Hujjat kuchini yo‘qotgan 29.12.2023 15.02.2017 yildagi PF-4956-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 15.02.2017 yildagi PF-4956-son
Date of entry into force
17.02.2017
Hujjat kuchini yo‘qotgan 29.12.2023
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Farmoni
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Madaniyat va sport sohasida boshqaruv tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur Farmon O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 25-dekabrdagi PF-214-sonli “Madaniyat va san’at sohasida davlat boshqaruvi takomillashtirilganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qayd etib o‘tilsinki, mustaqillik yillarida xalqimizning boy madaniy merosini qayta tiklash, yuksak ma’naviyat, milliy o‘ziga xoslik va xalq an’analarining mavjud ko‘p asrlik sarchashmalarini butun choralar bilan rivojlantirish, jismonan sog‘lom, ma’nan yetuk va har tomonlama barkamol shaxslar jamiyatini barpo etish uchun zarur shart-sharoitlar yaratildi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Aholining madaniy va estetik ehtiyojlarini yanada to‘la qondirishga, teatr, musiqa, tasviriy san’at hamda boshqa san’at turlarini rivojlantirishga, xalqimiz tarixi va bugungi hayotining eng yorqin sahifalarini, mamlakatimizning erkin demokratik taraqqiyotini aks ettiruvchi asarlar yaratishda ijodiy jamoalarga har tomonlama yordam ko‘rsatishga alohida e’tibor qaratildi. Jismoniy tarbiya va ommaviy sportni rivojlantirish bo‘yicha tizimli va aniq maqsadga yo‘naltirilgan chora-tadbirlar amalga oshirildi. Nufuzli xalqaro musobaqalarda O‘zbekiston sharafini munosib himoya qilish va yuksak marralarni zabt etishga qodir mahoratli sportchilar tayyorlashning samarali tizimi yaratildi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shu bilan birga, mavjud davlat boshqaruvi tizimi madaniyat va sportni rivojlantirish muammolarini kompleks hal etish, shuningdek mazkur sohalarda davlat siyosatini samarali amalga oshirishni to‘liq darajada ta’minlash imkonini bermaydi. Zimmasidagi vazifalar ko‘lami kengligi va ahamiyati kattaligiga qaramay, Madaniyat va sport ishlari vazirligi tomonidan davlat boshqaruvi organlari va mahalliy hokimiyat organlari bilan faol hamkorlik ta’minlanmayapti, uning faoliyati esa ko‘pincha madaniy-ommaviy va sport tadbirlarini o‘tkazish bilangina cheklanib qolmoqda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Madaniy-ma’rifiy va sport-sog‘lomlashtirish muassasalari, obyektlari va inshootlarining moddiy-texnik bazasini yanada rivojlantirish va mustahkamlash masalalari hamon o‘z yechimini topgan emas. Madaniyat va sport sohasida kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlash tizimi zamonaviy talablarga javob bermaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Madaniyat va sport sohasidagi boshqaruv tizimini takomillashtirish, mazkur sohada O‘zbekiston xalqining boy va o‘ziga xos madaniyati, san’ati va ijodiyotini yanada rivojlantirishni ta’minlashga yo‘naltirilgan davlat siyosatini amalga oshirish samaradorligini tubdan yuksaltirish, aholi keng qatlamlari orasida ma’naviy-axloqiy kamolot va sog‘lom turmush tarziga intilishni kuchaytirish maqsadida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi tugatilsin va uning negizida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi;
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-martdagi PF-5368-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 06.03.2018-y., 06/18/5368/0851-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Quyidagilar O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi faoliyatining asosiy vazifa va yo‘nalishlari etib belgilansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
madaniyat sohasida yagona davlat siyosatini yuritish, milliy madaniy va ma’naviy merosni asrab-avaylash va ko‘paytirish, san’at va badiiy ijodni har tomonlama rivojlantirish, xalqimizning ma’naviy-axloqiy va madaniy darajasini yanada yuksaltirishni rag‘batlantirish, uni milliy va jahon madaniyatining eng yaxshi namunalaridan bahramand etish borasida tizimli chora-tadbirlarni amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
aholi keng qatlamlari, ayniqsa, yoshlar qalbi va ongiga mustaqillik, yuksak ma’naviyat, insonparvarlik an’analariga sadoqat, milliy o‘zlikni anglash g‘oyalarini yanada chuqur singdirish, radikalizm va ekstremizmdek yot g‘oyalarga qarshi immunitetni mustahkamlash, jamiyatning muttasil ortib borayotgan intellektual, estetik va madaniy ehtiyojlarini qondirishga yo‘naltirilgan ommaviy-madaniy tadbirlarni o‘tkazishga qaratilgan ma’rifiy ishlarni amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
badiiy ijod, shu jumladan, teatr, musiqa, xoreografiya, estrada, sirk va xalq amaliy san’atini yanada rivojlantirishni rag‘batlantirish, xalqimiz tarixi va bugungi hayotining eng yorqin sahifalarini, mamlakatimizning erkin demokratik taraqqiyotini aks ettiruvchi asarlar yaratishda ijodiy jamoalarga, ayniqsa, ijodkor yoshlarga har tomonlama ko‘maklashish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
madaniyat muassasalari, jumladan, teatrlar, madaniyat va aholi dam olish markazlari, madaniyat va istirohat bog‘lari, muzeylar hamda boshqa madaniy-ma’rifiy muassasalarning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, ularning faoliyat samaradorligini oshirish, ma’naviy yetuk, intellektual barkamol va yuksak madaniyatli shaxslarni tarbiyalash ishida ushbu muassasalar imkoniyatlaridan yanada to‘liq foydalanish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, jumladan, mahalliy hokimiyat idoralari, jamoat tashkilotlari, o‘quv yurtlari, ijodiy uyushmalar va boshqa tashkilotlar bilan faoliyatning asosiy vazifa hamda yo‘nalishlarini, madaniy-ma’rifiy tadbirlarni amalga oshirishda, madaniyat va ijodiy muassasalar ishining samaradorligini ta’minlashda mustahkam hamkorlikni yo‘lga qo‘yish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
madaniyat sohasida kadrlar tayyorlash va ularning malakasini oshirish jarayonini milliy va umuminsoniy qadriyatlar, insonparvarlik va yuksak ma’naviyat ruhida takomillashtirish, bunda zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalaridan, ilg‘or xalqaro tajribalardan foydalanish, madaniy-ma’rifiy muassasalar va o‘quv yurtlarini yuqori malakali kadrlar bilan ta’minlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlatlararo va xalqaro madaniy aloqalarni kengaytirish hamda mustahkamlash, mamlakatimizning madaniy merosini, mamlakatimiz ijodiy jamoalari va mualliflari asarlarini, jumladan, konferensiyalar va ko‘rgazmalar, madaniy tadbirlar va anjumanlar o‘tkazish yo‘li bilan chet ellarda keng targ‘ib qilish, madaniyat sohasiga xorijiy investitsiyalar va grantlar jalb etish, shuningdek madaniyat sohasiga oid ommaviy adabiyotlarni chop etish, video va kino materiallar tayyorlash.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-martdagi PF-5368-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchinin yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 06.03.2018-y., 06/18/5368/0851-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzurida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“O‘zbeknavo” estrada birlashmasi va “O‘zbekraqs” milliy raqs birlashmasi negizida “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Milliy estrada san’atini rivojlantirish va muvofiqlashtirish bo‘yicha kengash huzuridagi Estrada san’atini rivojlantirish jamg‘armasi negizida budjetdan tashqari Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi tashkil qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Konsert-tomosha faoliyatini amalga oshirish huquqini beradigan litsenziya olish uchun to‘lanadigan davlat boji ajratmalari, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tizimidagi tashkilotlarning budjetdan tashqari mablag‘lari va daromadlaridan ajratmalar Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi daromadlarining manbalari etib belgilansin, Jamg‘arma mablag‘lari “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi ta’minotiga, O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tizimi muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlashga va xodimlarini moddiy rag‘batlantirishga yo‘naltirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Faoliyatni o‘rganib chiqish natijalarini hisobga olib, “O‘zbekteatr” ijodiy-ishlab chiqarish birlashmasi, “Artmadad” maxsus jamg‘armasi va “O‘zbekmuzey” jamg‘armasi tugatilsin hamda mazkur tashkilotlarning funksiyalari va mol-mulki O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligiga topshirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Quyidagilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tuzilmasidagi R. Glier nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan musiqa akademik litseyi, V. Uspenskiy nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan musiqa akademik litseyi, Respublika ixtisoslashtirilgan musiqa va san’at akademik litseyi, bolalar musiqa va san’at maktablari, shuningdek, “Istiqlol” va “Turkiston” san’at saroylari — O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tizimiga;
Oldingi tahrirga qarang.
(6-bandining uchinchi va to‘rtinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 26-avgustdagi PF-5787-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.08.2019-y., 06/19/5787/3650-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish bo‘yicha komissiya (keyingi o‘rinlarda — Komissiya) 1-ilovaga* muvofiq tarkibda tuzilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
* 1-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Komissiya (A.N. Aripov) belgilangan tartibda bir oy muddatda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligini qayta tashkil etish hamda O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi faoliyatini tashkil etishga doir barcha masalalar hal etilishini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi markaziy apparatiga malakali mutaxassislar har tomonlama tanlab olinishi va kadrlar bilan to‘ldirilishini ta’minlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Belgilab qo‘yilsinki, O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligining barcha majburiyatlari va shartnomalari, shu jumladan, xalqaro shartnomalarning o‘ziga tegishli qismi bo‘yicha uning huquqiy vorislari hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ikki hafta muddatda Madaniyat vazirligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish yuzasidan Hukumat qarorlarini qabul qilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, Moliya vazirligi va Mehnat vazirligi boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda 2017-yilning 1-iyuliga qadar madaniyat xodimlari mehnatiga haq to‘lash tizimini takomillashtirish va uni moddiy rag‘batlantirishni kuchaytirish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasini taqdim etsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ba’zi hujjatlari 2-ilovaga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan, deb hisoblansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Ushbu Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2017-yil 15-fevral,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
PF-4956-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 15-fevraldagi PF-4956-sonli Farmoniga
1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish bo‘yicha Komissiya
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
TARKIBI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

A.N. Aripov

O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri, komissiya raisi

A.I. Ikramov

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari, komissiya raisi o‘rinbosari

lavozimi bo‘yicha

madaniyat vaziri

lavozimi bo‘yicha

O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi raisi

B.A. Xodjayev

moliya vaziri

G.K. Saidova

iqtisodiyot vaziri

A.A. Abduhakimov

mehnat vaziri

U.I. Inoyatov

xalq ta’limi vaziri

B.R. Parpiyev

Davlat soliq qo‘mitasi raisi

D.A. Xidoyatov

Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi

E.B. Iskandarov

O‘zbekiston Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasi ijrochi direktori

R.J. Usmonov

Toshkent shahri ho�imi

Sh.M. Sodiqov

Vazirlar Mahkamasining yoshlar siyosati, madaniyat, axborot tizimlari va telekommunikatsiyalari masalalariaxborot-tahlil departamenti mudiri

B.K. Yusupaliyev

Vazirlar Mahkamasining sog‘liqni saqlash, ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish, jismoniy tarbiya va sport masalalariaxborot-tahlil departamenti mudiri

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Izoh: Komissiya a’zolari boshqa ishga o‘tgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangi tayinlangan yoki zimmasiga tegishli funksiyalarni bajarish yuklangan shaxslar kiritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 15-fevraldagi PF-4956-sonli Farmoniga
2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining o‘z kuchini yo‘qotgan ayrim hujjatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
RO‘YXATI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbeknavo” gastrol-konsert birlashmasini tashkil etish to‘g‘risida” 1996-yil 5-apreldagi PF-1419-sonli Farmoni.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yil 30-apreldagi PF-6218-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.04.2021-y., 06/21/6218/0398-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yil 30-apreldagi PF-6218-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.04.2021-y., 06/21/6218/0398-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yil 30-apreldagi PF-6218-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.04.2021-y., 06/21/6218/0398-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2004-yil 29-avgustdagi PF-3481-sonli Farmoni.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligini tashkil etish to‘g‘risida” 2004-yil 27-sentabrdagi PF-3491-sonli Farmoni.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi markaziy apparatining tuzilmasini tasdiqlash to‘g‘risida” 2014-yil 14-martdagi PQ-2146-sonli qarori.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Madaniyat va sport sohasida boshqaruv tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ShARH
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

O‘zbekiston xalqiga mehnatsevar va ma’rifatparvar ajdodlarimizdan badiiy ijodkorlik, me’morchilik va hunarmandchilikning qadimiy maktablari va an’analariga ega noyob va o‘ziga xos madaniy meros qolgan. Bizgacha yetib kelgan va nafaqat milliy, balki jahon madaniy merosining ajralmas qismi bo‘lgan bebaho badiiy, tasviriy, amaliy, me’moriy san’at asarlari va yodgorliklari, xalq qo‘shiqlari, raqslari, sport o‘yinlari va turlari buning yorqin tasdig‘idir.

Mustaqillik yillarida erkin demokratik rivojlanish yo‘lini tanlagan mamlakatimiz oldida milliy madaniyat va san’atimizni tiklash, asrab-avaylash va yanada rivojlantirish, uni zamonaviy jahon sivilizatsiyasi yutuqlari hisobidan boyitish, o‘sib kelayotgan avlodni ko‘p asrlik an’ana va ma’naviy-axloqiy qadriyatlarga sadoqat ruhida tarbiyalash bo‘yicha mas’uliyatli va murakkab vazifalar turgan edi.

Madaniyat va sport sohasida amalga oshirilayotgan davlat siyosati xalqimizning ulkan intellektual va ijodiy salohiyatini ro‘yobga chiqarish, barqaror rivojlangan, jismonan baquvvat va ma’nan yetuk shaxslar jamiyatini barpo etish, aholining o‘sib borayotgan ma’naviy va estetik ehtiyojlarini ta’minlash, madaniyat va sport muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash uchun zarur shart-sharoitlar yaratdi.

Hozirgi paytda mamlakatimizda 39 teatr, 175 muzey, mingdan ziyod aholi dam olish va madaniyat markazlari, istirohat bog‘lari, 301 bolalar musiqa va san’at maktabi, 296 bolalar va o‘smirlar hamda respublika darajasidagi sport maktabi, 51 mingga yaqin sport majmuasi, stadionlar va inshootlar faoliyat ko‘rsatmoqda, 2,7 milliondan ortiq bola sport, musiqa va san’at bilan muntazam shug‘ullanmoqda. Madaniyat va san’at, sport va jismoniy tarbiya sohasida 69 ming xodim mehnat qilmoqda.

Shu bilan birga, madaniyat va sport sohasida davlat boshqaruvi samaradorligining tanqidiy tahlili shuni ko‘rsatmoqdaki, Madaniyat va sport ishlari vazirligi tomonidan mutasaddi organ sifatida o‘z oldiga qo‘yilgan keng ko‘lamli masalalarning to‘liq ijrosi ta’minlanmagan, ayniqsa, davlat boshqaruvi va joylardagi ijro hokimiyati organlari faoliyatini mazkur sohada muvofiqlashtirish, madaniy-ma’rifat va sport-sog‘lomlashtirish muassasalari moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, ularni malakali kadrlar bilan ta’minlash bo‘yicha ishlar yetarli darajada olib borilmagan.

Bundan tashqari, hayotiy tajriba shuni ko‘rsatmoqdaki, bitta vazirlikda madaniyat va sport kabi ikkita ko‘p qirrali va murakkab sohalarning birlashtirilishi ommaviy jismoniy tarbiyani rivojlantirish, istiqbolli sportchilarni saralash tizimini takomillashtirish, hududlarda teatr, mumtoz musiqa va boshqa san’at turlarini keng ommalashtirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar samaradorligini yuksaltirish imkonini bermayapti.

Natijada Madaniyat va sport ishlari vazirligi o‘z ish faoliyatida ko‘p hollarda barcha mavjud resurs va imkoniyatlarini bayramlar madaniy tadbirlarini o‘tkazishga va muhim xalqaro sport musobaqalariga tayyorgarlik ko‘rishga yo‘naltirish bilan chegaralanib qolgan. Yuzaga kelgan salbiy holatlarni bartaraf etish uchun vazirlik faoliyatini tubdan isloh qilish zarurati paydo bo‘ldi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Madaniyat va sport sohasida boshqaruv tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni madaniyat va sport sohasida boshqaruv tizimini tubdan takomillashtirish, ushbu sohada davlat siyosatini amalga oshirish samaradorligini keskin oshirish, O‘zbekiston xalqining boy va o‘ziga xos madaniyati, san’ati va ijodini yanada rivojlantirishni ta’minlash, aholining keng qatlam o‘rtasida ma’nan va axloqan komil inson bo‘lishga va sog‘lom turmush tarzini yuritishga intilishni rag‘batlantirishga yo‘naltirilgan.

Farmonga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi tugatiladi va uning negizida O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi tashkil etiladi.

Alohida ta’kidlash joizki, Farmonga ko‘ra, Madaniyat vazirligi hamda Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasining ushbu sohalarda davlat siyosatini amalga oshirish bo‘yicha b�rcha jabhalarini qamrab oluvchi quyidagi asosiy vazifa va faoliyat yo‘nalishlari belgilangan:

milliy madaniy va ma’naviy merosimizni asrab-avaylash va boyitish, san’at va badiiy ijodni har tomonlama rivojlantirish, aholining ma’naviy-axloqiy va madaniy darajasini yanada oshirishni rag‘batlantirish, uni milliy va jahon madaniyatining eng yaxshi namunalari bilan tanishtirish bo‘yicha tizimli choralarni amalga oshirish;

aholining keng qatlami, ayniqsa, yoshlar ongi va qalbida mustaqillik g‘oyasiga, yuqori ma’naviyat va insonparvarlik an’analariga sadoqat tuyg‘ulari yanada chuqur ildiz otishi, radikalizm va ekstremizmdek yot g‘oyalarga qarshi immunitetni mustahkamlash, jamiyatning o‘sib kelayotgan intellektual, estetik va madaniy ehtiyojlarini ta’minlashga yo‘naltirilgan madaniy-ommaviy tadbirlar o‘tkazish bo‘yicha ishlarni tashkil etish;

badiiy ijodning rivojlanishini yanada rag‘batlantirish, ijodiy jamoalarga, ayniqsa, ijodkor yoshlarga har tomonlama ko‘maklashish, madaniyat muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va faoliyati samaradorligini oshirish, ularning imkoniyatlaridan ma’nan yetuk, intellektual rivojlangan va yuqori madaniyatli shaxslarni tarbiyalash ishlarida yanada to‘laroq foydalanish;

aholining keng qatlamlari o‘rtasida sport va jismoniy tarbiya bilan shug‘ullanishni ommalashtirish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlarni tashkillashtirish, jismoniy tarbiya va sog‘lomlashtirish, sport tashkilotlarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, mamlakatimiz korxonalarida sport jihozlari va inventarlari ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish va kengaytirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqishda ishtirok etish;

bolalar, ayniqsa, qizlarni sport bilan muntazam shug‘ullanishga keng jalb etish, bolalar sportini har tomonlama rivojlantirish, bolalar sport ta’limi sifatini oshirish orqali barcha hududlarda bolalar sport obyektlari tarmog‘ini yanada kengaytirish, shu asosda bolalar sog‘lig‘ini mustahkamlash va ularning barqaror jismoniy rivojlanishini ta’minlash;

iqtidorli va istiqbolli sportchilarni saralash, tayyorlash va mahoratini oshirishning uzluksiz tizimini takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish, sport tayyorgarligi jarayoniga zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, Olimpiya va Osiyo o‘yinlarida, jahon va Osiyo chempionatlarida hamda boshqa nufuzli xalqaro musobaqalarda muvaffaqiyatli qatnashishni ta’minlash uchun mamlakat terma jamoalarining asosiy tarkibi va sifatli sport zaxirasini shakllantirish;

zamonaviy texnologiya va ilg‘or xalqaro tajribadan foydalangan holda, kadrlar tayyorlash va malakasini oshirish jarayonini takomillashtirish, madaniyat va sport sohasida muassasalar va o‘quv yurtlarini yuqori malakali kadrlar bilan ta’minlash, davlatlararo va xalqaro aloqalarni kengaytirish va mustahkamlash.

Farmonga binoan O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A. Aripov rahbarligida Madaniyat vazirligi hamda Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish bo‘yicha Komissiya tuzildi. Komissiyaga bir oy muddatda Madaniyat va sport ishlari vazirligini qayta tashkil etish bo‘yicha barcha masalalarni hal etish, Madaniyat vazirligi hamda Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasining markaziy apparatiga malakali mutaxassislarni har tomonlama saralash va kadrlar bilan to‘ldirishni ta’minlash topshirig‘i berilgan.

Ta’kidlash joizki, Farmonga binoan, “O‘zbeknavo” estrada birlashmasi va “O‘zbekraqs” milliy raqs birlashmasi negizida Madaniyat vazirligi huzurida “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi tashkil etilgan. Ushbu muassasa o‘zida 2,5 ming ijodiy jamoa va ijrochilarni birlashtiradi hamda musiqa, xoreografiya va estrada san’atini rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish samaradorligini kuchaytirish, O‘zbekiston xalqining ma’naviyati, yorqin va o‘ziga xos madaniyatini yorituvchi yuksak badiiy va sifatli asarlar yaratishga har tomonlama ko‘maklashish imkonini beradi.

Farmonga binoan “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi faoliyatini moliyalashtirish, madaniyat muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, shu jumladan, ularni jihozlash va ta’mirlash, madaniyat va san’at arboblarining xalqaro festivallar va konkurslarda ishtirok etishini ta’minlash, Madaniyat vazirligi muassasalari kadrlari malakasini oshirish va moddiy rag‘batlantirish uchun budjetdan tashqari Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasini tuzish nazarda tutilgan.

Musiqiy ta’lim va kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish maqsadida Xalq ta’limi vazirligiga qarashli R. Glier va V. Uspenskiy nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan akademik musiqa litseylari, Respublika ixtisoslashtirilgan musiqa va san’at akademik litseyi, 301 bolalar musiqa va san’at maktabi Madaniyat vazirligi tizimiga o‘tkazildi.

Madaniy-ommaviy tadbirlarni yuqori darajada o‘tkazishni kengaytirish maqsadida “Istiqlol” va “Turkiston” san’at saroylari Toshkent shahar hokimiyati ixtiyoridan Madaniyat vazirligi tasarrufiga o‘tkazildi, ularning o‘z daromadlari bilan qoplanmaydigan qismidagi xarajatlarini moliyalashtirish uchun respublika budjetidan mablag‘ ajratilishi belgilandi.

Bolalar sportini rivojlantirish va ommaviylashtirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlarni sifat jihatidan kuchaytirish, bolalar sporti obyektlarining moddiy-texnik bazasini yanada mustahkamlash, sport ta’limi va sport zaxiralarini tayyorlash tizimini takomillashtirish maqsadida O‘zbekiston Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasi ijro apparati, sport yo‘nalishi bo‘yicha 256 sport maktabi va sport yo‘nalishidagi maktab-internatlari Xalq ta’limi vazirligi ixtiyoridan Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi tasarrufiga o‘tkazildi.

Madaniyat vazirligi, Moliya vazirligi, Mehnat vazirligiga boshqa tegishli vazirlik va tashkilotlar bilan birgalikda 2017-yilning 1-iyuliga qadar madaniyat xodimlariga ish haqini to‘lash va ularning mehnatini moddiy rag‘batlantirish tizimini takomillashtirish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasini kiritish topshirig‘i berildi.

Farmonni amalga oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Madaniyat vazirligi hamda Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risidagi qarorlari qabul qilingan, ushbu qarorlarda ularning tashkiliy tuzilmalari, markaziy apparati tuzilmalari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahri, tumanlar va shaharlardagi hududiy boshqarmalari tuzilmalari tasdiqlangan.

Madaniyat vazirligi tizimida madaniy-ommaviy tadbirlarni tashkillashtirish, madaniy-ma’rifiy muassasalar va nomoddiy merosni rivojlantirish, sohadagi ta’lim muassasalarini metodik ta’minlash, Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi tizimida esa sport va sport ta’limi muassasalarini ilmiy-metodik ta’minlash, sport turlari bo‘yicha milliy terma jamoalarni shakllantirish va tayyorlash bo‘yicha yangi bo‘linmalar va shtat birliklari nazarda tutilgan, ikki davlat boshqaruvi organi tuzilmasiga jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash bo‘yicha mutaxassislar lavozimi kiritilgan.

Sport tashkilotlari, ta’lim va sport ta’limi muassasalarini yuqori malakali murabbiylar va sport mutaxassislari bilan ta’minlashni kengaytirish maqsadida Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Bolalar va o‘smirlar sport maktablari xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish markazini qayta tashkil etish va uning O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya instituti qoshidagi jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni ilmiy-metodik ta’minlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish markaziga qo‘shilishi nazarda tutilgan.

Madaniyat vazirligiga tegishli vazirlik va tashkilotlar bilan birgalikda ikki oy muddatda o‘zbek raqsining boy tarixiy an’analarini qayta tiklash va asrab-avaylashga yo‘naltirilgan O‘zbekiston milliy raqsini yanada rivojlantirish bo‘yicha o‘rta muddatli chora-tadbirlar dasturini, shuningdek, madaniyat muassasalari moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, jumladan, barcha madaniyat va aholi dam olish markazlarida kutubxonalar tashkil etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish yuzasidan berilgan topshiriq milliy madaniyatimizning kelgusi rivoji uchun muhim ahamiyatga ega.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan qabul qilingan Farmon va qarorlar bajarilishi madaniyat va sport sohasida davlat siyosati amalga oshirilishini yangi sifat darajasiga ko‘tarish, jamiyatda yuqori ma’naviy va axl�qiy muhitni ta’minlash, xalqimizning jismoniy va ijodiy faolligini oshirish, yosh avlodni barkamol etib tarbiyalash uchun zarur sharoitlar yaratish, O‘zbekistonni san’at va sport dunyosida yuksak natijalarga erishishga qodir iste’dodli aholi yashaydigan va yuqori darajada rivojlangan madaniyatga ega mamlakat sifatida nufuzini mustahkamlash uchun imkoniyat yaratadi.

(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017-y., 8-son, 105-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 03.03.2018-y., 06/18/5329/0846-son; 06.03.2018-y., 06/18/5368/0851-son; 27.08.2019-y., 06/19/5787/3650-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.04.2021-y., 06/21/6218/0398-son; 29.12.2023-y., 06/23/214/0984-son)