29.08.2017 yildagi PQ-3245-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 29.08.2017 yildagi PQ-3245-son
Date of entry into force
04.09.2017
Norasmiy tarjima
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida loyiha boshqaruvi tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasining rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishlari boʻyicha Harakatlar strategiyasida belgilangan “Elektron Hukumat” tizimini yanada rivojlantirish, iqtisodiyot tarmoqlarida axborot tizimlarini tatbiq etish va jamoat tartibini taʼminlash vazifalarini amalga oshirish maqsadida, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 2017-yil 27-iyuldagi PQ-3150-sonli qaroriga muvofiq:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining Kompyuter va axborot texnologiyalarini rivojlantirish va joriy etish markazi “Uzinfokom” negizida Davlat axborot tizimlarini yaratish va qoʻllab-quvvatlash boʻyicha yagona integrator tashkil etilsin (keyingi oʻrinlarda — Yagona integrator deb yuritiladi).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Quyidagilar Yagona integratorning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Elektron hukumat” tizimida axborot tizimlari, resurslari va dasturiy mahsulotlarni hamda iqtisodiyot tarmoqlarida axborot texnologiyalarini ishlab chiqish, joriy etish va integratsiyalashni, apparat-dasturiy komplekslarni oʻrnatishni, shuningdek, tegishli loyiha va texnik hujjatlarni tayyorlashni taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
aholiga va tadbirkorlik subyektlariga elektron davlat xizmatlari koʻrsatish sifatini takomillashtirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Elektron hukumat” tizimi loyihalarini amalga oshirishga hamda iqtisodiyot tarmoqlarida axborot texnologiyalarini joriy etishga mamlakat korxonalari va tashkilotlarini tizimli jalb etish hisobiga axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va dasturiy mahsulotlarining mahalliy bozorini rivojlantirishga koʻmaklashish:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Elektron hukumat” tizimi infratuzilmasining, davlat organlari, xoʻjalik boshqaruvi organlari, davlat korxonalari va tashkilotlarining (keyingi oʻrinlarda — davlat organlari va boshqa tashkilotlar deb yuritiladi) axborot tizimlari, resurslari va dasturiy mahsulotlarining texnologik xavfsizligini taʼminlash choralarini amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat organlari va boshqa tashkilotlar oʻrtasida, shu jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi Loyiha boshqaruvining yagona milliy axborot tizimi faoliyati doirasida axborot tizimlarini hamda idoralararo elektron hamkorlik va axborot ayirboshlash tarmoqlarini joriy etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xalqaro standartlarga muvofiq, yuqori texnologiyali xizmatlar va mahsulotlar turini kengaytirish hisobiga axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va dasturiy mahsulotlar mahalliy bozorining eksport salohiyatini oshirishga koʻmaklashish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Yagona integratorga:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
uning zimmasiga yuklangan vazifalarni amalga oshirish maqsadida, telekommunikatsiyalar sohasida faoliyat yuritish hamda qonunchilikda belgilangan talablar va shartlarga rioya etilgan holda, tegishli litsenziyalar va ruxsat beruvchi hujjatlarni olmasdan oʻquv kurslarini tashkil etishga;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki direksiyasida rezidentlik talablarini istisno qilgan holda harbiylashtirilgan tuzilmalarning ehtiyojlari uchun apparat-dasturiy komplekslarni, avtomatlashtirilgan axborot tizimlarini, dasturiy mahsulotlar va muhandislik infratuzilmalarini hamda ushbu maqsadlar uchun asbob-uskunalar, butlovchi qismlar, uzellar, texnologik hujjatlar va dasturiy taʼminotlarni joriy etishga, shu jumladan, yetkazib berishga;
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 22-avgustdagi PF-194-sonli Farmoniga asosan uchinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.08.2022-y., 06/22/194/0766-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti yoki Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul qilingan tegishli normativ-huquqiy hujjatlarga asosan taʼlim, sogʻliqni saqlash, mudofaa, geologiya va sud sohalariga texnologik uskunalar, dasturiy mahsulot, axborot tizimlari, shuningdek, dasturiy apparat komplekslari va ularning ehtiyot qismlarini xarid qilish boʻyicha faoliyatni amalga oshirish, bunda koʻrsatilgan faoliyatga Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki rezidentlari uchun belgilangan ajratmalar talablari qoʻllanilmaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻziga yuklangan vazifalarni amalga oshirish doirasida “Elektron hukumat” tizimining idoralararo integratsiya platformasi orqali davlat organlari va tashkilotlarining axborot tizimlari, maʼlumotlar bazalari, resurslari va boshqa dasturiy mahsulotlaridan maʼlumotlarni axborot xavfsizligi talablariga rioya qilgan holda olish va qayta ishlashga;
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 16-sentabrdagi PQ-286-sonli qaroriga asosan toʻrtinchi va beshinchi xatboshilar bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.09.2025-y., 07/25/286/0832-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
eng yaxshi takliflarni tanlab olish asosida loyiha va texnik hujjatlarni tayyorlash, axborot tizimlari, resurslari va dasturiy hujjatlarni ishlab chiqish boʻyicha pudrat va yordamchi pudrat ishlarini bajarish yuzasidan xoʻjalik yurituvchi subyektlar bilan shartnomalar tuzishga ruxsat berilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Davlat organlari va boshqa tashkilotlarga tender (tanlov) savdolari oʻtkazmasdan loyiha va texnik hujjatlarni tayyorlash, axborot tizimlari, resurslari va dasturiy mahsulotlarni ishlab chiqish boʻyicha Yagona integrator bilan shartnomalar tuzish huquqi berilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Harbiylashtirilgan tuzilmalarga:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
apparat-dasturiy komplekslar, avtomatlashtirilgan axborot tizimlari, dasturiy mahsulotlar va muhandislik infratuzilmalari loyihalarini amalga oshirish doirasida asbob-uskunalar, butlovchi qismlar, uzellar, texnologik hujjatlar va dasturiy taʼminotni yetkazib berish uchun Yagona integrator bilan tuzilgan shartnomalar boʻyicha 100 foiz oldindan toʻlovni amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tender (tanlov) savdolari oʻtkazmasdan loyiha-texnik hujjatlarni tayyorlash, apparat-dasturiy komplekslarni, avtomatlashtirilgan axborot tizimlarini, dasturiy mahsulotlar va muhandislik infratuzilmalarini ishlab chiqish hamda ushbu maqsadlar uchun asbob-uskunalar, butlovchi qismlar, uzellar, texnologik hujjatlar va dasturiy taʼminotlarni yetkazib berish boʻyicha Yagona integrator bilan shartnomalar tuzish huquqi berilsin.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 22-avgustdagi PF-194-sonli Farmoniga asosan ikkinchi — toʻrtinchi xatboshilar bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.08.2022-y., 06/22/194/0766-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 22-avgustdagi PF-194-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.08.2022-y., 06/22/194/0766-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 24-iyuldagi PF-6268-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.07.2021-y., 06/21/6268/0700-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. “Xavfsiz shahar” yagona apparat-dasturiy kompleksini yaratish boʻyicha bosqichma-bosqich chora-tadbirlar dasturi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Belgilansinki, Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, shahar va tumanlar hokimliklari, shuningdek, boshqa vazirliklar, idoralarning rahbarlari — Dastur ijrochilari unda nazarda tutilgan tadbirlarning toʻliq miqyosda, oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirilishi uchun shaxsan javobgar boʻladilar.
Oldingi tahrirga qarang.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 22-avgustdagi PF-194-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.08.2022-y., 06/22/194/0766-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda Ichki ishlar vazirligining buyurtmanomalari boʻyicha “Xavfsiz shahar” kompleksini yaratish loyihasini amalga oshirish doirasida jalb etiladigan xorijiy mutaxassislarning kirish vizalari, konsullik va boshqa yigʻimlar undirilmasdan rasmiylashtirilishini taʼminlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining buyurtmanomalari boʻyicha “Xavfsiz shahar” kompleksini yaratish loyihasini amalga oshirish doirasida jalb etiladigan xorijiy mutaxassislarning koʻp martalik vizalari davlat boji undirilmasdan rasmiylashtirilishi, topshirilishi va muddati uzaytirilishini, shuningdek, ular turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazilishini taʼminlasin.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 9-iyundagi PF-109-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.06.2026-y., 06/26/109/0580-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
(12-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 24-iyuldagi PF-6268-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.07.2021-y., 06/21/6268/0700-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi ikki oy muddatda vazirlik markaziy apparati va hududiy boʻlinmalarining tashkiliy shtat tuzilmalarini takomillashtirish boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Quyidagilar belgilansin:
Oldingi tahrirga qarang.
(13-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 24-iyuldagi PF-6268-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.07.2021-y., 06/21/6268/0700-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining “Xavfsiz shahar” jamoat tartibiga koʻmaklashish markazi” davlat muassasasining faoliyatini, mehnatga haq toʻlash fondini moliyalashtirish hamda uning xodimlarini qoʻshimcha ragʻbatlantirish, shuningdek, moddiy-texnikaviy jihatdan taʼminlash “Xavfsiz shahar” kompleksidan foydalangan holda, aniqlangan huquqbuzarliklar uchun jarimalar toʻlashdan tushadigan summaning 10 foizi miqdoridagi mablagʻlar hisobidan, yetishmay qolgan qismi esa Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi;
(4-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 22-avgustdagi PF-194-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.08.2022-y., 06/22/194/0766-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(13-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 24-iyuldagi PF-6268-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.07.2021-y., 06/21/6268/0700-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yagona integrator dasturiy mahsulotlarni ishlab chiqish, axborot tizimlari va resurslarini tatbiq etish hamda integratsiyalash boʻyicha jami ishlarning kamida 30 foizini axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va dasturiy mahsulotlarni ishlab chiqish sohasidagi mahalliy korxonalar va tashkilotlarga tizimli asosda topshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 2017-yilning 15-dekabriga qadar muddatda amaldagi qonunchilikni va ilgʻor xorijiy tajribani tahlil qilishni, shuningdek, keng jamoatchilik muhokamasi natijalarini hisobga olgan holda 2018 — 2021-yillarda “Elektron hukumat” tizimini yanada takomillashtirish va elektron davlat xizmatlari koʻrsatish kompleks dasturini tasdiqlashni nazarda tutuvchi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihasini kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi O.B. Murodov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi direktori Sh.M. Sodiqov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2017-yil 29-avgust,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
PQ-3245-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-avgustdagi PQ-3245-son qaroriga
1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“XAVFSIZ SHAHAR” YAGONA APPARAT-DASTURIY KOMPLEKSINI YARATISH BOʻYICHA BOSQICHMA-BOSQICH AMALGA OSHIRILADIGAN CHORA-TADBIRLAR
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
DASTURI
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

T/r

Chora-tadbirlarning nomlanishi

Amalga oshirish mexanizmi

Ijro muddatlari

Masʼul ijrochilar

I. “XAVFSIZ SHAHAR” YAGONA APPARAT-DASTURIY KOMPLEKSINI BOSQICHMA-BOSQICH JORIY ETISH BOʻYICHA TASHKILIY CHORA-TADBIRLAR

1.

Avtomatlashtirish obyektlari, binolar va inshootlarning mavjud axborot-kommunikatsiya infratuzilmasini loyihaoldi oʻrganish, shoshilinch-operativ xizmatlar, chaqiruvlarni qayta ishlash yagona navbatchi-dispetcherlik markazlari, foydalanilayotgan axborot tizimlari, resurslari va maʼlumotlar bazalari faoliyatini tahlil qilish.

Tahliliy maʼlumot

2017-yil

20-oktabrga qadar

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

(Sh. Shermatov), IIV (A. Azizov)

2.

“Xavfsiz shahar” kompleksi konsepsiyasini yaratish uchun huquqbuzarlik va favqulodda vaziyatlarning oldini olish monitoringi tizimlarida foydalaniladigan zamonaviy texnologiyalarni joriy etish boʻyicha xalqaro tajribani oʻrganish va tahlil qilish.

Tahliliy maʼlumot

2017-yil

20-oktabrga qadar

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

(Sh. Shermatov), IIV (A. Azizov)

TIF (A. Komilov)

3.

Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining Axborot xavfsizligi va jamoat tartibini taʼminlashga koʻmaklashish markazi faoliyatini tashkil etish.

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi

2017-yil

20-sentabrga qadar

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

(Sh. Shermatov), IIV (A. Azizov),

Moliya vazirligi (B. Xodjayev),

manfaatdor vazirlik va idoralar

4.

“Xavfsiz shahar” apparat-dasturiy kompleksini yaratish va yanada rivojlantirish Konsepsiyasini tasdiqlash, bunda quyidagilar orqali loyihani bosqichma-bosqich amalga oshirish nazarda tutiladi:

birinchi bosqich (2017 — 2019-yillar) sinov asosida — Toshkent shahri boʻyicha jinoyatlar va favqulodda hodisalar toʻgʻrisida xabarlarni qabul qilib olish va roʻyxatdan oʻtkazish avtomatlashtirilgan axborot tizimining video tahlil qilish va video kuzatish tizimlari bilan “Xavfsiz shahar” kompleksini yaratish;

ikkinchi bosqich (2019 — 2021-yillar) — “Xavfsiz shahar” kompleksini viloyat markazlari va respublikaning yirik shaharlarida joriy etish;

uchinchi bosqich (2021 — 2023-yillar) — “Xavfsiz shahar” kompleksini Oʻzbekiston Respublikasining barcha hududida joriy etish.

Komissiya qarori

2017-yil

1-oktabrga qadar

Komissiya (A. Aripov)

5.

“Xavfsiz shahar” kompleksini yaratish va rivojlantirish boʻyicha texnik topshiriqlarni qoʻshimcha ravishda ishlab chiqish.

Texnik topshiriq

2017-yil

15-noyabrga qadar

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

(Sh. Shermatov), IIV (A. Azizov),

vazirliklar va idoralar

6.

Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining Axborot xavfsizligi va jamoat tartibini taʼminlashga koʻmaklashish markazining ichki ishlar organlari, davlat organlari va boshqa tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorligi boʻyicha reglamentlarni ishlab chiqish.

Komissiya qarori

2017-yil

1-dekabrga qadar

Komissiya (A. Aripov), vazirliklar va idoralar

7.

Jamoat transportida yoʻlovchilar oqimini kuzatish va profilaktika ishlarini olib borish uchun intellektual-tahliliy videokuzatuv tizimini joriy etishni nazarda tutgan holda jamoat transportida yoʻlkira haqini toʻlashni avtomatlashtirish loyihasini amalga oshirish doirasida “Xavfsiz shahar” kompleksidan foydalangan holda Toshkent shahridagi jamoat transportida xavfsizlikni boshqarish va aholiga xizmat koʻrsatish sifati boʻyicha loyihani tayyorlash va amalga oshirish.

Komissiya qarori

2017-yil

1-dekabrga qadar

Komissiya (A. Aripov), vazirliklar va idoralar

8.

“Xavfsiz shahar” kompleksini yaratishga texnik-iqtisodiy hisob-kitoblarni ishlab chiqish.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihasi

2017-yil

1-dekabrga qadar

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

(Sh. Shermatov), IIV (A. Azizov),

FVV (R. Joʻrayev), SSV (A. Shodmonov), XTV (U. Inoyatov),

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Majidov),

vazirliklar va idoralar

9.

Xorijiy mamlakatlarning tajribasidan kelib chiqqan holda “Xavfsiz shahar” kompleksining texnik vositalari va boshqa elementlarini ishlab chiqarishni mahalliylashtirish imkoniyatlarini oʻrganish, Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan zarur texnik vositalar va apparat-dasturiy kompleksi boshqa elementlarning muayyan roʻyxatini taqdim etish.

Tahliliy maʼlumot

2017-yil

1-oktabrga qadar

“Oʻzeltexsanoat” AK (F. Bakiyev), IIV (A. Azizov), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Shermatov), Iqtisodiyot vazirligi (G. Saidova), Davlat raqobat qoʻmitasi (R. Gʻulomov), Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi (A. Axmedxodjayev), vazirliklar va idoralar

10.

“Xavfsiz shahar” kompleksini yaratish boʻyicha loyihani amalga oshirish uchun yetkazib beruvchilarni belgilash va kontraktlar tuzish.

Tender savdolari oʻtkazish

2018-yil

1-martga qadar

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Shermatov), IIV (A. Azizov), vazirliklar va idoralar

11.

Videokuzatuv kameralari, shoshilinch chaqirish moslamalari oʻrnatish, maʼlumotlarni qayta ishlash markazlari va vaziyatni oʻrganish markazlarini tashkil etish uchun obyektlar joylashtiriladigan joylarni tayyorlash.

Qurilish-montaj ishlari

jadvalga muvofiq

Toshkent shahar hokimligi (R. Usmonov), IIV (A. Azizov),

“Mahalla” jamgʻarmasi (Sh. Javlonov), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Shermatov)

13.

Zarur obyektlarni aniqlashning ilgʻor texnologiyalarini qoʻllagan holda avtotransport uchun jamoat intellektual avtomobil turargohlarida apparat-dasturiy yechimlarini joriy etish hamda “Xavfsiz shahar” kompleksini yanada rivojlantirish doirasida onlayn toʻlovlarni tashkil etish.

Jadval

2017-yil

1-noyabrga qadar tasdiqlash

2018-2019-yillarda amalga oshirish

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Shermatov), IIV (A. Azizov), Toshkent shahar hokimligi (R. Usmonov), Markaziy bank (M. Nurmuratov)

II. KADRLARNI TAYYORLASH VA MALAKASINI OSHIRISHNI TASHKIL ETISH

15.

Jamoat xavfsizligi va huquqbuzarliklarning oldini olishni taʼminlash sohasida zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etish boʻyicha xorijiy tajribani oʻrganishni tashkil etish.

Tahliliy maʼlumot

2017-yil

15-sentabrga qadar

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Shermatov), TIV (A. Kamilov), IIV (A. Azizov), FVV (R. Joʻrayev), Toshkent shahar hokimligi (R. Usmonov), vazirliklar va idoralar

16.

Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish boʻyicha mahalliy davlat hokimiyati va ichki ishlar organlari xodimlarining malakasini oshirish uchun oʻquv kurslari va maxsus taʼlim dasturlarini tashkil etish.

Chora-tadbirlar kompleksi

tasdiqlanishi — 2017-yil

1-noyabrga qadar

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Shermatov), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Majidov), IIV (A. Azizov), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, tumanlar va shaharlar hokimliklari

17.

Kompyuter va axborot texnologiyalari sohasida samaradorlikni oshirish va taʼlim olishni takomillashtirish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi taʼlim muassasalarining oʻquv rejalari va dasturlarini qayta koʻrib chiqish.

Komissiya qarori

2017-yil

1-dekabrga qadar

Komissiya (A. Aripov), vazirliklar va idoralar

III. AHOLI OʻRTASIDA “XAVFSIZ SHAHAR” KOMPLEKSI KONSEPSIYASINI ILGARI SURISH VA TARGʻIB QILISH BOʻYICHA TADBIRLAR

18.

Aholi orasida “Xavfsiz shahar” kompleksi konsepsiyasini quyidagilar orqali targʻib qilishni tashkil etish:

teleradio koʻrsatuvlar, ijtimoiy videoroliklar;

bosma nashrlarda, Internet tarmogʻi va boshqa ommaviy axborot vositalarida

tahliliy maqolalar tayyorlash;

tegishli materiallarni koʻcha bannerlarida, ommaviy ijtimoiy tarmoqlarda joylashtirish.

Komissiya qarori

2017-yil

1-dekabrga qadar

Komissiya (A. Aripov), vazirliklar va idoralar

19.

Jahon hamjamiyatida Oʻzbekistonning turistik va investitsiyaviy jozibadorligini oshirish maqsadida respublikaning “Worldʼs Safest Countries”da reytingini qoʻllab-quvvatlash va oshirish uchun tadbirlar tashkil qilish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2017-2018-yillar

Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (A. Abduhakimov), Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi (A. Axmedxodjayev), TIV (A. Kamilov), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Shermatov), IIV (A. Azizov), MTRK (B. Alixanov), OʻzA (A. Koʻchimov), vazirliklar va idoralar

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Izoh. “Xavfsiz shahar” yagona apparat-dasturiy kompleksini yaratish loyihasini amalga oshirishni muvofiqlashtirish boʻyicha komissiyasi ushbu Dasturga, zarur hollarda, oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritishga haqli.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 22-avgustdagi PF-194-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.08.2022-y., 06/22/194/0766-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 22-avgustdagi PF-194-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.08.2022-y., 06/22/194/0766-son)