07.06.2016 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2794
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining buyrugʻi, 07.06.2016 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2794
Date of entry into force
14.09.2016
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
buyrugʻi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasida raqamli televideniye xizmatlarini koʻrsatish qoidalarini tasdiqlash haqida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2016-yil 7-iyunda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2794]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining “Telekommunikatsiyalar toʻgʻrisida”gi Qonuni va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 17-apreldagi PQ-1741-sonli “Oʻzbekiston Respublikasida raqamli teleeshittirishga texnik va texnologik oʻtish davlat dasturi toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasida raqamli televideniye xizmatlarini koʻrsatish qoidalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oy oʻtgach kuchga kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazir X. MIRZAXIDOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2016-yil 10-may,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
143-mh-son

Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining 2016-yil 10-maydagi 143-mh-sonli buyrugʻiga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasida raqamli televideniye xizmatlarini koʻrsatish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
QOIDALARI

Mazkur Qoidalar Oʻzbekiston Respublikasining “Telekommunikatsiyalar toʻgʻrisida”gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 17-apreldagi PQ-1741-sonli “Oʻzbekiston Respublikasida raqamli teleeshittirishga texnik va texnologik oʻtish davlat dasturi toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasida yer usti (efir) raqamli televideniye (bundan buyon matnda raqamli televideniye deb yuritiladi) xizmatlarini koʻrsatish tartibini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-bob. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Mazkur Qoidalarda quyidagi tushunchalar qoʻllaniladi:
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
abonent — raqamli televideniye xizmatlari koʻrsatilishi uchun provayder bilan yoki uning dileri orqali shartnoma tuzgan yuridik yoki jismoniy shaxs;
(1-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining 2019-yil 19-avgustdagi 202-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2794-1, 29.08.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.08.2019-y., 10/19/2794-1/3672-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
diler — provayder bilan tuzilgan shartnoma asosida aholini provayder xizmatlariga ulash jarayonida ishtirok etuvchi tadbirkorlik subyekti;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
operator — mulk huquqi yoki boshqa ashyoviy huquq asosida raqamli televideniye tarmogʻiga ega boʻlgan, uning ishlashi, rivojlanishini taʼminlovchi va raqamli televideniye xizmatlarini koʻrsatuvchi yuridik shaxs;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xizmat koʻrsatish zonasi — operator yoki provayder litsenziya bitimi asosida aloqa xizmatlarini koʻrsatish huquqiga ega boʻladigan va normativ-huquqiy hujjatlar bilan oʻrnatilgan shartlarga javob beradigan xizmatlar sifatini taʼminlash uchun texnik imkoniyatlarga ega boʻlgan hudud;
(1-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining 2019-yil 19-avgustdagi 202-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2794-1, 29.08.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.08.2019-y., 10/19/2794-1/3672-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
provayder— operatorning raqamli televideniye tarmogʻi orqali tijorat asosida raqamli televideniye xizmatlarini koʻrsatuvchi yuridik shaxs;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
foydalanish uchun ochiq raqamli tele-, radiokanal (bundan buyon matnda ochiq tele-, radiokanal deb yuritiladi) — provayder bilan shartnoma tuzilmasdan va haq olinmasdan operator tomonidan foydalanuvchi va abonentlarga yetkaziladigan raqamli tele-, radiokanal;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
foydalanuvchi — provayder bilan shartnoma tuzmagan, ochiq tele-, radiokanallarni qabul qiluvchi yuridik yoki jismoniy shaxs;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qoʻshimcha xizmatlar — abonentning soʻroviga koʻra provayder tomonidan raqamli televideniye xizmatlaridan alohida ravishda koʻrsatiladigan va litsenziya shartlari bilan tartibga solinmagan xizmatlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Operator va provayderning raqamli televideniye xizmatlarini koʻrsatish bilan bogʻliq boʻlgan faoliyati vakolatli davlat organi tomonidan berilgan litsenziya asosida hamda vakolatli davlat organi bilan tuzilgan litsenziya kelishuviga muvofiq amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-bob. Raqamli televideniye xizmatlaridan foydalanish shartlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Raqamli televideniye xizmatlari faqat xizmat koʻrsatish zonasida koʻrsatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Raqamli televideniye xizmatlaridan foydalana olish uchun foydalanuvchi va abonent normativ-huquqiy hujjatlar hamda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarda belgilangan talablarga javob beruvchi uskunalarga ega boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Foydalanuvchi va abonentlar xizmat koʻrsatish zonasida ochiq tele-, radiokanallarni provayder bilan shartnoma tuzmasdan va haq toʻlamasdan qabul qilishlari mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Ochiq tele-, radiokanallardan tashqari boshqa raqamli tele-, radiokanallarni qabul qilish uchun provayder bilan shartnoma tuzilishi va haq toʻlanishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-bob. Raqamli televideniye xizmatlaridan foydalanish uchun shartnoma tuzish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Ochiq tele-, radiokanallardan tashqari boshqa raqamli tele-, radiokanallarni qabul qilish uchun yuridik yoki voyaga yetgan jismoniy shaxs provayder yoki dilerga bevosita (yuridik shaxslar oʻz vakili orqali) yoki elektron tarzda murojaat qilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Bevosita murojaat qilinganda provayder yoki dilerga quyidagi maʼlumotlar taqdim qilinishi kerak:
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
familiyasi, ismi va sharifi (jismoniy shaxslar uchun);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
nomi, manzili, yuridik manzili, davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma raqami, STIR (yuridik shaxslar uchun);
(8-bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining 2019-yil 19-avgustdagi 202-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2794-1, 29.08.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.08.2019-y., 10/19/2794-1/3672-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
raqamli televideniye xizmatlaridan foydalanish koʻzlanayotgan manzil;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bogʻlanish maʼlumotlari (telefon raqami, elektron pochta manzili — agar mavjud boʻlsa).
(8-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining 2019-yil 19-avgustdagi 202-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2794-1, 29.08.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.08.2019-y., 10/19/2794-1/3672-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Elektron tarzda murojaat qilinganda provayder yoki dilerga mazkur Qoidalarning 8-bandida koʻrsatilgan maʼlumotlar elektron shaklda taqdim qilinishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Elektron tarzda murojaat qilinganda provayder yoki diler tomonidan murojaatchiga bir ish kuni ichida shartnoma tuzish imkoniyati mavjud boʻlganda shartnoma tuzish uchun aniq manzil va vaqt koʻrsatilgan javob yoki shartnoma tuzish imkoniyati mavjud boʻlmaganda buning sabablari koʻrsatilgan javob yuboriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Shartnoma tuzish imkoniyati mavjud boʻlganda provayder yoki diler shartnomani tuzish vaqtida murojaatchi tomonidan elektron tarzda taqdim qilingan maʼlumotlarni ularning asl nusxalari bilan solishtiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Provayder yoki diler raqamli televideniye xizmatlaridan foydalanish uchun bevosita murojaat qilingan kunning oʻzida yoki elektron tarzda murojaat qilinganda provayder yoki dilerning javobida koʻrsatilgan kunda shartnomani tuzadi yoki tuzishni rad etadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jismoniy shaxsning talabi boʻyicha provayder yoki diler vakillari uning yashash joyiga borib raqamli televideniye xizmatlarini koʻrsatish shartnomasini tuzishi mumkin.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining 2019-yil 19-avgustdagi 202-mh-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2794-1, 29.08.2019-y.) asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.08.2019-y., 10/19/2794-1/3672-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Shartnomani tuzish quyidagi hollarda rad etilishi mumkin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
murojaatchi voyaga yetmagan jismoniy shaxs boʻlganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
raqamli televideniye xizmatlaridan foydalanish koʻzlanayotgan manzil xizmat koʻrsatish zonasiga kirmaganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mazkur Qoidalarning 8-bandida koʻrsatilgan maʼlumotlar toʻliq taqdim etilmaganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
taqdim qilingan maʼlumotlarning soxtaligi yoki notoʻgʻriligi aniqlanganda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Shartnomani rad etish asoslari mavjud boʻlmaganda provayder va murojaatchi tomonidan shartnoma tuziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Abonentlarga koʻrsatiladigan raqamli televideniye xizmatlarining roʻyxati va turlari operatorga tegishli raqamli televideniye tarmoqlarining texnik imkoniyatlari va abonentlar ehtiyojlarini hisobga olgan holda provayder tomonidan belgilanadi va shartnomada koʻrsatiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Raqamli televideniye xizmatlarini koʻrsatish uchun shartnoma operator va provayder litsenziyasining amal qilish muddatidan ortiq boʻlmagan muddatga rasmiylashtiriladi. Operator va provayder litsenziyasining amal qilish muddati uzaytirilganda shartnoma litsenziyaning yangidan belgilangan amal qilish muddatigacha uzaytirilgan deb hisoblanadi.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining 2019-yil 19-avgustdagi 202-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2794-1, 29.08.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.08.2019-y., 10/19/2794-1/3672-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Raqamli televideniye xizmatlari bitta abonentga bir nechta uskunalar uchun bitta shartnoma asosida yoki bir nechta alohida shartnomalar asosida koʻrsatilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-bob. Raqamli televideniye xizmatlari va qoʻshimcha xizmatlar uchun toʻlovlarni amalga oshirish hamda tarifikatsiya
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Raqamli televideniye xizmatlari uchun toʻlovlar abonent tomonidan provayder bilan abonent oʻrtasida tuzilgan shartnomaga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasining milliy valyutasida amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Qoʻshimcha xizmatlar uchun toʻlovlar abonent va foydalanuvchi tomonidan ular bilan provayder oʻrtasidagi kelishuvga muvofiq amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Raqamli televideniye xizmatlari uchun tariflar Oʻzbekiston Respublikasining milliy valyutasida provayder tomonidan belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Abonent oʻz xohishiga koʻra provayder tomonidan taklif qilingan tarif-rejasini tanlashi va oʻzgartirishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Provayder tomonidan tariflar oʻzgartirilganda u bu haqda abonentlarni kamida oʻn kun oldin xabardor qilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. Provayder abonentning talabiga koʻra abonent hisobvaragʻida aks ettirilgan oʻzaro hisob-kitoblar holati toʻgʻrisidagi toʻliq maʼlumotni (kamida oxirgi oʻn ikki oy uchun) bepul berish imkoniyatini yaratishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-bob. Raqamli televideniye xizmatlarini koʻrsatish. Raqamli televideniye xizmatlarini koʻrsatish shartnomasiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish hamda bekor qilish
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23. Abonent raqamli televideniye xizmatlarini koʻrsatish shartnomasi tuzilgan va tanlangan tarif rejasiga muvofiq toʻlovni amalga oshirgan kundan boshlab ikki ish kuni mobaynida yoki abonentning xohishiga koʻra undan koʻproq muddatda provayder tomonidan aktivatsiya qilinadi va raqamli televideniye tarmogʻiga ulanadi.
(23-band Oʻzbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining 2019-yil 19-avgustdagi 202-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2794-1, 29.08.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.08.2019-y., 10/19/2794-1/3672-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24. Raqamli televideniye xizmatlari provayderning xizmatlar toʻgʻrisidagi axborotiga muvofiq boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25. Operator va provayder raqamli televideniye xizmatlarini koʻrsatish jarayonida ularni shartnoma, normativ-huquqiy hujjatlar va texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarda belgilangan talablarga muvofiq hamda kechayu-kunduz va sifatli koʻrsatilishini taʼminlashi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
26. Provayder quyidagi xizmatlarni bepul koʻrsatadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
koʻrsatiladigan raqamli televideniye xizmatlari va qoʻshimcha xizmatlar toʻgʻrisida axborot berish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xizmat koʻrsatish zonasi toʻgʻrisida axborot berish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
raqamli televideniye xizmatlari va qoʻshimcha xizmatlar uchun tariflar va tarif-rejalari toʻgʻrisida axborot berish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
provayder va dilerning rekvizitlari va ishlash rejimi toʻgʻrisida axborot berish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
uskunalarning texnik nosozliklari, shartli foydalana olish tizimi bilan bogʻliq muammolar, smart-kartaning yoʻqolganligi, abonentning shaxsiy maʼlumotlari oʻzgarganligi toʻgʻrisidagi axborotlarni qabul qilish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
27. Provayder tomonidan koʻrsatiladigan bepul xizmatlar roʻyxati u tomonidan mustaqil kengaytirilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
28. Raqamli televideniye xizmatlarining sifati keskin tushib ketganligi yoki xizmat koʻrsatish toʻxtaganligi toʻgʻrisida abonentdan murojaat kelib tushganda provayder tomonidan tezkor choralar koʻrilishi va kamchiliklar bartaraf etilishi zarur.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
29. Raqamli televideniye xizmatlarini koʻrsatish shartnomasiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish provayder va abonentning oʻzaro kelishuviga asosan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
30. Raqamli televideniye xizmatlarini koʻrsatish shartnomasi abonentning xohishiga koʻra provayderga murojaat qilish orqali bekor qilinishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
31. Raqamli televideniye xizmatlarini koʻrsatish shartnomasi provayder tomonidan quyidagi holatlarda bekor qilinishi mumkin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
raqamli televideniye xizmatlari uchun toʻlovlar abonent tomonidan shartnomada belgilangan muddatlarda amalga oshirilmasa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
operator yoki provayderning litsenziyasi bekor qilinganda yoki uning amal qilishi tugatilganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
operator yoki provayderning harakatlariga bogʻliq boʻlmagan holatlarning (fors-major holatlarning) natijasida raqamli televideniye xizmatlarini koʻrsatish imkoniyati mavjud boʻlmaganda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
32. Raqamli televideniye xizmatlarini koʻrsatish shartnomasi provayder tomonidan bekor qilinganda, provayder abonentni buning sabablarini koʻrsatgan holda xabardor qilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
33. Raqamli televideniye xizmatlarini koʻrsatish shartnomasi bekor qilingan taqdirda koʻrsatilgan va koʻrsatilmagan xizmatlar uchun provayder va abonent oʻrtasida qayta hisob-kitob amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6-bob. Yakuniy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
34. Shartnomada koʻrsatilgan abonent haqidagi maʼlumotlar oʻzgarganda abonent provayderni bu haqda besh kun mobaynida xabardor qilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
35. Operator va provayder rejali profilaktika yoki taʼmirlash ishlarining boshlanish vaqti toʻgʻrisida abonent va foydalanuvchilarni kamida bir sutka oldin xabardor qilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
36. Provayder va diler oʻz faoliyatini amalga oshirish natijasida abonent va foydalanuvchi toʻgʻrisida olingan maʼlumotlarning sir saqlanishini taʼminlashi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
37. Mazkur Qoidalar talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi.
(37-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
38. Mazkur Qoidalar Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi va Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi bilan kelishilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi D. XIDOYATOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2016-yil 10-may

Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi raisi A. XADJAYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2016-yil 10-may
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 23-son, 275-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.08.2019-y., 10/19/2794-1/3672-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)