Indexation by Ceneral legal classifier of legislation branches
Indexation by thematic directory of legislation
Sources of changes
Sources of publication
01.01.2025 01
01.01.2025
21.12.2021
30.04.2021
14.12.2019
13.12.2019
15.01.2018
25.10.2017
24.10.2017
10.10.2017
05.10.2017
02.09.2017
29.05.2017
View
Рус
Eng
Ўзб
O’zb
O‘zb|Рус
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.07.00 Kichik sanoat zonalari]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Sanoat]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent shahrida kichik sanoat zonalarini tashkil etish toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish borasida amalga oshirilgan izchil chora-tadbirlar doirasida Toshkent shahrida Yunusobod, Sergeli va Yakkasaroy tumanlaridagi foydalanilmayotgan korxonalar negizida kichik sanoat zonalari barpo etilgani va muvaffaqiyatli faoliyat yuritayotgani, ularning hududida toʻqimachilik, kimyo, oziq-ovqat, elektrotexnika mahsulotlari, mebel, zamonaviy qurilish materiallari hamda ichki va tashqi bozorda xaridorgir boʻlgan boshqa tayyor mahsulotlar ishlab chiqaruvchi 513 ta kichik korxonalar faoliyat yuritayotgani qayd etilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2016-yilning oʻzida ushbu korxonalar tomonidan 1,1 trln soʻmlik mahsulot ishlab chiqarildi, 140 mln AQSH dollaridan ortiq qiymatdagi tovarlar eksport qilindi, 11 mingdan ortiq yangi ish oʻrinlari yaratildi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.12.00 Hududlarni rivojlantirish]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yangi raqobatdosh ishlab chiqarishlar va kichik korxonalar rivojlanishini yanada qoʻllab-quvvatlash, ularning muhandislik kommunikatsiyalari va zarur infratuzilma bilan taʼminlangan alohida hududlarda toʻplanishini taʼminlash, sanoat kooperatsiyasini chuqurlashtirish, ilmiy-texnika va innovatsion salohiyatni mustahkamlash, shu asosda ishlab chiqarish sohasida yangi ish oʻrinlarini yaratish hamda aholi bandligini oshirish maqsadida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Toshkent shahar hokimligi, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining Toshkent shahrida 1-ilovada keltirilgan ishlab chiqarish maydonlari va yer uchastkalari negizida kichik sanoat zonalarini (keyingi oʻrinlarda — KSZ) tashkil etish toʻgʻrisidagi takliflari qabul qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Belgilansinki, KSZ hududidagi ishlab chiqarish maydonlari va yer uchastkalari tadbirkorlik subyektlariga uzoq muddatli 10 yillik ijaraga, keyinchalik ijara muddatini yana 10 yilga uzaytirish imkoniyati bilan (loyihalarni amalga oshirish toʻgʻrisidagi kelishuvlarni bajarish hamda barcha soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni oʻz vaqtida toʻlash sharti bilan) ijara toʻlovining quyidagi imtiyozli stavkalari asosida beriladi:
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.06.00 Mulkiy yollash (ijara). Umumiy masalalar / 03.11.06.03 Binolar va inshootlar, korxonalar ijarasi]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ishlab chiqarish maydonlari uchun — ijaraga olingan maydonda amalga oshirilayotgan faoliyat turidan kelib chiqib, ortib boradigan koeffitsiyentni qoʻllamasdan, davlat koʻchmas mulkidan foydalanish uchun ijara toʻlovining eng kam stavkasi miqdorida;
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.06.00 Mulkiy yollash (ijara). Umumiy masalalar / 03.11.06.03 Binolar va inshootlar, korxonalar ijarasi]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yer uchastkalari uchun — qoʻshimcha koeffitsiyentlarni qoʻllamasdan, Toshkent shahridagi yer uchastkalaridan foydalanganlik uchun yuridik shaxslarga solinadigan yer soligʻining eng kam stavkasi miqdorida.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
KSZ ishtirokchilariga davlat xizmatlari KSZ hududlarida tashkil etiladigan Davlat xizmatlari markazlari tomonidan koʻrsatiladi;
(3-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Prezidentining 2018-yil 15-yanvardagi PF-5302-sonli Farmoni tahririda)
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.07.00 Kichik sanoat zonalari]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
KSZ ishtirokchilariga ular mahsulotlarini eksport qilishda koʻmaklashish maqsadida KSZ hududida Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari eksportini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasining vakolatxonalari tashkil etiladi;
(3-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-apreldagi PF-6218-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.04.2021-y., 06/21/6218/0398-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
KSZning zarur tashqi muhandislik kommunikatsiyalari va infratuzilmasini qurish uning chegarasiga tadbirkorlik subyektlarini joylashtirish boʻyicha ishlab chiqilgan loyihalarga muvofiq, Toshkent shahrining shahar budjeti mablagʻlari, shuningdek, “Oʻzbekenergo” AJ, “Oʻztransgaz” AKning shaxsiy mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
KSZ koʻchmas mulkiga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish davlat yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri korxonalari tomonidan toʻlov undirilmasdan amalga oshiriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
KSZ faoliyati Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 9-martdagi 134-son qarori bilan tasdiqlangan Kichik sanoat zonalari toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq amalga oshiriladi.
(3-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 20-dekabrdagi PF-36-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.12.2021-y., 06/21/36/1175-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi manfaatdor vazirlik va idoralar, xoʻjalik boshqaruvi organlari bilan birgalikda KSZ tashkil etish maqsadida bir oy muddatda 1-ilovaga muvofiq, davlat mulki obyektlarining belgilangan tartibda Toshkent shahar hokimligi tasarrufiga oʻtkazilishini, shuningdek tarkibida davlat ulushi boʻlgan xoʻjalik jamiyatlari boshqaruv organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari majlislarida foydalanilmayotgan obyektlarni ularning ustav jamgʻarmalaridagi davlat ulushi va xoʻjalik boshqaruvi organlari ulushini topshirilayotgan aktivlarning baholash qiymati summasiga tegishlicha kamaytirgan holda Toshkent shahar hokimiyati tasarrufiga oʻtkazish masalasi koʻrib chiqilishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Toshkent shahar hokimligiga:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ikki oy muddatda 1-ilovaga muvofiq, ishlab chiqarish maydonlari va yer uchastkalari negizida KSZ barpo etish toʻgʻrisida qaror qabul qilsin va ular faoliyatini tashkil etish boʻyicha chora-tadbirlar kompleksini amalga oshirsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
loyihalashtirish tashkilotlarini jalb qilgan holda mahalliy budjet mablagʻlari hisobidan KSZdan tashqaridagi zarur muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini qurish, tegishli infratuzilmani barpo etish, shaharsozlik, sanitariya, yongʻinga qarshi, tabiatni muhofaza qilish talablariga soʻzsiz rioya etishni nazarda tutadigan tegishli loyiha-reja hujjatlarini ishlab chiqishni tashkil etsin va ularni belgilangan tartibda tasdiqlasin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Adliya vazirligi bilan birgalikda loyihalarni amalga oshirish toʻgʻrisidagi kelishuv, ishlab chiqarish maydonlarini uzoq muddatli ijaraga berish shartnomasi (balansda saqlovchi nomidan) va KSZ hududida xizmat koʻrsatish shartnomasining namunaviy shakllarini ishlab chiqsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. “Oʻzbekenergo” AJ, “Oʻztransgaz” AK va Toshkent shahar hokimligi rahbarlari zimmasiga KSZda joylashtirilgan tadbirkorlik subyektlarini ularning ishlab chiqarish ehtiyojlariga muvofiq, elektr energiyasi, tabiiy gaz (resurs va transport imkoniyatlarini hisobga olgan holda) va boshqa turdagi kommunal xizmatlar bilan uzluksiz taʼminlash uchun shaxsiy javobgarlik yuklansin.
(Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 25-dekabrdagi PQ-455-sonli qaroriga asosan 7-bandning oʻz kuchini yoʻqotish sanasi — 2025-yil 1-yanvar — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2024-y., 07/24/455/1092-son)
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Maʼmuriy tartib-taomillar / 02.08.06.04 Davlat xizmatlarini koʻrsatish]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi, Moliya vazirligi hamda Toshkent shahar hokimligi bilan birgalikda bir oy muddatda KSZ hududida tadbirkorlik subyektlariga “yagona darcha” tamoyili asosida davlat xizmatlari koʻrsatish boʻyicha yagona markazlarni tashkil etsinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Tijorat banklarining KSZda ishtirok etuvchi tashkilotlarga bank xizmatlari koʻrsatishi uchun Toshkent shahridagi KSZ hududida 2-ilovaga muvofiq, mini-banklar tashkil etish toʻgʻrisidagi takliflari qabul qilinsin.
(9-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 12-dekabrdagi PF-5893-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.12.2019-y., 06/19/5893/4150-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. “Oʻzstandart” agentligi KSZda ishtirok etuvchi tashkilotlarga standartlashtirish, metrologiya, sifat menejmenti tizimlarini joriy qilish, mahsulotni sertifikatlashtirish, markirovkalash, qadoqlash masalalarida belgilangan tartibda amaliy koʻmak koʻrsatsin.
(11 — 13-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 23-oktabrdagi PF-5214-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.10.2017-y., 06/17/5214/0174)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Toshkent shahar hokimligi, Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, vazirliklar, idora va xoʻjaliklar birlashmalari:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bir oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi tomonidan shakllantirilgan KSZda ishlab chiqarilishi oʻzlashtirilishi uchun tavsiya qilinayotgan tayyor mahsulotlar, materiallar va butlovchi buyumlar roʻyxati tadbirkorlik subyektlariga yetkazishini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ikki oy muddatda KSZda oʻzlashtirilishi lozim boʻlgan tayyor mahsulotlar, materiallar va butlovchi buyumlarni ishlab chiqarish korxonalarini joylashtirish boʻyicha aniq takliflar — “yoʻl xaritalari” ishlab chiqarishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga Toshkent shahar hokimligi, Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi tomonidan faoliyat yuritmayotgan, past rentabelli va zarar koʻrib ishlayotgan korxonalar, boʻshab yotgan va samarali foydalanilmayotgan obyektlar va yer uchastkalarini aniqlash boʻyicha oʻtkazilayotgan tahlil natijalari asosida taqdim etilgan asoslangan takliflar asosida ushbu qarorning 1-ilovasiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish huquqi berilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov va Toshkent shahar hokimi R.J. Usmonov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2017-yil 18-may,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
PQ-2973-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-maydagi PQ-2973-son qaroriga 1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent shahrida kichik sanoat zonalarida tashkil etiladigan ishlab chiqarish maydonlari va yer uchastkalari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ROʻYXATI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element