28.08.2017 yildagi 678-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 28.08.2017 yildagi 678-son
Date of entry into force
04.09.2017
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori

“Oʻzbekkonsert” davlat muassasasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Madaniyat va sport sohasida boshqaruv tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 15-fevraldagi PF-4956-son Farmoniga muvofiq “Oʻzbekkonsert” davlat muassasasining samarali faoliyatini taʼminlash, oʻzbek milliy musiqa, akademik, estrada ijrochiligi hamda milliy raqs va xoreografiya ijrochilik sanʼatini yanada rivojlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Quyidagilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzbekkonsert” davlat muassasasining markaziy apparati boshqaruv xodimlari cheklangan soni 25 nafardan iborat tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzbekkonsert” davlat muassasasining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri boʻlimlarining namunaviy tuzilmasi 2-ilovaga muvofiq;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzbekkonsert” davlat muassasasi toʻgʻrisidagi ustav 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vaziriga, zarur hollarda, “Oʻzbekkonsert” davlat muassasasining markaziy apparati tuzilmasiga xodimlarning belgilangan cheklangan umumiy soni doirasida oʻzgartirishlar kiritish huquqi berilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Quyidagilar “Oʻzbekkonsert” davlat muassasasining asosiy vazifalari etib belgilansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mamlakatimizda konsert-tomosha va gastrol faoliyati sohasida yagona davlat siyosatini yuritish;

konsert-tomosha va gastrol faoliyatini tashkil etish va muvofiqlashtirish;

yosh va iqtidorli ijrochilarni aniqlash va qoʻllab-quvvatlash, badiiy yuksak musiqa asarlari, qoʻshiqlar va videokliplarning yaratishni taʼminlash va ragʻbatlantirish;

milliy raqs va xoreografiya, opera sanʼati, ansambl va orkestrlarning oʻzbek milliy madaniyati taraqqiyotidagi oʻrnini yanada oshirish, ularning gʻoyaviy-badiiy yoʻnalishlarini milliy va umuminsoniy qadriyatlar bilan uygʻunlikda rivojlantirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mamlakatimiz hududida va uning tashqarisida gastrol-konsert faoliyatini tashkil etish va muvofiqlashtirish.

3. Belgilab qoʻyilsinki:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzbekkonsert” davlat muassasasi “Oʻzbeknavo” estrada birlashmasi va “Oʻzbekraqs” milliy raqs birlashmasining huquq va majburiyatlari boʻyicha huquqiy vorisi hisoblanadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzbekkonsert” davlat muassasasi oʻz faoliyati toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligiga hamda Milliy estrada sanʼatini rivojlantirish va muvofiqlashtirish Kengashiga hisobot beradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzbekkonsert” davlat muassasasining direktori Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzbeknavo” estrada birlashmasi tomonidan berilgan konsert-tomosha faoliyatini amalga oshirish huquqiga litsenziyalar va konsert-tomosha tadbiriga bir martalik ruxsatnomalar tegishli ravishda ushbu litsenziyalar va ruxsatnomalar berilgan muddatgacha amal qiladi va qayta rasmiylashtirilishi talab etilmaydi;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzbekkonsert” davlat muassasasining markaziy apparati faoliyati konsert-tomosha faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziya berishdan undiriladigan davlat boji tushumi summasidan 70 foiz miqdoridagi ajratmalar, “Oʻzbekkonsert” davlat muassasasining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri hududiy boʻlimlarining faoliyati konsert-tomosha faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun litsenziya berish toʻgʻrisidagi arizalarni koʻrib chiqishdan tushadigan mablagʻlar hisobidan moliyalashtiriladi.
(3-bandning oltinchi xatboshisi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 6-avgustdagi 436-sonli qarori tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi “Oʻzbeknavo” estrada birlashmasi uchun oʻrnatilgan aloqa vositalarini, shu jumladan Hukumat aloqa vositalarini “Oʻzbekkonsert” davlat muassasasi ixtiyorida saqlab qolsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. “Oʻzbekkonsert” davlat muassasasining markaziy apparati Toshkent shahri, Navoiy koʻchasi, 2-uyda joylashtirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga 4-ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi madaniyat vaziri B.S. Sayfullayev zimmasiga hamda Vazirlar Mahkamasining Madaniyat, sanʼat va turizmni rivojlantirish masalalari axborot-tahlil departamentiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2017-yil 28-avgust,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
678-son

Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 28-avgustdagi 678-son qaroriga
1-ILOVA

“Oʻzbekkonsert” davlat muassasasining markaziy apparati
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
TUZILMASI

Xodimlarning umumiy soni 25 nafar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Texnik va xizmat koʻrsatuvchi xodimlar soni qonunchilikda belgilangan meʼyorlarga muvofiq belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 28-avgustdagi 678-son qaroriga
2-ILOVA

“Oʻzbekkonsert” davlat muassasasining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri hududiy boʻlimlarining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NAMUNAVIY TUZILMASI

Xodimlarning umumiy soni 4 nafar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 28-avgustdagi 678-son qaroriga
3-ILOVA

“Oʻzbekkonsert” davlat muassasasi toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
USTAV

1-bob. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Ushbu Ustav “Oʻzbekkonsert” davlat muassasasining asosiy vazifalari va funksiyalari, huquqlari va javobgarligini, uning faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. “Oʻzbekkonsert” davlat muassasasi mamlakatimizda konsert-tomosha faoliyati sohasida yagona davlat siyosatini yuritish, shu jumladan milliy estrada, opera, milliy raqs va xoreografiya sanʼatini, orkestrlarni, gastrol-konsert faoliyatini tashkil etish, rivojlantirish va muvofiqlashtirishga doir tashkiliy-ijodiy ishlarni amalga oshiruvchi Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi davlat muassasasi hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. “Oʻzbekkonsert” davlat muassasasi oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, ushbu Ustavga hamda boshqa qonun hujjatlariga amal qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. “Oʻzbekkonsert” davlat muassasasi oʻz faoliyati toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi hamda Milliy estrada sanʼatini rivojlantirish va muvofiqlashtirish kengashiga hisobot beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. “Oʻzbekkonsert” davlat muassasasi yuridik shaxs hisoblanadi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri, davlat tilida oʻz nomi tushirilgan muhrga va oʻz blankalariga, mustaqil balansiga, bank muassasalarida milliy va xorijiy valyutada hisob raqamiga ega boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. “Oʻzbekkonsert” davlat muassasasining joylashgan joyi (pochta manzili): Toshkent shahar, Navoiy koʻchasi, 2-uy, 100011.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-bob. “Oʻzbekkonsert” davlat muassasasining asosiy vazifalari va funksiyalari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Quyidagilar “Oʻzbekkonsert” davlat muassasasining asosiy vazifalari hisoblanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mamlakatimizda konsert-tomosha va gastrol faoliyati sohasida yagona davlat siyosatini yuritish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
konsert-tomosha va gastrol faoliyatini tashkil etish va muvofiqlashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yosh va iqtidorli ijrochilarni aniqlash va qoʻllab-quvvatlash, badiiy yuksak musiqa asarlari, qoʻshiqlar va videokliplarning yaratishni taʼminlash va ragʻbatlantirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
milliy raqs va xoreografiya sanʼatining, opera va orkestrlarning oʻzbek milliy madaniyati taraqqiyotidagi oʻrnini yanada oshirish, ularning gʻoyaviy-badiiy yoʻnalishlarini milliy va umuminsoniy qadriyatlar bilan uygʻunlikda rivojlantirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mamlakatimiz hududida va uning tashqarisida gastrol-konsert faoliyatini tashkil etish va muvofiqlashtirish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. “Oʻzbekkonsert” davlat muassasasi oʻziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) mamlakatimizda konsert-tomosha va gastrol faoliyati borasida yagona davlat siyosatini yuritish sohasida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
estrada, milliy raqs va xoreografiya sanʼatining aholi keng qatlamlarini, ayniqsa, yoshlarni Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalashdagi oʻrnini oshiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
estrada, milliy raqs va xoreografiya sanʼati, opera va orkestr ijrochiligi orqali yoshlar qalbi va ongida milliy oʻzlikni anglash, yuksak maʼnaviyat, insonparvarlik anʼanalariga sadoqat tuygʻularini shakllantiradi, maʼnaviy tahdidlar, shu jumladan “ommaviy madaniyat”, radikalizm va diniy ekstremizm kabi gʻoyaviy tahdidlarga qarshi maʼnaviy immunitetni mustahkamlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
aholining muttasil ortib borayotgan intellektual, madaniy ehtiyojlarni qondirishga, yoshlarni yuqori saviyadagi milliy va xorijiy estetik namunalar asosida tarbiyalashga yoʻnaltirilgan ommaviy-madaniy tadbirlar, konsertlar va gastrollarni tizimli tashkil etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
litsenziatlar tomonidan mualliflik huquqiga oid qonunchilik hujjatlariga rioya etilishi monitoringini yuritadi va bu borada vakolatli organlar bilan hamkorlikda ish olib boradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) konsert-tomosha va gastrol faoliyatini tashkil etish va muvofiqlashtirish sohasida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
konsert-tomosha faoliyatini litsenziyalash, konsert-tomosha tadbirlariga bir martalik ruxsatnomalar beradi, shu jumladan litsenziya talabgorlariga Milliy estrada sanʼatini rivojlantirish va muvofiqlashtirish Kengashi huzuridagi Ijodiy koʻmaklashuvchi vakillar guruhi xulosalari asosida konsert-tomosha faoliyati bilan shugʻullanish huquqi uchun litsenziyalar beradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
respublikamiz sanʼat ustalari va yosh isteʼdodlarini mamlakatimiz va xorijiy davlatlar jamoatchiligi oʻrtasida keng targʻib qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
musiqiy sanʼat rivoji va targʻibotiga qaratilgan reklama-tijorat ishlarini tashkil etish, samarali gastrol faoliyatini amalga oshiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
aholi va yoshlar ehtiyojlarini oʻrgangan holda umuminsoniy qadriyatlarni tarannum etuvchi jahon musiqa va raqs sanʼati namoyondalarining gastrollari hamda qoʻshma konsert dasturlarini belgilangan tartibda tashkil etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xorijiy davlatlarning sohaga oid tashkilotlari bilan madaniy, ilmiy-texnik va boshqa yoʻnalishlarda oʻzaro manfaatli hamkorlik aloqalarini yoʻlga qoʻyadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Milliy estrada sanʼatini rivojlantirish va muvofiqlashtirish Kengashi huzuridagi Ijodiy koʻmaklashuvchi vakillar guruhi yigʻilishlarini muntazam oʻtkazib, litsenziya talabgorlari tomonidan taqdim etiladigan hujjatlarni koʻrib chiqish, ularning malaka (professional) sifatlarini baholash va litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisidagi qaror qabul qilinishini tashkil etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
litsenziatlar tomonidan litsenziya talab va shartlariga rioya etilishi yuzasidan nazorat oʻrnatadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) yosh va iqtidorli ijrochilarni aniqlash va qoʻllab-quvvatlash, badiiy yuksak musiqa asarlari, qoʻshiqlar va videokliplarning yaratishni taʼminlash va ragʻbatlantirish sohasida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
milliy estrada, raqs va xoreografiya, opera va orkestr yoʻnalishlarida yosh isteʼdodlarni yuzaga chiqarishga doir loyihalarni amalga oshiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
isteʼdodli yoshlarning bilim va malakalarini oshirishga doir turli tadbirlar, seminarlar va mahorat darslari tashkil etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yoshlarni milliy va jahon musiqiy merosining eng nodir namunalari bilan tanishtirib boradi, past saviyali, yoshlar didini oʻstirishga xizmat qilmaydigan maʼnisiz qoʻshiqlar yaratilishining oldini oladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yoshlar oʻrtasida odob-axloq, sahna madaniyati, ustoz-shogird anʼanalarini mustahkamlashga doir turli tadbirlar uyushtiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) milliy raqs va xoreografiya sanʼatining, opera va orkestrlarning oʻzbek milliy madaniyati taraqqiyotidagi oʻrnini yanada oshirish, ularning gʻoyaviy-badiiy yoʻnalishlarini milliy va umuminsoniy qadriyatlar bilan uygʻunlikda rivojlantirish sohasida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
milliy raqs va xoreografiya sanʼati faoliyatini tashkil etish va rivojlantirishga doir tanlovlar, festivallar, seminarlar va mahorat darslarini oʻtkazadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
milliy raqs sanʼatining noyob merosini, shu jumladan milliy sahna liboslarini tiklash, rivojlantirish va targʻib etish yuzasidan ish olib boradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
milliy raqs va xoreografiya sanʼati boʻyicha ilmiy izlanishlarni ragʻbatlantiradi, metodik qoʻllanmalar, sohaga oid adabiyotlar tayyorlaydi va chop etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
d) mamlakatimiz hududida va uning tashqarisida gastrol-konsert faoliyatini tashkil etish va muvofiqlashtirish sohasida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mamlakatimiz estrada sanʼatkorlarining xorijiy davlatlarga gastrol safarlarini tashkil etadi va muvofiqlashtiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yurtimizda oʻtkaziladigan umumdavlat, jamoat tadbirlari va boshqa bayramlar (Mustaqillik kuni, “Navroʻz” umumxalq bayrami, Oʻqituvchi va murabbiylar kuni, Vatan himoyachilari kuni va boshqalar) va festivallarda belgilangan sanʼatkorlar ishtirokini taʼminlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mamlakatimizdan tashqarida Oʻzbekiston nomidan oʻtkaziladigan konsertlar, festivallar, madaniyat kunlari kabi tadbirlarni munosib tashkil etishda Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligiga yaqindan koʻmaklashadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tadbirlarda ishtirok etgan ijodiy jamoalar va yakkaxon ijrochilarni, bastakor, sayqalchi, rejissor, baletmeyster, ssenariy muallifi, shoir, boshlovchi va boshqa ijodkorlarni oʻz imkoniyati doirasida moddiy qoʻllab-quvvatlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-bob. “Oʻzbekkonsert” davlat muassasasining huquqlari va javobgarligi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. “Oʻzbekkonsert” davlat muassasasi oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni amalga oshirish uchun quyidagi huquqlarga ega:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tomonidan tasdiqlangan milliy mumtoz, akademik ijrochilik sanʼati, raqs va xoreografiya, estrada sohasidagi konsert-tomosha faoliyatining respublika va xalqaro dasturlari asosida shou-dasturlar, dam olish kechalari, festivallar, koʻriklar, tanlovlar, bayramlar va boshqa shu kabi tadbirlarni oʻtkazadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yuridik va jismoniy shaxslarning konsert-tomosha faoliyatini litsenziyalaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi hududida konsert-tomosha tadbirlarini tashkil etish uchun bir martalik ruxsatnoma beradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ijrochilarni, imkoniyati cheklangan va ijtimoiy himoyaga muhtoj sanʼatkorlarni, madaniyat va sanʼat sohasi faxriylarini, yosh isteʼdodli ijrochilarni moddiy va moliyaviy qoʻllab-quvvatlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
marketing, menejment, konsalting, reklama sohasida xizmatlar koʻrsatadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat buyurtmasi asosida yangi konsert dasturlari yaratadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ovoz yozish studiyalari tomonidan estrada va raqs ijodiy jamoalari, yakkaxon ijrochilar hamda boshqa “Oʻzbekkonsert” davlat muassasasi tomonidan konsert-tomosha faoliyatini amalga oshirish huquqi berilgan litsenziyaning talab etilishini nazorat qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yuridik va jismoniy shaxslarning konsert-tomosha faoliyatini amalga oshirish huquqini beradigan litsenziyasiz ushbu faoliyat bilan shugʻullanayotganligi aniqlangan taqdirda tegishli choralar koʻrish uchun huquqni muhofaza qilish organlariga taklif kiritadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlaridan oʻziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun zarur boʻlgan maʼlumotlarni belgilangan tartibda soʻrab oladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
litsenziatlar tomonidan mualliflik huquqiga oid qonunchilik hujjatlari talablari buzilgan holatlar aniqlangan taqdirda tegishli choralar koʻrish uchun vakolatli organlarga taklif kiritadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
konsert-tomosha faoliyatini amalga oshirish huquqini beradigan litsenziyaga ega boʻlmagan estrada va raqs ijodiy jamoalari, yakkaxon ijrochilar hamda boshqa sanʼatkorlarning ijrosidagi qoʻshiqlar va ularga ishlangan musiqiy kliplarni davlat va nodavlat teleradiokanallari orqali uzatilishining oldini olish choralarini koʻradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat va nodavlat teleradiokanallari efirlarida uzatilayotgan va namoyish etilayotgan badiiy-gʻoyaviy saviyasi past, yoshlarning didini tarbiyalashga xizmat qilmaydigan qoʻshiq va videokliplar namoyish etilishining oldini olish maqsadida teleradiokompaniyalar bilan hamkorlik qiladi va ularni toʻxtatish borasida takliflar kiritadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzbekkonsert” davlat muassasasi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. “Oʻzbekkonsert” davlat muassasasi quyidagilarga masʼuldir:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
konsert-tomosha hamda madaniy-ommaviy tadbirlarning oʻtkazilishini muvofiqlashtirish, ular yuzasidan samarali monitoringni amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
konsert-tomosha tadbirlariga bir martalik ruxsatnoma berishda qonun hujjatlari talablariga rioya etilishini taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
konsert-tomosha faoliyatini amalga oshirish huquqiga litsenziya va konsert-tomosha tadbiriga bir martalik ruxsatnoma talablari va shartlariga qatʼiy rioya etilishini taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
litsenziatlar va konsert-tomosha tadbirlarining tashkilotchilari tomonidan qonun hujjatlari talablarining bajarilishi yuzasidan tizimli nazorat oʻrnatish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
respublika hududida yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan konsert zallari, stadionlar, klublar, diskotekalar, restoranlar, kafe-barlarda konsert xizmati koʻrsatayotgan xonandalar, sozandalar, ovoz operatorlari, didjeylar, boshlovchilar va raqqosalarning litsenziyasiz faoliyat yuritishlarini oldini olish boʻyicha reyd-tekshiruv ishlarini amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
konsert-tomosha tadbirlarini yuqori saviyada tashkil etishda konsert tashkilotchilariga koʻmaklashish hamda milliy mentalityetimizga mos boʻlmagan, yoshlar tarbiyasiga salbiy taʼsir koʻrsatuvchi, badiiy-gʻoyaviy saviyasi past konsert dasturlarini tashkil etilishi va namoyish qilinishiga yoʻl qoʻymaslik choralarini koʻrish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
taniqli xonandalarni, yosh va iqtidorli ijrochilarni qoʻllab-quvvatlash, badiiy yuksak musiqa asarlari, qoʻshiqlar va videokliplarning yaratishni taʼminlash va ragʻbatlantirish ishlarini muvofiqlashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
konsert-tomosha faoliyatini litsenziyalashda mezonlarga va litsenziya talabgorlariga qoʻyiladigan malaka talablariga qatʼiy rioya etilishini taʼminlash.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. “Oʻzbekkonsert” davlat muassasasi oʻziga yuklangan vazifa va funksiyalarning samarali bajarilishi uchun javob beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-bob. “Oʻzbekkonsert” davlat muassasasi faoliyatini tashkil etish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. “Oʻzbekkonsert” davlat muassasasi faoliyatiga direktor rahbarlik qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. “Oʻzbekkonsert” davlat muassasasi direktori Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Direktorning “Oʻzbekkonsert” davlat muassasasi direktori tavsiyasiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan ikki nafar oʻrinbosari boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Direktor:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzbekkonsert” davlat muassasasi faoliyatiga umumiy rahbarlik qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzbekkonsert” davlat muassasasi vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha qarorlar qabul qiladi hamda “Oʻzbekkonsert” davlat muassasasiga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻz oʻrinbosarlarining vakolatlarini belgilaydi, ular oʻrtasida vazifalarni taqsimlaydi, hududiy boʻlimlar boshliqlarining vakolatlarini belgilaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzbekkonsert” davlat muassasasi markaziy apparati va hududiy boʻlimlari shtat jadvallarini hamda xarajatlar smetasi loyihalarini tuzilishini va ularni Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tasdigʻiga kiritilishini tashkil etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzbekkonsert” davlat muassasasining markaziy apparati boʻlimlari va hududiy boʻlimlar toʻgʻrisidagi ustavlarni tasdiqlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzbekkonsert” davlat muassasasining markaziy apparati va hududiy boʻlimlari xodimlarini ragʻbatlantirish va ularga intizomiy jazo berish masalalarini hal qiladi, alohida oʻrnak koʻrsatgan xodimlarni Oʻzbekiston Respublikasi faxriy unvonlari berishga va davlat mukofotlariga taqdim etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzbekkonsert” davlat muassasasining markaziy apparati xodimlarini va Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi bilan kelishilgan holda hududiy boʻlimlar boshliqlarini lavozimga tayinlaydi va lavozimdan ozod qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Direktor qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. “Oʻzbekkonsert” davlat muassasasining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri hududiy boʻlimlari boshliqlari Qoraqalpogʻiston Respublikasi Madaniyat vazirining, viloyatlar Madaniyat boshqarmalari boshliqlarining va Toshkent shahri Madaniyat bosh boshqarmasi boshligʻining tavsiyalari asosida Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vaziri bilan kelishgan holda “Oʻzbekkonsert” davlat muassasasi direktori tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-bob. “Oʻzbekkonsert” davlat muassasasi faoliyatini moliyalashtirish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. “Oʻzbekkonsert” davlat muassasasi faoliyati quyidagi manbalar hisobidan moliyalashtiriladi:
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Konsert-tomosha faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziya berishdan undiriladigan davlat boji tushumi summasidan 70 foiz miqdoridagi ajratmalar;
(16-bandning ikkinchi xatboshisi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 6-avgustdagi 436-son qarori tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
konsert-tomosha faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun litsenziya talabgorining litsenziya berish toʻgʻrisidagi arizasi koʻrib chiqilganligi uchun hamda konsert-tomosha tadbirlariga bir martalik ruxsatnomalar berish uchun yigʻimlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tadbirkorlik faoliyatidan tushadigan daromadlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. “Oʻzbekkonsert” davlat muassasasining shtatlar jadvali va xarajatlar smetasi Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tomonidan, “Oʻzbekkonsert” davlat muassasasining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri hududiy boʻlimlari shtatlar jadvali va xarajatlar smetasi esa “Oʻzbekkonsert” davlat muassasasi tomonidan tasdiqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. “Oʻzbekkonsert” davlat muassasasi har chorak yakuni boʻyicha keyingi oyning 10-sanasigacha Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligiga oʻz faoliyati yuzasidan moliyaviy hisobot beradi.
(18-band Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 6-avgustdagi 436-son qarori tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6-bob. Yakunlovchi qoida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Ushbu Ustav talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 28-avgustdagi 678-son qaroriga
4-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Vazirlar Mahkamasining “Estrada qoʻshiqchilik sanʼatini yanada rivojlantirish toʻgʻrisida” 2001-yil 26-iyundagi 272-son qarorida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) 2-bandning yettinchi xatboshidagi “va sport ishlari” soʻzlari chiqarib tashlansin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) 3, 4, 5, 7 — 11-bandlar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) 6-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Belgilab qoʻyilsinki, Ijodiy koʻmaklashuvchi vakillar guruhi Milliy estrada sanʼatini rivojlantirish va muvofiqlashtirish Kengashi Nizomida koʻzda tutilgan dasturiy vazifalarni amalga oshiradi, yuridik va jismoniy shaxslar, ijodiy jamoalar, guruhlar, yakkaxon ijrochilardan konsert-tomosha faoliyati bilan shugʻullanishga maxsus ruxsatnoma (litsenziya) olish uchun tushgan arizalarni koʻrib chiqib, muhokama qiladi, sanʼatkorlarning ijodiy nufuzi, mahorati, professional malakasi, repertuar saviyasiga qarab, ularga xulosa beradi. Mazkur guruh xulosasi “Oʻzbekkonsert” davlat muassasasi tomonidan litsenziyalar berilishi uchun asos hisoblanadi.”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2.10-banddagi “Oʻzbeknavo” estrada birlashmasi, Estrada sanʼatini rivojlantirish jamgʻarmasi” soʻzlari “Oʻzbekkonsert” davlat muassasasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4.1-banddagi “Oʻzbeknavo” estrada birlashmasining bosh direktori lavozimiga tayinlash uchun Vazirlar Mahkamasiga nomzod tavsiya etadi” soʻzlari chiqarib tashlansin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4.2-banddagi “Oʻzbeknavo” estrada birlashmasi bosh direktorining” soʻzlari “Oʻzbekkonsert” davlat muassasasi direktorining” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5.1, 5.2 va 5.3-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“5.1. “Oʻzbekkonsert” davlat muassasasi Kengashning ishchi organi, Ijodiy koʻmaklashuvchi guruh uning maslahat organi hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5.2. Ijodiy koʻmaklashuvchi vakillar guruhi jamoatchilik asosida faoliyat yuritadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5.3. “Oʻzbekkonsert” davlat muassasasi direktori va Ijodiy koʻmaklashuvchi vakillar guruhi rahbari Kengash raisining oʻrinbosarlari hisoblanadi.”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5.4-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5.5-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“5.5. “Oʻzbekkonsert” davlat muassasasi oʻz faoliyati boʻyicha yilning har choragida bir marta Kengash oldida hisobot beradi.”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
d) 3, 4 va 5-ilovalar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 9-avgustdagi 169-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yosh isteʼdodlar uchun “Nihol” mukofoti toʻgʻrisidagi Nizomda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) 7, 9, 10 va 18-bandlardagi “madaniyat va sport ishlari” soʻzlari “madaniyat” soʻzi bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) 12-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“12. Qoraqalpogʻiston Respublikasi viloyat va Toshkent shahri komissiyalarining faoliyati Qoraqalpogʻiston Respublikasi Madaniyat vazirligi viloyat hamda Toshkent shahri madaniyat boshqarmalari tomonidan muvofiqlashtiriladi, uning tarkibi joylardagi yetuk madaniyat va sanʼat sohasi mutaxassislari hamda taniqli sanʼatkorlar, “Oʻzbekkonsert” davlat muassasasining hududiy boʻlimi, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi va boshqa nodavlat notijorat tashkilotlari vakillaridan iborat boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Komissiya tarkibi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlari tomonidan tasdiqlanadi.”.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-apreldagi 258-sonli qaroriga asosan 2021-yil 1-iyuldan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.04.2021-y., 09/21/258/0400-son)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 35-son, 930-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.04.2021-y., 09/21/258/0400-son)