29.12.2016 yildagi PF-4907-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 29.12.2016 yildagi PF-4907-son
Date of entry into force
09.01.2017
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Farmoni
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining akademiklari faoliyatini yanada takomillashtirish va rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Respublikaning ilmiy salohiyatini yanada rivojlantirish va mustahkamlash, mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishda ilm-fanning rolini kuchaytirish, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi akademiklarining ilmiy faoliyatini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish, shuningdek yuqori malakali ilmiy kadrlar tayyorlash sifatini oshirish maqsadida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2017-yil 1-yanvardan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining haqiqiy a’zolarini O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Hay’ati va tegishli fan ixtisosliklari bo‘yicha faoliyat ko‘rsatayotgan haqiqiy a’zolarining tavsiyasiga asosan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanishi tartibini joriy etish haqidagi taklifi ma’qullansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-dekabrdagi PF-5292-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2017-y., 06/18/5292/0490-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Shunday tartib belgilansinki, unga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining haqiqiy a’zolari bir nafar kuzatuvchi bilan birga bir yilda bir marta o‘zlari uchun maqbul bo‘lgan muddatda O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi Kengashi, respublika davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining sanatoriy-sog‘lomlashtirish muassasalarida hamda Yalta va Kislovodsk shaharlaridagi “O‘zbekiston” kurort-sog‘lomlashtirish aksiyadorlik jamiyatining sanatoriylarida sog‘lomlashtirish kursidan bepul foydalanish huquqiga egadirlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Belgilab qo‘yilsinki, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining haqiqiy a’zolari va kuzatuvchi bir nafar shaxs uchun sanatoriy-sog‘lomlashtirish muassasalariga yo‘llanmalar qiymati O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan qoplanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining haqiqiy a’zolarini fan-ta’lim va ishlab chiqarish jarayonlariga faol jalb etish, fan, ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasini chuqurlashtirishda, shuningdek, yuqori malakali kadrlar tayyorlashda ularning rolini kuchaytirish mexanizmini joriy etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Fanlar akademiyasi haqiqiy a’zolarining fan-ta’lim muassasalarida va sanoat korxonalarida samarali ishlashi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqsinlar va Vazirlar Mahkamasiga kiritsinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi bir oy muddatda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining yangilangan tahrirdagi Ustavini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Adliya vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risidagi takliflarni tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Ushbu Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. Aripov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2016-yil 29-dekabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
PF-4907-son
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017-y., 1-son, 7-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2017-y., 06/18/5292/0490-son)