Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
NOShIRLIK FAOLIYATINI LITSENZIYALASh TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 19-dekabrdagi 1017-sonli “Ommaviy axborot va kommunikatsiyalar sohasida davlat xizmatlari koʻrsatishning ayrim maʼmuriy reglamentlarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
“Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 5-moddasiga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
Noshirlik faoliyatini litsenziyalash toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 23-fevraldagi 161-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.02.2019-y., 09/19/161/2600-son)
2. Komissiya ikki hafta muddatda:
Vazirlar Mahkamasining Noshirlik faoliyatini litsenziyalash komissiyasi hamda ekspert xulosalarni tayyorlash ishchi guruhi toʻgʻrisidagi nizomni ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
ekspert xulosalar tayyorlash ishchi guruhining shaxsiy tarkibini tasdiqlasin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin va baʼzilariga oʻzgartirishlar kiritilsin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 20-oktabrdagi 352-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 42-son, 490-modda)
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2004-yil 11-iyun,
275-son
Vazirlar Mahkamasining
2004-yil 11-iyundagi 275-son qaroriga
1-ILOVA
2004-yil 11-iyundagi 275-son qaroriga
1-ILOVA
Noshirlik faoliyatini litsenziyalash toʻgʻrisida
NIZOM
I. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom noshirlik faoliyatini litsenziyalash tartibini belgilaydi.
2. Litsenziya olish:
davlat hokimiyati va boshqaruv organlari, sudlar, prokuratura organlari tomonidan rasmiy materiallar, normativ hujjatlar toʻplamlari va boshqa hujjatlarni nashr etishda;
korxonalar, tashkilotlar, oʻquv yurtlari va ilmiy muassasalar tomonidan oʻz faoliyati uchun zarur boʻlgan va qoʻlyozma huquqlari bilan ommaviy ravishda tarqatish yoki koʻpaytirish uchun moʻljallanmagan materiallarni nashr etishda;
mazkur ommaviy axborot vositalari tahririyatlari tomonidan ommaviy axborotning matbaa vositalarini nashr etishda talab qilinmaydi.
3. Litsenziya berish, litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish yoki tugatish, shuningdek, uni bekor qilish va qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisidagi qarorlar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (keyingi oʻrinlarda Agentlik deb ataladi) tomonidan qabul qilinadi.
Litsenziyalar berish toʻgʻrisidagi materiallarni koʻrib chiqish, tayyorlash uchun Agentlik qarori bilan ishchi guruh tuziladi, uning shaxsiy tarkibi Agentlik bosh direktori tomonidan tasdiqlanadi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 23-fevraldagi 161-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.02.2019-y., 09/19/161/2600-son)
4. Yuridik shaxslar litsenziyalar talabgorlari boʻlishi mumkin.
5. Noshirlik faoliyatini amalga oshirish huquqiga namunaviy (oddiy) litsenziyalar beriladi.
6. Noshirlik faoliyatini amalga oshirish huquqiga litsenziyalar amal qilish muddati cheklanmasdan beriladi.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-noyabrdagi 313-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 44-son, 507-modda)
II. Litsenziya talablari va shartlari
7. Quyidagilar noshirlik faoliyatini amalga oshirishda litsenziya talablari va shartlari hisoblanadi:
noshirlik faoliyati sohasidagi qonun hujjatlariga, normativ-texnik va boshqa talablarga majburiy rioya etish;
urushni targʻib qilish, davlat tuzumini konstitutsiyaga xilof ravishda oʻzgartirish, mamlakatda xavfsizlikni va ijtimoiy-siyosiy barqarorlikni, jamiyatning huquqiy va maʼnaviy asoslarini, fuqarolar totuvligini, millatlararo va dinlararo totuvlikni buzish, Oʻzbekiston toʻgʻrisida notoʻgʻri axborotlarni tarqatish hamda uning tarixiy, madaniy va maʼnaviy qadriyatlarini buzib koʻrsatish uchun foydalanilishi mumkin boʻlgan matbaa mahsulotlarini nashr etish va tarqatishga yoʻl qoʻymaslik;
noshirlik faoliyatini amalga oshirish uchun zarur boʻlgan tegishli moddiy-texnik baza, asbob-uskunalar va boshqa texnika vositalarining mavjudligi;
litsenziyada koʻrsatilgan ixtisos boʻyicha noshirlik faoliyatini amalga oshirish;
noshirlik-matbaa sifatining amaldagi talablar va standartlarga muvofiqligini taʼminlash;
mualliflik huquqiga rioya qilish;
litsenziat tomonidan tayyorlangan matbaa mahsulotlarining (shu jumladan mazkur mahsulot tarkibiga kirgan asarlarning) nusxalari, tayyorlangan nusxalar soni, shuningdek litsenziat yoxud buyurtmachining nashr etishga huquqini (litsenziat tomonidan mualliflik huquqlariga rioya qilinishi) tasdiqlovchi hujjatlar hisobining yuritilishi;
litsenziat tomonidan noshirlik faoliyatining yongʻin xavfsizligi qoidalari, sanitariya-gigiyena normalari, mehnatni (ishlab chiqarishni) muhofaza qilish talablariga javob beradigan bino va xonalarda amalga oshirilishi;
litsenziat tomonidan xonalar, texnologik asbob-uskunalar va boshqa texnika vositalarini, shuningdek noshirlik faoliyatida foydalaniladigan sarflanuvchi materiallarni ishonchli qoʻriqlashning taʼminlanishi;
yuridik shaxs shtatida tegishli oliy yoki oʻrta maxsus maʼlumotga va noshirlik ishida kamida 3 yillik ish tajribasiga ega boʻlgan kamida bir nafar xodimning mavjudligi.
8. Litsenziya bitimida ushbu Nizomning 7-bandida qayd etilganlardan aniq litsenziya talablari va shartlari nazarda tutilishi mumkin.
III. Litsenziya olish uchun zarur hujjatlar
9. Litsenziya olish uchun litsenziya talabgori quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
a) litsenziya berish toʻgʻrisidagi ariza, unda quyidagilar koʻrsatiladi:
yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, uning joylashgan joyi (pochta manzili), bank muassasasining nomi va bankdagi hisob raqami;
familiyasi, ismi, otasining ismi, litsenziya talabgori — yuridik shaxs rahbarining shaxsini tasdiqlovchi hujjat maʼlumotlari;
Oldingi tahrirga qarang.
faoliyatning litsenziyalanayotgan turi ;
(9-bandning “a” kichik bandi toʻrtinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 22-maydagi 92-sonli qarori tahririda —Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 20-21-son, 181-modda)
ixtisoslashuvi;
mablagʻ bilan taʼminlash manbalari;
b) yuridik shaxsning davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomaning nusxasi;
(9-bandning “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-fevraldagi 26-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 6-son, 57-modda)
v) ariza koʻrib chiqilganligi uchun litsenziya talabgori tomonidan yigʻim toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat;
g) faoliyatning litsenziyalanayotgan turini amalga oshirish uchun zarur boʻlgan mavjud moddiy-texnik baza, asbob-uskunalar va boshqa texnika vositalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
d) yuridik shaxs xodimlarida tegishli oliy yoki oʻrta maxsus maʼlumotning va noshirlik ishida kamida 3 yillik ish tajribasining mavjudligini tasdiqlovchi hujjatlar (maʼlumot toʻgʻrisidagi hujjatning va mehnat daftarchasining nusxasi).
10. Litsenziya talabgoridan mazkur Nizomda nazarda tutilmagan hujjatlarning taqdim etilishini talab qilishga yoʻl qoʻyilmaydi.
11. Hujjatlar litsenziya talabgori tomonidan Agentlikka bevosita yoxud ularning olinganligi toʻgʻrisidagi bildirishnoma bilan pochta aloqasi vositasi orqali yetkazib beriladi.
Hujjatlar ishchi guruhning rahbari tomonidan roʻyxat boʻyicha qabul qilinadi, roʻyxatning nusxasi hujjatlar qabul qilib olingan sana toʻgʻrisida belgi qoʻyilgan holda arizachiga yuboriladi (topshiriladi). Ishchi guruh rahbari vaqtincha joyida boʻlmagan taqdirda uning funksiyasini ishchi guruh rahbari belgilaydigan shaxs bajaradi.
12. Ishonchsiz yoki notoʻgʻri maʼlumotlar taqdim etilganligi uchun litsenziya talabgori qonun hujjatlariga muvofiq javob beradi.
IV. Arizalarni koʻrib chiqish va litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilish
13. Litsenziya talabgorining arizasi koʻrib chiqilganligi uchun qonun hujjatlarida belgilangan toʻlov kunidagi eng kam oylik ish haqining ikki baravari miqdorida yigʻim undiriladi.
(13-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-noyabrdagi 313-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 44-son, 507-modda)
Arizani koʻrib chiqqanlik uchun yigʻim summasi Agentlikning bankdagi hisob raqamiga oʻtkaziladi.
Litsenziya talabgori berilgan arizadan voz kechgan taqdirda toʻlangan yigʻim summasi qaytarilmaydi.
14. Noshirlik faoliyatini litsenziyalash ushbu Nizomga ilovadagi sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
Litsenziya berish yoki berishni rad etish toʻgʻrisidagi qaror Ommaviy kommunikatsiyalar sohasida monitoring markazi xulosasini hisobga olgan holda litsenziya talabgorining arizasi olingan kundan boshlab yigirma kundan oshmaydigan muddatda qabul qilinadi.
Ishchi guruh zarur holatlarda litsenziya talablari va shartlarining litsenziya talabgori tomonidan bajarilishi imkoniyatini joyiga borgan holda oʻrganish huquqiga ega.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 23-fevraldagi 161-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.02.2019-y., 09/19/161/2600-son)
15. Agentlik litsenziya talabgorini qabul qilingan qaror toʻgʻrisida tegishli qaror qabul qilingandan keyin uch kun mobaynida xabardor qiladi.
Litsenziya berish yuzasidan qaror qabul qilingani toʻgʻrisidagi bildirishnoma litsenziya talabgoriga bank hisob raqami rekvizitlari, davlat bojini toʻlash muddati koʻrsatilgan holda yozma shaklda joʻnatiladi (taqdim etiladi).
Litsenziya bitimi Agentlik bilan litsenziat oʻrtasida tuziladi va unda quyidagilar boʻlishi kerak:
bitimni imzolagan shaxslarning familiyasi, ismi, otasining ismi, lavozimi;
tomonlarning rekvizitlari;
amalga oshirilishiga litsenziya berilayotgan faoliyat turining nomi;
Oldingi tahrirga qarang.
(15-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-noyabrdagi 313-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2012-y., 44-son, 507-modda)
litsenziatga qoʻyiladigan litsenziya talablari va shartlari;
litsenziya bitimi talablari va shartlari buzilganligi uchun tomonlarning javobgarligi;
litsenziat tomonidan litsenziya bitimi talablari va shartlari bajarilishini Agentlik tomonidan nazorat qilish tartibi.
Litsenziya bitimi ikki nusxada — litsenziat va Agentlik uchun bir nusxadan tuziladi.
16. Litsenziyalar blankalari qatʼiy hisobda turadigan hujjatlar hisoblanadi, hisobga olish seriyasiga, tartib raqamiga va himoyalanganlik darajasiga ega boʻladi. Litsenziya blankalari namunalari Agentlik tomonidan ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi hamda bosmaxona usulida “Davlat belgisi” davlat-ishlab chiqarish birlashmasida tayyorlanadi.
Litsenziyalar ishchi guruh tomonidan rasmiylashtiriladi va Agentlik bosh direktori tomonidan imzolanadi.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 23-fevraldagi 161-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.02.2019-y., 09/19/161/2600-son)
17. Litsenziya litsenziya talabgori tomonidan davlat boji toʻlanganini tasdiqlovchi hujjat taqdim etilgandan va u litsenziya bitimini imzolagandan keyin uch kun muddatda beriladi.
18. Agar litsenziat litsenziya berish toʻgʻrisida qaror qabul qilinganligi haqidagi bildirishnoma yuborilgan (topshirilgan) vaqtdan boshlab uch oy mobaynida Agentlikka litsenziya berilganligi uchun davlat boji toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etmasa yoxud litsenziya bitimini imzolamasa, Agentlik litsenziyani bekor qilish toʻgʻrisida qaror qabul qilishga haqlidir.
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 23-fevraldagi 161-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.02.2019-y., 09/19/161/2600-son)
19. Litsenziya berish “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 17-moddasida nazarda tutilgan asoslar boʻyicha rad etilishi mumkin.
Litsenziya talabgori litsenziya berish rad etilishi toʻgʻrisidagi qaror, shuningdek ishchi guruh va Agentlik mansabdor shaxsining xatti-harakati (harakatsizligi) yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilish huquqiga egadir.
20. Litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda rad etish toʻgʻrisidagi bildirishnoma litsenziya talabgoriga rad etishning aniq sabablari va litsenziya talabgori koʻrsatib oʻtilgan sabablarni bartaraf etib hujjatlarni takroran koʻrib chiqishga taqdim etishi uchun yetarli boʻlgan muddat koʻrsatilgan holda yozma shaklda yuboriladi (topshiriladi). Litsenziya berishni rad etish haqidagi xabarnomada koʻrsatilgan muddat kamchiliklarni bartaraf etish uchun zarur boʻlgan vaqtga mutanosib boʻlishi kerak.
(20-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-fevraldagi 26-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 6-son, 57-modda)
21. Litsenziya talabgori tomonidan litsenziya berishning rad etilishiga asos boʻlgan sabablar bartaraf etilgan taqdirda, hujjatlarni takroran koʻrib chiqish litsenziya talabgorining arizasi barcha zarur hujjatlar bilan birgalikda olingan kundan boshlab oʻn kundan ortiq boʻlmagan muddatda amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(21-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 23-fevraldagi 161-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.02.2019-y., 09/19/161/2600-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(21-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 23-fevraldagi 161-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.02.2019-y., 09/19/161/2600-son)
Litsenziya talabgorlarining arizalari takroran koʻrib chiqilganligi uchun yigʻim undirilmaydi.
Litsenziya talabgorining arizasini qayta koʻrib chiqishda ilgari litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisidagi bildirishnomada koʻrsatilmagan yangi asoslar boʻyicha litsenziya berishni rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
(21-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-noyabrdagi 313-sonli qaroriga asosan beshinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2012-y., 44-son, 507-modda)
Litsenziya berish rad etilganligi toʻgʻrisidagi bildirishnomada koʻrsatilgan muddat oʻtgandan keyin berilgan ariza yangidan berilgan ariza hisoblanadi.
V. Litsenziyani qayta rasmiylashtirish, dublikat berish
(V boʻlimning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-noyabrdagi 313-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 44-son, 507-modda)
22. Litsenziat — yuridik shaxs oʻzgartirilgan, uning nomi yoki joylashgan joyi (pochta manzili) oʻzgargan taqdirda, litsenziat yoki uning huquqiy vorisi qayta roʻyxatdan oʻtkazilgandan keyin bir oy muddatda Agentlikka koʻrsatib oʻtilgan maʼlumotlarni tasdiqlovchi tegishli hujjatlar ilova qilingan holda litsenziyani qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisida ariza berishi shart.
Yangidan vujudga kelgan yuridik shaxsni davlat roʻyxatidan oʻtkazish sanasida noshirlik faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyaga ega yuridik shaxslar — litsenziatlar qoʻshib yuborilgan taqdirda, litsenziyani ushbu bandning birinchi xatboshida nazarda tutilgan tartibda qayta rasmiylashtirishga yoʻl qoʻyiladi.
(22-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 29-oktabrdagi 884-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.10.2018-y., 09/18/884/2128-son)
23. Litsenziat litsenziya qayta rasmiylashtirilgunga qadar unda koʻrsatilgan faoliyatni ilgari berilgan litsenziya asosida amalga oshiradi.
24. Agentlik litsenziyani qayta rasmiylashtirishda litsenziyalar reyestriga tegishli oʻzgartirishlar kiritadi. Litsenziyani qayta rasmiylashtirish Agentlik tomonidan tegishli hujjatlar ilova qilingan holda litsenziyalarni qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisida ariza olingan kundan boshlab besh kun mobaynida amalga oshiriladi.
Litsenziyani qayta rasmiylashtirishda litsenziya talabgorining litsenziya berish toʻgʻrisidagi arizasi koʻrib chiqilganligi uchun toʻlanadigan summaning yarmi miqdorida yigʻim undiriladi. Yigʻim summasi Agentlikning bankdagi hisob raqamiga oʻtkaziladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(25-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-noyabrdagi 313-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2012-y., 44-son, 507-modda)
26. Yoʻqolgan yoki yaroqsiz holga kelgan litsenziya oʻrniga litsenziatning arizasiga koʻra dublikat berilishi mumkin.
(26-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-noyabrdagi 313-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 44-son, 507-modda)
Litsenziya dublikatlari berishda litsenziya talabgorining litsenziya berish toʻgʻrisidagi arizasi koʻrib chiqilganligi uchun toʻlanadigan summaning yarmi miqdorida yigʻim undiriladi. Yigʻim summasi Agentlikning bankdagi hisob raqamiga oʻtkaziladi.
VI. Litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini nazorat qilish
27. Litsenziat tomonidan litsenziya shartlari va talablariga rioya etilishini nazorat qilish Agentlik tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
28. Litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini nazorat qilishni amalga oshirishda Agentlik oʻz vakolatlari doirasida quyidagi huquqlarga ega:
litsenziat tomonidan litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda rejali tekshirish;
litsenziya talablari va shartlari litsenziat tomonidan buzilganligidan dalolat beruvchi hollar mavjud boʻlgan taqdirda litsenziat tomonidan litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini qonunda belgilangan tartibda rejadan tashqari tekshirish;
litsenziatdan litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini tekshirish chogʻida paydo boʻladigan masalalar yuzasidan zarur axborotni soʻrash va olish;
tekshirishlar natijalari asosida, litsenziya talablari va shartlarining litsenziat tomonidan aniq buzilishlarini koʻrsatgan holda dalolatnomalar (maʼlumotnomalar) tuzish;
litsenziatga aniqlangan buzilishlarni bartaraf etish majburiyatini yuklovchi qarorlar chiqarish, bunday buzilishlarni bartaraf etish muddatlarini belgilash;
Oldingi tahrirga qarang.
(28-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 23-fevraldagi 161-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.02.2019-y., 09/19/161/2600-son)
xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan noshirlik faoliyatining litsenziyasiz amalga oshirilishining aniqlangan faktlari toʻgʻrisidagi materiallarni qonunchilikda nazarda tutilgan choralar koʻrish uchun soliq organlariga belgilangan tartibda joʻnatish.
29. Litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini tekshirishda Agentlikning tekshiruvchi xodimlari tomonidan ikki nusxada dalolatnoma tuziladi, ularning bittasi litsenziatga beriladi, ikkinchi nusxasi Agentlikda qoladi.
VII. Litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish, toʻxtatish, litsenziyani bekor qilish
Oldingi tahrirga qarang.
30. Litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 22-moddasida nazarda tutilgan hollarda va tartibda, shuningdek tegishli faoliyat turlari boʻyicha Ommaviy kommunikatsiyalar sohasida monitoring markaziy xulosasi asosida Agentlik tomonidan amalga oshiriladi.
(30-bandning birinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 16-avgustdagi 200-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y.,32-33-son, 255-modda)
Agentlikning litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish toʻgʻrisidagi qarori yuzasidan sudga shikoyat qilish mumkin. Litsenziya amal qilishining toʻxtatib turilishi sud tomonidan asossiz deb eʼtirof etilgan taqdirda, Agentlik litsenziat oldida litsenziat koʻrgan zarar miqdorida javob beradi.
31. Litsenziyaning amal qilishini toʻxtatish “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 23-moddasida nazarda tutilgan holatlarda va tartibda Agentlik qaroriga koʻra amalga oshiriladi.
Agentlikning litsenziyaning amal qilishini toʻxtatish toʻgʻrisidagi qarori yuzasidan sudga shikoyat qilish mumkin. Litsenziyaning amal qilishini toʻxtatishning asossizligi sud tomonidan eʼtirof etilgan taqdirda Agentlik litsenziat oldida uning koʻrgan zarari miqdorida javob beradi.
(31-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 23-fevraldagi 161-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.02.2019-y., 09/19/161/2600-son)
32. Litsenziyani bekor qilish “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 24-moddasida nazarda tutilgan hollarda va tartibda Agentlik qaroriga koʻra amalga oshiriladi.
Agentlikning litsenziyaning amal qilishini toʻxtatish toʻgʻrisidagi qarori yuzasidan sudga shikoyat qilish mumkin. Litsenziyani bekor qilishning asossizligi sud tomonidan eʼtirof etilgan taqdirda Agentlik litsenziat oldida uning koʻrgan zarari miqdorida javob beradi.
(32-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 23-fevraldagi 161-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.02.2019-y., 09/19/161/2600-son)
VIII. Litsenziyalar reyestri
33. Agentlik litsenziyalar reyestrini yuritadi.
Litsenziyalar reyestrida quyidagilar koʻrsatilishi kerak:
yuridik shaxsning nomi, uning tashkiliy-huquqiy shakli, pochta manzili, telefoni;
soliq toʻlovchining identifikatsiya tartib raqami;
litsenziyaning berilgan sanasi va tartib raqami;
Oldingi tahrirga qarang.
(33-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-noyabrdagi 313-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2012-y., 44-son, 507-modda)
umuman faoliyat turiga yoki uning bir qismiga litsenziya berish toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
litsenziyani qayta rasmiylashtirish, ularning toʻxtatib turish va amal qilishini tiklashning asoslari va sanasi;
(33-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-noyabrdagi 313-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 44-son, 507-modda)
litsenziyaning amal qilishini toʻxtatish asoslari va sanasi;
litsenziyani bekor qilishning asoslari va sanasi;
dublikat berishning asoslari va sanasi.
34. Litsenziyalarning reyestrlarida mavjud boʻlgan maʼlumotlar litsenziyalovchi organning veb-saytida joylashtiriladi va tanishish uchun ochiq boʻladi.
(34-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-fevraldagi 26-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 6-son, 57-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(35-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-fevraldagi 26-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2012-y., 6-son, 57-modda)
IX. Davlat boji toʻlash tartibi
36. Noshirlik faoliyatini amalga oshirishga litsenziya berish uchun toʻlov kunida qonun hujjatlarida belgilangan eng kam oylik ish haqining oʻn baravari miqdorida davlat boji undiriladi.
(36-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-noyabrdagi 313-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 44-son, 507-modda)
Bolalar adabiyotlari, normativ maʼlumotnomalar, ilmiy-texnika adabiyotlari, maʼlumotnoma-qomusiy kitoblar, shuningdek nogironlar uchun moʻljallangan adabiyotlar nashr etishga ixtisoslashayotgan nashriyotlar davlat bojini belgilangan miqdorning 50 foizi miqdorida toʻlaydilar.
Davlat boji respublika budjeti daromadiga oʻtkaziladi.
Noshirlik faoliyatini litsenziyalash toʻgʻrisidagi nizomga
ILOVA
ILOVA
Noshirlik faoliyatini litsenziyalash sxemasi
(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 23-fevraldagi 161-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.02.2019-y., 09/19/161/2600-son)
I. Hukumatning oʻz kuchini yoʻqotgan qarorlari roʻyxati
1. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasida noshirlik faoliyati bilan shugʻullanishni tartibga solish toʻgʻrisida” 1997-yil 11-avgustdagi 393-son qarori.
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida” 2002-yil 28-avgustdagi 305-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2002-y., 8-son, 49-modda) ilovaning 2-bandi.
II. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 3-iyuldagi 241-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2002-y., 7-son, 37-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Matbuot va axborot agentligi toʻgʻrisidagi nizomda:
5-bandning ikkinchi xatboshidagi “nashriyot-matbaa” soʻzlari “matbaa” soʻzi bilan almashtirilsin;
7-banddagi “nashriyotlar va” soʻzlari chiqarib tashlansin.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 24-son, 273-modda; 2005-y., 8-9-son, 67-modda; 2005-y., 32-33-son, 255-modda; 2006-y., 20-21-son, 181-modda; 2012-y., 6-son, 57-modda, 44-son, 507-modda; 2016-y., 42-son, 490-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.10.2018-y., 09/18/884/2128-son, 23.02.2019-y., 09/19/161/2600-son)