Indexation by Ceneral legal classifier of legislation branches
Indexation by thematic directory of legislation
Sources of changes
Sources of publication
21.04.2022
14.12.2019
19.02.2019
01.02.2019
11.01.2019 01
05.10.2018
07.06.2018
12.04.2018
View
Рус
Eng
Ўзб
O’zb
O‘zb|Рус
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.06.00.00 Davlat xizmati (shuningdek, 05.10.05.00ga qarang);
2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Maʼmuriy tartib-taomillar / 02.08.06.04 Davlat xizmatlarini koʻrsatish]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat xizmati. Arxiv ishi]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat xizmatlari koʻrsatish tizimini jadal rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mamlakatimizda davlat xizmatlarini koʻrsatishning milliy tizimini tubdan isloh qilish boʻyicha keng miqyosda boshlangan ishlar doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzurida Davlat xizmatlari agentligi tashkil etildi (keyingi oʻrinlarda — Agentlik).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hozirgi vaqtda nafaqat tadbirkorlarga, balki aholiga ham eng zarur va talab yuqori boʻlgan davlat xizmatlarini “yagona darcha” tamoyili boʻyicha koʻrsatish maqsadida respublikaning har bir tuman va shaharlarini qamrab olgan Xalq qabulxonalari huzuridagi davlat xizmatlari markazlarining yagona tarmogʻi yaratildi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shu bilan birgalikda, amalga oshirilgan chora-tadbirlar va erishilgan yutuqlarga qaramasdan davlat xizmatlari koʻrsatish sohasida foydalanilmagan imkoniyatlar va hal etilmagan muammolar saqlanib qolmoqda. Xususan:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
birinchidan, bir qator tashkilotlarda bazaviy axborot tizimlarini joriy etish masalalari va ularning idoralararo integratsiya qilinishi past darajada ekanligi davlat xizmatlarini qulay va oʻz vaqtida koʻrsatishni taʼminlamayapti. Koʻrsatib oʻtilgan kamchiliklar, ayniqsa, Mudofaa vazirligi, Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi, Oliy va oʻrta-maxsus taʼlim vazirligi, Qurilish vazirligi, “Oʻztransgaz” AJ va barcha darajadagi mahalliy davlat hokimiyati organlariga taalluqlidir;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ikkinchidan, davlat organlari tomonidan jismoniy va yuridik shaxslar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, koʻchmas mulk obyektlari va boshqa hujjatlar reyestrlari alohida qogʻoz koʻrinishida yuritilishi, elektron arxivlarning mavjud emasligi elektron davlat xizmatlarini koʻrsatishda qiyinchiliklarga olib kelmoqda. Bu kabi salbiy amaliyot, ayniqsa, Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda — Davergeodezkadastr) va “Oʻzarxiv” agentligiga tegishlidir;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
uchinchidan, koʻpchilik davlat xizmatlari markazlari hanuzgacha yuqori tezlikdagi Internet tarmogʻiga ulanmaganligi idoralararo elektron hamkorlikning zarur darajada yoʻlga qoʻyilmasligiga sabab boʻlmoqda. Ushbu jiddiy muammolarni bartaraf etish uchun Agentlik, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi va “Oʻzbektelekom” AJ rahbarlari taʼsirchan choralar koʻrmayapti;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
toʻrtinchidan, davlat xizmatini koʻrsatuvchi vakolatli organlar va davlat xizmatlari markazlari lozim darajada zamonaviy kompyuter texnikasi va texnik vositalar bilan jihozlanmaganligi davlat xizmatlarini koʻrsatishning ilgʻor va innovatsion metodlarini joriy qilishga toʻsiq boʻlmoqda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
beshinchidan, davlat xizmatlari markazlari zarur bino va xonalar bilan taʼminlamaganligi talab yuqori boʻlgan koʻplab xizmatlarni koʻrsatish uchun tashrif buyuruvchilarni toʻliq va bir vaqtda qamrab olishga imkon bermaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oltinchidan, ruxsat berish va litsenziyalash jarayonlaridan oʻtish hamon murakkab va ortiqcha tartibga solinganligicha qolmoqda, davlat xizmatlarini olish jarayonida ortiqcha talablar va toʻsiqlarning mavjudligi shaffoflikning yoʻqolishiga, huquqni turlicha qoʻllash amaliyotiga va oqibatda suiisteʼmolchiliklar tez-tez sodir etilishiga va boshqa qoidabuzarliklarga olib kelmoqda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yettinchidan, axborot texnologiyalaridan foydalanish boʻyicha jismoniy va yuridik shaxslarning bilim darajasi va malakasi pastligicha qolmoqda, ularga hujjatlarni elektron shaklda taqdim etish va olishni oʻrgatish boʻyicha tashkillashtirilgan tizim mavjud emas.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Aholiga davlat xizmatlarini koʻrsatish milliy tizimining sifat jihatdan yangi bosqichga jadallik bilan oʻtishini taʼminlash maqsadida, shuningdek, 2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasi va Maʼmuriy islohotlar konsepsiyasini izchil amalga oshirish maqsadida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Agentlik, Davergeodezkadastr, “Oʻzarxiv” agentligi, shuningdek, davlat xizmatlarini koʻrsatish sohasidagi boshqa vazirlik va idoralarning ishi qoniqarsiz, deb topilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Quyidagilar koʻrsatib oʻtilgan vazirlik va idoralar, davlat xizmatlarini koʻrsatadigan boshqa vakolatli organlarning birinchi darajali vazifalari etib hisoblansin:
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat xizmatlarini koʻrsatish jarayonlarini yanada unifikatsiyalash va avtomatlashtirish maqsadida axborot tizimlari va axborot resurslarini yaratishga yagona texnologik yondashuvni taʼminlashni hisobga olgan holda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini jadallik bilan rivojlantirish va joriy etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
vazirliklar va idoralarning arxiv fondini raqamli koʻrinishga oʻtkazish va tegishli axborot resurslariga kirishga imkoniyat berishga doir chora-tadbirlarni amalga oshirishni yanada jadallashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yagona davlat reyestriga kiritilgan barcha davlat xizmatlari boʻyicha biznes jarayonlarning reinjiniringini amalga oshirish orqali davlat xizmatlarini koʻrsatish jarayonidagi tartibotlarni va ularni koʻrsatish muddatlarini tubdan qisqartirish, blank va shakllarni sezilarli darajada optimallashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat xizmatlarini koʻrsatish jarayoniga jalb etilgan xodimlarning oʻz lavozim majburiyatlarini soʻzsiz, oʻz vaqtida va sifatli bajarishini taʼminlash, ularning masʼuliyatini kuchaytirish, hozirgi zamon talablariga muvofiq ishlash koʻnikmalarini va madaniyatini oshirish, ular ishini obyektiv baholash mexanizmlarini joriy etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yuklatilgan vazifa va funksiyalardan kelib chiqqan holda muammolarni hal qilishda davlat organlari va tashkilotlarning davlat xizmatlarini koʻrsatishda ishtiroklari boʻyicha harakatlarni birlashtirish yuzasidan masʼuliyatlarini oshirish;
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Maʼmuriy tartib-taomillar / 02.08.06.04 Davlat xizmatlarini koʻrsatish]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
budjetdan tashqari jamgʻarmalar mablagʻlaridan ustuvor ravishda axborot tizimlari, dasturiy mahsulotlar, maʼlumotlar bazalarini belgilangan talablarga muvofiq ishlab chiqish va takomillashtirish, elektron davlat xizmatlarini joriy etish uchun foydalanish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi va Adliya vazirligi zamonaviy davlat xizmatlarini joriy etish masalalariga tegishli ravishda yondashmayotgan davlat organlarining mansabdor shaxslariga nisbatan qonun hujjatlarida belgilangan javobgarlik choralarini koʻrsin.
(2-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 20-apreldagi PF-113-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2022-y., 06/22/113/0330-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Kelgusida davlat xizmatlarini joriy etishni yanada jadallashtirishni taʼminlash va ularni koʻrsatishdagi zaif tomonlarni aniqlash uchun quyidagicha tartib oʻrnatilsin:
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Maʼmuriy tartib-taomillar / 02.08.06.04 Davlat xizmatlarini koʻrsatish]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2018-yilning 1-iyunidan ilovadagi roʻyxat boʻyicha davlat xizmatlari markazlari tomonidan tajriba tariqasida 70 — 100 turdagi talab yuqori boʻlgan davlat xizmatlari koʻrsatiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Maʼmuriy tartib-taomillar / 02.08.06.04 Davlat xizmatlarini koʻrsatish]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tajriba tariqasida joriy etiladigan davlat xizmatlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining fuqarolar huquqlarini himoya qilish, murojaatlar bilan ishlashni nazorat qilish va muvofiqlashtirish masalalari boʻyicha maslahatchisi tomonidan tasdiqlanadigan vaqtinchalik maʼmuriy reglamentlar qabul qilinadi;
(3-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 1-fevraldagi PF-5650-sonli Farmoni tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tajriba tariqasida joriy etiladigan davlat xizmatlari roʻyxati aholining dolzarb ehtiyojlari asosida shakllantiriladi va Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining taklifiga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining fuqarolar huquqlarini himoya qilish, murojaatlar bilan ishlashni nazorat qilish va muvofiqlashtirish masalalari boʻyicha maslahatchisi boʻlinmalari tomonidan tasdiqlanadi;
(3-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 1-fevraldagi PF-5650-sonli Farmoni tahririda)
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Maʼmuriy tartib-taomillar / 02.08.06.04 Davlat xizmatlarini koʻrsatish]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tajriba tariqasida joriy etiladigan davlat xizmatlari roʻyxatiga kiritilgan davlat xizmatlari faqat davlat xizmatlari markazlari orqali taqdim etiladi;
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Maʼmuriy tartib-taomillar / 02.08.06.04 Davlat xizmatlarini koʻrsatish]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat xizmatlarini koʻrsatish tajriba tariqasida joriy etilgan kundan boshlab vakolatli organ tomonidan davlat xizmatlarini koʻrsatish haqidagi arizalarni bevosita arizachilardan qabul qilish taqiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tegishli manfaatdor idoralar bilan birgalikda 2019-yilning 1-iyuniga qadar davlat xizmatlarini tajriba tariqasida koʻrsatish natijalariga koʻra, mazkur davlat xizmatlarini koʻrsatishni respublikaning barcha hududlarida joriy etish va davlat xizmatlari markazlarining faoliyatini takomillashtirish boʻyicha takliflar kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.07.00.00 Budjet tizimining boshqa masalalari / 07.07.02.00 Davlat jamgʻarmalari / 07.07.02.04 Vazirlik va idoralar jamgʻarmalari]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu bandda nazarda tutilgan chora-tadbirlarni moliyalashtirish manbalari etib Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamgʻarmasi, Budjetdan tashqari adliya organlari va muassasalarini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari, shuningdek, qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar belgilansin.
(3-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 20-apreldagi PF-113-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2022-y., 06/22/113/0330-son)
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.08.00.00 Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar / 03.08.07.00 Boshqa ashyoviy huquqlar / 03.08.07.02 Operativ boshqarish huquqi]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ikki hafta muddatda davlat xizmatlari markazlarini tuman (shahar)ning transport kesishuvlari fuqarolar uchun qulay boʻlgan markaziy qismida joylashgan binolarga, birinchi navbatda, kasb-hunar kollejlari va akademik litseylar binolarini operativ boshqaruv huquqi asosida berish orqali, koʻchirib oʻtkazishni nazarda tutuvchi hukumat qarorini qabul qilsin.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.05.00 Budjet tashkilotlari va muassasalarini moliyalashtirish;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.05.00 Davlat-xususiy sheriklik]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoraqalpogʻiston Respublikasining Vazirlar Kengashiga, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga davlat xizmatlari markazlarining yangi binolarini faqat budjetdan tashqari manbalardan, ayniqsa, davlat-xususiy sherikchilik asosida barpo etish huquqi berilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi va boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda davlat xizmatlarini koʻrsatish amaliyotini tanqidiy va chuqur oʻrganish, aholi orasida soʻrovlar oʻtkazish orqali sifatiga nisbatan norozilik kelib chiqayotgan davlat xizmatlarini aniqlagan va ularni takomillashtirish boʻyicha zarur choralarni koʻrgan holda har chorakda talab yuqori boʻlgan davlat xizmatlarini baholab borsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Belgilab qoʻyilsinki:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2019-yil 1-yanvardan boshlab elektron davlat xizmatlarini koʻrsatish doirasida idoralararo elektron hamkorlik amalga oshirilayotganda jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami, soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami hamda koʻchmas mulk obyektlarining kadastr raqamidan foydalanish majburiy hisoblanadi;
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Maʼmuriy tartib-taomillar / 02.08.06.04 Davlat xizmatlarini koʻrsatish;
2.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.08.00 Bepul foydalanish]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2018-yil 1-iyulgacha Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi “Yangi texnologiyalar” ilmiy-axborot markazi” DUKning elektron raqamli imzo kalitlari sertifikatlari ushbu qarorning ilovasida koʻrsatilgan davlat xizmatlari markazlari tomonidan fuqarolarga bepul beriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat axborot tizimlarini yaratish va qoʻllab-quvvatlash boʻyicha yagona integrator, uning pudratchi (subpudratchi) tashkilotlari axborot tizimlarini, resurslari, maʼlumot bazalari, dasturiy taʼminot mahsulotlarini ishlab chiqish, shuningdek, Adliya vazirligi, uning hududiy boshqarmalari va davlat xizmatlari markazlarini zarur apparat-dasturiy komplekslari bilan jihozlash ishlarini texnik va loyiha hujjatlarini Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzuridagi “Loyiha va import shartnomalarini kompleks ekspertizadan oʻtkazish markazi” DUKda tezlashtirilgan tartibda kelishgandan soʻng amalga oshiradi.
(6-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 20-apreldagi PF-113-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2022-y., 06/22/113/0330-son)
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.02.00.00 Axborot va axborotlashtirish sohasida boshqaruv. Elektron hukumat / 12.02.04.00 Boshqa masalalar;
2.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat personallashtirish markazi Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda keyinchalik “Elektron hukumat” tizimi bilan integratsiya qilish maqsadida uch oy muddatda oʻzlarining axborot tizimlaridagi fuqarolar shaxsiy maʼlumotlari toʻgʻrisidagi axborotlarni yangilashni taʼminlasin.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 4-oktabrdagi PQ-3961-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.10.2018-y., 07/18/3961/2002-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Davergeodezkadastr:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tegishli aholi punktlari, koʻchalar, tor koʻchalar va boshqalarga unikal kodlar bergan holda koʻchmas mulk obyektlari manzillari yagona reyestrini shakllantirishni va yuritishni taʼminlasin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda koʻchmas mulk obyektlarining manzillari reyestrini shakllantirish va yuritish tartibini ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Markaziy banki Adliya vazirligi va Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda 2019-yil 1-yanvargacha boʻlgan muddatda elektron davlat xizmatlarini koʻrsatganlik uchun boj, yigʻim va boshqa toʻlovlarni onlayn tarzda amalga oshirish mexanizmini joriy etishni taʼminlasin.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2019-yil 1-yanvargacha boʻlgan muddatda barcha davlat xizmatlari markazlari optik tolali aloqa liniyalariga ulanishini taʼminlasin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2018-yil 1-sentabrgacha boʻlgan muddatda telefon orqali kelib tushadigan murojaatlarni saqlash imkoniyatini yaratgan holda qoʻngʻiroqlarni qayta ishlash tizimini yaratsin va amalga kiritsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agentlik bilan birgalikda 2018-yil 1-dekabrga qadar talab yuqori boʻlgan elektron davlat xizmatlarini koʻrsatish uchun ixtisoslashgan mobil ilovaning ishlab chiqilishi va joriy etilishini taʼminlasin;
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agentlik bilan birgalikda 2019-yil 1-yanvargacha boʻlgan muddatda axborot tizimlarini, resurslari, maʼlumot bazalari, dasturiy taʼminot mahsulotlarini ishlab chiqish, shuningdek, Agentlik, uning hududiy boshqarmalari va davlat xizmatlari markazlarini zarur apparat-dasturiy komplekslari bilan jihozlashni taʼminlasin;
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.02.00.00 Axborot va axborotlashtirish sohasida boshqaruv. Elektron hukumat / 12.02.04.00 Boshqa masalalar;
2.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat organlari va boshqa tashkilotlar bilan birga ularning axborot va telekommunikatsiya tizimlari, maʼlumotlar bazalari, server va boshqa jihozlarini xatlovdan oʻtkazib, “Elektron hukumat” tizimi va Agentlikning axborot tizimlariga integratsiya qilsin, shuningdek, idoralararo elektron hamkorlikni joriy etsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mazkur bandda koʻrsatilgan chora-tadbirlarni moliyalashtirish manbasi etib Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish fondi mablagʻlari va davlat organlarining budjetdan tashqari mablagʻlari belgilansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Davlat xizmatlari koʻrsatuvchi davlat organlari va boshqa tashkilotlar quyidagilarni taʼminlasin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat xizmatlarini koʻrsatish uchun zarur boʻlgan, qogʻoz shaklda saqlanayotgan maʼlumotlarni, elektron maʼlumotlar bazalarini shakllantirish va idoralararo elektron hamkorlikni yoʻlga qoʻyishni nazarda tutgan holda, bosqichma-bosqich raqamli koʻrinishga keltirish;
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ortiqcha tartibotlarni yoʻqotish va byurokratik unsurlarni kamaytirishni nazarda tutgan holda koʻrsatilayotgan davlat xizmatlarini maqbullashtirish, natijalarga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi va Adliya vazirligi bilan kelishgan holda ularni elektron shaklga oʻtkazish boʻyicha chora-tadbirlar rejalari ishlab chiqish;
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻzlarining idoraviy axborot tizimlari va resurslarini “Elektron hukumat” va Agentlik axborot tizimlari bilan integratsiya qilish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda chora-tadbirlarning qisqa muddatlarda ijro etilishini nazarda tutgan holda mazkur band ijrosini taʼminlash boʻyicha qaror qabul qilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Vazirliklar, idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari rahbarlariga moddiy-texnik vositalarni oʻz vaqtida xarid qilish, “Elektron hukumat” va Adliya vazirligi tizimlariga integratsiya qilish imkoniyatini hisobga olgan holda axborot tizimlari, resurslari va maʼlumotlar bazalarini yaratish va takomillashtirish, davlat xizmatlari markazlari va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida davlat xizmatlarini oʻz vaqtida va sifatli yoʻlga qoʻyish uchun shaxsiy javobgarlik yuklatilsin.
(13-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 20-apreldagi PF-113-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2022-y., 06/22/113/0330-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.10.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti / 01.10.03.00 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi;
2.18.00.00.00 Prokuratura. Advokatura. Notariat. Yuridik xizmat. Adliya organlari. FHDY organlari / 18.01.00.00 Prokuratura / 18.01.01.00 Umumiy qoidalar]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Adliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi bilan birgalikda har chorak yakuniga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga davlat xizmatlarini yoʻlga qoʻyish va ularni elektron shaklga oʻtkazishda masʼuliyatsizlikka yoʻl qoʻyayotgan aniq shaxslarni koʻrsatgan holda mazkur qarorning amalga oshirilishi boʻyicha maʼlumot kiritib borsin.
(13-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 1-fevraldagi PF-5650-sonli Farmoni tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2018-yilning 1-iyuniga qadar Agentlikning asoslantirilgan soʻrovlari boʻyicha xalqaro moliya institutlarining grantlarini jalb qilgan holda davlat xizmatlari markazlarini zarur asbob-uskuna va jihozlar bilan taʼminlash loyihalarini moliyalashtirish boʻyicha aniq takliflar kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agentlik 2018-yilning 1-mayiga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasiga davlat xizmatlari markazlarini zarur asbob-uskuna va jihozlar bilan taʼminlash loyihalarini moliyalashtirish boʻyicha asoslantirilgan takliflar kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
[OKOZ:
1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.02.00.00 Bojxona tarifini tartibga solish / 10.02.07.00 Tarif imtiyozlari va prefensiyalar]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
181. Multimedia markazining zamonaviy telestudiyasini tashkil etish uchun belgilangan tartibda shakllantiriladigan roʻyxatlar boʻyicha olib kiriladigan televizion uskunalar jamlanmasi, uchuvchisiz uchish apparatlari, kompyuter texnikasi, dasturiy taʼminot va boshqa texnika vositalari bojxona toʻlovlaridan (bojxona rasmiylashtiruvi uchun yigʻimlardan tashqari) ozod etilsin.
(181-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-iyundagi PF-5456-sonli Farmoniga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.06.2018-y., 06/18/5456/1316-son)
(19-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 19-fevraldagi PQ-4196-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan)
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.08.00.00 Kasbiy tayyorgarlik, malaka oshirish va qayta tayyorlash]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Davlat xizmatlari markazlari va boshqa tashkilotlar mutaxassislarini jalb etgan holda 2018/2019 oʻquv yilidan boshlab barcha oʻrta va kasb-hunar taʼlim muassasalarining oxirgi kursida (sinfida) yoshlarning zarur bilim va koʻnikmalarini shakllantirishga qaratilgan “Davlat xizmatlaridan foydalanish madaniyati” mavzusida oʻquv seminarlari va ochiq darslarni oʻtkazish amaliyoti joriy etilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Kasb-hunar taʼlimi markazi Agentlik va Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda oʻquv seminarlari va ochiq darslarni tashkil etish dasturini ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yuristlar malakasini oshirish markazida ikki oy muddatda yuzaga keladigan nizoli masalalarni hal qilish, katta ish hajmiga ruhiy tayyorgarlik, muomala hamda davlat xizmatini koʻrsatish madaniyatini oshirishga qaratilgan oʻquv kurslarini tashkil etish hamda doimiy ravishda davlat xizmatlari markazlari rahbar va boshqa xodimlari oʻqishini taʼminlasin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat xizmatlari markazlari xodimlarining Yuristlar malakasini oshirish markazida oʻz vaqtida va toʻliq oʻqishi ustidan doimiy nazorat oʻrnatsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. Agentlik bir oy muddatda davlat xizmatlari markazlari xodimlari tomonidan fuqarolarga Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali xizmatlardan foydalanishning qulayligi va ustunligini, jumladan, aholiga mazkur tartibni chuqur oʻrgatish orqali ularning Internet tarmogʻidan murojaat qilishini ragʻbatlantirish amaliyotini joriy etsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.07.00.00 Budjet tizimining boshqa masalalari / 07.07.02.00 Davlat jamgʻarmalari / 07.07.02.04 Vazirlik va idoralar jamgʻarmalari]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining davlat xizmatlari markazlari orqali davlat xizmatlarini samarali joriy etganligi uchun davlat organlarining masʼul rahbarlari va xodimlarini har chorak yakuni boʻyicha Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamgʻarmasi hisobidan mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdori 3,52 baravarida ragʻbatlantirish mexanizmini joriy etish haqidagi taklifi maʼqullansin.
(23-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 20-apreldagi PF-113-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2022-y., 06/22/113/0330-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi T.A. Xudaybergenov, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchisining birinchi oʻrinbosari B.M. Mavlonov va Oʻzbekiston Respublikasining Bosh prokurori O.B. Murodov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2018-yil 11-aprel,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
PQ-3662-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 11-apreldagi PQ-3662-sonli qaroriga ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2018-yilning 1-iyunidan tajriba tariqasida 70 — 100 turdagi talab yuqori boʻlgan davlat xizmatlari koʻrsatiladigan davlat xizmatlari markazlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ROʻYXATI

Izoh: mazkur Roʻyxatga davlat xizmatlari markazlari bino va xonalarining tayyorligidan kelib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining fuqarolar huquqlarini himoya qilish, murojaatlar bilan ishlashni nazorat qilish va muvofiqlashtirish masalalari boʻyicha maslahatchisi tomonidan oʻzgartirish kiritilishi mumkin.
(ilovaning izohi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 1-fevraldagi PF-5650-sonli Farmoni tahririda)
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.04.2018-y., 07/18/3662/1060-son, 07.06.2018-y., 06/18/5456/1316-son, 05.10.2018-y., 07/18/3961/2002-son; 11.01.2019-y., 06/19/5624/2471-son, 14.12.2019-y., 06/19/5894/4161-son, Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2022-y., 06/22/113/0330-son)