05.03.2018 yildagi PF-5368-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 05.03.2018 yildagi PF-5368-son
Date of entry into force
06.03.2018
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Farmoni
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jismoniy tarbiya va sport sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yurtimizda jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish, aholi, ayniqsa, yoshlar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish uchun zarur shart-sharoitlar va infratuzilmani yaratish, mamlakatning xalqaro sport maydonlarida munosib ishtirok etishini taʼminlash borasida izchil chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shu bilan birga, jismoniy tarbiya va sportni tashkil etishda qator tizimli muammolar va kamchiliklarning mavjudligi ushbu sohada davlat siyosatini samarali olib borishga va mamlakatning mavjud sport salohiyatidan toʻliq foydalanishga toʻsqinlik qilmoqda. Xususan:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
birinchidan, ayniqsa, joylarda jismoniy tarbiya va sport boshqaruvining samarali yaxlit tizimi mavjud emasligi ushbu sohada davlat organlari va boshqa tashkilotlar faoliyatini lozim darajada muvofiqlashtirishni, sogʻlom turmush tarzini ommalashtirish va targʻib qilishni taʼminlamayapti;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ikkinchidan, mamlakatimizda ham ommaviy sport, ham oliy sport yutuqlari sohasida aniq vazifalar va maqsadli koʻrsatkichlarni belgilagan holda, oʻrta muddatli va uzoq muddatli istiqbolda jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish konsepsiyasi ishlab chiqilmagan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
uchinchidan, davlat-xususiy sheriklik shartlarida sportning zamonaviy moddiy-texnika bazasi va infratuzilmasini yaratish boʻyicha nodavlat sektor bilan oʻzaro munosabatlarning past darajada ekanligi ushbu sohada mavjud muammolarni samarali hal etishga imkon bermayapti;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
toʻrtinchidan, joylarda yoshlar orasidan iqtidorli sportchilarni tanlab olish (seleksiya)ning samarali va shaffof tizimi mavjud emasligi terma jamoalar tarkibini sifatli toʻldirish uchun sport zaxirasini shakllantirish va yuqori malakali sportchilarni tayyorlashni taʼminlashga toʻsqinlik qilmoqda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
beshinchidan, sport kadrlarini, ayniqsa boshqaruv kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishning amaldagi tizimi jismoniy tarbiya va sport boshqaruvi sohasida malakali mutaxassislarga boʻlgan ehtiyojni qondirish imkonini bermayapti;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oltinchidan, jismoniy tarbiya va sport sohasini qoʻllab-quvvatlashning faqat alohida sport turlarini rivojlantirishga yoʻnaltirilgan, nooqilona tizimi boshqa ommaviy olimpiya sport turlarini, eng avvalo, sport oʻyinlari va qishki sport turlarini rivojlantirishga eʼtibor qaratilmasligiga olib kelgan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yettinchidan, sportchilarni tayyorlash va ular tibbiy taʼminotining innovatsion tadqiqotlari va uslubiy ishlanmalari, zamonaviy talablarga javob beradigan standartlarining mavjud emasligi sifatli oʻquv-mashq jarayonining yoʻlga qoʻyilishini taʼminlamayapti;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sakkizinchidan, jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishga yoʻnaltirilgan moliyaviy mablagʻlar sarflanishining asosliligi va haqqoniyligi ustidan nazoratning, eng avvalo, ichki nazoratning moliyaviy mablagʻlardan oqilona foydalanishni taʼminlaydigan va ushbu sohada suiisteʼmolchiliklarni bartaraf etishga qaratilgan samarali mexanizmi shakllantirilmagan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
toʻqqizinchidan, xalqaro standartlarga javob beradigan sifatli mahalliy sport asbob-uskunalari va inventarlarini ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyilmagan, shuningdek, bunday ishlab chiqarishni qoʻllab-quvvatlashning taʼsirchan mexanizmi nazarda tutilmagan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jismoniy tarbiya va sport sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish, aholi, ayniqsa yoshlar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini keng targʻib qilish maqsadida, shuningdek, 2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasi va Oʻzbekiston Respublikasida Maʼmuriy islohotlar konsepsiyasida belgilangan vazifalarga muvofiq:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligi (keyingi oʻrinlarda — Vazirlik), Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Madaniyat va turizm vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki, Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi, Toshkent shahar hokimligi, sport federatsiyalari (assotsiatsiyalari)ning:
(1-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 15-yanvardagi PF-52-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.01.2022-y., 06/22/52/0029-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 15-yanvardagi PF-52-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.01.2022-y., 06/22/52/0029-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 26-avgustdagi PF-5787-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.08.2019-y., 06/19/5787/3650-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 15-yanvardagi PF-52-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.01.2022-y., 06/22/52/0029-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya instituti qoshidagi Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutini (keyingi oʻrinlarda — Institut) Vazirlik tasarrufiga berish, uni Toshkent shahar, Shayxontohur tumani, Koʻkcha Darvoza koʻchasi, 27-uy manzilda joylashtirish, Nukus, Samarqand va Fargʻona shaharlarida uning filiallarini tashkil qilish;
(1-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya instituti negizida Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetini (keyingi oʻrinlarda — Universitet) tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jahonning yetakchi ishlab chiqaruvchilarini jalb qilgan holda sport kiyimi, anjomlari va jihozlarini ishlab chiqaruvchi zamonaviy korxonalar faoliyatini tashkil etish uchun poytaxt mintaqasida “Sport” erkin iqtisodiy zonasini tashkil qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish hamda ommalashtirishda, mamlakatimizning xalqaro sport maydonidagi nufuzini oshirishda alohida xizmat koʻrsatgan jismoniy tarbiya va sport sohasi xodimlari hamda boshqa shaxslarni taqdirlash maqsadida “Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan jismoniy tarbiya va sport xodimi” faxriy unvonini taʼsis etish toʻgʻrisidagi takliflari qabul qilinsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 15-yanvardagi PF-52-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.01.2022-y., 06/22/52/0029-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Belgilansinki:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Universitet jismoniy tarbiya va sport sohasida ilmiy va oʻqituvchi kadrlar tayyorlash, shuningdek, soha mutaxassislarini oʻqitish hamda tayyorlashning ilgʻor usullarini ishlab chiqish va joriy etish boʻyicha respublikaning bazaviy oliy taʼlim, ilmiy-tadqiqot xamda ilmiy-uslubiy muassasasi hisoblanadi;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Institut maktabgacha taʼlim tashkilotlari, umumtaʼlim maktablari hamda oʻrta maxsus, professional taʼlim, shuningdek oliy taʼlim muassasalari jismoniy tarbiya oʻqituvchilari (instruktorlari), kafedra mudirlari, taʼlim muassasalari va sport tashkilotlari trenerlari hamda jismoniy tarbiya va sport sohasidagi boshqa mutaxassislarni qayta tayyorlash hamda malakasini oshirishni amalga oshiradi.
(3-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Quyidagilar ommaviy sportni rivojlantirish va isteʼdodli yoshlarni saralash (seleksiya) sohasida taʼlim muassasalarining ustuvor yoʻnalishlari etib belgilansin:
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
maktabgacha taʼlim tashkilotlarida — boshlangʻich gimnastika va harakatli oʻyinlar boʻyicha mashgʻulotlar olib borish orqali jismoniy rivojlantirish hamda salomatlikni mustahkamlash uchun tarbiyalanuvchilarda jismoniy tarbiya va sport mashgʻulotlariga qiziqishni shakllantirish;
(4-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 8-oktabrdagi PQ-4857-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.10.2020-y., 07/20/4857/1357-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
umumtaʼlim maktablarida — oʻquvchilar orasidan jismoniy tarbiya oʻqituvchilarini jalb qilgan holda isteʼdodli yoshlarni saralab olish (seleksiya) hamda sport maktablari sport zaxirasini shakllantirish maqsadida keyinchalik mintaqaviy sport musobaqalarida ishtirok etish uchun sinfdan tashqari sport toʻgaraklari va seksiyalari mashgʻulotlarini tashkil etish (haftasiga kamida 4 soatdan);
(4-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlim muassasalarida — oʻquvchilar orasidan jismoniy tarbiya oʻqituvchilari va sport turi boʻyicha trenerlarni jalb qilgan holda isteʼdodli yoshlarni saralash va ixtisoslashtirilgan sport maktablari sport zaxirasini shakllantirish maqsadida keyinchalik mintaqaviy hamda respublika sport musobaqalarida ishtirok etish uchun olimpiya va milliy sport turlari boʻyicha sinfdan tashqari sport toʻgaraklari hamda seksiyalari mashgʻulotlarini tashkil etish (haftasiga kamida 6 soatdan);
(4-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oliy taʼlim muassasalarida — isteʼdodli yoshlarni saralab olish (seleksiya) va sport turlari boʻyicha milliy terma jamoalari hamda respublika oliy sport mahorati maktablari sport zaxirasini shakllantirish maqsadida keyinchalik respublika va xalqaro sport musobaqalarida olimpiya va milliy sport turlari boʻyicha talabalar sport klublari hamda jamoalarini tashkil etish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga koʻra:
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
maktabgacha taʼlim tashkilotlari, umumtaʼlim maktablari, oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari jismoniy tarbiya oʻqituvchisi (instruktori) hamda oliy taʼlim muassasalari jismoniy tarbiya oʻqituvchisi va kafedra mudiri lavozimlariga xalqaro darajadagi sport musobaqalari gʻoliblari tayinlanishi mumkin;
(5-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 8-oktabrdagi PQ-4857-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.10.2020-y., 07/20/4857/1357-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oliy taʼlim muassasalarining jismoniy tarbiya oʻqituvchilari (kafedra mudirlari) oliy taʼlim muassasalari rahbarlari tomonidan Vazirlik vakili ishtirokida belgilangan tartibda oʻtkaziladigan tanlov natijalariga koʻra lavozimiga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi;
(5-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 22-fevraldagi PF-5668-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.02.2019-y., 06/19/5668/2652-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jismoniy tarbiya oʻqituvchisi (instruktor va kafedra mudirlari)ning ish faoliyati samaradorligini baholash oʻquvchi (talaba)larni jismoniy va kasbiy tayyorgarligi hamda ular orasidan iqtidorli sportchilarni tanlash (seleksiya)da, eng avvalo, erishilgan aniq natijalarni hisobga olgan reyting tizimi asosida amalga oshiriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jismoniy tarbiya oʻqituvchilari (instruktor va kafedra mudirlari)ni moddiy ragʻbatlantirish ular faoliyatining shaxsiy koʻrsatkichlarini reyting tizimida baholashga asosan amalga oshiriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tuman (shahar) sport va ommaviy-jismoniy tarbiya tadbirlarining yagona kalendar rejalari tegishli tuman (shahar) hokimlari tomonidan tasdiqlanadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
umumtaʼlim maktablari, oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi hamda oliy taʼlim muassasalari oʻquvchilari va talabalari oʻrtasida oʻtkaziladigan sport va ommaviy-jismoniy tarbiya tadbirlarini hamda ishtirokchilarni kiyim-kechak bilan taʼminlashni moliyalashtirish tegishliligi boʻyicha “Yoshlik”, “Barkamol avlod” va “Talaba” jismoniy tarbiya va sport jamiyatlari hisobidan amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Belgilab qoʻyilsinki, Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi Vazirlik bilan hamkorlikda yuqori malakali xorijiy sportchi, trener va boshqa mutaxassislarni olimpiya tayyorlash markazlari, sport federatsiya (uyushma)lari va boshqa sport tashkilotlarining oʻquv-mashgʻulot jarayonlariga keng jalb qilinishini taʼminlaydi.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 26-avgustdagi PF-5787-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.08.2019-y., 06/19/5787/3650-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Quyidagilar tashkil etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Samarqand viloyati Samarqand tumanida universal olimpiya tayyorgarligi va xalqaro musobaqalar oʻtkazish markazi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent viloyati Boʻstonliq tumanida joylashgan “Aziya-Chimgan” mehmonxonasi negizida milliy terma jamoalar uchun universal olimpiya tayyorgarligi markazi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jizzax viloyati Zomin tumanida “Aloqachi” sogʻlomlashtirish oromgohi negizida gimnastika sport turi boʻyicha olimpiya tayyorgarligi markazi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Namangan viloyati Chortoq tumanida serjantlar tayyorlash maktabi negizida sport oʻyinlari boʻyicha olimpiya tayyorgarligi markazi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumanida “Gulnora” sogʻlomlashtirish oromgohi negizida sport yakkakurashlari boʻyicha olimpiya tayyorgarligi markazi tashkil etilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi tashkil etilayotgan markazlar tasarrufida boʻlgan vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda ushbu obyektlarni barcha bino va inshoot majmualari bilan birga Oʻzbekiston Respublikasi Milliy olimpiya qoʻmitasi tasarrufiga begʻaraz oʻtkazilishini taʼminlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Belgilab qoʻyilsinki, sport tashkilotlari (idoralari) rahbarligi lavozimiga, avval shugʻullangan professional faoliyat turidan qatʼi nazar, oliy maʼlumotli hamda boshqaruv sohasida amaliy koʻnikmaga ega boʻlgan shaxslar tayinlanishi mumkin.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 13-iyuldagi PF-6261-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.07.2021-y., 06/21/6261/0667-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Olimpiya sport turlarini 2018 — 2021-yillarda keyinchalik rivojlantirish va ommalashtirish kompleks chora-tadbirlari dasturi ilovaga* muvofiq maʼqullansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Dasturda nazarda tutilgan tadbirlarni oʻz vaqtida, sifatli va toʻliq amalga oshirish uchun vazirlik, muassasa va boshqa tashkilotlar rahbarlarining shaxsiy javobgarligi belgilansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Vazirlik:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ikki oy muddatda jismoniy tarbiya oʻqituvchilari (instruktor, kafedra mudirlari) faoliyati samaradorligini baholashning reyting tizimi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlasin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2018-yil 1-mayga qadar Oʻzbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va sportni uzoq muddatli istiqbolga rivojlantirish konsepsiyasi loyihasini xalqaro mutaxassislarni jalb qilgan holda ishlab chiqsin va kiritsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
uch oy muddatda bolalar va oʻsmirlar sport maktablari, shu jumladan ixtisoslashtirilgan maktablarning ishlash tartibini tashkil etish tizimini tanqidiy jihatdan oʻrganib chiqish va natijasi boʻyicha ularning faoliyatini tartibga solish va takomillashtirish, tashkiliy-shtat tuzilmasini qayta koʻrib chiqish hamda ularni moliyalashtirish tizimini tartibga solish yuzasidan hukumat qarori loyihasini kiritsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan hamkorlikda uch oy muddatda sportchilar, jismoniy tarbiya oʻqituvchilari, yoʻriqchilari haqidagi maʼlumotlarni hamda taʼlim muassasalarida sport turlari boʻyicha imtihon qilish tizimi tahlillari natijalarini oʻz ichiga olgan Yagona axborot tizimi yaratilishini taʼminlasin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
uch oy muddatda Sogʻliqni saqlash vazirligi bilan hamkorlikda olimpiya sport turlari boʻyicha musobaqalar va oʻquv tayyorgarlik mashqlari davomida sportchilarni tibbiy taʼminlashni tashkil etish va kuzatib borish tartibini, shu jumladan sport tibbiyot muassasalari tarmoqlarini yaratishni oʻz ichiga olgan holda, tasdiqlash toʻgʻrisidagi hukumat qarori loyihasini kiritsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
uch oy muddatda Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi va Moliya vazirligi bilan hamkorlikda taʼlim muassasalari qoshida sport klublarini tashkil etish, faoliyat olib borishi hamda moliyalashtirilishi tartibini tasdiqlash toʻgʻrisidagi hukumat qarori loyihasini kiritsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
uch oy muddatda respublika hududida jismoniy tayyorgarlikni tashkil etishning yagona talablarini belgilashni taʼminlovchi, olimpiya sport turlari boʻyicha tayyorgarlikning yagona meʼyorlarini sport taʼlimi muassasalari faoliyatiga tatbiq etishni taʼminlasin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi bilan hamkorlikda 2018-yil 1-iyunga qadar sportning qishki va oʻyin turlarining rivojlanishi va ommalashishining amaldagi holatini har tomonlama va tanqidiy tahlilini hisobga olgan holda Oʻzbekiston Respublikasida sportning qishki va oʻyin turlarini yanada rivojlanishi yuzasidan takliflar tayyorlasin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi bilan hamkorlikda respublika olimpiya zaxiralari maktab-internatlari qoshida olimpiya zaxiralari markazlarini tashkil etish taklifini kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bir hafta muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisidagi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasini kiritsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bir oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlasin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bir oy muddatda Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti faoliyatini tashkil etish boʻyicha hukumat qarori qabul qilinsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ikki oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi huzuridagi Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish jamgʻarmasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi huzuridagi Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislarni ilmiy-metodik taʼminlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish markazi nizomini, shuningdek, jismoniy tarbiya va sport mutaxassislari kontingentini toʻliq qayta tayyorlash va malakasini oshirish imkoniyatini qamrab olgan holda ularning tashkiliy-shtat tuzilmasini tasdiqlasin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ikki oy muddatda jismoniy tarbiya va sport sohasidagi barcha turdagi taʼlim muassasalarida taʼlim standartlari qayta koʻrib chiqilsin, taʼlimning har bir bosqichida umumiy taʼlim yuklamasidan oshmagan holda, dars soatlarini oshirish yordamida, sport tarmoqlari boʻyicha baholash tizimini joriy qilish, natijalarni tizimli tahlil qilish ishlari olib borilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ikki oy muddatda qurilish-montaj ishlari, zamonaviy sport jihozlari, texnikasi va inventarlar bilan taʼminlash, uzluksiz oʻquv-mashgʻulot jarayoni va sportchilar, trener hamda boshqa mutaxassis va ishchilar yashashi uchun sharoit yaratishni inobatga olgan holda olimpiya tayyorgarlik markazlari faoliyatini tashkil qilish toʻgʻrisidagi hukumat qarori qabul qilinsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
uch oy muddatda olimpiya zaxiralari maktab-internatlari qabul kvotalarini sport turlari boʻyicha eng kam miqdorini hisobga olgan holda kerakli boʻlgan samarali taʼlim tizimi tashkil etilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
uch oy muddatda trenerlik faoliyati bilan shugʻullanish boʻyicha attestatsiyadan oʻtish va ruxsatnoma olish tartibini soddalashtirishga yoʻnaltirilgan hukumat qarori qabul qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari hamda boshqa tashkilotlarning sport infratuzilmasini tashkil etish va tizimli tarzda ishchilarni jismoniy tarbiya va sportga jalb qilish amaliyotini joriy etish choralarini koʻrsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Milliy gvardiya, Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi ikki oy muddatda Mudofaa vazirligining sport klubi, “Dinamo” jismoniy tarbiya va sport jamiyatlari faoliyatini takomillashtirish va kasaba uyushmalari federatsiyasi jismoniy tarbiya va sport jamiyatini tiklash, shuningdek, idoraviy sport bazalarini modernizatsiya qilish, ular qoshida yoshlarni jismoniy tarbiya va sportga jalb etish uchun barchaning shugʻullanishiga imkoni boʻlgan seksiya va toʻgaraklar tashkil etish boʻyicha chora-tadbirlar belgilasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Vazirlik hamda Adliya vazirligi boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 15-fevraldagi “Madaniyat va sport sohasida boshqaruv tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-4956-son Farmoni birinchi bandi uchinchi xatboshisi va uchinchi bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari Q.V. Akmalov, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi R.S. Qosimov va Oʻzbekiston Respublikasining Bosh prokurori O.B. Murodov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2018-yil 5-mart,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
PF-5368-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-martdagi PF-5368-son Farmoniga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2018 ― 2021-yillarda olimpiya sport turlarini yanada rivojlantirish va ommalashtirish kompleks chora-tadbirlari dasturi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

T/r

Tadbirlar

Ijro muddati

Moliyalashtirish manbai

Masʼul ijrochilar

I. Sifatli olimpiya sport zaxirasini shakllantirish, sportchilarni tanlab olish (seleksiyasi),

tayyorlash va mahoratini oshirish tizimini takomillashtirish

1.

Musobaqalarni oʻtkazishning quyidagi toʻrt bosqichli tizimi asosida olimpiya sport turlari boʻyicha chempionatlarni tashkillashtirish:

I bosqich — sport maktabi chempionati (sport maktabi sportchilari orasida);

II bosqich — tuman (shahar) chempionati (tumandagi har bir sport maktabi chempionatida gʻolib boʻlgan sportchilar oʻrtasida);

III bosqich — viloyat chempionati (tuman (shahar) chempionatida gʻolib boʻlgan sportchilar oʻrtasida);

IV bosqich — respublika chempionati (viloyat chempionatlarida gʻolib boʻlgan sportchilar oʻrtasida).

doimiy

Kalendar reja doirasidagi budjet mablagʻlari, Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari, xayriya mablagʻlari

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, MOQ, sport turlari boʻyicha federatsiyalar (assotsiatsiyalar)

2.

2018 — 2022-yillarda Oʻzbekiston Respublikasida futbolni yanada rivojlantirish dasturini ishlab chiqish va kiritish.

2018-yil
30-martgacha

Oʻzbekiston Futbol assotsiatsiyasi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, MOQ

3.

Bolalar-oʻsmirlar sport maktablari, shu jumladan ixtisoslashtirilgan sport maktablari ishini tashkil etishning amaldagi tizimini tanqidiy oʻrganish va uning yakunlari boʻyicha ularning faoliyatini tartibga solish va takomillashtirish, tashkiliy shtat tuzilmalarini qayta koʻrib chiqish, shuningdek, ular faoliyatini moliyalashtirish tartibi boʻyicha hukumat qarori loyihasini kiritish.

2018-yil
10-maygacha

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi

4.

Oʻquv-mashgʻulot jarayoni hamda olimpiya sport turlari boʻyicha musobaqalarni oʻtkazish davomida sportchilarni tibbiy jihatdan taʼminlash va kuzatib borishni tashkillashtirish tartibini, shuningdek, sport tibbiy muassasalari tarmogʻini yaratish dasturini tasdiqlash toʻgʻrisida hukumat qarori loyihasini ishlab chiqish.

2018-yil
20-maygacha

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi

5.

Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Milliy gvardiyasi va Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, sport jamiyatlari faoliyatini takomillashtirish (tiklash), shuningdek, ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash hamda hammabop sport seksiyalari va t�garaklarini tashkil etish.

2018-yil
20-aprelgacha

Ijrochilarning mablagʻlari

Mudofaa vazirligi , Milliy gvardiya, Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, sport turlari boʻyicha federatsiyalar (assotsiatsiyalar)

6.

Jismoniy tarbiya va sport sohasida xalqaro hamkorlikni yoʻlga qoʻyish, sport kadrlarini tayyorlashning oʻquv-mashq jarayonida ilmiy-metodik texnologiyalarni takomillashtirish maqsadida mutaxassislar guruhlari (sport boʻyicha olimlar, oʻqituvchilar, shifokorlar, fiziologlar, diyetologlar va boshqa mutaxassislar)ning xorijiy mamlakatlarga tashriflarini uyushtirish.

Kalendar reja asosida

Kalendar reja doirasidagi budjet mablagʻlari, Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari, xayriya mablagʻlari

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, MOQ, Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish jamgʻarmasi, olimpiya sport turlari boʻyicha federatsiyalar (assotsiatsiyalar)

7.

Respublikaning butun hududida sport tayyorgarligini tashkil etishning yagona talablari oʻrnatilishini taʼminlaydigan olimpiya sport turlari boʻyicha sport tayyorgarligining yagona standartlarini ishlab chiqish va sport-taʼlim muassasalari faoliyatiga tatbiq etish.

2018-yil
20-maygacha

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, MOQ, olimpiya sport turlari boʻyicha federatsiyalar (assotsiatsiyalar)

8.

Olimpiya sport turlarini, jumladan respublikaning taʼlim muassasalarida rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha klublar, toʻgaraklar va seksiyalarni tashkil etish.

2018-2020-yillar

Ijrochilarning budjet va budjetdan tashqari mablagʻlari, xayriya mablagʻlari

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Maktabgacha taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, MOQ, sport turlari boʻyicha federatsiyalar (assotsiatsiyalar)

9.

Istiqbolli sportchilarni tanlash (seleksiya qilish) hamda sifatli olimpiya sport zaxirasini shakllantirish maqsadida taʼlim muassasalarida oʻquvchilar oʻrtasida olimpiya sport turlari boʻyicha musobaqalar tashkil qilish.

Kalendar reja asosida

Kalendar reja doirasidagi budjet mablagʻlari, Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari, xayriya mablagʻlari

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Maktabgacha taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, sport turlari boʻyicha federatsiyalar (assotsiatsiyalar)

10.

Joylarda fuqarolarning oʻzini-oʻzi boshqarish organlarini jalb etgan holda ayniqsa qishloq yoshlari, qizlar va ayollar oʻrtasida olimpiya sport turlarini ommalashtirish boʻyicha ishlarni kuchaytirish.

Kalendar reja asosida

Ijrochilarning mablagʻlari

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi, MOQ, “Mahalla” Jamgʻarmasi, MTRK, OʻzMAA, OʻzA, EOAVMA, sport turlari boʻyicha federatsiyalar (assotsiatsiyalar)

11.

Istiqbolli sportchilarni tanlash (seleksiya qilish) maqsadida paralimpiya sport turlari boʻyicha musobaqalarni tizimli asosda tashkillashtirish orqali parolimpiya sporti zaxirasi tarkibini mustahkamlash.

Kalendar reja asosida

Kalendar reja doirasida budjet mablagʻlari, Oʻzbekiston Paralimpiya assotsiatsiyasi, Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish jamgʻarmasi va hayriya mablagʻlari

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Oʻzbekiston Paralimpiya assotsiatsiyasi, Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi, MOQ, sport turlari boʻyicha federatsiyalar (assotsiatsiyalar)

12.

Paralimpiya sport turlari boʻyicha idoralararo memorandumlar tuzish hamda BMT tomonidan 3-dekabr “Xalqaro nogironlar kuni” deb eʼlon qilinganligi munosabati bilan nogironligi boʻlgan shaxslar orasida sport tadbirlarini tashkil etish.

Kalendar reja asosida

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Oʻzbekiston Paralimpiya assotsiatsiyasi, Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi, MOQ

II. Sport muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va sport infratuzilmasini takomillashtirish

13.

Jahondagi yetakchi ishlab chiqaruvchilar (Adidas, Reebok, Nike, Li-Ning, Eleiko, Janssen Fritsen, Gymnova va boshqalarni) jalb etgan holda sport kiyim-kechaklari, anjomlari va uskunalari ishlab chiqarishni tashkillashtirishga ixtisoslashayotgan “Sport” EIZ faoliyatini tashkil etish.

2018-yil
30-iyungacha

Budjet va investorlarning mablagʻlari

Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi, Loyiha boshqaruvi milliy agentligi , Tashqi ishlar vazirligi, Tashqi savdo vazirligi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi

14.

Davlat-xususiy sherikligi shartlari asosida yengil konstruksiyalardan tayyorlanadigan muz qoplamli sport saroylarini bosqichma-bosqich qurish va foydalanishga topshirishni tashkillashtirish:

birinchi bosqich - 2018-2019-yillarda Qoraqalpogʻiston Respublikasida, Buxoro va Fargʻona viloyatlarida;

ikkinchi bosqich - 2020-2021-yillarda Samarqand, Xorazm va Andijon viloyatlarida.

2018-2021-yillar mobaynida

Investorlar va xayriya mablagʻlari

Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Xorazm, Buxoro, Samarqand, Fargʻona, Andijon viloyatlari hokimliklari, MOQ, qishki sport turlari boʻyicha federatsiyalar

15.

Eshkak eshish boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasining Toshkent shahar Chilonzor tumanining “Beshyogʻoch” mahallasi hududidan oʻtuvchi “Boʻzsuv”, kanalida slalomda oʻquv-mashq jarayonini oʻtkazish uchun moddiy-texnika bazasini yaratish.

2018-yil
30-martgacha

Ijrochilar vaxayriya mablagʻlari

Toshkent shahar hokimligi, “Oʻzbekenergo” AJ, Oʻzbekiston “ROWING & CANOE” federatsiyasi

16.

Sport yakka kurashlari boʻyicha ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxirasi maktabi va dyuzdo boʻyicha R.Sobirov nomli sport klubi sportchilarini joylashtirish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining “Dinamo” JTSJ hududida 120 oʻrinli mehmonxona qurilishi.

2018-2019-yillar

Ijrochilarning mablagʻlari

Milliy gvardiya

17.

Toshkent viloyatining Boʻstonliq tumanidagi “Chimgan” qishlogʻida joylashgan “Paxtakor” Respublika olimpiya zaxiralari maktab-internatining sport bazasini qishki va murakkab texnik sport turlari boʻyicha Respublika oliy sport maktabi balansiga topshirish, shuningdek, uni rekonstruksiya qilish va mukammal taʼmirlash.

2019-yil
30-sentabrgacha

Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari

Toshkent viloyati hokimligi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Moliya vazirligi

18.

Toshkent shahrining suv sporti turlarini rivojlantirish boʻyicha ixtisoslashtirilgan markaz hududida suvga sakrash va suv polosi bilan shugʻullanish uchun basseynlar, sportchilar hamda boshqa mutaxassislar uchun 50 oʻrinli mehmonxona qurish.

2019-2020-yillar mobaynida

Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari

Toshkent shahar hokimligi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Moliya vazirligi

19.

Oʻzbekiston Qilichbozlik federatsiyasi akademiyasini joylashtirish uchun Toshkent shahrida binoni begʻaraz asosda ajratib berish.

2018-yil
30-sentabrgacha

Xorijiy investorlar va xayriya mablagʻlari

Toshkent shahar hokimligi, Oʻzbekiston Qilichbozlik federatsiyasi

20.

Toshkent shahrida, Buxoro, Namangan, Navoiy, Qashqadaryo, Surxondaryo, Sirdaryo , Samarqand, Fargʻona, Jizzax va Toshkent viloyatlarida Qilichbozlik federatsiyasining boʻlinmalari uchun inshootlarni rekonstruksiya qilish va foydalanishga topshirish.

2018-2019-yillar mobaynida

Xorijiy investorlar va xayriya mablagʻlari

Toshkent shahri, Buxoro, Namangan, Navoiy, Qashqadaryo, Surxondaryo, Sirdaryo , Samarqand, Fargʻona, Jizzax va Toshkent viloyatlari hokimliklari, Oʻzbekiston Qilichbozlik federatsiyasi

21.

Toshkent viloyatining Boʻstonliq tumanidagi Chorvoq qishlogʻida Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzolari tomonidan oʻquv-mashq jarayonini oʻtkazish uchun Oʻzbekiston Regbi federatsiyasining sport bazasi qurilishi.

2019-2021-yillar mobaynida

Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish jamgʻarmasi, xayriya mablagʻlari,

Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Toshkent shahri va Toshkent viloyati hokimliklari, MOQ, Oʻzbekiston Regbi federatsiyasi

22.

Respublika olimpiya zaxiralari maktab-internatida gandbol boʻyicha sport zali qurilishi.

2019-yil
30-maygacha

“Ipoteka bank” ATIB

“Ipoteka bank” ATIB, Toshkent shahar hokimligi, Oʻzbekiston Gandbol federatsiyasi

23.

Respublika olimpiya zaxiralari maktab-internatida oʻq-yoy otish bilan shugʻullanish uchun yengil konstruksiyalardan qurilma, shuningdek, ogʻir atletika boʻyicha sport zali qurilishi.

2019-yil
30-iyungacha

Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish jamgʻarmasi, xayriya mablagʻlari

Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Toshkent shahar hokimligi, Oʻzbekiston oʻq-yoy otish federatsiyasi

24.

Fargʻona viloyatining Qirguli shahridagi “Kimyochilar” stadioni hududida oʻq-yoy otish bazasini tashkil etish.

2018-yil
30-iyungacha

Ijrochilar va xayriya mablagʻlari

Fargʻona viloyati hokimligi, Oʻzbekiston oʻq-yoy otish federatsiyasi

25.

Yakkasaroy tumanidagi “Yakkasaroy sport-sogʻlomlashtirish majmuasi” sport kompleksini Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasining Jismoniy tarbiya-sport jamiyatiga hamda Toshkent shahridagi kollejlardan birining boʻshayotgan binolari va inshootlarini Jismoniy tarbiya-sport jamiyatining sport turlari boʻyicha oʻquv-mashq yigʻinlari markazini tashkil etish uchun Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasiga begʻaraz asosda topshirish.

2018-yil
30-martgacha

Ijrochilarning mablagʻlari

�chki ishlar vazirligi, Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Toshkent shahar hokimligi

26.

Respublika hududlarida Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi Jismoniy tarbiya-sport jamiyatining sport turlari boʻyicha sport mahorati maktablarini tashkil etish uchun binolar ajratish.

2018-yil
30-martgacha

Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi mablagʻlari – binolarni taʼmirlash, rekonstruksiya qilish va jihozlash boʻyicha ishlarga

Davlat raqobat qoʻmitasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi

27.

Ogʻir atletika boʻyicha terma jamoa aʼzolari uchun baza yaratish maqsadida Toshkent viloyatining Boʻstonliq tumanidagi Chorvoq qoʻrgʻonida joylashgan sobiq pionerlar uyini Oʻzbekiston Ogʻir atletika federatsiyasiga begʻaraz asosda topshirish, shuningdek, uni rekonstruksiya qilish va jihozlash.

2018-yil 30sentyabrgacha

Oʻzbekiston Ogʻir atletika federatsiyasi va xayriya mablagʻlari

Toshkent viloyati hokimligi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Oʻzbekiston Ogʻir atletika federatsiyasi

28.

Oʻzbekiston Suzish federatsiyasiga tutash boʻsh yotgan yer uchastkasini begʻaraz asosda ajratib berish, shuningdek, bu erda 70 oʻrinli mehmonxona qurish.

2018-yil
30-oktabrgacha

NKMK mablagʻlari

Toshkent shahar hokimligi, NKMK, Oʻzbekiston Suzish federatsiyasi

29.

Davlat-xususiy sherikligi shartlari asosida respublikaning har bir tumani va shahrida basketbol maydonchalari qurish uchun yer maydoni ajratib berish.

2018-2020-yillar

Investorlar va xayriyajamgʻarmalari

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Oʻzbekiston Basketbol federatsiyasi

30.

Olimpiya sport turlari boʻyicha sportchilarni tayyorlash uchun moddiy-texnika bazasi va shart-sharoitlarni yaratish maqsadida Jizzax viloyatining Gʻallaorol tumanidagi Bolalar-oʻsmirlar sport maktabi “Kamalak” sport-sogʻlomlashtirish sihatgohini rekonstruksiya qilish va mukammal taʼmirlash.

2019-2020-yillar

Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish jamgʻarmasi va xayriya mablagʻlari

Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi, Moliya vazirligi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Jizzax viloyati hokimligi

31.

Respublikadagi barcha mavjud sport va jismoniy tarbiya-sogʻlomlashtirish inshootlarini pasportlashtirish ishlarini tashkil etish. Sport inshootlarining tegishli pasportlariga ega boʻlmagan barcha sport obyektlari, shu jumladan taʼlim muassasalaridan foydalanishni toʻxtatish boʻyicha amaliy choralar koʻrilishini taʼminlash.

2018 — 2020-yillar mobaynida

Ijrochilarning mablagʻlari

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi

32.

Koreya Respublikasining Pxyonchxan shahrida 2018-yilgi XXIII qishki Olimpiya oʻyinlarida milliy terma jamoamiz ishtiroki yakunlarini har tomonlama va tanqidiy tahlil qilishni inobatga olgan holda Oʻzbekiston Respublikasida qishki sport turlarini yanada rivojlantirish boʻyicha takliflar tayyorlash.

2018-yil
1-iyungacha

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Moliya vazirligi, MOQ, vazirliklar va idoralar

33.

2018-yil Buenos-Ayres shahri (Argentina)da oʻtkaziladigan III yozgi oʻsmirlar Olimpiya oʻyinlarida ishtirok etish huquqini beradigan litsenziyali musobaqalarda Oʻzbekiston delegatsiyasining qatnashishga yuqori darajada tayyorlanishini taʼminlash.

Kalendar reja asosida

Kalendar reja doirasidagi budjet mablagʻlari, Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari, federatsiyalar (assotsiatsiyalar) va xayriya mablagʻlari

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Moliya vazirligi, MOQ, sport turlari boʻyicha federatsiyalar (assotsiatsiyalar)

34.

2018-yilda Pekin shahri (Xitoy)da VI Osiyo Plyaj oʻyinlarida Oʻzbekiston sport terma jamoasining qatnashishga yuqori darajada tayyorlashni taʼminlash.

Kalendar reja asosida

Kalendar reja doirasidagi budjet mablagʻlari, Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari, federatsiyalar (assotsiatsiyalar) va xayriya mablagʻlari

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, MOQ, sport turlari boʻyicha federatsiyalar (assotsiatsiyalar)

35.

2019-yilda Neapol shahri (Italiya)da oʻtkaziladigan XXX Butunjahon talabalar oʻyinlarida Oʻzbekiston sport terma jamoasini qatnashishga yuqori darajada tayyorlashni taʼminlash.

Kalendar reja asosida

Kalendar reja doirasidagi budjet mablagʻlari, Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari, federatsiyalar (assotsiatsiyalar) va xayriya mablagʻlari

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, MOQ, sport turlari boʻyicha federatsiyalar (assotsiatsiyalar)

36.

2020-yilda Tokio shahri (Yaponiya)da oʻtkaziladigan XXXII yozgi Olimpiya oʻyinlarida Oʻzbekiston sport terma jamoasini qatnashishga yuqori darajada tayyorlashni taʼminlash.

Kalendar reja asosida

Kalendar reja doirasidagi budjet mablagʻlari, Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari, federatsiyalar (assotsiatsiyalar) va xayriya mablagʻlari

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, MOQ, sport turlari boʻyicha federatsiyalar (assotsiatsiyalar)

37.

2020-yilda Tokio shahri (Yaponiya)da oʻtkaziladigan XVI Paralimpiya oʻyinlarida Oʻzbekiston sport terma jamoasini qatnashishga yuqori darajada tayyorlashni taʼminlash.

Kalendar reja asosida

Kalendar reja doirasidagi budjet mablagʻlari, Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari, federatsiyalar (assotsiatsiyalar) va xayriya mablagʻlari

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, MOQ, sport turlari boʻyicha federatsiyalar (assotsiatsiyalar)

38.

Oʻzbekistonda oʻtkaziladigan xalqaro turnirlar, Osiyo va jahon chempionatlarini, shuningdek, boshqa sport tadbirlarini yuksak darajada tashkillashtirish.

Kalendar reja asosida

Kalendar reja doirasidagi budjet mablagʻlari, Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari, federatsiyalar (assotsiatsiyalar) va xayriya mablagʻlari

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, MOQ, sport turlari boʻyicha federatsiyalar (assotsiatsiyalar)

39.

Sport maktablarining oʻquvchilari — 19 yoshgacha boʻlgan sportchilarning xalqaro musobaqalarda ishtirok etishi va oʻquv-mashq yigʻinlarining uzluksizligini taʼminlash orqali ularning sport mahorati va malakasi oshirilishini taʼminlash.

2018 — 2021-yillar

Kalendar reja doirasidagi budjet mablagʻlari, Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari, federatsiyalar (assotsiatsiyalar) va xayriya mablagʻlari

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, MOQ, sport turlari boʻyicha federatsiyalar (assotsiatsiyalar)

40.

Toshkent viloyatining Boʻstonliq tumanidagi togʻ-changʻi trassalarida togʻ-changʻi sporti va snoubord boʻyicha Oʻzbekiston chempionatlarini, xalqaro sport musobaqalarini, oʻquv-mashq yigʻinlarini oʻtkazish.

Kalendar reja asosida

Kalendar reja doirasidagi budjet mablagʻlari, Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish jamgʻarmasi mab�agʻlari, federatsiyalar (assotsiatsiyalar) va xayriya mablagʻlari

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Toshkent viloyati hokimligi, MOQ

41.

Oʻzbekiston sport terma jamoasining qishki sport turlari boʻyicha xalqaro musobaqalarda ishtirokini taʼminlash.

Kalendar reja asosida

Kalendar reja doirasidagi budjet mablagʻlari, Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari, federatsiyalar (assotsiatsiyalar) va xayriya mablagʻlari

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, MOQ

III. Terma jamoalarning aʼzolarini tibbiy-biologik, farmakologik va sport-psixologik jihatdan taʼminlash hamda imtiyozli chuqur tibbiy xizmat koʻrsatishni tashkillashtirish, ularning ruhiy bardoshliligini oshirish

42.

Respublika ilmiy-amaliy sport tibbiyot markazida asosiy tarkibdagi sportchilarni – Olimpiya va Paralimpiya oʻyinlarida ishtirok etishga nomzodlarni yiliga kamida ikki marta begʻaraz asosda tibbiy tekshiruvdan oʻtkazish, zarur boʻlganda esa ularni davolash.

doimiy

Respublika ilmiy-amaliy sport tibbiyot markazining mablagʻlari

MOQ huzuridagi Respublika ilmiy-amaliy sport tibbiyot markazi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, sport turlari boʻyicha federatsiyalar (assotsiatsiyalar)

43.

Mamlakat terma jamoalari aʼzolarining musobaqalarda va oʻquv-mashq yigʻinlarida qatnashishlari vaqtida ularni tibbiy-biologik va sport-psixologik jihatdan uzluksiz kuzatib borishni takomillashtirish.

doimiy

Ijrochilar va xayriya mablagʻlari

MOQ huzuridagi Respublika ilmiy-amaliy sport tibbiyot markazi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, sport turlari boʻyicha federatsiyalar (assotsiatsiyalar)

44.

Sportda dopinglar va taqiqlangan preparatlar hamda usullardan foydalanishga qarshi kurash boʻyicha seminarlar, konferensiyalar turkumini tashkil etish, oʻquv-metodik qoʻllanma va dasturlar ishlab chiqish, ular bilan sport muassasalarini taʼminlash.

doimiy

Ijrochilar va xayriya mablagʻlari

MOQ huzuridagi Respublika ilmiy-amaliy sport tibbiyot markazi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, sport turlari boʻyicha federatsiyalar (assotsiatsiyalar)

45.

Olimpiya va paralimpiya sport turlari boʻyicha oʻquv-mashq yigʻinlari jarayonida sportchilarning psixologik, jismoniy va tibbiy-biologik holatini muttasil oʻrganish.

doimiy

Ijrochilar va xayriya mablagʻlari

MOQ huzuridagi Respublika ilmiy-amaliy sport tibbiyot markazi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, sport turlari boʻyicha federatsiyalar (assotsiatsiyalar)

46.

Sport farmakologiyasi, sportchilarni farmokologik jihatdan korreksiya qilish va jismoniy holatini tiklash, chidamliligini oshirish boʻyicha darsliklar, qoʻllanmalar ishlab chiqish.

doimiy

Ijrochilar va xayriya mablagʻlari

MOQ huzuridagi Respublika ilmiy-amaliy sport tibbiyot markazi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, sport turlari boʻyicha federatsiyalar (assotsiatsiyalar)

47.

Sportchilarning normalangan ratsional ovqatlanishi tizimini takomillashtirish, sportchilarning jismoniy holati va salomatligiga ijobiy taʼsir oʻtkazuvchi mahalliy mahsulotlardan tuzilgan taomnoma va ovqatlanish rejimini nazarda tutgan holda sportchilarning meʼyorlangan ratsional ovqatlanishi boʻyicha sport turlari federatsiyalari (assotsiatsiyalari) uchun metodik qoʻllanmalar ishlab chiqish.

doimiy

Ijrochilar va xayriya mablagʻlari

MOQ huzurid�gi Respublika ilmiy-amaliy sport tibbiyot markazi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, sport turlari boʻyicha federatsiyalar (assotsiatsiyalar)

IV. Aholi orasida jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish, sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish boʻyicha ishlar samaradorligini oshirish

48.

Mamlakat sporti sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar va yutuqlarni yoritish borasidagi faoliyat samaradorligini yaxshilash, ularning mazmunini boyitish, shuningdek, mamlakatda va chet ellarda oʻtkaziladigan sport sohasidagi muhim tadbirlarni yoritish boʻyicha ishlarni yanada takomillashtirish maqsadida “Sport” gazetasi tahririyati Davlat korxonasini qayta tashkil etish orqali Jismoniy tarbiya va sport vazirligi huzurida “Sport” Media-markazini tashkil qilish.

2018-yil
30-sentabrgacha

Ijrochilar va xayriya mablagʻlari

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi

49.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligining ommaviy-sport tadbirlari Kalendar rejasida belgilab qoʻyilgan olimpiya sport turlari boʻyicha milliy va xalqaro sport musobaqalari oʻtkaziladigan joylardan ommaviy axborot vositalarida ularni keng yoritish va translatsiyalarni tashkillashtirish.

doimiy

Ijrochilar va xayriya mablagʻlari

MTRK, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, MOQ, sport turlari boʻyicha federatsiyalar (assotsiatsiyalar)

50.

2018-yilda oʻtkaziladigan Pxyonchxan shahri (Koreya Respublikasi)dagi XXII qishki Olimpiya oʻyinlarini, Buenos-Ayres shahri (Argentina)dagi III yozgi oʻsmirlar Olimpiya oʻyinlarini, Palembang shahri (Indoneziya)dagi Yozgi Osiyo oʻyinlarini respublikaning televizion kanallari orqali keng yoritishni tashkillashtirish.

musobaqalar oʻtkaziladigan davrda

Ijrochilar va xayriya mablagʻlari

MTRK, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, MOQ

51.

Sport turlari boʻyicha federatsiyalar va assotsiatsiyalarning jismoniy tarbiya-sport musobaqalari toʻgʻrisidagi axborotni begʻaraz asosda ommaviy axborot vositalariga joylashtirish.

doimiy

Ijrochilar va xayriya mablagʻlari

MTRK, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, MOQ, sport turlari boʻyicha federatsiyalar (assotsiatsiyalar)

52.

Olimpiya sport turlarini keng targʻib qilish boʻyicha videoroliklar va telekoʻrsatuvlarni tayyorlash va namoyish etish, shuningdek, materiallarni eʼlon qilishni tashkillashtirish.

Kalendar reja asosida

Ijrochilar va xayriya mablagʻlari

MTRK, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, MOQ, sport turlari boʻyicha federatsiyalar (assotsiatsiyalar)

53.

Sogʻlom avlodni tarbiyalashga, sogʻlom turmush tarzini, jismoniy faollik va salomatlikni, shu jumladan Oʻzbekistonda tashkil etiladigan xalqaro musobaqalarni targʻib etishga, milliy qahramonlar – Olimpiya oʻyinlari chempionlari toʻgʻrisidagi qisqa metrajli hujjatli filmlarni ishlab chiqish va namoyish etishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish.

doimiy

Ijrochilar va xayriya mablagʻlari

MTRK, Tashqi ishlar vazirligi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, MOQ, sport turlari boʻyicha federatsiyalar (assotsiatsiyalar)

(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-oktabrdagi PF-6099-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.10.2020-y., 06/20/6099/1450-son)
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 06.03.2018-y., 06/18/5368/0851-son, 13.12.2018-y., 06/18/5597/2300-son; 23.02.2019-y., 06/19/5668/2652-son, 27.08.2019-y., 06/19/5787/3650-son; 09.10.2020-y., 07/20/4857/1357-son; 31.10.2020-y., 06/20/6099/1450-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.07.2021-y., 06/21/6261/0667-son; 15.01.2022-y., 06/22/52/0029-son; 31.05.2023-y., 06/23/79/0302-son; 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)