14.05.2013 yildagi 129-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori , 14.05.2013 yildagi 129-son
Date of entry into force
20.05.2013
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Aholi oʻrtasida mikronutriyent yetishmasligi profilaktikasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar haqida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Aholi sogʻligʻini mustahkamlash, bolalar va fertil yoshidagi ayollar oʻrtasida temir moddasi taqchilligi anemiyasi darajasini pasaytirish chora-tadbirlarini amalga oshirishni davom ettirish va samaradorligini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Unni boyitish Milliy dasturini amalga oshirish boshlangandan buyon:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
un tortish korxonalari laboratoriyalarini modernizatsiyalashga va zamonaviy uskunalar bilan jihozlashga hamda mikronutriyentlar xarid qilishga 8,3 mln AQSH dollaridan ortiq summada grant va budjet mablagʻlari yoʻnaltirilganligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
har yili oʻrtacha 150 tonna mikronutriyentlar xarid qilinayotganligi, bu respublikada ishlab chiqarilayotgan 1,25 mln tonnagacha birinchi nav unni boyitish imkonini berayotganligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
fertil yoshidagi ayollar oʻrtasida temir moddasi taqchilligi anemiyasi bilan kasallanish darajasini 60 foizdan 32 foizgacha pasaytirishga erishilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining “Sogʻliqni saqlash tizimini takomillashtirish (Salomatlik-3)” loyihasini amalga oshirish boʻyicha Markaziy byuro huzuridagi Oziq-ovqat mahsulotlarini boyitish dasturini amalga oshirish guruhini mikronutriyentlar xarid qilish uchun jamlanayotgan mablagʻlar hajmining 5 foizidan ortiq boʻlmagan miqdori hisobiga mablagʻ bilan taʼminlash toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligiga ishlab chiqarish zaruriyatiga koʻra va Oziq-ovqat mahsulotlarini boyitish dasturini amalga oshirish guruhi taʼminotiga ajratilgan mablagʻlar doirasida aholi oʻrtasida mikronutriyent yetishmasligi profilaktikasi boʻyicha tadbirlarni amalga oshirish va ularning samaradorligini baholash uchun texnikaviy koʻmaklashish mutaxassislarini jalb etish huquqi berilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. “Sogʻliqni saqlash tizimini takomillashtirish (Salomatlik-3)” loyihasini amalga oshirish davrida Loyihani amalga oshirish Markaziy byurosi tomonidan chetdan olib kelinayotgan mikronutriyentlar (TIF TN kodi 2106909803 va 2829 90 800 0) bojxona toʻlovlaridan (bojxonada rasmiylashtirish yigʻimlari bundan mustasno) ozod qilinsin.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 24-fevraldagi 50-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 8-son, 79-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.I. Ikramov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2013-yil 14-may,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
129-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 20-son, 255-modda; 2016-y., 8-son, 79-modda)