28.12.2016 yildagi PF-4906-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 28.12.2016 yildagi PF-4906-son
Date of entry into force
09.01.2017
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Farmoni
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston faxriylarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash “Nuroniy” jamg‘armasi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston faxriylarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash “Nuroniy” jamg‘armasining faoliyatini yanada takomillashtirish, shuningdek keksa yoshdagi fuqarolarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimi samaradorligini yanada oshirish, ularning mamlakat ijtimoiy-siyosiy hayotida to‘la huquqli ishtirok etishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, katta avlodning jamiyat, oilalar va mahallalarda tinchlik va osoyishtalikni ta’minlash, shuningdek yosh avlodni xalqimizning ko‘p asrlik an’analarini hurmat qilish ruhida tarbiyalash ishidagi rolini oshirish maqsadida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. O‘zbekiston faxriylarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash “Nuroniy” jamg‘armasi ta’sis majlisining Jamg‘arma nomini O‘zbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash jamoat birlashmasi shaklidagi “Nuroniy” jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda “Nuroniy” jamg‘armasi” deb ataladi) etib o‘zgartirish va unga quyidagi asosiy vazifalarni hal etishni yuklash haqidagi tashabbusi ma’qullansin:
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
faxriylarning O‘zbekistonni yangilash va rivojlantirishning ma’naviy-axloqiy negizlarini mustahkamlashda, mamlakatning ijtimoiy- siyosiy hayotida faol ishtirok etishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, oqsoqollar, keksa yoshdagilar va faxriylarni yoshlarni Vatanga muhabbat, keksa avlod kishilarini hurmat qilish, ezgulik va rahmdillik singari xalqimizning ko‘p asrlik an’analarini hurmat qilish ruhida tarbiyalashga yo‘naltirilgan ijtimoiy faoliyatga jalb etish;
(1-bandining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 29-noyabrdagi PF-26-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 06/21/26/1111-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
keksalarning hayoti darajasini oshirish sohasida davlat siyosatining g‘oyat muhim ustuvor yo‘nalishlarini amalga oshirishda davlatga ko‘maklashish, pensiyaga chiqqandan keyin ularning yuqori ijtimoiy faolligini, shu jumladan ularning mamlakat ijtimoiy-siyosiy hayotidagi ishtirokini va davlat organlari faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirishdagi ishtirokini qo‘llab-quvvatlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
keksalar uchun nazarda tutilgan pensiyalar va imtiyozlar bo‘yicha qonun hujjatlari qoidalari ijrosi ustidan jamoatchilik nazoratini ta’minlash, ushbu masalada davlat boshqaruvi organlariga va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga ko‘maklashish, ehtiyojmand keksalarni va aholining boshqa qatlamlarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash va tibbiy yordam bilan ta’minlash, ushbu maqsadlarda ishlab chiqarish, tijorat, noshirlik, xayriya tadbirlarini va boshqa tadbirlarni amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari bilan birgalikda oilalarda tinchlik va xotirjamlikni ta’minlash, yolg‘iz kishilar va ehtiyojmand keksalarni ijtimoiy va moddiy qo‘llab-quvvatlash, shuningdek ularning birinchi navbatdagi ehtiyojlari qondirilishida har tomonlama yordam berish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
keksalar uchun ularning yoshini hisobga olgan holda har xil ijtimoiy-madaniy tadbirlar, telemarafonlar, maxsus sport musobaqalari, keksa yozuvchilar, artistlar, xonandalar, rassomlarni va ijodiy ziyolilarning boshqa vakillarini taklif etgan holda ijodiy kechalar tashkil etish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Quyidagilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash “Nuroniy” jamg‘armasining markaziy apparati tuzilmasi 1-ilovaga* muvofiq;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash “Nuroniy” jamg‘armasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi bo‘limlari tuzilmasi 2-ilovaga* muvofiq;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash “Nuroniy” jamg‘armasining tumanlar (shaharlar)dagi bo‘limlari tuzilmasi 3-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
* 1 — 3-ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi zamonaviy talablarni va Jamg‘armaga yuklangan yangi vazifalarni hisobga olgan holda “Nuroniy” jamg‘armasining yangi tahrirdagi ustavini tayyorlash va davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda O‘zbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qo‘llab- quvvatlash “Nuroniy” jamg‘armasiga ko‘maklashsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. 2017-yil 1-yanvardan boshlab “Nuroniy” jamg‘armasi markaziy apparati va uning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri, tumanlar (shaharlar) bo‘limlarining shtatdagi xodimlarini O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti hisobidan ta’minlash va moddiy rag‘batlantirish tartibi joriy qilinsin.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 12-dekabrdagi PF-5597-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.12.2018-y., 06/18/5597/2300-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari 2017-yil 1-sentabrgacha har bir tuman va shaharda, qoidaga ko‘ra madaniyat va dam olish istirohat bog‘lari hududida “Nuroniylar maskani” majmualari faoliyat ko‘rsatishini, ularda “Nuroniy” jamg‘armasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi, tumanlardagi (shaharlardagi) bo‘limlarini joylashtirish uchun binolar ajratilishi yoki qurilishini ta’minlasinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Majmualarni qurishda boy kitob fondiga ega bo‘lgan kitobxonlar zallari, shaxmat, shashka o‘ynash uchun dam olish xonalari, keksalar uchun maxsus trenajyorlar bilan jihozlangan davolash jismoniy tarbiya zallari, shuningdek oshxona va tibbiy xona tashkil etilishi, ularni zarur mebel, kompyuter texnikasi va aloqa vositalari bilan jihozlash nazarda tutilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qonun hujjatlariga muvofiq “Nuroniy” jamg‘armasi va uning bo‘limlari soliqlar va davlatning maqsadli jamg‘armalariga majburiy ajratmalar to‘lovchilar hisoblanmasligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi Kengashining mehnatkashlarni sog‘lomlashtirishga yo‘naltiradigan mablag‘larining 30 foizgachasini pensionerlarni, birinchi navbatda 1941 — 1945-yillardagi urush va mehnat fronti faxriylarini o‘z tizimidagi sanatoriylarda sog‘lomlashtirishga (shu jumladan dori vositalari olish uchun) har yili yo‘naltirish, shuningdek mehnatkashlarga ularga ajratilgan yo‘llanmalarini o‘zlarining ota-onalarini sog‘lomlashtirishga yuborish huquqini berish to‘g‘risidagi tashabbusi qo‘llab-quvvatlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Iqtisodiyot va ishlab chiqarish, ilm-fan, madaniyat, ta’lim, sog‘liqni saqlash, yurisprudensiya va boshqa sohalardagi uzoq yillik halol mehnatlari uchun mehnatkashlarga, shuningdek ishlamaydigan, jamiyatda mustahkam oilani saqlab qolgan, farzandlarini kattalarga va kichik avlodga hurmat, jamiyat oldidagi mas’uliyat, Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalab hurmat qozongan onalarga taqdim etiladigan “Mehnat faxriysi” ko‘krak nishoni (I, II, III darajali) ta’sis etilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ko‘krak nishoni bilan taqdirlash va uni topshirish davlat va nodavlat notijorat tashkilotlarining, ularning tashkiliy-huquqiy shaklidan qat’i nazar, taklifi bilan amalga oshirilishi belgilab qo‘yilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Nuroniy” jamg‘armasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi bilan birgalikda har bir tumanda “Mehnat faxriysi” nishoni bilan taqdirlangan shaxslar to‘g‘risidagi qisqacha biografik ma’lumotnomalar aks ettiriladigan “Bizning faxriylarimiz” kitob-fotoalbomini yuritish va uning har yil yangilab borilishini ta’minlasin.
(6-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 10-dekabrdagi PF-5892-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.12.2019-y., 06/19/5892/4134-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tumanlar va shaharlar hokimliklari “Mehnat faxriysi” nishoni bilan taqdirlangan shaxslar yashaydigan xonadonlar va uy-joylar eshiklarida “Bu erda I, II, III darajali “Mehnat faxriysi” nishoni bilan taqdirlangan fuqaro (F.I.O.) istiqomat qiladi” yozuvi bo‘lgan belgisi o‘rnatilishini ta’minlasinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi bir oy muddatda “Mahalla” telekanalida yoshi kattalarga bag‘ishlangan va har kuni namoyish qilinadigan “Keksalar davrasida” doimiy rubrikasini tashkil etsin, shuningdek “Mahalla” telekanalida har oyda “Otalar so‘zi — aqlning ko‘zi” teleko‘rsatuvining bittadan yangi seriyasini tayyorlasin va namoyish etsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi:
(8-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 10-dekabrdagi PF-5892-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.12.2019-y., 06/19/5892/4134-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Nuroniy” jamg‘armasining nashriyot bo‘limi faoliyatini tashkil etishga ko‘maklashsin hamda har haftalik “Nuroniy” gazetasi va har oyda bir chiqadigan “Keksalik gashti” jurnalining imtiyozli asosda nashr etilishini ta’minlasin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Nuroniy” jamg‘armasining buyurtmanomasiga binoan “Nuroniy” jamg‘armasining har bir bo‘limini respublikada nashr etiladigan kamida 10 nomdagi gazeta va jurnallar bilan, shuningdek “Nuroniylar maskani” komplekslari o‘quv zallarining kitoblar bilan muntazam ravishda to‘ldirib borilishini ta’minlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Jamg‘armani qo‘llab-quvvatlash va uning faoliyatini amalga oshirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish davlat organlari rahbarlari, nodavlat notijorat tashkilotlari, tadbirkorlik subyektlari, boshqa tashkilotlar va fuqarolarning keksa avlod oldidagi fuqarolik burchi hisoblansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Vazirlar Mahkamasi, respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda tashkiliy-huquqiy shaklidan qat’i nazar boshqa tashkilotlar rahbarlari zimmasiga, pensiyaga chiqadigan xodimlarga doimiy g‘amxo‘rlik va e’tibor ko‘rsatishni, ularga zarur moddiy va ijtimoiy ko‘mak berish, mehnat jamoasining jamiyat hayotida faol qatnashishini, shuningdek har yili pensionerlardan, ayniqsa yakka-yolg‘izlardan xabar olish, tug‘ilgan kunlarida va bayramlarda ularga esdalik sovg‘alari berishni, ularning uy- joy, maishiy muammolarini hal etishda ko‘maklashishni, sanatoriya-kurortda sog‘lomlashtirish va davolashni tashkil etishni, shuningdek muqaddas joylarga va ziyoratgohlarga ekskursiyalar tashkillashtirishni va boshqa ijtimoiy ahamiyatli tadbirlarni amalga oshirishni ta’minlash yuzasidan shaxsiy mas’uliyat yuklansin.
(10-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 31-oktabrdagi PF-186-sonli Farmoni tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Pensionerlar bilan ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish, ularning hayotiy muhim muammolarini muhokama qilish va hal etishga yordam berish maqsadida davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, korxona va tashkilotlar rahbarlari zimmasiga pensiyaga chiqqan xodimlarini rahbariyat tomonidan qabul qilish jadvallarini har oyda tasdiqlash majburiyati yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlari tomonidan har yil ikki marta “Mahalla” fondi, boshqa davlat va nodavlat notijorat tashkilotlari vakillarini jalb etgan holda “Nuroniy” jamg‘armasi bo‘limlari rahbarlari, ularning faollari ishtirokida keksalarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, yoshlarni tarbiyalash, mahallalarda tinchlik va osoyishtalikni saqlash, shuningdek “Nuroniy” jamg‘armasi bo‘limlari faoliyati to‘g‘risidagi hisobotlarni ko‘rib chiqish bo‘yicha kelgusidagi qo‘shma chora-tadbirlarni muhokama qilishni o‘tkazish amaliyotga kiritilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Respublika “Mahalla” xayriya fondi rahbariyatining:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jamoatchilik asosida fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarida (ovullar, qishloqlar, mahallalar) fuqarolar yig‘ini raisining o‘rinbosari — keksalar va faxriylar ishlari bo‘yicha maslahatchi lavozimini joriy qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Mahalla” fondiga “Navro‘z” va “Mustaqillik” umumxalq bayramlariga bag‘ishlab o‘tkaziladigan hasharlardan tushadigan mablag‘larning 10 foizini har yili “Nuroniy” jamg‘armasiga o‘tkazish to‘g‘risidagi tashabbusi qo‘llab- quvvatlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2017-yilda Vazirlar Mahkamasining zaxira fondidan “Nuroniy” jamg‘armasi markaziy apparati, uning bo‘linmalari va nashriyot bo‘limi moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga 1,5 mlrd so‘m ajratsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2017-yildan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarida ushbu Farmonda nazarda tutilgan tadbirlarni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan mablag‘larni nazarda tutsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ushbu Farmonda nazarda tutilgan tadbirlarni amalga oshirish va “Mehnat faxriysi” ko‘krak nishoni to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash bo‘yicha bir oy muddatda chora- tadbirlar ko‘rsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Moliya vazirligi, “Nuroniy” jamg‘armasi va boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan qo‘shimcha va o‘zgartirishlar bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston faxriylarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash “Nuroniy” jamg‘armasi to‘g‘risida” 1996-yil 4-dekabrdagi PF-1655-son Farmoni o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Mazkur Farmonning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. Aripov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2016-yil 28-dekabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
PF-4906-son
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017-y., 1-son, 6-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.12.2018-y., 06/18/5597/2300-son; 11.12.2019-y., 06/19/5892/4134-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 06/21/26/1111-son)