31.05.2017 yildagi 324-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 31.05.2017 yildagi 324-son
Date of entry into force
05.06.2017
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori

Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining haqiqiy aʼzolarini qoʻllab-quvvatlashni yanada kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining akademiklari faoliyatini yanada takomillashtirish va ragʻbatlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2016-yil 29-dekabrdagi PF-4907-son Farmoniga muvofiq hamda Fanlar akademiyasining haqiqiy aʼzolarini salomatligini mustahkamlash va ularni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashni yanada kuchaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi haqiqiy aʼzolarining salomatligini sanatoriy-sogʻlomlashtirish va kurort-sogʻlomlashtirish muassasalarida mustahkamlash tartibi toʻgʻrisida Nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Sogʻliqni saqlash vazirligi bilan birgalikda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining haqiqiy aʼzolari yashash joyidagi sogʻliqni saqlash muassasalarida dispanserizatsiyadan oʻtkazilib, uning natijalariga koʻra sogʻlomlashtirishning tavsiya etilgan yoʻnalishini koʻrsatgan holda sanatoriy-kurort kartasi ochilishi va kurort-sogʻlomlashtirish hamda sanatoriy-sogʻlomlashtirish muassasalariga yoʻllanmalar ajratish uchun ularning roʻyxatlari bir oy muddatda shakllantirilishini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2017-yilda yoʻllanmalarni ajratish rejasini, sanatoriylar kesimida sogʻlomlashtirish uchun har oyda ajratilgan yoʻllanmalar sonini koʻrsatgan holda, ishlab chiqib ikki oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritilishini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2017-yilda yoʻllanmalarni taqsimlash rejasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangandan soʻng oʻn kun muddatda Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasining Sanatoriya-kurortlar boshqarmasi, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlariga qarashli sanatoriy-sogʻlomlashtirish muassasalari hamda Yalta va Kislovodsk shaharlaridagi “Oʻzbekiston” kurort-sogʻlomlashtirish aksiyadorlik jamiyati bilan shartnomalar tuzilishini hamda Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining haqiqiy aʼzolariga yoʻllanmalar berilishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarini bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Vazirlar Mahkamasining Taʼlim va ilm-fan masalalari axborot-tahlil departamenti hamda Sogʻliqni saqlash, ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish, jismoniy tarbiya va sport masalalari axborot tahlil departamentiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2017-yil 31-may,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
324-son

Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 31-maydagi 324-son qaroriga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi haqiqiy aʼzolarining salomatligini sanatoriy-sogʻlomlashtirish va kurort-sogʻlomlashtirish muassasalarida mustahkamlash tartibi toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining akademiklari faoliyatini yanada takomillashtirish va ragʻbatlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2016-yil 29-dekabrdagi PF-4907-son Farmoniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining haqiqiy aʼzolarini va ularni kuzatuvchilarni sanatoriy-sogʻlomlashtirish va kurort-sogʻlomlashtirish muassasalariga yuborish tartibini, shu jumladan ularni sogʻlomlashtirish shart-sharoitlari va muddatlarini, yoʻllanmalarni ajratish va moliyalashtirish tartibini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining (keyingi oʻrinlarda Fanlar akademiyasi deb ataladi) haqiqiy aʼzolari bir nafar kuzatuvchi bilan birga yiliga bir marta oʻzlari uchun maqbul boʻlgan muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlariga qarashli sanatoriy-sogʻlomlashtirish muassasalarida hamda Yalta va Kislovodsk shaharlaridagi “Oʻzbekiston” kurort-sogʻlomlashtirish aksiyadorlik jamiyatining sanatoriylarida (keyingi oʻrinlarda sanatoriylar deb ataladi) sogʻlomlashtirish kursidan bepul oʻtish huquqiga ega.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kuzatuvchi sifatida birinchi navbatda Fanlar akademiyasi haqiqiy aʼzosining yaqin qarindoshlari boʻlishi mumkin. Agar yaqin qarindoshlari boʻlmasa, sogʻlomlashtirish kursidan oʻtuvchi Fanlar akademiyasining haqiqiy aʼzosi tomonidan Fanlar akademiyasi bilan kelishilgan holda taklif etilgan shaxs kuzatuvchi boʻlishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining haqiqiy aʼzolarini va ularni kuzatuvchilarni sanatoriylarga yuborish ushbu Nizomning 1-ilovasidagi sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Fanlar akademiyasi haqiqiy aʼzolari va ularni kuzatuvchi shaxslar sanatoriylarda sogʻlomlashtirish kursini Vazirlar Mahkamasi tomonidan har yili tasdiqlanadigan Yoʻllanmalarni taqsimlash rejasiga muvofiq oʻtadilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-bob. Yoʻllanmalar olish uchun murojaat qilish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Fanlar akademiyasi haqiqiy aʼzolari keyingi yil uchun sanatoriyga yoʻllanma olish uchun har yili 1-sentabrgacha Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ushbu Nizomning 2-ilovasiga muvofiq shakl boʻyicha ariza;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
pasport nusxasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining haqiqiy aʼzoligini tasdiqlovchi guvohnoma nusxasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kuzatuvchi toʻgʻrisida maʼlumotlar (pasport nusxasi, yaqin qarindoshligini tasdiqlovchi hujjat).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Fanlar akademiyasi taqdim etilgan hujjatlarni ushbu Nizomning 3-ilovasiga muvofiq “Yoʻllanmalar soʻrab yozilgan arizalarni roʻyxatga olish daftari”da roʻyxatdan oʻtkazadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Yoʻllanma unda koʻrsatilgan muddatda haqiqiy hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Fanlar akademiyasi haqiqiy aʼzolari salomatligining holatiga yoki boshqa asosli sabablarga koʻra yoʻllanmadan belgilangan muddatda foydalanish imkoniyatiga ega boʻlmagan taqdirda, yoʻllanmaning amal qilish muddati tugashidan kamida ikki hafta oldin Fanlar akademiyasiga murojaat qilib, yoʻllanma muddatini oʻzgartirishlari mumkin. Yoʻllanmada koʻrsatilgan muddatlarni kalendar yil mobaynida ikki martadan ortiq koʻchirishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Fanlar akademiyasi salomatlikni tiklash muddati koʻrsatilgan holda ariza berganlarning roʻyxatini shakllantiradi va har yili 10-sentabrgacha Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligiga taqdim etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-bob. Sogʻlomlashtirish yoʻnalishlarini aniqlash
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Sogʻliqni saqlash vazirligi Fanlar akademiyasi tomonidan taqdim etilgan roʻyxatni olgandan keyin uni besh ish kuni mobaynida Fanlar akademiyasi haqiqiy aʼzolarining doimiy yashash yoki vaqtincha turgan joyidagi tibbiyot muassasalariga yetkazadi.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 28-sentabrdagi 593-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.09.2020-y., 09/20/593/1340-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Tibbiyot muassasalari taqdim etilgan roʻyxatlar boʻyicha bir oy muddatda Fanlar akademiyasining haqiqiy aʼzolarini bepul dispanserizatsiyadan oʻtkazadilar va uning natijalariga koʻra sanatoriyda sogʻlomlashtirishning zarur yoʻnalishini aniqlaydilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Fanlar akademiyasining haqiqiy aʼzosini dispanserizatsiyadan oʻtkazish natijalari asosida uning tibbiy kartasida sanatoriyda sogʻlomlashtirishning zarur yoʻnalishi va zid koʻrsatmalar (ular mavjud boʻlganda) koʻrsatilgan holda tegishli yozuv qayd etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Tibbiy kartadagi yozuv asosida tibbiyot muassasasi Fanlar akademiyasining haqiqiy aʼzosiga belgilangan shakldagi sanatoriy-kurort kartasini rasmiylashtiradi va ushbu karta yoʻllanma olish uchun asos hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Zarurat boʻlganda, Fanlar akademiyasining haqiqiy aʼzosining salomatligida oʻzgarishlar yuz bergan taqdirda sanatoriy-kurort kartasiga tuzatishlar kiritilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Sogʻliqni saqlash vazirligi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tibbiyot muassasalaridan har yili 25-oktabrgacha dispanserizatsiyadan oʻtgan Fanlar akademiyasining haqiqiy aʼzolarini sogʻlomlashtirish yoʻnalishlarini va sanatoriylar nomlarini koʻrsatgan holda tuzilgan roʻyxatni oladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
besh ish kuni mobaynida roʻyxatni Fanlar akademiyasiga taqdim etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Tibbiyot muassasasi rahbari Fanlar akademiyasining haqiqiy aʼzolarini dispanserizatsiyadan oʻtkazishning belgilangan muddatlari taʼminlanishi, shuningdek tibbiy va sanatoriy-kurort kartasida sogʻlomlashtirishning zarur yoʻnalishi toʻgʻrisidagi yozuvlarning haqqoniyligi uchun shaxsan javob beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-bob. Yoʻllanmalarni taqsimlash va ajratish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi taqdim etgan roʻyxat asosida Fanlar akademiyasi har bir sanatoriy boʻyicha kelgusi yil uchun Yoʻllanmalarni taqsimlash rejasini ishlab chiqadi va sanatoriylarning yuqori turuvchi vazirliklari, idoralari va tashkilotlari bilan kelishilgan holda 15-noyabrgacha Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Fanlar akademiyasi Yoʻllanmalarni taqsimlash rejasi tasdiqlangandan soʻng uni oʻn ish kuni mobaynida sanatoriylarga yetkazadi, yoʻllanmalarni rasmiylashtiradi va ularni Fanlar akademiyasining haqiqiy aʼzolariga yetkazilishini taʼminlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Zarurat boʻlganda, yil mobaynida Yoʻllanmalarni taqsimlash rejasiga asosli sabablardan (tibbiy koʻrsatma, kishi rad etishi va boshqa asosli sabablar) kelib chiqqan holda oʻzgartirishlar kiritilishi mumkin. Oʻzgartirishlar Fanlar akademiyasi tomonidan tegishli sanatoriylarning yuqori turuvchi vazirliklari, idoralari va tashkilotlari bilan kelishilgan holda kiritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda Fanlar akademiyasi har oyning 30-sanasiga qadar sanatoriylar tomonidan oʻrinlar ajratishi uchun tuzatishlar kiritilgan parametrlarini sanatoriylarga yetkazadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Yoʻllanmalar bosmaxona usulida bosilgan, tartib raqamiga ega boʻlgan maxsus blankalarda va “Fanlar akademiyasining haqiqiy aʼzosi uchun yoʻllanma” soʻzlari yozilgan tegishli shtamp bilan tasdiqlanadi hamda ularda qaytarma talon boʻlishi shart.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Fanlar akademiyasi qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda yoʻllanmalar reyestrini yuritadi.
(17-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Fanlar akademiyasi Yoʻllanmalarni taqsimlash rejasiga muvofiq har yili 15-yanvargacha sanatoriylar bilan Fanlar akademiyasining haqiqiy aʼzolarini sogʻlomlashtirish yuzasidan shartnomalar tuzadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Sanatoriylar bilan tuzilgan shartnomalarga muvofiq sanatoriylar Fanlar akademiyasining haqiqiy aʼzolari va ularni kuzatuvchi shaxslarning qabul qilinishini taʼminlaydilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Sanatoriylar bilan tuzilgan shartnomalar shartlari toʻliq bajarilishiga, shuningdek koʻrsatiladigan xizmatlar sifati uchun sanatoriylar rahbarlari shaxsan masʼuldirlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-bob. Sanatoriylarga yoʻllanmalarni moliyalashtirish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Fanlar akademiyasining haqiqiy aʼzolari va kuzatuvchilarning salomatligini mustahkamlash uchun xarajatlarni moliyalashtirish Fanlar akademiyasi xarajatlarining belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazilgan smetasida yoʻllanmalar uchun toʻlovga har yili maqsadli tartibda nazarda tutiladigan budjet mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. Sanatoriylar har oyning 5-kunigacha oʻtgan oyda Fanlar akademiyasining haqiqiy aʼzolari va ularni kuzatuvchi shaxslar amalda foydalangan yoʻllanmalardan kelib chiqib bajarilgan ishlar dalolatnomalari va oʻzaro hisob-kitoblarning taqqoslash dalolatnomalarini Fanlar akademiyasiga taqdim etib, hisob-kitoblarni amalga oshiradilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Fanlar akademiyasiga taqdim etiladigan maʼlumotlarning ishonchliligi va asoslanganligi uchun sanatoriylar rahbarlari shaxsan masʼuldirlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6-bob. Sanatoriylarda yashash va sogʻlomlashtirish shartlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23. Yoʻllanmadan faqat unda koʻrsatilgan Fanlar akademiyasining haqiqiy aʼzosi foydalanishi mumkin. Yoʻllanmaning boshqa shaxsga berilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu talab kuzatuvchilarga nisbatan qoʻllanilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24. Sanatoriyga kelgan Fanlar akademiyasining haqiqiy aʼzolari va kuzatuvchilarda pasport, sogʻliqni saqlash muassasasi tomonidan berilgan sanatoriy-kurort kartasi (tibbiy xulosa) va yoʻllanma boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25. Fanlar akademiyasining haqiqiy aʼzolari va kuzatuvchilarga “standart” yotoqxonalardan joy beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Fanlar akademiyasining haqiqiy aʼzolari va kuzatuvchilar sanatoriylardagi mavjud qoʻshimcha xizmatlar uchun belgilangan toʻlovlarni oʻz hisobidan amalga oshirgan holda foydalanishlari mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
26. Fanlar akademiyasining haqiqiy aʼzolari va kuzatuvchilar sanatoriyning davolovchi shifokori tayinlagan barcha zarur tibbiy muolajalar bilan birinchi navbatda taʼminlanadilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
27. Davolanishga kelgan Fanlar akademiyasining haqiqiy aʼzosiga va kuzatuvchiga sanatoriy tomonidan yoʻllanmaning qaytish taloni Fanlar akademiyasiga topshirish uchun beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yoʻllanmaning qaytish talonida uning familiyasi, ismi va otasining ismi, sanatoriyda amalda boʻlgan vaqti koʻrsatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
28. Fanlar akademiyasining haqiqiy aʼzolarini sogʻlomlashtirish uchun Yoʻllanmalarni tasdiqlangan rejasiga muvofiq sanatoriylarda joylarning ajratilishi yuzasidan sanatoriylar rahbarlari shaxsan javob beradilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7-bob. Yakunlovchi qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
29. Fanlar akademiyasining haqiqiy aʼzolari va kuzatuvchilarga berilgan va ular tomonidan foydalanilgan yoʻllanmalar boʻyicha hisob-kitob va nazorat Fanlar akademiyasi tomonidan olib boriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
30. Fanlar akademiyasi sanatoriy yoʻllanmalarining oʻz vaqtida va maqsadli berilishini taʼminlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi haqiqiy aʼzolarining salomatligini sanatoriy-sogʻlomlashtirish va kurort-sogʻlomlashtirish muassasalarida mustahkamlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining haqiqiy aʼzolarini va ularni kuzatuvchilarni sanatoriylarga yuborish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
SXEMASI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi haqiqiy aʼzolarining salomatligini sanatoriy-sogʻlomlashtirish va kurort-sogʻlomlashtirish muassasalarida mustahkamlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA

‎‎Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi prezidentiga _____________________________________________ ____________________________________ da yashovchi __________________________________________dan (ariza beruvchining F.I.O.)

‎‎ARIZA
‎Menga _________________________ yil __________________ oyiga ______________________ sanatoriysiga

(sanatoriy nomi)‎

‎‎yoʻllanma ajratishingizni soʻrayman.
‎‎Arizaga quyidagilarni i�ova qilaman:
‎pasport nusxasi;
‎Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining haqiqiy aʼzoligini tasdiqlovchi guvohnoma nusxasi;
‎kuzatib borayotgan shaxsning pasporti nusxasi.
Boshqa hujjatlar: ________________________________________________

‎Murojaat qiluvchining imzosi:___________________

‎Sana: 20___ yil “___” _______________

‎‎Arizani roʻyxatdan oʻtkazuvchi _____________________________________________
‎Arizani qabul qilgan shaxsning F.I.O., lavozimi)

‎Sana: 20__ yil “___” _____________

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi haqiqiy aʼzolarining salomatligini sanatoriy-sogʻlomlashtirish va kurort-sogʻlomlashtirish muassasalarida mustahkamlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
3-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yoʻllanma soʻrab yozilgan arizalarni roʻyxatga olish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
daftari

T/r

Fanlar akademiyasining haqiqiy aʼzosi va uni kuzatuvchi shaxsning F.I.O.

Doimiy yashash yoki vaqtincha turgan joyi

Tibbiy maʼlumotnomaning tartib raqami va sanasi, shuningdek tibbiy maʼlumotnomani bergan muassasaning nomi

Tibbiy maʼlumotnomada koʻrsatilgan sanatoriyning nomi

Sanatoriyning nomi, yoʻllanmaning tartib raqami,muddati

Yoʻllanmani bergan masʼul xodimning F.I.O. va imzosi

Yoʻllanmani olgan Fanlar akademiyasi haqiqiy aʼzosining imzosi

Sanatoriyga kelish kuni

Sanatoriydan ketish kuni

(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 28-sentabrdagi 593-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.09.2020-y., 09/20/593/1340-son)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 22-son, 429-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.09.2020-y., 09/20/593/1340-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)