Hujjat kuchini yo‘qotgan 09.01.2017 04.12.1996 yildagi PF-1655-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni , 04.12.1996 yildagi PF-1655-son
Date of entry into force
04.12.1996
Hujjat kuchini yo‘qotgan 09.01.2017
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Farmoni
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘ZBEKISTON FAXRIYLARNI IJTIMOIY “NURONIY” JAMG‘ARMASI TO‘G‘RISIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur Farmon O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 28-dekabrdagi PF-4906-sonli “O‘zbekiston faxriylarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash “Nuroniy” jamg‘armasi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. O‘zbekistonda o‘tkazilayotgan ijtimoiy siyosatning samaradorligini oshirish, keksalarni ijtimoiy himoya qilish va ularning yosh avlodni tarbiyalashdagi faolligini oshirish maqsadida ilovada ko‘rsatilgan qator Respublika jamoat tashkilotlari, vazirliklar, muassasalar, korxonalarning, O‘zbekiston faxriylarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash “Nuroniy” jamg‘armasini ta’sis etish haqidagi takliflari qabul qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Jamg‘arma o‘zini-o‘zi mustaqil boshqaruvchi, mablag‘ bilan ta’minlovchi va mustaqil faoliyat ko‘rsatuvchi nohukumat jamoat birlashmasi ekanligi ta’kidlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Jamg‘arma quyidagi maqsad va vazifalarni o‘z faoliyatining asosi etib belgilanganligi e’tiborga olinsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
— respublikada o‘tkazilayotgan kuchli ijtimoiy siyosatni amalga oshirishda, ayniqsa urush va mehnat faxriylari, nogironlarni e’zozlash, ularning atrofida ehtiromli muhit hosil qilish, g‘urur, moddiy, ma’naviy, tibbiy yordam ko‘rsatish choralarini ko‘rishda faol qatnashish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
— mustaqil O‘zbekistonni yangilash va rivojlantirishning ma’naviy-axloqiy negizlarini mustahkamlash, faxriylarning ijtimoiy-siyosiy hayotda faol ishtirok etishlari, bor bilim va salohiyatlarini istiqlol ishiga safarbar etishlari, mustabid sovet tuzumining xalqimiz, o‘lkamiz taraqqiyotiga yetkazgan zararini chuqur tahlil qilish hamda jamoatchilikka yetkazishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
— milliy qadriyatlarimiz, o‘zbekona erksevarlik, vatanparlik, mehnatsevarlik, totuvlik, boshqalarga izzat-ikrom hislarini avloddan-avlodga o‘tib yanada boyishiga hissa qo‘shish, yoshlarni ona Vatanga, xalqimizga, istiqlol ishiga sadoqat, buyuk kelajak uchun kurashchanlik ruhida tarbiyalashda samarali faoliyat ko‘rsatish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
— faxriylar va nogironlarning moddiy sharoitini yaxshilash, ular uchun belgilangan imtiyozlarning, nafaqa to‘g‘risidagi qonunchilikning to‘la va o‘z vaqtida amalga oshirilishida rahnamolik qilish, bu borada ijrochi hokimiyat organlariga ko‘maklashish, keksalar, yordamga muhtoj va boshqa turli tabaqalarga savdo, madaniy-maishiy, tibbiy yordamlar ko‘rsatish, shu maqsadga yo‘naltirilgan ishlab chiqarish, tijorat, noshirlik, xayriya ishlarini amalga oshirish, ommaviy tadbirlar o‘tkazish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Jamg‘armani qo‘llab-quvvatlash, uning faoliyati uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, davlat idoralari, jamoat tashkilotlari hamda ishlab chiqarish korxonalari rahbarlari, tadbirkorlar, boshqa yuridik shaxslar va fuqarolarning keksa avlod oldidagi farzandlik burchi deb hisoblansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Jamg‘arma barcha yuridik va jismoniy shaxslar, shu jumladan xorijiy homiylar uchun ochiq ekanligi ma’lum qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Joylarda jamg‘armaning tegishli tuzilmalarini tashkil etish bilan bog‘liq bo‘lgan masalalarni hal qilish Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahar hokimliklari zimmasiga yuklatilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 17-iyundagi PF-4116-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2009-y., 25-son, 282-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi “Nuroniy jamg‘armasining faoliyat ko‘rsatishi bilan bog‘liq bo‘lgan masalalar yuzasidan tegishli qaror qabul qilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1996-yil 4-dekabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
PF-1655-son
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-y., 1-son, 5-modda;O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2009-y., 25-son, 282-modda)