Oʻzbekiston Respublikasi Davlat jismoniy tarbiya va sport qoʻmitasining
Qarori
“Sport turlarini va sport turining tarmoqlarini eʼtirof etish, ularni sport turlari reyestriga kiritish hamda ushbu reyestrni yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruqni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2017-yil 29-avgustda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2832-1]
Oʻzbekiston Respublikasining “Jismoniy tarbiya va sport toʻgʻrisida”gi Qonuni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 16-martdagi 148-son “Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi madaniyat va sport ishlari vazirining 2016-yil 16-sentabrdagi 35-son “Sport turlarini va sport turining tarmoqlarini eʼtirof etish, ularni sport turlari reyestriga kiritish hamda ushbu reyestrni yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 2832, 2016-yil 11-oktabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 41-son, 479-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi hamda Oʻzbekiston Mudofaasiga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti Markaziy Kengashi bilan kelishilgan.
3. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Rais R. KURBANOV
Toshkent sh.,
2017-yil 7-avgust,
4-mh-son
Kelishilgan:
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri I. MADJIDOV
2017-yil 7-avgust
Xalq taʼlimi vaziri U. INOYATOV
2017-yil 7-avgust
Mudofaa vaziri Q. BERDIYEV
2017-yil 7-avgust
Ichki ishlar vaziri A. AZIZOV
2017-yil 7-avgust
Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi raisi Q. RAFIKOV
2017-yil 7-avgust
Oʻzbekiston Mudofaasiga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti Markaziy Kengashi raisi R. NIYAZOV
2017-yil 7-avgust
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 35-son, 940-modda)