirtdan ish yuritish tartibida koʻrilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sud majlisining vaqti va joyi haqida tegishli tarzda xabardor qilingan javobgar sud majlisiga takroran kelmaganda, sud ishni, daʼvogarning fikridan qatʼi nazar, sirtdan ish yuritish tartibida koʻradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar javobgar sud majlisida hozir boʻlib, biroq u tugagunga qadar sud majlisi zalini oʻzboshimchalik bilan tark etsa yoki ish boʻyicha eʼlon qilingan tanaffusdan soʻng uzrsiz sabablarga koʻra sud majlisiga kelmasa, sud ish muhokamasini davom ettirishi mumkin. Bunday sud majlisida qabul qilingan hal qiluv qarori sirtdan qabul qilingan hisoblanmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
(25-bandidan toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2024-yil 16-dekabrdagi 39-sonli qaroriga asosan chiqarilgan)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
26. Sud majlisi bayonnomasi mazmuni va uni tuzish tartibini belgilovchi FPK 277, 278-moddalari talablariga qatʼiy rioya qilinishi, oʻz vaqtida bayonnoma yuzasidan eʼtiroz bildirish va sud hujjatlari ustidan shikoyat berilishini taʼminlashning muhim sharti hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
27. Mazkur qaror qabul qilinishi, shuningdek qonunchilikka oʻzgartirishlar kiritilganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2003-yil 19-dekabrdagi “Fuqarolik protsessual qonun hujjatlari ayrim normalarining sudlar tomonidan qoʻllanilishi haqida”gi 19-sonli qarori (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2008-yil 15-maydagi 14-sonli, 2010-yil 14-maydagi 5-sonli, 2015-yil 13-noyabrdagi 18-sonli va 2016-yil 29-iyuldagi 13-sonli qarorlari bilan kiritilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar bilan) oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi K. KAMILOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Plenum kotibi, Oliy sud sudyasi I. ALIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2018-yil 19-may,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14-son