1-ILOVA
|
Qosimxonov B. |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti qoʻlyozmalar fondi mudiri, Ekspertlar guruhi raisi |
|
Bobojonov B. |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti yetakchi ilmiy xodimi, Ekspertlar guruhi raisi oʻrinbosari |
|
Lutfullayev H. |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti loyiha rahbari |
|
Aminov H. |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti loyiha rahbari |
|
Qoriyev O. |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti loyiha rahbari |
|
Muhammadaminov S. |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti loyiha rahbari |
|
Jumanazarov A. |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti katta ilmiy xodimi |
|
Poʻlatov Sh. |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti boʻlim boshligʻi |
|
Umrzoqov B. |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti kichik ilmiy xodimi |
|
Rahimov K. |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti kichik ilmiy xodimi |
|
Abdullayev B. |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti kichik ilmiy xodimi |
|
Ismoilov M. |
— |
Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti dotsenti |
|
Buldakov I. |
— |
Toshkent davlat Sharqshunoslik instituti nazorat va monitoring boʻlimi boshligʻi |
|
Isomov A. |
— |
Toshkent davlat Sharqshunoslik instituti “Mumtoz filologiya” kafedrasi oʻqituvchisi |
2-ILOVA
|
Abduhalimov B. |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi vitse-prezidenti, komissiya raisi |
|
— |
Innovatsion rivojlanish va novatorlik gʻoyalarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi ijrochi direktori v.b., komissiya raisi oʻrinbosari | |
|
Qosimxonov B. |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti qoʻlyozmalar fondi mudiri, komissiya raisi oʻrinbosari |
|
Karimova S. |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti ilmiy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosari |
|
Hasanov M. |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti yetakchi ilmiy xodimi |
|
Yusupova D. |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti yetakchi ilmiy xodimi |
|
Boʻriyev O. |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti katta ilmiy xodimi |
|
Gʻulomov S. |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti katta ilmiy xodimi |
|
Uvatov U. |
— |
Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktori |
|
Ziyodov Sh. |
— |
Imom Buxoriy xalqaro ilmiy markazi direktori |
|
Nasrullayev N. |
— |
Toshkent islom universiteti qoʻlyozmalar xazinasi mudiri |
|
Hasanov S. |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Alisher Navoiy nomidagi adabiyot muzeyi direktori |
|
Mansurov A. |
— |
Oʻzbekiston musulmonlari idorasi raisi oʻrinbosari |
|
Salimov M. |
— |
Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy kutubxonasi boʻlimi mudiri |
|
Ismoilov M. |
— |
Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston milliy universiteti dotsenti |
|
Isakova M. |
— |
Markaziy davlat arxivi boʻlim boshligʻi |
|
Isanov U.X. |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi yuristi |
3-ILOVA
|
T/r |
Manbaning nomi |
Nashr shakli |
Izohlar |
|
|
I. TARIX | ||
|
1. |
“Insho” toʻplamlaridagi Amir Temurning xatlari |
Oʻzbek tiliga ilmiy-izohli tarjima |
Ushbu xatlarda Amir Temur davlatining diplomatik munosabatlari tarixi aks etgan |
|
2. |
Fosih Xavofiy. “Mujmal-i Fasixiy” (Fasihiy toʻplami) |
Oʻzbek tiliga ilmiy-izohli tarjima |
Asar xronologik tartibda tuzilgan boʻlib, Temuriylar davridagi muhim voqealarni va Markaziy Osiyodagi mashhur shaxslarning tarjimai hollarini qamrab oladi |
|
3. |
Nomaʼlum muallif. “Taʼrifi Xorazm” (Xorazm taʼrifi) |
Matnning ilmiy-izohli tarjimasi |
Ushbu asar Xorazm tarixining qadim zamonlardan buyon to moʻgʻullar istilosigacha boʻlgan davridan iborat. U oʻz ichiga yirik shaharlar, madrasalar, masjidlar, olimlar, qorilar, bozorlar, savdo doʻkonlari, oʻsha davrda Xorazmda amalda boʻlgan hunarmandchilikning barcha turlari haqidagi maʼlumotni qamrab oladi |
|
4. |
Amir Abdulahad. “Roʻznomayi safari Fitirburg” |
Ilmiy-izohli tarjima |
Buxoro amiri Abdulahadning 1893-1894-yillardagi Peterburg safari kundaligi |
|
5. |
Amir Abdulahad. “Roʻznomayi safari chahorumi Fitirburg” |
Ilmiy-izohli tarjima |
Buxoro amiri Abdulahadning 1907-yildagi Peterburg safari kundaligi |
|
6. |
Istaxriy (X asr). “Masolik al-mamolik” (Yoʻllar va mamlakatlar) |
Arab tilidan oʻzbek tiliga ilmiy-izohli tarjima |
Kitobda oʻsha davr musulmon olami 20 ta geografik iqlimga taqsimlangan holda tavsiflangan |
|
7. |
Muhammad Amin Buxoriy (XVII asrning oxiri — XVIII asrning boshi). “Muhit at-tavorix” |
Fors tilidan oʻzbek tiliga ilmiy-izohli tarjima |
Ushbu asar umumiy tarixga bagʻishlangan boʻlib, Ashtarxoniy Subxon Qulixon (1680 — 1702) hukmronligi davridagi Buxoro tarixi bilan tugallanadi. Kitobning oxiri shu davrning yetuk arboblari, yozuvchilar, shoirlar va rassomlarning hayoti va faoliyatiga bagʻishlangan |
|
8. |
Abdullajon Nasimiy. “Majma al-havodis” (Hodisalar majmuasi) |
Eski oʻzbek tilida. Tabdil soʻzboshi, izohli koʻrsatkich bilan nashrga tayyorlash. |
1918 — 1922-yillarda Fargʻona vodiysida boʻlib oʻtgan milliy ozodlik harakati voqealarini guvoh sifatida yoritgan |
|
|
II. TABIIY FANLAR | ||
|
|
ASTRONOMIYA | ||
|
9. |
Abu Rayhon Beruniy (973 — 1048). “Mamarr...” (Yoritqichlarning oʻtish manzillari) |
Oʻzbek tiliga ilmiy-izohli tarjima |
Samoviy obyektlarning old yoki orqa tomonidan oʻtuvchi yoritqichlarning manzillari haqidagi risola |
|
10. |
Abu Rayhon Beruniy. “Gʻurrat az-zidjat” (Zijlar yogʻdusi) |
Oʻzbek tiliga ilmiy-izohli tarjima |
Beruniy tomonidan sanskrit tilidan arab tiliga oʻgirilgan hind astronomiyasi haqidagi risola |
|
11. |
Abu Rayhon Beruniy. “Tastih as-suvar va tabtix al-kuvar” (Kartografiya) |
Oʻzbek tiliga ilmiy-izohli tarjima |
Yer yuzidagi obyektlar va yoritqichlarning tasvirlari sathlarini tuzish haqidagi matematik risola |
|
12. |
Jamshid Koshiy (XIV asr). “Zij-i Xoqoniy” |
Tanqidiy matn va tarjima |
Ulugʻbek madrasasi kutubxonasi uchun maxsus tuzilgan astronomik jadvallar |
|
|
TIBBIYOT | ||
|
13. |
Abu Rayhon Beruniy. “Kitob as-Saydana fi-t-tibb” (Tabobatda dorishunoslik) |
Ilmiy-izohli tarjima |
Dorishunoslikka oid asar boʻlib, unda mingdan ortiq oʻsimlik, maʼdan va boshqa moddalarning tavsifi va turli tillardagi nomlanishi berilgan |
|
|
III. FALSAFA | ||
|
14. |
Abu Abdulloh al-Xorazmiy (X asr). “Mafotih al-ulum” (Ilmlar kaliti) |
Arab tilidan rus tiliga izohli tarjima |
Oʻrta asr ilmlari tasnifiga bagʻishlangan ensiklopedik asar |
|
|
IV. ISLOM ILMLARI | ||
|
15. |
Abu Hafs an-Nasafiy (1067 — 1142). “Mashoriʼ ash-sharoyiʼ” (Diniy hukmlarning namunalari) |
Matnning ilmiy-izohli nashri |
Hanafiylik mazhabi sohasidagi amaliy fiqhga oid klassik asar boʻlib, uning mavjudligi shu paytgacha nomaʼlum edi. Asar hanafiy mazhabiga oid fiqhiy hukmlar toʻplamidan iborat |
|
16. |
Husayn Voiz Koshifiy. “Mavohibi Aliyya” (Oliymaqom tuhfalar) |
Faksimile koʻrinishdagi nashr |
Hazrat Alisher Navoiyning topshirigʻiga binoan muallif tomonidan Qurʼonning barcha suralariga yozilgan tafsir. Asarda tafsirdan tashqari XV asrdagi mashhur shaxslar va manbalarning nomlari keltirilgan |
|
17. |
Nomaʼlum muallif. “Dur al-ajoyib” (Ajoyibotlar gavhari) |
Matnning ilmiy-izohli tarjimasi |
Asar eʼtiqodning axloqiy va etik meʼyorlarini yoritishga bagʻishlangan boʻlib, muallif unda mahalliy olimlarning asarlariga asoslangan |
|
18. |
Hakim at-Termiziy (820 — 930). “Xatm al-avliya” (Valiylar muhri) |
Oʻzbek tiliga ilmiy-izohli tarjima |
Asar tasavvuf tarixiga, soʻfiylar odobining asosiy qoidalariga, shuningdek tasavvuf taʼlimoti gʻoyalarining yoshlarni maʼnaviy-maʼrifiy tarbiyasidagi oʻrnini yoritishga bagʻishlangan |
|
19. |
Hakim at-Termiziy. “Masaʼili maknuna” (Pinhon masalalar, tushunchalar) |
Oʻzbek tiliga ilmiy-izohli tarjima |
Asar tasavvuf tariqatlari taʼlimotining asosini tashkil etuvchi axloqiy-tarbiyaviy, diniy-maʼnaviy masalalarni yoritishga bagʻishlangan |
|
20. |
Hakim at-Termiziy. “Manhiyat” (Ruxsat etilgan va man qilingan) |
Oʻzbek tiliga ilmiy-izohli tarjima |
Asar shariatda ruxsat etilgan va man qilingan hukmlarga bagʻishlangan |
|
21. |
Hakim at-Termiziy. “Tahsil nazaʼir al-Qurʼon” (Kurʼon istilohlarining leksikologik talqini) |
Oʻzbek tiliga ilmiy-izohli tarjima |
Asar qurʼonshunoslikda istifoda etiladigan istilohlarning leksik-filologik talqiniga bagʻishlangan |
|
22. |
Sobir Termiziy. “Devon” (Devon) |
Oʻzbek tiliga ilmiy-izohli tarjima |
Oʻrta asr shoirining fors tilidagi sheʼr va gʻazallaridan tarkib topgan |
|
23. |
Abu Iso Termiziy (IX asr). “Sunan at-Termiziy” |
Oʻzbek tiliga ilmiy-izohli tarjima |
Asar musulmon fiqhining asosiy manbalaridan biri boʻlib, u Paygʻambarning aytganlari va oʻzlarini tutishlariga bagʻishlangan. Axloqiy-etik va tarbiyaviy mazmundagi hadislardan iborat toʻplam |
|
24. |
Abu Iso Termiziy. “Tasmiyya asʼhob ar-Rasul” (Paygʻambar sahobalarining biografiyasi) |
Oʻzbek tiliga ilmiy-izohli tarjima |
Asar Paygʻambar sahobalarining tarjimai hollarini yoritishga bagʻishlangan |
|
25. |
Abu Iso Termiziy. “Ilal at-Termiziy” (Hadislarning illatlarini aniqlash qoidasi) |
Oʻzbek tiliga ilmiy-izohli tarjima |
Asar hadis roviylarining darajalari va ularning oʻzaro bogʻliqlik silsilasini hamda hadis matnini aniqlashga bagʻishlangan |
|
26. |
Burhoniddin al-Margʻinoniy (1118 — 1197). “Muxtarat an-navozil” (Nozil boʻlganlardan tanlab olinganlari) |
Matn nashri |
Asar har bir insonning kundalik hayotida uchrab turadigan masalalarni hanafiylik mazhabi fiqhi nuqtai nazaridan yoritishga bagʻishlangan |
|
27. |
Burhoniddin al-Margʻinoniy. |
Matn nashri |
Asar hanafiylik mazhabining amaliy fiqh sohasiga bagʻishlangan |
|
28. |
Faxruddin Qozixon (vaf. 1196). “Fatavo-i Qozixon” (Qozixon fatvolari) |
Matn nashri |
Asar hanafiylik mazhabining amaliy fiqh sohasiga bagʻishlangan |
SHARH
Mustaqillikning dastlabki yillaridan boshlab koʻp asrlik madaniy va ilmiy yutuqlarimiz aks etgan yozma yodgorliklarni saqlash, oʻrganish va targʻib qilishga katta eʼtibor berilmoqda.
Oʻzbekistonda asrlar davomida Markaziy Osiyo boʻyicha eng boy qoʻlyozma meros jamlangan boʻlib, uning salmoqli qismi Oʻzbekiston Fanlar akademiyasining Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutida saqlanadi. Har biri ulkan maʼnaviy obida, madaniyat durdonasi boʻlgan bu qoʻlyozmalar fondi jahon miqyosida beqiyos ahamiyatga ega boʻlgan bebaho xazinadir. Mazkur fond 2000-yilda noyob ilmiy va madaniy obyektlardan biri sifatida YUNESKOning Butunjahon madaniy merosi roʻyxatiga kiritilgan. Institutning qoʻlyozmalar fondi oltita alohida boʻlimdan tashkil topgan boʻlib, arab, fors, eski oʻzbek tili va boshqa sharq tillarida bitilgan 26 ming jild qoʻlyozma, 39 ming jild toshbosma kitoblar va 10 mingga yaqin tarixiy hujjatlardan tashkil topgan.
Mazkur ilm dargohida nafaqat ilmiy-tadqiqot ishlari, balki qoʻlyozmalarni saqlash, taʼmirlash, fondni boyitib borish, shuningdek, mahalliy va xorijiy tadqiqotchilarga manbalar bilan ishlashlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratish kabi keng qamrovli ishlar olib boriladi.
Milliy oʻzlikni anglash, tarixiy xotira davomiyligini taʼminlash, ulkan yozma merosni asrab-avaylash, boyitib borish va tadqiq qilish hamda madaniy va maʼnaviy qadriyatlarni ommalashtirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qadimiy yozma manbalarni saqlash, tadqiq va targʻib qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi.
Ushbu qaror yosh avlodni vatanparvarlik va boy tariximizga chuqur hurmat ruhida tarbiyalash hamda Oʻzbekistonning jahon ilm-fani va madaniyati rivojiga ulkan hissa qoʻshgan mamlakat sifatidagi xalqaro obroʻ-eʼtiborini yanada mustahkamlash, boy yozma merosimizni saqlash, oʻrganish va keng targʻib qilish ishlarini yangi sifat bosqichiga koʻtarishga yoʻnaltirilgan.
Mazkur qaror bilan Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Sharqshunoslik instituti qadimiy qoʻlyozmalar, tarixiy-madaniy ahamiyatga ega boʻlgan boshqa yozma manbalarni saqlash, oʻrganish, ilmiy asosda tadqiq etish va targʻib qilish boʻyicha mamlakatimizdagi yetakchi ilmiy-tadqiqot muassasasi etib belgilangani uning dunyodagi yetakchi sharqshunoslik markazlaridan biri sifatidagi mavqeyini mustahkamlaydi. Shu bilan birga, qarorda Institutning ilmiy va tashkiliy faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan qator chora-tadbirlar koʻzda tutilgan. Jumladan, zamonaviy talablar asosida Institutning asosiy vazifa va faoliyatining ustuvor yoʻnalishlari belgilab berilgan. Ulardan biri institut fondlarini saqlash va aholi qoʻlida saqlanayotgan qoʻlyozma va boshqa yozma yodgorliklarni xarid qilish hisobidan boyitishni nazarda tutadi. Shu maqsadda yozma yodgorliklarni toʻplash, baholash va sotib olish bilan shugʻullanadigan ekspertlar guruhi va maxsus komissiya tuzilmoqda.
Shuningdek, Oʻrta asrlarda Markaziy Osiyo hududidan yetishib chiqqan alloma va mutafakkirlarning ilm-fanning aniq, tabiiy, gumanitar sohalari va islom ilmlari boʻyicha yaratgan asarlari tadqiqini kengaytirish va chuqurlashtirish hamda ularni asl matn va ilmiy izohli tarjima shaklida nashr etib, taʼlim-tarbiya jarayoniga joriy etish va ilmiy muomalaga kiritish ishlariga alohida urgʻu berilgan.
Shu bilan birga, qarorda institutning turdosh oliy taʼlim muassasalari bilan hamkorlikda qoʻlyozma manbalar bilan ishlash malakasiga ega yosh kadrlarni tayyorlash ishiga alohida eʼtibor qaratilgan.
Qarorda Institutning xorijiy Sharq mamlakatlari tarixi, rivojlanish bosqichlari, hozirgi kunda ushbu davlatlarda kechayotgan siyosiy, iqtisodiy va madaniy jarayonlarni ularning Oʻzbekiston Respublikasi bilan ikki tomonlama va koʻp tomonlama munosabatlari nuqtai nazaridan oʻrganish borasidagi ilmiy tadqiqotlar koʻlamini yanada kengaytirish borasidagi vazifalar aniq belgilab berilgan.
Dunyo miqyosida qoʻlyozmalarni saqlash va restavratsiya qilishga boʻlgan eʼtiborning tobora ortib borayotganini hisobga oladigan boʻlsak, qarorda Institutning foto va restavratsiya laboratoriyalari moddiy-texnik bazasini mustahkamlash koʻzda tutilgani alohida ahamiyat kasb etadi. Bu boradagi ishlarning samarali yoʻlga qoʻyilishi qoʻlyozmalarning umrini uzaytirish va ushbu laboratoriyalarni Oʻzbekistondagi boshqa mavjud fondlar uchun namunaviy peshqadam restavratsiya maydoniga aylantirish imkonini beradi. Bundan tashqari, qadimiy yozma manbalar bilan ishlashning oʻziga xos murakkab xususiyatlarini, bu ish yuqori ilmiy malaka va koʻnikmalarni talab qilishini inobatga olib, Institutning qadimiy qoʻlyozmalarni restavratsiya qilish va saqlash bilan shugʻullanuvchi xodimlarini moliyaviy ragʻbatlantirish choralari ham belgilangan.
Qarorda oʻz yechimini topgan muhim masalalardan yana biri — bu boy va turfa yozma merosimizni namoyish etish maqsadida Institutning Sharq qoʻlyozmalari muzeyini yaratishdir. Muzeyda qoʻlyozmalar fondida mavjud kolleksiyalarning eng yorqin namunalari namoyish etiladi.
Ushbu qaror davlatimiz tomonidan ilm-fanning rolini kuchaytirish, mamlakatning intellektual salohiyatini mustahkamlash, akademik institutlarning moddiy-texnika bazasini yaxshilash hamda tarixiy va madaniy yodgorliklarni tizimli va ilmiy asosda saqlash boʻyicha amalga oshirilayotgan kompleks chora-tadbirlarning mantiqiy davomi boʻlib, u barchamizni boy maʼnaviy merosimizni koʻz qorachigʻidek asrash, uni bugungi va kelajak avlodlar uchun xizmat qildirishga daʼvat etadi.