01.04.2021 yildagi PQ-5047-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 01.04.2021 yildagi PQ-5047-son
Date of entry into force
01.04.2021
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ilm-fan sohasidagi davlat siyosati va innovatsion rivojlantirishdagi davlat boshqaruvini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 1-apreldagi “Ilmiy va innovatsion faoliyatni rivojlantirish bo‘yicha davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”gi PF-6198-son Farmoniga muvofiq:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Quyidagilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ilm-fan sohasidagi davlat siyosati va innovatsion rivojlantirishdagi davlat boshqaruvini yanada takomillashtirishga qaratilgan chora-tadbirlar dasturi (keyingi o‘rinlarda — Chora-tadbirlar dasturi) 1-ilovaga muvofiq;
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-iyuldagi PF-107-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.07.2023-y., 06/23/107/0441-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-iyuldagi PF-107-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.07.2023-y., 06/23/107/0441-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-iyuldagi PF-107-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.07.2023-y., 06/23/107/0441-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-iyuldagi PF-107-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.07.2023-y., 06/23/107/0441-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi kuzatuv kengashining tarkibi 6-ilovaga muvofiq;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi to‘g‘risidagi nizom 7-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 10-apreldagi PF-58-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.04.2026-y., 06/26/58/0342-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 10-apreldagi PF-58-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.04.2026-y., 06/26/58/0342-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Belgilab qo‘yilsinki:
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Innovatsion rivojlanish agentligini (keyingi o‘rinlarda — Agentlik) saqlash xarajatlari O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti va Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda — Jamg‘arma) mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi;
(4-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 10-apreldagi PF-58-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.04.2026-y., 06/26/58/0342-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar innovatsion rivojlanish boshqarmalarini saqlash xarajatlari Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agentlik va uning tizimidagi Ilmiy-texnika axborot markazi, shuningdek, Jamg‘arma Ijro etuvchi direksiyasi xodimlarini rag‘batlantirish xarajatlari Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
(4-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 10-apreldagi PF-58-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.04.2026-y., 06/26/58/0342-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Toshkent shahri, Olmazor tumani, Universitet ko‘chasi, 7-uy manzilida joylashgan bino va inshootlar tegishli hududi bilan birga Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligiga (keyingi o‘rinlarda — Vazirlik) operativ boshqaruv huquqi asosida berilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda:
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlik, Agentlik, Jamg‘arma, Ilmiy-texnik axborot markazi — ushbu bandning birinchi xatboshisida ko‘rsatilgan manzildagi binoga;
(5-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 10-apreldagi PF-58-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.04.2026-y., 06/26/58/0342-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ilmiy ishlanmalarni tijoratlashtirish uchun tashkil etiladigan tashkilotlar hamda akseleratsiya natijasiga ko‘ra Jamg‘arma tomonidan moliyalashtirilgan startap tashkilotlarning ma’muriy boshqaruvi organlari ko‘pi bilan bir yil muddatga — Vazirlik binosiga tekin foydalanish huquqi asosida joylashtiriladi.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-iyuldagi PF-114-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.07.2025-y., 06/25/114/0633-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari Davlat aktivlarini boshqarish agentligi va Innovatsion rivojlanish vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar innovatsion rivojlanish boshqarmalari barcha shart-sharoitlarga ega binoga joylashtirilishini ta’minlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Innovatsion rivojlanish vazirligi ikki oy muddatda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda quyidagilarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Innovatsion rivojlanish vazirligi to‘g‘risidagi nizomni;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida takliflarni;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) quyidagilarni:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligining markaziy apparati xodimlari va xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarining shtat jadvalini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Innovatsiyalarni joriy qilish va texnologiyalar transferining milliy ofisi ustavini tasdiqlasin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar innovatsion rivojlanish boshqarmalarini zarur nazariy bilimlar va amaliy ko‘nikmalarga, Innovatsion rivojlanish vazirligiga yuklatilgan vazifalarni professional darajada amalga oshirish qobiliyatiga ega bo‘lgan yuqori malakali kadrlar bilan to‘ldirish choralarini ko‘rsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi A.A. Abduvaxitov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2021-yil 1-aprel,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
PQ-5047-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 1-apreldagi PQ-5047-son qaroriga
1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ilm-fan sohasidagi davlat siyosati va innovatsion rivojlantirishdagi davlat boshqaruvini yanada takomillashtirishga qaratilgan
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
CHORA-TADBIRLAR DASTURI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

T/r

Tadbirlar nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Bajarish muddatlari

Mas’ul ijrochilar

I. Ilm-fan yutuqlari va innovatsiyalar asosida mamlakatni rivojlantirishning strategik yo‘nalishlarini ishlab chiqish va global reytinglardagi pozitsiyalarini yaxshilash

1.

Jahon bankining “Farg‘ona vodiysida qishloq tadbirkorligini rivojlantirish loyihasi” doirasida loyihalarni amalga oshirish.

1. Jahon banki vakillari bilan loyihada nazarda tutilgan mablag‘larni o‘zlashtirish bo‘yicha 2021-yilga mo‘ljallangan chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2021-yil aprel

Innovatsion rivojlanish vazirligi
(I. Abdurahmonov),

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi
(L. Qudratov),

Agrosanoat majmui va oziq-ovqat ta’minoti sohasidagi loyihalarni amalga oshirish agentligi, Farg‘ona, Andijon va Namangan viloyatlari hokimliklari

2. Dasturga oid tegishli innovatsion loyihalarni saralab olish.

2021-yil dekabr

3. Loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha Jahon banki mablag‘larini o‘zlashtirish.

2021 — 2024-yillar

2.

Davlat boshqaruvi organlari va xo‘jalik birlashmalarining rahbar o‘rinbosariga innovatsiyalarni joriy qilish masalalarini muvofiqlashtirish vazifasini yuklash va innovatsion faoliyat bo‘yicha tuzilmalarini tashkil etish.

1. Davlat boshqaruvi organlari va xo‘jalik birlashmalarining amaldagi rahbar o‘rinbosarlaridan biriga innovatsiyalarni joriy etish (Chief Innovation Officer) vazifasini yuklash bo‘yicha tegishli Hukumat qarori loyihasini ishlab chiqish.

2021-yil may

Vazirlar Mahkamasi
(O. Umarov),

Innovatsion rivojlanish vazirligi
(I. Abdurahmonov)

Davlat boshqaruvi organlari va xo‘jalik birlashmalari

Davlat boshqaruvi organlari va xo‘jalik birlashmalari

2. Davlat boshqaruvi organlari va xo‘jalik birlashmalarida innovatsion faoliyat bilan shug‘ullanishga mas’ul bo‘linmalarni belgilash.

2021-yil iyun

3. Innovatsion faoliyat bilan shug‘ullanishga mas’ul bo‘linmalarning maqsad va vazifalarini nazarda tutuvchi nizomlarni tasdiqlash hamda shtat birligi doirasida mutaxassislar bilan to‘ldirish.

2021-yil sentabr

4. Innovatsion faoliyat bilan shug‘ulanishga mas’ul bo‘linmalarning yil yakunlari bo‘yicha amalga oshirgan ishlari to‘g‘risidagi hisobotini Innovatsion rivojlanish vazirligiga taqdim etish.

har yili hisobot yili yakunidan so‘ng

3.

O‘zbekiston Respublikasini 2022 — 2030-yillarda innovatsion rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish.

1. O‘zbekiston Respublikasini 2022 — 2030-yillarda innovatsion rivojlantirish strategiyasi va uni amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlarni tasdiqlashni nazarda tutuvchi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli hujjati loyihasini ishlab chiqish.

2021-yil iyun

Innovatsion rivojlanish vazirligi
(I. Abdurahmonov),

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi
(A. Toshqulov),

tizimida oliy ta’lim muassasalari bo‘lgan vazirlik va idoralar

2. Hujjat loyihasini manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelishish.

2021-yil avgust

3. Hujjat loyihasini belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2021-yil sentabr

II. Hududlarning intellektual va texnologik salohiyatini oshirish hamda zamonaviy infratuzilmasini shakllantirish

4.

Hududiy ilmiy dasturlarni ishlab chiqish va ilmiy loyihalarni moliyalashtirish tizimini joriy qilish.

1. Hududlarning iqtisodiy va ijtimoiy sohalarida mavjud tashkiliy va texnologik muammolarini o‘rganish bo‘yicha ishchi guruh tuzish.

2021-yil sentabr

Innovatsion rivojlanish vazirligi
(I. Abdurahmonov),

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

2. O‘rganish natijalari asosida mavjud muammolarning ilmiy yechimiga qaratilgan ilmiy-texnik mavzularni shakllantirish va hududiy ilmiy va maqsadli dasturlarni ishlab chiqish.

Doimiy

3. Dasturlar doirasida ilmiy-texnik loyihalar tanlovlarini e’lon qilish va tanlov g‘oliblarini moliyalashtirish.

Doimiy

5.

Surxondaryo viloyatining 2021 — 2030-yillarda innovatsion rivojlantirish dasturini ishlab chiqish.

1. Surxondaryo viloyatini 2021 — 2030-yillarda innovatsion rivojlantirish konsepsiyasi va dasturini tasdiqlashni nazarda tutuvchi Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasini ishlab chiqish.

2021-yil oktabr

Innovatsion rivojlanish vazirligi
(I. Abduraxmonov),

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi
(I. Norqulov),

Fanlar akademiyasi
(B. Yuldashev),

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi
(A. Toshqulov),

Surxondaryo viloyati hokimligi
(T. Bobolov)

2. Hujjat loyihasini tegishli vazirlik va idoralar bilan belgilangan tartibda kelishish.

2021-yil noyabr

3. Hujjat loyihasini belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2021-yil dekabr

6.

Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz shahrida “Quyonchilik klasterini tashkil qilish” investitsiya loyihasini amalga oshirish.

1. Loyihaning investitsion pasportini ishlab chiqish va Investitsiya portaliga joylashtirish.

2021-yil dekabr

Innovatsion rivojlanish vazirligi
(I. Abdurahmonov),

O‘zbekiston quyonchilik xo‘jaliklari assotsiatsiyasi
(A. Ibragimov),

Qishloq xo‘jaligi vazirligi
(J. Xodjayev),

Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi

Qashqadaryo viloyati hokimligi
(Z. Mirzayev)

2. Mahalliy investor bilan hamkorlikda quyonchilik klasterining quyonlarni iqlimga genetik moslashtirish xo‘jaligini tashkil etish.

2022-yil fevral

3. Yevropadan zotli quyonlar keltirish va ularni ko‘paytirish uchun zarur sharoitlarni hamda seleksiya tartibotini tashkil qilish.

2022-yil avgust

4. Xorijiy hamkor bilan O‘zbekistonda quyonchilikni rivojlantirishning uslubiy va texnik dasturini ishlab chiqish.

2022-yil noyabr

5. Quyonchilik klasteri doirasida quyonchilik xo‘jaliklari (shu jumladan kasanachilik asosida), quyon go‘shti va mo‘ynasini qayta ishlash tashkilotini tashkil etish.

2022-yil dekabr

6. Quyonchilik klasterining ozuqa bazasini tashkil etish.

2022-yil dekabr

7.

Toshkent viloyati Qibray tumani va Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumani hududlarida Toshkent shahri hokimligi bo‘ysunuvidagi “Olimlar shaharchasi”ni tashkil etish.

1. Toshkent viloyati Qibray tumani va Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumani hududlarida zarur yer maydonlari chegaralirini belgilash.

2021-yil may

Toshkent shahar hokimligi
(J. Artikxodjayev),

Toshkent viloyati hokimligi
(D. Hidoyatov),

Qurilish vazirligi
(B. Zokirov),

Fanlar akademiyasi
(B. Yuldashev),

Innovatsion rivojlanish vazirligi
(I. Abdurahmonov)

2. “Olimlar shaharchasi”ni tashkil etishga qaratilgan zarur chora-tadbirlar bo‘yicha takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2021-yil avgust

8.

Texnologiyalarni transfer qilish milliy va hududiy ofislarini muvofiqlashtirish.

1. Mavjud texnologiyalar transferi ofislari faoliyatini ko‘rib chiqish va monitoringini o‘tkazish.

2021-yil oktabr

Innovatsion rivojlanish vazirligi
(I. Abdurahmonov),

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi
(A. Toshqulov),

Fanlar akademiyasi
(B. Yuldashev)

2. Texnologiyalar transferi ofislarida ilmiy ishlanmalar va texnologiyalar transferi loyihalarini baholash va ularning samradorligini oshirish.

2021-yil dekabr

III. Ilm-fan va innovatsiyalar sohasida xalqaro aloqalarni kengaytirish va mustahkamlash

9.

Xorijiy davlatlarning nufuzli ilmiy markazlari va universitetlarida faoliyat ko‘rsatayotgan yuqori salohiyatli vatandosh olimlar hamda iqtidorli mahalliy yosh olimlarni ilm-fan sohasiga jalb etish maqsadida Milliy laboratoriyani tashkil etish.

1. Milliy laboratoriyani tashkil etish bo‘yicha takliflarni qabul qilish, tanlov asosida saralab olish tartibini ishlab chiqish.

2021-yil aprel

Innovatsion rivojlanish vazirligi
(I. Abdurahmonov),

tizimida oliy ta’lim muassasalari bo‘lgan vazirlik va idoralar

2. Xalqaro tadqiqot laboratoriyalarini tashkil qilishda ishtirok etishga arizalar tanlovini e’lon qilish.

2021-yil sentabr

3. Tanlov va saralash natijalariga asosan Milliy laboratoriyani tashkil etish bo‘yicha g‘olib loyihalarni budjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan moliyalashtirish.

2021-yil dekabr

10.

Rossiya Federatsiyasi Innovatsiyalarni rag‘batlantirish jamg‘armasi bilan hamkorlik doirasida “startap” loyihalar tanlovini amalga oshirish.

1. “Startap” loyihalar tanlovini e’lon qilish.

2021-yil aprel

Innovatsion rivojlanish vazirligi
(I. Abdurahmonov)

2. Loyihalar tanlovining saralash bosqichini o‘tkazish.

2021-yil sentabr

3. Saralab olingan loyihalarni moliyalashtirish.

2021-yil dekabr

IV. Ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari doirasida amalga oshirilayotgan ilmiy loyihalar natijadorligini oshirish, ilmiy tashkilotlarning laboratoriya bazasini yangilash

11.

Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi ilmiy-texnik kengashlar faoliyati shaffofligini oshirish.

1. Ilmiy-tadqiqot loyihalarini saralash jarayoniga IT-texnologiyalar va raqamlashtirishni joriy etish.

2. Ilmiy-texnik kengashlar a’zoligiga “Xirsh” indeksida (h-index) optimal ko‘rsatkichlarga ega bo‘lgan olimlarni jalb qilish.

2021-yil may

Innovatsion rivojlanish vazirligi
(I. Abdurahmonov)

12.

Ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari doirasida xalqaro hamkorlikdagi qo‘shma ilmiy loyihalar sonini oshirish.

1. Xalqaro ilmiy va innovatsiya sohasida hamkor davlatlar bilan qo‘shma ilmiy loyihalar tanlovlarini o‘tkazish bo‘yicha kelishuvga erishish.

2021-yil sentabr

Innovatsion rivojlanish vazirligi
(I. Abdurahmonov)

2. Qo‘shma ilmiy loyihalar tanlovlari mexanizmlarini ishlab chiqish.

2021-yil oktabr

3. Xalqaro hamkorlikdagi qo‘shma ilmiy loyihalar tanlovlarini e’lon qilish.

2021-yil noyabr

4. Tanlov natijalariga ko‘ra qo‘shma ilmiy loyihalarni moliyalashtirish.

tanlov natijalariga ko‘ra

13.

Ilmiy faoliyatning nufuzini oshirishga oid targ‘ibot ishlarini tashkil etish.

1. Ommaviy axborot vositalarida targ‘ibot qilishga oid dastur va reja-jadval ishlab chiqish.

2021-yil aprel

Innovatsion rivojlanish vazirligi
(I. Abdurahmonov),

Fanlar akademiyasi
(B. Yuldashev),

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

vazirlik va idoralar

2. Ishlab chiqilgan dastur va reja-jadvalni televideniye, radio, gazeta va Internet tarmog‘idagi saytlar bilan ishlab kelishish.

2021-yil may

3. Ommaviy axborot vositalarida mavzuga doir ko‘rsatuv, eshittirish va maqolalar e’lon qilinishini ta’minlash.

2021-yil iyundan boshlab

14.

Ishlab chiqarish tarmoqlarida ilmiy-innovatsion tadqiqotlar sifati va natijadorligini oshirish maqsadida qo‘shimcha laboratoriya, shu jumladan noyob uskuna va jihozlar xarid qilish.

1. Ehtiyojga ko‘ra zamonaviy ilmiy laboratoriya asbob-uskunalari ro‘yxatini shakllantirish hamda loyihaoldi va loyiha hujjatlarini tayyorlash.

Doimiy

Fanlar akademiyasi
(B. Yuldashev),

Innovatsion rivojlanish vazirligi
(I. Abdurahmonov),

“O‘zstandart” agentligi
(D. Sattarov), manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Belgilangan tartibda zamonaviy ilmiy laboratoriya asbob-uskunalari xarid qilishda amaliy yordam ko‘rsatish.

Doimiy

3. Laboratoriya jihozlaridan foydalanish faoliyatiga xalqaro akkreditatsiya olish.

2021-yil aprel

15.

Noyob qo‘lyozma, toshbosma kitoblar va tarixiy hujjatlarni o‘rganish, tahlil qilish hamda natijalaridan tegishli sohalarda keng foydalanish bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish.

Chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritish. Dasturda quyidagilar nazarda tutiladi:

mamlakatimizdagi turli ilmiy va ta’lim muassasalarida, muzey hamda fondlarda saqlanayotgan noyob qo‘lyozma va toshbosma asarlarni tizimli o‘qib-o‘rganish, ularni tahlil qilish va ilmiy muomalaga kiritish;

yosh tadqiqotchilarni jalb etish, ularning kasbiy malakasini oshirish, manbashunos va matnshunos kadrlar tayyorlash;

Fanlar akademiyasi huzuridagi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutining faoliyatini tubdan takomillashtirish.

2021-yil may

Fanlar akademiyasi
(B. Yuldashev),

Innovatsion rivojlanish vazirligi
(I. Abdurahmonov),

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi
(A. Toshqulov),

Madaniyat vazirligi
(O. Nazarbekov),

Moliya vazirligi
(T. Ishmetov), vazirlik va idoralar

V. Ilmiy kadrlarni tayyorlash tizimining samaradorligini oshirish va boshqaruv tizimining shaffofligini ta’minlash

16.

Mamlakatdagi yoshlarni aniq fanlar, raqamli texnologiyalar hamda robototexnika sohasidagi intellektual salohiyatini rivojlantirish, ularni qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirishga yo‘naltirilgan tadbirlar tashkil etish.

1. Manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda aniq fanlar, raqamli texnologiyalar hamda robototexnika sohasini rivojlantirish bo‘yicha tanlov shartlari va nizomini ishlab chiqish hamda o‘tkazish.

2021-yil noyabrdan

Innovatsion rivojlanish vazirligi
(I. Abdurahmonov),

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi
(A. Toshqulov),

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi
(Sh. Sadikov),

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi
(A. Jumaboyev)

2. Manfaatdor vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda aniq fanlar, raqamli texnologiyalar hamda robototexnika sohasini rivojlantirish bo‘yicha mahorat darslari, seminarlar tashkil etish.

2021-2022-yillar

17.

Olimlarning nashr etish faolligi yakunlari bo‘yicha har yilgi “Ilm-fan yetakchisi” respublika tanlovini o‘tkazish.

1. Tanlovni o‘tkazish tartibini ishlab chiqish.

2021-yil sentabr

Innovatsion rivojlanish vazirligi,
(I. Abdurahmonov), Fanlar akademiyasi,
(B. Yuldashev),

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

(A. Toshqulov),

tizimida oliy ta’lim muassasalari va ilmiy tashkilotlar bo‘lgan vazirlik va idoralar

2. G‘oliblarni O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining faxriy yorliqlari, tegishli vazirlik va idoralarning qimmatbaho sovg‘alari bilan taqdirlash bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish.

2021-yil sentabr

3. “Ilm-fan yetakchisi” tanlovi g‘oliblarini tegishli sohalardagi vazifalarni hal etishga jalb qilish bo‘yicha tadbirlar rejasini ishlab chiqish.

2021-yil dekabr

VI. Yoshlarni ilmiy faoliyatga jalb etishning samarali mexanizmlarini joriy qilish

18.

Maktablarda va oliy ta’lim muassasalarida, innovatsiya va “startap” madaniyatini amaliy seminarlar orqali yoshlar ongida shakllantirish va keng targ‘ib etish.

1. “Startap” madaniyati tizimi, tadbirkorlik ko‘nikmalarini va innovatsiyalarni rivojlantirish hamda uni yoshlar orasida targ‘ib qilish maqsadida maktablarda va oliy ta’lim muassasalarida master-klass treninglar o‘tkazish.

2. Treninglarda o‘quvchilar, bakalavr va magistratura bosqichi talabalari hamda professor-pedagoglarning faol ishtirokini ta’minlash.

Doimiy

Innovatsion rivojlanish vazirligi
(I. Abdurahmonov),

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi
(A. Toshqulov),

Xalq ta’limi vazirligi
(Sh. Shermatov)

19.

Yoshlar akademiyasi a’zolari faoliyat yuritishi uchun qulay sharoitlar yaratish va ularning ilmiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash.

1. Yoshlar akademiyasi a’zolari uchun har yili “startap” va tashabbuskor loyihalar tanlovini tashkil qilish.

2. Yoshlar akademiyasi a’zolarini nufuzli xorijiy ilmiy markaz va tashkilotlarga maqsadli hamda tizimli ravishda ilmiy stajirovkalarga yuborishni tashkil etish.

Muntazam ravishda

Innovatsion rivojlanish vazirligi
(I. Abdurahmonov),

tizimida oliy ta’lim muassasalari va ilmiy tashkilotlar bo‘lgan vazirlik va idoralar

20.

Xorijiy yetakchi kompaniyalarning malakali mutaxassislari yordamida olimlar va mustaqil izlanuvchilarga yangi qurilish materiallarini yaratish, loyihalash va qurilish sohasidagi ko‘nikmalarini shakllantirish va oshirishga qaratilgan ilg‘or texnologiyalarni qo‘llash bo‘yicha Milliy onlayn-tanlov tashkil etish.

1. Manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda yangi qurilish materiallarini yaratish, loyihalash va qurilish sohasidagi ko‘nikmalarini shakllantirish va oshirishga qaratilgan tanlov tashkil etish bo‘yicha nizom loyihasini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2021-yil may

Innovatsion rivojlanish vazirligi
(I. Abdurahmonov),

Qurilish vazirligi
(B. Zakirov),

“O‘zsa?oatqurilish-materiallari” uyushmasi
(A. Baxodirov),

Oliy va o‘rta maxsus vazirligi (A. Toshqulov),

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi
(A. Jumaboyev),

tizimida oliy ta’lim muassasalari va ilmiy tashkilotlar mavjud bo‘lgan vazirlik va idoralar

2. Tanlov shartlarini ishlab chiqish va manfaatdor vazirlik va idoralar mutaxassislaridan iborat hay’at tarkibini shakllantirish.

2021-yil iyun

3. Milliy onlayn-tanlovni e’lon qilish.

2021-yil avgust

4. Ishtirokchilardan arizalarini elektron tarzda qabul qilish va tanlovni o‘tkazish.

2021-yil noyabr

VII. Tarmoq ilmiy-tadqiqotlarini rivojlantirish, ilm-fanni ishlab chiqarish bilan integratsiyasini mustahkamlash

21.

Respublikada R&D (tadqiqot va rivojlanish) dasturlari asosida tadqiqotlarni rivojlantirish strategiyasini hamda tarmoqlarda tadqiqot va rivojlantirish faoliyatini tashkil etishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish.

1. Tegishli vazirlik va idoralar mutaxassislarini keng jalb etgan holda ishchi guruh tashkil etish.

2021-yil oktabr

Innovatsion rivojlanish vazirligi
(I. Abdurahmonov),

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi
(I. Norqulov),

Fanlar akademiyasi
(B. Yuldashev)

2. Tarmoqlarda R&D tadqiqotlarini tashkil etish va davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari bo‘yicha xorijiy tajribani tahlil qilish.

2021-yil oktabr

3. Respublikada R&D (tadqiqot va rivojlanish) dasturlari asosida tadqiqotlarni rivojlantirish strategiyasini hamda tarmoqlarda tadqiqot va rivojlantirish faoliyatini tashkil etishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish.

2021-yil dekabr

4. Chora-tadbirlarni amalga oshirish yuzasidan takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2022-yil aprel

22.

Zamonaviy va yuqori texnologiyalarga asoslangan, import o‘rnini bosuvchi yangi mahsulotlar ishlab chiqarishga va xizmatlar ko‘rsatishga yo‘naltirilgan texnologiyalar transferini amalga oshirish

1. Zamonaviy va yuqori texnologiyalarga asoslangan, import o‘rnini bosuvchi yangi mahsulotlar ehtiyojni o‘rganish.

2. Texnol?giyalar transferi faoliyatini tashkil etish.

Doimiy

Innovatsion rivojlanish vazirligi
(I. Abdurahmonov),

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi
(I. Norqulov),

tarmoq tashkilotlari

23.

2021-2022-yillarda O‘zbekiston Respublikasida sun’iy intellektni rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish

1. Tegishli vazirlik va idoralar mutaxassislarini keng jalb etgan holda ishchi guruh tashkil etish.

2021-yil oktabr

Innovatsion rivojlanish vazirligi
(I. Abdurahmonov),

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi
(Sh. Sodiqov),

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi
(I. Norqulov),

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi
(A. Toshqulov)

2. Mamlakatda sun’iy intellektning rivojlantirish imkoniyatlari va xorijiy tajribalarni tahlil qilish.

2021-yil noyabr

3. Sun’iy intellektni rivojlantirishga qaratilgan asosiy yo‘nalishlarni belgilashda tegishli iqtisodiy va ijtimoiy sohalar tarmoqlari mutaxassislari ishtirokida “Forsayt” tadbirlarini o‘tkazish.

2021-yil dekabr

4. 2021-2022-yillarda O‘zbekiston Respublikasida sun’iy intellektni rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish.

2022-yil fevral

5. Strategiyani tasdiqlash bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli hujjat loyihasini vazirlik va idoralar bilan kelishish va belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2022-yil dekabr

24.

Iqtisodiyot tarmoqlarida mavjud muammolarning ilmiy-texnik va innovatsion yechimlariga qaratilgan loyiha mavzularini shakllantirish va ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari doirasida e’lon qilish uchun kiritish.

1. Iqtisodiyot tarmoqlaridagi muammolarni o‘rganish.

2. Ilmiy yechimga ega muammolardan ilmiy-texnik loyihalar mavzularini shakllantirish.

3. Shakllantirilgan loyihalar mavzularini ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari doirasida e’lon qilinadigan tanlovlarga kiritish.

Doimiy

Innovatsion rivojlanish vazirligi
(I. Abdurahmonov)

VIII. Yangi ishlanmalarni tijoratlashtirish va ishlab chiqarishga joriy etish

25.

Jahon banki bilan hamkorlikdagi “Ilm-fanni tijoratlashtirish” loyihasini amalga oshirish.

1. Jahon bankining 50 mln AQSH dollari miqdoridagi mablag‘larini o‘zlashtirish maqsadida tashkil etilgan loyihalarni amalga oshirish guruhini yuqori malakali kadrlar bilan butlash.

2021-yil aprel

Innovatsion rivojlanish vazirligi
(I. Abdurahmonov)

2. Loyihalarni boshqarish guruhi faoliyatini yo‘lga qo‘yish va loyihalar tanlovi bo‘yicha xalqaro ekspertlar kengashi va texnologiyalar transfer ofisini tashkil etish.

2021-yil aprel — iyun

3. Jahon banki tomonidan belgilangan imtiyozli kredit mablag‘larini jalb qilish.

2021 — 2025-yillar

26.

Bolalarda ilm-fan sohasiga bo‘lgan qiziqishni uyg‘otish maqsadida “Science for kids” platformasini keng miqyosda joriy etish.

1. Bolalar uchun ilm-fan sohasiga qiziqish o‘yg‘otish va aniq fanlarning amaliy ahamiyati targ‘ibotini interaktiv mashg‘ulotlar orqali amalga oshirish.

2. Maktab o‘quvchilarini platforma doirasida o‘tkaziladigan tadbirlarga keng jalb qilish.

3. Ta’lim muassasalarida onlayn va sayyor mashg‘ulotlarni tashkil etish.

Doimiy

Innovatsion rivojlanish vazirligi
(I. Abdurahmonov),

Xalq ta’limi vazirligi
(Sh. Shermatov),

Maktabgacha ta’lim vazirligi
(A. Shin),

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

27.

Milliy Wi-Fi tarmoqlarni boshqarish tizimi Hotspot dasturi doirasida Navoiy shaxrining markaziy ko‘chalarida, jamoat va ko‘ngilochar maskanlarida Wi-Fi tarmog‘ini joriy etish.

1. Dastur yaratish va bepul internetni xavfsiz tarqatish modulini ishga tushirish.

2021-yil sentabr

Innovatsion rivojlanish vazirligi
(I. Abdurahmonov),

Navoiy viloyati hokimligi
(Q. Tursunov),

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi
(Sh. Sodiqov)

2. Android va iOS dasturiy ta’minotlari uchun ilovalar ishlab chiqish.

2021-yil noyabr

3. Dasturning hotspot.uz rasmiy veb-saytini ishga tushirish.

4. Loyiha doirasida Wi-Fi qurilmalarini o‘rnatish.

2021-yil dekabr

28.

Ilmiy ishlanmalar va texnologiyalarni tijoratlashtirish ishlarini amalga oshirish.

Tijoratlashtirilayotgan innovatsion ishlanmalarni 150 taga yetkazish, olib borilgan ishlar natijasida ishlab chiqarilgan mahsulot umumiy qiymatini 40 mlrd so‘mga yetkazish

2021-yil may

Innovatsion rivojlanish vazirligi
(I. Abdurahmonov),

Fanlar akademiyasi
(B. Yuldashev),

tarmoq vazirlik va idoralari

29.

Yangi istiqbolli yo‘nalishlar bo‘yicha “startap” hamda olimlarning tashabbuskor ilmiy loyihalari tanlovini amalga oshirish.

1. Tashabbus doirasida “startap” loyihalar tanlovini e’lon qilish.

2021-yil oktabr

Innovatsion rivojlanish vazirligi
(I. Abdurahmonov)

2. Loyihalar tanlovining saralash bosqichini o‘tkazish.

2021-yil dekabr

3. Saralab olingan loyihalarni moliyalashtirish.

2022-yil fevral

IX. Yangi innovatsion infratuzilmalarni rivojlantirish va innovatsion faoliyat subyektlarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash

30.

Andijon viloyatidagi “Innovatsion poligon”ni zamonaviy asbob-uskunalar bilan ta’minlash va innovatsion mahsulotlar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish.

1. Qishloq xo‘jaligi innovatsion poligoni uchun xalqaro moliya institutlari mablag‘larini jalb qilish.

2021-yil aprel

Innovatsion rivojlanish vazirligi
(I. Abdurahmonov),

Agrosanoat majmui va oziq-ovqat ta’minoti sohasidagi loyihalarni amalga oshirish agentligi,

Andijon viloyati hokimligi
(Sh. Abdurahmonov)

2. Innovatsion poligon uchun zarur zamonaviy asbob-uskunalarni sotib olish va ishga tushirish.

2021-yil avgust

3. Ilmiy-texnik va qishloq xo‘jaligi bo‘yicha yetarli bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lgan kadrlar bilan poligon shtatlarini to‘ldirish va kadrlarning malakasini oshirish ishlarini tashkil etish.

2021-yil dekabr

31.

Kimyo yo‘nalishida faoliyat yurituvchi ilmiy-tadqiqot muassasalaridagi mavjud laboratoriyalarni xalqaro standartlarga (GLP va GMP) mos ravishda modernizatsiya qilish va O‘simlik moddalari kimyosi instituti hududida GLP klinikoldi tadqiqotlar markazini tashkil etish.

1. Kimyo yo‘nalishida faoliyat yurituvchi ilmiy-tadqiqot muassasalaridagi mavjud laboratoriyalarni xalqaro standartlarga (GLP va GMP) mos ravishda modernizatsiya qilish uchun xorijiy grantlarni jalb qilish bo‘yicha ishlarni tashkil etish.

2021-yil aprel

Fanlar akademiyasi
(B. Yuldashev),

Innovatsion rivojlanish vazirligi
(I. Abdurahmonov)

2. O‘simlik moddalari kimyosi instituti hududida GLP klinikoldi tadqiqotlar markazi faoliyatini tashkil etish yuzasidan chora-tadbirlar rejasini tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2021-yil may

32.

Ilmiy loyihalarni moliyalashtirish va hisobini yuritishning normativ-huquqiy bazasini takomillashtirish.

Quyidagilarni nazarda tutuvchi Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori loyihasini ishlab chiqish va kiritish:

O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan bajariladigan davlat ilmiy-texnikaviy dasturlari doirasida loyihalarni amalga oshirishni rejalashtirish, moliyalashtirish va xarajatlarni hisobga olish tartibi to‘g‘risidagi nizom;

O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan davlat ilmiy tashkilotlarini bazaviy moliyalashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizom.

2021-yil may

Innovatsion rivojlanish vazirligi
(Abdurahmonov),

Fanlar akademiyasi
(Yuldashev),

Moliya vazirligi
(Ishmetov), manfaatdor vazirlik va idoralar

33.

Milliy g‘o‘za genofondi kolleksiyasi markazi, Mikroorganizmlarning milliy kolleksiyasi markazi va Milliy biologik faol moddalar bankini tashkil etish.

1. Milliy g‘o‘za genofondi kolleksiyasi markazi, Mikroorganizmlarning milliy kolleksiyasi markazining va Milliy biologik faol moddalar banki tashkil etiladigan Fanlar akademiyasi tizimidagi ilmiy tashkilotlarni aniqlash.

2021-yil aprel

Fanlar akademiyasi
(B. Yuldashev),

Innovatsion rivojlanish vazirligi
(I. Abdurahmonov)

2. Chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2021-yil may

34.

O‘simlik moddalari kimyosi instituti hududida zamonaviy Tibbiyot kimyo va nozik organik sintez laboratoriyasini tashkil etish

O‘simlik moddalari kimyosi instituti hududida zamonaviy Tibbiyot kimyo va nozik organik sintez laboratoriyasini tashkil etish yuzasidan chora-tadbirlar rejasini tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2021-yil may

Fanlar akademiyasi
(B. Yuldashev),

Innovatsion rivojlanish vazirligi
(I. Abdurahmonov)

35.

Qoraqalpoq tabiiy fanlar ilmiy-tadqiqot institutida “Bioorganik kimyo” va “Organik moddalar fizik-kimyo analizi” ilmiy laboratoriyalarini tashkil etish va Janubiy Orolbo‘yi zoologiya muzeyi va gerbariysini zarur asbob-uskunalar bilan ta’minlash

1. Qoraqalpoq tabiiy fanlar ilmiy-tadqiqot institutida “Bioorganik kimyo” va “Organik moddalar fizik-kimyo analizi” ilmiy laboratoriyalarini tashkil etish yuzasidan takliflarni tayyorlash va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2021-yil aprel

Fanlar akademiyasi
(B. Yuldashev),

Moliya vazirligi
(T. Ishmetov),

Innovatsion rivojlanish vazirligi
(I. Abdurahmonov)

2. Janubiy Orolbo‘yi zoologiya muzeyi va gerbariysini zarur asbob-uskunalar bilan ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlar rejasini tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2021-yil may

Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-iyuldagi PF-107-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.07.2023-y., 06/23/107/0441-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-iyuldagi PF-107-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.07.2023-y., 06/23/107/0441-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-iyuldagi PF-107-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.07.2023-y., 06/23/107/0441-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-iyuldagi PF-107-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.07.2023-y., 06/23/107/0441-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 1-apreldagi PQ-5047-son qaroriga
6-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi kuzatuv kengashining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
TARKIBI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

1.

I.Yu. Abdurahmonov

oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri, Kuzatuv kengashi raisi

2.

B.S. Yuldashev

Fanlar akademiyasi prezidenti

3.

A.R. Karimov

iqtisodiyot va moliya vazirining o‘rinbosari

4.

O.A. To‘ychiyev

Innovatsion rivojlanish agentligi direktori

5.

S.M. Turabdjanov

Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti rektori

6.

K.N. Ishanxodjayev

O‘zbekiston Nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi raisi

7.

J.T. Tavakalov

Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi ijro etuvchi direktori v.b.

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Izoh: Kuzatuv kengashi a’zolari boshqa ishga o‘tgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangidan tayinlangan yoki tegishli vazifalarni bajarish zimmasiga yuklangan shaxslar kiritiladi.
(6-ilovaning matni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-iyuldagi PF-107-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.07.2023-y., 06/23/107/0441-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 1-apreldagi PQ-5047-son qaroriga
7-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi to‘g‘risida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-bob. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Ushbu Nizom Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasining (keyingi o‘rinlarda — Jamg‘arma) mablag‘larini shakllantirish va undan foydalanish tartibini belgilaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Jamg‘arma yuridik shaxs hisoblanadi, mustaqil balansga, milliy va xorijiy valyutadagi shaxsiy g‘azna hisobvaraqlariga, O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va o‘z nomi davlat tilida yozilgan muhrga ega bo‘ladi.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 10-apreldagi PF-58-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.04.2026-y., 06/26/58/0342-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Jamg‘arma o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, boshqa qonunchilik hujjatlariga, shuningdek, ushbu Nizomga amal qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-bob. Jamg‘arma mablag‘larini shakllantirish manbalari va ularni sarflash yo‘nalishlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Jamg‘arma mablag‘lari quyidagilar hisobidan shakllantiriladi:
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga patent bojlari, yig‘imlar va soliq toifasiga kirmaydigan boshqa to‘lovlardan kelib tushgan mablag‘larning 78 foizi;
(4-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 26-apreldagi PQ-221-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.04.2022-y., 07/22/221/0357-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari, shu jumladan davlat ilmiy dasturlari uchun ajratilgan mablag‘lar;
(4-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 10-apreldagi PF-58-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.04.2026-y., 06/26/58/0342-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xalqaro moliya tashkilotlari va institutlarining grantlari va kreditlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yuridik va jismoniy shaxslar, shu jumladan chet ellik shaxslarning homiylik xayriyalari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
vaqtincha bo‘sh turgan mablag‘larni tijorat banklarining depozitlariga joylashtirishdan tushadigan daromadlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa tushumlar.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Mazkur Nizomning 4-bandida ko‘rsatilgan O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining chet el valyutasidagi mablag‘lari Vazirlik tomonidan Jamg‘armaning hisobvaraqlariga har oyda valyutaning har bir turi bo‘yicha alohida hisobot oyidan keyingi oyning 10-kunigacha o‘tkaziladi.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 26-apreldagi PQ-221-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.04.2022-y., 07/22/221/0357-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Jamg‘armaga mablag‘lar kelib tushishini va sarflanishini nazorat qilish Jamg‘arma Kuzatuv kengashi tomonidan amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Jamg‘arma mablag‘lari quyidagilarga yo‘naltiriladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
innovatsion faoliyat subyektlari tomonidan innovatsiyalarni yaratish va ularni joriy qilishni tanlov asosida moliyalashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ilmiy-tadqiqot, innovatsion, tajriba-konstruktorlik va startap loyihalarini tanlov asosida moliyalashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yangi ishlanmalarni tijoratlashtirishga tayyorlashni va/yoki tijoratlashtirishni moliyalashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Eng yaxshi ixtiro”, “Eng yaxshi foydali model”, “Eng yaxshi sanoat namunasi”, “Eng yaxshi EHM uchun dastur va ma’lumotlar bazasi” hamda “Eng yaxshi seleksiya yutug‘i” nominatsiyalari bo‘yicha respublika tanlovlarini o‘tkazish tadbirlarini moliyalashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Intellektual mulk milliy birjasi” elektron platformasini yaratish va saqlab turish xarajatlarini moliyalashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ilmiy laboratoriyalarni zamonaviy yuqori texnologiyaga asoslangan asbob-uskunalar bilan jihozlash (qo‘shimcha jihozlash), shuningdek, zarur sarflash materiallari va butlovchi qismlar bilan ta’minlash bo‘yicha tadbirlarni moliyalashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat ilmiy dasturlari doirasida yaratilgan intellektual mulkka bo‘lgan huquqlarni (patentlarni) xorijda ro‘yxatdan o‘tkazish va patentni saqlab turish xarajatlarini qoplash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ilmiy tashkilot va oliy ta’lim muassasalarining yetakchi elektron ilmiy ma’lumotlar bazalaridan erkin foydalanishni ta’minlash, shuningdek, xalqaro nashrlarda ilmiy natijalarni chop etishga tayyorlash hamda xalqaro ilmiy grantlar bo‘yicha mavjud ma’lumotlar bazasiga obuna bo‘yicha xarajatlarni to‘lash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yoshlarning innovatsion tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash ofisi (keyingi o‘rinlarda — Ofis)ning asosiy vazifalarini ro‘yobga chiqarishdagi tadbirlarni, shu jumladan, ilmiy-innovatsion akselerator va biznes-inkubatorlarni tashkil etish, iqtidorli yoshlarning rivojlangan davlatlarning nufuzli ilmiy markazlari, universitetlari, texnoparklari va ishlab chiqarish tashkilotlarida malakasini oshirish, ilmiy-amaliy tadbirlar (simpozium, konferensiya, seminar, trening, davra suhbatlari, master-klasslar va boshqalar) tashkil etish hamda ularning xalqaro ilmiy-amaliy tadbirlarda qatnashish xarajatlarini moliyalashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yosh olimlarning yetakchi xorijiy ilmiy tashkilotlar (markazlar, universitetlar va boshqalar)dagi ilmiy stajirovkalarini moliyalashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi (keyingi o‘rinlarda — Vazirlik) va Innovatsion rivojlanish agentligi (keyingi o‘rinlarda — Agentlik) tomonidan jalb qilinayotgan yuqori malakali xorijiy davlatlar mutaxassislarining xarajatlarini (mehnatga haq to‘lash, transport xarajatlari va boshqalar) moliyalashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agentlikning Ilmiy-texnik axborot markazini, shuningdek, Vazirlik qaroriga binoan tashkil etiladigan ilmiy kadrlar tayyorlash va xodimlar malakasini oshirish bo‘yicha idoraviy ilmiy hamda o‘quv markazlarini, maslahat va axborot markazlarini, ilmiy laboratoriyalarni ularning xo‘jalik faoliyatidan tushadigan daromadlarini hisobga olgan holda moliyalashtirish hamda moddiy-texnik jihatdan ta’minlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agentlik va Jamg‘arma Ijro etuvchi direksiyasini moddiy-texnik jihatdan ta’minlash, shu jumladan, ularning xodimlari malakasini oshirish va xorijiy mamlakatlarga xizmat safarlari xarajatlarini moliyalashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agentlik, Ilmiy-texnika axborot markazi, Jamg‘arma Ijro etuvchi direksiyasi xodimlarini moddiy rag‘batlantirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oliy ta’lim muassasalari talabalarining iqtisodiyot tarmoqlari korxonalarida haq to‘lanadigan qisqa muddatli maqsadli ishlab chiqarish amaliyotlarini moliyalashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlik balansidagi Toshkent shahri, Olmazor tumani, Universitet ko‘chasi, 7-uy manzilida joylashgan bino va inshootlarni tashqi fasad qismini tozalash, isitish-sovutish tizimi va liftlarga xizmat ko‘rsatish xarajatlarini moliyalashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
boshqa tadbirlarni, shu jumladan, Agentlikka yuklatilgan vazifalar va funksiyalarga muvofiq amalga oshiriladigan tadbirlarni moliyalashtirish.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 10-apreldagi PF-58-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.04.2026-y., 06/26/58/0342-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Jamg‘arma tomonidan mazkur Nizomning 7-bandida ko‘rsatilmagan tadbirlarni moliyalashtirish Jamg‘arma Kuzatuv kengashining qaroriga asosan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-bob. Jamg‘arma mablag‘larini sarflash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Jamg‘armadan pul mablag‘larini ajratish Jamg‘armaning tasdiqlangan daromadlar va xarajatlar smetasi asosida amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Quyidagilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
innovatsion faoliyat subyektlari tomonidan innovatsiyalarni yaratish va ularni joriy qilish tadbirlari Vazirlikning Ilm-fan va innovatsiyalar kengashining qarorlari va tegishli buyruqlari bilan tasdiqlanadigan xarajatlar smetasiga muvofiq moliyalashtiriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ilmiy-tadqiqot, innovatsion, tajriba-konstruktorlik, startap hamda yangi ishlanmalarni tijoratlashtirishga tayyorlash va/yoki tijoratlashtirish loyihalari belgilangan tartibda o‘tkazilgan tanlovlar natijalariga ko‘ra Agentlik, Jamg‘arma Ijro etuvchi direksiyasi va loyiha tashabbuskori o‘rtasida tuziladigan shartnomalar asosida moliyalashtiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda ilmiy-tadqiqot, innovatsion va tajriba-konstruktorlik hamda yangi ishlanmalarni tijoratlashtirishga tayyorlash va/yoki tijoratlashtirish loyihalariga ajratiladigan mablag‘lar O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining axborot tizimida ijrochi tashkilotlarning har bir loyihalari uchun ochiladigan alohida shaxsiy g‘azna hisobvaraqlari orqali budjet tizimi budjetlari xarajatlari iqtisodiy tasnifining tegishli moddalarida, yilning choraklari va oylari kesimida rejalashtiriladi. Startap loyihalar va yopiq mavzudagi ilmiy-tadqiqot loyihalariga ajratiladigan mablag‘lar ijrochi tashkilotning budjetdan tashqari shaxsiy g‘azna hisobvaraqlari yoki bank hisobraqamlariga tuzilgan shartnoma shartlariga asosan moliyalashtiriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat ilmiy dasturlari doirasida yaratilgan intellektual mulk huquqlari (patentlar)ni xorijda ro‘yxatdan o‘tkazish va qo‘llab-quvvatlash xarajatlarini to‘lash — Jamg‘arma Ijro etuvchi direksiyasi, tegishli buyurtmanoma bergan ilmiy tashkilot yoki oliy ta’lim muassasasi va xorijiy patent idorasi (patent idorasi agenti) o‘rtasidagi uch tomonlama shartnoma asosida amalga oshiriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ilmiy tashkilot va oliy ta’lim muassasalarining yetakchi elektron ilmiy ma’lumotlar bazalaridan erkin foydalanishini ta’minlash (shu jumladan, xalqaro ilmiy grantlar bo‘yicha mavjud ma’lumotlar bazasiga milliy obuna) bo‘yicha xarajatlarni to‘lash — Agentlik, Jamg‘armaning Ijro etuvchi direksiyasi va ma’lumotlar bazasining egasi bo‘lgan muassasa o‘rtasida tegishli ma’lumotlar bazasiga obuna bo‘lish haqida tuziladigan shartnoma asosida amalga oshiriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xalqaro nashrlarda ilmiy natijalarni chop etishga tayyorlash (Proofreading service) xarajatlari Agentlik, Jamg‘arma Ijro etuvchi direksiyasi va xalqaro nashrlarda maqolalarni chop etishga tayyorlash xizmati o‘rtasida tuziladigan shartnomaga asosan qoplanadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ofisning asosiy vazifalarini ro‘yobga chiqarishdagi tadbirlarni, shu jumladan, ilmiy-innovatsion akselerator va biznes-inkubatorlarni tashkil etish, iqtidorli yoshlarning rivojlangan davlatlarning nufuzli ilmiy markazlari, universitetlari, texnoparklari va ishlab chiqarish tashkilotlarida malakasini oshirish, ilmiy-amaliy tadbirlar (simpozium, konferensiya, seminar, trening, davra suhbatlari, master-klasslar va boshqalar) tashkil etish hamda ularning xalqaro ilmiy-amaliy tadbirlarda qatnashish xarajatlarini moliyalashtirish Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan hisob-kitoblarga asosan amalga oshiriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yosh olimlarning yetakchi xorijiy ilmiy tashkilotlarda (markazlar, universitetlar va boshqalar) ilmiy stajirovkalari bo‘yicha xarajatlarni to‘lash — belgilangan tartibda taraflar o‘rtasida tuzilgan shartnoma bilan tartibga solinadigan ilmiy stajirovka shartlari, talablari va muddatlariga muvofiq amalga oshiriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlik va Agentlik tomonidan jalb qilinayotgan yuqori malakali xorijlik olimlar va mutaxassislarning xarajatlari (mehnatga haq to‘lash, transport xarajatlari va boshqalar) xorijiy davlat mutaxassisi o‘rtasida tuziladigan shartnomalar (kontraktlar) asosida moliyalashtiriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agentlikning Ilmiy-texnika axborot markazi xo‘jalik faoliyatidan tushadigan daromadlarini hisobga olgan holda Agentlik tomonidan tasdiqlanadigan daromadlar va xarajatlar smetasiga asosan moliyalashtiriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oliy ta’lim muassasalari talabalarining iqtisodiyot tarmoqlari korxonalarida haq to‘lanadigan qisqa muddatli maqsadli ishlab chiqarish amaliyotlari oliy ta’lim tashkiloti, tarmoq korxonasi, Jamg‘arma va amaliyot o‘taydigan talaba o‘rtasida amaliyotni tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha tuzilgan shartnoma asosida moliyalashtiriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlik balansidagi Toshkent shahri, Olmazor tumani, Universitet ko‘chasi, 7-uy manzilida joylashgan bino va inshootlarni tashqi fasad qismini tozalash, isitish-sovutish tizimi va liftlarga xizmat ko‘rsatish xarajatlari ushbu xarajatlarni nazarda tutuvchi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri tomonidan tasdiqlangan smeta va Vazirlikning talabnomasiga asosan uning hisob raqamiga moliyalashtiriladi.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 10-apreldagi PF-58-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.04.2026-y., 06/26/58/0342-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Ilmiy laboratoriyalarni asbob-uskunalar bilan jihozlash (qo‘shimcha jihozlash), shuningdek, zarur sarflash materiallari va butlovchi qismlar bilan ta’minlash bo‘yicha:
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agentlik xorijiy (shu jumladan, mahalliy) yetkazib beruvchilar va ishlab chiqaruvchilarni belgilangan tartibda tanlash asosida ular bilan tovar yetkazib berishga (shu jumladan zarurat bo‘lganda, tovarni ilmiy-tadqiqot yoki oliy ta’lim muassasasiga yetkazib berish, ishga tushirish-sozlash va boshqa o‘ziga xos ishlarni amalga oshirishga) tegishli kontraktlarni tuzadi;
(11-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 10-apreldagi PF-58-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.04.2026-y., 06/26/58/0342-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tuziladigan kontraktlarda Agentlik “Buyurtmachi”, Jamg‘arma ijro etuvchi direksiyasi “Moliyalashtiruvchi”, ishlab chiqaruvchi yoki yetkazib beruvchi “Yetkazib beruvchi” va tegishli ilmiy tashkilot yoki oliy ta’lim muassasasi “Qabul qiluvchi” (foyda ko‘ruvchi) tomonlar sifatida qatnashadi. Jamg‘arma Ijro etuvchi direksiyasi to‘lovlarni tuzilgan kontraktlarda belgilangan valyuta birligida moliyalashtiradi;
(11-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 10-apreldagi PF-58-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.04.2026-y., 06/26/58/0342-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agentlik va Jamg‘arma tomonidan buyurtmanomani bergan tegishli ilmiy tashkilot yoki oliy ta’lim muassasasiga tovarni topshirish bepul amalga oshiriladi.
(11-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 10-apreldagi PF-58-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.04.2026-y., 06/26/58/0342-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda Yetkazib beruvchi elektron hisobvaraq-fakturani Moliyalashtiruvchiga yuborgandan so‘ng, Buyurtmachi, Moliyalashtiruvchi va Qabul qiluvchi (foyda oluvchi) o‘rtasida tuzilgan topshirish-qabul qilish dalolatnomasiga asosan yetkazib berilgan asbob-uskunalar Qabul qiluvchi (foyda ko‘ruvchi) balansiga o‘tkazib beriladi.
(11-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 10-apreldagi PF-58-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.04.2026-y., 06/26/58/0342-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Bepul asosda olingan ilmiy asbob-uskuna, sarflash materiallari va butlovchi buyumlardan maqsadli va samarali foydalanilishi uchun mas’uliyat tegishli ilmiy tashkilot va oliy ta’lim muassasalari rahbarlari zimmasiga yuklanadi.
(12-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 10-apreldagi PF-58-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.04.2026-y., 06/26/58/0342-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlariga muvofiq, ilmiy laboratoriya asbob-uskunalari, shuningdek, zarur sarflash materiallari va butlovchi qismlar ilmiy tashkilot va oliy ta’lim muassasalari tomonidan mustaqil ravishda ham xarid qilinishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunday holatlarda, ilmiy tashkilot va oliy ta’lim muassasalari uchun Iqtisodiyot va moliya vazirligining axborot tizimida tegishli shaxsiy g‘azna hisobvarag‘i ochish orqali mablag‘lar rejalashtiriladi.
(13-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 10-apreldagi PF-58-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.04.2026-y., 06/26/58/0342-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Jamg‘arma mablag‘larini sarflash Jamg‘arma daromadlari va xarajatlarining tasdiqlangan smetasiga muvofiq uning hisobvaraqlaridan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Jamg‘arma Ijro etuvchi direksiyasi Jamg‘armaga ajratilgan mablag‘lardan foydalanilishi va keyingi hisobot davrida kutilayotgan xarajatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni Kuzatuv kengashining navbatdagi yig‘ilishiga ko‘rib chiqish uchun kiritadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Jamg‘armaning o‘tgan yilda ishlatilmagan mablag‘lari olib qo‘yilmaydi va joriy yilda ushbu Nizomda ko‘rsatilgan maqsadlar uchun sarflanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
161. Jamg‘arma mablag‘lari ushbu Nizomda nazarda tutilmagan maqsadlar uchun sarflanishi taqiqlanadi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining hujjatlari va topshiriqlarida belgilangan hollar bundan mustasno.
(161-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 10-apreldagi PF-58-sonli Farmoniga asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.04.2026-y., 06/26/58/0342-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-bob. Jamg‘arma faoliyatini tashkil etish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Jamg‘armani boshqarish Jamg‘arma Kuzatuv kengashi tomonidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Jamg‘arma Kuzatuv kengashi tarkibi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qarorlari bilan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamg‘arma Kuzatuv kengashining a’zolari o‘z faoliyatini jamoatchilik asosida amalga oshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamg‘arma Kuzatuv kengashi raisi zarur hollarda, boshqaruv xodimlarining belgilangan cheklangan umumiy soni doirasida Jamg‘arma Ijro etuvchi direksiyasining tuzilmasiga o‘zgartirishlar kiritish huquqiga ega.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Jamg‘arma Kuzatuv kengashi bir yilda kamida bir marta majlis o‘tkazadi. Zarur hollarda, Jamg‘arma Kuzatuv kengashining navbatdan tashqari majlislari chaqirilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Jamg‘arma Kuzatuv kengashi majlisi unda Kuzatuv kengashi a’zolarining kamida uchdan ikki qismi ishtirok etgan taqdirda vakolatli hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamg‘arma Kuzatuv kengashining qarori ishtirok etuvchi a’zolarning oddiy ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilinadi va Kuzatuv kengashi raisi tomonidan imzolanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ovozlar teng bo‘lib qolgan taqdirda, Jamg‘arma Kuzatuv kengashi raisining ovozi hal qiluvchi ovoz hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamg‘arma Kuzatuv kengashi raisi bo‘lmagan vaqtlarda uning vakolatlari Kuzatuv kengashi raisi o‘rinbosari tomonidan amalga oshiriladi.
(20-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 10-apreldagi PF-58-sonli Farmoniga asosan to‘rtinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.04.2026-y., 06/26/58/0342-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Jamg‘arma Kuzatuv kengashi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
har yili Jamg‘armaning daromadlari va xarajatlari smetasini, shuningdek, Jamg‘armaga tushgan va sarflangan mablag‘lar bo‘yicha hisobotni tasdiqlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ilmiy laboratoriyalarni zamonaviy yuqori texnologiyaga asoslangan asbob-uskunalar bilan jihozlash (qo‘shimcha jihozlash), shuningdek, zarur sarflash materiallari va butlovchi qismlar bilan ta’minlash ro‘yxatini tasdiqlaydi;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
o‘tkazilgan tanlov natijalariga ko‘ra, yetakchi xorijiy ilmiy tashkilotlar (markazlar, universitetlar va boshqalar)ga ilmiy stajirovkalarga yuboriladigan yosh olimlarning ro‘yxatini hamda stajirovka xarajatlari me’yorlarini tasdiqlaydi;
(21-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 10-apreldagi PF-58-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.04.2026-y., 06/26/58/0342-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agentlikning takliflari asosida ilmiy faoliyat bo‘yicha davlat dasturlari doirasida yaratilgan intellektual mulk obyektlariga (patentlarga) bo‘lgan huquqlarni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun ularning ro‘yxatini tasdiqlaydi;
(21-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 10-apreldagi PF-58-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.04.2026-y., 06/26/58/0342-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yetakchi xorijiy elektron ilmiy ma’lumotlar bazalaridan erkin foydalanish uchun talab etiladigan xarajatlarni Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan qoplashni nazarda tutgan holda Agentlik takliflari asosida ma’lumotlar bazasi ro‘yxatini tasdiqlaydi;
(21-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 10-apreldagi PF-58-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.04.2026-y., 06/26/58/0342-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamg‘arma Ijro etuvchi direksiyasining shtat jadvalini va xarajatlar smetasini tasdiqlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamg‘armaga xorijiy investitsiyalar, grantlar hamda homiylik xayriyalarini jalb qilishda ko‘maklashadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamg‘arma oldiga qo‘yilgan vazifalarni hal etishga manfaatdor davlat organlari va tashkilotlarini jalb qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamg‘arma daromadlarini to‘liq shakllantirish hamda mablag‘laridan maqsadli foydalanish yuzasidan Jamg‘arma faoliyati ustidan nazoratni amalga oshiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamg‘arma mablag‘larini shakllantirish hamda ulardan foydalanish bilan bog‘liq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. Jamg‘armaning joriy faoliyatiga, shu jumladan mablag‘larning to‘planishi va sarflanishiga rahbarlik Jamg‘armaning Ijro etuvchi direksiyasi tomonidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23. Jamg‘armaning Ijro etuvchi direksiyasiga O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimidan ozod etiladigan ijro etuvchi direktor rahbarlik qiladi.
(23-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 10-apreldagi PF-58-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.04.2026-y., 06/26/58/0342-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ijro etuvchi direktor maqomi va tibbiy xizmat ko‘rsatish shartlari bo‘yicha vazir o‘rinbosariga tenglashtiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24. Jamg‘armaning Ijro etuvchi direksiyasi quyidagi huquqlarga ega:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mablag‘lar ajratishga kelib tushgan buyurtmalar bo‘yicha ma’lumotlar olish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamg‘armaga ajratilgan mablag‘lardan maqsadli foydalanilishini monitoring qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mablag‘lardan maqsadsiz foydalanilgan hollarda moliyalashtirishni to‘xtatib turish, keyinchalik ushbu masalani Jamg‘arma Kuzatuv kengashiga ko‘rib chiqish uchun kiritish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
milliy va xorijiy valyutada hisobvaraqlar ochish va yuritish, belgilangan tartibda ular bo‘yicha tegishli operatsiyalarni amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamg‘arma Kuzatuv kengashi raisining roziligi bilan bo‘sh mablag‘larni O‘zbekiston Respublikasining tijorat banklarida depozitlarga joylashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining va Jamg‘arma Kuzatuv kengashining qarorlariga muvofiq, davlat va jamiyat boshqaruvi, iqtisodiyot, qishloq va suv xo‘jaligi, ta’lim, ilm-fan, sog‘liqni saqlashni rivojlantirish sohalaridagi investitsiya loyihalarida bo‘yicha moliyalashtiruvchi taraf, shuningdek, grantlar va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa turdagi tushumlar yuzasidan ijro etuvchi organ sifatida ishtirok etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamg‘arma Kuzatuv kengashining qarorlariga asosan ilmiy va ilmiy-texnik faoliyat natijalarini tijoratlashtirishda sherik sifatida qatnashish. Bunday hollarda sheriklik shartlari shartnomada belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25. Jamg‘armaning Ijro etuvchi direksiyasi o‘z zimmasiga quyidagi majburiyatlarni oladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamg‘armaning daromadlari va xarajatlari smetasi hisobini yuritish, shuningdek, ular bo‘yicha choraklik va yillik hisobotlarni shakllantirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
daromadlar va xarajatlar smetasida nazarda tutilmagan qo‘shimcha mablag‘larni ajratish bo‘yicha kelib tushgan buyurtmalarni to‘plash, ularni umumlashtirish va Jamg‘arma Kuzatuv kengashi ko‘rib chiqishi uchun tayyorlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamg‘arma Kuzatuv kengashi qarorlarini o‘z vaqtida ijro etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamg‘armaga ajratilgan mablag‘larning foydalanilishini monitoring qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamg‘arma mablag‘larining kelib tushishi va undan foydalanilishi bo‘yicha hisobotlarni Kuzatuv kengashiga taqdim etish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
26. Jamg‘arma Ijro etuvchi direksiyasi qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi, shuningdek, uning zimmasida boshqa majburiyatlar ham bo‘lishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
27. Jamg‘arma Ijro etuvchi direksiyasi har yili Jamg‘arma Kuzatuv kengashiga hisobot taqdim etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
28. Jamg‘arma Ijro etuvchi direksiyasining ta’minoti Jamg‘armaning Kuzatuv kengashi tomonidan tasdiqlanadigan xarajatlar smetasi asosida Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamg‘arma Ijro etuvchi direksiyasi xodimlariga davlat boshqaruvi organlari xodimlari uchun belgilangan mehnatga haq to‘lash shartlari tatbiq etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamg‘arma Ijro etuvchi direksiyasi xodimlarini moddiy rag‘batlantirish (ustama, qo‘shimcha haq, oylik mukofotlar va boshqalar) Jamg‘arma Kuzatuv kengashi tomonidan belgilanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamg‘arma ijro etuvchi direksiyasining boshqaruv xodimlariga yagona tarif setkasi bo‘yicha mehnatga haq to‘lashning tarif koeffitsiyentlariga 1,7 miqdorida oshiruvchi koeffitsiyentlar qo‘llaniladi.
(28-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 10-apreldagi PF-58-sonli Farmoniga asosan to‘rtinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.04.2026-y., 06/26/58/0342-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
281. Jamg‘arma ijro etuvchi direksiyasining xodimlariga ko‘p yil ishlaganlik uchun har oylik ustama to‘lanadi (rag‘batlantirish koeffitsiyentini inobatga olgan holda lavozim maoshiga nisbatan koeffitsiyentlarda):
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1 yildan 3 yilgacha — 0,2;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3 yildan 5 yilgacha — 0,4;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5 yildan 10 yilgacha — 0,6;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10 yildan 15 yilgacha — 0,8;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15 yildan 20 yilgacha — 0,9;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20 yildan yuqori — 1,0.
(281-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 10-apreldagi PF-58-sonli Farmoniga asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.04.2026-y., 06/26/58/0342-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
29. Jamg‘arma Ijro etuvchi direktori:
(29-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 10-apreldagi PF-58-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.04.2026-y., 06/26/58/0342-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamg‘armaning joriy faoliyatini tashkil etadi va Jamg‘armaga yuklatilgan vazifalar bajarilishini ta’minlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamg‘arma xodimlarini ishga qabul qiladi va ishdan bo‘shatadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat organlari va tashkilotlari, yuridik va jismoniy shaxslar, shu jumladan xorijiy davlatlarning davlat organlari va tashkilotlari, yuridik va jismoniy shaxslari, shuningdek, xalqaro tashkilotlar oldida Jamg‘arma manfaatlarini ifodalaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yuridik va jismoniy shaxslar bilan Jamg‘arma faoliyatiga tegishli shartnomalarni tuzadi, Jamg‘arma nomidan ishonchnomasiz ish ko‘radi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamg‘arma Ijro etuvchi direksiyasining shtatlar jadvalini va xarajatlar smetasini tuzadi hamda tasdiqlash uchun Jamg‘arma Kuzatuv kengashiga taqdim etadi;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamg‘arma Ijro etuvchi direksiyasining xarajatlar smetasiga ajratilgan mablag‘lar doirasida o‘zgartirishlar kiritadi;
(29-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 10-apreldagi PF-58-sonli Farmoniga asosan yettinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.04.2026-y., 06/26/58/0342-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamg‘armaning lavozim yo‘riqnomalari va boshqa ichki hujjatlarini tasdiqlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamg‘arma nomidan sudga da’vo arizalar taqdim etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamg‘arma xodimlari bajarishi majburiy bo‘lgan buyruqlar va farmoyishlar chiqaradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamg‘arma mablag‘larining jamlanishi va sarflanishi masalalari bo‘yicha tushuntirishlar beradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ushbu Nizom va qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa masalalar bo‘yicha qarorlar qabul qiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
30. Jamg‘arma ijro etuvchi direktori qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi, shuningdek, uning zimmasida boshqa majburiyatlar ham bo‘lishi mumkin.
(30-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 10-apreldagi PF-58-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.04.2026-y., 06/26/58/0342-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-bob. Jamg‘arma mablag‘laridan foydalanilishini hisobga olish va nazorat qilish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
31. Jamg‘arma mablag‘larining kelib tushishi va undan foydalanilishining buxgalteriya hisobini yuritish, shuningdek, hisobotlarni tuzish Jamg‘armaning Ijro etuvchi direksiyasi tomonidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
32. Jamg‘arma Ijro etuvchi direksiyasi qonunchilik hujjatlariga muvofiq, har yili Jamg‘arma faoliyatining auditorlik tekshiruvini o‘tkazadi va uning xulosasini Jamg‘arma Kuzatuv kengashiga kiritadi hamda ommaviy axborot vositalarida hisobot e’lon qiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
33. Jamg‘arma mablag‘laridan oqilona va maqsadli foydalanilishi yuzasidan davlat moliyaviy nazorati O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(33-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 10-apreldagi PF-58-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.04.2026-y., 06/26/58/0342-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
34. Jamg‘arma mablag‘laridan Kuzatuv kengashi tomonidan tasdiqlangan xarajatlar smetasiga muvofiq maqsadli foydalanilishi uchun mas’uliyat Jamg‘arma ijro etuvchi direktori zimmasiga yuklanadi.
(34-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 10-apreldagi PF-58-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.04.2026-y., 06/26/58/0342-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6-bob. Yakunlovchi qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
35. Jamg‘armani qayta tashkil etish va tugatish qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
36. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar bo‘ladilar.
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 01.04.2021-y., 07/21/5047/0270-son, Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.04.2022-y., 07/22/221/0357-son; 01.01.2023-y., 07/23/471/0001-son; 04.07.2023-y., 06/23/107/0441-son; 21.07.2025-y., 06/25/114/0633-son; 28.11.2025-y., 07/25/358/1105-son; 13.04.2026-y., 06/26/58/0342-son)