Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASIDA NOShIRLIK FAOLIYATI BILAN ShUFULLANISh MASALALARINI TARTIBGA SOLISh TOʻFRISIDA
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 11-iyundagi 275-sonli “Noshirlik faoliyatini litsenziyalash toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasining “Noshirlik faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasida Noshirlik faoliyati bilan shugʻullanuvchilarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish va ularga litsenziya berish tartibi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 28-iyundagi 236-son qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan)
3. Belgilab qoʻyilsinki, Oʻzbekiston Respublikasining jismoniy shaxslari ham Vazirlar Mahkamasidan belgilangan tartibda litsenziya olganlaridan soʻng noshirlik faoliyati bilan shugʻullanishga haqlidirlar.
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi:
(4-bandning birinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 28-avgustdagi 305-son qarori taxririda)
davlat roʻyxatidan oʻtgan va litsenziya olgan nashriyotlarni (noshirlarni) yagona davlat reyestriga kiritishni amalga oshirsin;
bir oy muddatda tegishli vazirliklar va idoralar bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasida matbaa korxonalari ochish va ishga tushirish tartibini belgilash haqida Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.
5. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A. Azizxoʻjayev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Oʻ. SULTONOV
Toshkent sh.,
1997-yil 11-avgust,
393-son
Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 11-avgustdagi 393-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasida noshirlik faoliyati bilan shugʻullanuvchilarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish va ularga litsenziya berish
TARTIBI
1. Noshirlik faoliyati deganda nashriyotlarni tashkil etish, bosma mahsulotini tayyorlash, nashr etish va uni tarqatishga oid faoliyat tushuniladi.
Bosma mahsulot deganda, nusxasi va tayyorlash usulidan qatʼi nazar, kitoblar, gazeta va jurnallar, risolalar, albomlar, plakatlar, bukletlar, otkritkalar tushuniladi.
Noshir deganda bosma mahsulotni tayyorlash va nashr etishni amalga oshiruvchi yuridik yoki jismoniy shaxs tushuniladi.
2. Oʻzbekiston Respublikasida yuridik va jismoniy shaxslar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat matbuot qoʻmitasida davlat roʻyxatiga olingandan, ularga belgilangan tartibda litsenziya berilganidan keyin noshirlik faoliyati bilan shugʻullanishlari mumkin.
3. Quyidagilar litsenziya olmay turib, noshirlik faoliyati bilan shugʻullanish huquqiga egadir:
davlat hokimiyati va boshqaruv idoralari, sud, prokuratura va xoʻjalik sudlari organlari rasmiy materiallarni, meʼyoriy va boshqa hujjatlar toʻplamlarini nashr etishda;
korxonalar, tashkilotlar, oʻquv yurtlari va ilmiy muassasalar oʻz faoliyatlari uchun zarur boʻlgan ommaviy tarqatish yoki qoʻlyozma huquqida koʻpaytirishga moʻljallanmagan materiallarni nashr etishda.
4. Muassis nashriyot ustavini ishlab chiqadi. Nashriyot ustavida uning dasturi, faoliyati yoʻnalishlari va vazifalari, tashkiliy-huquqiy shakli, nomi, manzili, boshqarish va nazorat organlari, foydaning taqsimoti va fondlarni hosil qilish tartibi, hammuassislarni qabul qilish va chiqarish, nashriyotni qayta tuzish va tugatish tartiblari belgilanadi.
5. Noshirlik faoliyatini davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun davlat tilida yozilgan hujjatlar taqdim etiladi.
Roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi arizada quyidagilar koʻrsatilishi kerak:
muassis (hammuassis);
noshirning nomi va manzili;
ixtisoslashuvi;
mablagʻ bilan taʼminlanish manbai.
Arizaga ustav, shuningdek roʻyxatdan oʻtish yigʻimlarini toʻlaganlik toʻgʻrisidagi hujjat qoʻshib taqdim etiladi.
6. Davlat roʻyxatidan oʻtib, tashkiliy masalalar hal etilgandan soʻng litsenziya berish haqidagi ariza u berilgan kundan boshlab bir oy muddatda koʻrib chiqilishi kerak.
7. Litsenziya 5 yil muddatga beriladi. Arizachining asoslangan iltimosi boʻyicha litsenziya muddati tegishli toʻlovdan soʻng yana shuncha muddatga uzaytirilishi mumkin. Litsenziya muddatining uzaytirilganligi yozma shaklda tasdiqlanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat matbuot qoʻmitasida noshirning (nashriyotning) davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi va tegishli yigʻimlarning toʻlanganligi haqidagi hujjatlarning arizaga ilova qilib topshirilishi litsenziya berish uchun asos boʻladi.
9. Noshirlik faoliyati bilan shugʻullanuvchilar davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi uchun ulardan quyidagi miqdorlarda yigʻim undiriladi:
roʻyxatdan oʻtkazilganligi uchun — eng kam oylik ish haqining 10 baravari miqdorida;
qayta roʻyxatdan oʻtkazilganligi uchun — roʻyxatdan oʻtkazilganlik uchun belgilangan yigʻimning 20 foizi miqdorida.
Noshirlik faoliyatiga litsenziya berilganligi uchun quyidagi miqdorlarda davlat poshlinasi undiriladi:
eng kam oylik ish haqining 4 baravari miqdorida;
litsenziya dublikati berilganligi uchun — litsenziya berilganligi uchun belgilangan davlat poshlinasining 50 foizi miqdorida.
Noshirlik faoliyati bolalar adabiyoti, normativ maʼlumotnomalar, fan va texnikaga oid adabiyotlar, maʼlumotnoma-qomusiy kitoblar, shuningdek nogironlarga moʻljallangan mahsulotlarni chop etishga ixtisoslashgan nashriyotlar toʻlovlarni belgilanganidan 50 foiz kam miqdorda toʻlaydilar.
10. Toʻlovlardan tushadigan mablagʻlar quyidagicha taqsimlanadi:
davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi uchun toʻlovlar — davlat roʻyxatidan oʻtkazish va litsenziya berishga doir hujjatlar tayyorlashga ketgan sarf-xarajatlarni qoplash uchun Davlat matbuot qoʻmitasiga;
litsenziya uchun toʻlovlar — respublika budjetiga.
11. Davlat roʻyxatidan oʻtkazish va litsenziya berish uchun zarur boʻlgan hujjatlar tegishli ravishda tayyorlanmagan boʻlsa, shuningdek ular amaldagi qonun talablariga va mazkur tartiblarga mos boʻlmasa ariza rad etilishi yoki koʻrib chiqish muddati hujjatlar toʻliq holda taqdim etilmaguncha kechiktirilishi mumkin.
Hujjatlar qaytadan rasmiylashtirilgan taqdirda, ular 10 kun ichida takroran koʻrib chiqiladi.
Quyidagi hollarda ham davlat roʻyxatidan oʻtkazish va litsenziya berish rad etilishi mumkin:
xuddi shu nomdagi nashriyot avval davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan va litsenziya olgan va uni amal qilish muddati tugamagan boʻlsa;
mazkur yuridik va jismoniy shaxsga berilgan litsenziya bekor qilingan kundan boshlab ikki yil oʻtmasdan oldin ariza berilgan boʻlsa;
nashriyotning taʼsis etilishi noshirlik ishida monopoliyaga olib kelsa.
12. Davlat roʻyxatidan oʻtkazmaslik va litsenziya bermaslik haqidagi qaror har tomonlama asoslangan boʻlishi va soʻrovchiga yozma shaklda yuborilishi kerak.
13. Davlat roʻyxatidan oʻtgan va litsenziya olgan nashriyotlar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat matbuot qoʻmitasiga, shuningdek Davlat matbuot qoʻmitasi tasdiqlaydigan roʻyxat boʻyicha tashkilotlar va muassasalarga oʻz mahsulotlarining bepul nazorat nusxalarini yuborishga majburdirlar.
14. Berilgan litsenziya quyidagi hollarda bekor qilinishi mumkin:
a) litsenziya olish uchun taqdim etilgan materiallarda soxta maʼlumotlar borligi aniqlansa;
b) agar taʼsischi va nashriyot litsenziya olgandan keyin olti oy mobaynida noshirlik mahsuloti chiqarishni taʼminlay olmasa;
v) Oʻzbekiston Respublikasining qonunlarida nazarda tutilgan boshqa hollarda.
1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasida davlat roʻyxatidan oʻtgan va litsenziya olgan nashriyotlarni (noshirlarni) hisobga olish yagona
DAVLAT REESTRI
|
Hisob raqami va reyestrga kiritilgan sana |
Berilgan litsenziya raqami va sana |
Nashriyotlarning nomi |
Yuridik manzili |
Tugatilganlik toʻgʻrisida maʼlumot |
| | | | | |
2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat matbuot qoʻmitasi
|
Noshirlik faoliyati bilan shugʻullanuvchilarning davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisida | |
|
GUVOHNOMA | |
| Mazkur guvohnoma_______________________________________________________ | |
|
(nashriyot nomi) | |
| roʻyxatdan oʻtkazilgan______________________________________________ga berildi. | |
|
(nashriyotning nomi) | |
| | |
| | |
| Roʻyxatdan oʻtkazilgan sana 199__yil “___”_________________ | |
| Reyestr №__________________________ | |
| | |
| M.Oʻ. |
Imzo_________________(F. I. O.) |
| |
(“Oʻzdavmatbuotqoʻm” raisi) |