Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.01.2020 18.05.2017 yildagi 293-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 18.05.2017 yildagi 293-son
Date of entry into force
22.05.2017
Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.01.2020
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori

Moliya-xo‘jalik faoliyatini amalga oshirmayotgan va qonunchilikda belgilangan muddatlarda o‘zlarining ustav jamg‘armalarini shakllantirmagan korxonalarni tugatish tartibi to‘g‘risidagi Nizomga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish haqida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 21-avgustdagi 704-sonli “Tadbirkorlik subyektlarini ixtiyoriy tugatish va ularning faoliyatini to‘xtatish tartibi hamda Moliya-xo‘jalik faoliyatini amalga oshirmayotgan tadbirkorlik subyektlarini davlat reyestridan chiqarish tartibi to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan 2020-yil 1-yanvardan o‘z kuchini yo‘qotadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida” 2017-yil 7-fevraldagi PF-4947-son Farmoniga muvofiq, shuningdek moliya-xo‘jalik faoliyatini amalga oshirmayotgan va qonunchilikda belgilangan muddatlarda o‘zlarining ustav jamg‘armalarini shakllantirmagan korxonalarni tugatish mexanizmlarini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 3-iyuldagi 327-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1999-y., 7-son, 35-modda) bilan tasdiqlangan Moliya-xo‘jalik faoliyatini amalga oshirmayotgan va qonunchilikda belgilangan muddatlarda o‘zlarining ustav jamg‘armalarini shakllantirmagan korxonalarni tugatish tartibi to‘g‘risidagi Nizomga ilovaga muvofiq qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Vazirliklar va idoralar o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2017-yil 18-may,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
293-son

Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 18-maydagi 293-son qaroriga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Moliya-xo‘jalik faoliyatini amalga oshirmayotgan va qonunchilikda belgilangan muddatlarda o‘zlarining ustav jamg‘armalarini shakllantirmagan korxonalarni tugatish tartibi to‘g‘risidagi Nizomga kiritilayotgan
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qo‘shimcha va o‘zgartirishlar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. 1.1-banddagi “bank hisobvaraqlari” so‘zlari “talab qilib olinguncha depozit hisobvaraqlari” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Quyidagi mazmundagi 1.31-band bilan to‘ldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“1.31. Ushbu Nizom qoidalari:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
banklar va kredit byurolarini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat organlarini, nodavlat notijorat tashkilotlarini, shu jumladan ularning yuridik shaxslar hisoblanadigan alohida bo‘linmalarini (vakolatxonalari va filiallarini), shuningdek xalqaro va xorijiy nodavlat notijorat tashkilotlarining vakolatxonalari va filiallarini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sud tomonidan bankrot deb e’lon qilingan korxonalarni tugatishda qo‘llanilmaydi”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. 1.4-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“1.4. Moliya-xo‘jalik faoliyatini amalga oshirmayotgan va (yoki) qonunchilikda belgilangan muddatlarda o‘zlarining ustav jamg‘armalarini shakllantirmagan korxonalar faoliyatini bundan buyon davom ettirishining maqsadga muvofiqligi to‘g‘risidagi masalani hal etish, shuningdek korxonalarni tugatish jarayonini xo‘jalik sudlari qarorlari bo‘yicha amalga oshirish (ularning muassislari, qatnashchilari ularni tugatishga rozi bo‘lmagan, shuningdek ko‘rsatib o‘tilgan shaxslar turar joyini aniqlash va ularni tugatish jarayoniga jalb etishni ta’minlash mumkin bo‘lmagan holatlarda) tumanlar va shaharlar hokimliklari huzuridagi maxsus komissiyalar (keyingi o‘rinlarda maxsus komissiya deb ataladi) tomonidan amalga oshiriladi”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. 2.2-bandning birinchi xatboshidagi “ikki hafta” so‘zlari “bir hafta” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. 2.8-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“2.8. Soliq organi maxsus komissiyaning mazkur Nizomning 2.6-bandida nazarda tutilgan xulosasini (qarorini) olgan kundan boshlab uch kun muddatda korxonalarning davlat budjeti va davlat maqsadli jamg‘armalariga majburiy to‘lovlar bo‘yicha qarzlarini aniqlaydi va:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
soliqlar hamda davlat budjeti va davlat maqsadli jamg‘armalariga majburiy to‘lovlar bo‘yicha qarzlari bo‘lmagan korxonalar bo‘yicha — ularni tugatish to‘g‘risidagi taqdimnomani va maxsus komissiya xulosasini ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organga yuboradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat budjeti va davlat maqsadli jamg‘armalariga majburiy to‘lovlar bo‘yicha to‘lanmagan qarzlari mavjud korxonalar bo‘yicha — ularning soliq qarzlarini undiradi yoki umidsiz soliq qarzlari mavjud korxonalarni belgilangan tartibda hisobdan chiqarish choralarini ko‘radi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar davlat budjeti va davlat maqsadli jamg‘armalariga majburiy to‘lovlar bo‘yicha to‘lanmagan qarzlar soliq xizmati organi tomonidan undirilsa, u holda soliq xizmati organi uch kun muddatda korxonani tugatish to‘g‘risidagi taqdimnomani va maxsus komissiya xulosasini ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organga yuboradi”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. 3.6-bandining birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Maxsus komissiya korxonaning pul mablag‘larini milliy va xorijiy valyutadagi yagona hisobvaraqlarini (tugatish hisob raqamini) jamlash bo‘yicha korxonaga xizmat ko‘rsatuvchi bankka topshiriq yuboradi. Korxonaga xizmat ko‘rsatuvchi bank bir hafta muddatda korxonaning pul mablag‘larini milliy va xorijiy valyutadagi yagona hisobvaraqlarida jamlaydi va tugatish hisob raqamidagi qoldiqlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni ko‘rsatgan holda maxsus komissiyaga taqdim etadi”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. 3.10 va 3.11-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“3.10. Maxsus komissiya bankdagi tugatish hisob raqamini yopadi, davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomani bekor qilish hamda muhrni, burchakli va boshqa shtamplarni yo‘q qilish uchun ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organga topshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Maxsus komissiya tomonidan korxonaning muhri, burchakli va boshqa shtamplarini, davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomani topish imkoni mavjud bo‘lmasa, ularning bekor qilinishi to‘g‘risida ommaviy axborot vositalarida e’lon beradi va mazkur e’lonni ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organga taqdim etadi.

Korxonaning tovar belgisi mavjud bo‘lsa maxsus komissiya tegishli organlarga korxonaning tugatilishi munosabati bilan tovar belgisining ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomani bekor qilish haqida xat jo‘natadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Maxsus komissiya tugatish ishlari tugallanganligi to‘g‘risidagi (qolgan mol-mulk taqsimotini hisobga olgan holda) protokolni rasmiylashtiradi va tasdiqlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3.11. Korxonaning tugatish hujjatlari to‘liq paketi to‘plangandan so‘ng maxsus komissiya tugatilayotgan korxonani yuridik shaxslarning davlat reyestridan chiqarish to‘g‘risida quyidagi hujjatlarni ilova qilgan holda ariza bilan ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organga murojaat qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
soliq organining davlat budjeti va davlat maqsadli jamg‘armalariga majburiy to‘lovlar bo‘yicha qarzlarning mavjud emasligi to‘g‘risidagi xulosasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tugatish ishlari yakunlanganligi to‘g‘risidagi Maxsus komissiya protokoli;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
korxona hujjatlarining Davlat arxiviga topshirilganligini tasdiqlovchi ma’lumotnoma”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. 3.12-bandning birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan hujjatlar asosida uch kun muddatda korxonani uning tugatilishi munosabati bilan yuridik shaxslar davlat reyestridan chiqarish to‘g‘risida qaror qabul qiladi va yuridik shaxslar davlat reyestriga bu haqda yozib qo‘yadi hamda tuman Bandlikka ko‘maklashish markaziga, korxonaga xizmat ko‘rsatuvchi bankka, statistika va soliq organiga xabar yuboradi, ular korxonani bir ish kuni mobaynida hisobdan chiqarishlari shart”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. 4.1 va 4.2-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“4.1. Davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan vaqtdan boshlab moliya-xo‘jalik faoliyatini amalga oshirmayotgan korxonalarni tugatish to‘g‘risida qaror qabul qilishda hududiy maxsus komissiya quyidagi harakatlarni amalga oshiradi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
korxonaning tugatilishi to‘g‘risida matbuotda e’lon beradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xizmat ko‘rsatuvchi bank hisobvarag‘ini yopadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organga korxonani davlat reyestridan chiqarish to‘g‘risidagi ariza bilan murojaat qiladi hamda agar, mavjud bo‘lsa, yo‘q qilish uchun muhr va shtamplarni topshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Maxsus komissiya tomonidan korxonaning muhri, burchakli va boshqa shtamplarini, davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomani topish imkoni mavjud bo‘lmasa, ularning bekor qilinishi to‘g‘risida ommaviy axborot vositalarida e’lon beradi va mazkur e’lonni ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organga taqdim etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4.2. Matbuotda korxonaning tugatilishi to‘g‘risida e’lon chiqqandan so‘ng kamida bir oydan keyin quyidagi hujjatlar taqdim etilganda korxona ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ tomonidan davlat reyestridan chiqarilishi mumkin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
korxonani uning tugatilishi munosabati bilan yuridik shaxslar davlat reyestridan chiqarish to‘g‘risidagi ariza;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xo‘jalik sudining korxonani tugatish to‘g‘risidagi qarori;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
agar mavjud bo‘lsa — davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xizmat ko‘rsatuvchi bank hisobvarag‘i yopilganligini tasdiqlovchi hujjat;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
soliq organining korxona davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan vaqtdan boshlab moliya-xo‘jalik faoliyatini amalga oshirmaganligi to‘g‘risidagi ma’lumotnomasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
korxonaning tugatilishi to‘g‘risida ommaviy axborot vositalarida e’lon chiqarilganligini tasdiqlovchi hujjat;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shundan keyin tugatish jarayoni mazkur Nizomning 3.12-bandiga muvofiq amalga oshiriladi”.
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017-y., 20-son, 372-modda)