Hujjat kuchini yo‘qotgan 25.10.2017 30.06.2015 yildagi 173-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 30.06.2015 yildagi 173-son
Date of entry into force
06.07.2015
Hujjat kuchini yo‘qotgan 25.10.2017
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarori

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Nazorat-taftish bosh boshqarmasi va uning hududiy nazorat-taftish boshqarmalari toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 24-oktabrdagi 870-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Davlat moliyaviy nazorati bosh boshqarmasi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Budjet kodeksi qabul qilinganligi munosabati bilan hamda budjet qonunchiligiga rioya qilish va Oʻzbekiston Respublikasi budjet tizimi budjetlari mablagʻlari maqsadli sarflanishi ustidan davlat nazoratini yanada kuchaytirish, shuningdek moliyaviy nazorat normalari, qoidalarini va uning qatnashchilari vakolatlarini tizimlashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Nazorat-taftish bosh boshqarmasi va uning hududiy nazorat-taftish boshqarmalari toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimlari, hududiy moliya organlari va gʻaznachilik boʻlinmalari, budjet tashkilotlari hamda budjet mablagʻlarini oluvchilar rahbarlarining eʼtibori budjet qonunchiligiga qatʼiy va ogʻishmay rioya qilishni taʼminlash zarurligiga qaratilsin va ular budjet qonunchiligi buzilganligi uchun shaxsan javob berishi toʻgʻrisida ogohlantirilsinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Vazirliklar va idoralar bir oy muddatda oʻz idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarini ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2015-yil 30-iyun,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
173-son

Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 30-iyundagi 173-son qaroriga
1-ILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Nazorat-taftish bosh boshqarmasi va uning hududiy nazorat-taftish boshqarmalari toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM

I. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Nazorat-taftish bosh boshqarmasi (keyingi oʻrinlarda NTBB deb ataladi) va Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi nazorat-taftish boshqarmalarining vazifalarini, funksiyalarini, huquqlarini, majburiyatlarini va faoliyatining tashkiliy asoslarini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. NTBB Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi markaziy apparatining tarkibiy boʻlinmasi hisoblanadi va bevosita Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vaziriga boʻysunadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. NTBBning Qoraqalpogʻiston Respublikasida, viloyatlar va Toshkent shahrida yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan nazorat-taftish boshqarmalari boʻladi, ular oʻz faoliyatida bevosita NTBBga boʻysunadilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. NTBB hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi nazorat-taftish boshqarmalari oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, boshqa qonun hujjatlariga hamda ushbu Nizomga amal qiladilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi nazorat-taftish boshqarmalari dumaloq muhrga, shtampga, Oʻzbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasvirlangan blankalarga ega boʻladi hamda ular Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining axborot tizimida ochilgan gʻazna hisobvaraqlari orqali bevosita Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan mablagʻ bilan taʼminlanadilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
II. NTBB hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi nazorat-taftish boshqarmalarining vazifalari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti, davlat maqsadli jamgʻarmalari hamda budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari jamgʻarmalari mablagʻlarining maqsadli ishlatilishi yuzasidan davlat moliyaviy nazoratini amalga oshirish NTBBning hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi nazorat-taftish boshqarmalarining asosiy vazifasi hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Shuningdek, NTBBning hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi nazorat-taftish boshqarmalarining vazifalariga quyidagilar yuzasidan davlat nazoratini amalga oshirish kiradi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
moliya organlari va gʻaznachilik boʻlinmalari, budjet tashkilotlari va budjetdan mablagʻ oluvchilar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, shuningdek budjet tizimi budjetlarining ijrosi bilan bogʻliq boshqa qonun hujjatlariga rioya etilishining taʼminlanishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
budjet va smeta-shtat intizomiga rioya qilinishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
budjet tizimi budjetlarining xarajatlari ijrosi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
budjet tizimi budjetlarining mablagʻlari hisobidan toʻlovlarni amalga oshirishning navbatliligi, muddatlariga rioya etilishi va toʻliqligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi investitsiya dasturlarini amalga oshirish uchun markazlashtirilgan manbalardan ajratiladigan mablagʻlardan maqsadli foydalanilishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining chet eldagi diplomatik muassasalari tomonidan chet el valyutasidagi mablagʻlardan toʻgʻri va maqsadli foydalanilishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
pensiyalar va nafaqalarning toʻgʻri tayinlanishi, hisoblanishi va oʻz vaqtida toʻlanishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tibbiy-mehnat ekspert komissiyalarining faoliyati;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
budjet ssudalari va kredit liniyalaridan maqsadli foydalanilishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan yoki uning kafolati ostida jalb qilingan kreditlardan (qarzlardan) maqsadli foydalanilishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
muruvvat yordami va texnik koʻmaklashish mablagʻlaridan maqsadli foydalanilishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat xaridlari boʻyicha oʻtkazilgan tender (tanlov) savdolarining toʻgʻriligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat valyuta mablagʻlarining toʻgʻri va belgilangan maqsadda sarflanishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining hisob-kitob jamgʻarmasi mablagʻlaridan belgilangan maqsadda foydalanilishi, toʻlovlarning oʻz vaqtida oʻtishi, hisob-kitoblarning toʻliq va oʻz vaqtida amalga oshirilishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
paxta xomashyosini tayyorlash, saqlash, qayta ishlash, paxta mahsuloti ishlab chiqarish va uni sotish boʻyicha statistika hamda buxgalteriya hisoboti maʼlumotlarining toʻgʻriligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
paxta tozalash korxonalari tomonidan qabul qilinadigan, saqlanadigan va qayta ishlanadigan paxta xomashyosining miqdori va sifati boʻyicha maʼlumotlarning haqqoniyligi, xomashyoni qayta ishlash chogʻida olinadigan paxta tolasi, paydo boʻladigan kuyindilar hamda boshqa chiqindilarning belgilangan meʼyorlariga rioya etilishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
navlarni joylashtirishning belgilangan tartibiga rioya etilishi, belgilangan standartlarga va seleksiya navlari joylashtirilishiga muvofiq urugʻlik chigitlarni tayyorlash hamda paxtachilik xoʻjaliklarining urugʻlik chigitlar bilan taʼminlanishi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
III. NTBB hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi nazorat-taftish boshqarmalarining funksiyalari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. NTBB oʻziga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni bajaradi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi nazorat-taftish boshqarmalarining faoliyatini muvofiqlashtirib borish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tegishli budjetlarning ijrosi boʻyicha hududiy moliya organlari va gʻaznachilik boʻlinmalari faoliyati yuzasidan davlat moliyaviy nazoratini amalga oshirish;

budjet mablagʻlarini taqsimlovchilar, budjet tashkilotlari va budjet mablagʻlari oluvchilari tomonidan budjet qonunchiligiga rioya etilishi yuzasidan davlat moliyaviy nazoratini amalga oshirish;

Oʻzbekiston Respublikasining chet eldagi diplomatik muassasalari tomonidan chet el valyutasidagi mablagʻlardan toʻgʻri va maqsadli foydalanilishi yuzasidan davlat moliyaviy nazoratini amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
budjet ssudalaridan maqsadli foydalanishi yuzasidan davlat nazoratini amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kredit liniyalari va Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan yoki uning kafolati ostida jalb qilingan kreditlardan (qarzlardan) maqsadli foydalanilishi yuzasidan davlat nazoratini amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi investitsiya dasturlarini amalga oshirish uchun markazlashtirilgan manbalardan ajratiladigan mablagʻlardan maqsadli foydalanilishi yuzasidan davlat nazoratini amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
budjet tizimi budjetlarining mablagʻlari hisobidan toʻlovlarni amalga oshirishning navbatliligi, toʻliqligi va muddatlariga rioya etilishi, ish haqi, pensiyalar, nafaqalar, stipendiyalar va ularga tenglashtirilgan boshqa toʻlovlarga naqd pul berilishi yuzasidan nazoratni amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam toʻlovlari uchun kam taʼminlangan oilalarga ajratilgan mablagʻlardan maqsadli foydalanilishi yuzasidan davlat moliyaviy nazoratini amalga oshirish;

davlat maqsadli jamgʻarmalari mablagʻlarining maqsadli sarflanishi yuzasidan tekshirishlar oʻtkazish;

davlat xaridlari boʻyicha oʻtkazilgan tender (tanlov) savdolarining toʻgʻriligi yuzasidan davlat nazoratini amalga oshirish;

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Gʻaznachiligi tomonidan aniqlangan tashkilotlarning budjet mablagʻlaridan maqsadsiz foydalanishini, budjetdan mablagʻ oluvchilarning kreditorlik qarzlar summasini asossiz ravishda koʻpaytirganligini koʻrsatuvchi holatlar boʻyicha tekshirishlar oʻtkazish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining hisob-kitob jamgʻarmasi mablagʻlaridan belgilangan maqsadda foydalanilishi, toʻlovlarning oʻz vaqtida oʻtishi, hisob-kitoblarning toʻliq va oʻz vaqtida amalga oshirilishi yuzasidan davlat moliyaviy nazoratini taʼminlash;

muruvvat yordami va texnik koʻmaklashish mablagʻlaridan maqsadli foydalanilishi yuzasidan tekshirishlar oʻtkazish;

navlarni joylashtirishning belgilangan tartibiga rioya qilinishi, paxtachilik xoʻjaliklariga ajratiladigan urugʻlik chigitlarning texnik talablarga va gʻoʻza navlarini joylashtirish boʻyicha belgilangan topshiriqlarga muvofiqligi yuzasidan tekshirishlarni amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mintaqalar boʻyicha paxtachilik xoʻjaliklaridan paxta tozalash korxonalariga qabul qilingan paxta xomashyosi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni (hududiy boshqarmalarning PK-17 qabul qilish kvitansiyalari asosida tuzilgan har kungi maʼlumotlaridan kelib chiqqan holda) tayyorlash, maʼlumotlarni yigʻib-terib olingan paxta uchun haq toʻlash va belgilangan tartibda hisob-kitob qilish maqsadida Moliya vazirligining Davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining hisob-kitob jamgʻarmasiga taqdim etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
topshiruvchi xoʻjalikdan tayyorlov punktiga keladigan paxta xomashyosi yuklangan transport birligi topshirish-qabul qilish hujjatlarining toʻgʻri rasmiylashtirilganligini nazorat va taftish qilishni amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
paxta xomashyosi yuklangan transport birligining tarozida toʻgʻri tortib koʻrilishi, uning fizik massasi aniqlanishi, paxta xomashyosidan namuna olish tartibiga rioya qilinishi va keyinchalik laboratoriyada sifatini baholash uchun paxta xomashyosining xoʻjalik boʻyicha oʻrtacha namunasi shakllantirilishini tanlab nazorat qilishni amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
laboratoriyada aniqlangan sorti, namligi va ifloslanganligini hisobga olgan holda paxta xomashyosi konditsiya massasini hisoblashning, shuningdek topshiruvchi xoʻjalikka beriladigan qabul qilish kvitansiyalarini hamda paxta xomashyosini qabul qilish boʻyicha boshqa buxgalteriya hujjatlarini rasmiylashtirishning toʻgʻriligi yuzasidan tekshirishlarni amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
paxta xomashyosini qayta ishlash va sifatli mahsulot ishlab chiqarishning texnologik reglamentiga rioya etilishini tanlab nazorat qilishni amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
paxta tozalash korxonalarida qayta ishlangan paxta xomashyosi turkumlarini, olinadigan paxta mahsuloti (tola, momiq, chigit)ning haqiqiy miqdorini, ishlab chiqarishda kuyindilar paydo boʻlishi koʻrsatkichlarini aniqlagan hamda ularni gʻoʻzaning seleksiya va sanoat navlari boʻyicha tasdiqlangan normativlar bilan taqqoslagan holda komission tekshirishlarni tashkil etish va oʻtkazish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xomashyo va tayyor paxta mahsuloti balansi ijrosini, uning foydalanuvchilarga yetkazib berilishini va amaldagi qoldiqlarini hisobga olgan holda, tekshirishlarni amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
statistika va buxgalteriya hisobotining xomashyo hamda paxta tozalash korxonasidagi tayyor mahsulotning amaldagi harakatiga, uni eksportga va respublika foydalanuvchilariga joʻnatish hajmiga muvofiqligini tekshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xomashyodan foydalanish va paxta mahsuloti ishlab chiqarish boʻyicha xatlov maʼlumotlarining tasdiqlangan normativlarga muvofiqligini taftish qilishni amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
paxta xomashyosi hamda undan ishlab chiqariladigan paxta mahsulotlarining miqdori va sifatini hamda ularning hisobotda aks ettirilishini baholash boʻyicha tekshirishlarni tashkil qilish hamda oʻtkazish metodologiyasini ishlab chiqish va takomillashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi va uning hududiy boʻlinmalarida pensiya va nafaqalarning toʻgʻri tayinlanishi, hisoblanishi va toʻlanishini, shuningdek fuqarolarning pensiya yigʻmajildlaridagi dastlabki hujjatlarning toʻliqligi va ishonchliligi yuzasidan tekshirishlarni amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
barcha tashkilotlar tomonidan ishlayotgan pensionerlarga pensiya va nafaqalarning toʻgʻri hisoblanishi va toʻlanishi yuzasidan tekshirishlarni amalga oshirish;

fuqarolarga pensiya va nafaqalarning, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasi Xalq banki va “OʼZBEKISTON ROCNTASI” AJ hamda ularning joylardagi boʻlinmalari tomonidan oʻz vaqtida va toʻliq toʻlanishi yuzasidan tizimli nazoratni olib borish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi tomonidan amalga oshirilgan boshqa xarajatlarning toʻgʻriligini tekshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tibbiy-mehnat ekspert komissiyalari xizmati faoliyatini nazorat qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻtkazilgan tibbiy-ekspert tekshirishlarning toʻgʻriligi va asoslanganligini, shu jumladan davolash-profilaktika muassasalari tomonidan berilgan dastlabki tibbiy hujjatlarning toʻliqligi va ishonchliligini tekshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tibbiy-mehnat ekspert komissiyalari tomonidan berilgan koʻrikdan oʻtkazish dalolatnomalarini va xulosalarni, zarurat boʻlganda, mustaqil ekspertlarni jalb etgan holda qayta ekspertizadan oʻtkazish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tibbiy-mehnat ekspert komissiyalari faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tizimi mutaxassislarini jalb etgan holda doimiy ravishda tekshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jismoniy va yuridik shaxslarning arizalari, takliflari va shikoyatlarini NTBBning vakolati doirasida koʻrib chiqish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi nazorat-taftish boshqarmalarining faoliyatini tekshirish va ularga uslubiy yordam koʻrsatish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
taftishlar va tekshirishlar natijalari boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga, shuningdek vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar, budjet tashkilotlari va budjet mablagʻlari oluvchilariga taqdimnomalar tayyorlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonun hujjatlarining avvalgi taftishda yoki tekshirishda aniqlangan buzilishi hollarini bartaraf etish yuzasidan nazorat tartibidagi tekshirishlar oʻtkazish;

markazlashtirilgan topshiriqlar boʻyicha davlat nazorati hujjatlarini umumlashtirish, ular yuzasidan tegishli axborotlar va takliflar tayyorlash;

budjet qonunchiligining aniqlangan xarakterli buzilishlari boʻyicha taftishlar va tekshirishlar materiallarini umumlashtirish hamda kelgusida ularni bartaraf etish va ularning oldini olishga doir takliflar tayyorlash.

9. Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi nazorat-taftish boshqarmalari oʻziga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni bajaradi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tegishli budjetlarning ijrosi boʻyicha hududiy moliya organlari va gʻaznachilik boʻlinmalari faoliyati yuzasidan davlat moliyaviy nazoratini amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
budjet tashkilotlari va budjet mablagʻlari oluvchilari tomonidan budjet qonunchiligiga rioya etilishi yuzasidan davlat moliyaviy nazoratini amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
budjet ssudalaridan, kredit liniyalari va Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan yoki uning kafolati ostida jalb qilingan kreditlardan (qarzlardan) maqsadli foydalanilishi yuzasidan davlat nazoratini amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat investitsiya dasturlarini amalga oshirish uchun markazlashtirilgan manbalardan ajratiladigan mablagʻlardan maqsadli foydalanilishi yuzasidan davlat nazoratini amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
budjet tizimi budjetlarining mablagʻlari hisobidan toʻlovlarni amalga oshirishning navbatliligi, toʻliqligi va muddatlariga rioya etilishi, ish haqi, pensiya, nafaqa, stipendiya va ularga tenglashtirilgan boshqa toʻlovlarga naqd pul berilishi yuzasidan nazoratni amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam toʻlovlari uchun kam taʼminlangan oilalarga ajratilgan mablagʻlardan maqsadli foydalanilishi yuzasidan davlat moliyaviy nazoratini amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat maqsadli jamgʻarmalari mablagʻlarining maqsadli sarflanishi yuzasidan tekshirishlar oʻtkazish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat xaridlari boʻyicha oʻtkazilgan tender (tanlov) savdolarining toʻgʻriligi yuzasidan davlat nazoratini amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
gʻaznachilik boʻlinmalari tomonidan aniqlangan tashkilotlarning budjet mablagʻlaridan maqsadsiz foydalanishini, budjetdan mablagʻ oluvchilarning kreditorlik qarzlar summasini asossiz ravishda koʻpaytirganligini koʻrsatuvchi holatlar boʻyicha tekshirishlar oʻtkazish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining hisob-kitob jamgʻarmasi mablagʻlaridan belgilangan maqsadda foydalanilishi, toʻlovlarning oʻz vaqtida oʻtishi, hisob-kitoblarning toʻliq va oʻz vaqtida amalga oshirilishi yuzasidan davlat moliyaviy nazoratini taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
muruvvat yordami va texnik koʻmaklashish mablagʻlaridan maqsadli foydalanilishi yuzasidan tekshirishlar oʻtkazish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
paxtachilik xoʻjaliklaridan paxta tozalash korxonalariga qabul qilingan paxta xomashyosi hajmlari toʻgʻrisidagi dastlabki axborotlarni (PK-17 qabul qilish kvitansiyalari asosida) joylarda har kuni toʻplash, maʼlumotlarni mintaqalar darajasida umumiylashtirish hamda paxta xomashyosini qabul qilib olishning har kungi hajmlari va mavsum boshidan boshlab ortib boruvchi yakunlari boʻyicha umumlashtirilgan maʼlumotlarni tayyorlash uchun NTBBga berish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Moliya vazirligiga “1 — paxta” shakli boʻyicha paxtachilik xoʻjaliklari, tumanlar va viloyatlar boʻyicha ortib boruvchi yakun bilan paxta xomashyosi tayyorlashning borishi toʻgʻrisidagi statistika hisobotining PK-17 qabul qilish kvitansiyalari asosidagi dastlabki axborot maʼlumotlariga muvofiqligi toʻgʻrisidagi axborotni taqdim etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasining hududiy boʻlinmalarida pensiya va nafaqalarning toʻgʻri tayinlanishi, hisoblanishi va toʻlanishini, shuningdek fuqarolarning pensiya yigʻmajildlaridagi dastlabki hujjatlarning toʻliqligi va ishonchliligi yuzasidan tekshirishlarni amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
barcha tashkilotlar tomonidan ishlayotgan pensionerlarga pensiya va nafaqalarning toʻgʻri hisoblanishi va toʻlanishi yuzasidan tekshirishlarni amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
fuqarolarga pensiya va nafaqalarning, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasi Xalq banki va “OʼZBEKISTON ROCNTASI” AJning joylardagi boʻlinmalari tomonidan oʻz vaqtida va toʻliq toʻlanishining tizimli nazoratini olib borish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jismoniy va yuridik shaxslarning arizalari, takliflari va shikoyatlarini Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi nazorat-taftish boshqarmalari vakolatlari doirasida koʻrib chiqish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
taftishlar va tekshirishlar natijalari boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga, shaharlar va tumanlar hokimliklariga, shuningdek tegishli davlat boshqaruvi organlari, budjet tashkilotlari va budjet mablagʻlari oluvchilariga taqdimnomalar tayyorlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonun hujjatlarining avvalgi taftishda yoki tekshirishda aniqlangan buzilishi hollarini bartaraf etish yuzasidan nazorat tartibidagi tekshirishlar oʻtkazish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
markazlashtirilgan topshiriqlar boʻyicha davlat nazorati hujjatlarini umumlashtirish, ular yuzasidan tegishli axborotlar va takliflar tayyorlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
budjet qonunchiligining aniqlangan xarakterli buzilishlari boʻyicha taftishlar va tekshirishlar materiallarini umumlashtirish hamda kelgusida ularni bartaraf etish va ularning oldini olishga doir takliflar tayyorlash.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
IV. NTBB hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi nazorat-taftish boshqarmalarining huquqlari va majburiyatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. NTBB va Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi nazorat-taftish boshqarmalariga yuklangan vazifalar va funksiyalarni amalga oshirish uchun ular quyidagi huquqlarga ega:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tegishli budjetlarning ijrosi boʻyicha hududiy moliya organlari va gʻaznachilik boʻlinmalari faoliyatini taftish qilish va tekshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
budjet mablagʻlarini taqsimlovchilar, budjet tashkilotlari va budjet mablagʻlari oluvchilari tomonidan budjet qonunchiligiga rioya etilishi yuzasidan davlat moliyaviy nazoratini amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hududiy moliya organlari va budjet tashkilotlarida pul va moddiy boyliklar mavjudligini hamda buxgalteriya hujjatlari, hisobotlar, smetalar va boshqa hujjatlarni tekshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
budjet ssudalaridan maqsadli foydalanilishini tekshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kredit liniyalari va Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan yoki uning kafolati ostida jalb qilingan kreditlardan (qarzlardan) maqsadli foydalanilishini tekshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining chet eldagi diplomatik muassasalari tomonidan chet el valyutasidagi mablagʻlardan toʻgʻri va maqsadli foydalanilishini tekshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat maqsadli jamgʻarmalari mablagʻlarining maqsadli sarflanishini tekshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
banklardan, davlat soliq xizmati organlaridan, gʻaznachilik boʻlinmalaridan, shuningdek vazirliklar va idoralardan taftishlar va tekshirishlarni oʻtkazish paytida paydo boʻladigan masalalar boʻyicha maʼlumotlar va axborotlarni olish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
maxsus kasbiy bilimlarni talab etadigan masalalarni koʻrib chiqish uchun davlat boshqaruvi organlari hamda boshqa tashkilotlarning ekspertlari va mutaxassislarini jalb etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
nazorat obyektining mansabdor va masʼul shaxslaridan taftishlar va tekshirishlar davomida paydo boʻladigan masalalar boʻyicha tushuntirishlar berishni, shuningdek nazorat natijalari boʻyicha rasmiylashtiriladigan hujjatlarni imzolashni talab qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
nazorat obyekti mansabdor va masʼul shaxslarining tushuntirishlar berish va nazorat natijalari boʻyicha rasmiylashtiriladigan hujjatlarni imzolashdan bosh tortganliklari toʻgʻrisidagi dalolatnomani tuzish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
zarur hollarda kassa va kassa binolari, omborlar, arxivlar va boshqa binolarni muhrlash, qalbaki, soxtalashtirilgan hujjatlar va boshqa suiisteʼmolliklar aniqlangan taqdirda esa nazorat obyekti hujjatlarini olib qoʻyish, shuningdek nazorat obyekti mansabdor shaxslaridan asosiy vositalar, tovar-moddiy boyliklar, pul mablagʻlari va hisob-kitoblar xatlovdan oʻtkazilishini talab qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
paxta xomashyosini tayyorlash va qayta ishlashning butun davri mobaynida Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirining topshirigʻi va u tasdiqlagan jadval boʻyicha paxta tozalash korxonalarini tayyorlanayotgan, qayta ishlanayotgan va saqlanayotgan paxta xomashyosi miqdori va sifati masalalari yuzasidan tekshirish va taftish ishlarini oʻtkazish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarning bajarilishini taʼminlamayotgan, qoʻshib yozishlar, suiisteʼmolliklar va hisobotlar buzilishi uchun shart-sharoitlarni vujudga keltirayotgan paxta tozalash korxonalari va ularga qarashli boʻlinmalar ishlarini toʻxtatib qoʻyish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzpaxtasanoat” AJ, uning hududiy filiallari va paxta tozalash korxonalari tekshirishlar va taftishlar natijasida aniqlangan paxta xomashyosi va uning mahsulotlari miqdori kamomadini hisobotdan chiqarib tashlash toʻgʻrisida yozma buyruqlar berish;
(10-bandning oʻn oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 25-dekabrdagi 372-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 52-son, 647-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
taftishlar va tekshirishlar natijalarida aniqlangan xato-kamchiliklarni bartaraf etish, maqsadsiz va noqonuniy xarajatlarni, pul mablagʻlari va tovar-moddiy boyliklar kamomadini undirish, nazorat obyekti aybdor shaxslarini javobgarlikka tortish yuzasidan tegishli takliflar kiritish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
taftishlar va tekshirishlar natijasida nazorat obyekti mansabdor shaxslarining harakatlarida jinoyat belgilari boʻlgan holatlar aniqlangan taqdirda nazorat materiallarini huquqni muhofaza qilish organlariga berish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. NTBB va Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi nazorat-taftish boshqarmalari quyidagilarga majbur:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yuklangan vazifalar va funksiyalar bajarilishi yuzasidan ishlarni tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining meʼyoriy-huquqiy hujjatlari toʻgʻri qoʻllanilishini taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat moliyaviy nazorati natijalariga doir hujjatlarda bayon etilgan maʼlumotlarning ishonchliligi, xolisligi va toʻliqligini taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat sirlarining himoya qilinishini taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va NTBB rahbariyatini budjet qonunchiligining aniqlangan xarakterli buzilishi hollari toʻgʻrisida xabardor qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mazkur Nizom va boshqa qonun hujjatlari talablarini soʻzsiz bajarish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
V. NTBB va Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi nazorat-taftish boshqarmalarining tashkiliy tuzilmasi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. NTBB quyidagi tashkiliy tuzilmaga ega:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) budjet intizomiga rioya etilishini nazorat qilish boshqarmasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) paxta tozalash sanoati korxonalarida hisob va hisobotning toʻgʻriligini nazorat qilish boshqarmasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Jamgʻarmalar mablagʻlaridan foydalanilishini nazorat qilish boshqarmasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi mablagʻlaridan maqsadli foydalanilishini nazorat qilish boshqarmasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
d) tashkiliy-uslubiy ishlar boʻlimi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
e) muruvvat yordamidan va texnikaviy koʻmaklashish mablagʻlaridan maqsadli foydalanilishini nazorat qilish shuʼbasi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi nazorat-taftish boshqarmalari quyidagi tashkiliy tuzilmaga ega:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) budjet intizomiga rioya etilishini nazorat qilish boʻlimi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) tashkiliy-uslubiy ishlar boʻlimi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) investitsiya dasturlariga ajratiladigan markazlashtirilgan mablagʻlardan va Hukumat tomonidan kafolatlangan kreditlardan maqsadli foydalanilishini nazorat qilish boʻlimi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi mablagʻlaridan foydalanilishini nazorat qilish boʻlimi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
d) Davlat xaridlari boʻyicha tender (tanlov) oʻtkazilishini nazorat qilish va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining gʻazna ijrosini nazorat qilish boʻlimi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
e) Moliya vazirligi huzuridagi Jamgʻarmalar mablagʻlaridan foydalanilishini nazorat qilish boʻlimi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. NTBBga Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vaziri tomonidan tayinlanadigan boshliq boshchilik qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Budjet intizomiga rioya etilishini nazorat qilish boshqarmasiga Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vaziri tomonidan tayinlanadigan boshliq boshchilik qiladi. Budjet intizomiga rioya etilishini nazorat qilish boshqarmasi boshligʻi ayni vaqtda NTBB boshligʻining birinchi oʻrinbosari hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi nazorat-taftish boshqarmalariga Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vaziri tomonidan tayinlanadigan boshliqlar boshchilik qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi nazorat-taftish boshqarmalarining budjet intizomiga rioya etilishini nazorat qilish boʻlimlariga Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vaziri tomonidan tayinlanadigan boshliqlar boshchilik qiladi. Budjet intizomiga rioya etilishini nazorat qilish boʻlimlari boshliqlari ayni vaqtda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi nazorat-taftish boshqarmalari boshliqlarining birinchi oʻrinbosarlari hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
VI. NTBB va Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi nazorat-taftish boshqarmalari ishlarini tashkil etish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. NTBB va Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi nazorat-taftish boshqarmalari oʻz ishlarini tegishli ravishda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vaziri va NTBB boshligʻi tomonidan tasdiqlanadigan yillik rejalar boʻyicha amalga oshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. NTBB va Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi nazorat-taftish boshqarmalari zarur hollarda rejadan tashqari taftishlar va tekshirishlarni amalga oshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mulkchilik shaklidan qatʼi nazar, korxonalar, tashkilotlar va muassasalarda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi mablagʻlaridan maqsadli foydalanilishini tekshirish Nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha Respublika kengashi bilan qoʻshimcha ravishda kelishilmasdan amalga oshiriladi. Bunda ushbu tekshirishlar tasdiqlangan rejalarga va Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirining buyruqlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
VII. NTBB va Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi nazorat-taftish boshqarmalarining kadrlar tarkibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. NTBB va Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi nazorat-taftish boshqarmalarining kadrlar tarkibi barqaror hayotiy prinsiplarga ega boʻlgan yuqori malakali mutaxassislardan va iqtisodiyot va tibbiyot oliy taʼlim muassasalarining professional tayyorgarlik koʻrgan yosh bitiruvchilaridan butlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. NTBB xodimlari va Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi nazorat-taftish boshqarmalari boshliqlari attestatsiyasi har 3 yilda oʻtkaziladi. Attestatsiyani oʻtkazish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vaziri tomonidan oʻrnatilgan tartibda belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
VIII. NTBB boshligʻining va Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi nazorat-taftish boshqarmalari boshliqlarining huquq va majburiyatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. NTBB boshligʻi oʻziga yuklangan vazifalarni amalga oshirishda quyidagi huquqlarga ega:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi rahbariyatiga xodimlarni ishga qabul qilish, ishdan boʻshatish va ishdan ishga oʻtkazish, Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksiga muvofiq xodimlarni ragʻbatlantirish va intizomiy jazolar qoʻllash toʻgʻrisida takliflar kiritish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xatlar, xizmat guvohnomalarini va xodimlarga taftishlar va tekshirish oʻtkazish huquqini beruvchi bir martalik yozma koʻrsatmalarni imzolash.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23. Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi nazorat-taftish boshqarmasi boshliqlari quyidagi huquqlarga ega:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi rahbariyatiga nazorat-taftish boshqarmalari xodimlarini ishga qabul qilish, ishdan boʻshatish va ishdan ishga oʻtkazish boʻyicha takliflar kiritish, Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksiga muvofiq xodimlarni ragʻbatlantirish va intizomiy jazolar qoʻllash hamda xodimlarning xizmat safarlariga borishi toʻgʻrisida buyruqlar chiqarish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xatlar, xizmat guvohnomalarini va xodimlarga taftishlar va tekshirishlar oʻtkazish huquqini beruvchi bir martalik yozma koʻrsatmalarni imzolash.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24. NTBB va Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi nazorat-taftish boshqarmasi boshliqlari oʻzlariga yuklangan vazifalarni amalga oshirishda quyidagilarga majbur:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi yuzasidan ishlarni tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
taftish va tekshirishlarni oʻtkazishda Oʻzbekiston Respublikasining meʼyoriy-huquqiy hujjatlari toʻgʻri qoʻllanilishini taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
amaliy malaka oshirishga, ijro va mehnat intizomi mustahkamlanishiga doir tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat sirlarining himoya qilinishini taʼminlash.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 30-iyundagi 173-son qaroriga
2-ILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Vazirlar Mahkamasining “Mehnatga haq toʻlashning Yagona tarif setkasini takomillashtirish toʻgʻrisida” 1996-yil 18-martdagi 103-son qarorining 3-bandidagi “budjetdan moliyalashtiriladigan barcha muassasalar va tashkilotlar” soʻzlari “barcha budjet tashkilotlari” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Vazirlar Mahkamasining “Qimmatli qogʻozlarning markaziy depozitariysini tashkil etish va uning faoliyati masalalari toʻgʻrisida” 1999-yil 21-maydagi 263-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1999-y., 5-son, 27-modda):
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) 3-bandning ikkinchi xatboshidagi “Davlat mulki qoʻmitasi” soʻzlari “Davlat raqobat qoʻmitasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) 7-bandning beshinchi xatboshidagi “Davlat mulki qoʻmitasi” va “davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishdan” soʻzlari tegishli ravishda “Davlat raqobat qoʻmitasi” va “Davlat mulkini xususiylashtirishdan tushadigan mablagʻlar jamgʻarmasidan” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Vazirlar Mahkamasining “2001-2002-yillarda xorijiy investitsiyalarni jalb etgan holda korxonalarni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish boʻyicha kelgusidagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2001-yil 9-martdagi 119-son qarorining 2-bandi uchinchi va toʻrtinchi xatboshilaridagi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2001-y., 3-son, 17-modda) “davlat mulkini xususiylashtirishdan tushadigan umumiy mablagʻlar” soʻzlari “Davlat mulkini xususiylashtirishdan tushadigan mablagʻlar jamgʻarmasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Vazirlar Mahkamasining “Xususiylashtirilgan korxonalarni korporativ boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2003-yil 19-apreldagi 189-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 4-son, 32-modda):
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) 4-bandning oltinchi xatboshidagi “davlat budjetiga” va “xususiylashtirishdan tushadigan umumiy mablagʻlar” soʻzlari tegishli ravishda “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetiga” va “Davlat mulkini xususiylashtirishdan tushadigan mablagʻlar jamgʻarmasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) 2-ilovaning 13-bandidagi “davlat budjetiga” va “xususiylashtirishdan tushadigan umumiy mablagʻlar” soʻzlari tegishli ravishda “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetiga” va “Davlat mulkini xususiylashtirishdan tushadigan mablagʻlar jamgʻarmasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) 3-ilovaning 32-bandi ikkinchi xatboshidagi “davlat budjetiga” va “xususiylashtirishdan tushadigan umumiy mablagʻlar” soʻzlari tegishli ravishda “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetiga” va “Davlat mulkini xususiylashtirishdan tushadigan mablagʻlar jamgʻarmasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Vazirlar Mahkamasining “Xususiylashtirishdan tushadigan mablagʻlarni taqsimlash tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2003-yil 14-noyabrdagi 512-son qarorining 1-bandi ikkinchi xatboshi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 11-son, 120-modda) quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Davlat mulkini xususiylashtirishdan tushadigan mablagʻlar jamgʻarmasi mablagʻlarini, shu jumladan sotib olinadigan davlat aktivlari haqini boʻlib-boʻlib toʻlashni nazarda tutuvchi shartnomalar boʻyicha tushadigan mablagʻlarni taqsimlash Oʻzbekiston Respublikasi Davlat raqobat qoʻmitasi tomonidan har oyda, qonun hujjatlarida belgilangan nisbatlarda amalga oshiriladi”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi faoliyatini tashkil etishni taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2004-yil 22-sentabrdagi 441-son qarorining 4-bandi uchinchi xatboshidagi “davlat mulki obyektlarini xususiylashtirishdan mintaqalarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga yoʻnaltirilayotgan mablagʻlarning besh foizi” soʻzlari “Davlat mulkini xususiylashtirishdan tushadigan mablagʻlar jamgʻarmasidan tushadigan mablagʻlar” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Vazirlar Mahkamasining “Ustav fondida davlat ulushi boʻlgan korxonalarning samarali boshqarilishini va davlat mulkining zarur darajada hisobga olinishini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2006-yil 16-oktabrdagi 215-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2006-yil, 10-son, 77-modda):
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20-banddagi “budjetga va budjetdan tashqari fondlarga” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetiga va davlat maqsadli jamgʻarmalariga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24-banddagi “Budjetga va budjetdan tashqari fondlarga” va “davlat budjetiga” soʻzlari tegishli ravishda “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetiga va davlat maqsadli jamgʻarmalariga” va “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetiga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) 3-ilovaning 10-bandi toʻrtinchi xatboshidagi “davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishdan tushadigan umumiy mablagʻlardan” soʻzlari “Davlat mulkini xususiylashtirishdan tushadigan mablagʻlar jamgʻarmasidan” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Vazirlar Mahkamasining “Davlat aktivlarini sotishdan tushgan, xoʻjalik boshqaruvi ayrim organlari ustav fondini shakllantirish uchun berilgan mablagʻlarni taqsimlash toʻgʻrisida” 2007-yil 25-sentabrdagi 202-son qarorida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) 1-banddagi “Davlat raqobat qoʻmitasining maxsus hisob raqamida” soʻzlari “Davlat mulkini xususiylashtirishdan tushadigan mablagʻlar jamgʻarmasida” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) 2-ilovaning izohidagi “Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 22-avgustdagi 362-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat mulkini davlat tasarrufidan chiqarish, xususiylashtirishdan tushgan mablagʻlarni hisobga olish, taqsimlash va ulardan foydalanishni nazorat qilish tartibi” soʻzlari “Davlat mulkini xususiylashtirishdan tushadigan mablagʻlar jamgʻarmasi mablagʻlarini taqsimlash tartibi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 31-dekabrdagi 343-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2009-y., 12-son, 84-modda) bilan tasdiqlangan Budjet tashkilotlari va davlat unitar korxonalarining asosiy vositalarini hamda qurilishi tugallanmagan obyektlarini sotish, shuningdek ularni sotishdan tushgan pul mablagʻlarini taqsimlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 7 va 14-bandlaridagi “Davlat raqobat qoʻmitasining maxsus gʻaznachilik hisob raqamida” soʻzlari “Davlat mulkini xususiylashtirishdan tushadigan mablagʻlar jamgʻarmasining hisob raqamlarida” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Vazirlar Mahkamasining “Toshkent shahri hokimligining munitsipal mulk obyektlaridan samarali foydalanishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2012-yil 6-iyuldagi 199-son qarorining ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“2-ilovaga muvofiq roʻyxat boʻyicha munitsipal mulk obyektlarini sotishdan tushadigan mablagʻlarni taqsimlash Davlat mulkini xususiylashtirishdan tushadigan mablagʻlar jamgʻarmasi mablagʻlarini taqsimlash tartibiga muvofiq amalga oshiriladi”.
Oldingi tahrirga qarang.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 23-iyundagi 419-son qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2017-y., 26-son, 588-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 30-iyundagi 173-son qaroriga
3-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan deb eʼtirof etilayotgan ayrim qarorlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
roʻyxati

1. Vazirlar Mahkamasining “Budjet intizomiga rioya qilinishi ustidan nazoratni kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1999-yil 11-fevraldagi 66-son qarori.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Paxta tozalash sanoati korxonalarida hisob va hisobot tizimini takomillashtirish ustidan nazoratni kuchaytirish borasidagi qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2002-yil 13-noyabrdagi PF–3161-son Farmonini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida” 2002-yil 15-noyabrdagi 393-son qarorining (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2002-y., 11-son, 69-modda) 3-bandi, shuningdek qarorga 2-ilova.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (“Tadbirkorlik subyektlarini huquqiy himoya qilish tizimi takomillashtirilganligi hamda ularning moliyaviy javobgarligi erkinlashtirilganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasining 2006-yil 10-oktabrdagi OʻRQ-59-son Qonuni)” 2006-yil 10-noyabrdagi 235-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2006-y., 11-son, 86-modda) 1-ilova 34-bandining “b” kichik bandi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida” (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Fuqarolarning pensiya taʼminoti tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2009-yil 30-dekabrdagi PF-4161-son Farmoni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi tuzilmasini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2009-yil 30-dekabrdagi PQ–1251-son hamda “Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasining tashkiliy tuzilmasini shakllantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2009-yil 30-dekabrdagi PQ–1252-son qarorlari) 2010-yil 24-martdagi 52-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2010-y., 3-son, 12-modda) 1-ilovaning 17-bandi va 26-bandining “v” kichik bandi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Tibbiy-mehnat ekspertiza xizmati faoliyatini tashkil etishni takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2010-yil 2-sentabrdagi 193-son qarori) 2010-yil 11-noyabrdagi 250-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2010-y., 11-son, 59-modda) ilova 1-bandining “g” kichik bandi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Vazirlar Mahkamasining “Davlat xaridlarini tashkil etishga doir normativ-huquqiy bazani takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2011-yil 1-apreldagi 100-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2011-y., 4-son, 24-modda) 3-ilova 3-bandining “g” kichik bandi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Taʼlim muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va jihozlash jamgʻarmasini Taʼlim va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va jihozlash jamgʻarmasi etib qayta tashkil etish toʻgʻrisida” 2011-yil 21-noyabrdagi PQ–1645-son qarori) 2012-yil 3-fevraldagi 30-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2012-y., 2-son, 6-modda) ilova 6-bandining uchinchi xatboshi.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 26-son, 340-modda, 52-son, 647-modda; 2017-y., 26-son, 588-modda)