Hujjat kuchini yo‘qotgan 19.10.2021 11.10.2016 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2833
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining buyrugʻi, 11.10.2016 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2833
Date of entry into force
18.01.2017
Hujjat kuchini yo‘qotgan 19.10.2021
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
buyrug‘i
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Terrorchilik faoliyatida yoki ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishda ishtirok etayotgan yoki ishtirok etishda gumon qilinayotgan shaxslar ro‘yxatiga kiritilgan shaxslarning operatsiyalarini to‘xtatib turish, pul mablag‘larini yoki boshqa mol-mulkini ishga solmay to‘xtatib qo‘yish, ishga solmay to‘xtatib qo‘yilgan mol-mulkidan foydalanishga ruxsat berish va operatsiyalarini tiklash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2016-yil 11-oktabrda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 2833]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining 2021-yil 30-iyuldagi 52-B-sonli ““Terrorchilik faoliyatida yoki ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishda ishtirok etayotgan yoki ishtirok etishda gumon qilinayotgan shaxslar ro‘yxatiga kiritilgan shaxslarning operatsiyalarini to‘xtatib turish, pul mablag‘larini yoki boshqa mol-mulkini ishga solmay to‘xtatib qo‘yish, ishga solmay to‘xtatib qo‘yilgan mol-mulkidan foydalanishga ruxsat berish va operatsiyalarini tiklash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruqni o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida”gi buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 2833-1, 19.10.2021-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi “Prokuratura to‘g‘risida”gi Qonunining 13-moddasi, “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonunining 15-moddasi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 21-apreldagi PQ-331-sonli “Moliya-iqtisodiy, soliq sohasidagi jinoyatlarga, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashishni kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan buyuraman:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Terrorchilik faoliyatida yoki ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishda ishtirok etayotgan yoki ishtirok etishda gumon qilinayotgan shaxslar ro‘yxatiga kiritilgan shaxslarning operatsiyalarini to‘xtatib turish, pul mablag‘larini yoki boshqa mol-mulkini ishga solmay to‘xtatib qo‘yish, ishga solmay to‘xtatib qo‘yilgan mol-mulkidan foydalanishga ruxsat berish va operatsiyalarini tiklash tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran uch oy o‘tgach kuchga kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bosh prokuror I. ABDULLAYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2016-yil 30-sentabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22-B-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining 2016-yil 30-sentabrdagi 22-B-sonli buyrug‘iga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Terrorchilik faoliyatida yoki ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishda ishtirok etayotgan yoki ishtirok etishda gumon qilinayotgan shaxslar ro‘yxatiga kiritilgan shaxslarning operatsiyalarini to‘xtatib turish, pul mablag‘larini yoki boshqa mol-mulkini ishga solmay to‘xtatib qo‘yish, ishga solmay to‘xtatib qo‘yilgan mol-mulkidan foydalanishga ruxsat berish va operatsiyalarini tiklash tartibi to‘g‘risida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasining “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 21-apreldagi PQ-331-sonli “Moliya-iqtisodiy, soliq sohasidagi jinoyatlarga, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashishni kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 10-sentabrdagi 424-sonli “BMT Xavfsizlik Kengashi 1540-son (2004) Rezolyutsiyasining bajarilishini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi va 2009-yil 12-oktabrdagi 272-sonli “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish bilan bog‘liq axborotni taqdim etish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarorlariga asosan terrorchilik faoliyatida yoki ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishda ishtirok etayotgan yoki ishtirok etishda gumon qilinayotgan shaxslar ro‘yxatiga kiritilgan shaxslarning operatsiyalarini to‘xtatib turish, pul mablag‘larini yoki boshqa mol-mulkini ishga solmay to‘xtatib qo‘yish, ishga solmay to‘xtatib qo‘yilgan mol-mulkidan foydalanishga ruxsat berish va operatsiyalarini tiklash, shuningdek, ushbu ro‘yxatni tuzish va pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq operatsiyalarni amalga oshiruvchi tashkilotlarga yetkazish tartibini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-bob. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
pul mablag‘larini yoki boshqa mol-mulkni ishga solmay to‘xtatib qo‘yish — pul mablag‘larini yoki boshqa mol-mulkni o‘tkazishni, konversiyalashni, tasarruf etishni yoxud ko‘chirishni taqiqlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
terrorchilik faoliyatida ishtirok etayotgan yoki ishtirok etishda gumon qilinayotgan shaxs — terrorchilik faoliyatida ishtirok etayotgan yoxud ishtirok etishda gumon qilinayotgan yuridik yoki jismoniy shaxs, terrorchilik faoliyatini amalga oshirayotgan yoxud amalga oshirishda gumon qilinayotgan tashkilotning bevosita yoki bilvosita mulkdori bo‘lgan yoxud uni nazorat qilayotgan yuridik yoki jismoniy shaxs, shuningdek, terrorchilik faoliyatida ishtirok etayotgan yoxud ishtirok etishda gumon qilinayotgan jismoniy shaxsning yoxud tashkilotning mulkidagi yoki nazorati ostidagi yuridik shaxs;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishda ishtirok etayotgan yoki ishtirok etishda gumon qilinayotgan shaxs — O‘zbekiston Respublikasi tomonidan tan olingan, ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishini oldini olishga qaratilgan BMT Xavfsizlik Kengashining rezolyutsiyalari hamda boshqa xalqaro-huquqiy hujjatlari bilan belgilangan jismoniy yoki yuridik shaxs;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
operatsiyalarni to‘xtatib turish — mijozning pul mablag‘larini yoki boshqa mol-mulkni ko‘chirish, konversiyalash, o‘zga shaxslarga egalik qilish va foydalanish uchun berish, shuningdek yuridik ahamiyatga ega bo‘lgan boshqa harakatlarni bajarish to‘g‘risidagi topshiriqnomalari ijrosini to‘xtatib turish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
BMT Xavfsizlik Kengashining qo‘mitalari tomonidan tuzilgan sanksiyaviy ro‘yxatlar — BMT Xavfsizlik Kengashining qo‘mitalari tomonidan tuziladigan, shu jumladan 1267/1989/2253 Qo‘mitasining IShID (DAISh) va “Al-Qoida”ga qarshi sanksiyalar yuzasidan, 1988 sanksiyalar Qo‘mitasining (“Tolibon” tashkiloti yuzasidan) qarorlari bilan sanksiyalar qo‘llanilishi belgilangan terrorchilik harakatlari yoki ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishga aloqador bo‘lgan yuridik va jismoniy shaxslarning ro‘yxatlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
BMT Xavfsizlik Kengashining tegishli rezolyutsiyalari — BMT Xavfsizlik Kengashi tomonidan qabul qilingan terrorizmga qarshi kurashishga qaratilgan rezolyutsiyalar (1267 (1999), 1333 (2000), 1363 (2001), 1373 (2001), 1390 (2002), 1452 (2002), 1455 (2003), 1526 (2004), 1617 (2005), 1730 (2006), 1735 (2006),1822 (2008), 1904 (2009), 1988 (2011), 1989 (2011), 2161 (2014), 2170 (2014), 2178 (2014), 2253 (2015) va ularni rivojlantirishga qaratilgan rezolyutsiyalar) yoki ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishga qarshi kurashishga qaratilgan rezolyutsiyalar (1718 (2006), 1737 (2006), 1747 (2007), 1803 (2008), 1874 (2009), 1929 (2010) va ularni rivojlantirishga qaratilgan rezolyutsiyalar);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
maxsus vakolatli davlat organi — O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari va yuridik shaxslarga, chet el fuqarolari va yuridik shaxslarga hamda fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga O‘zbekiston Respublikasi hududida terrorchilik faoliyatida yoki ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishda ishtirok etayotgan yoki ishtirok etishda gumon qilinayotgan shaxslar ro‘yxatiga kiritilgan shaxslarga, shuningdek ularning topshirig‘i bo‘yicha faoliyat ko‘rsatayotgan shaxslarga, bevosita yoki bilvosita pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulkka, moddiy resurslarga, moliyaviy va boshqa xizmatlardan foydalanishga ruxsat berish taqiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq operatsiyalarni amalga oshiruvchi tashkilotlar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
operatsiya ishtirokchilarini terrorchilik faoliyatida yoki ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishda ishtirok etayotgan yoki ishtirok etishda gumon qilinayotgan shaxslar ro‘yxatiga kiritilgan shaxslar bilan solishtirishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
terrorchilik faoliyatida yoki ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishda ishtirok etayotgan yoki ishtirok etishda gumon qilinayotgan shaxslar ro‘yxatiga kiritilgan shaxslarning operatsiyasini kechiktirmasdan va oldindan xabar qilmasdan to‘xtatib turishi, bundan yuridik yoki jismoniy shaxsning hisobvarag‘iga tushgan pul mablag‘larini hisobga kiritish bo‘yicha operatsiyalar mustasno, va (yoki) pul mablag‘larini yoki boshqa mol-mulkini ishga solmay to‘xtatib qo‘yishi, shuningdek shubhali operatsiya to‘g‘risida maxsus vakolatli davlat organiga xabar yuborishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-bob. Terrorchilik faoliyatida yoki ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishda ishtirok etayotgan yoki ishtirok etishda gumon qilinayotgan shaxslarning ro‘yxati
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-§. Ro‘yxatni tuzish tartibi va asoslari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Terrorchilik faoliyatida yoki ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishda ishtirok etayotgan yoki ishtirok etishda gumon qilinayotgan shaxslarning ro‘yxati (bundan buyon matnda Ro‘yxat deb yuritiladi) terrorizmga, ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishga qarshi kurashishni amalga oshiruvchi davlat organlari va O‘zbekiston Respublikasining boshqa vakolatli organlaridan taqdim etilayotgan ma’lumotlar, shuningdek, chet davlatlarning vakolatli organlari va xalqaro tashkilotlaridan rasmiy kanallar orqali taqdim etilayotgan ma’lumotlar asosida maxsus vakolatli davlat organi tomonidan tuziladi. Ro‘yxat va uning shakli maxsus vakolatli davlat organining rahbari tomonidan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Ro‘yxat ikkita bo‘limdan iborat bo‘ladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xalqaro ro‘yxat;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Milliy ro‘yxat;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Har bir bo‘lim ikkita bobga bo‘linadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
terrorchilik faoliyatida ishtirok etayotgan yoki ishtirok etishda gumon qilinayotgan shaxslar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishda ishtirok etayotgan yoki ishtirok etishda gumon qilinayotgan shaxslar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Boblar ikkita qismga bo‘linadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jismoniy shaxslar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yuridik shaxslar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Milliy ro‘yxat” bo‘limi hamda uni yangilash uchun kelayotgan ma’lumotlar maxsus vakolatli davlat organi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati bilan o‘zaro kelishib olinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Ro‘yxatga kiritish uchun quyidagilar asos hisoblanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) terrorchilik yoki ommaviy qirg‘in qurolini tarqatish xususiyatga ega bo‘lgan jinoyatni sodir etishda aybdor deb topilgan jismoniy shaxsga nisbatan qonuniy kuchga kirgan O‘zbekiston Respublikasi sudining hukmi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) terrorchilik tashkiloti deb topish, uni tugatish yoki faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi hududida taqiqlash to‘g‘risida qonuniy kuchga kirgan O‘zbekiston Respublikasi sudining qarori;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) terrorchilik yoki ommaviy qirg‘in qurolini tarqatish xususiyatga ega bo‘lgan jinoyatni sodir etishda gumon qilinuvchi yoki ayblanuvchi sifatida jinoyat ishi yuzasidan jismoniy shaxsni jalb qilish to‘g‘risida tergovchi yoki prokurorning qarori;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) terrorchilik yoki ommaviy qirg‘in qurolini tarqatish xususiyatga ega bo‘lgan jinoyatni sodir etishda ayblash munosabati bilan shaxsni qidiruvga, shu jumladan xalqaro qidiruvga e’lon qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
d) BMT Xavfsizlik Kengashi qo‘mitalari tomonidan tuzilgan sanksion ro‘yxatlar yoki BMT Xavfsizlik Kengashining tegishli rezolyutsiyalari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
e) O‘zbekiston Respublikasi tomonidan tan olingan xalqaro shartnomalar yoki o‘zarolik prinsipi asosida chet davlatlar va xalqaro tashkilotlarning terrorchilik faoliyatida yoki ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishda ishtirok etayotgan yoki ishtirok etishda gumon qilinayotgan shaxslarning ro‘yxatlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
j) O‘zbekiston Respublikasi tomonidan tan olingan xalqaro shartnomalar yoki o‘zarolik prinsipi asosida terrorchilik yoki ommaviy qirg‘in qurolini tarqatish xususiyatga ega bo‘lgan jinoyatni sodir etishda jismoniy shaxs aybdor deb topilgan chet el davlatlarning sud hukmlari, shuningdek, terrorchilik tashkilot deb tan olish, uni tugatish yoki faoliyatini taqiqlash to‘g‘risida chet el davlatlarining sud qarorlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
z) terrorchilik faoliyatida yoki ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishda ishtirok etayotgan yoki ishtirok etishda gumon qilinayotgan shaxslarning operatsiyalarni to‘xtatib turish va (yoki) pul mablag‘larini yoki boshqa mol-mulkni ishga solmay to‘xtatib qo‘yish to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi tomonidan tan olingan xalqaro shartnomalar yoki o‘zarolik prinsipi asosida chet davlatlar vakolatli organlarining so‘rovlari.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Ro‘yxatni tuzish uchun O‘zbekiston Respublikasining terrorizmga qarshi kurashishni amalga oshiruvchi davlat organlari, Bosh prokuratura, Markaziy bank va “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi ushbu Nizomning 6-bandida nazarda tutilgan ma’lumotlarni, ular ma’lum bo‘lgandan yoki Ro‘yxatga qo‘shish uchun holatlar yuzaga kelgandan boshlab uch ish kuni davomida maxsus vakolatli davlat organiga taqdim etadilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ma’lumotlar qog‘oz yoki elektron ko‘rinishdagi hujjat sifatida rasmiylashtiriladi va maxsus vakolatli davlat organiga qo‘lda yoki himoyalangan maxsus aloqa kanallardan foydalangan holda maxsus alohida pochta aloqasi orqali taqdim etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. O‘zbekiston Respublikasining Tashqi ishlar vazirligi BMT Xavfsizlik Kengashi qo‘mitalari tomonidan tuzilgan sanksion ro‘yxatlar va BMT Xavfsizlik Kengashining tegishli rezolyutsiyalari to‘g‘risida, ular rasmiy kanallar orqali kelib tushishiga qarab maxsus vakolatli davlat organini va O‘zbekiston Respublikasining vakolatli organlarini xabardor qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Terrorchilik yoki ommaviy qirg‘in qurolini tarqatish xususiyatga ega bo‘lgan jinoyatlar uchun hukm qilingan O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari hamda terrorchilik tashkilot deb tan olish, uni tugatish yoki faoliyatini taqiqlash to‘g‘risida sud qarorlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar maxsus vakolatli davlat organi tomonidan tizimli tarzda O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudidan so‘rab olinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Ro‘yxatga kiritilgan shaxslarni identifikatsiya (verifikatsiya) qilish uchun maxsus vakolatli davlat organiga qo‘shimcha tarzda quyidagi ma’lumotlar (agar mavjud bo‘lsa) taqdim qilinadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) yuridik shaxsga nisbatan:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomaning tartib raqami, tashkiliy-huquqiy shakli va faoliyat turi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
soliq to‘lovchining identifikatsion raqami (STIR) va yuridik manzili;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
rahbarlar va ta’sischilar (mulkdorlar) to‘g‘risida ma’lumot (familiyasi, ismi, otasining ismi, tug‘ilgan sanasi, yashash manzili);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
banklardagi hisob raqamlar va mulk mavjudligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) jismoniy shaxsga nisbatan:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
pasport yoki shaxsni tasdiqlovchi boshqa hujjatning ma’lumotlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yashash joyi (ro‘yxatdan o‘tish) manzili yoki turish joyi manzili;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tug‘ilgan yili va joyi (kun/oy/yil);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
soliq to‘lovchining indetifikatsion raqami (STIR);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ish joyi va lavozimi to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
agarda yakka tartibdagi tadbirkor sifatida faoliyatni amalga oshirayotgan bo‘lsa — davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganlik guvohnomasining tartib raqami va faoliyat turi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Agarda taqdim etilgan ma’lumotlar to‘liq bo‘lmasa yoki noaniq bo‘lsa maxsus vakolatli davlat organi qo‘shimcha ma’lumot olish uchun O‘zbekiston Respublikasining tegishli vakolatli davlat organiga murojaat qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasining tegishli vakolatli davlat organlari yetti ish kuni davomida qo‘shimcha ma’lumotni taqdim etadilar, bundan ushbu ma’lumotni taqdim qilish uchun chet davlatlarning vakolatli organlariga yoki xalqaro tashkilotlarga murojaat qilish zarur bo‘lgan holatlar mustasno.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. O‘zbekiston Respublikasining tegishli vakolatli davlat organlaridan yoki chet davlatlarning vakolatli organlari va xalqaro tashkilotlardan rasmiy kanallar orqali kelib tushgan ma’lumotlarga asosan, ular kelib tushgan kundan keyingi uch ish kunidan kechiktirmay maxsus vakolatli davlat organi Ro‘yxatga o‘zgartirish va qo‘shimchalarni kiritadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ro‘yxatga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilganda, u har gal yangi tahrirda chiqariladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-§. Ro‘yxatdan chiqarish tartibi va asoslari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Shaxslarni Ro‘yxatdan chiqarilishi, ularni Ro‘yxatga kiritish uchun ma’lumotlarni taqdim etgan organning murojaatiga ko‘ra Nizomning 14-bandida nazarda tutilgan asoslar mavjud bo‘lganda yoki sudning qaroriga ko‘ra amalga oshiriladi, bunda shaxsni Ro‘yxatdan chiqarilishi faqat rasmiy tasdiqlangan hujjatlar asosida amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ro‘yxatdan chiqarish to‘g‘risidagi murojaat shaxsni Ro‘yxatdan chiqarish uchun asos bo‘lgan ma’lumotlar olingan yoki aniqlangan kundan keyingi uch ish kunidan kechiktirmay maxsus vakolatli davlat organiga yuboriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Ro‘yxatdan chiqarish uchun asoslar quyidagilardan iborat:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) terrorchilik yoki ommaviy qirg‘in qurolini tarqatish xususiyatga ega bo‘lgan jinoyatni sodir etishda jismoniy shaxsga nisbatan qonuniy kuchga kirgan O‘zbekiston Respublikasi sudining hukmi bekor qilinishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) terrorchilik tashkilot deb tan olish, uni tugatish yoki faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi hududida taqiqlash to‘g‘risida qonuniy kuchga kirgan O‘zbekiston Respublikasi sudi qarorining bekor qilinishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) terrorchilik yoki ommaviy qirg‘in qurolini tarqatish xususiyatga ega bo‘lgan jinoyat uchun hukm qilingan jismoniy shaxsning sudlanganlik muddatining o‘tib ketganligi yoki sudlanganlikning olib tashlanishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) terrorchilik yoki ommaviy qirg‘in qurolini tarqatish xususiyatga ega bo‘lgan jinoyatni sodir etishda ayblangan shaxsga nisbatan jinoyat ishi O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 83 va 84-moddalarida nazarda tutilgan asoslar bilan tugatilishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
d) terrorchilik yoki ommaviy qirg‘in qurolini tarqatish xususiyatga ega bo‘lgan jinoyatni sodir etishda ayblash munosabati bilan shaxsning qidiruvi, shu jumladan xalqaro qidiruvining tugatilishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
e) BMT Xavfsizlik Kengashi qo‘mitasi tomonidan jismoniy yoki yuridik shaxsni sanksion ro‘yxatidan chiqarib tashlash to‘g‘risidagi qaror qabul qilinganligi yoki BMT Xavfsizlik Kengashining tegishli rezolyutsiyasidan chiqarib tashlanganligi haqida rasmiy hujjat;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
j) shaxs terrorchilik faoliyatida yoki ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishda ishtirok etayotgan yoki ishtirok etishda gumon qilinayotgan shaxslarning ro‘yxatidan chiqarib tashlanganligi to‘g‘risida chet davlati yoki xalqaro tashkilotining rasmiy xabari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
z) terrorchilik yoki ommaviy qirg‘in qurolini tarqatish xususiyatga ega bo‘lgan jinoyatni sodir etishda jismoniy shaxs aybdor deb topish to‘g‘risidagi hukmi yoki terrorchilik tashkilot deb tan olish, uni tugatish yoki faoliyatini taqiqlash to‘g‘risidagi qarorini bekor qilish haqida chet davlat sudining qarori;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
i) terrorchilik faoliyatida yoki ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishda ishtirok etayotgan yoki ishtirok etishda gumon qilinayotgan shaxslarning operatsiyalarni to‘xtatib turish va (yoki) pul mablag‘larini yoki boshqa mol-mulkni ishga solmay to‘xtatib qo‘yish to‘g‘risidagi chet davlati vakolatli organlarining so‘rovini chaqirib olinishi yoki bekor qilinishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
k) O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tasdiqlangan jismoniy shaxsning vafoti to‘g‘risidagi ma’lumot.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. BMT Xavfsizlik Kengashi qo‘mitalari tomonidan tuzilgan sanksion ro‘yxatlar yoki BMT Xavfsizlik Kengashining tegishli rezolyutsiyalariga kiritilgan shaxsni Ro‘yxatdan chiqarib tashlanishi, BMT Xavfsizlik Kengashining qo‘mitalari va rezolyutsiyalarining tegishli hujjatlarida (boshqaruv prinsiplar) belgilangan tartibda amalga oshiriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
BMT Xavfsizlik Kengashi qo‘mitalari tomonidan tuzilgan sanksion ro‘yxatlarga asosan Ro‘yxatga kiritilgan shaxsning o‘zi, yoki o‘limidan keyin uning qonuniy vorislari, uni Ro‘yxatdan chiqarib tashlash uchun BMT Xavfsizlik Kengashining Rezolyutsiyasi 1904 (2009) bilan ta’sis etilgan Ombudsman Devonxonasiga murojaat qilishadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
BMT Xavfsizlik Kengashi qo‘mitalari tomonidan tuzilgan sanksion ro‘yxatlarga yoki BMT Xavfsizlik Kengashining tegishli rezolyutsiyalariga kiritilgan shaxs vafoti rasmiy tan olinganida O‘zbekiston Respublikasining vakolatli organlari bu haqda BMT Xavfsizlik Kengashining tegishli qo‘mitasiga xabar yuborish uchun O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligini tasdiqlovchi hujjatlarni ilova qilgan holda xabardor qiladilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-§. Ro‘yxatga kiritish to‘g‘risidagi qaror ustidan shikoyat bildirish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Ro‘yxatga adashib kiritilgan yoki mazkur Nizomning 14-bandiga asosan Ro‘yxatdan chiqarib tashlanishi lozim bo‘lgan, lekin undan chiqarib tashlanmagan yuridik va jismoniy shaxslar asoslantirilgan ariza bilan maxsus vakolatli davlat organiga murojaat qiladilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Maxsus vakolatli davlat organi uch ish kunidan kechiktirmasdan arizani ko‘rib chiqish uchun Ro‘yxatga kiritishga asos bo‘lgan ma’lumotni taqdim qilgan O‘zbekiston Respublikasining tegishli vakolatli organiga yuboradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Arizani qabul qilgan organ uni qonunda belgilangan tartibda ko‘rib chiqadi va quyidagi asoslantirilgan qarorlardan birini qabul qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ro‘yxatdan chiqarib tashlash to‘g‘risida taklif kiritish haqida;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
arizani qanoatlantirishni rad etish haqida.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Maxsus vakolatli davlat organi tegishli organning qarori kelib tushgan kunidan boshlab uch ish kunidan kechiktirmasdan qabul qilingan qaror haqida arizachini xabardor qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Arizani qanoatlantirishni rad etish haqidagi qarori ustidan shaxs sud tartibida shikoyat qilishga haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Yuridik yoki jismoniy shaxs uni Ro‘yxatning “Xalqaro ro‘yxat” bo‘limiga kiritish to‘g‘risidagi qarori ustidan shikoyat qilish uchun quyidagi tashkilotlarga murojaat qilishga haqli:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
BMT Xavfsizlik Kengashi qo‘mitalari tomonidan tuzilgan sanksion ro‘yxatlarga yoki BMT Xavfsizlik Kengashining tegishli rezolyutsiyalariga asosan kiritilgan shaxs BMT Xavfsizlik Kengashining rezolyutsiyasiga 1730 (2006) asosan tuzilgan Aloqa markaziga yoki BMT Xavfsizlik Kengashining rezolyutsiyasiga 1904 (2009) asosan ta’sis etilgan Ombudsman Devonxonasiga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shaxs, Ro‘yxatga chet davlat yoki xalqaro tashkilot terrorchilik faoliyatida yoki ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishda ishtirok etayotgan yoki ishtirok etishda gumon qilinayotgan shaxslar ro‘yxati asosida kiritilganlik holatida ushbu chet davlatning vakolatli organiga yoki xalqaro tashkilotga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ro‘yxatga kiritish uchun asos bo‘lgan chet davlatining hukm yoki qaror chiqargan yuqori turuvchi sudiga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ro‘yxatga kiritish uchun asos bo‘lgan operatsiyalarni to‘xtatib turish va (yoki) pul mablag‘larini yoki boshqa mol-mulkni ishga solmay to‘xtatib qo‘yish to‘g‘risida so‘rovni yuborgan chet davlatining vakolatli organiga.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-bob. Ro‘yxatni pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq operatsiyalarni amalga oshiruvchi tashkilotlarga yetkazish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Ro‘yxat tuzilib tasdiqlangandan keyin bir ish kunidan kechiktirmasdan maxsus vakolatli davlat organi tomonidan ichki nazorat qoidalarini hamkorlikda tasdiqlagan tegishli nazorat qiluvchi, litsenziyalovchi va ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organlarga elektron shaklida yetkazib beradi va Ro‘yxatni o‘zining veb-saytida joylashtiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qayd etilgan nazorat qiluvchi, litsenziyalovchi va ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organlar Ro‘yxatni olgandan keyin uni bir ish kunidan kechiktirmasdan pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq operatsiyalarni amalga oshiruvchi tashkilotlarga yetkazib beradilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. Ro‘yxatga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilgan taqdirda maxsus vakolatli davlat organi yangilangan Ro‘yxatni bir ish kunidan kechiktirmasdan mazkur Nizomning 21-bandida ko‘rsatilgan organlarga yetkazib beradi va o‘zining veb-saytida joylashtiradi. Bunda Ro‘yxatdan chiqarib tashlangan shaxslar to‘g‘risidagi ma’lumotlar alohida Ro‘yxatga ilova sifatida rasmiylashtiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23. Pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq operatsiyalarni amalga oshiruvchi tashkilotlarda, nazorat qiluvchi, litsenziyalovchi va ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organlar bo‘lmagan holda, ular Ro‘yxatni olish uchun mustaqil ravishda maxsus vakolatli davlat organiga murojaat qilishlari yoki maxsus vakolatli davlat organining veb-saytidan ko‘chirib olishlari lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Maxsus vakolatli davlat organi pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq operatsiyalarni amalga oshiruvchi tashkilotdan murojaat olingan kunidan boshlab ikki ish kunidan kechiktirmasdan unga Ro‘yxatni taqdim qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-bob. Ro‘yxatga kiritilgan shaxslarning operatsiyalarini to‘xtatib turish va (yoki) pul mablag‘larini yoki boshqa mol-mulkni ishga solmay to‘xtatib qo‘yish, shuningdek operatsiyalarni tiklash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-§. Operatsiyalarni to‘xtatib turish va (yoki) pul mablag‘larini yoki boshqa mol-mulkni ishga solmay to‘xtatib qo‘yish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24. Pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq operatsiyalarni amalga oshiruvchi tashkilotlar operatsiyalarni amalga oshirishda ularning ishtirokchilarini Ro‘yxat bilan solishtirishlari lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25. Mijoz yoki operatsiya qatnashchilaridan birining barcha identifikatsiya ma’lumotlari Ro‘yxatga kiritilgan shaxsning ma’lumotlari bilan to‘liq mos kelgan taqdirda pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq operatsiyalarni amalga oshiruvchi tashkilot bu operatsiyani kechiktirmasdan va oldindan xabar qilmasdan to‘xtatib turadi, bundan yuridik yoki jismoniy shaxsning hisobvarag‘iga tushgan pul mablag‘larini hisobga kiritish bo‘yicha operatsiyalar mustasno, va pul mablag‘larini yoki boshqa mol-mulkini ishga solmay to‘xtatib qo‘yadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Quyidagi holatlarda ham operatsiyani to‘xtatib turish va pul mablag‘larini yoki boshqa mol-mulkni ishga solmay to‘xtatib qo‘yish lozim:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
agarda operatsiya qatnashchilaridan biri Ro‘yxatga kiritilgan shaxs nomidan yoki uning topshirig‘iga binoan faoliyat ko‘rsatayotgan bo‘lsa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
operatsiyani amalga oshirishda foydalanayotgan pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk to‘liq yoki qisman Ro‘yxatga kiritilgan shaxsga tegishli bo‘lsa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
operatsiya qatnashchisi — yuridik shaxs Ro‘yxatga kiritilgan shaxsning mulkida yoki nazorat ostida bo‘lsa.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
26. Ro‘yxatga kiritilgan shaxsning operatsiyasi to‘xtatib turilganda va (yoki) pul mablag‘larini yoki boshqa mol-mulkini ishga solmay to‘xtatib qo‘yilganda pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq operatsiyalarni amalga oshiruvchi tashkilot ishga solmay to‘xtatib qo‘yilgan mulkning miqdori ko‘rsatilgan holda bu haqda maxsus vakolatli davlat organiga shubhali operatsiya to‘g‘risida xabar yuborish lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-§. Operatsiyalarni tiklash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
27. Operatsiyalarini tiklash va ishga solmay to‘xtatib qo‘yilgan mol-mulkidan foydalanishga ruxsat berish quyidagi holatlarda amalga oshiriladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shaxs Ro‘yxatdan chiqarilganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
operatsiyasi to‘xtatib turilgan va pul mablag‘larini yoki boshqa mol-mulkini ishga solmay to‘xtatib qo‘yilgan shaxs Ro‘yxatga kiritilgan shaxs bilan bir xildagi identifikatsiya ma’lumotlarga ega bo‘lsa (“yanglishish holati”).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
28. Operatsiyasi to‘xtatib turilgan va pul mablag‘larini ishga solmay to‘xtatib qo‘yilgan, Ro‘yxatga kiritilgan shaxs bilan bir xildagi identifikatsion ma’lumotlarga ega bo‘lgan shaxslar ularni tiklash uchun maxsus vakolatli davlat organiga yozma murojaat yuboradilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Murojaatga shaxsning to‘liq identifikatsiya qilish uchun zarur bo‘lgan hamda u Ro‘yxatga kiritilgan shaxs emasligini tasdiqlovchi hujjat va boshqa ma’lumotlar ilova qilinishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
29. Maxsus vakolatli davlat organi murojaatni besh ish kuni davomida ko‘rib chiqadi va operatsiya ishtirokchisi Ro‘yxatga kiritilgan shaxs emasligi, balkim bu shaxs bilan bir xildagi identifikatsiya ma’lumotlarga ega ekanligi tasdiqlansa, bu haqda arizachini va pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq operatsiyalarni amalga oshiruvchi tashkilotni xabardor qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agarda arizachi tomonidan taqdim qilingan ma’lumotlar bo‘yicha shaxsni to‘liq identifikatsiya (verifikatsiya) qilish imkoni bo‘lmasa, maxsus vakolatli davlat organi murojaat kelib tushgan kundan uch kundan kechiktirmasdan arizachiga asoslantirilgan rad javobini yuboradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
30. Quyidagi holatlarda pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq operatsiyalarni amalga oshiruvchi tashkilot to‘xtatilgan operatsiyani o‘tkazishni tiklaydi va ishga solmay to‘xtatib qo‘yilgan mol-mulkidan foydalanishga ruxsat beradi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yangilangan Ro‘yxat kelib tushgan kundan uch kundan kechiktirmasdan, agarda shaxs Ro‘yxatdan chiqarib tashlangan bo‘lsa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“yanglishish holati” haqida maxsus vakolatli davlat organidan xabarnoma kelib tushgan kunning o‘zida, lekin kelib tushgan kunning keyingi ish kunidan kechiktirmasdan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-bob. Ishga solmay to‘xtatib qo‘yilgan mol-mulkdan foydalanishga ruxsat berish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
31. Quyidagi maqsadlarda Ro‘yxatga kiritilgan shaxs bazaviy hayotiy ehtiyojlarini ta’minlash maqsadida ishga solmay to‘xtatib qo‘yilgan mol-mulkidan foydalanishga ruxsat berish uchun pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq operatsiyalarni amalga oshiruvchi tashkilotga murojaat qilishga haqli:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) oziq-ovqat mahsulotlari, turar joy ijarasi, kommunal to‘lovlar, dori vositalari, tibbiy xizmat va tibbiyot uchun mo‘ljallangan buyumlar, soliq, boshqa majburiy va sug‘urta to‘lovlar, o‘rtacha bozor narxi chegarasida advokatlar xizmati va yuridik maslahatlar, bank hisobvaraqlarga xizmat ko‘rsatish yoki mulkni saqlash bilan bog‘liq bo‘lgan to‘lov va yig‘imlar uchun;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) favqulotdagi xarajatlar to‘lovlari uchun.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Murojaatga to‘lov maqsadi, summasi, asosi, ishga solmay to‘xtatib qo‘yilgan mol-mulkidan foydalanishga ruxsat berish mulkning turi, pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk oluvchining rekvizitlari va identifikatsion ma’lumotlari, pul mablag‘lari oluvchining banki to‘g‘risidagi ma’lumotlar ilova qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
32. Pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq operatsiyalarni amalga oshiruvchi tashkilot murojaat kelgan kundan boshlab bir ish kunidan kechiktirmasdan uni maxsus vakolatli davlat organiga yuboradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
33. Maxsus vakolatli davlat organi ishga solmay to‘xtatib qo‘yilgan mol-mulkdan foydalanishga ruxsat berish to‘g‘risidagi murojaat kelgan kundan boshlab ikki ish kunidan kechiktirmasdan uni ko‘rib chiqish uchun shaxsni Ro‘yxatga kiritish uchun tegishli ma’lumotlarni taqdim etgan organga yuboradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shaxsni Ro‘yxatga kiritish uchun tegishli ma’lumotlarni taqdim etgan organ yetti ish kuni davomida murojaatni ko‘rib chiqadi va qabul qilingan qaror haqida maxsus vakolatli davlat organini xabardor qiladi, bundan qaror qabul qilish uchun chet davlatlar va xalqaro tashkilotlarning vakolatli organlariga so‘rovlar yuborish zaruriyati bo‘lgan holatlar mustasno.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Maxsus vakolatli davlat organi ikki ish kunidan kechiktirmasdan qabul qilingan qaror haqida pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq operatsiyalarni amalga oshiruvchi tashkilotni xabardor qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
34. Ishga solmay to‘xtatib qo‘yilgan mol-mulkdan foydalanishga ruxsat berish to‘g‘risidagi murojaat Ro‘yxatga kiritilgan shaxsning mulkiga nisbatan bo‘lsa, agarda u:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
BMT Xavfsizlik Kengashi qo‘mitalari tomonidan tuzilgan sanksion ro‘yxatlarga yoki BMT Xavfsizlik Kengashining tegishli rezolyutsiyalariga asosan kiritilgan bo‘lsa, maxsus vakolatli davlat organi ikki ish kuni davomida ushbu murojaatni BMT Xavfsizlik Kengashining tegishli qo‘mitasiga yuborish uchun O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga taqdim etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xalqaro shartnoma asosida tan olingan yoki o‘zarolik prinsipi asosida chet davlati vakolatli organining so‘roviga asosan kiritilgan bo‘lsa, maxsus vakolatli davlat organi ikki ish kuni davomida so‘rov yuborgan chet davlati vakolatli organiga murojaat olganligi haqida ishga solmay to‘xtatib qo‘yilgan mol-mulkidan foydalanishga ruxsat berish masalasini kelishish to‘g‘risida xabar yuboradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
35. BMT Xavfsizlik Kengashi qo‘mitalari tomonidan tuzilgan sanksion ro‘yxatlarga yoki BMT Xavfsizlik Kengashining tegishli rezolyutsiyalariga asosan kiritilgan shaxsga:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mazkur Nizomning 31-bandi “a” kichik bandida ko‘rsatilgan maqsadlar uchun ishga solmay to‘xtatib qo‘yilgan mol-mulkidan foydalanishga ruxsat, bunday ruxsat olish to‘g‘risidagi murojaat O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan BMT Xavfsizlik Kengashining tegishli qo‘mitasiga yetkazilganligi sharti bilan beriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mazkur Nizomning 31-bandi “b” kichik bandida ko‘rsatilgan maqsadlar uchun ishga solmay to‘xtatib qo‘yilgan mol-mulkidan foydalanishga ruxsat faqat murojaat BMT Xavfsizlik Kengashining tegishli qo‘mitasining roziligi va diplomatik kanallar orqali tasdiqlovchi hujjatlar olinganda beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
36. Pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulkdan foydalanish ruxsati berilgan pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq operatsiya, shu jumladan uni o‘tkazishning urinib ko‘rishi, pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq operatsiyalarni amalga oshiruvchi tashkiloti tomonidan shubhali deb topiladi va qonun hujjatlarda belgilangan tartibda maxsus vakolatli davlat organiga xabar yuboriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6-bob. Operatsiyalarni to‘xtatib turish va (yoki) pul mablag‘larini yoki boshqa mol-mulkni ishga solmay to‘xtatib qo‘yish sohasidagi xalqaro hamkorlik
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-§. Chet davlatlar vakolatli organlarining so‘rovlarini bajarish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
37. Terrorchilik faoliyatida yoki ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishda ishtirok etish yoki ishtirok etishda gumon qilish bilan bog‘liq, sanksiyalar ostiga tushayotgan shaxslarning operatsiyalarni to‘xtatib turish va (yoki) pul mablag‘larini yoki boshqa mol-mulkni ishga solmay to‘xtatib qo‘yish to‘g‘risidagi xalqaro tashkilot yoki chet davlati vakolatli organining so‘rovi diplomatik kanallar orqali kelib tushgan taqdirda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi uch ish kuni davomida hujjatlarni maxsus vakolatli davlat organiga yuboradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xalqaro tashkilot yoki chet davlati vakolatli organining so‘rovi quyidagilardan iborat bo‘lishi lozim:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shaxsning terrorchilik faoliyati yoki ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishga aloqadorligi haqida batafsil ma’lumotlar, shu jumladan BMT Xavfsizlik Kengashining rezolyutsiyalarida belgilangan sanksiyalarni qo‘llash uchun asos bo‘lgan mezonlarga to‘g‘ri kelishi haqida;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jismoniy va yuridik shaxslar uchun mazkur Nizomning 10-bandida nazarda tutilgan ma’lumotlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
operatsiyani to‘xtatib turish va (yoki) pul mablag‘larini yoki boshqa mol-mulkni ishga solmay to‘xtatib qo‘yish haqida so‘rov yuborilganligi holatini oshkor qilishga rozilik berish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
38. Maxsus vakolatli davlat organi kelib tushgan xalqaro tashkilot yoki chet davlati vakolatli organining so‘rovini ikki ish kuni davomida ko‘rib chiqadi va natijasi bo‘ycha shaxsni Ro‘yxatga qo‘shish yoki Ro‘yxatga qo‘shishni rad etish to‘g‘risida qaror chiqaradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
39. Agarda pul mablag‘larini yoki boshqa mol-mulkni ishga solmay to‘xtatib qo‘yish haqida so‘rovning ijrosi maxsus vakolatli davlat organining vakolatiga kirmaydigan bo‘lsa, u O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligini xabardor qilgan holda so‘rovni bajarish vakolatiga ega bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasining tegishli davlat organiga yuboradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
40. So‘rovni bajarish imkoni bo‘lmagan taqdirda, ma’lumot va hujjatlar so‘rov ijrosiga to‘sqinlik qiluvchi sabablar ko‘rsatilgan holda diplomatik kanallar orqali so‘rov tashabbuskoriga qaytariladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
41. So‘rov O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga zid bo‘lsa yoki uning ijrosi O‘zbekiston Respublikasining suvereniteti yoki xavfsizligiga zarar keltirishi mumkin bo‘lsa u ijrosiz qaytariladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-§. O‘zbekiston Respublikasi vakolatli organlari tomonidan so‘rovlarni yuborish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
42. Terrorchilik faoliyatida yoki ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishda ishtirok etish yoki ishtirok etishda gumon qilish bilan bog‘liq bo‘lgan sanksiyalar ostiga tushayotgan shaxslarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi vakolatli organlarining so‘rovlari O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining diplomatik kanallari orqali xalqaro tashkilotlarga yoki chet davlatlarining vakolatli organlariga yuboriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
43. Terrorizmga qarshi kurashishni amalga oshiruvchi davlat organlari tomonidan BMT Xavfsizlik Kengashining qo‘mitalari tomonidan tuziladigan sanksion ro‘yxatlarga kiritilishi lozim bo‘lgan shaxsga nisbatan ma’lumotlar aniqlansa yoki olinsa, BMT Xavfsizlik Kengashining tegishli qo‘mitasiga ko‘rib chiqishga yuborish uchun O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga taqdim qilinadi, bunda bu ma’lumotlar O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati bilan kelishilgan bo‘lishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
44. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga yuboriladigan mazkur Nizomning 43-bandida nazarda tutilgan ma’lumotlar o‘z ichiga shaxsni BMT Xavfsizlik Kengashining rezolyutsiyalarida belgilangan, BMT Xavfsizlik Kengashi qo‘mitalarining sanksion ro‘yxatlariga kiritish uchun asos bo‘luvchi mezonlarga to‘g‘ri keladigan imkoni boricha ko‘proq ma’lumotlarni hamda jismoniy va yuridik shaxslarning identifikatsion ma’lumotlarini, shu jumladan BMT Xavfsizlik Kengashi qo‘mitalari tomonidan tasdiqlangan to‘ldirilgan shakllarni o‘z ichiga olishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7-bob. Yakunlovchi qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
45. Maxsus vakolatli davlat organi tegishli nazorat qiluvchi, litsenziyalovchi va ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organlar bilan hamkorlikda pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq operatsiyalarni amalga oshiruvchi tashkilotlar tomonidan mazkur Nizom talablariga rioya etilishi ustidan monitoring va nazoratni amalga oshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
46. Operatsiyalarni to‘xtatib turish va (yoki) pul mablag‘larini yoki boshqa mol-mulkni ishga solmay to‘xtatib qo‘yish natijasida zarar ko‘rgan jismoniy va yuridik shaxslar, mulkni ishga solmay to‘xtatib qo‘yish qarori qo‘llanilgan shaxsga nisbatan mulkiy zararni qoplash da’vosi bilan sudga murojaat qilishga haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
47. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javobgar bo‘ladilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
48. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati, Markaziy banki, Tashqi ishlar vazirligi, Moliya vazirligi, Adliya vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Mudofaa vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Davlat soliq qo‘mitasi, Davlat bojxona qo‘mitasi, Davlat statistika qo‘mitasi, “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi va Davlat raqobat qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi bilan kelishilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Milliy xavfsizlik xizmati raisi R. INOYATOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2016-yil 30-sentabr
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Markaziy bank raisi F. MULLAJONOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2016-yil 30-sentabr
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tashqi ishlar vaziri A. KAMILOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2016-yil 30-sentabr
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Moliya vaziri R. AZIMOV

Adliya vaziri M. IKRAMOV

Ichki ishlar vaziri A. AXMEDBAYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2016-yil 30-sentabr
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri X. MIRZAXIDOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2016-yil 30-sentabr
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mudofaa vaziri K. BERDIYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2016-yil 30-sentabr
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Favqulodda vaziyatlar vaziri T. XUDAYBERGENOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2016-yil 30-sentabr
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vaziri E. G‘ANIYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2016-yil 30-sentabr
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi D. XIDOYATOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2016-yil 30-sentabr
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat soliq qo‘mitasi raisi B. PARPIYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2016-yil 30-sentabr
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat bojxona qo‘mitasi raisi Z. DUSANOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2016-yil 30-sentabr
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat statistika qo‘mitasi raisi B. TURAYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2016-yil 30-sentabr
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi boshlig‘i B. GULYAMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2016-yil 30-sentabr
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat raqobat qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi bosh direktori B. ATAXANOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2016-yil 30-sentabr
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2016-y., 41-son, 481-modda)