19.01.2018 yildagi PQ-3484-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori, 19.01.2018 yildagi PQ-3484-son
Date of entry into force
20.01.2018
Hujjat 20.01.2018 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yogʻ-moy tarmogʻini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sogʻlom raqobat muhitini rivojlantirish va keng turdagi yogʻ-moy mahsulotlari ishlab chiqarilishini kengaytirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, mazkur tarmoqdagi mavjud tizimli muammolarga barham berish bozorni sifatli, xavfsiz, arzon oziq-ovqat mahsulotlari bilan toʻldirish va butun mamlakat oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlashning eng muhim sharti hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shu bilan birga, xom ashyo bazasining cheklanganligi, jumladan muqobil yogʻ olinadigan ekinlardan yetarlicha foydalanmaslik yogʻ-moy korxonalarining mavjud ishlab chiqarish quvvatlarini toʻliq ishga solishni taʼminlash va bozorning sifatli yogʻ-moy mahsulotlariga boʻlgan talabini qanoatlantirish imkonini bermaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yogʻ-moy korxonalarida zamonaviy texnologiyalarning past darajada joriy etilganligi ishlab chiqarish faoliyatini lozim darajada nazorat qilish va hisobini yuritishga toʻsqinlik qilmoqda, xom ashyo va tayyor mahsulotlarni talon-toroj qilish holatlariga, shuningdek, boshqa suiisteʼmolchiliklarga olib kelmoqda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xom ashyo resurslari va tayyor yogʻ-moy mahsulotlarini taqsimlashning samarasiz va zamonaviy bozor prinsiplariga javob bermaydigan mexanizmi koʻp sonli chayqovchilik boʻgʻinlari va bozorda sunʼiy taqchillik yuzaga kelishiga hamda oqibatda yogʻ-moy mahsulotlari narxining asossiz oʻsishiga olib kelmoqda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yogʻ-moy tarmogʻini zamonaviy bozor mexanizmlarini keng joriy etish asosida jadal rivojlantirishni taʼminlash va yogʻ-moy sanoatini boshqarish tizimini takomillashtirish maqsadida, shuningdek, 2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasi va Oʻzbekiston Respublikasida Maʼmuriy islohotlar konsepsiyasi vazifalariga muvofiq:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Quyidagilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi tomonidan yogʻ-moy mahsulotlarini ishlab chiqarish va sotish tizimlarini oʻrganish natijalari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzpaxtasanoateksport” XKga tegishli boʻlgan “Oʻzpaxtayogʻ” AJ ustav kapitalidagi ulush Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 28-noyabrdagi “Paxtachilik tarmogʻini boshqarish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3408-son qaroriga muvofiq davlat mulkiga nominal qiymat boʻyicha oʻtkazilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Yogʻ-moy mahsulotlarini ishlab chiqarishning resurs bazasini kengaytirish, yogʻ-moy korxonalaridagi asbob-uskunalarni modernizatsiya qilish, ularni ishlab chiqarish jarayonini nazorat qilish va hisobini yuritishning zamonaviy tizimlari bilan jihozlashni nazarda tutuvchi Oʻzbekiston Respublikasi yogʻ-moy tarmogʻini jadal rivojlantirish boʻyicha “yoʻl xaritasi” ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligining:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shrot va sheluxani sotish boʻyicha “Ozuqa yem taʼminoti” MCHJ korxonalarini tugatish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
keyinchalik sanoatda qayta ishlash uchun moʻljallangan ekstraktli paxta yogʻi birja savdolari orqali faqat “Oʻzpaxtayogʻ” AJ korxonalariga sotilishi haqidagi tartibni belgilash toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. 2019-yil 1-yanvarga qadar muddatga oʻsimlik yogʻini ishlab chiqaruvchilar import yogʻ-moy xom ashyosi asosida ishlab chiqarilgan hajmlar boʻyicha qoʻshilgan qiymat soligʻi toʻlashdan ozod qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi Iqtisodiyot vazirligi va “Oʻzdonmahsulot” AJ bilan birgalikda ikki oy muddatda omuxta yem ishlab chiqarishni kengaytirish boʻyicha, jumladan:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
omuxta yem ishlab chiqarish yuzasidan amaldagi quvvatlarni inventarizatsiyadan oʻtkazish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
omuxta yem ishlab chiqarish uchun bozordagi ehtiyoj va mamlakatda mavjud boʻlgan resurs bazasini oʻrganish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
chorvachilik, parrandachilik va baliqchilik sektorlari boʻyicha omuxta yem tayyorlashning ilmiy asoslantirilgan retsepturalarini ishlab chiqish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
makkajoʻxori va boshqa boshoqli don ekinlaridan, shuningdek, yogʻ-moy, un mahsulotlari, spirt va pivo ishlab chiqarishdagi chiqindilardan omuxta yemning zamonaviy sanoat ishlab chiqarishini tashkil etishni nazarda tutuvchi hukumat qarori loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi xamda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bir oy muddatda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
chigitni qayta ishlovchi yogʻ-moy korxonalarini chigitni yuklash, qabul qilish, saqlash va qayta ishlash jarayonini real vaqt rejimida kuzatish, jumladan xom ashyo, yarim tayyor va tayyor mahsulotlarni oʻlchash va hisobini yuritish imkonini beruvchi avtomatlashtirilgan tizimlar bilan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
chigit, paxta yogʻi, shrot va sheluxani tashiydigan yuk avtomashinalarining harakatlanishini real vaqt rejimida monitoring qilib borish uchun ularni zamonaviy GPS trekerlar bilan jihozlash boʻyicha choralar koʻrsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. “Oʻzpaxtayogʻ” AJ Toshkent shahar, Shota Rustaveli koʻchasi, 8-uy manzili boʻyicha joylashtirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Adliya vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari Z.T. Mirzayev, N.S. Otajonov va S.R. Xolmurodov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2018-yil 19-yanvar,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
PQ-3484-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiiing 2018-yil 19-yanvardagi PQ-3484-son qaroriga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi yogʻ-moy tarmogʻini jadal rivojlantirish boʻyicha
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“yoʻl xaritasi”
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

T/r

Tadbirlarning nomlanishi

Amalga oshirish mexanizmi

Ijro muddati

Masʼul ijrochilar

I. Respublikaning yogʻ-moy sanoatini boshqarish tizimini takomillashtirish

1.

Quyidagilar orqali yogʻ-moy sanoati korxonalarini boshqarish samaradorligini oshirish boʻyicha chora-tadbirlar koʻrish:

tarmoq korxonalari rahbarlarining faoliyati samaradorligini baholash tizimini joriy etgan holda ularni qonunchilikda belgilangan tartibda malakali xodimlar orasidan qayta saylashni tashkil etish;

tarmoq korxonalarining tashkiliy tuzilmasini takomillashtirish va shtatlar sonini optimallashtirish.

Tashkiliy-huquqiy tadbirlar

2018-yil 1-martga kadar

Iqtisodiyot vazirligi. Moliya vazirligi, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Davlat raqobat qoʻmitasi, “Oʻzpaxtayogʻ” AJ, manfaatdor vazirlik va idoralar

II. Yogʻ-moy korxonalarining xom ashyo bazasini rivojlantirish va ishlab chiqarish quvvatlari yuklamasini oshirish

2.

Boshqa muqobil yogʻ olinadigan ekinlar (soya, kungaboqar va boshqalar) ekiladigan maydonlarni koʻpaytirish va yogʻ-moy mahsulotlari ishlab chiqarish uchun yogʻ olinadigan oʻsimlik urugʻining importi boʻyicha olib kelinishini tashkil etish asosida, jumladan quyidagilarni nazarda tutgan holda oʻsimlik yogʻi va yem mahsulotlari ishlab chiqarishning xom ashyo bazasini kengaytirish:

ilmiy asoslantirilgan almashlab ekishni joriy etish;

sanoat quvvatini toʻliq ishga solish hamda oʻsimlik yogʻi va yemga boʻlgan ehtiyojni toʻliq qanoatlantirish maqsadida mahalliy davlat hokimiyati organlari rahbarlarining muqobil yogʻ olinadigan ekinlar (soya, kungaboqar va boshqalar) yetishtirishni koʻpaytirish yuzasidan javobgarligini oshirish;

paxtachilikda texnik chigitning moydorligini oshirish yuzasidan seleksiya ishlarini kuchaytirish;

ustav kapitalida davlat ulushi boʻlgan har bir yogʻ-moy korxonasiga muqobil yogʻ olinadigan ekinlar (soya, kungaboqar va boshqalar) seleksiyasi va urugʻchiligini tashkil etish uchun 200 gektardan kam boʻlmagan unumdor va sugʻoriladigan yer maydoni ajratish;

muqobil yogʻ olinadigan ekinlarni (soya, kungaboqar va boshqalar) ekish uchun ajratiladigan unumdor va sugʻoriladigan yerlarning maydonlarini kengaytirish.

Kompleks tashkiliy-huquqiy chora-tadbirlar

2018-yil 1-martga qadar

Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Innovatsion rivojlantirish vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari, Fanlar akademiyasi, “Oʻzpaxtayogʻ” AJ

3.

Quyidagilarning natijalari asosida omuxta yem ishlab chiqarilishini kengaytirish:

omuxta yem ishlab chiqarish boʻyicha amaldagi quvvatlarni inventarizatsiyadan oʻtkazish;

bozordagi ehtiyoj va mamlakatda mavjud resurs bazasini oʻrganish;

chorvachilik (sut, goʻsht va boshqalar), parrandachilik va baliqchilik sektorlari boʻyicha omuxta yem tayyorlashning ilmiy asoslantirilgan retsepturalarini ishlab chiqish.

Makkajoʻxori va boshqa boshoqli don ekinlaridan, shuningdek, yogʻ-moy, un mahsulotlari, spirt va pivo ishlab chiqarishdagi chiqindilardan omuxta yemning zamonaviy sanoat ishlab chiqarishini tashkil etish.

Kompleks tashkiliy-huquqiy chora-tadbirlar

2018-yil 1-sentabrga qadar

Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi,

Iqtisodiyot vazirligi, Fanlar akademiyasi, “Oʻzdonmahsulot” AJ, “Oʻzvinosanoatxolding” XK, “Oʻzpaxtayogʻ” AJ

III. Narxning shakllanishi va yogʻ-moy mahsulotlarini sotish tizimini takomillashtirish

4.

Birja savdolari orqali sotiladigan texnik chigitning oxirgi cheklangan qiymatini aniqlash.

Tashkiliy-huquqiy tadbirlar

2018-yil 20-yanvarga qadar

Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, “Oʻzpaxtasanoat” AJ, “Oʻzpaxtayogʻ” AJ. manfaatdor vazirlik va idoralar

5.

Paxta yogʻini aholining ijtimoiy ehtiyojmand qatlamlari uchun qatʼiy belgilangan bahoda sotish tartibini uni ishlab chiqarish va sotishdagi xarajatlarni hisobga olgan holda joriy etish.

Aholining ijtimoiy ehtiyojmand qatlamlari va paxta yogʻini qatʼiy belgilangan narxda sotadigan tashkilotlar roʻyxatini tasdiqlash.

Tashkiliy-huquqiy tadbirlar

2018-yil 20-yanvarga qadar

Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Adliya vazirligi, “Oʻzpaxtayogʻ” AJ, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

6.

Quyidagilar orqali Moliya vazirligining yogʻ-moy korxonalaridagi moliya inspektorlari faoliyatining samaradorligini oshirish:

yogʻ-moy korxonalarining moliya inspektorlarini attestatsiyadan oʻtkazish;

yogʻ-moy korxonalari moliya inspektorlari lavozimlarini yuqori tayyorgarlikka, qatʼiy nuqtai nazarga ega va puxta bilimli xodimlar bilan toʻldirish;

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Bosh prokuratura huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentiga ularning hisobotlarini muntazam taqdim etish tizimini joriy qilish.

Tashkiliy-huquqiy tadbirlar

2018-yil 1-fevralga qadar

Moliya vazirligi, Bosh prokuratura huzuridagi Departament, “Oʻzpaxtayogʻ” AJ

IV. Yogʻ-moy korxonalari faoliyatida hisobga olish va nazoratning zamonaviy tizimlarini joriy etish

7.

Chigitni qayta ishlovchi yogʻ-moy korxonalarini xom ashyoni yuklash, qabul qilish, saqlash va qayta ishlash jarayonini real vaqt rejimida kuzatish, jumladan xom ashyo, yarim tayyor va tayyor mahsulotlarni oʻlchash va hisobini yuritish imkonini beruvchi avtomatlashtirilgan tizimlar va uskunalar bilan jihozlash.

Tashkiliy-huquqiy tadbirlar

2018-yil davomida

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, “Oʻzpaxtayogʻ” AJ, manfaatdor vazirlik va idoralar

8.

Chigit, paxta yogʻi, shrot va sheluxani tashiydigan yuk avtomashinalarining harakatlanishini real vaqt rejimida monitoring qilib borish uchun ularni zamonaviy GPS trekerlar bilan jihozlash.

Tashkiliy-huquqiy tadbirlar

2018-yil davomida

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, “Oʻzpaxtayogʻ” AJ, manfaatdor vazirlik va idoralar

Keyingi tahrirga qarang.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.01.2018-y., 07/18/3484/0598-son, 01.08.2018-y., 06/18/5497/1604-son, 24.05.2019-y., 06/19/5728/3180-son; 09.10.2019-y., 07/19/4484/3883-son)