24.08.2015 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2710
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining qarori, 24.08.2015 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2710
Date of entry into force
02.12.2015
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarori

Transport vositalarini saqlash, taʼmirlash va ularga texnik xizmat koʻrsatish obyektlari uchun yongʻin xavfsizligi qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2015-yil 24-avgustda 2710-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining “Avtomobil transporti toʻgʻrisida”gi hamda “Yongʻin xavfsizligi toʻgʻrisida”gi qonunlariga muvofiq, transport vositalarini saqlash, taʼmirlash va ularga texnik xizmat koʻrsatish obyektlarida yongʻinlarni oldini olish, yongʻin xavfsizligi munosabatlarini tartibga solish hamda yongʻin xavfsizligini talab darajasida saqlab turishni yanada takomillashtirish maqsadida Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Transport vositalarini saqlash, taʼmirlash va ularga texnik xizmat koʻrsatish obyektlari uchun yongʻin xavfsizligi qoidalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oy oʻtgach kuchga kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi boshligʻi V. ISMAILOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,

2015-yil 27-iyul,

36-son

Ichki ishlar vaziri A. AXMEDBAYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2015-yil 27-iyul,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19-son

Qishloq va suv xoʻjaligi vaziri Sh. TESHAYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2015-yil 27-iyul,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15-son

Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining 2015-yil 27-iyuldagi 36, 19 va 15-son qaroriga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Transport vositalarini saqlash, taʼmirlash va ularga texnik xizmat koʻrsatish obyektlari uchun yongʻin xavfsizligi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
QOIDALARI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.

Mazkur Qoidalar transport vositalarini saqlash, taʼmirlash va ularga texnik xizmat koʻrsatish obyektlari uchun yongʻin xavfsizligi qoidalarini belgilaydi.
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligining 2025-yil 12-dekabrdagi 15-son, Qishloq xoʻjaligi vazirligining 2025-yil 11-dekabrdagi 42-son, Ichki ishlar vazirligining 2025-yil 9-dekabrdagi 63-son va Suv xoʻjaligi vazirligining 2025-yil 5-dekabrdagi 01/25-6-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2710-1, 17.12.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.12.2025-y., 10/25/2710-1/1194-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-bob. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Mazkur Qoidalar transport vositalarini saqlash, taʼmirlash va ularga texnik xizmat koʻrsatishni amalga oshiruvchi yuridik shaxslarga (bundan buyon matnda — tashkilot deb yuritiladi) tegishli boʻlgan barcha loyihalashtirilayotgan, qurilayotgan, rekonstruksiya qilinayotgan va faoliyat koʻrsatayotgan obyektlarga nisbatan tatbiq etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Barcha tashkilotlarda yongʻin xavfsizligini taʼminlash GOST 12.1.004-91 “Yongʻin xavfsizligi. Umumiy talablar”ga va mazkur Qoidalarga muvofiq amalga oshirilishi zarur.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Oʻzbekiston Respublikasining “Yongʻin xavfsizligi toʻgʻrisida”gi Qonunining 12-moddasiga muvofiq, tashkilotlarning yongʻin xavfsizligini taʼminlash, agar tegishli shartnomada boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, mazkur tashkilotlarning rahbarlari va ular vakolat bergan shaxslar zimmasiga yuklatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Yongʻin tufayli ishlab chiqarishda yuz bergan baxtsiz hodisalarni tekshirish va hisobini yuritish Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 6-iyundagi 286-son qarori bilan tasdiqlangan Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni va xodimlar salomatligining boshqa xil zararlanishini tekshirish va hisobga olish toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Barcha xodimlar oʻz kasblari va ish turlari boʻyicha oʻqishi, bilimlari sinovdan oʻtkazilishi va ularga ishlab chiqarishdagi oʻquv tizimida yongʻinga qarshi yoʻl-yoʻriqdan iborat (dastlabki, ish joyida oʻtkaziladigan birlamchi, takroriy, navbatdan tashqari) maxsus yongʻinga qarshi tayyorgarlikdan oʻtishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Ish beruvchi xodimlarning mehnatni muhofaza qilish boʻyicha yoʻl-yoʻriqdan oʻtishini, oʻqitishni, qayta tayyorlashni, malakasini oshirishni va mehnatni muhofaza qilish masalalari boʻyicha bilimlarini tekshirishni taʼminlashi lozim.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligining 2025-yil 12-dekabrdagi 15-son, Qishloq xoʻjaligi vazirligining 2025-yil 11-dekabrdagi 42-son, Ichki ishlar vazirligining 2025-yil 9-dekabrdagi 63-son va Suv xoʻjaligi vazirligining 2025-yil 5-dekabrdagi 01/25-6-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2710-1, 17.12.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.12.2025-y., 10/25/2710-1/1194-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Har bir kasb va ish turlari uchun mehnat muhofazasi boʻyicha yoʻriqnomalar ishlab chiqiladi hamda tashkilot xodimlarini va ish joylarini ushbu yoʻl-yoʻriqlar bilan taʼminlash tashkilot rahbariyati zimmasiga yuklatiladi.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligining 2025-yil 12-dekabrdagi 15-son, Qishloq xoʻjaligi vazirligining 2025-yil 11-dekabrdagi 42-son, Ichki ishlar vazirligining 2025-yil 9-dekabrdagi 63-son va Suv xoʻjaligi vazirligining 2025-yil 5-dekabrdagi 01/25-6-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2710-1, 17.12.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.12.2025-y., 10/25/2710-1/1194-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-bob. Yongʻin xavfsizligini taʼminlash boʻyicha tashkiliy tadbirlar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Tashkilot rahbarining (ish beruvchining) yongʻin xavfsizligini taʼminlash boʻyicha majburiyatlariga quyidagilar kiradi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tashkilotning barcha xodimlari tomonidan “Yongʻin xavfsizligi toʻgʻrisida”gi Qonun va mazkur Qoidalar talablarini oʻrganish va bajarilishini tashkillashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yongʻinga qarshi yoʻl-yoʻriq koʻrsatish va yongʻin-texnik minimumi boʻyicha mashgʻulotlar oʻtkazilishini tashkillashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yongʻin xavfsizligi boʻyicha tashkilot yoʻriqnomasini ishlab chiqilishini va tasdiqlanishini taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tashkilot maydonida, omborlarda, ishlab chiqarish, maʼmuriy va yordamchi xonalarda yongʻinga qarshi qatʼiy tartib oʻrnatish (tamaki mahsulotlarini isteʼmol qilish uchun maxsus joylarni jihozlash, bir vaqtda saqlanadigan yengil alangalanadigan yonuvchi moddalar, xom ashyo va tayyor mahsulotni saqlash joylari va miqdorini aniqlash, olovli ishlarni olib borish aniq tartibini, ishlar tugagandan soʻng xonalarni koʻzdan kechirish va yopish tartibini oʻrnatish) va barcha xodimlar tomonidan unga doimo amal qilinishini taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
transport vositalarining saqlash, taʼmirlash va ularga texnik xizmat koʻrsatish joylarining yongʻin xavfsizligini taʼminlash uchun masʼul shaxslarni buyruq bilan tayinlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tashkilotning yongʻin xavfsizligi holatini (tashkiliy choralar bajarilishi darajasi va samaradorligini, yongʻinga qarshi texnik vositalari mavjudligi va sozligini, yongʻindan saqlash xizmati va koʻngilli yongʻindan saqlash drujinasining vazifalarini bajarishga shayligi holatini) muntazam ravishda tekshirish va uni kuchaytirish boʻyicha zaruriy choralar koʻrish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mazkur Qoidalar hamda tashkilotda yongʻin xavfsizligi boʻyicha ishlab chiqilgan yoʻriqnomalar talablarini buzilishiga yoʻl qoʻygan shaxslarga nisbatan qonuniy choralar koʻrish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yongʻin yuzaga kelishi mumkin boʻlgan holatlar uchun odamlar, transport vositalari, asbob-uskunalar va boshqa moddiy boyliklarni evakuatsiya qilish rejalarini ishlab chiqilishini taʼminlash.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Yongʻin xavfsizligini boʻyicha masʼul shaxs quyidagilarni bajarish zarur:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yongʻin yuzaga kelishi mumkin boʻlgan holatlar uchun odamlar, transport vositalari, asbob-uskunalar va boshqa moddiy boyliklarni evakuatsiya qilish rejalari ishlab chiqilishini taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yongʻin va portlash xavfi bor moddalarni saqlash, tashish va ishlatishni tashkil qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xodimlarga yongʻin xavfsizligi qoidalari boʻyicha doimiy ravishda yoʻl-yoʻriqlar va yongʻin-texnik minimumi boʻyicha mashgʻulotlar oʻtkazilishini taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻrnatilgan yongʻinga qarshi rejim, yongʻin xavfsizligi qoidalari talablariga va yongʻin xavfsizligi choralari toʻgʻrisidagi yoʻriqnomalarga rioya qilinishini taʼminlash.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-bob. Tashkilot maydonlari, binolar va inshootlarga qoʻyiladigan yongʻin xavfsizligi talablari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-§. Tashkilot maydonlariga qoʻyiladigan yongʻin xavfsizligi talablari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Tashkilot maydonlari va binolarining joylashuvi tasdiqlangan loyiha hujjatlariga mos boʻlishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Tashkilot maydoni, shu jumladan transport vositalarining doimiy toʻxtab turish joylari va omborlar doimo toza holatda saqlanishi va muntazam ravishda ishlab chiqarish chiqindilaridan tozalanib turilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Moylanib ketgan artish materiallari va ishlab chiqarish chiqindilari maxsus ajratilgan joylarda maxsus temir qutilarda toʻplanishi va ish smenalari tugagandan soʻng yigʻishtirib tashlanishi lozim. Toʻkilib ketgan yoqilgʻi-moylash materiallari darhol yigʻishtirib tashlanishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Binolar, inshootlar va yongʻinga qarshi suv taʼminoti manbalariga hamda yongʻinni oʻchirishning birlamchi vositalariga olib boradigan yoʻllar, evakuatsiya qilish yoʻllari doimo boʻsh, soz va tozalangan holatda boʻlishi lozim. Binolarning yongʻin xavfsizligi uchun qoldirilgan oraliqlariga turli materiallarni taxlash, uskunalar, mahsulotlar oʻraladigan qoplar, yashiklar, karton qutilar qoʻyish va ushbu joylardan transport vositalarining turish joylari sifatida foydalanish taqiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Tashkilotdagi barcha yoʻllar, oʻtish joylari, kirish yoʻllari va temir yoʻldan oʻtish yoʻllari soz holatda saqlanishi va yongʻin oʻchirish avtomobillarining erkin harakatlanishini taʼminlashi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kechki va tungi vaqtda yoʻllar (oʻtish joylari) yoritilgan, qish mavsumida esa muz va qordan tozalangan boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Tashkilotning ayrim yoʻllari yoki oʻtish joylarining toʻsib qoʻyilganligi haqidagi xabarni tashkilot tomonidan yongʻindan saqlash xizmati ogohlantirilishi zarur.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tashkilot yoʻllari taʼmirlanishida tegishli joylarda aylanib oʻtish yoʻnalishlarini koʻrsatadigan ogohlantiruvchi belgilar oʻrnatilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Tashkilot maydonida, transport vositalarini toʻxtab turish joylarida va omborlarda transport vositalari agregatlarini qizdirish uchun ochiq alangadan foydalanish, gulxanlar yoqish, axlat va chiqindilarni yoqish taqiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Tashkilotning barcha suv taʼminoti manbalariga kirish yoʻlkalari qulay tashkil etilishi lozim. Yongʻin oʻchirish avtomobillarini joylashtirish va suv olishini taʼminlash maqsadida tabiiy va sunʼiy suv havzalari yoniga pirs-maydonchalari tashkil etilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Tashkilot maydonida koʻzga koʻrinadigan joylarda yongʻindan saqlash xizmatini chaqirish tartibi haqida belgilar va yongʻinga qarshi shchitlar oʻrnatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-§. Bino va xonalarga qoʻyiladigan yongʻin xavfsizligi talablari
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Ishlab chiqarish binolari va inshootlari OʻzDSt 2435:2011 “Mexanik transport vositalari. Massalar va oʻlchamlar. Umumiy texnik shartlar va sinov usullari”ga, yordamchi binolar va xonalar SHNQ 2.09.02-23 “Korxonalarning ishlab chiqarish hamda maʼmuriy-maishiy bino va inshootlari. Loyihalash talablari”ga muvofiq boʻlishi lozim.
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligining 2025-yil 12-dekabrdagi 15-son, Qishloq xoʻjaligi vazirligining 2025-yil 11-dekabrdagi 42-son, Ichki ishlar vazirligining 2025-yil 9-dekabrdagi 63-son va Suv xoʻjaligi vazirligining 2025-yil 5-dekabrdagi 01/25-6-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2710-1, 17.12.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.12.2025-y., 10/25/2710-1/1194-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Barcha ishlab chiqarish binolari, maʼmuriy, yordamchi, ombor, taʼmirlash xonalari hamda transport vositalari toʻxtab turadigan va saqlanadigan joylar, maydonlar mazkur Qoidalarning ilovasidagi Yongʻinni oʻchirishning birlamchi vositalarining zaruriy sonini aniqlash boʻyicha namunaviy tartibiga asosan yongʻinni oʻchirishning birlamchi vositalari bilan jihozlanishi zarur.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Tashkilotning barcha xonalari, yongʻinni oʻchirishning birlamchi vositalari va anjomlari GOST 12.4.026-2015 “Signal ranglari va xavfsizlik belgilari” talablariga muvofiq boʻyab qoʻyilishi, yongʻin xavfsizligi belgilari va evakuatsiya koʻrsatkichlari bilan jihozlangan boʻlishi lozim.
(20-band Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligining 2025-yil 12-dekabrdagi 15-son, Qishloq xoʻjaligi vazirligining 2025-yil 11-dekabrdagi 42-son, Ichki ishlar vazirligining 2025-yil 9-dekabrdagi 63-son va Suv xoʻjaligi vazirligining 2025-yil 5-dekabrdagi 01/25-6-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2710-1, 17.12.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.12.2025-y., 10/25/2710-1/1194-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Ishlab chiqarish zonalarining yonish va portlash xavfining toifasi va sinfi aniqlanishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. Barcha ishlab chiqarish, maʼmuriy, ombor va yordamchi xonalarning koʻzga koʻrinadigan joylarida yongʻin xavfsizligi choralari toʻgʻrisidagi yoʻriqnoma va evakuatsiya qilish rejalari osib qoʻyilgan boʻlishi zarur.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23. Tashkilot maydonlarida, barcha ishlab chiqarish binolarida, maʼmuriy, ombor va yordamchi xonalarda, transport vositalari toʻxtab turadigan va saqlanadigan joylarda va yongʻin chiqish xavfi boʻlgan joylarda tamaki mahsulotini isteʼmol qilish taqiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24. Akkumulyatorlarni zaryadlash, boʻyash, gazogenerator xonalari hamda yengil alangalanuvchi va yonuvchi suyuqliklar qoʻllaniladigan xonalarning pollari yonmaydigan, uchqun chiqarmaydigan materiallardan yasalgan boʻlishi zarur.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25. Kirish va chiqish yoʻllari, yoʻlaklar, tambur va zinalar, turli jismlar va asbob-uskunalar bilan toʻsib qoʻyilmasligi lozim. Evakuatsiya chiqish yoʻllarining barcha eshiklari binodan chiqish yoʻnalishi boʻyicha ochilishi zarur.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
26. Evakuatsiya yoʻllaridagi eshiklar yashil rangli “Chiqish” deb yozilgan ogohlantiruvchi belgi bilan jihozlangan boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
27. Binolarning zinakataklarida ombor, ish joyi yoki boshqa ishlarga moʻljallangan xonalarni tashkil qilish hamda odamlar oʻtishi uchun toʻsqinlik qiladigan muhandislik tizimlari, asbob-uskunalarni oʻrnatish taqiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Binoning birinchi qavati, sokol qavati yoki yertoʻlasi zinakataklari ostida faqat markaziy isitish tizimini boshqarish tarmoqlari va suv oʻlchagich tarmoqlarini joylashtirish mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
28. Ishlab chiqarish va maʼmuriy binolarning yertoʻla xonalarida va sokol qavatlarida portlovchi moddalar, yengil alangalanadigan va yonuvchi suyuqliklar, bosim ostidagi gaz ballonlari hamda yongʻin xavfi yuqori boʻlgan moddalarni saqlash va ulardan foydalanish taqiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
29. Chordoq xonalaridan ishlab chiqarish yoki moddiy boyliklarni saqlash uchun foydalanish mumkin emas.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Chordoqning yogʻochli konstruksiyalariga olovdan himoya qilish tarkibi bilan ishlov berilishi lozim. Bunda olovdan himoya qilish tarkibining amal qilish muddatiga qarab yogʻochli konstruksiyalariga takroriy ishlov berilishi zarur.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
30. Yongʻinga qarshi devorlar va tom bostirmalaridagi tuynuklar alanga va yonish asoratlarini tarqalishiga yoʻl bermaydigan himoyalovchi qurilmalar bilan jihozlangan boʻlishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
31. Shinalar, agregatlar va detallar yonuvchi tarada yoki oʻramda boʻlganda, ularni alohida xonada saqlash zarur.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
32. Yonuvchi gazlar solingan ballonlar faqat alohida joylashgan va issiqlik energiyasi manbalaridan himoyalangan omborlarda saqlanishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
33. Gaz ballonlar saqlanadigan xonalarni pech yordamida isitishga yoʻl qoʻyilmaydi. Guruhli gaz ballon qurilmalari yonmaydigan materiallardan yasalgan javonlarda yoki maxsus budkalarda saqlanishi va faqat yonmaydigan yaxlit devorlar yaqinida oʻrnatilgan boʻlishi zarur.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
34. Yengil alangalanadigan va yonuvchi suyuqliklarni tashish uchun xavfsiz taradan foydalanish lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
35. Tashkilot tomonidan omborlar uchun bir vaqtda saqlanishi mumkin boʻlgan yengil alangalanadigan va yonuvchi suyuqliklar, boʻyoqlar, loklar va erituvchilarning eng katta miqdorining meʼyorlari oʻrnatilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ish joylarida bir smena ehtiyojlaridan ortiq boʻlmagan miqdordagi materiallar saqlanishi mumkin. Bunda ular saqlanadigan sigʻimlar zich yopilgan boʻlishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
36. Yengil alangalanadigan va yonuvchi suyuqliklar ishlatiladigan xonalarda ochiq alangadan foydalanish, uchqun chiqarish bilan bogʻliq boʻlgan ishlarni bajarish va elektr tarmogʻiga ulangan asbob-uskunalarni ishlatish taqiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
37. Ishlab chiqarish xona va uskunalarni yonuvchi chang va boshqa chiqindilardan tashkilot tomonidan belgilangan muddatlarda tozalash lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
38. Ishlab chiqarish, ombor va maʼmuriy binolarda quyidagilar taqiqlanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
evakuatsiya yoʻllarida asbob-uskuna, mebel, javon, seyf va boshqa buyumlarni joylashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yengil alangalanadigan va yonuvchi suyuqliklar yordamida xonalarni tozalash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ish vaqti tugagandan soʻng yoqilgan pechlar, elektr tarmoqlarga ulangan uskunalarni qoldirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
maxsus ajratilmagan va jihozlanmagan joylarda elektr isitish asboblaridan (elektr plitkalar, choynaklar va kaminlar) foydalanish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xonalar devorlarini yonuvchi matolar yoki olovdan himoya qilish tarkib singdirilmagan materiallar bilan qoplash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
maxsus ajratilmagan va jihozlanmagan joylarda ochiq alangadan foydalanib ishlarni bajarish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
texnik koʻrik oʻtkazish, taʼmirlash va boshqa ishlarni bajarish vaqtida yoritish uchun ochiq alangadan foydalanish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻt oldirish tizimi yoqilgan holatda transport vositasini qoldirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ish vaqti tugagandan soʻng moylanib ketgan artish materiallari va maxsus kiyimlarni qoldirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xonalarni qoʻshimcha isitish uchun qoʻlbola isitish asboblari va qurilmalaridan hamda isitish elementlari ochiq holatda boʻlgan elektr va gaz isitish asboblaridan foydalanish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
39. Temirchilik, termik, payvandlash, boʻyoqchilik, yogʻochni qayta ishlash ishlari hamda yengil alangalanadigan suyuqliklardan foydalanib detallarni yuvish ishlari faqat maxsus ajratilgan joylarda amalga oshirilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
40. Transport vositalarini taʼmirlash uchun moʻljallangan xonalar va yordamchi xonalarda yoqilgʻi baklari yoqilgʻiga, gazda ishlaydigan transport vositalarida esa, gaz bilan toʻldirilgan va karterlari moy bilan toʻldirilgan holatda transport vositalarini taʼmirlash, ularga texnik xizmat koʻrsatish boʻyicha ishlarni bajarish mumkin emas.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
41. Tashkilot ishchilarning maxsus kiyimlarini shamollatish imkoniga ega javonlarda saqlanishi, oʻz vaqtida yuvilishini taʼminlashi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-§. Tashkilotlardagi avtoyoqilgʻi quyish shoxobchalaridan foydalanishda qoʻyiladigan yongʻin xavfsizligi talablari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
42. Avtoyoqilgʻi quyish shoxobchalarida (bundan buyon matnda AYQSH deb yuritiladi) toʻkilib ketgan neft mahsulotlarini AYQSHdan tashqariga chiqib ketishining oldi olinishi zarur.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
43. Toʻkish va oʻlchash quvurlarining qopqoqlari, koʻrish va toʻkish quduqlarining lyuklari zich yopilgan boʻlishi lozim. Toʻkish va oʻlchash quvurlarining qopqoqlarini faqat neft mahsulotlarini toʻkish yoki qoldiqlarini oʻlchash uchun ochish mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
44. Neft mahsulotlarini saqlash uchun klapanlari nosoz boʻlgan hamda ularning lyuk qopqogʻi ostida neft mahsulotlariga chidamli rezinadan yasalgan qistirmalar mavjud boʻlmagan rezervuarlardan foydalanish taqiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
45. Neft mahsulotining qoldiqlarini oʻlchash uchun faqat maxsus oʻlchov asboblaridan foydalanish lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
46. Neft mahsulotlarini AYQSHning yer osti rezervuarlariga toʻkish ishlarini yopiq usulda (quvur yoki shlang orqali) amalga oshirish zarur. Neft mahsulotlarini toʻkish jarayonida toʻldirilayotgan rezervuarga ulangan yoqilgʻi-taqsimlovchi kolonkalardan neft mahsulotlarini tarqatish taqiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toʻkish shlanglarining uchliklari rezervuar qobigʻiga urilib ketishda uchqun chiqishiga imkon bermaydigan materialdan yasalgan va yerga ulangan boʻlishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Neft mahsulotlarini avtotsisternadan AYQSHning sigʻimiga toʻkishdan oldin ushbu sigʻimda mavjud neft mahsulotining sathi oʻlchanishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
47. AYQSHlardagi sigʻimlarga neft mahsulotini oqib tushadigan qilib quyish mumkin emas.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
48. AYQSHning maydonida quyidagilar taqiqlanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
transport vositalarining toʻplanib qolinishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
taʼmirlash ishlarini va ochiq alangadan foydalanish bilan bogʻliq boʻlgan boshqa ishlarning bajarilishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yer osti rezervuarlar ustidan transport vositalarining harakatlanishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yoqilgʻi quyish (tarqatish) bilan bogʻliq boʻlmagan boshqa ishlarni amalga oshirilishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yoqilgʻi quyuvchi xodimning xonasida yengil alangalanadigan suyuqliklar saqlanishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
neft mahsuloti toʻkilgan kiyim va poyabzaldan foydalanilishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yonuvchi yoki portlovchi moddalar bilan yuklangan hamda dvigateli ishlayotgan transport vositalariga yoqilgʻi quyilishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
49. AYQSH uskunalari statik elektr quvvati va yashinning ikkilamchi taʼsiridan himoyalangan boʻlishi lozim. Momaqaldiroq vaqtida neft mahsulotlarini sigʻimlarga toʻkish va transport vositalariga quyish taqiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
50. AYQSH xonalari yongʻinni oʻchirishning birlamchi vositalari bilan taʼminlangan boʻlishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xonalarda va AYQSH maydonida joylashgan barcha yongʻinni oʻchirishning birlamchi vositalari doimo soz holatda boʻlishi zarur.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
51. Portlash xavfi mavjud boʻlgan joylarda uchqun chiqarmaydigan asbob-uskunalardan foydalangan holda ishlarni bajarish lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
52. Yoqilgʻi quyish transport vositalarini maxsus ajratilgan joylarda saqlash kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
53. Har bir yoqilgʻi quyish transport vositasiga maxsus boʻyoq bilan “Yongʻinga xavfli!” deb yozib qoʻyilishi zarur.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
54. Neft mahsulotlarini tarqatishdan oldin yoqilgʻi quyish transport vositasining yoqilgʻi quyuvchi haydovchisi quyidagilarni amalga oshirishi zarur:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yoqilgʻi quyish transport vositasi (tirkamasi) maydonga ishonchli toʻxtab turishini taʼminlagan holda joylashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yoqilgʻi quyish transport vositasining yerga ulash moslamasini ishonchli ulab qoʻyish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yongʻinni oʻchirishning birlamchi vositalarini sozligini koʻzdan kechirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
quvurlar, shlanglar, yoqilgʻi taqsimlash agregatlarining barcha qismlari zich ulanganligini tekshirish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
55. Har bir yoqilgʻi quyish transport vositasi ikki dona oʻt oʻchirgichlar, kigiz va asbestli matolar, qumli quti va belkurak bilan taʼminlangan boʻlishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-§. Transport vositalarini saqlash joylariga qoʻyiladigan yongʻin xavfsizligi talablari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
56. Transport vositalari tashkilot rahbariyati tomonidan tasdiqlangan texnik sxemalar boʻyicha saqlash joylariga joylashtirilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
57. Transport vositalari garaj, boks va naveslar ostida joylashtirilganda transport vositasining yon qismi (kuzovi) va devor (ustun) orasidagi masofa kamida 0,8 m ga teng boʻlishi lozim. Transport vositasining orqa qismi va devor yoki toʻsiq orasidagi masofa kamida 1 m ga teng boʻlishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
58. Transport vositalari maydonlarda 20 tadan kolonna qilib joylashtirilishi va alohida transport vositalari orasidagi masofani kamida 1 m ga teng boʻlishi, kolonnalar orasidagi masofa kamida 10 m ga teng boʻlishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
59. Transport vositalarini saqlash joylaridagi darvozalar balandligi yongʻin oʻchirish avtomobillarning balandligidan kamida 20 sm ortiq boʻlishi, darvozaning kengligi esa yongʻin oʻchirish avtomobillarning enidan 1,5-2 m kengroq boʻlishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
60. Transport vositalarini saqlash va ularga xizmat koʻrsatish uchun moʻljallangan bokslar yongʻinga qarshi devorlar bilan ajratilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
61. Transport vositalarini saqlash va ularga xizmat koʻrsatish uchun moʻljallangan bokslar shatakka olish troslar va qattiq buksirlar (har 10 ta transport vositasi uchun 1 ta tros/qattiq buksir) bilan taʼminlangan boʻlishi zarur.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
62. Umumiy toʻxtab turish joylariga yengil alangalanadigan va yonuvchi suyuqliklar hamda yonuvchi gazlar tashuvchi transport vositalarini qoʻyish taqiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
63. Yengil alangalanadigan va yonuvchi suyuqliklar tashish uchun moʻljallangan transport vositalari maxsus moʻljallangan joylarda saqlanishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
64. Transport vositalarini saqlash, ularga texnik xizmat koʻrsatish va joriy taʼmirlash uchun moʻljallangan joylarda quyidagilar taqiqlanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
transport vositalarini joylashtirilishini buzish, ularning orasidagi masofani kamaytirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
transport vositalari saqlanadigan garaj, boks va naveslarning evakuatsiya yoʻllarini, shuningdek maydondagi yongʻinga qarshi asbob-anjomlarga va yongʻinga qarshi suv manbalari tizimiga olib boruvchi yoʻllarni turli materiallar bilan tirband qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
elektr va yoqilgʻi tizimi nosoz boʻlgan transport vositalarini saqlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
transport vositalariga yoqilgʻi quyish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yengil alangalanadigan va yonuvchi suyuqliklarni saqlash (transport vositalarining yoqilgʻi baklaridagi yoqilgʻi, gaz ballon ichidagi gaz bundan mustasno);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bevosita transport vositasida turgan akkumulyatorlarni zaryadlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
dvigatellarni ochiq alanga (gulxan, mashʼal, kavsharlash lampalari) bilan qizdirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ish vaqti tugagandan soʻng transport vositasida moylanib ketgan artish materiallari va maxsus kiyimlarni qoldirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
transport vositasining dvigatelini yoqib ketish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kuchlanishi 36 V dan ortiq boʻlgan koʻchma yoritqichlardan hamda shlangli uzatma yoritqichlardan foydalanish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
transport vositalarini boʻyash;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ishlatilgan neft mahsulotlarining qoldiqlarini oqova suvlarni chiqarib yuborish tarmogʻiga toʻkish.
(64-bandning oʻn uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligining 2025-yil 12-dekabrdagi 15-son, Qishloq xoʻjaligi vazirligining 2025-yil 11-dekabrdagi 42-son, Ichki ishlar vazirligining 2025-yil 9-dekabrdagi 63-son va Suv xoʻjaligi vazirligining 2025-yil 5-dekabrdagi 01/25-6-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2710-1, 17.12.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.12.2025-y., 10/25/2710-1/1194-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-bob. Muhandislik kommunikatsiyalariga qoʻyiladigan yongʻin xavfsizligi talablari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-§. Elektr qurilmalariga qoʻyiladigan yongʻin xavfsizligi talablari
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
65. Tashkilotlarda elektr qurilmalarini oʻrnatishda va ulardan foydalanishda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-noyabrdagi 712-son qarori bilan tasdiqlangan Isteʼmolchilar elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalari va Isteʼmolchilar elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalari talablariga rioya qilinishi kerak.
(65-band Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligining 2025-yil 12-dekabrdagi 15-son, Qishloq xoʻjaligi vazirligining 2025-yil 11-dekabrdagi 42-son, Ichki ishlar vazirligining 2025-yil 9-dekabrdagi 63-son va Suv xoʻjaligi vazirligining 2025-yil 5-dekabrdagi 01/25-6-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2710-1, 17.12.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.12.2025-y., 10/25/2710-1/1194-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
66. Elektr energiyasidan foydalanadigan tashkilotlarda tashkilot rahbarining buyrugʻi bilan muhandis-texnik xodimlardan elektr xavfsizligi uchun masʼul xodim tayinlangan boʻlishi va bu xodim elektr xavfsizligi boʻyicha tegishli malaka guruhiga ega boʻlishi zarur.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
67. Elektr xavfsizligi uchun masʼul xodim kuchlanishi 1000 V va undan yuqori boʻlgan elektr uskunalarga xizmat koʻrsatishi uchun elektr xavfsizligi boʻyicha V malaka guruhiga, kuchlanishi 1000 V gacha boʻlgan elektr uskunalarga xizmat koʻrsatish uchun esa IV malaka guruhiga ega boʻlishi talab etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
68. Elektr xavfsizligi uchun masʼul xodim:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
elektr qurilmalarining ishonchli, tejamli va xavfsiz ishlashini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
elektr qurilma va tarmoqlarda rejali taʼmirlash ishlari hamda profilaktik sinovlarning belgilangan muddatlarda oʻtkazilishini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qisqa tutatish, ortiqcha yuklanish hamda boshqa avariya rejimlaridan himoyalovchi apparatlarning holatini nazorat qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
himoya vositalari va yongʻinga qarshi jihozlar mavjudligi hamda ularning oʻz vaqtida sinovdan oʻtkazib turilishini taʼminlashi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
69. Elektr toki oʻtkazuvchi qismlar, taqsimlovchi qurilmalar, apparatlar va oʻlchash asboblari, shuningdek turli saqlovchi qurilmalar, rubilniklar va boshqa ishga tushiruvchi apparatlar va moslamalar faqat yonmaydigan asoslarda montaj qilinishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
70. Yuqori namlik va issiqlik ajralib chiquvchi xonalarda elektr yoritqichlar namlikdan, elektr dvigatellari esa suyuqlik sachrashidan himoyalangan boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
71. Taqsimlovchi qurilmalar izolyatsiyasining qarshiligi va chidamliligi tekshirib turilishi zarur.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
72. Transport vositalariga texnik xizmat koʻrsatish va joriy taʼmirlash uchun moʻljallangan joylarda qoʻllaniluvchi lyuminessent yoritqichlar yopiq holda, namlik va chang oʻtkazmaydigan maxsus armaturada bajarilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
73. Kabellar va elektr simlarning izolyatsiyasi, tashqi birikmalar, elektr tokidan himoyalovchi yerga ulangan simlar, elektr dvigatellarning ishlash rejimi koʻrikdan oʻtkazilishi va oʻlchash asboblari yordamida tekshirib turilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
74. Elektr apparatlari va agregatlarining nollash va yerga ulash simlarining butunligi kamida 6 oyda bir marta tekshirilishi, tekshirish natijalari dalolatnoma bilan rasmiylashtirilishi zarur.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
75. Quyidagi elektr qurilmalari nollanishi yoki yerga ulanishi lozim:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kuchlanishi 380 V va undan yuqori boʻlgan oʻzgaruvchan tok hamda 440 V va undan yuqori boʻlgan oʻzgarmas tokda ishlovchi barcha elektr qurilmalari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
nominal kuchlanishi 42 V dan yuqori, lekin 380 V dan past boʻlgan oʻzgaruvchan tok va 110 V dan yuqori, lekin 440 V dan past oʻzgarmas tokda ishlovchi yuqori xavfli tashqi qurilmalar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
76. Nominal kuchlanishi 42 V gacha boʻlgan oʻzgaruvchan tokda va 110 V gacha boʻlgan oʻzgarmas tokda ishlaydigan elektr qurilmalarini nollash yoki yerga ulash talab etilmaydi, bundan metall konstruksiyaga oʻrnatilgan nazorat kabellari, kuch kabellarining metall qobiqlari hamda portlash xavfi boʻlgan xonalardagi elektr qurilmalar, payvandlash transformatorining ikkilamchi choʻlgʻamalari mustasno.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
77. Bitta elektr shtepseliga bir nechta asbob-uskunalarni ulash taqiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
78. Changlarning statik elektr razryadlaridan alangalanib ketmasligi uchun uskunalarning gʻiloflari, asosiy vallari va havo quvurlari yerga ulangan boʻlishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-§. Isitish tizimiga qoʻyiladigan yongʻin xavfsizligi talablari
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
79. Isitish va shamollatish tizimi SHNQ 2.04.05-22 “Isitish, ventilyatsiya va konditsiyalash” shaharsozlik normalari va qoidalari” talablariga muvofiq boʻlishi lozim.
(79-band Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligining 2025-yil 12-dekabrdagi 15-son, Qishloq xoʻjaligi vazirligining 2025-yil 11-dekabrdagi 42-son, Ichki ishlar vazirligining 2025-yil 9-dekabrdagi 63-son va Suv xoʻjaligi vazirligining 2025-yil 5-dekabrdagi 01/25-6-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2710-1, 17.12.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.12.2025-y., 10/25/2710-1/1194-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
80. Isitish qurilmalarining texnik holati va ulardan xavfsiz foydalanishni taʼminlash, oʻz vaqtida va sifatli taʼmirlash, tashkilotda ulardan foydalanishda yongʻin xavfsizligi qoidalariga rioya qilish uchun masʼuliyat tashkilot rahbari tomonidan tayinlangan masʼul shaxsga yuklatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
81. Transport vositalarini saqlash, texnik xizmat koʻrsatish va joriy taʼmirlash joylarida past bosimli suvli isitish tizimi yoki havo oqib keladigan-oqimli shamollatishga qoʻshilgan havo isitkichlari koʻzda tutilgan boʻlishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
82. Isitish mavsumi boshlanishidan oldin qozonxonalar, kalorifer qurilmalari va mahalliy isitish asboblari tekshirilishi va taʼmirlanishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
83. Binolarning yonuvchi konstruksiyalaridan ajratib turuvchi yongʻinga qarshi toʻsiqlarga (oraliqlarga) ega boʻlmagan qozonxonalar, pechlar va boshqa isitish asboblaridan foydalanish taqiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
84. Havo isitkichlari va isitish asboblarini koʻzdan kechirish va tozalash uchun ularga bemalol yaqinlashish imkoniyati taʼminlangan boʻlishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
85. Qattiq yoqilgʻida ishlovchi qozonxonalarning moʻrilari ishonchli uchqun soʻndirgichlar bilan jihozlangan boʻlishi hamda har ish smenasida kul va shlakdan tozalanishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
86. Qozonxonalarda quyidagilar taqiqlanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qozonxona qurilmasiga xizmat koʻrsatish yoki uni taʼmirlash bilan bogʻliq boʻlmagan ishlarni amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
avtomatik sozlash, nazorat qilish asboblari va manometrlar nosoz boʻlganda oʻt yoqish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qozonlar va bugʻ oʻtkazgichlarda yonuvchi materiallarni quritish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yoqilgʻi uzatish tizimidan suyuq yoqilgʻi oqishiga yoki gaz sizib chiqishiga yoʻl qoʻyish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
forsunka yoki gaz gorelkalari oʻchib qolganda yoqilgʻi uzatish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
87. Qattiq yoqilgʻida ishlovchi har bir pechning oʻt yoqish teshigi oldida yogʻochli polga oʻlchamlari kamida 50 x 70 sm ga teng boʻlgan temirli tunuka qoqib qoʻyilgan boʻlishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
88. Pechlarga oʻt yoqish ish vaqti tugashiga kamida 2 soat qolganda toʻxtatilishi zarur.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
89. Chordoqlarda barcha tutun moʻrilari va tutun yoʻllari oʻtadigan barcha devorlar oqlab qoʻyilgan boʻlishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
90. Kul, shlak va koʻmir qoldiqlari maxsus ajratilgan joylarga tashlanishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
91. Yoqilgʻi oʻz-oʻzidan alanga oladigan koʻmir va torf maxsus ajratilgan joylarda saqlanishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
92. Pechli isitish tizimidan foydalanishda quyidagilar taqiqlanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
pechni oʻt oldirish uchun yengil alangalanadigan va yonuvchi suyuqliklardan foydalanish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yoqilayotgan pechlarni nazoratsiz qoldirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
pechlar ustida oʻtin, kiyim va boshqa yonuvchi buyum va materiallarni quritish va taxlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
pechlarni moʻljallanmagan yoqilgʻi turi bilan yoqish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
pechning oʻtin yoqiladigan boʻlimidan uzunroq boʻlgan oʻtinlardan foydalanish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shamollatish va gaz yoʻllarini pechlarning moʻrilari sifatida ishlatish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
93. Pechlarning oʻt yoqish va boshqa eshikchalari maxsus tamburga chiqarilishi zarur. Temirli pechlar va temirli moʻrilardan foydalanish taqiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
94. Foydalanishda boʻlgan xonalarda vaqtinchalik pechlarni tashkil qilish taqiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-§. Shamollatish tizimiga qoʻyiladigan yongʻin xavfsizligi talablari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
95. Shamollatish tizimlaridan foydalanishda ularning texnik holati, sozligi va yongʻin xavfsizligi qoidalariga rioya etilishiga tashkilot rahbari tomonidan masʼul shaxs tayinlanishi zarur.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
96. Shamollatish tizimini nazorat qiluvchi masʼul shaxs ventilyatorlar, havo oʻtkazgichlari, olovni toʻxtatuvchi moslamalar, sugʻorish kameralari, yerga ulash qurilmalarini rejali profilaktik koʻzdan kechirish ishlarini olib borishi va ulardagi yongʻin chiqishiga sabab boʻlishi mumkin boʻlgan har qanday nosozliklarni bartaraf etishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
97. Filtr, gidrofiltr, chang tortuvchi va chang ushlovchi hamda shamollatish tizimining boshqa qurilmalari nosoz boʻlganda, yongʻin va portlash xavfi bor moddalar hosil boʻluvchi joylarda texnologik uskunalarni ishlatish taqiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
98. Yongʻin va portlash xavfi bor moddalarni chiqarib yuboruvchi shamollatish tizimining mahalliy havo tortuvchi ventilyatorlari, metall parchalar kirib ketishining oldini olish maqsadida, himoyalovchi toʻrlar yoki magnitli ushlagichlar bilan jihozlanishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
99. Shamollatish qurilmalari yordamida yongʻin va portlash xavfi bor moddalarni chiqarib yuboradigan havo oʻtkazgichlar, quvurlar, filtrlar va tortib chiqarish qurilmalari yerga mustahkamlanishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
100. Havo tarkibida yongʻin va portlash xavfi bor moddalar (gaz, bugʻ, chang) mavjud boʻlishi mumkin boʻlgan joylar uchun moʻljallangan shamollatish tizimi qurilmalarining konstruksiyasi va materiallari uchqun chiqarishiga imkon bermasligi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
101. Shamollatish kameralarida turli uskunalar va materiallarni saqlash qatʼiyan man etiladi. Shamollatish kameralari doimo qulflab qoʻyilgan boʻlishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
102. Yongʻinga qarshi toʻsiqlar kesishadigan joylarda havo oʻtkazgichlarni avtomatik olovni toʻxtatuvchi qurilmalar (qopqoqlar, klapanlar) bilan jihozlash talab etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
103. Havo oʻtkazgichlarda toʻplanib qolgan yongʻin va portlash xavfi bor moddalarni yoqib yuborish taqiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
104. Shamollatish tizimida yongʻin sodir boʻlganda havo oʻz oqimi bilan keladigan va tortib chiqariladigan tizimining ventilyatorlari darhol oʻchirib qoʻyilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
105. Yongʻin va portlash xavfi mavjud boʻlgan xonalarga xizmat koʻrsatuvchi shamollatish qurilmalari yongʻin yoki avariya vaqtida qoʻllash uchun masofadan yoqish yoki oʻchirishga imkon beradigan vositalar bilan jihozlanishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
106. Boʻyash, akkumulyator va moyni regeneratsiya qilish xonalarining tortib chiqaruvchi shamollatish tizimini oʻzaro birlashtirish va boshqa xonalarning shamollatish tizimi bilan birlashtirishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
107. Shamollatish qurilmalaridan foydalanishda quyidagilar taqiqlanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shamollatish qurilmalarining holati uchun masʼul shaxsning xabari yoki ruxsatisiz shamollatish tizimining toʻgʻri ishlashiga oʻzgartirish kiritish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shamollatish yoʻllarini tutun oʻtadigan yoʻllar bilan birlashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yongʻin va portlash xavfi mavjud boʻlgan xonalarning shamollatish tizimini umumiy shamollatish tizimiga qoʻshish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shamollatish tizimining ishlash samaradorligini ochiq alanga yordamida tekshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shamollatish tizimining kameralarida turli xildagi yonuvchi materiallarni saqlash.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-§. Texnologik uskunalar va asboblarga qoʻyiladigan yongʻin xavfsizligi talablari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
108. Portlash xavfini tugʻdiradigan bugʻ, gaz va chang chiqaradigan moddalar va dastgohlarda apparatura va quvurlar germetik zich ulangan boʻlishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
109. Yongʻin chiqarishga olib kelishi mumkin boʻlgan nosoz uskunalar va qurilmalarda belgilangan harorat, bosim, gaz va bugʻlar miqdorini koʻrsatadigan va boshqa texnologik koʻrsatkichlarni aks ettiradigan nazorat-oʻlchov asboblari ishdan chiqqanda ishlab chiqarish harakatlarini bajarish taqiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
110. Ish bajarish vaqtida uskunalar yuzalarining harorati 45oC dan yuqori boʻlmasligi lozim. Xonalardagi quvurlarning qizigan ustki qismlari alangalanish, gazlar, suyuqliklar, bugʻlar va changni portlab ketish xavfini tugʻdiradigan holatlarni pasaytirish uchun ularni yonuvchi boʻlmagan materiallar bilan izolyatsiyalash talab etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
111. Gaz va bugʻlarning portlash xavfini tugʻdiradigan miqdorlarini hosil etuvchi modda va materiallar qoʻllanilganda, ishlab chiqarish va omborlardagi havo holatini nazorat qilish uchun gazni tahlil qiladigan asboblar (gazoanalizatorlar) oʻrnatilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
112. Yongʻin va portlash xavfi mavjud boʻlgan xonalarda ochiq alangadan foydalanishni taqiqlovchi belgilar oʻrnatilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-bob. Harakatlanuvchi tarkibga qoʻyiladigan yongʻin xavfsizligi talablari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-§. Umumiy talablar

113. Har bir transport vositasi majburiy ravishda soz holdagi oʻt oʻchirgich bilan taʼminlanishi zarur.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
114. Odamlarni tashish uchun moʻljallangan avtobus hamda yuk tashish transport vositalarida maxsus jihozlangan oʻt oʻchirgichlar (kukunli yoki xladonli) bilan butlangan boʻlishi zarur.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
115. Xavfli yuklar, yengil alangalanadigan va yonuvchi suyuqliklarni tashish uchun moʻljallangan maxsus jihozlangan transport vositalari uchqun soʻndirgichlar, kamida ikkita oʻt oʻchirgichlar, kigiz yoki asbestli mato, belkurak va kerakli miqdordagi qum, yerga ulovchi moslama, akkumulyator batareyasini oʻchirish vositasi bilan taʼminlangan boʻlishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
116. Pnevmatik tormoz tizimiga ega boʻlgan transport vositalarini garaj va bokslarda saqlash uchun ularning pnevmatik tormoz tizimi soz hamda oʻz vaqtida evakuatsiya qilinishi taʼminlangan boʻlishi zarur.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
117. Yongʻin yuzaga kelishining oldini olish maqsadida transport vositasida quyidagilar taqiqlanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
dvigatel va karterda moy qoldiqlari toʻplanib qolishiga yoʻl qoʻyish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kabinada va dvigatel ustida ishlatib boʻlingan yoqilgʻi mahsulotlari bilan ifloslangan, moylanib ketgan artish materiallarini qoldirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yoqilgʻi taʼminoti tizimining nosoz asboblaridan foydalanish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
dvigatelni yuvish uchun yengil alangalanadigan suyuqliklardan foydalanish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yoqilgʻi tizimi nosoz boʻlganda benzinni karbyuratorga bevosita sigʻimdan shlang orqali yoki boshqa usullar bilan uzatish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
dvigatelni ochiq alanga yordamida qizdirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mexanizmlarning nosozligini aniqlash va bartaraf etishda ochiq alangadan foydalanish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
118. Paxtani tashishda quyidagilar taqiqlanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yoʻlovchi va ishchilarni paxta ortilgan transport vositasida tashish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
haydovchi yoki boshqa shaxslarning tamaki mahsulotini isteʼmol qilishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
transport vositasining tutun chiqarish quvurlari joylashgan tarafi bilan paxta buntlariga yaqinlashish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
paxta ustiga sholcha yoki brezent yopilmagan transport vositalaridan foydalanish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-§. Gazballonli uskunalarga ega boʻlgan transport vositalariga qoʻyiladigan yongʻin xavfsizligi talablari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
119. Gazballonli transport vositalarining apparaturasi, quvurlari va vintellari zich yopilgan boʻlishi va gazning kabina yoki kuzovga kirishini istisno qilish lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
120. Gazballonli transport vositalari faqat gaz toʻldirish stansiyalarida gaz bilan toʻldirilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
121. Gazballonli transport vositalarining gaz apparaturasi, quvurlari va vintellarining germetikligi har kuni tekshirilishi zarur.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
122. Gaz apparaturasi nosoz boʻlganligi, quvurlarining ulanish joylaridan gaz sizib chiqayotganligi aniqlanganda, bunday transport vositalaridan foydalanish hamda ularni garaj va bokslarda saqlash taqiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
123. Gazballonli transport vositasi uzoq muddatga saqlashga garaj va boksga qoʻyilganda ularning gazballon vintelining yopilishini va yoqilgʻi taʼminoti tizimidagi gazni toʻliq ishlatib yuborilishini taʼminlash zarur.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
124. Transport vositasining dvigateli ishlab turgan vaqtda gazballonlarni gaz bilan toʻldirish taqiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
125. Gaz apparaturasi nosoz boʻlgan transport vositalari ochiq saqlash joylarda gazballonlarida gaz mavjud boʻlmagan holatda saqlanishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
126. Payvandlash va boʻyash, sunʼiy quritish bilan bogʻliq boʻlgan taʼmirlash ishlarini bajarishda gazballonlaridagi gaz chiqarib tashlanishini (toʻkib olinishini) hamda ularning ichi azot yoki boshqa inert gaz bilan tozalanishini yoki gazballonni yechilishini taʼminlash kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
127. Gazballonli transport vositasida yongʻin roʻy berganda quyidagi harakatlarni bajarish lozim:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
magistral va ballon vintellarini zudlik bilan yopish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
dvigatel ishlab turgan boʻlsa, tirsakli valning aylanish tezligini oshirish va gaz oʻtkazish tizimining vinteldan boshlab karbyuratorgacha boʻlgan qismida qolgan gazni tezda ishlatish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yongʻinni uglekislotali yoki kukunli oʻt oʻchirgichlar, qum yoki purkab sochiluvchi suv bilan oʻchirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
gazballonni koʻp miqdordagi sovuq suv bilan sovutish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6-bob. Transport vositalariga texnik xizmat koʻrsatish va joriy taʼmirlashda yongʻin xavfsizligi talablari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-§. Umumiy talablar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
128. Yoqilgʻi baklarini yechish va yoqilgʻi oʻtkazish quvurlarini taʼmirlash ishlarini bajarishdan oldin baklardagi yoqilgʻini butunlay chiqarib tashlash zarur.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yoqilgʻi uning alanga olishiga yoʻl qoʻyilmaydigan joylardagina boshqa idishga qoʻyilishi lozim. Toʻkilgan yoqilgʻini texnik xizmat koʻrsatish va joriy taʼmirlash joylarida saqlash taqiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
129. Transport vositasiga aylanuvchi stendda xizmat koʻrsatish yoki taʼmirlashdan oldin uning yoqilgʻi bakidan yoqilgʻining butunlay toʻkilishi va dvigatelning moy quyish ogʻzini zich yopilishi taʼminlanishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
130. Yengil alangalanadigan va yonuvchi suyuqliklarni tashuvchi sisterna oʻrnatilgan transport vositasini taʼmirlashdan oldin uni tashilayotgan yukning qoldiqlaridan butunlay tozalab tashlash va yerga ishonchli mustahkamlab qoʻyish lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
131. Yengil alangalanadigan va yonuvchi suyuqliklar tashiladigan sisterna yoki rezervuarning ichki qismi tozalanishida (taʼmirlanishida) uchqun chiqarmaydigan asboblardan foydalanish lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
132. Gazballonli uskunaning gaykalari tortilishidan oldin gaz tizimining barcha vintellari yopib qoʻyilishi kerak. Gaz uskunalariga xizmat koʻrsatish va ularni taʼmirlashda alohida ehtiyotkorlik bilan ishlash lozim. Ushbu turdagi ishlarni bajarishda zarba berib ish bajarish taqiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
133. Gazballonli transport vositasida elektr uskunalarining asboblarini tekshirishdan (sozlashdan) oldin barcha vintellarni zich yopib qoʻyish va kapot ostidagi boʻshliqni puxtalik bilan shamollatish lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
134. Gazballonli transport vositasining yoqilgʻi taʼminoti va oʻt oldirish tizimini sozlash, gaz apparaturasining germetikligini tekshirish, uni taʼmirlash faqat yaxshi shamollatiladigan joylarda bajarilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
135. Transport vositalariga texnik xizmat koʻrsatish va joriy taʼmirlashda quyidagilar taqiqlanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
dvigatel ishlab turgan vaqtda gaz apparaturasini taʼmirlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
moy yuqib ketgan shlanglardan foydalanish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shlanglarni pachoqlashtirish, burab va egib tashlash.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
136. Qizigan toblangan metall parchalari va metall kesiklarini ish joyidan chetda taxlash lozim. Ularni ish joyida uyib qoʻyishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-§. Agregat va detallarni yuvishni bajarishda yongʻin xavfsizligi talablari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
137. Detallarni yuvish uchun yonmaydigan tarkiblar, pastalar, erituvchilar va emulsiyalar qoʻllanilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
138. Yonmaydigan tarkiblar bilan ishlov berishda detallarning tozaligi taʼminlamagan holatlarda, zarur yongʻin xavfsizligi choralariga qatʼiy amal qilgan holda ushbu ishlarni bajarishda yengil alangalanadigan va yonuvchi suyuqliklardan foydalanish mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
139. Pollar, devorlar va uskunalarni yonuvchi tarkiblar va eritmalar bilan yuvish taqiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
140. Etil benzinda ishlaydigan dvigatellarning detallarini neytrallashtirish kerosin bilan yuvish orqali amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
141. Ishlatib boʻlingan yonuvchi yuvish vositalari va yengil alangalanadigan suyuqliklar sigʻimlarga quyilishi va maxsus joylarda saqlanishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-§. Akkumulyator bilan bogʻliq ishlarni bajarishda yongʻin xavfsizligi talablari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
142. Zaryadlash uchun qoʻyiladigan akkumulyator batareyalari zich yopishib turadigan prujinali qisqichlar yordamida (kislotali akkumulyator batareyalar uchun) yoki ishonchli elektr kontaktga ega boʻlgan va uchqun hosil boʻlishiga yoʻl qoʻymaydigan yapaloq uchliklar bilan (ishqorli akkumulyator batareyalari uchun) oʻzaro ulanishi lozim. Akkumulyator batareyalarining qisqichlarini burab qoʻyiladigan sim bilan ulash taqiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
143. Zaryadlash jarayonini nazorat qilish maxsus asboblar yordamida amalga oshirilishi lozim. Akkumulyator batareyasini qisqa tutashish yoʻli bilan tekshirish taqiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
144. Akkumulyator batareyalarini koʻzdan kechirish uchun portlashdan xavfsiz shaklda yasalgan va kuchlanishi 42 V dan yuqori boʻlmagan koʻchma lampalardan foydalanish zarur.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
145. Akkumulyatorlar bilan ishlar amalga oshirilganda quyidagilar taqiqlanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
akkumulyatorlarni zaryadlash xonasiga ochiq alanga bilan kirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
akkumulyatorlarni zaryadlash xonasida elektr isitish asboblaridan foydalanish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kislotali va ishqorli akkumulyator batareyalarini bir xonada birga saqlash va zaryadlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
akkumulyatorlarni zaryadlash xonasiga begona shaxslarni kiritish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-§. Shinalarni taʼmirlash ishlarini bajarishda yongʻin xavfsizligi talablari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
146. Avtopokrishkalarni taʼmirlash maxsus ajratilgan, maxsus dastgohlar va mahalliy havo tortish qurilmalari bilan jihozlangan joylarda amalga oshirilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
147. Rezina yelimini tayyorlash va yelimlanayotgan yuzalarga surtish ishlari yonmaydigan konstruksiyalariga ega alohida joylarda bajarilishi zarur.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
148. Yelimni aralashtirish ishlarini faqat yelim aralashtirgichlar ishlayotgan vaqtda ularning ichiga havo oʻtishiga yoʻl qoʻymaydigan zich yopilgan holatda amalga oshirilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
149. Erituvchi suyuqlik va yelim uskunaning ulangan va zichlashtirilgan joylaridan sirqib chiqishi bilan bogʻliq nosozliklar bartaraf etilmagunga qadar uskunadan foydalanish taqiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
150. Rezina yelimini surtish uchun stollar va boshqa qurilmalar mahalliy havo tortish qurilmalari bilan jihozlanishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
151. Benzin va rezina yelimi zich yopiladigan idishlarda omborda saqlanishi lozim. Ishlab chiqarish xonalarida benzin va yelim bir smena ehtiyojlaridan ortiqcha boʻlmagan miqdorda va yopiq idishlarda saqlanishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
152. Benzindan boʻshagan idishni benzin bugʻlari butunlay yoʻq boʻlgunga qadar yuvish va bugʻlatish lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
153. Benzin, yelim va boshqa yengil alangalanadigan va yonuvchi suyuqliklarni isitish va vulkanizatsiya uskunalariga yaqin saqlash taqiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-§. Boʻyash ishlarini bajarishda yongʻin xavfsizligi talablari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
154. Boʻyash xonalari portlashdan himoyalangan va majburiy shamollatish tizimi bilan jihozlangan boʻlishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
155. Ish jarayonida zararli bugʻ va gazlar chiqadigan ish joylari mahalliy havo tortish qurilmalari bilan jihozlangan boʻlishi zarur.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
156. Boʻyoq tayyorlash boʻlimi tashqi devori yonmaydigan toʻsuvchi konstruksiyalardan ishlangan, toʻgʻridan-toʻgʻri tashqariga chiqish joyi bilan taʼminlangan maxsus ajratilgan xonada joylashgan boʻlishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
157. Boʻyash xonalaridagi elektr uskunalari va yoritqichlar portlashdan himoyalangan shaklda bajarilgan boʻlishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Elektr yoqiladigan qurilmalari boʻyash va quritish kameralarining tashqarisida oʻrnatilishi zarur.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
158. Boʻyoqlar, emallar, loklar, gruntlar, shpatlyovkalar, qotiruvchilar, suyultiruvchi va erituvchilar saqlanadigan joylarda har bir idishda ularning aniq nomi yozilgan birkasi yoki yorligʻi boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
159. Lok-boʻyoq materiallari, kukunli polimer boʻyoqlar, suyultiruvchilar, erituvchilar, qotiruvchilar, yuvish, moysizlantirish va yaltiratish tarkiblarini tayyorlash uchun yarim tayyor mahsulotlarni alohida binolarda yoki majburiy shamollatish tizimi bilan jihozlangan yerosti omborlarda saqlash lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Lok-boʻyoq materiallarini saqlash omborlari stellajlar (yopiq metall javonlar) bilan jihozlangan boʻlishi zarur.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bir-biriga taʼsir koʻrsatuvchi moddalar alohida saqlanishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Boʻsh idishlarni saqlash uchun boʻyash xonasining tashqarisida maxsus ajratilgan joy boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
160. Lok-boʻyoq materiallar uchun suyultiruvchi va erituvchilar sifatida benzol, metanol va pirobenzoldan foydalanish taqiqlanadi. Mumkin boʻlgan barcha holatlarda lok-boʻyoq materiallarda toluol va ksilolni ishlatishni cheklab qoʻyish (15 foizdan ortmagan holda) lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
161. Yengil alangalanadigan va yonuvchi suyuqliklar yordamida bajariladigan ishlarni amalga oshirish uchun uchqun chiqarmaydigan materiallardan (aluminiy, mis, plastmassa, bronza) yasalgan asboblarni ishlatish lozim. Yengil alangalanadigan va yonuvchi suyuqliklar yordamida ishlar bajarilganidan soʻng ushbu asboblar ochiq maydonda yoki shamollatish tizimiga ega boʻlgan xonalarda yuvib tashlanishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
162. Har bir elektr boʻyash kamerasini avtomatik yongʻin oʻchirish qurilmasi bilan jihozlash lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
163. Quritish kameralarining tashqi devorlarining harorati 45oC dan yuqori boʻlmasligini taʼminlaydigan ishonchli issiqlik izolyatsiyasi, harorat oʻlchaydigan elektr datchiklar bilan jihozlangan boʻlishi zarur.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
164. Lok-boʻyoq materiallaridan boʻshagan idishlarni yumshoq qirgʻichlar va choʻtkalar (misdan yoki aluminiydan yasalgan) yordamida tozalash lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
165. Polga toʻkilgan boʻyoqlar va erituvchilarni quruq qum yoki qirindi yordamida zudlik bilan yigʻish va boʻyash xonasidan chiqarib tashlash kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
166. Ishlatib boʻlingan artish materiallarini qopqoqli temir qutilarga solish hamda ish vaqti tugaganidan soʻng binoning tashqarisidagi maxsus ajratilgan joylarga olib chiqilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
167. Boʻyash ishlarini bajarishda quyidagilar taqiqlanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
boʻyoq tayyorlash va boʻyash xonalarida ochiq olovdan foydalanish va uchqun chiqarish bilan bogʻliq boʻlgan (payvandlash ishlari, charhlovchi dastgohlarda ish bajarish) ishlarni amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kameralarni tozalash uchun qora metallardan yasalgan va ishqalanishda uchqun chiqaradigan abraziv asboblardan foydalanish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
boʻyash uchastkalarida hamda boʻyoqlar va erituvchilar saqlanadigan joylarda olov yoqish, kavsharlaydigan lampalar va elektr kavsharlash asboblaridan foydalanish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
portlashning oldini olish maqsadida bochkalar, bidonlar, sigʻimlar va ichida lok-boʻyoq materiallari mavjud boʻlgan (yoki avval solingan) idishlarning ichini gugurt yoki boshqa alanga manbalari bilan yoritish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yengil alangalanadigan suyuqliklarni ochiq idishlarda saqlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ishchi xonalarda boʻyoqlar va erituvchilardan boʻshagan idishlarni saqlash, ishdan tashqari vaqtda yigʻishtirilmagan ifloslangan va moylanib ketgan artish materiallarini qoldirish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6-§. Dastgohlarda ishlarni bajarishda yongʻin xavfsizligi talablari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
168. Elektr uzatmaga ega boʻlgan dastgohlar va mexanizatsiyalashtirilgan qurilmalar nollanilgan va yerga ulangan boʻlishi zarur.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
169. Elektr dvigatellarning tegib ketish imkoni mavjud boʻlgan barcha tok oʻtkazuvchi qismlarini toʻsib qoʻyish lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
170. Elektr dvigatellar uchun yurgizish qurilmalarining tok oʻtkazuvchi qismlari (rubilniklar, qutisimon oʻchirgichlar, reostatlar) saqlovchi gʻiloflar bilan yopilgan boʻlishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Rubilniklar va qutisimon oʻchirgichlar bir onda taʼsir qiluvchi xususiyatga ega boʻlishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
171. Elektr dvigatellar va yurgizish qurilmalarining qobiqlari hamda ularning atrofida mavjud boʻlgan va kuchlanish ostida boʻlishi mumkin boʻlgan barcha metall qismlar yerga ulangan boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7-§. Transport vositalarini qizdirish uchun infraqizil nurli gaz gorelkalaridan foydalanishda yongʻin xavfsizligi talablari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
172. Ochiq toʻxtab turish joylarida turgan transport vositalarini qizdirish uchun faqat zavodda ishlab chiqarilgan, ushbu zavodning pasportiga va gaz gorelkasi oʻchib qolganda gaz uzatishni toʻxtatib qoʻyadigan avtoblokirovkaga ega boʻlgan hamda shamolga chidamli infraqizil nurli gaz gorelkalaridan foydalanish mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
173. Tashkilot infraqizil nurli gaz gorelkalaridan foydalanish boʻyicha masʼul shaxs tayinlanishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
174. Infraqizil nurli gaz gorelkadan foydalanuvchi navbatchi xodim ushbu gorelkaning sozligini hamda qurilmaning quvurlaridan gaz sizib chiqmayotganligini nazorat qilib turishi va uni oʻz vaqtida yoqishi va oʻchirishi zarur.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
175. Gaz yordamida qizdiriladigan transport vositalarini toʻxtab turish joylarida transport vositalarini taʼmirlash va yoqilgʻi quyish boʻyicha ishlarni bajarish hamda yengil alangalanadigan suyuqliklarni saqlash taqiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
176. Quvurlardan gaz sizib chiqishi aniqlanganda zudlik bilan gaz gorelkani oʻchirish va bu haqda gaz taʼminoti xizmatiga xabar berishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
177. Infraqizil nurli gaz gorelkalaridan foydalanishda quyidagilar taqiqlanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yoqilgʻi va moy mahsulotlari sirqib chiqayotgan transport vositalarini qizdirishga qoʻyish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
nosoz gaz gorelkalarini yoqish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7-bob. Payvandlash va boshqa olovli ishlarni amalga oshirishda yongʻin xavfsizligi talablari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-§. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
178. Payvandlash va boshqa olovli ishlarni amalga oshirish va yongʻin xavfsizligi choralarini taʼminlash uchun masʼuliyat tashkilot rahbari tomonidan tayinlangan masʼul shaxsga yuklatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
179. Payvandlash va boshqa olovli ishlar quyidagi joylarda amalga oshirilishi mumkin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
maxsus jihozlangan xonalar yoki ochiq maydonlarda tashkil qilinadigan doimiy joylarda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
uskunalarni taʼmirlash yoki qurilish konstruksiyalarini montaj qilish maqsadida bevosita qurilayotgan yoki foydalanishda boʻlgan bino va inshootlarda, ularning maydonida amalga oshiriladigan vaqtinchalik joylarda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
180. Olovli ishlarni bajarish joyini yongʻinni oʻchirishning birlamchi vositalari bilan taʼminlash lozim. Payvandlash ishlarini bajarish joyiga bevosita yaqin joylashgan ichki yongʻin oʻchirish joʻmraklariga yongʻin oʻchirish yeng va dastaklari ulangan boʻlishi zarur.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
181. Olovli ishlarni bajargan shaxs, olovli ishlar bajarilgan joyni koʻzdan kechirishi, yonadigan konstruksiyalar ustiga suv quyishi va yongʻin kelib chiqishiga olib kelishi mumkin boʻlgan omillarning oldini olishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
182. Yongʻin xavfsizligi boʻyicha masʼul shaxs olovli ishlar bajarilgan joyni ishlar tugagandan soʻng 3 — 5 soat davomida tekshirib turilishini taʼminlashi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
183. Olovli ishlar olib borilayotgan bino va inshootlar yoki boshqa joylarda bevosita ularning yonida yoki pastki qavatlarda yonadigan konstruksiyalar mavjud boʻlsa, ularni yonib ketishdan saqlash uchun temirli toʻsiqlar bilan ishonchli himoyalash yoki ustiga suv quyish lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
184. Yongʻin va portlash xavfi mavjud boʻlgan joylarda payvandlash va boshqa olovli ishlarni bajarish faqat yonuvchi va portlash xavfi bor moddalar puxta yigʻishtirilgan, apparatura va xonalar tozalangan, portlash xavfini tugʻdiruvchi chang va moddalar, yengil alangalanadigan va yonuvchi suyuqliklar va ularning bugʻlari butunlay yoʻq qilingandan soʻng bajarilishi lozim. Xonani uzluksiz shamollatib turish va havo muhitining holati ustidan qatʼiy nazorat oʻrnatish lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
185. Olovli ishlarni olib borish vaqtinchalik joylari va payvandlash agregatlari, gaz solingan ballonlar va yonuvchi suyuqliklar solingan baklarni oʻrnatish joylari kamida 5 m radiusda yonuvchi materiallardan tozalangan boʻlishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
186. Payvandlash, benzin va gaz yordamida kesish va kavsharlash ishlarini bajarishda quyidagilar taqiqlanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
nosoz boʻlgan apparaturada ishga kirishish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yangi boʻyalgan konstruksiyalar va buyumlar butunlay qurib ulgurmasidan avval ularni payvandlash, kesish yoki kavsharlash ishlarini bajarish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
olovli ishlarni bajarishda yogʻ-moy, benzin, kerosin va boshqa yonuvchi suyuqliklarning izlari qolgan kiyim va qoʻlqoplardan foydalanish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
payvandlash joylarida kiyim, yengil alangalanadigan va yonuvchi suyuqliklarni, tez yonuvchi materiallarni saqlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
siqilgan, suyultirilgan va eritilgan gazlar solingan ballonlarga elektr simlarining tegib ketishiga yoʻl qoʻyish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yonuvchi va zaharli moddalar bilan toʻldirilgan, bosim ostida boʻlgan yonmaydigan suyuqliklar, gazlar, bugʻ, havo yoki elektr kuchlanishda turgan apparat va kommunikatsiyalarni payvandlash, kesish, kavsharlash yoki ochiq alanga bilan qizdirish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-§. Gazpayvandlash ishlarini bajarishda yongʻin xavfsizligi talablari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
187. Gazpayvandlash ishlarini olib borish uchun koʻchma atsetilen generatorlarni ochiq maydonlarda oʻrnatish lozim. Ularni faqat havo almashish imkoniga ega joylarda vaqtinchalik ishlatish mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
188. Atsetilen generatorlarini payvandlash ishlari olib boriladigan joydan, ochiq alanga va qizib ketgan narsalardan, kompressor va ventilyatorlar havo tortadigan joylardan kamida 10 m boʻlgan masofada toʻsib qoʻyilgan holda joylashtirish lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
189. Ishlar tugagandan soʻng koʻchma generatordagi kalsiy karbidi oxirigacha ishlatilishi lozim. Generatorlardan chiqarib tashlanadigan ohakli loy buning uchun moslashtirilgan idishga toʻkilishi va maxsus bunkerga yoki loyli chuqurga tashlanishi talab etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
190. Ochiq loyli chuqurlar panjaralar bilan toʻsib qoʻyilishi, yopiqlari esa — yonmaydigan tom bostirmasiga ega boʻlishi hamda oqimli shamollatish va loyni chiqarib tashlash uchun tegishli tuynuklar bilan jihozlanishi zarur.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ohakli loy saqlanadigan joylardan kamida 10 m radiusdagi masofada ochiq alanga manbalaridan foydalanish taqiqlanadi va bu haqda tegishli ogohlantiruvchi belgilar ilib qoʻyilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
191. Gaz oʻtkazuvchi shlanglar apparatura, gorelkalar, rezaklar, reduktorlarning ulanish nippellariga ishonchli mahkamlangan boʻlishi lozim. Buning uchun xomutlar qoʻllanilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xomutlar oʻrniga shlanglarni mahkamlash uchun nippel uzunligi boʻyicha ikki joyda yumshoq qizdirilgan (toʻqish uchun qoʻllaniladigan) simdan foydalanish mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suv zatvorlarining nippellariga shlanglar zich kiydirilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
192. Gaz solingan ballonlar faqat saqlovchi qalpoqlar burab qoʻyilgan holatdagina saqlanadi va tashiladi. Gazballonlar tashilayotganda ularni turtib yoki urib yuborishga yoʻl qoʻyilmasligi zarur.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Payvandlash ishlari olib boriladigan joyga gazballonlar maxsus aravachalarda, zambil yoki chanalarda olib kelinadi. Gazballonlarni yelkada yoki qoʻlda tashish taqiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
193. Gaz solingan ballonlarni saqlash, tashish va ulardan foydalanishda ular quyosh nurlari va boshqa issiqlik manbalari taʼsiridan himoyalangan boʻlishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xonalarda oʻrnatiladigan gazballonlar isitish radiatorlari va boshqa isitish asbob-uskunadan kamida 1 m masofada, ochiq olovli issiqlik manbalaridan esa — kamida 5 m masofada boʻlishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Gazpayvandlash ishlarini bajarishda uzunligi 40 m gacha boʻlgan shlanglardan foydalanish mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bir xonada kislorod solingan ballonlarni va gaz solingan ballonlarni hamda kalsiy karbidini, boʻyoqlar, moylar va yogʻlarni saqlash taqiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
194. Payvandlash ustaxonasida 10 tadan kam payvandlash postlari boʻlganda, har bir post uchun bittadan kislorod yoki gaz solingan zaxira ballonlarni saqlanishi mumkin. Zaxira ballonlar maxsus poʻlat shchitlar bilan toʻsib qoʻyilishi yoki payvandlash ustaxonaga qoʻshimcha qurilgan maxsus yordamchi joylarda saqlanishi lozim. Payvandlash ustaxonasida 10 tadan ortiq payvandlash postlari boʻlganda, markazlashtirilgan gaz taʼminoti boʻlishi zarur.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
195. Kislorod va yonuvchi gazlar bilan toʻldirilgan hamda ulardan boʻshagan ballonlarga bir xil xavfsizlik choralari koʻrilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
196. Kalsiy karbidi solingan barabanlarni saqlash va ochish joylarida, ochiq alangadan foydalanish va zarbada uchqun hosil qilishi mumkin boʻlgan asboblardan foydalanish taqiqlanadi. Kalsiy karbidi solingan barabanlarni jezli zubilo va bolgʻa yordamida ochish lozim. Kavsharlangan barabanlar maxsus pichoq bilan ochiladi. Baraban qopqogʻidagi kesib ochiladigan joyga dastlab solidolning qalin qatlami surtiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
197. Ochilgan kalsiy karbidli barabanlarni suv oʻtkazmaydigan va barabanni zich qoplab oladigan, chetlari bukilgan qopqoqlar bilan himoyasi taʼminlanishi hamda qopqoq bortining balandligi kamida 50 mm ga teng boʻlishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
198. Atsetilen qurilmalari joylashgan xonalarda kalsiy karbidining 200 kg dan ortiq boʻlmagan miqdori saqlanishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kalsiy karbidi quruq va havo almashish imkoniga ega xonalarda saqlanishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mexanizatsiyalangan omborlarda kalsiy karbidi solingan barabanlarni tik holatda uch qavat qilib, mexanizatsiyalanmagan omborlarda esa — gorizontal holatda koʻpi bilan uch qavat qilib, tik holatda — koʻpi bilan ikki qavat qilib saqlash mumkin. Barabanlarning qavatlari orasida qalinligi 40-50 mm ga teng taxtalar yotqizilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kalsiy karbidi barabanlari taxlangan shtabellar orasidagi oʻtish joylarining kengligi kamida 1,5 m ga teng boʻlishi zarur.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
199. Kalsiy karbidini saqlash omborlarini yertoʻla xonalarda va suv bosadigan sathi past joylarda joylashtirish taqiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
200. Gazpayvandlash va gaz bilan kesish ishlarini bajarishda quyidagilar taqiqlanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
muzlab qolgan atsetilen generatorlari, quvurlar, vintellar, reduktorlar va payvandlash qurilmalarining boshqa detallarini ochiq alanga yoki qizdirilgan predmetlar yordamida isitish hamda urganda uchqun hosil boʻlishi mumkin boʻlgan asboblardan foydalanish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kislorod ballonlarni, reduktorlar va boshqa uskunalarni turli moy va moylanib ketgan kiyimlar va artish materiallariga tegib ketishiga yoʻl qoʻyish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kislorod va yonuvchi gaz solingan ballonlar, atsetilen generatorlari va ohakloy chuqurlaridan 10 m dan kam boʻlgan masofada ochiq alangadan foydalanish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bir suv zatvoridan ikki payvandchi tomonidan foydalanish, granulyatsiyasi belgilangandan yirikroq boʻlgan kalsiy karbidini ortish yoki uni apparatning voronkasiga temirli xipchin yoki sim bilan itarib solish, karbid kukunidan foydalanish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kalsiy karbidini hoʻl ortish korzinalariga solish yoki, gaz toʻplagichda suv mavjud boʻlganda generatorlar “suv-karbid ustidan” rejimida ishlashda korzina hajmining yarmidan ortigʻini karbid bilan toʻldirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yonuvchi gazlar uchun moʻljallangan shlangni kislorod oqimi bilan tozalash, kislorod uchun moʻljallangan shlangni yonuvchi gaz oqimi bilan tozalash hamda ushbu shlanglarni almashtirib ishlatish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
gaz yetkazib beruvchi shlanglarni burab tashlash, buklash yoki siqib qoʻyish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
gaz toʻplagichda atsetilen mavjud boʻlganda generatorni koʻchirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
generatordagi gaz bosimini ataylab yoki bir harakatda solinadigan kalsiy karbidining miqdorini oshirish yoʻli bilan atsetilen generatorining ishini jadallashtirish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
201. Kalsiy karbidi solingan barabanlarni ochish uchun misdan yasalgan asboblardan foydalanish hamda atsetilen apparaturasi bilan payvandlash va atsetilen bilan tutashib ketish ehtimoli boʻlgan boshqa joylarda misdan kavsharlash uchun foydalanish taqiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-§. Elektrpayvandlash ishlarini bajarishda yongʻin xavfsizligi talablari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
202. Binolarda elektrpayvandlash ishlari faqat havo almashish imkoniga ega boʻlgan xonalarda bajarilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
203. Yongʻin xavfi ehtimoli bor xonalarda payvandlash ishlarini bajarish joyi yonmaydigan toʻsiq bilan himoyalangan boʻlishi va toʻsiqning balandligi kamida 2,5 m, toʻsiq va pol orasidagi masofa esa — koʻpi bilan 5 sm ga teng boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
204. Elektrpayvandlash ishlari bajariladigan xonalardagi pollar yonmaydigan materiallardan yasalgan boʻlishi zarur.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
205. Qoʻlda payvandlash qurilmasi rubilnik yoki kontaktor (payvandlash toki manbasini taqsimlovchi sex tarmogʻiga ulanish uchun), saqlagich (birlamchi zanjirda) va payvandlash tokining miqdorini koʻrsatuvchi asboblar (tok regulatoridagi ampermetr yoki shkala) bilan taʼminlangan boʻlishi zarur.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
206. Bir postli payvandlash dvigatel-generatorlari va transformatorlarini faqat taʼminlovchi tarmoq tomonidan saqlagichlar bilan himoyalanishi kerak. Payvandlash toki zanjirida saqlagichlarni oʻrnatish talab etilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
207. Elektrpayvandlash ishlarini bajarish uchun mexanik jihatdan mustahkam himoyalangan shlangli kabellar qoʻllanilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
208. Payvandlash toki manbasini taqsimlovchi sex tarmogʻiga ulash uchun barcha turdagi shnurlardan foydalanishga yoʻl qoʻyilmaydi. Taʼminlovchi simlar sifatida, istisno tartibida, ularning izolyatsiyasi kuchaytirilgan va mexanik jihatdan mustahkam himoyalangan simlar qoʻllanilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
209. Elektrodgacha tokni yetkazib berish uchun himoyalovchi shlang ichiga joylashtirilgan va oʻrta ish sharoitlariga moʻljallangan izolyatsiyalangan egiluvchan simlar qoʻllanilishi lozim. Yaxshi egilmaydigan simlar qoʻllanilgan holda ularni egiluvchan shlangli simdan yoki uzunligi kamida 3 m ga teng boʻlgan kabeldan yasalgan ulagichlar orqali elektrod ushlagichga ulash lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
210. Elektr simlari va payvandlash uskunalari birdan alangalanib ketishini oldini olish uchun simlar kesimini tok miqdori boʻyicha, simlar izolyatsiyasini ishchi kuchlanish miqdori boʻyicha va elektr saqlagichlarning eruvchan kiritmalarini tavsiya etilgan eng yuqori nominal tok boʻyicha toʻgʻri tanlash lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
211. Izolyatsiyasiz yoki izolyatsiyasi shikastlangan simlardan, qoʻlbola elektr saqlagichlar va talab etiladigan miqdordagi payvandlash toki oʻtishini taʼminlab bermaydigan simlardan foydalanish taqiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
212. Payvandlash simlarini presslash, payvandlash, qalaylash yoʻli bilan yoki maxsus qisqichlar yordamida bir-biriga ulash lozim. Elektr simlari elektrod ushlagichga, payvandlanayotgan buyumga va payvandlash apparatiga shaybalarni qoʻyib boltlar bilan mahkamlangan misdan yasalgan kabel uchliklari yordamida ulanishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
213. Payvandlash apparatlari, taqsimlovchi shchitlar va boshqa uskunalarga hamda payvandlash ishlari olib borilayotgan joyga ulangan simlar ishonchli izolyatsiyalangan va kerakli joylarda yuqori harorat taʼsiridan, mexanik shikastlanishlardan va kimyoviy taʼsirlardan himoyalangan boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
214. Elektrpayvandlash kabellari (elektr simlari) kislorod oʻtuvchi quvurlardan kamida 0,5 m masofada, atsetilen va boshqa yonuvchi gazlar quvurlaridan esa kamida 1 m masofada oʻtgan boʻlishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
215. Qaytish simi sifatida ishlatiladigan alohida elementlarning oʻzaro ulanishlari juda puxta (boltlar, strubsinalar yoki qisqichlar yordamida) bajarilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
216. Qaytish simi sifatida ichki temir yoʻllari, nollash yoki yerga ulash qurilmalari hamda binolarning metall konstruksiyalari, kommunikatsiyalari va texnologik uskunalardan foydalanish taqiqlanadi. Payvandlash jarayoni ikki simdan foydalangan holda amalga oshirilishi zarur.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
217. Yongʻin xavfi mavjud boʻlgan bino va inshootlarda elektrpayvandlash ishlari olib borilayotganda payvandlanayotgan buyumdan tok manbasigacha oʻtkazilgan qaytish simi izolyatsiyalangan boʻlishi hamda uning izolyatsiyasining sifati elektrod ushlagichga ulangan toʻgʻri sim izolyatsiyasining sifatidan past boʻlishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
218. Qoʻlda payvandlash uchun moʻljallangan elektrod ushlagichlar payvandlashda vaqtinchalik uzilishlar yuzaga kelganda yoki ustiga temirli predmetlar tushib ketganda uning qobigʻi payvandlanayotgan detal bilan qisqa tutashib ketishiga yoʻl qoʻymaydigan konstruksiyaga ega boʻlishi lozim. Elektrod ushlagichning dastasi yonmaydigan dielektrik yoki issiqlik oʻtkazmaydigan materialdan yasalgan boʻlishi zarur.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
219. Payvandlash uchun qoʻllaniladigan elektrodlar payvandlash tokining nominal (belgilangan) miqdoriga muvofiq boʻlishi lozim. Payvandlash jarayonida elektrodlar almashtirilganda ularning qoldiqlari payvandlash ishlari bajariladigan joyda oʻrnatiladigan maxsus metall qutisiga tashlanishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
220. Ochiq havoda oʻrnatiladigan payvandlash generatorlari va transformatorlari hamda ularning barcha yordamchi asbob-uskunalari yopiq yoki himoyalangan shaklda ishlangan, zaxni oʻtkazmaydigan izolyatsiyaga ega boʻlishi hamda yonmaydigan materiallardan qurilgan naves ostida oʻrnatilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
221. Payvandlash agregati alohida qismlarining (transformatorlar, podshipniklar, choʻtkalar, ikkilamchi zanjir kontaktlari va sh.k.) qizish harorati 75oC dan yuqori boʻlmasligi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
222. Payvandlash qurilmasi va yurgizish apparaturasini koʻzdan kechirish va tozalash ishlari kamida bir oyda bir marta oʻtkazilishi zarur.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
223. Atom-vodorodli payvandlash uchun moʻljallangan gorelkada yoy taʼminoti alohida transformatordan olinishi lozim. Yoyni har qanday turdagi tok regulatori orqali bevosita taqsimlovchi tarmoqdan taʼminlashga yoʻl qoʻyilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
224. Atom-vodorodli payvandlashda zanjir uzilgan holatda gorelkada kuchlanishni avtomatik oʻchirish va vodorod uzatishni toʻxtatish qurilmasi koʻzda tutilgan boʻlishi lozim. Yoy yonib turgan vaqtda gorelkani qarovsiz qoldirish taqiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
225. Nuqtali, chokli va relyefli payvandlash hamda tutashgan joylarni payvandlash mashinalaridan yonuvchi material va konstruksiyalargacha boʻlgan masofa kesimi 50 mm2 gacha boʻlgan detallarni payvandlashda kamida 4 m, kesimi 50 mm2 dan ortiq boʻlganda — kamida 6 m boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-§. Yonuvchi suyuqliklardan foydalanib kesish ishlarini bajarishda yongʻin xavfsizligi talablari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
226. Benzin va kerosin yordamida kesish ishlari uchun ish joyi elektrpayvandlash ishlarida boʻlgani kabi tashkil etiladi. Bunda yengil alangalanadigan va yonuvchi suyuqlikni toʻkib yuborish mumkin emasligiga va ular toʻgʻri saqlanishiga, kesish va yonuvchi suyuqlik solingan kichik bakdan foydalanilishiga alohida eʼtibor qaratilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
227. Benzin yordamida kesish ishlari bajarilayotgan joyda faqat bir smena ehtiyojlariga yetadigan miqdordagi yoqilgʻi saqlanishi mumkin. Yoqilgʻi olovli ishlar olib borilayotgan joydan kamida 10 m masofada soz holatdagi, sinmaydigan, zich yopiladigan maxsus idishda saqlanishi zarur.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
228. Benzin va kerosin yordamida kesish ishlari uchun tarkibida begona aralashmalar va suv mavjud boʻlmagan yonuvchi suyuqlikdan foydalanish lozim. Yoqilgʻi bilan bak hajmining ¾ qismidan ortiq toʻldirishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
229. Yoqilgʻi solinadigan bak soz va germetik zich yopiladigan boʻlishi lozim. Bakda manometr hamda bakdagi bosim 5 atmosferadan ortiq koʻtarilib ketishiga yoʻl qoʻymaydigan saqlovchi klapan boʻlishi lozim. Suv yordamida 10 atmosfera bosimida sinalmagan, yonuvchi suyuqliklar sirqib chiqayotgan yoki nasosi nosoz boʻlgan baklardan foydalanish taqiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
230. Benzin va kerosin yordamida kesish ishlarini boshlashdan oldin uskunaning barcha qismlari sozligi, shlanglarning nippellarga ulanish zichligi, ustidan buraladigan gaykasi va qalpoqchalari soz ishlashini puxta tekshirish lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
231. Ish joyida quyilgan yonuvchi suyuqlikni oʻt oldirib, rezakning toʻgʻrilovchi qismini qizdirish taqiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
232. Yoqilgʻi solingan bak, kislorod solingan ballonlardan va ochiq alanga manbalaridan kamida 5 m masofada va kesuvchining ish joyidan esa — kamida 3 m masofada oʻrnatilgan boʻlishi lozim. Bunda bakni ish jarayonida olov va uchqun tegmaydigan holatda joylashtirish lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
233. Benzin va kerosin yordamida kesish ishlarini olib borishda quyidagilar taqiqlanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yonuvchi suyuqlik solingan bakdagi havo bosimi rezakdagi kislorodning ishchi bosimidan yuqori boʻlgan holatda kesish ishlarini bajarish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
rezakning bugʻlatkichini toʻq qizil ranggacha qizdirib yuborish hamda ish bajarish vaqtida rezakni tik holatda, golovkasi bilan tepa tomon ilib qoʻyish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
rezakka kislorod va yonuvchi suyuqlikni uzatuvchi shlanglarni siqib qoʻyish, burab yuborish yoki buklab qoʻyish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
rezakka benzin yoki kerosin uzatish uchun kislorod shlangidan foydalanish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-§. Yonuvchi suyuqliklardan foydalanib kavsharlash ishlarini amalga oshirishda yongʻin xavfsizligi talablari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
234. Kavsharlash ishlarini olib borishda ish joyi yonuvchi materiallardan tozalangan, ish joyidan 5 m dan kam masofada joylashgan yonuvchi konstruksiyalar alangalanishdan temirli toʻsiqlar bilan ishonchli himoyalangan yoki ustiga suv sepilgan boʻlishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
235. Kavsharlash lampalarini soz holatda saqlash, bir oyda bir marta mustahkamligini va germetikligini tekshirish lozim. Bundan tashqari, kamida bir yilda bir marta gidravlik bosim ostida sinash kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
236. Har bir lampa zavodda oʻtkazilgan gidravlik sinov natijalari va ruxsat etilgan ishchi bosim aks ettirilgan pasportga ega boʻlishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
237. Kavsharlash lampalariga yonuvchi suyuqlik quyish va uni oʻt oldirish maxsus ajratilgan joylarda amalga oshirilishi zarur.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
238. Kavsharlash lampasidan olov otilib chiqishining oldini olish uchun unga quyiladigan yonuvchi suyuqlik begona aralashmalar va suvdan tozalangan boʻlishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
239. Kavsharlash lampasi portlab ketishining oldini olish uchun quyidagilar taqiqlanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kerosinda ishlaydigan lampalar uchun yoqilgʻi sifatida benzin yoki benzin bilan kerosin aralashmasidan foydalanish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
lampa rezervuaridagi bosimni pasportida nazarda tutilgan bosimdan havo bilan koʻpaytirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
lampaga uning hajmining ¾ qismidan ortiq miqdorda kerosin quyish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
nasos yordamida dam urilayotgan lampaning suyuqligi bilan gorelkani qizdirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yonib turgan yoki hali sovushga ulgurmagan lampaning havo vintini va yoqilgʻi quyish qopqogʻini burab chiqarish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ochiq alangaga yaqin joyda lampani qismlarga ajratish, taʼmirlash hamda uning ichidan suyuqlikni toʻkish yoki ichiga quyish.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
240. Konstruksiyasi yoki bezaklari yonadigan binolardagi muzlab qolgan vodoprovod, oqova suvlarni chiqarib yuborish tarmogʻi va bugʻ quvurlarini qizdirish uchun kavsharlash lampalaridan foydalanish taqiqlanadi.
(240-band Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligining 2025-yil 12-dekabrdagi 15-son, Qishloq xoʻjaligi vazirligining 2025-yil 11-dekabrdagi 42-son, Ichki ishlar vazirligining 2025-yil 9-dekabrdagi 63-son va Suv xoʻjaligi vazirligining 2025-yil 5-dekabrdagi 01/25-6-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2710-1, 17.12.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.12.2025-y., 10/25/2710-1/1194-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6-§. Bitumlar va qatronlarni eritishda yongʻin xavfsizligi talablari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
241. Bitum va qatronlarni eritish qozonlarini yangi qurilayotgan imoratlar, yonadigan binolar va qurilish materiallaridan kamida 50 m masofada joylashgan maxsus ajratilgan joylarda oʻrnatish kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qozonlarni binolarning chordoq xonalariga hamda qoplamalarning ustiga (yonmaydigan qoplamalar bundan mustasno) oʻrnatish taqiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
242. Yogʻingarchiliklaridan himoyalash va qozonda alangalangan massani oʻchirish uchun har bir qozon zich yopiladigan yonmaydigan qopqoq bilan taʼminlanishi, bitum qaynab ketganda oʻt yoqish kamerasiga toʻkilishidan himoyalovchi moslama bilan jihozlanishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
243. Qozonni oʻrnatganda, uning oʻt yoqish kamerasi ustidagi cheti qarama-qarshi tomondagi chetidan 5-6 sm ga balandroq boʻlishi zarur.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
244. Ishlar yakunlangandan keyin qozonlarning oʻt yoqish kameralaridagi olov oʻchirilishi va ustiga suv sepilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
245. Yuzaga kelishi mumkin boʻlgan yongʻinni oʻchirish maqsadida bitum eritish joyini hajmi 0,5 m3 ga teng boʻlgan quruq qumli qutilar, belkuraklar va koʻpikli oʻt oʻchirgichlar bilan taʼminlanishi zarur.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
246. Koʻchma qozonlarni gaz yordamida ishlatilganda, gazballonlarni shamollatiladigan metall javonlarda ikkitadan koʻp boʻlmagan miqdorda, qozondan kamida 20 m masofada joylashtirish kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Metall javonlar doimo qulflangan holatda turishi zarur.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8-bob. Yongʻin oʻchirish, aloqa va signalizatsiya vositalaridan foydalanish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
247. Yangidan qurilayotgan transport vositalarini saqlash, taʼmirlash va ularga texnik xizmat koʻrsatish uchun moʻljallangan bino va inshootlar yongʻinga qarshi avtomatika vositalari bilan, qolganlari esa yongʻin signalizatsiyasi bilan jihozlanishi zarur.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
248. Yongʻinga qarshi texnikadan yongʻin oʻchirish bilan bogʻliq boʻlmagan xoʻjalik, ishlab chiqarish va boshqa ehtiyojlar uchun foydalanish qatʼiyan man etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
249. Yongʻinga qarshi joʻmraklar oʻrnatilgan vodoprovod tarmogʻi talab etiladigan bosimni taʼminlashi va yongʻin oʻchirish maqsadida zaruriy miqdordagi suv oʻtkazishi lozim. Binodagi yongʻinga qarshi joʻmraklar soni 12 tadan ortiq boʻlganda, vodoprovod tarmogʻi kamida ikkita taʼminlovchi manbalarga ulangan boʻlishi lozim. Bosim yetarli darajada boʻlmaganda vodoprovod tarmogʻida bosim oshiruvchi nasoslar oʻrnatilishi lozim. Ular tashqariga bevosita chiqish yoʻliga ega boʻlgan xonada joylashtiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
250. Yongʻin oʻchirish gidrantlari joylashtirilgan vodoprovod tarmogʻi aylanma, ikkita suv taʼminoti manbasiga ulangan boʻlishi hamda bosimi suv ustuni boʻyicha kamida 10 m ga teng boʻlishi lozim. Suv taʼminoti manbai bitta boʻlganda sodir boʻlgan yongʻinni oʻchirish maqsadida suv zaxirasini saqlash uchun yongʻinga qarshi rezervuarlarini (kamida ikkita) va nasos stansiyasini tashkil qilish lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
251. Yongʻin oʻchirish rezervuarlari, suv havzalari, vodoprovod tarmogʻi va gidrantlari, nasos stansiyalari, yongʻin oʻchirish sprinklerli va drencherli qurilmalari ustidan doimiy texnik kuzatuv oʻrnatilgan boʻlishi va ularning sozligini taʼminlashi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
252. Taʼmirlash ishlari olib borilishi yoki vodoprovod tarmogʻi qismlarining oʻchirilishi, nasos stansiyalari ishdan chiqishi, sprinklerli yoki drencherli yongʻin oʻchirish qurilmalarining nosozligi, yongʻinga qarshi havzalaridan suv sirqib chiqib ketayotganligi toʻgʻrisida tashkilot rahbari zudlik bilan yongʻindan saqlash xizmatiga xabar berishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
253. Yongʻin oʻchirish nasos stansiyasi xonasida yongʻinga qarshi suv taʼminotining umumiy chizmasi, obyektning sprinklerli va drencherli qurilmalari chizmasi hamda ulardan foydalanish yoʻriqnomasi osib qoʻyilishi lozim. Har bir zulfinda va bosim oshiruvchi yongʻin oʻchirish nasoslarida ularning vazifasini aks ettiruvchi koʻrsatkichlar boʻlishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
254. Yongʻin nasoslari tarmoqdagi bosim tushib ketganda avtomatik ravishda yoqilishi yoki obyektni qoʻriqlash postidan masofadan yoqilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
255. Ichki yongʻinga qarshi vodoprovodning barcha xonalardagi yongʻin oʻchirish joʻmraklarini plombalanadigan javonlarga solinadigan yenglar va dastaklar bilan jihozlash lozim. Yongʻin yenglari quruq, yaxshi oʻrab qoʻyilgan va joʻmrakka va dastaklarga ulangan boʻlishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
256. Koʻchma yongʻin oʻchirish texnikasi (yongʻin oʻchirish avtomobillari, motopompalar) va yongʻin oʻchirish uskunalari mavjud boʻlganda ular doimo soz holda boʻlishi lozim. Ularni saqlash uchun maxsus isitiladigan xona (yongʻin deposi, boks) jihozlangan boʻlishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yongʻin oʻchirish texnikasi va yongʻin oʻchirish vositalari qayerda joylashganligini koʻrsatish uchun belgilangan shakldagi koʻrsatkich belgilari qoʻllanilishi va binoning ichida hamda tashqarisida koʻzga koʻrinadigan joylarda 2-2,5 m balandlikda oʻrnatilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
257. Sexlar, omborlar va ustaxonalarda mavjud boʻlgan oʻt oʻchirgichlar va boshqa yongʻin oʻchirish vositalarining saqlanishi va ishlatishga doimo shayligi ustidan kundalik nazorat qilish tashkilot tomonidan tayinlangan masʼul shaxs tomonidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
258. Oʻt oʻchirgichlarni joylashtirish, ularga xizmat koʻrsatish va ulardan foydalanish tartibi ishlab chiqaruvchi zavodlar yoʻriqnomalari asosida ishlab chiqilishi hamda quyidagi talablarga muvofiq boʻlishi lozim:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
havo oʻtib turmaydigan va maydoni 15 m2 dan kam boʻlgan xonalarda tarkibida galoidouglevodorodli birikmalari boʻlgan moddalar bilan toʻldirilgan oʻt oʻchirgichlardan foydalanishga yoʻl qoʻyilmaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
himoyalanadigan xonalardan odamlarni evakuatsiya qilish yoʻllarida oʻt oʻchirgichlarni oʻrnatish taqiqlanadi (oʻt oʻchirgichlarni tokchalarga oʻrnatish bundan mustasno);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻt oʻchirgichlar pol ustida maxsus tumbalarda yoki pol sathidan oʻt oʻchirgichning past chekkasigacha 1,5 m dan yuqori boʻlmagan balandlikda va eshik ochilgan holatda uning chetidan 1,2 m dan kam boʻlmagan masofada joylashtirilgan boʻlishi kerak;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻt oʻchirgichlarni joylashtirish uchun moʻljallangan maxsus tumba yoki javonning konstruksiyasi va tashqi koʻrinishi ularning ichida joylashtirilgan oʻt oʻchirgichning turini vizual ravishda aniqlash imkonini berishi lozim;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻt oʻchirgich shunday joylashtirilishi lozimki, uning tashqi qobigʻidagi yoʻriqnoma yozuvlari yaqqol koʻrinishi shart;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tashkilot maydonida ochiq havoda joylashtirilgan oʻt oʻchirgichlar uchun javonchalar, ayvon va bostirmalar tashkil etilishi lozim;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
isitilmaydigan xonada saqlanadigan koʻpikli oʻt oʻchirgichlarni havo harorati minus darajasiga tushib qolgan vaziyatlarda yaqin atrofdagi isitiladigan xonaga olib oʻtish va u yerga “Bu yerda oʻt oʻchirgichlar saqlanayapti” degan yozuvni ilib qoʻyish kerak. Oʻt oʻchirgichlar saqlangan avvalgi joyda esa, ular qayerga joylashtirilganligini koʻrsatuvchi ogohlantiruvchi belgini oʻrnatilishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
259. Tashkilotda oʻrnatilgan oʻt oʻchirgichlar kamida har 10 kunda bir marta tashqi koʻrikdan oʻtkazilishi (manometrdagi bosim koʻrsatmasi yoki navbatdagi qayta zaryadlash muddati tekshiriladi) va ifloslanib ketganda artib qoʻyilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
260. Uglekislotali oʻt oʻchirgichlar obyektlarda oʻrnatilganda 50oC dan ortiq qizib ketishi va quyosh nurlarining taʼsiridan saqlanishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
261. Foydalanishga kelgan har bir oʻt oʻchirgichga tartib raqami beriladi va u oq rangli boʻyoq bilan oʻt oʻchirgichning qobigʻiga yozib qoʻyiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
262. Zanglashning oldini olish maqsadida yongʻin oʻchirish asboblarining temirli qismlarini muntazam ravishda tozalash va moylab turish talab etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
263. Har bir qumli quti yonida katta belkurak doimo mavjud boʻlishi lozim. Qumli qutilarning qopqoqlari zich yopilishi va qutilar ustiga “Yongʻin oʻchirish uchun qum” deb yozib qoʻyilgan boʻlishi zarur. Qutilardagi qumni doimo tekshirib turish, qum namiqib yoki qumoqlashib qolganda uni quritish va elakdan oʻtkazish zarur.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
264. Kigiz va asbestli matoni qopqoqli metall gʻiloflarda saqlash, muntazam ravishda quritish va changdan tozalash (kamida 3 oyda bir marta) kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
265. Ishlab chiqarish xonalarida (telefon apparatlarining yonida) yaqin atrofdagi yongʻindan saqlash xizmatining va yongʻin xavfsizligi uchun masʼul shaxsning telefon raqamlari yozilgan maʼlumot oʻrnatilgan boʻlishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9-bob. Yongʻinlarni bartaraf qilishda tashkilotlarda amalga oshiriladigan ishlar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
266. Yongʻin yuzaga kelganda tashkilot rahbariyati va masʼul shaxslarining barcha harakatlari birinchi navbatda odamlar xavfsizligini va ularni evakuatsiya qilinishini taʼminlashga qaratilgan boʻlishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
267. Yongʻin yoki alangani koʻrib qolgan har bir xodim quyidagi harakatlarni amalga oshirishi zarur:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
zudlik bilan yongʻindan saqlash xizmatiga xabar berish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mavjud boʻlgan yongʻin oʻchirish vositalari (oʻt oʻchirgich, ichki yongʻinga qarshi joʻmragi, statsionar yongʻin oʻchirish qurilmasi va sh.k.) yordamida yongʻinni bartaraf etishga kirishish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yongʻin roʻy bergan joyga obyekt rahbarini chaqirtirish choralarini koʻrish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10-bob. Yongʻin xavfsizligi qoidalarini buzganlik uchun javobgarlik
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
268. Mansabdor shaxslar va xodimlar tomonidan yongʻin xavfsizligi qoidalarini, shu jumladan mazkur Qoidalar talablarini buzish (bajarmaslik, talab darajasida bajarmaslik yoki bajarishdan bosh tortish) oqibati xususiyatiga qarab Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq intizomiy, maʼmuriy yoki jinoiy javobgarlikka tortilishiga olib keladi.
(268-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11-bob. Yakuniy qoida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
269. Mazkur Qoidalar Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi, Savdo-sanoat palatasi, Elektr energetikada nazorat boʻyicha davlat inspeksiyasi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qaʼrini geologik oʻrganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, Oʻzbekiston neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish davlat inspeksiyasi, Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi bilan kelishilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri A. ABDUHAKIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2015-yil 24-iyul

“Davarxitektqurilish” qoʻmitasi raisi B. ZAKIROV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2015-yil 24-iyul
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Savdo-sanoat palatasi raisi A. SHAYXOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2015-yil 24-iyul
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzdavenergonazorat” inspeksiyasi boshligʻi A. NIMATULLAYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2015-yil 23-iyul

“Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi boshligʻi B. GULYAMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2015-yil 23-iyul
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzdavneftgazinspeksiya” boshligʻi L. AKBARXODJAYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2015-yil 23-iyul
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi raisi T. NARBAYEVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2015-yil 23-iyul
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzstandart” agentligi bosh direktori A. KURBANOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2015-yil 23-iyul
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Transport vositalarini saqlash, taʼmirlash va ularga texnik xizmat koʻrsatish obyektlari uchun yongʻin xavfsizligi qoidalariga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yongʻinni oʻchirishning birlamchi vositalarining zaruriy sonini aniqlash boʻyicha
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NAMUNAVIY TARTIB
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Barcha ishlab chiqarish, ombor, yordamchi va maʼmuriy bino va inshootlar hamda alohida xonalar va texnologik qurilmalar oʻt oʻchirgichlar, yongʻin oʻchirish jihozlari (suv saqlash uchun bochkalar, yongʻin chelaklari, asbest matosi, qumli qutilar, yongʻinga qarshi shchitlari va stendlari) va yongʻinga qarshi anjomlar (uzun dastali ilgak, lom, bolta, panjaralarni kesish qaychisi) bilan taʼminlangan boʻlishi lozim. Ushbu vositalar kichik alangalanishlarni, dastlabki rivojlanish bosqichdagi yongʻinlarni kengayishiga yoʻl qoʻymaslik va bartaraf etishda ishlatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Tashkilotlarda koʻpikli, suyuqlikli, uglekislotali, uglekislota-brometilli, aerozolli va kukunli oʻt oʻchirgichlardan, kigiz va asbestli matolardan, quritilgan va elakdan oʻtkazilgan qumdan foydalanish tavsiya etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Koʻpikli va uglekislota-brometilli oʻt oʻchirgichlar barcha yonuvchi qattiq va suyuq moddalar alangalanishi boshlanayotgan yongʻin oʻchoqlarini oʻchirish uchun moʻljallangan, olovni oʻchiruvchi moddalarga taʼsir koʻrsatib, yonish jarayonini kuchaytiradigan yoki portlash xavfini tugʻdiradigan moddalar bundan mustasno (masalan, ishqorli moddalar, aluminiy, organik va boshqa birikmalar). Kuchlanish ostida turgan elektr uskunalaridagi yongʻinni oʻchirish uchun koʻpikli oʻt oʻchirgichlardan foydalanish mumkin emas. Koʻpikli oʻt oʻchirgichlarning bir turi boʻlgan havo-koʻpikli oʻt oʻchirgichlar (OVP-5 va OVP-10) yaxshi namlanmaydigan modda va materiallarning (paxta, momiq va sh.k.) kichik yongʻin oʻchoqlarini oʻchirishga moʻljallangan. Suyuqlikli oʻt oʻchirgichlarning zaryadi sof shakldagi yoki suvda eritilgan yuzaki faol moddalardan (namlantiruvchilardan) iborat.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Uglekislotali oʻt oʻchirgichlar (qoʻlda olib yuriladigan OU-2, OU-5, OU-8 va tashiladigan OU-25, OU-80, OU-400) turli modda va materiallarning kichik yongʻinlarini hamda 1000 V gacha kuchlanish ostida boʻlgan elektr qurilmalaridagi yongʻinlarni oʻchirish uchun moʻljallangan. Yonish jarayoni havosiz davom etadigan moddalar bundan mustasno.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Uglekislotali oʻt oʻchirgichlar 10 kV gacha kuchlanish ostida turgan elektr qurilmalarini oʻchirish uchun qoʻllanilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Kukunli oʻt oʻchirgichlar yerishqorli va ishqorli metallar, neft mahsulotlari, erituvchilar, qattiq moddalar va 1000 V dan ortiq kuchlanish ostida boʻlgan elektr qurilmalaridagi yongʻinlarni oʻchirish uchun moʻljallangan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shuningdek, kukunli oʻt oʻchirgichlar quyidagi klasslarga mansub yonuvchi moddalar va materiallarning yongʻinini oʻchirish uchun moʻljallangan:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
A klassi — tutash bilan birga (yogʻoch, paxta, gazlama, qogʻoz) yonadigan qattiq moddalar yongʻini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
V klassi — yonganda eriydigan va suyuq moddalar yongʻini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
S klassi — gazlar yongʻini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
E klassi — kuchlanish ostidagi elektr qurilmalari yongʻini.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Oʻlchamlari kamida 1x1 m teng boʻlgan kigiz va asbestli matolar havosiz yonmaydigan moddalar alanga olganda kichik yongʻinlarni oʻchirish uchun moʻljallangan. Yengil alangalanadigan suyuqliklar va yonuvchi suyuqliklardan foydalanish va saqlash joylarida ularning oʻlchamlari kattalashtirilishi mumkin (2x1,5 m; 2x2 m).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Ishlab chiqarish binolari va tashkilot maydonida yongʻinni oʻchirishning birlamchi vositalarini joylashtirish uchun maxsus yongʻinga qarshi shchitlar oʻrnatilishi va ular quyidagilar bilan jamlanishi lozim: kukunli oʻt oʻchirgichlar — 2 dona, uglekislotali oʻt oʻchirgich — 1 dona, qumli quti — 1 dona, kigiz va asbestli mato — 1 dona, lom — 2 dona, uzun dastali ilgaklar — 3 dona, boltalar — 2 dona. Yongʻinga qarshi shchitlar xonalarda koʻzga koʻrinadigan va yetib borish qulay boʻlgan joylarda, imkon qadar xonadan chiqish joylariga yaqinroqda oʻrnatilishi lozim. Tashkilot maydonlari yongʻinga qarshi shchitlar bilan taʼminlanadi (200 m2 dan 400 m2 gacha maydonlar uchun bitta yongʻinga qarshi shchit hisobidan).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Yongʻinga qarshi shchit tarkibidagi qum flyuslar, karnallit, kalsinatsiyalangan soda yoki boshqa mahalliy yonmaydigan sochiluvchan materiallar bilan almashtirilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Yongʻinni oʻchirishning birlamchi vositalarining zaruriy soni har bir qavat va xona hamda ochiq qurilmalar etajerkalari boʻyicha alohida hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar bir xonaning ichida yongʻin xavfsizligi boʻyicha turli boʻlgan va bir-biridan yongʻinga qarshi devorlar bilan ajratilmagan bir nechta ishlab chiqarishlar joylashgan boʻlsa, bunday xonalarning barchasi eng xavfli ishlab chiqarish meʼyorlari boʻyicha yongʻin anjomlari va boshqa turdagi yongʻin oʻchirish vositalari bilan taʼminlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Yongʻinni oʻchirishning birlamchi vositalarining turlari va sonini aniqlashda yonuvchi moddalarning fizik-kimyoviy va alangalanish xavfi boʻyicha xususiyatlarini, ularning yongʻin oʻchiruvchi moddalarga taʼsiri hamda ishlab chiqarish xonalarining maydonlari va ochiq maydonlar va qurilmalar maydonlarining katta-kichikligini hisobga olish lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Alohida yongʻin xavfi bor ishlab chiqarish qurilmalari (boʻyash kameralari, toblash vannalari, sinash stendlari, detallarni yuvish va moysizlantirish qurilmalari, quritish kameralari va sh.k.) har biri kamida ikkita oʻt oʻchirgich yoki bitta statsionar yongʻin oʻchirish qurilmasi bilan jihozlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Har bir ishlab chiqarish va boshqa vazifa bajaruvchi xonani bir turdagi oʻt oʻchirgichlar bilan taʼminlash tavsiya etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Katta miqdorda yengil alangalanadigan va yonuvchi suyuqliklar hamda tez yonadigan materiallar (kauchuk, rezina va sh.k.) mavjud boʻlgan joylarda OVP-U-250 va OVP-100 turdagi oʻt oʻchirgichlarni oʻrnatish maqsadga muvofiq.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Statsionar yongʻin oʻchirish qurilmalari bilan jihozlangan xonalar, yongʻinni oʻchirishning birlamchi vositalari bilan jihozlanishi lozim boʻlgan miqdorining 50 foizi hisobida taʼminlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Qimmatbaho apparatura va uskunalar oʻrnatilgan joylarda yongʻinni oʻchirish vositalarining soni koʻpaytirilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Omborlar, havozalar, tolali materiallardan yasalgan idishlar, mahalliy sharoitlardan kelib chiqib, yongʻinni oʻchirishning birlamchi vositalari toʻplami bilan jihozlangan yongʻinga qarshi shchitlar bilan taʼminlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. GOST 12.4.009-83 “Obyektlarni himoya qilish uchun yongʻin texnikasi. Asosiy turlari. Joylashtirish va xizmat koʻrsatish” talablariga muvofiq, suv saqlash uchun moʻljallangan bochkaning hajmi kamida 0,2 m3 ga teng boʻlishi hamda chelak bilan butlanishi lozim. Qumli qutilarning hajmi esa 0,5, 1 va 3 m3 ga teng boʻlishi va katta belkurak bilan butlanishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qumli qutining konstruksiyasi uning ichidan qum olish qulay boʻlishi va ichiga suv kirib qolishiga yoʻl bermasligi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Quyidagi jadvalda aytib oʻtilmagan xonalar uchun yongʻinni oʻchirishning birlamchi vositalarini, ushbu jadvalda koʻrsatilgan boshqa xonalarga boʻlgani kabi, xonalarning yongʻin xavfiga qarab qoʻllash lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jadval
Yongʻinni oʻchirishning birlamchi vositalarining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
MEʼYORLARI

T/r

Xonalar, inshootlar va qurilmalar nomlari

Oʻlchov birligi

Yongʻinga qarshi uskunalar va yongʻinni oʻchirishning birlamchi vositalarining nomlari va soni

Izoh

Koʻpikli oʻt oʻchirgichlar (sigʻimi 10 litr)

Uglekislotali yongʻin oʻchirgichlar (OU-5 turdagi)

Kukunli oʻt oʻchirgichlar (OP-5 turdagi)

Hajmi 0,5 m2 ga teng qumli quti va belkurak

Sigʻimi
250 litrga teng suv solingan bochka va unga qoʻshimcha 2 dona chelak

Kigiz va asbestli mato (oʻlchamlari
2 x 2 m)

1

2

3

4

5

6

7

8

9

10

1.

Transport vositalarini saqlash xonalari va garajlar

100 m2

1

1

1

1

2.

Ochiq transport vositalari toʻxtab turish joyi

100 m2

1

1

1

1

3.

Boʻyash, loklash

va sh.k. sexlar

100 m2

1

1

Faqat boʻyash kameralari oldida oʻrnatiladi

4.

Avtotaʼmirlash sexlari

100 m2

1

1

5.

Akkumulyator xonalari

Bir xona uchun

1

1

1

1

6.

Dizel dastgohlar

Bir dizel uchun

2

2

1

7.

Yoqilgʻi-taqsimlovchi kolonkalar

Bir kolonka uchun

1

1

1

1

8.

Qozonxonalar a) qattiq yoqilgʻida ishlovchi

Har bir oʻt yoqish kamerasi uchun

1

1
(A, V, S, E)

1

b) suyuq yoqilgʻida ishlovchi

Har bir oʻt yoqish kamerasi uchun

1

1

1

9.

Taqsimlovchi elektr qurilmalar

Har bir xona uchun

1

1

10.

Ochiq elektr podstansiyalari

Har bir apparat uchun

1

1

11.

Gaz payvandlash, elektr-payvandlash, tunukachilik ustaxonalari

va sexlar

200 m2

1

1

12.

Laboratoriyalar

150 m2

1*

1

13.

Mexanik ustaxonalar

100 m2

1

1

(A, V, S, E)

1

14.

Duradgorlik ustaxonalari

50 m2

1

1

(A, V, S, E)

1

1

15.

Yogʻoch va taxtalarni quritish xonasi

Bir kamera uchun

1

1

(A, V, S, E)

1

16.

Gulqogʻoz sexlari

300 m2

1

1

(A, V, S, E)

1

1

17.

Atsetilen sexlari

Bir apparat uchun

1

1

1

(A, V, S, E)

1

18.

Yonuvchi tolali materiallar omborlari

200 m2

1

1

(A, V, S, E)

1

1

Vodoprovod mavjud boʻlmaganda suv solingan bochkalar oʻrnatiladi

19.

Kalsiy karbidi omborlari

100 m2

1

1

1

1

20.

Siqilgan, suyultirilgan va eritilgan gazlar solingan ballonlar ombori

200 m2

1

1

(A, V, S, E)

21.

Texnik uskunalarning moddiy omborlari

200 m2

1

1

22.

Alanga olish harorati 400C gacha boʻlgan yengil alangalanadigan suyuqliklar sigʻimlarini saqlash omborlari

50 m2

1

1

2

Har bir xona uchun kamida

2 dona OVP

turdagi oʻt oʻchirgich

23.

Alanga olish harorati

400C dan yuqori

boʻlgan yonuvchi suyuqliklar

sigʻimlarini saqlash omborlari

100 m2

1

1

1

24.

Bochkalarga solingan neft mahsulotlarini saqlash omborlari

200 m2

2

1

1

Har bir xona uchun kamida

2 dona OVP turdagi oʻt oʻchirgich

25.

Bochkalarga solingan neft mahsulotlarini saqlash maydonlari

200 m2

1

1

1

Har bir xona uchun kamida

1 dona OVP turdagi oʻt oʻchirgich

26.

Kompressor xonalari

3 ta kompressor uchun

2

2

Yoki 3 ta kompressor uchun 2 dona

OX-3 turdagi oʻt oʻchirgich

27.

Kimyoviy moddalar omborlari

200 m2

1

1

(A, V, S, E)

28.

Idishlarga solingan yengil alangalanadigan suyuqliklar va yonuvchi suyuqliklar saqlovchi yerosti yoki yarim yerosti omborlari

50 m2

1

1

1

29.

Kislotalar omborlari

200 m2

1

(A, V, S, E)

1

30.

Charm, rezina, charm mahsulotlari, rezina mahsulotlari omborlari

200 m2

1

1

(A, V, S, E)

1

1

31.

Arralangan materiallar omborlari

300 m2

1

1

(A, V, S, E)

1

Vodoprovod mavjud boʻlmaganda suv solingan bochkalar oʻrnatiladi

32.

Yogʻochdan yasalgan idishlar omborlari

100 m2

1

1

(A, V, S, E)

1

33.

Tosh koʻmir omborlari

500 m2

1

1

(A, V, S, E)

1

34.

Shtabelga taxlangan oʻtin omborlari

Har bir shtabel uchun

1

1

(A, V, S, E)

1

35.

Torf va pistakoʻmir omborlari

500 m2

1

1

(A, V, S, E)

1

Torf qazib olinadigan konlardagi torf omborlari yongʻin oʻchirishning birlamchi vositalari bilan taʼminlanadi

36.

Xizmat xonalari:

a) koridor tizimida

Koridor uzunligi

200 m

1

1

(A, V, S, E)

Har bir qavat uchun kamida

2 dona oʻt oʻchirgich

b) koridor tizimi boʻyicha emas, shu jumladan vestibyul va zinakataklarda

200 m2

1

(A, V, S, E)

Har bir (alohida)

xona uchun kamida

1 dona oʻt oʻchirgich

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
* Qoʻshimcha 1 dona xladonli OX-3 turdagi oʻt oʻchirgichni OU-5 turdagi oʻt oʻchirgichga almashtirilishi mumkin.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 34-son, 459-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son; 22.12.2025-y., 10/25/2710-1/1194-son)