Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 01.07.2010 yildagi 131-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 01.07.2010 yildagi 131-son
Date of entry into force
01.07.2010
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2010/2011 OʻQUV YILIDA OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING OʻRTA MAXSUS, KASB-HUNAR TAʼLIM MUASSASALARIGA QABUL TOʻGʻRISIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Iqtisodiyotning real tarmoqlari va sohalarida talab qilingan yoʻnalishlar va mutaxassisliklar boʻyicha oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi olgan kadrlarni maqsadli va sifatli tayyorlashni taʼminlash, umumtaʼlim maktablarining 9-sinflari bitiruvchilarini oʻn ikki yillik taʼlim bilan toʻliq qamrab olish, shuningdek kasb-hunar kollejlari va akademik litseylarda oʻquv-taʼlim jarayonini tashkil etish tizimini mutaxassislarning kasb tayyorgarligiga qoʻyiladigan zamonaviy talablarni hisobga olgan holda yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 1-iyuldagi 334-f-son farmoyishi bilan tashkil etilgan Maxsus respublika komissiyasi (R.S. Azimov), Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazining kasb-hunar kollejlari va akademik litseylar bitiruvchilariga boʻlgan amaldagi talabni tanqidiy oʻrganish asosida ishlab chiqilgan:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tajriba tariqasida 2010/2011 oʻquv yilidan boshlab rivojlangan oʻquv-metodik va moddiy-texnika bazaga, yuqori malakali oʻqituvchilar va ishlab chiqarish taʼlimi ustalariga ega boʻlgan yetakchi kasb-hunar kollejlari negizida 1-ilovadagi* roʻyxatga muvofiq olisdagi ixtisosli kasb-hunar kollejlaridan tashkil etiladigan filiallari boʻlgan tayanch kasb-hunar kollejlarini tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
*1-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
respublika mintaqalari boʻyicha 2-ilovaga* muvofiq 20 ta kasb-hunar kollejini qayta ixtisoslashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
*2-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-ilovaga* muvofiq tibbiyot kollejlarini respublika oliy tibbiy taʼlim muassasalari huzuridagi akademik litseylarga aylantirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
*3-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-ilovaga* muvofiq tibbiyot kollejlarini respublikaning oliy tibbiy taʼlim muassasalariga biriktirish toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
*4-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim muassasalariga qabul qilish boʻyicha Davlat komissiyasi tomonidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi va boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ishlab chiqilgan 2010/2011 oʻquv yilida umumtaʼlim maktablarining 9-sinflari bitiruvchilarini akademik litseylar va kasb-hunar kollejlariga qabul qilishning umumiy parametrlari 5 va 5.1 — 5.13-ilovalarga* muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
*5, 5.1—5.13-ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim muassasalariga qabul qilish boʻyicha Davlat komissiyasi (A.N. Aripov) Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda bir hafta muddatda 2010/2011 oʻquv yilida viloyatlar, shaharlar va tumanlar boʻyicha har bir kasb-hunar kolleji va akademik litseyga umumtaʼlim maktablarining 9-sinflari bitiruvchilarini qabul qilish parametrlarini tasdiqlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim muassasalariga qabul qilish boʻyicha Davlat komissiyasiga zaruriyat boʻlganda, umumtaʼlim maktablarining 9-sinflari bitiruvchilarini oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlim muassasalarida oʻqitish bilan toʻliq qamrab olinishini taʼminlash maqsadida, akademik litseylar va kasb-hunar kollejlariga qabul qilish koʻrsatkichlariga oʻzgartirishlar kiritish huquqi berilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi, Xalq taʼlimi vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda 2010/2011 oʻquv yilida umumtaʼlim maktablarining 9-sinflari bitiruvchilarini akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarida oʻqishga qabul qilishning ushbu qaror bilan tasdiqlangan umumiy parametrlari bajarilishini hamda 2010-yil 10-avgustgacha boʻlgan muddatda Vazirlar Mahkamasiga qamrab olish natijalari boʻyicha yakuniy axborot taqdim etilishini taʼminlasinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Tayanch kasb-hunar kollejlarining asosiy faoliyati bilan birgalikda quyidagilar ularning muhim vazifalari deb hisoblansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻquv jarayoni sifatini oshirishga yoʻnaltirilgan oʻquv-metodik rahbarlik qilish va filiallar faoliyatini muvofiqlashtirish, zamonaviy taʼlim va axborot texnologiyalarini, masofadan turib oʻqitish tizimlarini va real iqtisodiyot tarmoqlari va sohalarida talab qilingan malakali mutaxassislarni tayyorlashning boshqa ilgʻor usullarini joriy etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat taʼlim standartlari talablariga qatʼiy muvofiq ravishda oʻquv dasturlari va metodik qoʻllanmalarni, oʻqitishning interaktiv usullarini ishlab chiqish va qoʻllashda filiallarga metodik va amaliy yordam berish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
filiallarda oʻquv-pedagogika va tarbiyaviy ishlarni olib borishni tashkil etishga tayanch kollejlarning yetakchi oʻqituvchilari va ishlab chiqarish taʼlimi ustalarini keng jalb etish, mutaxassislar tayyorlash boʻyicha yuqori natijalarga erishishda ish tajribasini almashishni tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tayanch kollejlarning moddiy-texnika va oʻquv-metodik bazasida filiallarning oʻquvchilari uchun ixtisosli mutaxassisliklar boʻyicha mahorat darslari va amaliy mashgʻulotlar oʻtkazilishini taʼminlash.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda tayanch kasb-hunar kolleji va uning filiallari toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. 2010-yil 1-sentabrdan boshlab:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tayanch kasb-hunar kollejlarining direktorlari, direktorning oʻquv, maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va ishlab chiqarish taʼlimi boʻyicha oʻrinbosarlari, metodistlari va ishlab chiqarish taʼlimi ustalarining bazaviy tarif stavkasiga filiallar bilan ishlash boʻyicha qoʻshimcha funksiyalarni bajarganligi uchun 20 foiz miqdorida oylik ustama;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tayanch kasb-hunar kollejlarining oʻqituvchilari tomonidan filialda oʻquv-pedagogik ishlar bajarilgan taqdirda ularning bazaviy stavkalariga 20 foiz miqdorida ustama joriy etilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi bilan birgalikda 2010-yil 1-sentabrgacha boʻlgan muddatda tayanch kollejlarning rahbarlari, oʻqituvchilari, metodistlari va ishlab chiqarish taʼlimi ustalari tomonidan filiallarda olib boriladigan ishlar uchun ularga ustamalar joriy etish tartibi toʻgʻrisidagi vaqtinchalik nizomni ishlab chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi tegishli oliy tibbiy taʼlim muassasalari bilan birgalikda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2010/2011 oʻquv yili boshlanguniga qadar tibbiyot akademik litseylari va tibbiy oliy taʼlim muassasalariga biriktirilgan kollejlarning oʻquv-laboratoriya bazasini inventarizatsiyadan oʻtkazsinlar, oʻquv dasturlarini tanqidiy qayta koʻrib chiqsinlar, ularni zarur oʻquv va metodik adabiyotlar va qoʻllanmalar bilan taʼminlasinlar, malakali pedagog kadrlar bilan, shu jumladan oliy taʼlim muassasalarining professor va oʻqituvchilarini faol jalb etish hisobiga butlasinlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oliy tibbiy taʼlim muassasalari tomonidan oʻquv-taʼlim jarayoni sifatini oshirishda, respublikaning davolash muassasalari bazasida oʻquvchilarning amaliy mashgʻulotlarini tashkil etishda, shuningdek oʻqituvchilar tarkibining malakasini oshirishda tibbiyot akademik litseylari va kollejlariga tizimli asosda har tomonlama metodik va amaliy yordam koʻrsatilishini taʼminlasinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
manfaatdor vazirliklar va idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan birgalikda 2010/2011 oʻquv yili boshlanguniga qadar tayanch va qayta ixtisoslashtiriladigan kasb-hunar kollejlarining moddiy-texnika bazasi mustahkamlanishini, zarur oʻquv-laboratoriya uskunalari, oʻquv va metodik adabiyotlar bilan jihozlanishini, shuningdek ularning malakali pedagog kadrlar bilan butlanishini taʼminlasin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi bilan birgalikda 2010/2011 oʻquv yili yakunlari boʻyicha, oʻtkazilgan eksperimentni tahlil qilish natijalari asosida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga tayanch kasb-hunar kollejlari va ularning filiallari faoliyatini, shuningdek ularning xodimlari mehnatini ragʻbatlantirish tizimini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida takliflar kiritsinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalariga qabul qilishning 2010/2011 oʻquv yili uchun belgilangan umumiy parametrlarini hisobga olgan holda kasb-hunar kollejlari va akademik litseylar taʼminoti uchun budjetdan belgilangan tartibda zarur mablagʻlar ajratsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Umumtaʼlim maktablarining 9-sinflari bitiruvchilarini akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarida oʻqitish bilan toʻliq qamrab olish boʻyicha ushbu qarorda belgilangan topshiriqlar bajarilishi hamda bunda paydo boʻladigan tezkor masalalar oʻz vaqtida hal etilishi uchun toʻliq javobgarlik tuman, shahar va viloyat hokimliklariga, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2010-yil 1-iyul,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
131-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 26-27-son, 212-modda)