Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.09.2023 17.10.2017 yildagi 838-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 17.10.2017 yildagi 838-son
Date of entry into force
18.10.2017
Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.09.2023
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining Axborot xavfsizligi va jamoat tartibini ta’minlashga ko‘maklashish markazi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
[Ko‘chirma]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 28-sentabrdagi PQ-318-sonli ““Xavfsiz shahar” yagona integratsiyalashgan tizimlarini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi loyihalarni boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 29-avgustdagi PQ-3245-son qarorini bajarish yuzasidan hamda zamonaviy texnologiyalardan foydalangan holda axborot va jamoat xavfsizligi, shuningdek huquq-tartibotni ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlarni kuchaytirish, “Xavfsiz shahar” yagona apparat-dasturiy kompleksini yaratish loyihasining o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirilishini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining Axborot xavfsizligini ta’minlash markazi O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining Axborot xavfsizligi va jamoat tartibini ta’minlashga ko‘maklashish markazi (keyingi o‘rinlarda Markaz deb ataladi) etib qayta tashkil etilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Quyidagilar Markazning asosiy vazifalari va faoliyati yo‘nalishlari etib belgilansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
axborot xavfsizligiga hozirgi vaqtdagi tahdidlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni yig‘ish, tahlil qilish va to‘plash, davlat organlari axborot tizimlari, resurslari va ma’lumotlar bazalariga noqonuniy kirib olish holatlarining oldini olishni ta’minlaydigan samarali tashkiliy va dasturiy-texnik yechimlarni operativ qabul qilish bo‘yicha tavsiyalar va takliflar ishlab chiqish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish sohasida huquqbuzarliklarning oldini olish masalalari bo‘yicha davlat organlari va boshqa tashkilotlarning faoliyatini muvofiqlashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonun buzuvchilarni tahlil qilish, identifikatsiyalashda, axborotlar makonidagi ruxsatsiz yoxud buzuvchi harakatlarni amalga oshirishda foydalaniladigan metodlar va vositalarni tahlil qilishda telekommunikatsiyalar tarmoqlarining operatorlari va provayderlari, huquqni muhofaza qilish organlari bilan hamkorlik qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq axborotlashtirish obyektlarini attestatsiyadan o‘tkazish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat organlariga axborot tizimlari va resurslari axborot xavfsizligi siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirishda ko‘maklashish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat axborot tizimlari, resurslari va ma’lumotlar bazalarining, shuningdek Internet tarmog‘i milliy segmentining axborot xavfsizligini ta’minlash sohasidagi normativ-huquqiy bazani takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Internetning milliy foydalanuvchilarini Internet tarmog‘i milliy segmentida axborot xavfsizligiga paydo bo‘layotgan tahdidlar to‘g‘risida o‘z vaqtida xabardor qilish, shuningdek axborotlarni muhofaza qilish bo‘yicha maslahat xizmatlari ko‘rsatish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamoat xavfsizligi va huquq-tartibotni ta’minlash tizimini to‘laqonli tashkil etish maqsadida “Xavfsiz shahar” yagona apparat-dasturiy kompleksini ichki ishlar organlari, davlat organlari va boshqa tashkilotlarning axborot tizimlari hamda “Elektron hukumat” tizimlariga integratsiya qilinishi sharti bilan yaratish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Xavfsiz shahar” yagona apparat-dasturiy kompleksini yaratish va keyinchalik uni butun respublika hududi bo‘yicha joriy etish konsepsiyasini ishlab chiqish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jamoat xavfsizligi va huquq-tartibotni ta’minlash sohasida faoliyatning samaradorligi va tezkorligini oshirish uchun yagona navbatchi-dispetcherlik xizmati va ma’lumotlarni qayta ishlash markazlarini tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda yangi texnologiyalardan foydalangan holda jamoat xavfsizligi va huquq-tartibotni ta’minlash sohasida tegishli qonun va normativ-huquqiy hujjatlar, davlat standartlari hamda qoidalarni ishlab chiqish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
belgilangan vazifalarga muvofiq axborot xavfsizligi va jamoat huquq-tartibotini profilaktika qilish va ta’minlash sohasida xalqaro hamkorlikni tashkil qilish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Markaz xodimlarining cheklangan umumiy soni 256 nafar, shu jumladan boshqaruv xodimlari soni 49 nafar bo‘lgan tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligiga Markaz tuzilmasiga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishgan holda o‘zgartirishlar kiritish huquqi berilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Belgilansinki:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Markaz faoliyatini moliyalashtirish, xodimlarining ish haqi va qo‘shimcha rag‘batlantirish fondi hamda moddiy-texnik ta’minoti “Xavfsiz shahar” yagona apparat-dasturiy kompleks orqali aniqlangan tartibbuzarliklar uchun jarimalarni to‘lashdan tushadigan mablag‘larning o‘n foizi miqdorida bo‘lgan mablag‘lar hisobiga, yetmagan qismi bo‘yicha esa — Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish fondi mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi belgilangan tartibda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bir oy muddatda Markaz ustavining ishlab chiqilishini va tasdiqlanishini hamda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishini ta’minlasin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Markazni malakali mutaxassislar bilan butlash hamda uning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash choralarini ko‘rsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishgan holda Markaz xodimlarini moddiy rag‘batlantirish to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Markazga “Xavfsiz shahar” yagona apparat-dasturiy kompleksini yaratish loyihasini amalga oshirishni muvofiqlashtirish bo‘yicha komissiyaning ishchi organi funksiyalari yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Adliya vazirligi boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda o‘z idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarini ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri vazifasini bajaruvchi Sh.X. Shermatov zimmasiga hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Axborot tizimlari va telekommunikatsiyalar masalalari axborot-tahlil departamentiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2017-yil 17-oktabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
838-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 17-oktabrdagi 838-son qaroriga
1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining Axborot xavfsizligi va jamoat tartibini ta’minlashga ko‘maklashish markazi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
TUZILMASI

Xodimlarning cheklangan umumiy soni — 256 nafar,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shu jumladan: boshqaruv xodimlari — 49 nafar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ishlab chiqarish xodimlari — 203 nafar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yordamchi xodimlar — 4 nafar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 17-oktabrdagi 838-son qaroriga
2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartishlar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 26-martdagi 254-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.03.2019-y., 09/19/254/2839-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 23-apreldagi 102-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2014-y., 4-son, 38-modda) bilan tasdiqlangan Davlat va xo‘jalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish va rivojlantirishning holatini o‘rganish tartibi to‘g‘risidagi nizom 8-bandining uchinchi xatboshidagi “Axborot xavfsizligini ta’minlash markazi” so‘zlari “Axborot xavfsizligi va jamoat tartibini ta’minlashga ko‘maklashish markazi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 1-maydagi 318-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 01.05.2018-y., 09/18/318/1108-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 12-avgustdagi 262-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2016-y., 8-son, 78-modda) bilan tasdiqlangan Elektron hukumatning idoralararo ma’lumotlar uzatish tarmog‘ini tashkil etish va undan samarali foydalanishni ta’minlash bo‘yicha tadbirlar rejasining 10, 12, 14-bandlari “Mas’ul ijrochilar” ustunidagi “Axborot xavfsizligini ta’minlash markazi” so‘zlari chiqarib tashlansin.
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 18.10.2017-y., 09/17/838/0130-son, 01.05.2018-y., 09/18/318/1108-son; 27.03.2019-y., 09/19/254/2839-son)