Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining qarori, 03.10.2016 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2828
Indexation by Ceneral legal classifier of legislation branches
Indexation by thematic directory of legislation
Sources of changes
Sources of publication
07.05.2026
28.07.2021
13.09.2018
17.10.2017
11.01.2017
View
Рус
Ўзб
O’zb
O‘zb|Рус
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.06.00 Ijtimoiy va boshqa sohalarni moliyalashtirish;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.22.00 Oziq-ovqat sanoati / 09.10.22.01 Alkogol va tamaki mahsulotlari;
3.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.01.00 Umumiy qoidalar / 14.01.01.02 Sogʻliqni saqlashni moliyalashtirish va taʼminoti]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Sogʻliqni saqlash. Sanitariyaga oid qonun hujjatlari;
2.Iqtisodiyot / Sanoat;
3.Moliya / Umumiy masalalar]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarori

Yodlangan tuzni realizatsiya qilishdan tushgan mablagʻlarning bir qismini Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi “Salomatlik-3” loyihasini amalga oshirish Markaziy byurosining maxsus hisob raqamida jamlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2016-yil 3-oktabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2828]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 24-fevraldagi 50-son “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga qoʻshimchalar va oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “2015 — 2020-yillar davrida Oʻzbekiston Respublikasi aholisining sogʻlom ovqatlanishini taʼminlash Konsepsiyasini va chora-tadbirlar kompleksini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2015-yil 29-avgustdagi 251-son qarori)”gi qaroriga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi va Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Yodlangan tuzni realizatsiya qilishdan tushgan mablagʻlarning bir qismini Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi “Salomatlik-3” loyihasini amalga oshirish Markaziy byurosining maxsus hisob raqamida jamlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oydan keyin kuchga kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sogʻliqni saqlash vaziri A. ALIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,

2016-yil 16-sentabr,

66-son

Moliya vaziri R. AZIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2016-yil 16-sentabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
70-son

Markaziy bank raisi F. MULLAJONOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2016-yil 16-sentabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
340-V-son

Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi, Markaziy bank Boshqaruvining 2016-yil 16-sentabrdagi 66, 70, 340-V-son qaroriga ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yodlangan tuzni realizatsiya qilishdan tushgan mablagʻlarning bir qismini Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi “Salomatlik-3” loyihasini amalga oshirish Markaziy byurosining maxsus hisob raqamida jamlash tartibi toʻgʻrisidagi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-bob. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mikronutriyentlar — inson organizmining normal oʻsishi va rivojlanishi uchun zarur boʻlgan, oʻrnini boshqa narsa bosa olmaydigan oziq-ovqat moddalari (vitaminlar va mineral moddalar);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qiymat (narx) — mikronutriyent birligi qiymatining puldagi ifodasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
aylanma mablagʻlar — Markaziy byuroga tuzni yodlash uchun mikronutriyentlarni uzluksiz yetkazib berish jarayonida foydalaniladigan mablagʻlar (maxsus hisob raqamidagi mablagʻlar, xarid uchun boshqa hisob raqamiga koʻchirilgan mablagʻlar, debitor qarzdorlik mablagʻlari va zaxiradagi mikronutriyentlar qiymati).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Markaziy byuro yodlangan tuz ishlab chiqaruvchilarning (bundan buyon matnda korxona deb yuritiladi) ehtiyojlarini inobatga olgan holda ular uchun mikronutriyentlar xarid qiladi hamda foyda olishni nazarda tutmagan holda korxonalarni mikronutriyentlar bilan taʼminlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Mikronutriyentlarni uzluksiz yetkazib berish uchun aylanma mablagʻlar hajmi korxonalarning uch yillik ehtiyojidan kelib chiqib belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mikronutriyentlar boʻyicha aylanma mablagʻlar hisobi Markaziy byuro tomonidan AQSH dollarida yuritiladi.
(3-bandning ikkinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi hamda Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 17-avgustdagi 48, 120, 340-V-2-sonli qarori (roʻyxat raqami 2828-2, 12.09.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.09.2018-y., 10/18/2828-2/1875-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Tuzni yodlashda qoʻllaniladigan mikronutriyentlarni xarid qilish uchun zarur mablagʻlarni, shu jumladan chet el valyuta mablagʻlarni jamlash maqsadida Markaziy byuroga xizmat koʻrsatuvchi bankda 22604 — “Mijozlarning boshqa depozitlari — Jamgʻarma — Maqsadli” maxsus hisob raqamlari ochiladi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi va Markaziy banki Boshqaruvining 2017-yil 20-sentabrdagi 111, 136 va 340-V-1-sonli qarori (roʻyxat raqami 2828-1, 16.10.2017-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 2017-y.)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Tuzni yodlashda qoʻllaniladigan mikronutriyentlarni xarid qilish uchun zarur aylanma mablagʻlar quyidagi manbalar hisobidan shakllantiriladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
dastlabki mablagʻlar — boyitilgan 1-navli bugʻdoy unini sotishdan tushgan jamlangan mablagʻlar hisobidan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
keyinchalik — korxonalardan yodlangan tuzni realizatsiya qilishdan tushgan mablagʻlarning bir qismi hisobidan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-bob. Dastlabki aylanma mablagʻlarni shakllantirish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Yodlangan tuz ishlab chiqarish uchun mikronutriyentlarni xarid qilish maqsadida dastlabki aylanma mablagʻlar Un ishlab chiqaruvchi korxonalarning boyitilgan unni sotishdan tushgan mablagʻlarining bir qismini akkumulyatsiya qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga (roʻyxat raqami 1522, 2005-yil 19-noyabr) muvofiq, Markaziy byuroning xizmat koʻrsatuvchi bankdagi maxsus hisob raqamiga boyitilgan 1-navli bugʻdoy unini sotishdan tushgan mablagʻlar hisobidan, yodlangan tuz ishlab chiqarish uchun mikronutriyentlarni xarid qilish maqsadida ochilgan maxsus hisob raqamga foizsiz muddatli qarz sifatida oʻtkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Dastlabki aylanma mablagʻlar hajmi ham korxonalarning mikronutriyentlarga boʻlgan uch yillik ehtiyojidan kelib chiqib belgilanadi. Ushbu mablagʻlar boʻyicha Markaziy byuro tomonidan oʻzaro hisob-kitoblar ular yodlangan tuz ishlab chiqarishga mikronutriyentlarni xarid qilish uchun maxsus hisob raqamga koʻchirilgan sanada Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan xorijiy valyutaning soʻmga nisbatan belgilangan kursi (bundan buyon matnda belgilangan kurs deb ataladi) boʻyicha yuritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Dastlabki aylanma mablagʻlarni shakllantirish uchun olingan foizsiz muddatli qarz mablagʻlarini qaytarish ushbu mablagʻlar koʻchirilgan sanadan boshlab uch yildan keyin boshlanadi. Muddatli qarz mablagʻlari yodlangan tuzni realizatsiya qilishdan tushadigan mablagʻlar hisobidan 10 yil davomida, yiliga 10 foiz doirasidagi hajmda (pul oʻtkazilgan kundagi belgilangan kurs boʻyicha AQSH dollari ekvivalentida) har yilning 31-dekabrigacha boyitilgan 1-navli bugʻdoy unini sotishdan tushadigan mablagʻlar maxsus hisob raqamiga qaytariladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-bob. Joriy yil uchun aylanma mablagʻlarni shakllantirish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Joriy yil uchun aylanma mablagʻlar uni qoʻshimcha moliyalashtirishga ajratiladigan mablagʻlar hamda korxonalardan mikronutriyentlar uchun devalvatsiya darajasini hisobga olgan holda oʻtkaziladigan mablagʻlardan iborat.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Joriy yil uchun aylanma mablagʻlar hajmi 1-yanvar holatiga quyidagi formula orqali aniqlanadi va Markaziy byuro tomonidan xar yili tasdiqlanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
JAM = (M x 3) x (MQ/BK) ,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bunda:

JAM — joriy yil uchun aylanma mablagʻlar hajmi (AQSH dollarida);

M — korxonalarga berilgan mikronutriyentlarning yillik oʻrtacha hajmi (kg);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
MQ — bir kilogramm mikronutriyentning amaldagi qiymati (narxi) (soʻm).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
BK — belgilangan kurs (soʻm).
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi hamda Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 17-avgustdagi 48, 120, 340-V-2-sonli qarori (roʻyxat raqami 2828-2, 12.09.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.09.2018-y., 10/18/2828-2/1875-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Aylanma mablagʻlarni qoʻshimcha moliyalashtirish hajmi quyidagi formula orqali aniqlanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
QM = JAM — OʻAM,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bunda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
QM — qoʻshimcha moliyalashtirish hajmi (AQSH dollarida);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
JAM — joriy yil uchun aylanma mablagʻlar hajmi (AQSH dollarida);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
OʻAM — oʻtgan yilgi aylanma mablagʻlar hajmi (AQSH dollarida).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoʻshimcha moliyalashtirish hajmi oʻtgan yilgi aylanma mablagʻlar hajmining 0 — 10 foizi oraligʻida belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-bob. Mikronutriyentlarning korxonalarga beriladigan qiymati (narxi)ni shakllantirish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Markaziy byuro tomonidan mikronutriyentlarning qiymati (narxi)ni shakllantirishda foyda olish nazarda tutilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Korxonalarga beriladigan mikronutriyentning qiymati (narxi) quyidagi formula asosida har oyning birinchi sanasiga aniqlanadi va mazkur Nizomning ilovasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bunda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
MQ — bir kilogramm mikronutriyentning qiymati (narxi) (soʻm);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
JAM — joriy yil uchun aylanma mablagʻlar hajmi (AQSH dollarida);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Dt — tuzni yodlovchi mikronutriyentlar boʻyicha debitor qarzdorlik (AQSH dollarida);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kt — tuzni yodlovchi mikronutriyentlar boʻyicha kreditor qarzdorlik (AQSH dollarida);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
HR — mikronutriyentlar xarid qilish uchun ochilgan maxsus hisob raqamdagi hamda ularni xarid qilish uchun boshqa hisob raqamga koʻchirilgan mablagʻlarning umumiy qiymati (AQSH dollarida);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
MBO — Markaziy byuro omboridagi tuzni yodlovchi mikronutriyentlarning qiymati (AQSH dollarida);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
US — Markaziy byuro omboridagi tuzni yodlovchi mikronutriyentlarning miqdori (kg);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
N — yetkazib beruvchi bilan tuzilgan soʻngi shartnomadagi bir kilogramm mikronutriyentning narxi (AQSH dollarida).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
BK — belgilangan kurs (soʻm);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Formuladagi koʻrsatkichlar qiymatining AQSH dollaridagi ekvivalenti shu sanaga belgilangan kurs boʻyicha qayta hisoblash yoʻli bilan aniqlanadi.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi hamda Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 17-avgustdagi 48, 120, 340-V-2-sonli qarori (roʻyxat raqami 2828-2, 12.09.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.09.2018-y., 10/18/2828-2/1875-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 14-maydagi 129-son “Aholi oʻrtasida mikronutriyent yetishmasligi profilaktikasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar haqida”gi qaroriga muvofiq, Markaziy byuro huzuridagi Oziq-ovqat mahsulotlarini boyitish dasturini amalga oshirish guruhini saqlash xarajatlari mikronutriyentlar xarid qilish uchun jamlanayotgan mablagʻlar hajmining 5 foizidan ortiq boʻlmagan miqdorda belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-bob. Markaziy byuroning korxonalar bilan munosabatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Markaziy byuro tomonidan korxonalarga mikronutriyentlarni yetkazib berish tegishli shartnomalar asosida, oldindan haq toʻlanmasdan amalga oshiriladi.
(15-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi hamda Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 17-avgustdagi 48, 120, 340-V-2-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2828-2, 12.09.2018-y.) asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.09.2018-y., 10/18/2828-2/1875-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Korxonalar yodlangan tuzni realizatsiya qilishdan tushgan tushumning olingan mikronutriyentlar qiymatiga teng boʻlgan qismini mikronutriyentlarni xarid qilishni uzluksiz taʼminlash uchun Markaziy byuroning maxsus hisob raqamiga oʻtkazadi. Bunda olingan mikronutriyentning qiymati (narxi) miqdoridagi summa ikki bank ish kuni davomida korxonalarning toʻlov topshiriqnomalari asosida, Markaziy byuroning maxsus 22604 hisob raqamiga koʻchiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Korxonalar va Markaziy byuro rahbarlari jamgʻarilgan mablagʻlar yuzasidan har chorakda solishtirma dalolatnomalar tuzish va ular asosida yodlangan tuz sotishda haqiqatda tushgan mablagʻlar va ishlatilgan mikronutriyentlar miqdoriga asosan toʻlovlarni muvofiqlashtirishni taʼminlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Korxonalar tomonidan Markaziy byurodan olingan mikronutrentlar uchun toʻlovlar belgilangan muddatda amalga oshirilmagan taqdirda, Markaziy byuro ushbu mablagʻlarni qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda undirib olish choralarini koʻradi.
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6-bob. Yakuniy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Mazkur Nizom talablariga muvofiq hisob-kitoblarni toʻgʻri yuritish va toʻlovlarni oʻz vaqtida amalga oshirish uchun javobgarlik korxonalar rahbarlari hamda bosh buxgalterlari (buxgalterlari) zimmasiga yuklatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Markaziy byuro tomonidan mikronutriyentlarni xarid qilish va maxsus hisob raqamga tushgan mablagʻlarning maqsadli ishlatilishi ustidan nazorat Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2026-yil 6-maydagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3831, 06.05.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.05.2026-y., 10/26/3831/0463-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi va Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi bilan kelishilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Savdo-sanoat palatasi raisi A. SHAYXOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2016-yil 16-sentabr
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi D. XIDOYATOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yodlangan tuzni realizatsiya qilishdan tushgan mablagʻlarning bir qismini Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi “Salomatlik-3” loyihasini amalga oshirish Markaziy byurosining maxsus hisob raqamida jamlash tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mikronutriyentlar xarid qilish uchun ochilgan maxsus hisob raqamdagi hamda ularni xarid qilish uchun boshqa hisob raqamga koʻchirilgan mablagʻlarning umumiy qiymati (10 satr + 11 satr + 12 satr + 13 satr+ 14 satr)
09
AQSH doll.
5.1.
22604 — mijozlarning boshqa depozitlari — Jamgʻarma — Maqsadli
10
AQSH doll.
5.2.
29801 — mijozlar bilan hisob-kitoblar
11
AQSH doll.
5.3.
22614 — mijozlarning valyuta bozorida konvertatsiya qilingan mablagʻlari
12
AQSH doll.
5.4.
22602 — mijozlarning akkreditivlar boʻyicha depozitlari
13
AQSH doll.
5.5.
mikronutriyentlar xarid qilish uchun boshqa hisob raqamga koʻchirilgan mablagʻlar
14
AQSH doll.
6.
Markaziy byuro omboridagi tuzni yodlovchi mikronutriyentlarning qiymati (16 satr * 17 satr)
15
AQSH doll.
6.1.
markaziy byuro omboridagi tuzni yodlovchi mikronutriyentlarning miqdori
16
kg
6.2.
markaziy byuro omboridagi tuzni yodlovchi mikronutriyentlarning bir kilogrammi narxi
17
AQSH doll.
7.
Yetkazib beruvchi bilan tuzilgan soʻngi shartnomadagi bir kilogramm mikronutriyentning narxi
18
AQSH doll.
8.
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan AQSH dollarining soʻmga nisbatan belgilangan kursi
19
soʻm
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
* Summalarning AQSH dollaridagi ekvivalenti shu sanaga belgilangan kurs boʻyicha qayta hisoblash yoʻli bilan aniqlanadi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi hamda Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 17-avgustdagi 48, 120, 340-V-2-sonli qarori (roʻyxat raqami 2828-2, 12.09.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.09.2018-y., 10/18/2828-2/1875-son)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 40-son, 470-modda, Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 17.10.2017-y., 10/17/2828-1/0125-son; 13.09.2018-y., 10/18/2828-2/1875-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son; 07.05.2026-y., 10/26/3831/0463-son)