Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 25.05.2018 yildagi 391-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 25.05.2018 yildagi 391-son
Date of entry into force
28.05.2018
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Hujjat 28.05.2018 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Kasb-hunar taʼlimi markazi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi faoliyatini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2018-yil 3-fevraldagi PQ-3504-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Kasb-hunar taʼlimi markazi toʻgʻrisida nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Kasb-hunar taʼlimi markazi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari Q.V. Akmalov va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Kasb-hunar taʼlimi markazi direktori — oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining birinchi oʻrinbosari M.M. Xolmuxamedov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2018-yil 25-may,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
391-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 25-maydagi 391-son qaroriga
1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Kasb-hunar taʼlimi markazi toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-bob. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Kasb-hunar taʼlimi markazi (keyingi oʻrinlarda Markaz deb ataladi) maqomi, asosiy vazifalari va funksiyalarini, huquqlari va javobgarligini, faoliyatini tashkil etish hamda hisobot berish tartibini, shuningdek, uning rahbarlarining funksional vazifalari va javobgarligini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Markaz kasb-hunar taʼlimi sohasida davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish uchun javob beradigan vakolatli davlat boshqaruvi organi hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Markaz Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligiga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga boʻysunadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Markaz oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi faoliyatini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2018-yil 3-fevraldagi PQ-3504-son qaroriga muvofiq amalga oshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Markaz oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlimi vazirining buyruqlariga, shuningdek, ushbu Nizomga va boshqa qonun hujjatlariga amal qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Markazning oʻz vakolatlari doirasida qabul qilingan qarorlari davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, boshqa tashkilotlar va ularning mansabdor shaxslari, shuningdek, fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiydir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar kasb-hunar taʼlimi boshqarmalari, shuningdek, Markaz tarkibiga kiruvchi Kasb-hunar taʼlimi tizimini innovatsion rivojlantirish, pedagog kadrlarning malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash instituti hamda Metrologik nazorat xizmati (keyingi oʻrinlarda Markaz tarkibiga kiruvchi boshqa tashkilotlar deb ataladi) yuridik shaxslar hisoblanadilar, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va oʻz nomi davlat tilida yozilgan muhrga hamda blankalarga, mustaqil balansga, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Gʻaznachiligida shaxsiy gʻazna hisobvaraqlariga, bank hisob raqamlariga, shu jumladan xorijiy valyutadagi bank hisob raqamlariga ega boʻladilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Markazning rasmiy nomi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) davlat tilida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
toʻliq nomi — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Kasb-hunar taʼlimi markazi, qisqartmasi — KHTM;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) rus tilida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
toʻliq nomi — Sentr professionalnogo obrazovaniya Ministerstva visshego i srednego spetsialnogo obrazovaniya Respubliki Uzbekistan, qisqartmasi — SPO;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) ingliz tilida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
toʻliq nomi — The Center vocational education of the Ministry of Nigher and secondary specialized education of the Republic of Uzbekistan, qisqartmasi — CVE.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-bob. Markazning tizimi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Markaz tizimiga quyidagilar kiradi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
markaziy apparat;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar kasb-hunar taʼlimi hududiy boshqarmalari (keyingi oʻrinlarda hududiy boshqarmalar deb ataladi);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kasb-hunar taʼlimi tizimini innovatsion rivojlantirish, pedagog kadrlarning malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash instituti;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Metrologik nazorat xizmati;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
idoraviy kasb-hunar kollejlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
nodavlat kasb-hunar kollejlari.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-bob. Markazning vazifalari va funksiyalari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-§. Markazning vazifalari va funksiyalari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Quyidagilar Markazning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1) tasarrufida kasb-hunar kollejlari boʻlgan vazirliklar, idoralar, xoʻjalik birlashmalari, tijorat banklari va yirik korxonalar bilan birgalikda kasb-hunar taʼlimi sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish, kasb-hunar taʼlimini rivojlantirish boʻyicha oʻrta va uzoq muddatli dasturlarni hayotga tatbiq etish va kasb-hunar kollejlarida oʻquv-tarbiya jarayoniga tashkiliy va metodik rahbarlik qilishni taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2) ish beruvchilarning ehtiyojlari va takliflaridan hamda ilgʻor xorijiy tajribadan kelib chiqib, shuningdek, iqtisodiyotning real sektoridagi tarkibiy oʻzgarishlarni hisobga olib kasb-hunar kollejlarida oʻrta boʻgʻinning mehnat bozorida talab etilgan mutaxassislarini tayyorlashning oʻquv rejalari va dasturlari ishlab chiqilishini tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3) yuqori professional rahbarlar va pedagog kadrlarni tanlash hamda ular bilan kasb-hunar kollejlarini taʼminlash, ularning malakasi va kasbiy darajasini muntazam ravishda oshirish, shuningdek, ular mehnatini ragʻbatlantirish ishlarini tizimli asosda taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4) tizimning rahbar va pedagog kadrlari malakasini oshirish hamda ularni qayta tayyorlashning yangi shakllari va usullarini joriy etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5) respublikadagi barcha kasb-hunar kollejlari oʻquv-metodik ishlarini ularning idoraviy mansubligidan qatʼi nazar, muvofiqlashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6) kasb-hunar kollejlarida taʼlim sifatini oshirishga yoʻnaltirilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish, taʼlim jarayonini doimiy ravishda takomillashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7) umumtaʼlim maktablari 10-11-sinf oʻquvchilarining kasbiy koʻnikmalarini shakllantirish boʻyicha ixtisoslashtirilgan oʻquv-ishlab chiqarish majmualarida kasb-hunar taʼlimi jarayonini muvofiqlashtirish va metodik taʼminlash.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Markaz oʻziga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1) tasarrufida kasb-hunar kollejlari boʻlgan vazirliklar, idoralar, xoʻjalik birlashmalari, tijorat banklari va yirik korxonalar bilan birgalikda kasb-hunar taʼlimi sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish, kasb-hunar taʼlimini rivojlantirish boʻyicha oʻrta va uzoq muddatli dasturlarni hayotga tatbiq etish va kasb-hunar kollejlarida oʻquv-tarbiya jarayoniga tashkiliy va metodik rahbarlik qilishni taʼminlash sohasida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kasb-hunar kollejlari faoliyatini tashkil etish va yaxshilash masalalarida davlat boshqaruvini amalga oshiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yagona davlat siyosatining asosiy yoʻnalishlari, shu jumladan, kasb-hunar taʼlimi tizimini yanada rivojlanishini nazarda tutadigan davlat dasturlari va boshqa dasturlar, shuningdek, ularni amalga oshirish mexanizmlari boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini, shuningdek, Markazga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish bilan bogʻliq boshqa hujjatlarni Vazirlar Mahkamasiga belgilangan tartibda kiritadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Markaz tizimiga kiradigan kasb-hunar taʼlimi muassasalari va tashkilotlarni rivojlantirish istiqbollarini prognozlashtiradi, davlat va hududiy dasturlarni ishlab chiqadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
iqtisodiyot tarmoqlari va sohalarda kasb-hunar kollejlari bitiruvchilariga boʻlgan talabni hisobga olgan holda, tasarrufida kasb-hunar kollejlari mavjud boʻlgan vazirlik va idoralar bilan birgalikda kasblar va mutaxassisliklar yoʻnalishlarini xatlovdan oʻtkazadi va kadrlar tayyorlash boʻyicha takliflar ishlab chiqadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kasb-hunar kollejlarini loyihalashtirish, qurish, taʼmirlash va rekonstruksiya qilish ishlarining monitoringini olib boradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kasb-hunar taʼlimi sohasida xalqaro hamkorlikni amalga oshiradi, kasb-hunar kollejlari faoliyatini rivojlantirish va takomillashtirishga xorijiy investitsiyalarni jalb etishda ishtirok etadi, mamlakatimiz va xorijiy moliya tashkilotlarining kreditlari va grant mablagʻlaridan maqsadli va samarali foydalanilishi monitoringini olib boradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kasb-hunar taʼlimi davlat taʼlim standartining sifatli bajarilishini taʼminlash uchun idoraviy mansub boʻlinmalar, shuningdek, idoraviy va nodavlat kasb-hunar kollejlari hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar kasb-hunar taʼlimi hududiy boshqarmalari faoliyatini muvofiqlashtiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kasb-hunar taʼlimi davlat taʼlim standarti hamda kasb-hunar taʼlimi tizimi mutaxassislariga qoʻyiladigan malaka talablarining bajarilishi yuzasidan idoraviy nazoratni tashkil etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kasb-hunar kollejlari va hududiy boshqarmalar faoliyatiga metodik rahbarlikni amalga oshiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
axborot texnologiyalari va moliyaviy nazoratning eʼtirof etilgan xalqaro standartlarini joriy etish orqali idoraviy mansub kasb-hunar kollejlarida budjet qonunchiligi buzilishining oldini olishga yoʻnaltirilgan moliyaviy nazoratni amalga oshiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kasb-hunar taʼlimi tizimida xalqaro aloqalarni kengaytirish va uning samaradorligini oshirishga koʻmaklashadi, kasb-hunar taʼlimi sohasida xorijiy va xalqaro tashkilotlar bilan aloqalarni va hamkorlikni yoʻlga qoʻyadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xorijiy kasb-hunar taʼlimi muassasalari bilan mamlakatimiz kasb-hunar kollejlarining oʻzaro hamkorligini taʼminlashga qaratilgan dasturlarning ishlab chiqilishi hamda amalga oshirilishini muvofiqlashtiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2) ish beruvchilarning ehtiyojlari va takliflaridan hamda ilgʻor xorijiy tajribadan kelib chiqib, shuningdek, iqtisodiyotning real sektoridagi tarkibiy oʻzgarishlarni hisobga olib kasb-hunar kollejlarida mehnat bozorida talab etilgan oʻrta boʻgʻin mutaxassislarini tayyorlashning oʻquv rejalari va dasturlari ishlab chiqilishini tashkil etish sohasida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
taʼlim jarayoniga davlat taʼlim standartini joriy etadi, kasblar va mutaxassisliklar boʻyicha taʼlim standartlari, oʻquv rejalari va dasturlarini ishlab chiqadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
iqtisodiyotning real sektoridagi tarkibiy oʻzgarishlarni va mehnat bozoridagi ehtiyojlardan kelib chiqib, kasb-hunar kollejlarining kadrlar tayyorlash imkoniyatlarini hisobga olgan holda davlat taʼlim standarti, mutaxassisliklar (kasblar) boʻyicha taʼlim standartlari, oʻquv reja va dasturlari hamda darsliklarni uzluksiz ravishda takomillashtirib boradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kasb-hunar taʼlimining yoʻnalishlari, mutaxassisliklari va kasblari klassifikatorini ishlab chiqadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda kasb-hunar taʼlimi tizimini rivojlantirish va takomillashtirishning ilmiy asoslangan prognozlarini ishlab chiqadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
taʼlim jarayonining tabaqalashtirilgan dasturlarini joriy etish orqali 6 oydan 2 yilgacha boʻlgan muddatda kadrlarni tayyorlashga metodik rahbarlikni amalga oshiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kasbiy fanlarni oʻqitish bilan birgalikda, kasb-hunarga yoʻnaltirilgan xorijiy tillar va mehnat faoliyatida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qoʻllash boʻyicha oʻquvchilarning bilimlarini mustahkamlash dasturlarini ishlab chiqadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda kasb-hunar kollejlarini jihozlashga boʻlgan normativ talablarni ishlab chiqishda ishtirok etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3) yuqori professional rahbarlar va pedagog kadrlarni tanlash hamda ular bilan kasb-hunar kollejlarini taʼminlash, ularning malakasi va kasbiy darajasini muntazam oshirish, shuningdek, mehnatini ragʻbatlantirish ishlarini tizimli asosda taʼminlash sohasida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi bilan birgalikda kasb-hunar kollejlarining barcha pedagog xodimlarini, ishlab chiqarish taʼlimi ustalarini attestatsiyadan oʻtkazadi hamda uning natijalari boʻyicha xodimlarga tegishli malaka toifalarini belgilaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kasb-hunar kollejlarining pedagog-oʻqituvchilari va ishlab chiqarish taʼlimi ustalariga boʻlgan ehtiyojini oʻrganadi hamda oliy taʼlim muassasalarida kadrlar tayyorlash uchun buyurtmalar taqdim etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
pedagog xodimlarni ragʻbatlantirish va mehnatiga haq toʻlash tizimini takomillashtirish boʻyicha takliflar tayyorlaydi, kasb-hunar taʼlimi tizimi xodimlarini davlat mukofotlariga taqdim etilishini tashkil qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
idoraviy mansubligidan qatʼi nazar, kasb-hunar kollejlarining oʻquv-metodik ishlarini rivojlantirish, rahbar xodimlarning malaka oshirish oʻquv kurslari natijasida oʻz lavozimlariga loyiqligi yoki loyiq emasligi haqida taqdimnomalar tayyorlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4) tizimning rahbar va pedagog kadrlari malakasini oshirish hamda ularni qayta tayyorlashning yangi shakllari va usullarini joriy etish sohasida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
malaka oshirish va qayta tayyorlash jarayonida ilgʻor xorijiy tajribadan kelib chiqqan holda yangi shakllar va usullarni joriy etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
zamonaviy taʼlim texnologiyalaridan foydalangan holda, pedagog kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash tizimini boshqarishning yangi vertikalini tashkil etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
malaka oshirish va qayta tayyorlash davrida kasb-hunar kollejlari rahbar va pedagog xodimlarining ish beruvchi korxona va tashkilotlarda amaliyot oʻtashini tashkil etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kasb-hunar taʼlimi tizimining barcha xodimlari uchun malaka talablari va lavozim vazifalarini ishlab chiqadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
malaka oshirish va qayta tayyorlash tizimiga axborot texnologiyalarini joriy etish va yangi axborot tizimlarini ishlab chiqish orqali rahbar va pedagog xodimlar uchun rivojlanib boruvchi oʻquv-metodik muhit yaratilishini taʼminlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
malaka oshirishning turli shakl va uslublarini ishlab chiqadi va amaliyotga joriy etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kasb-hunar taʼlimi tizimining rahbar va pedagog xodimlari malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash ishlarini tizimli ravishda tashkil etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
malaka oshirish va qayta tayyorlash boʻyicha oʻquv rejalari va dasturlarining ishlab chiqilishini tashkil etadi va tasdiqlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
manfaatdor davlat organlari va nodavlat notijorat tashkilotlar, shu jumladan kasaba uyushmalari bilan birgalikda mehnatni muhofaza qilish, kasb-hunar taʼlimi tizimi oʻquvchilari va xodimlarining sogʻligʻini himoya qilish hamda oʻqish va mehnat qilishi uchun xavfsiz shart-sharoitlarni taʼminlash chora-tadbirlari kompleksini ishlab chiqish va amalga oshirishni tashkil etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5) respublikadagi barcha kasb-hunar kollejlarining idoraviy mansubligidan qatʼi nazar oʻquv-metodik ishini muvofiqlashtirish sohasida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kadrlarga boʻlgan real ehtiyojni, ish beruvchi korxonalarning takliflarini hisobga olgan holda, iqtisodiyot sohalari va tarmoqlari uchun zarur mutaxassislar tayyorlash sifatini tubdan yaxshilash boʻyicha kasb-hunar kollejlari faoliyatini muvofiqlashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yoshlarni har tomonlama barkamol, vatanparvarlik va milliy mustaqillik gʻoyalariga sodiqlik ruhida tarbiyalash, ularning qalblarida mustaqillik gʻoyalariga sadoqat, milliy iftixor, Vatanga muhabbat va uning taqdiriga daxldorlik, fidoyilik tuygʻularini shakllantirish, maʼnaviy va axloqiy sifatlarni rivojlantirishga yoʻnaltirilgan pedagogik jarayonni yangi pedagogik shakllar va usullar asosida tashkil etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Markaz tizimi faoliyatiga taalluqli jurnal va gazetalar, blankalar, oʻquv-metodik majmualar, byulletenlar hamda oʻquv qoʻllanmalarni nashr etishni, shuningdek, Markazning veb-sayti ishini tashkil etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yetakchi mahalliy va xorijiy taʼlim muassasalari bilan har tomonlama hamkorlikni rivojlantiradi, zamonaviy innovatsion oʻquv loyihalarini birgalikda amalga oshirish uchun kasb-hunar taʼlimi sohasiga yuqori malakali xorijiy mutaxassislarni jalb etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kasb-hunar kollejlarida maʼnaviy-axloqiy tarbiyalashning milliy mustaqillik gʻoyalariga, boy milliy madaniy-tarixiy anʼanalarga, xalq urf-odatlariga va umuminsoniy qadriyatlarga asoslangan samarali tashkiliy hamda pedagogik shakl va vositalarini joriy etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kasb-hunar kollejlarida taʼlim jarayonini ishlab chiqarish jarayoni bilan integratsiyalashtirishni chuqurlashtirishga qaratilgan chora-tadbirlar kompleksini ishlab chiqadi va joriy etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kasb-hunar taʼlimini takomillashtirish borasidagi muammolar boʻyicha kengashlar, simpoziumlar, seminarlar, ilmiy, oʻquv-metodik konferensiyalar, tanlovlar, koʻrgazmalar va boshqa tadbirlarni tashkil etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kasb-hunar kollejlari oʻquvchilari oʻrtasida fan, kasb va sport boʻyicha turli tanlov va musobaqalar tashkil etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6) kasb-hunar kollejlarida taʼlim sifatini oshirishga yoʻnaltirilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish, taʼlim jarayonini doimiy ravishda takomillashtirish sohasida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
taʼlim tizimida ilmiy tadqiqotlar olib borilishini qoʻllab-quvvatlaydi, ragʻbatlantiradi va ularni muammoli vazifalarning hal etilishiga yoʻnaltiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
taʼlim va ilmiy-tadqiqot muassasalari mutaxassislarini, yangilangan oʻquv-metodik materiallar va darsliklarni, oʻqitishning zamonaviy shakl va metodlarini kasb-hunar kollejlarida oʻquv-tarbiya jarayonini tashkil etishga keng jalb qilishni taʼminlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kasb-hunar kollejlarida yoshlarning ilmiy-texnik ijodkorligini, innovatsion gʻoyalarini ragʻbatlantiradi, rivojlantiradi va uning samaradorligini oshiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mamlakat iqtisodiyotini barqaror rivojlantirish hamda modernizatsiyalash jarayonlarida samarali ishtirok etishga qodir boʻlgan kadrlarni tayyorlash maqsadida oʻquv jarayonida innovatsion gʻoyalar, texnologiyalar va ishlanmalarni faol qoʻllab, kasb-hunar taʼlimi va ishlab chiqarishning oʻzaro yaqin hamkorligini taʼminlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kasb-hunar kollejlarida “Hayot davomida taʼlim olish” prinsipi asosida kattalar taʼlimining turli shakllari va turlarini, jumladan qisqa muddatli kurslarni joriy etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarini yakuniy davlat attestatsiyasidan oʻtkazish toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlaydi va uning joriy etilishini nazoratga oladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kasb-hunar kollejlari va ish beruvchi tashkilotlarda oʻquvchilarning oʻquv va ishlab-chiqarish amaliyotini sifatli oʻtkazishi yuzasidan monitoringni amalga oshiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kasb-hunar kollejlari oʻquvchilarining bilimi va taʼlim sifatiga taʼsir qiladigan omillarni aniqlash boʻyicha tizimli monitoringni amalga oshiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
taʼlim sifati monitoringi olib borilishini nazorat qilish va amalga oshirish boʻyicha hujjatlar va metodik tavsiyalarni ishlab chiqadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
taʼlim sifatining umumiy holati asosida kasb-hunar kollejlari reytingini aniqlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7) umumtaʼlim maktablari 10-11-sinf oʻquvchilarining kasbiy koʻnikmalarini shakllantirish boʻyicha ixtisoslashtirilgan oʻquv-ishlab chiqarish majmualarida kasb-hunar taʼlimi jarayonini muvofiqlashtirish va metodik taʼminlash sohasida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻquv-ishlab chiqarish majmualarida umumtaʼlim maktablarining 10-11-sinf oʻquvchilariga kasblarni oʻrgatish ishlarini tashkil etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kasblarning malaka talablari, mashgʻulotlar rejalari va dasturlarini hamda kasbiy taʼlim berish jarayonining metodik taʼminotini takomillashtirib borish boʻyicha takliflar ishlab chiqadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kasb-hunar kollejlaridan olisda joylashgan umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida tashkil etiladigan oʻquv-ishlab chiqarish majmualarining kasbiy taʼlim sohasidagi faoliyatini oʻrganish asosida taklif va tavsiyalar tayyorlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kasb-hunar kollejlarining amaliy-metodik ish tajribasiga ega boʻlgan malakali pedagog kadrlar va ishlab chiqarish taʼlimi ustalarining oʻquv-ishlab chiqarish majmualarida belgilangan tartibda faoliyat yuritishi yuzasidan takliflar tayyorlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kasbiy taʼlim jarayonida “usta-shogird” anʼanalari, mahalliy va xorijiy ilgʻor tajribani oʻrgangan holda eng maqbul usullardan foydalanish boʻyicha oʻquv-metodik qoʻllanmalar ishlab chiqadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-§. Markaziy apparatning vazifalari va funksiyalari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Quyidagilar markaziy apparatning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1) hududiy boshqarmalar va Markaz tarkibiga kiruvchi boshqa tashkilotlar bilan birgalikda Markazga yuklangan vazifalar va funksiyalarning samarali bajarilishini taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2) kasb-hunar taʼlimi davlat taʼlim standarti, mutaxassisliklar (kasblar) taʼlim standartlari, oʻquv reja va dasturlarning takomillashtirilishini va rivojlangan xorijiy davlatlar tajribasini oʻrganish asosida taʼlim sifati monitoringi olib borilishini tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3) oʻquv-metodik majmualarni ishlab chiqish va nashr etish faoliyatini muvofiqlashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4) oʻquvchilarni maʼnaviy-axloqiy tarbiyalash va ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashni tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5) kasb-hunar kollejlarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6) Markaz tizimida ichki audit va moliyaviy nazoratni tashkil etish va amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7) hududiy boshqarmalarda va Markaz tarkibiga kiruvchi boshqa tashkilotlarda kadrlar bilan taʼminlashni muvofiqlashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8) Markaz tarkibiga kiruvchi boshqa tashkilotlarni rivojlantirishga koʻmaklashish, ularni rivojlantirish konsepsiyalari va istiqbollarini belgilash.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Markaziy apparat unga yuklangan asosiy vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1) Markaz va uning rahbariyati faoliyatini tashkiliy va axborot-tahlil jihatidan taʼminlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2) hududiy boshqarmalar va Markaz tarkibiga kiruvchi boshqa tashkilotlar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Hukumat qarorlari va farmoyishlari bajarilishi yuzasidan muntazam nazoratni taʼminlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Kasb-hunar taʼlimi markazi direktori — oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining birinchi oʻrinbosari (keyingi oʻrinlarda Markaz direktori deb ataladi) va buyruqlari va farmoyishlari amalga oshirilishini oʻz vakolatlari doirasida tashkil etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4) Markaz tomonidan Vazirlar Mahkamasiga kiritiladigan hujjatlarning sifatli va oʻz vaqtida ishlab chiqilishini hamda ularning iqtisodiy, moliyaviy va huquqiy ekspertizadan oʻtkazilishini tashkil etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5) hududiy boshqarmalar va Markaz tarkibiga kiruvchi boshqa tashkilotlar faoliyati monitoringini olib borilishini tashkil etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6) kasb-hunar taʼlimini rivojlantirish maqsadida ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilishiga koʻmaklashadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7) Markazning faoliyati, shu jumladan qonun ijodkorligi sohasidagi faoliyati huquqiy taʼminlanishini tashkil etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8) boshqaruv qarorlarini qabul qilish maqsadida kasb-hunar taʼlimi tendensiyalari toʻgʻrisida Markaz rahbariyati uchun axborotni toʻplaydi, umumlashtiradi va tahlil qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9) kasb-hunar taʼlimi masalalari boʻyicha tadbirkorlik subyektlariga axborot, metodik, tashkiliy va maslahat yordami beradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10) Markaz vakolatiga tegishli operativ, tashkiliy, kadrlar, moliya, ishlab chiqarish-xoʻjalik masalalari va boshqa masalalar bilan shugʻullanadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11) Markazning hududiy boshqarmalar va Markaz tarkibiga kiruvchi boshqa tashkilotlar faoliyatini nazorat qiladi va tahlil etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12) Markazning hududiy boshqarmalar va Markaz tarkibiga kiruvchi boshqa tashkilotlar bilan birgalikda oʻziga yuklangan vazifalarning samarali bajarilishini taʼminlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13) kasb-hunar kollejlari faoliyatini muvofiqlashtiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14) kasb-hunar taʼlimi sohasida nodavlat taʼlim xizmatlarini koʻrsatish faoliyatini amalga oshiradigan yuridik shaxslar bilan oʻzaro hamkorlik qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15) kasb-hunar taʼlimi tizimini innovatsion rivojlantirish boʻyicha oʻrta va uzoq muddatli dasturlar ishlab chiqilishini tashkil etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16) kasb-hunar taʼlimi sifatining monitoringini olib boradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17) kasb-hunar kollejlarida oʻqitishning turli shakllarini joriy etadi va taʼlim berishning muqobil shakllarini rivojlantiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18) umumtaʼlim maktablarining 10-11-sinf oʻquvchilariga kasbiy taʼlim berish jarayonini muvofiqlashtiradi va metodik taʼminlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19) respublika budjetidan moliyalashtiriladigan Markaz tarkibiga kiruvchi boshqa tashkilotlarda moliya, buxgalteriya hisobi va hisobotini tashkil etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20) Markaz tizimidagi tashkilotlarda ichki audit va moliyaviy nazoratni tashkil etadi va amalga oshiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21) kasb-hunar kollejlarining binolari va inshootlaridan joriy foydalanish ishlari monitoringini olib boradi va muvofiqlashtiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22) jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlashni tashkil etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23) xorijiy investitsiyalar jalb etilishini va xalqaro hamkorlikni tashkil etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-§. Hududiy boshqarmalarning vazifalari va funksiyalari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Quyidagilar hududiy boshqarmalarning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1) Markazga yuklangan vazifalar va funksiyalarning samarali bajarilishini taʼminlashda ishtirok etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2) Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahri, tumanlar (shaharlar) hokimlari, prokuratura, ichki ishlar va davlat soliq xizmati hududiy organlari rahbarlari boshchilik qiladigan kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish sektorlari (keyingi oʻrinlarda kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish sektorlari deb ataladi) bilan hamkorlik qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3) kasb-hunar taʼlimi sohasida qonun hujjatlariga rioya etilishi yuzasidan monitoring olib borish va nazorat qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4) kasb-hunar kollejlarida oʻquv-metodik faoliyatni muvofiqlashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5) nodavlat taʼlim xizmatlari koʻrsatish faoliyatini amalga oshiradigan yuridik shaxslarni qoʻllab-quvvatlash hamda kasb-hunar kollejlarida taʼlim berishning muqobil shakllarini rivojlantirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6) kasb-hunar kollejlarida ichki audit va moliyaviy nazoratni tashkil etish hamda amalga oshirish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Hududiy boshqarmalar oʻzlariga yuklangan asosiy vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1) hududiy boshqarmalar va ularning rahbariyati faoliyatini tashkiliy va axborot-tahliliy jihatdan taʼminlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2) kasb-hunar kollejlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Hukumat qarorlari va farmoyishlari, Markazning buyruqlari bajarilishi muntazam nazorat qilinishini taʼminlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3) kasb-hunar kollejlari tomonidan kiritiladigan hujjatlarning sifatli va oʻz vaqtida qayta ishlanishini, ularning iqtisodiy, moliyaviy va huquqiy ekspertizadan oʻtkazilishini tashkil etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4) kasb-hunar kollejlari faoliyatini muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5) kasb-hunar kollejlarining metodik faoliyatini muvofiqlashtiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6) idoraviy kasb-hunar kollejlari faoliyatini muvofiqlashtiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7) kasb-hunar taʼlimi sohasida nodavlat taʼlim xizmatlari koʻrsatish faoliyatini amalga oshiradigan yuridik shaxslar bilan oʻzaro hamkorlik qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8) nodavlat taʼlim xizmatlari koʻrsatish faoliyatini amalga oshiradigan yuridik shaxslarni qoʻllab-quvvatlaydi hamda kasb-hunar kollejlarida taʼlim berishning muqobil shakllarini rivojlantiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9) kasb-hunar kollejlarida davlat taʼlim standartini va mutaxassisliklar (kasblar) taʼlim standartlarini bajarish monitoringini tashkil etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10) kasb-hunar kollejlarining binolari va inshootlarini joriy taʼmirlash ishlari monitoringini olib boradi va muvofiqlashtiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11) jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlashni tashkil etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12) vakolatiga tegishli tashkiliy, kadrlar, moliya, ishlab chiqarish-xoʻjalik masalalari va boshqa masalalar boʻyicha qarorlar qabul qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-bob. Markaz va uning hududiy boshqarmalarining huquqlari hamda javobgarligi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-§. Markazning huquqlari va javobgarligi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Markaz oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni amalga oshirish uchun quyidagi huquqlarga ega:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini, shuningdek, Markazga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish bilan bogʻliq boʻlgan boshqa hujjatlarni belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga yoki Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligiga kiritish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Markaz vakolatiga kiradigan masalalarni hal etish uchun davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlaridan, mahalliy davlat hokimiyati organlaridan zarur axborotni belgilangan tartibda soʻrash va olish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Markaz vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha zarur statistik axborotni davlat statistika organlaridan bepul asosda olish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Markaz tarkibiga kiruvchi boshqa tashkilotlar, hududiy boshqarmalardan, kasb-hunar kollejlaridan tizimga tegishli maʼlumotlarini va kasb-hunar taʼlimi tizimini rivojlantirish hamda takomillashtirish prognoz koʻrsatkichlarini olish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Markazning va Markaz tarkibiga kiruvchi boshqa tashkilotlarning davlat mulkini bir boʻlinmadan boshqasiga belgilangan tartibda berish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini belgilangan tartibda ishlab chiqishda ishtirok etish, Markaz vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha idoralararo tusdagi xalqaro shartnomalarni belgilangan tartibda tuzish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Markaz vakolatiga tegishli boʻlgan masalalar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi manfaatlarini xalqaro darajada belgilangan tartibda ifodalash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Markaz vakolatiga kiradigan masalalarda davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatini belgilangan tartibda muvofiqlashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻz vakolatlari doirasida normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilish, zarur hollarda, davlat boshqaruvining boshqa organlari bilan birgalikda qarorlar va boshqa hujjatlarni qabul qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Markaz va Markaz tarkibiga kiruvchi boshqa tashkilotlar xodimlari tomonidan ularning tegishli sohadagi faoliyati asosiy koʻrsatkichlarining parametrlari bajarilishini hisobga olgan holda, ularni moddiy ragʻbatlantirish tartibi, miqdorlari va shartlarini belgilash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kasb-hunar taʼlimining taalluqli masalalarini hal etish, kasb-hunar kollejlari faoliyatini takomillashtirish, ularning oʻquv-moddiy bazasini mustahkamlash, malakali kadrlar tayyorlash, xodimlari va oʻquvchilarining belgilangan ijtimoiy muhofazasini taʼminlash boʻyicha takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xalqaro va respublika miqyosidagi ilmiy-tadqiqot dasturlarida ishtirok etish, ilmiy investitsiyalarni jalb etish, taʼlim tizimiga xalqaro grantlar kiritilishini taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
idoraviy mansubligidan qatʼi nazar, kasb-hunar kollejlari tomonidan “Taʼlim toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni va kasb-hunar taʼlimi masalalari boʻyicha boshqa qonun hujjatlari bajarilishini belgilangan tartibda oʻrganish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mutaxassisliklar (kasblar) taʼlim standartlari, oʻquv rejalari va dasturlari, darsliklar va oʻquv qoʻllanmalari mazmunini takomillashtirish boʻyicha pedagogika fani yutuqlari va ilgʻor tajriba asosida tavsiyalar ishlab chiqish uchun Ilmiy-metodik kengash tashkil etish, Ilmiy-metodik kengash tarkibini va Kengash nizomini tasdiqlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kasb-hunar kollejlarini tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish yuzasidan xulosalar berish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
idoraviy mansubligidan qatʼi nazar, kasb-hunar kollejlari oʻquv-metodik ishlarini rivojlantirish, rahbar xodimlarning oʻz lavozimlariga loyiqligi masalalarini tasarrufida kasb-hunar kollejlari boʻlgan vazirliklar, idoralar, xoʻjalik birlashmalari, tijorat banklari va yirik korxonalar bilan birgalikda koʻrib chiqish hamda xulosalar tayyorlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xorijiy investitsiyalar hisobiga sotib olinadigan oʻquv-laboratoriya va ustaxona jihozlarining qabul qilingan taʼlim standartlariga mos kelishi, ishlatilishi va saqlanishi yuzasidan takliflar va xulosalar berish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kasb-hunar taʼlimini rivojlantirish hamda axborot-metodik taʼminlashni yaxshilashga qaratilgan gazeta va jurnallarga muassislik qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻquvchilarni sportga jalb etishni kengaytirish va ularning turli musobaqalarda faol ishtirokini taʼminlashga koʻmaklashadigan jamgʻarmalarni tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oliy taʼlim muassasalarida kasb-hunar kollejlari uchun malakali pedagoglar va ishlab-chiqarish taʼlimi ustalari tayyorlashni muvofiqlashtirish va unga metodik rahbarlik qilishda ishtirok etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻz vakolatlari doirasida xalqaro va xorijiy tashkilotlar bilan hamkorlik qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Markaz faoliyatini keng yoritish maqsadida ijtimoiy tarmoqlarda rasmiy veb-saytlar, shuningdek, sahifalar yaratish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻz vakolatlari doirasida konferensiyalar, seminarlar, simpoziumlar, koʻrgazmalar, yarmarkalar oʻtkazish, shuningdek, boshqa tashkilotlar tomonidan tashkil etiladigan shunday tadbirlarda ishtirok etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻz vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha metodik materiallar va tavsiyalar ishlab chiqish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Markaz vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha hayʼat majlislarida hududiy boshqarmalar rahbarlarining hisobotlarini eshitish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat muassasalari va kasb-hunar taʼlimi sohasida nodavlat taʼlim xizmatlari koʻrsatish faoliyatini amalga oshiradigan yuridik shaxslar tomonidan kasb-hunar taʼlimi toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarining bajarilishini nazorat qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kasb-hunar taʼlimi tizimini rivojlantirish bilan bogʻliq dolzarb va istiqbolli muammolarni ishlab chiqish boʻyicha ishchi guruhlar tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻquv dasturlari, darsliklar, oʻquv qoʻllanmalari va metodik materiallar toʻgʻrisida xulosalar tayyorlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
noshirlik faoliyati bilan shugʻullanish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Markaz qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Markaz:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarning samarali bajarilishi, shuningdek, kasb-hunar taʼlimi sohasidagi davlat siyosatining samarali amalga oshirilishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Markaz faoliyati bilan bogʻliq prognoz koʻrsatkichlarga soʻzsiz erishilishini taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasiga kiritiladigan normativ-huquqiy hujjatlar va boshqa hujjatlar loyihalari, shuningdek, Markaz tomonidan qabul qilinadigan normativ-huquqiy hujjatlar amalga oshirilishining sifati, pirovard natijalari va oqibatlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kasb-hunar taʼlimi sohasini rivojlantirish, shuningdek, kasb-hunar taʼlimi sohasida hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va ulardagi muammoli masalalarni hal qilish boʻyicha dasturlar, tadbirlar rejalari, “yoʻl xaritalari” va boshqa dasturiy hujjatlarning samarali amalga oshirilishi uchun javob beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-§. Markaziy apparatning huquqlari va javobgarligi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Markaziy apparat oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni amalga oshirish uchun:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kasb-hunar taʼlimi masalalari boʻyicha tahlil qilish va qayta ishlash uchun zarur boʻlgan materiallar va maʼlumotlarni hududiy boshqarmalaridan va Markaz tarkibiga kiruvchi boshqa tashkilotlardan soʻrash va olish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Markazda koʻrib chiqiladigan kasb-hunar taʼlimi masalalarini ishlab chiqish, axborot va tahliliy materiallarni, shuningdek, normativ-huquqiy hujjatlar va boshqa hujjatlar loyihalarini tayyorlash uchun hududiy boshqarmalar va Markaz tarkibiga kiruvchi boshqa tashkilotlar rahbarlari hamda vakillarini zarur boʻlganda belgilangan tartibda jalb qilish, shu maqsadda ekspert va ishchi guruhlar tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hududiy boshqarmalar va Markaz tarkibiga kiruvchi boshqa tashkilotlardan oʻzlari tomonidan kiritilgan kasb-hunar taʼlimi boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlar va boshqa hujjatlar loyihalarini puxta ishlashni talab qilish, zarurat boʻlganda ularni qayta ishlash uchun qaytarish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hududiy boshqarmalar va Markaz tarkibiga kiruvchi boshqa tashkilotlar rahbarlari hamda vakillari, shuningdek kasb-hunar kollejlari direktorlari ishtirokida yigʻilishlar oʻtkazish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hududiy boshqarmalar va Markaz tarkibiga kiruvchi boshqa tashkilotlar rahbarlariga hal qilishni talab etadigan va Markazga yuklangan vazifalar hamda funksiyalarni bajarish bilan bogʻliq masalalar yuzasidan topshiriqlar berish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining topshiriqlari, shuningdek, Markazning buyruqlari hududiy boshqarmalar va Markaz tarkibiga kiruvchi boshqa tashkilotlar tomonidan bajarilishi yuzasidan ularning faoliyatini belgilangan tartibda oʻrganish va tekshirish huquqiga ega.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Markaziy apparat qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Markaziy apparat:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hududiy boshqarmalar va Markaz tarkibiga kiruvchi boshqa tashkilotlar bilan birgalikda Markazga yuklangan vazifalar va funksiyalarning sifatli va oʻz vaqtida bajarilishini taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Markaz faoliyati bilan bogʻliq prognoz koʻrsatkichlarga erishishni taʼminlash boʻyicha markaziy apparat tarkibiy boʻlinmalari ishini tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Markaz tomonidan koʻrib chiqish uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritiladigan normativ-huquqiy hujjatlar va boshqa hujjatlar loyihalari, shuningdek, Markaz tomonidan qabul qilinadigan buyruqlarning tayyorlanish sifati va ekspertizadan oʻtkazilishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kasb-hunar taʼlimini rivojlantirish, shuningdek, kasb-hunar taʼlimi sohasida hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va ulardagi muammoli masalalarni hal qilish boʻyicha dasturlar, tadbirlar rejalari, “yoʻl xaritalari” va boshqa dasturiy hujjatlar hududiy boshqarmalar va Markaz tarkibiga kiruvchi boshqa tashkilotlar tomonidan amalga oshirilishini tashkil etish uchun javob beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-§. Hududiy boshqarmalarning huquqlari va javobgarligi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Hududiy boshqarmalar oʻzlariga yuklangan vazifalar va funksiyalarni amalga oshirish uchun:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining hududiy boshqarmalardan oʻz vakolatiga kiradigan masalalarni hal qilish uchun zarur boʻlgan axborotni belgilangan tartibda soʻrash va olish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kasb-hunar taʼlimi sohasining eng muhim muammolarini ishlab chiqish va koʻrib chiqish boʻyicha hududiy darajada idoralararo komissiyalar va kengashlar tuzish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kasb-hunar kollejlari faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Markaz vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining koʻrib chiqishi uchun takliflar kiritish huquqiga ega.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hududiy boshqarmalar qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Hududiy boshqarmalar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Markazga yuklangan vazifalar va funksiyalar sifatli va oʻz vaqtida bajarilishini taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻzlarining faoliyati bilan bogʻliq boʻlgan prognoz koʻrsatkichlarga erishishni taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Markazga kiritilayotgan hujjatlar loyihalari va takliflar, shuningdek, hududiy boshqarmalar tomonidan qabul qilinadigan qarorlarning sifatli amalga oshirilishi, pirovard natijalari va oqibatlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tuman (shahar)larda aniqlangan muammolarni har tomonlama va chuqur tahlil qilish hamda umumlashtirish asosida kasb-hunar taʼlimi sohasini Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida rivojlantirishga doir takliflarni tayyorlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kasb-hunar taʼlimi sohasini rivojlantirish boʻyicha dasturlar, tadbirlar rejalari, “yoʻl xaritalari” va boshqa dasturiy hujjatlarning Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida samarali amalga oshirilishi, muammoli masalalar hal etilishi uchun javob beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-bob. Markaz rahbarlarining asosiy funksional vazifalari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. Quyidagilar Markaz direktorining asosiy funksional vazifalari hisoblanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1) Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari talablariga, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga rioya etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2) Markaz faoliyatiga umumiy rahbarlik qilish, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va boshqa qonun hujjatlariga muvofiq Markazga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishini tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan tasdiqlangan Markaz faoliyatini yanada takomillashtirish boʻyicha kompleks dasturlar va tadbirlar ijrosini tanqidiy va chuqur tahlil qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4) Markaz, uning hududiy boshqarmalari va Markaz tarkibiga kiruvchi boshqa tashkilotlar faoliyati bilan bogʻliq prognoz koʻrsatkichlarga erishishni soʻzsiz taʼminlash boʻyicha amaliy chora-tadbirlarni ishlab chiqish va qabul qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devoni xizmatlari va Vazirlar Mahkamasi komplekslari, shuningdek, tegishli vazirliklar va idoralar bilan hamkorlik qilish, Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida masalalarni koʻrib chiqishda ishtirok etish;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlari topshiriqlarini bajarish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7) oʻz oʻrinbosarlari vakolatlarini belgilash, ular oʻrtasida vazifalarni taqsimlash, Markazning boshqa mansabdor shaxslari vakolatlarini belgilash, Markaz faoliyatining alohida uchastkalariga rahbarlik qilish uchun oʻz oʻrinbosarlari va boshqa mansabdor shaxslarning shaxsiy masʼuliyat darajasini belgilash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8) Markaz faoliyatining rejalashtirilishini tashkil etish, Markaz va oʻz oʻrinbosarlarining har choraklik ish rejalarini tasdiqlash, ularning bajarilishi yuzasidan nazoratni taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qarorlari va topshiriqlari ijrosini tashkil etish va monitoring olib borishning amaliy tizimini yaratish, Markaz faoliyatida ijro intizomini mustahkamlash boʻyicha kompleks amaliy chora-tadbirlarni bajarish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek, ijro intizomi mustahkamlanishi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari hamda barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaxsiy javobgarligi toʻgʻrisida” 2017-yil 11-apreldagi PQ-2881-son qaroriga va Vazirlar Mahkamasining “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1999-yil 12-yanvardagi 12-son qaroriga muvofiq hududiy boshqarmalar, shuningdek, Markaz tarkibiga kiruvchi boshqa tashkilotlar rahbarlarining shaxsiy masʼuliyatini oshirish chora-tadbirlarini koʻrish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10) Markaz xodimlarini tizimli qayta tayyorlashni va ularning malakasini oshirishni tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11) Markaz tizimida kadrlarni tanlash va joy-joyiga qoʻyish, ularning samarali faoliyat koʻrsatishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, Markazning kadrlar zaxirasini shakllantirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devoni va Vazirlar Mahkamasi nomenklaturasiga kiradigan boʻsh lavozimlarga taklif etilgan kadrlarning, shuningdek, Markazga ishga qabul qilinayotgan boshqa kadrlarning professional darajasini, amaliy tajribaga, yuksak darajada ishlash xususiyatlari va maʼnaviy-axloqiy fazilatlarga ega ekanligining kafolatini taʼminlash;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13) faoliyat sohasiga oid masalalar boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining sifatli ishlab chiqilishini, “Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida”, “Qonunlar loyihalarini tayyorlash va ularni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga kiritish tartibi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 14-fevraldagi 62-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining reglamenti (keyingi oʻrinlarda Vazirlar Mahkamasining reglamenti deb ataladi) va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 28-iyuldagi PQ-3161-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Devonining reglamenti (keyingi oʻrinlarda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devonining reglamenti deb ataladi) talablariga qatʼiy muvofiq ravishda oʻz vaqtida kiritilishini tashkil etish, ularning Vazirlar Mahkamasi Apparatida puxta ishlanishida, Vazirlar Mahkamasi rahbariyati huzurida himoya qilinishi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devonida koʻrib chiqilishida ishtirok etish;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14) “Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida”, “Qonunlar loyihalarini tayyorlash va ularni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga kiritish tartibi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga va Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 17-oktabrdagi 345-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining qonun loyihalariga doir faoliyatining namunaviy reglamentiga muvofiq Markazning qonun loyihalarini tayyorlash faoliyatini tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15) Markazga taqdim etilgan takliflar va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari toʻliq va oʻz vaqtida koʻrib chiqilishini taʼminlash, ularni huquqiy, moliyaviy, iqtisodiy ekspertiza va boshqa ekspertizadan puxta oʻtkazish, shuningdek, ularni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devonining reglamenti va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining reglamentida belgilangan muddatlarda kelishish (viza qoʻyish);
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Mansabdor shaxslarning xorijiy mamlakatlarga chiqish tartibini takomillashtirish choralari toʻgʻrisida” 2014-yil 5-martdagi PQ-2142-son va “Xorijiy xizmat safarlarida boʻlishning samaradorligi va xorijiy delegatsiyalarning Oʻzbekiston Respublikasiga tashrifini tashkil etish uchun mansabdor shaxslarning shaxsiy javobgarligini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 3-avgustdagi PQ-3170-son qarorlari talablariga muvofiq Markaz rahbarlari va xodimlari xizmat safarlarini tashkil etish, xizmat safarlarining asoslanganligi, samaradorligi va natijadorligini, safar uchun ajratiladigan mablagʻlardan maqsadli va oqilona foydalanishni taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17) oʻz oʻrinbosarlari va hududiy boshqarmalar, shuningdek, Markaz tarkibiga kiruvchi boshqa tashkilotlar rahbarlari faoliyatining samaradorligi va natijadorligini muntazam tanqidiy tahlil qilish, Markaz hayʼati majlislarida ularning shaxsiy hisobotlarini eshitish, ularning yakunlari boʻyicha zarur chora-tadbirlar koʻrish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18) Markaz xodimlarini ragʻbatlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish masalalarini hal qilish, oʻz oʻrinbosarlarini ragʻbatlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish, shu jumladan ularning egallab turgan lavozimda qolishining maqsadga muvofiqligiga doir masalalarni koʻrib chiqish toʻgʻrisida takliflar kiritish, ularning shaxsiy masʼuliyatini oshirishga doir tizimli chora-tadbirlarni amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19) Markaz xodimlari tomonidan Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 2-martdagi 62-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari xodimlarining odob-axloq namunaviy qoidalari asosida tasdiqlangan Markaz xodimlarining odob-axloq qoidalari (keyingi oʻrinlarda Markaz xodimlarining odob-axloq qoidalari deb ataladi) talablariga rioya etilishini taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20) “Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni talablariga muvofiq Markaz tizimida korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish choralarini koʻrish, shuningdek, huquqni qoʻllash amaliyotini va qonun hujjatlarini takomillashtirishga doir chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish orqali ularning sodir etilishiga koʻmaklashuvchi sabablar va shart-sharoitlarni aniqlash, tahlil qilish, bartaraf etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21) Markaz va uning hududiy boshqarmalari, shuningdek, Markaz tarkibiga kiruvchi boshqa tashkilotlar ishini tashkil etishning zamonaviy shakllari joriy etilishini taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22) aholi va tadbirkorlik subyektlari bilan hamkorlik qilishda, shu jumladan, “yagona darcha” prinsipini joriy etish orqali davlat xizmatlari sifati va samaradorligini hamda ulardan erkin foydalanishni oshirish hamda “Elektron hukumat toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish doirasida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23) jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqishga doir samarali ishlarni tashkil etish, aholi bilan toʻgʻridan toʻgʻri va ochiq muloqotni yoʻlga qoʻyish, “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunida belgilangan muddatlarda va tartibda jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslar vakillarini muntazam ravishda shaxsan qabul qilish, shu jumladan joylarga borib qabul qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari bilan samarali hamkorlikni, ularning faoliyatida Markaz xodimlari va rahbarlarining faol ishtirok etishini tashkil etish, jismoniy va yuridik shaxslarning Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Virtual qabulxonasiga tushgan murojaatlari oʻz vaqtida va toʻliq koʻrib chiqilishini taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25) davlat siriga kiritilgan maʼlumotlar va maxfiy axborot bilan ishlashda qonun hujjatlari talablariga rioya qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
26) Markaziy apparat va hududiy boshqarmalar toʻgʻrisidagi nizomlarni, Markaz tarkibiga kiruvchi boshqa tashkilotlarning ustavlarini belgilangan tartibda tasdiqlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
27) Markaz faoliyatiga umumiy rahbarlik qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
28) Markaziy apparat xodimlarini, hududiy boshqarmalar, shuningdek, Markaz tarkibiga kiruvchi boshqa tashkilotlar rahbarlarini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
29) Markaziy apparat, hududiy boshqarmalar, Markaz tarkibiga kiruvchi boshqa tashkilotlar mansabdor shaxslari bajarishi majburiy boʻlgan buyruqlar chiqarish va koʻrsatmalar berish, shuningdek, ularning ijrosini belgilangan tartibda nazorat qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
30) Markaziy apparat, hududiy boshqarmalar, Markaz tarkibiga kiruvchi boshqa tashkilotlar tuzilmasi va shtat jadvalini Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan xodimlarning soni doirasida tasdiqlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
31) Markaziy apparat, hududiy boshqarmalar, Markaz tarkibiga kiruvchi boshqa tashkilotlar tuzilmasiga zarur hollarda oʻzgartirishlar kiritish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23. Quyidagilar Markaz direktori oʻrinbosarlarining asosiy funksional vazifalari hisoblanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1) Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari talablariga, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga rioya qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2) Markaz direktori vaqtincha boʻlmaganda, tegishli buyruq asosida uning vazifalarini bajarish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3) Markazning tarkibiy boʻlinmalari faoliyatini muvofiqlashtirish, nazorat qilish va ularga bevosita rahbarlik qilish, ularning xodimlari oʻrtasida vazifalarni taqsimlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4) Markaz faoliyatining yoʻnalishlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan tasdiqlangan Markaz faoliyatini yanada takomillashtirish boʻyicha konsepsiyalar, kompleks dasturlar va kompleks tadbirlar ijrosini tanqidiy va chuqur tahlil qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5) tarkibiy boʻlinmalar tomonidan prognoz koʻrsatkichlarga erishishni soʻzsiz taʼminlash chora-tadbirlarini amalga oshirish, boʻlinmalar rahbarlarining hisobotlarini muntazam eshitish va ushbu koʻrsatkichlarga erishish uchun ularning shaxsiy javobgarligini oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6) tarkibiy boʻlinmalar rahbarlarining har choraklik rejalarini tasdiqlash, ularning bajarilishi yuzasidan nazoratni taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qarorlari va topshiriqlari ijrosini taʼminlash, Markazning tarkibiy boʻlinmalarida ijro intizomi boʻyicha kompleks amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek ijro intizomi mustahkamlanishi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari hamda barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaxsiy javobgarligi toʻgʻrisida” 2017-yil 11-apreldagi PQ-2881-son qaroriga va Vazirlar Mahkamasining “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1999-yil 12-yanvardagi 12-son qaroriga muvofiq topshiriqlar oʻz vaqtida va sifatli ijro etilishi uchun tarkibiy boʻlinmalar rahbarlarining shaxsiy masʼuliyatini oshirish chora-tadbirlarini koʻrish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8) Markaz hayʼati, Markaz direktorining buyruqlari va topshiriqlari oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9) tarkibiy boʻlinmalarda kadrlarni tanlash va joy-joyiga qoʻyish boʻyicha Markaz direktoriga takliflar taqdim etish, ularning professional darajasini, amaliy tajribaga, yuksak darajada ishlash xususiyatlariga va maʼnaviy-axloqiy fazilatlarga ega ekanligining kafolatini taʼminlash, ularning kasbiy malakasini oshirish chora-tadbirlarini koʻrish, mutasaddilik qilinadigan boʻlinmalarda kadrlar zaxirasini shakllantirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10) tarkibiy boʻlinmalar tomonidan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari sifatli ishlab chiqilishini tashkil etish, Markazning tarkibiy boʻlinmalarida tayyorlangan hujjatlar loyihalarini koʻrib chiqish va ular keyinchalik Markaz direktori tomonidan koʻrib chiqilishi, imzolanishi (viza qoʻyilishi) uchun viza qoʻyish, ularning Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devoni reglamenti talablariga qatʼiy muvofiq ravishda Vazirlar Mahkamasiga oʻz vaqtida kiritilishini taʼminlash, shuningdek, Vazirlar Mahkamasi apparatida normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishda Markaz direktorining topshirigʻiga binoan ishtirok etish;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11) Markazga taqdim etilgan takliflar va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini toʻliq va har tomonlama koʻrib chiqish, moliyaviy, iqtisodiy, huquqiy ekspertiza va boshqa ekspertizadan puxta oʻtkazish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Mansabdor shaxslarning xorijiy mamlakatlarga chiqish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2014-yil 5-martdagi PQ-2142-son va “Xorijiy xizmat safarlarida boʻlishning samaradorligi va xorijiy delegatsiyalarning Oʻzbekiston Respublikasiga tashrifini tashkil etish uchun mansabdor shaxslarning shaxsiy masʼuliyatini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 3-avgustdagi PQ-3137-son qarorlari talablariga muvofiq xizmat safarlarini amalga oshirish, xizmat safarlarining asoslanganligi, samaradorligi va natijadorligini, safar uchun ajratiladigan mablagʻlardan maqsadli va oqilona foydalanishni taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13) tarkibiy boʻlinmalar rahbarlari va xodimlari faoliyati samaradorligi va natijadorligini muntazam tanqidiy tahlil qilish, Markaz hayʼati majlislarida ularning shaxsiy hisobotlarini eshitish, ularning yakunlari boʻyicha zarur chora-tadbirlar koʻrish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14) kasb-hunar taʼlimi sohasiga tegishli masalalar boʻyicha Markaz faoliyatini takomillashtirishga doir amaliy chora-tadbirlar koʻrish, kasb-hunar taʼlimi sohasidagi qonun hujjatlarini takomillashtirishga oid takliflar ishlab chiqish va ularni Markaz direktoriga kiritish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15) tarkibiy boʻlinmalar rahbarlari va xodimlarini ragʻbatlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish, shu jumladan ularning egallab turgan lavozimida qolishi maqsadga muvofiqligi bilan bogʻliq masalani koʻrib chiqish boʻyicha Markaz direktoriga takliflar kiritish, funksional vazifalar va yuklangan vazifalar bajarilishi uchun ularning shaxsiy masʼuliyatini oshirish boʻyicha tizimli chora-tadbirlar koʻrish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16) Markaz xodimlarining Odob-axloq qoidalari talablariga rioya qilishini, mutasaddilik qilinadigan tarkibiy boʻlinmalar rahbarlari va xodimlarining ushbu qoidalarga rioya etishini taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17) huquqni qoʻllash amaliyotini va qonun hujjatlarini takomillashtirishga doir chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish orqali “Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni talablariga muvofiq korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish choralarini koʻrish, shuningdek, ularning sodir etilishiga koʻmaklashuvchi sabablar va shart-sharoitlarni aniqlash, tahlil qilish, bartaraf etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18) Markaz direktoriga davlat xizmatlarining samaradorligi, sifatini va ulardan erkin foydalanishni oshirishga doir takliflarni kiritish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19) “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunida belgilangan muddatlarda va tartibda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqish boʻyicha samarali ishlarni tashkil etish, aholi bilan toʻgʻridan toʻgʻri va ochiq muloqotni yoʻlga qoʻyish, jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslar vakillarini muntazam ravishda shaxsan qabul qilish, shu jumladan joylarga borib qabul qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari bilan samarali hamkorlik qilish, ularning faoliyatida faol ishtirok etish, jismoniy va yuridik shaxslar vakillarining Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Virtual qabulxonasiga tushgan murojaatlari oʻz vaqtida va toʻlaqonli koʻrib chiqilishini taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21) davlat siriga kiritilgan maʼlumotlar va maxfiy axborot bilan ishlashda qonun hujjatlari talablariga rioya qilish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24. Quyidagilar markaziy apparat tarkibiy boʻlinmalari rahbarlarining asosiy funksional vazifalari hisoblanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1) Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari talablariga, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga rioya etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2) tarkibiy boʻlinmalar faoliyatiga bevosita rahbarlik qilish, ushbu boʻlinmalarga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishini tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3) tegishli tarkibiy boʻlinmalar va Markaz tarkibiga kiruvchi boshqa tashkilotlar faoliyatini oʻz vakolatlari doirasida muvofiqlashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4) prognoz koʻrsatkichlarning bajarilishini muntazam tahlil qilish hamda tarkibiy boʻlinmalar ushbu koʻrsatkichlarga soʻzsiz erishishini taʼminlashga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlarni amalga oshirish boʻyicha Markaz direktorining mutasaddilik qiladigan oʻrinbosarlariga takliflar kiritish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasi qarorlari va topshiriqlari ijrosini taʼminlash, Markaz tarkibiy boʻlinmalari xodimlarining ijro intizomini mustahkamlash boʻyicha kompleks amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirish, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek ijro intizomi mustahkamlanishi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari hamda barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaxsiy javobgarligi toʻgʻrisida” 2017-yil 11-apreldagi PQ-2881-son qaroriga va Vazirlar Mahkamasining “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1999-yil 12-yanvardagi 12-son qaroriga muvofiq topshiriqlarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishi uchun tarkibiy boʻlinmalar xodimlarining shaxsiy masʼuliyatini oshirish chora-tadbirlarini koʻrish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6) Markaz hayʼati qarorlari, Markaz direktori va uning oʻrinbosarlarining buyruqlari hamda topshiriqlari oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7) tarkibiy boʻlinmalarning har choraklik ish rejalari ishlab chiqilishini taʼminlash, ularni tasdiqlash uchun kiritish, ularda koʻrsatilgan vazifalar va tadbirlar oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8) tarkibiy boʻlinmalarga yuklangan vazifalar bajarilishini nazorat qilish va muvofiqlashtirish, hududiy boshqarmalar va Markaz tarkibiga kiruvchi boshqa tashkilotlar faoliyatiga amaliy va metodik yordam koʻrsatish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9) tarkibiy boʻlinmalar faoliyatiga oid masalalar yuzasidan qonun hujjatlarini takomillashtirish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish va ularni koʻrib chiqish uchun Markaz rahbariyatiga kiritish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10) tarkibiy boʻlinmalarda kadrlarni tanlash va joy-joyiga qoʻyishda Markaz direktori oʻrinbosarlariga takliflar taqdim etish, ularning professional darajasini, amaliy tajribaga, yuksak darajada ishlash xususiyatlariga va maʼnaviy-axloqiy fazilatlarga ega ekanligining kafolatini taʼminlash, kasb malakasini oshirish choralarini koʻrish, tarkibiy boʻlinmalarda kadrlar zaxirasini shakllantirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11) normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining tarkibiy boʻlinmalar tomonidan sifatli ishlab chiqilishini tashkil etish, Markazning tarkibiy boʻlinmalarida tayyorlangan hujjatlar loyihalarini keyinchalik Markaz rahbariyati tomonidan koʻrib chiqish, imzolash (viza qoʻyish) uchun koʻrib chiqish va viza qoʻyish, ularning Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devonining reglamenti va Vazirlar Mahkamasi reglamenti talablariga qatʼiy muvofiq ravishda Vazirlar Mahkamasiga oʻz vaqtida kiritilishini taʼminlash, Markaz rahbariyatining topshirigʻi boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini Vazirlar Mahkamasi apparatida ishlab chiqishda ishtirok etish;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12) Markazga taqdim etilgan takliflar va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini toʻliq va har tomonlama koʻrib chiqish, moliyaviy, iqtisodiy, huquqiy ekspertiza va boshqa ekspertizadan puxta oʻtkazish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Mansabdor shaxslarning xorijiy mamlakatlarga chiqish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2014-yil 5-martdagi PQ-2142-son va “Xorijiy xizmat safarlarida boʻlishning samaradorligi va xorijiy delegatsiyalarning Oʻzbekiston Respublikasiga tashrifini tashkil etish uchun mansabdor shaxslarning shaxsiy javobgarligini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 3-avgustdagi PQ-3170-son qarorlari talablariga muvofiq xizmat safarlarini amalga oshirish, xizmat safarlari asoslanganligi, samaradorligi va natijadorligini, safar uchun ajratiladigan mablagʻlardan maqsadli va oqilona foydalanishni taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14) tarkibiy boʻlinmalar xodimlari faoliyatining samaradorligi va natijadorligini muntazam ravishda tanqidiy tahlil qilish, yigʻilishlarda ularning shaxsiy hisobotlarini eshitish, ularning yakunlari boʻyicha zarur chora-tadbirlar koʻrish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15) Markaz xodimlarining Odob-axloq qoidalari talablariga rioya qilishini, tarkibiy boʻlinmalar xodimlari ushbu qoidalarga rioya etishini taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16) “Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni talablariga muvofiq Markaz tizimida korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish choralarini koʻrish, shuningdek, huquqni qoʻllash amaliyoti va qonun hujjatlarini takomillashtirishga doir chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish orqali ularning sodir etilishiga koʻmaklashuvchi sabablar va shart-sharoitlarni aniqlash, tahlil qilish, bartaraf etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17) Markaz rahbariyatiga davlat xizmatlarining samaradorligi, sifatini va ulardan erkin foydalanishni oshirishga doir takliflar kiritish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18) jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqish, “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni bilan belgilangan muddatlarda va tartibda aholi bilan toʻgʻridan toʻgʻri va ochiq muloqotni yoʻlga qoʻyish, jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslar vakillarini muntazam ravishda shaxsan qabul qilish, shu jumladan joylarga borib qabul qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari bilan samarali hamkorlik qilish, ularning faoliyatida faol ishtirok etish, jismoniy va yuridik shaxslarning Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Virtual qabulxonasiga tushgan murojaatlarini oʻz vaqtida va toʻlaqonli koʻrib chiqish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20) davlat siriga kiritilgan maʼlumotlar va maxfiy axborot bilan ishlashda qonun hujjatlari talablariga rioya qilish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25. Quyidagilar hududiy boshqarmalar rahbarlarining asosiy funksional vazifalari hisoblanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1) Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari talablariga, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga rioya qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2) hududiy boshqarmalar faoliyatiga umumiy rahbarlik qilish, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Vazirlar Mahkamasining tegishli qarorlari va boshqa qonun hujjatlari va Markaz buyruqlari bilan ularga yuklangan vazifalar va funksiyalar bajarilishini tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3) hududiy boshqarmalar faoliyati bilan bogʻliq prognoz koʻrsatkichlarga erishishni soʻzsiz taʼminlash boʻyicha amaliy chora-tadbirlarni ishlab chiqish va qabul qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qarorlari va topshiriqlari ijrosini taʼminlash, ijro intizomini mustahkamlash boʻyicha kompleks amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek ijro intizomi mustahkamlanishi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari hamda barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaxsiy javobgarligi toʻgʻrisida” 2017-yil 11-apreldagi PQ-2881-son qaroriga va Vazirlar Mahkamasining “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1999-yil 12-yanvardagi 12-son qaroriga muvofiq topshiriqlarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishi uchun hududiy boshqarmalar xodimlarining shaxsiy masʼuliyatini oshirish chora-tadbirlarini koʻrish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5) Markaz hayʼati qarorlari, Markaz direktori va uning oʻrinbosarlarining buyruqlari va topshiriqlari oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6) kasb-hunar taʼlimi sohasiga kiradigan masalalar yuzasidan mahalliy davlat hokimiyati organlari va kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish sektorlari bilan hamkorlik qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7) oʻz oʻrinbosarlari vakolatlarini belgilash, ular oʻrtasida vazifalarni taqsimlash, hududiy boshqarmalarning boshqa mansabdor shaxslari vakolatlarini belgilash, Markazning hududiy boshqarmalari faoliyatining alohida uchastkalariga rahbarlik qilish uchun oʻz oʻrinbosarlari va boshqa mansabdor shaxslarning shaxsiy javobgarlik darajasini belgilash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8) Markazning hududiy boshqarmalari faoliyatini rejalashtirishni tashkil etish, hududiy boshqarmalar va oʻz oʻrinbosarlarining har choraklik ish rejalarini tasdiqlash, ularning bajarilishi yuzasidan nazoratni taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9) Markazning hududiy boshqarmalarda kadrlarni tanlash va joy-joyiga qoʻyish, ularning samarali faoliyat koʻrsatishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, hududiy boshqarmalar kadrlar zaxirasini shakllantirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10) Markaz direktori nomenklaturasiga kiradigan boʻsh lavozimlarga taklif etilgan kadrlarning, shuningdek, hududiy boshqarmalarga ishga qabul qilinayotgan boshqa kadrlarning professional darajasini amaliy tajribaga, yuksak darajada ishlash xususiyatlariga va maʼnaviy-axloqiy fazilatlarga ega ekanligining kafolatini taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11) hududiy boshqarmalar xodimlarini, oʻz oʻrinbosarlarini ragʻbatlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish masalalarini hal qilish, shu jumladan ular egallab turgan lavozimda qolishi maqsadga muvofiqligiga doir masalalarni koʻrib chiqish, ularning shaxsiy masʼuliyatini oshirish boʻyicha muntazam chora-tadbirlar koʻrish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12) hududiy boshqarmalar xodimlari tomonidan Markaz xodimlarining Odob-axloq qoidalari talablariga rioya etishini taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13) huquqni qoʻllash amaliyotini va qonun hujjatlarini takomillashtirishga doir chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish orqali hududiy boshqarmalar tizimida “Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni talablariga muvofiq korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish choralarini koʻrish, shuningdek, ularning sodir etilishiga koʻmaklashuvchi sabablar va shart-sharoitlarni aniqlash, tahlil qilish, bartaraf etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14) prognoz koʻrsatkichlarning bajarilishini muntazam tahlil qilish hamda hududiy boshqarmalar tomonidan ushbu koʻrsatkichlarga soʻzsiz erishishni taʼminlashga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlarni amalga oshirish boʻyicha Markaz direktorining mutasaddilik qiladigan oʻrinbosarlariga takliflar kiritish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15) hududiy boshqarmalar xodimlari faoliyatining samaradorligi va natijadorligini tizimli ravishda tanqidiy tahlil qilish, yigʻilishlarda ularning shaxsiy hisobotlarini eshitish, ularning yakunlari boʻyicha zarur chora-tadbirlar koʻrish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16) hududiy boshqarmalar faoliyatiga oid masalalar boʻyicha qonun hujjatlarini takomillashtirish, shuningdek, davlat xizmatlari samaradorligi, sifatini va ulardan erkin foydalanishni oshirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish hamda ularni koʻrib chiqish uchun Markaz rahbariyatiga kiritish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17) kasb-hunar kollejlari faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18) jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqish, “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni bilan belgilangan muddatlarda va tartibda aholi bilan toʻgʻridan toʻgʻri va ochiq muloqotni yoʻlga qoʻyish, jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning vakillarini muntazam ravishda shaxsan qabul qilish, shu jumladan, joylarga borib qabul qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari bilan samarali hamkorlik qilish, ularning faoliyatida faol ishtirok etish, jismoniy va yuridik shaxslarning Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Virtual qabulxonasiga tushgan murojaatlarini oʻz vaqtida va toʻlaqonli koʻrib chiqish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20) hududiy boshqarmalar xodimlarining lavozim maoshiga mukofotlar, ustamalar toʻlash, ularga moddiy yordam berish, ularni mukofotlash, ragʻbatlantirish va ularga nisbatan intizomiy chora qoʻllash toʻgʻrisida qaror qabul qilish, davlat mukofotlari va idoraviy mukofotlar bilan taqdirlash toʻgʻrisida Markazga takliflar kiritish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21) davlat sirini yoki qonun bilan qoʻriqlanadigan boshqa sirni tashkil etuvchi maʼlumotlarning himoya qilinishini taʼminlash.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6-bob. Markaz rahbarlarining javobgarligi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
26. Markaz direktori:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1) Markazga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2) ushbu Nizomning 17-bandida nazarda tutilgan Markazning javobgarlik sohalari boʻyicha;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3) ushbu Nizomning 22-bandida koʻrsatilgan oʻz funksional vazifalarining sifatli bajarilishi uchun shaxsan javob beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
27. Markaz oʻrinbosarlari:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1) Markazning mutasaddilik qilinadigan tarkibiy boʻlinmalarida Markazga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2) ushbu Nizomning 17-bandida nazarda tutilgan Markazning mutasaddilik qilinadigan masalalarga doir javobgarlik sohalari boʻyicha;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3) ushbu Nizomning 23-bandida koʻrsatilgan oʻz funksional vazifalarining sifatli bajarilishi uchun shaxsan javob beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
28. Markaziy apparat tarkibiy boʻlinmalari rahbarlari:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1) tegishli tarkibiy boʻlinmalarga yuklangan vazifalar va funksiyalarning amalga oshirilishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2) ushbu Nizomning 19-bandida nazarda tutilgan markaziy apparatning javobgarlik sohalari boʻyicha;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3) ushbu Nizomning 24-bandida koʻrsatilgan oʻz funksional vazifalarining sifatli bajarilishi uchun shaxsan javob beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
29. Hududiy boshqarmalar rahbarlari:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1) hududiy boshqarmalarga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2) ushbu Nizomning 21-bandida nazarda tutilgan hududiy boshqarmalarning javobgarlik sohalari boʻyicha;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3) ushbu Nizomning 25-bandida koʻrsatilgan oʻz funksional vazifalarining sifatli bajarilishi uchun shaxsan javob beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7-bob. Markaz faoliyatini tashkil etish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-§. Markaz rahbariyati
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
30. Markazga Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining taqdimnomasiga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan Markaz direktori — Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining birinchi oʻrinbosari boshchilik qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
31. Markaz direktorining ikki nafar oʻrinbosari, shu jumladan bir nafar birinchi oʻrinbosari boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
32. Markaz direktorining oʻrinbosarlari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
33. Markaz direktori boʻlmagan vaqtda uning vakolatlari vazifalar taqsimotiga binoan uning oʻrinbosarlari tomonidan bajariladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
34. Hududiy boshqarmalar boshliqlari tegishli ravishda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari bilan kelishilgan holda Markaz direktori tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
35. Markaz direktori Markazning tarkibiga kiruvchi boshqa tashkilotlar rahbarlarini belgilangan tartibda lavozimga tayinlaydi va lavozimdan ozod etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
36. Markaz direktori markaziy apparat boshqarmalari va boʻlimlari, hududiy boshqarmalar toʻgʻrisidagi nizomni, Markaz tarkibiga kiruvchi boshqa tashkilotlarning ustavlarini belgilangan tartibda tasdiqlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-§. Markaziy apparat tarkibiy boʻlinmalarining hududiy boshqarmalar va Markaz tarkibiga kiruvchi boshqa tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorlik tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
37. Markaziy apparat tarkibiy boʻlinmalarining hududiy boshqarmalar va Markaz tarkibiga kiruvchi boshqa tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorligi markaziy apparat tarkibiy boʻlinmalarining rahbarlari tomonidan taʼminlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Markaziy apparatning tarkibiy boʻlinmalari hududiy boshqarmalar va Markaz tarkibiga kiruvchi boshqa tashkilotlar bilan oʻz faoliyati yoʻnalishlari boʻyicha hamkorlik qilish doirasida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1) topshiriqlarni hududiy boshqarmalarga va Markaz tarkibiga kiruvchi boshqa tashkilotlarga yetkazadi hamda ularning bajarilishini nazorat qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2) hududiy boshqarmalarga va Markaz tarkibiga kiruvchi boshqa tashkilotlarga tarkibiy boʻlinmalarning bevosita faoliyati masalalari boʻyicha soʻrovlar yuboradi hamda ularning ijro etilishini nazorat qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3) hududiy boshqarmalar va Markaz tarkibiga kiruvchi boshqa tashkilotlarning faoliyat yuritish amaliyotini tekshiradi va oʻrganadi, umumlashtiradi, uni takomillashtirishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va qabul qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4) hududiy boshqarmalar va Markaz tarkibiga kiruvchi boshqa tashkilotlar faoliyatini tashkil etish va faoliyati natijalari toʻgʻrisida hisobot va axborot materiallari, statistika maʼlumotlari va boshqa maʼlumotlar oʻrganilishini tashkil etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5) hududiy boshqarmalar va Markaz tarkibiga kiruvchi boshqa tashkilotlarning ish rejalarini tahlil qiladi, faoliyatini rejalashtirishni takomillashtirishga doir chora-tadbirlar koʻradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6) hududiy boshqarmalar va Markaz tarkibiga kiruvchi boshqa tashkilotlardan tushgan takliflarni koʻrib chiqadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7) normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlashda hududiy boshqarmalar va Markaz tarkibiga kiruvchi boshqa tashkilotlarning ishtirokini tashkil etadi, kasb-hunar taʼlimi sohasida qonun hujjatlarini takomillashtirish boʻyicha ulardan tushgan takliflarni koʻrib chiqadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
38. Hududiy boshqarmalar va Markaz tarkibiga kiruvchi boshqa tashkilotlar markaziy apparatning tarkibiy boʻlinmalari bilan hamkorlik qiladi, shu jumladan:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1) Markaz rahbariyati topshiriqlarining ijrosi haqida axborot beradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2) kasb-hunar taʼlimi sohasida qonun hujjatlarini amalga oshirish boʻyicha faoliyat natijalari toʻgʻrisida markaziy apparatga axborot taqdim etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3) ularning faoliyatini tekshirish va oʻrganish natijasida aniqlangan kamchiliklarni va qoidabuzarliklarni bartaraf etish natijalari toʻgʻrisida maʼlumot beradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4) oʻz faoliyati natijalari toʻgʻrisidagi hisobotlarni belgilangan tartibda va muddatlarda markaziy apparatga taqdim etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5) kasb-hunar taʼlimi muammolarini hal qilishga qaratilgan takliflarni markaziy apparatga yuboradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6) kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish sektorlari bilan oʻzaro hamkorlik natijalari toʻgʻrisida axborot beradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7) vakolatli organlar tomonidan oʻtkazilgan oʻz faoliyatini tekshirish natijalari toʻgʻrisida xabar beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
39. Markaziy apparat tarkibiy boʻlinmalari, hududiy boshqarmalar hamda Markaz tarkibiga kiruvchi boshqa tashkilotlarning oʻzaro hamkorligi jarayonida yuzaga keladigan kelishmovchiliklar Markaz direktorining topshirigʻiga binoan tegishli oʻrinbosari tomonidan koʻrib chiqiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar koʻrib chiqishdan keyin kelishmovchiliklar hal etilmasa, bevosita Markaz direktori ularni bartaraf etish boʻyicha qaror qabul qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-§. Markazning davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorligi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
40. Markaz oʻz vazifalari va funksiyalarini amalga oshirishda davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hududiy boshqarmalar oʻz vakolati doirasida davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining hududiy boʻlinmalari va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
41. Hududiy boshqarmalar tegishli hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha “yoʻl xaritalari”ni ishlab chiqishda va amalga oshirishda kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha sektorlar bilan oʻzaro yaqin hamkorlik qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
42. Markaz faoliyatiga Vazirlar Mahkamasining tegishli kompleksi rahbari va Vazirlar Mahkamasining axborot-tahlil departamentlari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devonining tegishli xizmati mutasaddilik qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-§. Markaz hayʼati
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
43. Markazda Markaz direktori (hayʼat raisi), Markaz direktorining oʻrinbosarlari (lavozimi boʻyicha), shuningdek, Markaz faoliyatining asosiy yoʻnalishlarini muvofiqlashtiruvchi Markaz tarkibiy boʻlinmalari rahbarlaridan iborat tarkibda hayʼat tuziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hayʼat tarkibining soni va shaxsiy tarkibi Markaz direktorining taqdimnomasiga binoan Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
44. Hayʼatga quyidagi vazifalar yuklanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Markaz faoliyatining asosiy yoʻnalishlarini ishlab chiqish va amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonun hujjatlarida belgilangan vazifalar oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirilishini taʼminlash uchun kasb-hunar taʼlimi tizimi xodimlari va rahbarlarining shaxsiy javobgarligini oshirish choralarini koʻrgan holda, hududiy boshqarmalar va Markaz tarkibiga kiruvchi boshqa tashkilotlar rahbarlarining hisobotlari muntazam ravishda eshitilishini tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Markaz faoliyatining kasb-hunar taʼlimi sohasida keng dunyoqarash, chuqur bilimga ega boʻlgan, hozirgi bozor sharoitlarida muayyan kasb-hunar va ish koʻnikmalarini egallagan yoshlarni tayyorlashga yoʻnaltirilgan yagona davlat siyosatini olib borish, kasb-hunar taʼlimi sohasida maqsadli vazifalar va ustuvor yoʻnalishlarni roʻyobga chiqarish boʻyicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarning natijadorligini har chorakda muntazam koʻrib chiqish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
joylarda kasb-hunar taʼlimining dolzarb masalalari muhokama qilinishini taʼminlagan holda, hayʼatning kengaytirilgan sayyor majlislari oʻtkazilishini tashkil etish, shuningdek, yuzaga kelgan muammolarni bartaraf etish boʻyicha tegishli qarorlarni ishlab chiqish va qabul qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Markaziy apparatga va uning tizimiga kiradigan lavozimlar nomenklaturasini koʻrib chiqish va tasdiqlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Markaz nomenklaturasiga kiradigan lavozimlarga kadrlarni tanlash, joy-joyiga qoʻyish masalalarini koʻrib chiqish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qarorlari va topshiriqlari bilan belgilangan vazifalar oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini taʼminlash uchun Markaz rahbarlari va xodimlarining ijro intizomini mustahkamlash va shaxsiy javobgarligini oshirish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hayʼat Markaz vakolatiga kiritilgan boshqa masalalarni ham koʻrib chiqishga haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
45. Hayʼat majlisiga Markaz vakolatiga kiradigan masalalar yuzasidan davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, boshqa tashkilotlar rahbarlari taklif etilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
46. Hayʼat, agar uning majlisida hayʼat tarkibining yarmidan koʻpi qatnashsa, vakolatli hisoblanadi. Koʻrib chiqilayotgan masalalar yuzasidan qarorlar oddiy koʻpchilik ovoz bilan qabul qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
47. Hayʼat qarorlari Markaz direktorining buyruqlari bilan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
48. Markaz direktori va hayʼat aʼzolari oʻrtasida kelishmovchiliklar yuzaga kelgan taqdirda, Markaz direktori yuzaga kelgan kelishmovchiliklar haqida Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziriga va Vazirlar Mahkamasining mutasaddilik qiladigan kompleksi rahbariga axborot bergan holda mustaqil ravishda qaror qabul qiladi. Shuningdek, hayʼat aʼzolari ham Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziriga va Vazirlar Mahkamasining mutasaddilik qiladigan kompleksi rahbariga oʻz fikrini maʼlum qilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
49. Hayʼat faoliyatining tartibi uning hayʼat tomonidan tasdiqlanadigan reglamenti bilan belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-§. Markaz Ilmiy metodik kengashi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
50. Markazda Ilmiy metodik kengash jamoatchilik asosida faoliyat yuritadi. Kengash tarkibi har 3 yilda bir marta Markaz direktorining buyrugʻi bilan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
51. Ilmiy metodik kengash:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat taʼlim standartlari, oʻquv rejalar, dasturlar, darslik va oʻquv qoʻllanmalari mazmunini takomillashtirish boʻyicha ilgʻor tajribalar asosida tavsiyalar ishlab chiqadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ilgʻor pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini, shuningdek, kasb-hunar taʼlimi sohasidagi ilmiy izlanishlar natijalarining taʼlim jarayonida qoʻllanilishini rivojlantirish masalalarni koʻrib chiqadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ilmiy metodik kengash kasb-hunar taʼlimini metodik taʼminlashni mustahkamlashga qaratilgan boshqa masalalarni ham koʻrib chiqishga haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
52. Ilmiy metodik kengash yigʻilishlariga Markaz vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha boshqa vazirliklar va idoralar, ish beruvchi tashkilotlar vakillari taklif etilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
53. Ilmiy metodik kengash oʻz faoliyatini Markaz direktori tomonidan tasdiqlanadigan nizomga muvofiq amalga oshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8-bob. Markaz faoliyatining samaradorligi va natijadorligini baholash mezonlari va ish indikatorlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
54. Markaz faoliyatining samaradorligi va natijadorligi muntazam baholanishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
55. Markaz faoliyatining samaradorligi va natijadorligiga berilgan baholar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devonining tegishli xizmatlari bilan kelishilgan holda Vazirlar Mahkamasining mutasaddilik qiladigan kompleksi rahbari tomonidan tasdiqlanadigan Markaz faoliyatining samaradorligi va natijadorligini baholash mezonlari va ish indikatorlariga asoslanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
56. Markaz faoliyatining samaradorligi va natijadorligini baholash yakunlari boʻyicha:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Markaz rahbarlari va xodimlarini ragʻbatlantirish (mukofotlash) yoki intizomiy javobgarlikka tortish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Markaz faoliyatida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va uning faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari koʻriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Markaz faoliyatining samaradorligi va natijadorligini baholash tartibi va metodikasi qonun hujjatlariga koʻra belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9-bob. Markazni moliyalashtirish va moddiy-texnik taʼminlash, uning xodimlari mehnatiga haq toʻlash va ularni moddiy ragʻbatlantirish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
57. Markaziy apparat, hududiy boshqarmalar hamda Markaz tarkibiga kiruvchi boshqa tashkilotlarni moddiy-texnik taʼminlash va xodimlar mehnatiga haq toʻlash Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjeti mablagʻlari, shuningdek, qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga moliyalashtiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
58. Markaz xodimlariga Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining tegishli lavozimlari uchun belgilangan mehnatga haq toʻlash va moddiy ragʻbatlantirish shartlari qoʻllaniladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Markaz xodimlarining lavozim maoshlariga har oyda qoʻshiladigan ragʻbatlantirish xususiyatiga ega boʻlgan qoʻshimcha haqlar va ustamalar Markaz direktori tomonidan tasdiqlanadigan nizomga muvofiq toʻlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
59. Markaz xodimlariga oylik ish haqi toʻlash va ularni moddiy ragʻbatlantirish manbalari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti, budjet tashkilotini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlaridan va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10-bob. Markazning Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligiga, Vazirlar Mahkamasiga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devonining tegishli xizmatiga va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga hisobot berishi
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
60. Markaz direktori Markazning faoliyati toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligiga, Vazirlar Mahkamasiga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devonining tegishli xizmatiga va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga muntazam ravishda hisobot beradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
61. Vazirlar Mahkamasining mutasaddilik qiladigan kompleksi rahbari Markaz rahbarlariga yuklangan vazifalarning samarali bajarilishi uchun ularning faoliyati boʻyicha muntazam monitoring olib boradi, Markaz faoliyatining samaradorligiga xolisona baho beradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
62. Monitoring va baholash yakunlari boʻyicha Markazning alohida oʻrnak koʻrsatgan rahbarlari, mansabdor shaxslari va xodimlari ragʻbatlantiriladi yoxud yoʻl qoʻyilgan jiddiy kamchiliklar uchun egallab turgan lavozimidan ozod etishgacha boʻlgan javobgarlikka tortiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11-bob. Yakunlovchi qoida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
63. Markazni qayta tashkil etish va tugatish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 25-maydagi 391-son qaroriga
2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblanayotgan ayrim qarorlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ROʻYXATI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Vazirlar Mahkamasining “2010-2011 oʻquv yilida Oʻzbekiston Respublikasining oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlim muassasalariga qabul toʻgʻrisida” 2010-yil 1-iyuldagi 131-son qarorining (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2010-y., 26-27-son, 212-modda) 1-ilovasi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Vazirlar Mahkamasining “Tayanch kasb-hunar kolleji va uning filiallari toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2010-yil 19-avgustdagi 180-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2010-y., 8-son, 45-modda).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2011-yil 12-iyuldagi 204-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2011-y., 28-son, 291-modda).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2011-yil 26-avgustdagi 244-son qarori(Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2011-y., 8-son, 73-modda).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Vazirlar Mahkamasining “Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarini axborot-metodik taʼminlash xizmati faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 2014-yil 14-apreldagi 91-son qarori(Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2014-y., 16-son, 179-modda).
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.05.2018-y., 09/18/391/1273-son; 14.05.2019-y., 09/19/397/3123-son)