Hujjat kuchini yo‘qotgan 25.09.2019 01.12.2015 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2736
ONLINE TRANSLATE
Elektr energetikada nazorat boʻyicha davlat inspeksiyasi, Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligining qarori, 01.12.2015 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2736
Date of entry into force
09.12.2015
Hujjat kuchini yo‘qotgan 25.09.2019
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Elektr energetikada nazorat boʻyicha davlat inspeksiyasi
Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Maishiy isteʼmolchilarning elektr energiyasini hisobga olish priborlarini qiyoslashdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2015-yil 1-dekabrda 2736-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2019-yil 25-sentabrdagi 428-mh-sonli “Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni davlat reyestridan chiqarish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2736-3, 25.09.2019-y.) asosan davlat reyestridan chiqarilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining “Metrologiya toʻgʻrisida”gi, “Elektr energetikasi toʻgʻrisida”gi va “Isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi qonunlariga muvofiq Elektr energetikada nazorat boʻyicha davlat inspeksiyasi va Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Maishiy isteʼmolchilarning elektr energiyasini hisobga olish priborlarini qiyoslashdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Elektr energetikada nazorat boʻyicha davlat inspeksiyasi boshligʻi A. NIMATULLAYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2015-yil 30-oktabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligining bosh direktori A. QURBONOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2015-yil 30-oktabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
k-8-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Elektr energetikada nazorat boʻyicha davlat inspeksiyasi hamda Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligining 2015-yil 30-oktabrdagi 6, k-8-sonli qaroriga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Maishiy isteʼmolchilarning elektr energiyasini hisobga olish priborlarini qiyoslashdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM

Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasining “Metrologiya toʻgʻrisida”gi va “Elektr energetikasi toʻgʻrisida”gi qonunlari hamda Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 12-yanvardagi 22-sonli qarori bilan tasdiqlangan Elektr energiyasidan foydalanish qoidalariga muvofiq, maishiy isteʼmolchilarning elektr energiyasini hisobga olishning elektron priborlarini (bundan buyon matnda hisobga olish pribori deb yuritiladi) qiyoslashdan oʻtkazish tartibini belgilaydi.
(muqaddima Elektr energetikada nazorat boʻyicha davlat inspeksiyasi va Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligining 2018-yil 12-iyundagi, 7 va K-13-sonli qarori (roʻyxat raqami 2736-2, 03.07.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.07.2018-y., 10/18/2736-2/1447-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-bob. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
maishiy isteʼmolchi (isteʼmolchi) — hududiy elektr tarmoqlari korxonasi (bosh ishonchnoma asosida hududiy elektr tarmoqlari korxonasi nomidan shartnoma tuzuvchi elektr taʼminoti korxonasi) bilan elektr taʼminoti shartnomasini tuzgan va elektr energiyasidan maishiy ehtiyojlar uchun foydalanadigan jismoniy shaxs;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hududiy elektr tarmoqlari korxonasi — viloyat, shahar, iqtisodiy zona (sanoat zonasi) doirasida elektr taʼminoti shartnomasi asosida isteʼmolchilarga elektr energiyasini taqsimlash va sotish huquqiga ega boʻlgan yuridik shaxs;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
elektr taʼminoti korxonasi — hududiy elektr tarmoqlari korxonasining tuman, shahar, iqtisodiy zona (sanoat zonasi) doirasida elektr energiyasini taqsimlash va sotishni amalga oshiruvchi boʻlinmasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qiyoslashdan oʻtkazish ishlari — elektr taʼminoti korxonasi tomonidan isteʼmolchining hisobga olish priborini echib olish (demontaj qilish), uni qiyoslashdan oʻtkazish, qiyoslashdan oʻtgan hisobga olish priborini isteʼmolchiga yetkazib berish, hisobga olish priborini joyiga oʻrnatish (montaj qilish) boʻyicha bajariladigan ishlar (xizmatlar) majmui.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Isteʼmolchilar tomonidan foydalanilayotgan Oʻzbekiston Respublikasi Oʻlchov vositalari davlat reyestriga kiritilgan hisobga olish priborlari belgilangan tartibda qiyoslashdan oʻtkazilishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Isteʼmolchilar tomonidan foydalanilayotgan hisobga olish priborlari:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davriy qiyoslashdan — hisobga olish priborlarini qiyoslashlararo interval muddati tugaganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
navbatdan tashqari qiyoslashdan — hisobga olish priborlarining qiyoslashdan oʻtkazilganligini tasdiqlovchi plombasi shikastlanganda yoki qayta sozlash ishlarini oʻtkazish zarurati vujudga kelganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ekspert qiyoslashdan — hisobga olish priborlarining sozligi yoki ularning qoʻllashga yaroqliligi, metrologik tavsiflari boʻyicha munozarali savollar tugʻilganda oʻtkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Hisobga olish priborlarining qiyoslashlararo interval muddati toʻrt yilni tashkil qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasida elektr energiyasi va tabiiy gaz nazorati va hisobining avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish loyihasi doirasida oʻrnatiladigan hisobga olish priborlarining qiyoslashdan oʻtkazilishi “Oʻzstandart” agentligi tomonidan xar 10 yilda amalga oshiriladi.
(4-band Elektr energetikada nazorat boʻyicha davlat inspeksiyasi va Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligining 2018-yil 12-iyundagi, 7 va K-13-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2736-2, 03.07.2018-y.) asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.07.2018-y., 10/18/2736-2/1447-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Elektr taʼminoti korxonasi oʻzining maʼlumotlar bazasi orqali har bir hisobga olish priborining qiyoslashlararo interval muddati oʻtishini kuzatib boradi va davriy qiyoslashdan oʻtkazishning oʻz vaqtida amalga oshirilishi uchun javobgar hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Hisobga olish priborini navbatdagi qiyoslashdan oʻtkazish elektr taʼminoti korxonasi yoki Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi (bundan buyon matnda Byuro deb yuritiladi) tashabbusi bilan oʻtkazilganda, qiyoslashdan oʻtkazish bilan bogʻliq barcha xarajatlar hududiy elektr tarmoqlari korxonasi tomonidan amalga oshiriladi, mazkur Nizomning 34-bandida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
(6-band Elektr energetikada nazorat boʻyicha davlat inspeksiyasi va Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligining 2018-yil 12-iyundagi, 7 va K-13-sonli qarori (roʻyxat raqami 2736-2, 03.07.2018-y.) taxririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.07.2018-y., 10/18/2736-2/1447-son).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Hisobga olish pribori ekspert tekshiruvidan tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organning mansabdor shaxsi, surishtiruv, tergov, prokuratura organlari yoxud sudning qaroriga (ajrimiga), asosan oʻtkazilishi mumkin.
(7-band Elektr energetikada nazorat boʻyicha davlat inspeksiyasi, Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligining 2017-yil 8-noyabrdagi 6, k-4-sonli qarori (roʻyxat raqami 2736-1 16.11.2017-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 17.11.2017-y., 10/17/2736-1/0272-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-bob. Hisobga olish priborlarini davriy qiyoslashdan oʻtkazish ishlarini tashkil qilish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Hisobga olish priborlarini davriy qiyoslashdan oʻtkazish ishlari elektr taʼminoti korxonasi tomonidan tashkil etiladi. Bunda kelgusi yil uchun hisobga olish priborlarini qiyoslashdan oʻtkazish ishlari boʻyicha reja-jadval ishlab chiqiladi va har yili 20-dekabrga qadar hududiy elektr tarmoqlari korxonasi rahbari tomonidan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Hisobga olish priborining qiyoslashlararo interval muddati tugashidan kamida bir oy oldin elektr taʼminoti korxonasi tomonidan isteʼmolchiga imzo qoʻydirgan holda xabarnoma taqdim etiladi. Xabarnoma ikki nusxada tuziladi. Uning bir nusxasi isteʼmolchiga beriladi, isteʼmolchi tomonidan imzolangan ikkinchi nusxasi esa, elektr taʼminoti korxonasida qoldiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Xabarnomada quyidagi maʼlumotlar koʻrsatilishi lozim:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hisobga olish priborining qiyoslashlararo interval muddati tugaydigan vaqt;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(uchinchi xatboshi Elektr energetikada nazorat boʻyicha davlat inspeksiyasi va Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligining 2018-yil 12-iyundagi, 7 va K-13-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2736-2, 03.07.2018-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.07.2018-y., 10/18/2736-2/1447-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hisobga olish priborini echib olish uchun elektr taʼminoti korxonasi xodimi boradigan kun;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(toʻrtinchi xatboshi Elektr energetikada nazorat boʻyicha davlat inspeksiyasi va Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligining 2018-yil 12-iyundagi, 7 va K-13-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2736-2, 03.07.2018-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.07.2018-y., 10/18/2736-2/1447-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
boshqa zarur maʼlumotlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(11-band Elektr energetikada nazorat boʻyicha davlat inspeksiyasi va Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligining 2018-yil 12-iyundagi, 7 va K-13-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2736-2, 03.07.2018-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.07.2018-y., 10/18/2736-2/1447-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Xabarnomani keltirgan shaxs isteʼmolchini yashash joyida topmasa, xabarnoma u bilan birga yashaydigan katta yoshdagi oila aʼzolarining biriga yoki u bilan bir xonadonda istiqomat qiluvchi voyaga yetgan shaxsga, ular ham boʻlmasa fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organiga topshiriladi. Bunday hollarda xabarnomani qabul qilib olgan shaxs uning ikkinchi nusxasida oʻzining familiyasi, ismi va otasining ismini, shuningdek xabarnoma yuborilgan isteʼmolchining kimi ekanligini (eri yoki xotini, otasi, onasi, oʻgʻli, qizi va hokazo) koʻrsatishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xabarnomani qabul qilib olgan shaxs uni imkoniyat boʻlishi bilan darhol isteʼmolchiga topshirishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Isteʼmolchi vaqtincha biror joyga ketgan boʻlsa, xabarnomani keltirgan shaxs uning ikkinchi nusxasiga isteʼmolchi qayerga ketganligi va qachon kelishi kutilayotganligi toʻgʻrisida yozib qoʻyadi. Bu maʼlumotlar tegishli fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari tomonidan tasdiqlanishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(14-band Elektr energetikada nazorat boʻyicha davlat inspeksiyasi va Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligining 2018-yil 12-iyundagi, 7 va K-13-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2736-2, 03.07.2018-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.07.2018-y., 10/18/2736-2/1447-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(15-band Elektr energetikada nazorat boʻyicha davlat inspeksiyasi va Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligining 2018-yil 12-iyundagi, 7 va K-13-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2736-2, 03.07.2018-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.07.2018-y., 10/18/2736-2/1447-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Isteʼmolchining hisobga olish priborini echib olish (demontaj qilish), qiyoslashdan oʻtgan hisobga olish priborini isteʼmolchiga yetkazib berish, hisobga olish priborini joyiga oʻrnatish (montaj qilish) elektr taʼminoti korxonasining shtatdagi elektrotexnik xodimi (bundan buyon matnda vakolatli xodim deb yuritiladi) tomonidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Qiyoslashdan oʻtkazish ishlari hisobga olish pribori echib olingandan soʻng 15 kun ichida yakunlanishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-bob. Hisobga olish priborlarini davriy qiyoslashdan oʻtkazish uchun echib olish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
(18-bandning birinchi xatboshisi Elektr energetikada nazorat boʻyicha davlat inspeksiyasi va Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligining 2018-yil 12-iyundagi, 7 va K-13-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2736-2, 03.07.2018-y.) asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.07.2018-y., 10/18/2736-2/1447-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vakolatli xodim soat 8.00 dan 20.00 gacha isteʼmolchining hisobga olish priborini echib olish va oʻrnatish uchun kelish huquqiga ega. Bunda vakolatli xodim oʻz xizmat guvohnomasini isteʼmolchiga koʻrsatishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Hisobga olish priborini echib olishda vakolatli xodim va Byuro vakili isteʼmolchi ishtirokida hisobga olish pribori va oʻrnatilgan plombalarning butligini tekshirib, hisobga olish pribori echib olinganligi haqida toʻrt nusxada dalolatnoma tuzadi. Bunda dalolatnomaning bir nusxasi isteʼmolchiga beriladi, ikkinchi va uchinchi nusxalari elektr taʼminoti korxonasida va Byuroda qoladi hamda toʻrtinchi nusxasi davlat metrologiya xizmati organiga taqdim etiladi.
(19-band Elektr energetikada nazorat boʻyicha davlat inspeksiyasi va Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligining 2018-yil 12-iyundagi, 7 va K-13-sonli qarori (roʻyxat raqami 2736-2, 03.07.2018-y.) taxririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.07.2018-y., 10/18/2736-2/1447-son).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Elektr taʼminoti korxonasida qiyoslashdan oʻtkazilgan hisobga olish priborlarining almashtirish fondi mavjud boʻlganda, isteʼmolchining hisobga olish pribori echib olingandan soʻng, uning oʻrniga almashtirish fondidan belgilangan tartibda qiyoslashdan oʻtkazilgan hisobga olish pribori oʻrnatiladi hamda belgilangan tartibda sertifikat rasmiylashtirib beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Elektr taʼminoti korxonasining almashtirish fondi mavjud boʻlmaganda, hisobga olish pribori echib olinganidan soʻng, vakolatli xodim qiyoslashdan oʻtkazish ishlari davom etadigan davrga isteʼmolchining elektr qurilmalarini elektr tarmoqlariga toʻgʻridan toʻgʻri, hisobga olish priborisiz ulab qoʻyadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. Isteʼmolchi hisobga olish priborisiz elektr tarmoqlariga toʻgʻridan toʻgʻri ulangan taqdirda, foydalanilgan elektr energiyasi uchun qonun hujjatlarida belgilangan miqdorda toʻlov amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-bob. Hisobga olish priborlarini davriy qiyoslashdan oʻtkazish uchun davlat metrologiya xizmati organiga topshirish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23. Vakolatli xodim hisobga olish priborini, u echib olingandan soʻng uch ish kuni ichida davlat metrologiya xizmati organiga uning echib olinganligi haqidagi dalolatnoma bilan birgalikda taqdim etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hisobga olish priborida ishlab chiqaruvchining tovar belgisi, hisobga olish priborining turi va zavod raqami aniq boʻlmasa yoki u shikastlangan holatda boʻlsa, davlat metrologiya xizmati organi uni qiyoslashdan oʻtkazish uchun qabul qilishni rad etishga haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hisobga olish priborini qabul qilib olgan davlat metrologiya xizmati organi xodimi uning qabul qilganligini tegishli jurnalda qayd etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24. Hisobga olish priborini qiyoslashdan oʻtkazish uchun qabul qilish rad etilgan taqdirda, bu haqda ikki nusxada dalolatnoma tuziladi va davlat metrologiya xizmati organi xodimi hamda vakolatli xodim tomonidan imzolanadi. Bunda dalolatnomaning bir nusxasi vakolatli xodimga beriladi, ikkinchisi esa, davlat metrologiya xizmati organida qoladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25. Hisobga olish pribori qiyoslashdan oʻtkazish uchun qabul qilinganda, hududiy elektr tarmoqlari korxonasi bilan davlat metrologiya xizmati organi oʻrtasida hisobga olish priborlarini qiyoslashdan oʻtkazish boʻyicha shartnoma tuziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-bob. Hisobga olish priborlarini davriy qiyoslashdan oʻtkazish va taʼmirlash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
26. Davlat metrologiya xizmati organi tomonidan hisobga olish pribori uch ish kuni ichida qiyoslashdan oʻtkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qiyoslashdan oʻtkazish natijalariga koʻra hisobga olish pribori ishlatishga yaroqli deb topilgan taqdirda, davlat metrologiya xizmati organi xodimi hisobga olish pribori qiyoslashdan oʻtkazilganligini tasdiqlovchi sertifikat rasmiylashtiradi hamda vakolatli xodimga topshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
27. Hisobga olish priborining hisoblash mexanizmi va rostlash elementlariga ruxsatsiz aralashuvlarning oldini olish maqsadida hisobga olish priborining kojuxlari mahkamlangan joy davlat metrologiya xizmati organi tomonidan plombalanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
28. Qiyoslashdan oʻtkazish natijalariga koʻra hisobga olish pribori keyinchalik foydalanishga yaroqsiz deb topilgan taqdirda, davlat metrologiya xizmati organi xodimi vakolatli xodimga hisobga olish pribori foydalanishga yaroqsizligi haqida xabarnoma beradi. Xabarnomada hisobga olish priborining yaroqsiz holga kelish sabablari, shuningdek hisobga olish priborini taʼmirlash mumkinligi yoki uni taʼmirlash imkoni mavjud emasligi koʻrsatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
29. Davlat metrologiya xizmati organi xodimi tomonidan berilgan xabarnomaga asosan hisobga olish priborini taʼmirlash mumkin boʻlsa, vakolatli xodim isteʼmolchini bu haqda xabardor qiladi va uni shartnoma asosida taʼmirlash tashkilotiga topshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
30. Hisobga olish pribori taʼmirlangandan soʻng, u taʼmirlaganligi haqida ikki nusxada dalolatnoma tuziladi va uning bir nusxasi vakolatli xodimga beriladi, ikkinchi nusxasi esa, taʼmirlash tashkilotida qoldiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
31. Hisobga olish pribori taʼmirlangandan soʻng, u vakolatli xodim tomonidan qiyoslashdan oʻtkazish uchun davlat metrologiya xizmati organiga topshirilishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
32. Hisobga olish priborini qayta qiyoslashdan oʻtkazish natijasi ijobiy boʻlgan taqdirda, davlat metrologiya xizmati organi xodimi shu kunning oʻzida hisobga olish priborining qiyoslashdan oʻtkazilganligi haqida sertifikat rasmiylashtirib, hisobga olish priborining kojuxlari mahkamlangan joyini plombalaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
33. Hisobga olish pribori qayta qiyoslashdan oʻtkazilganda ham foydalanishga yaroqsiz deb topilgan hollarda, elektr taʼminoti korxonasi tomonidan isteʼmolchiga belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Oʻlchov vositalarining davlat reyestriga kiritilgan va Elektr energiyasi isteʼmolini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimi bilan birga ishlay oladigan boshqa hisobga olish pribori oʻrnatib beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
34. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 12-yanvardagi 22-sonli qarori bilan tasdiqlangan Elektr energiyasidan foydalanish qoidalarida nazarda tutilgan elektr energiyasini hisobga olish priborini buzish holatlari isteʼmolchining aybi bilan sodir etilganda, hisobga olish priborini almashtirish, qiyoslashdan oʻtkazish, taʼmirlash, oʻrnatish xarajatlari va koʻrsatilgan xizmatlar haqi isteʼmolchi tomonidan toʻlanadi.
(34-band Elektr energetikada nazorat boʻyicha davlat inspeksiyasi va Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligining 2018-yil 12-iyundagi, 7 va K-13-sonli qarori (roʻyxat raqami 2736-2, 03.07.2018-y.) taxririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.07.2018-y., 10/18/2736-2/1447-son).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
35. Hisobga olish priborini ekspert qiyoslashdan oʻtkazishda manfaatdor shaxslar yoki ularning vakillari bevosita ishtirok etishlari mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6-bob. Qiyoslashdan oʻtkazilgan hisobga olish priborini joyiga oʻrnatish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
36. Vakolatli xodim tomonidan qiyoslashdan oʻtkazilgan hisobga olish pribori Byuro xodimi ishtirokida oʻrnatilib, priborning klemmnik qopqogʻi (sxemasi) hududiy elektr tarmoqlari korxonasi va Byuroning belgilangan namunadagi plombalari bilan plombalangandan soʻng, isteʼmolchiga hisobga olish priborining qiyoslashdan oʻtganligi haqidagi sertifikatning asl nusxasini beradi.
(36-band Elektr energetikada nazorat boʻyicha davlat inspeksiyasi va Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligining 2018-yil 12-iyundagi, 7 va K-13-sonli qarori (roʻyxat raqami 2736-2, 03.07.2018-y.) taxririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.07.2018-y., 10/18/2736-2/1447-son).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
37. Hisobga olish pribori oʻrnatilib plombalangandan soʻng, bu haqida uch nusxada dalolatnoma tuziladi. Dalolatnomada hisobga olish priborining turi, zavod raqami, ishlab chiqaruvchining tovar belgisi va uning oʻrnatilgan vaqtdagi koʻrsatkichlari hamda boshqa zarur maʼlumotlar qayd etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Dalolatnoma vakolatli xodim va Byuro vakili hamda isteʼmolchi tomonidan imzolanadi. Dalolatnomaning bir nusxasi isteʼmolchiga beriladi, ikkinchi va uchinchi nusxalari esa, elektr taʼminoti korxonasida va Byuroda saqlanadi.
(37-band Elektr energetikada nazorat boʻyicha davlat inspeksiyasi va Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligining 2018-yil 12-iyundagi, 7 va K-13-sonli qarori (roʻyxat raqami 2736-2, 03.07.2018-y.) taxririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.07.2018-y., 10/18/2736-2/1447-son).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7-bob. Yakuniy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
38. Qiyoslashdan oʻtkazish ishlarini bajarishda yuzaga kelgan kelishmovchiliklar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
39. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javobgar boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
40. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi va “Oʻzbekenergo” aksiyadorlik jamiyati bilan kelishilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi D. XIDOYATOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2015-yil 29-oktabr
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzbekenergo” AJ Boshqaruvi raisi I. BASIDOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2015-yil 14-oktabr
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 48-son, 610-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 17.11.2017-y., 10/17/2736-1/0272-son; 04.07.2018-y., 10/18/2736-2/1447-son)