Hujjat kuchini yo‘qotgan 06.07.2015 11.02.1999 yildagi 66-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 11.02.1999 yildagi 66-son
Date of entry into force
11.02.1999
Hujjat kuchini yo‘qotgan 06.07.2015
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
BUDJET INTIZOMIGA RIOYa QILINIShI USTIDAN NAZORATNI KUChAYTIRISh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 30-iyundagi 173-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining nazorat-taftish bosh boshqarmasi va uning hududiy nazorat-taftish boshqarmalari toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Budjet intizomiga rioya qilinishi, budjet mablagʻlarining belgilangan maqsadda sarflanishi ustidan qattiq nazoratni taʼminlashga doir ishlarni samarali tashkil etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimlari, moliya organlari va budjet muassasalari rahbarlarining eʼtibori budjet intizomiga qatʼiy va izchil amal qilinishini taʼminlash zarurligiga qaratilsin hamda ular budjet mablagʻlarining noqonuniy va boshqa maqsadlarga sarflanganligi uchun, amaldagi qonunchilikka muvofiq, shaxsan javobgar ekanliklari toʻgʻrisida ogohlantirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Nazorat-taftish bosh boshqarmasining budjet intizomini mustahkamlashdagi rolini kuchaytirish maqsadga muvofiq deb hisoblansin. Budjet jarayonining barcha bosqichlarida budjet intizomiga rioya qilinishi ustidan doimiy nazoratni amalga oshirish, shu jumladan, quyidagilar uning asosiy vazifasi etib belgilansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
moliya organlari, budjet muassasalari va tijorat banklarining birinchi navbatdagi sarf-xarajatlar navbatiga, mablagʻ bilan taʼminlash hamda budjet muassasalari xodimlariga ish haqi, ijtimoiy nafaqalar, stipendiyalarni toʻlash muddatlariga va toʻliqligiga rioya qilish, shuningdek, budjet muassasalariga koʻrsatib oʻtilgan maqsadlar uchun naqd pul berish boʻyicha faoliyati ustidan nazorat va monitoringni amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining hisob-kitob Jamgʻarmasi mablagʻlaridan belgilangan maqsadda foydalanilishini, toʻlovlarning oʻz vaqtida oʻtishini, hisob-kitoblarning toʻliq va oʻz vaqtida amalga oshirilishini nazorat qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shtat-smeta intizomiga va budjet mablagʻlarini xoʻjalik ehtiyojlariga sarflash limitlariga rioya qilinishi ustidan nazoratni amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hokimiyat va boshqaruv organlari rahbarlari va mansabdor shaxslarning budjet jarayoniga asossiz aralashishlari hollarining oldini olish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
investitsiya dasturlarini amalga oshirishga ajratiladigan davlat valyuta mablagʻlari va markazlashtirilgan mablagʻlardan toʻgʻri va belgilangan maqsadda foydalanilishini nazorat qilish.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bundan tashqari, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi mablagʻlaridan maqsadli foydalanilishi yuzasidan nazoratni kuchaytirish maqsadida quyidagilar Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Nazorat-taftish bosh boshqarmasining qoʻshimcha vazifalari etib belgilansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yangidan tayinlangan pensiyalar va nafaqalarning, shuningdek qonun hujjatlarida nazarda tutilgan imtiyozlarni qoʻllashning, shu jumladan fuqarolarning pensiya yigʻmajildlaridagi boshlangʻich hujjatlarning toʻliqligi va ishonchliligini tekshirish yoʻli bilan toʻgʻriligini yalpi tekshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, korxonalar, tashkilotlar, muassasalar tomonidan ishlayotgan pensionerlarga pensiyalar va nafaqalarning hisoblab yozilishi va toʻlanishi toʻgʻriligini rejali tekshirish oʻtkazish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
fuqarolarga, shu jumladan bank va pochta muassasalari tomonidan pensiyalar va nafaqalarning oʻz vaqtida va toʻliq toʻlanishi, qonun buzilishlari aniqlangan taqdirda qonun hujjatlarida nazarda tutilgan choralar koʻrilishi yuzasidan tizimli monitoring olib borish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
zarurat boʻlganda, mustaqil ekspertlarni jalb etgan holda, tibbiy-mehnat ekspert komissiyalari tomonidan berilgan tekshirish dalolatnomalarini va xulosalarni takroriy ekspertizadan oʻtkazish.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 24-martdagi 52-son qaroriga muvofiq yettinchi — oʻn birinchi xatboshilar bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2010-y., 13-son, 96-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 15-noyabrdagi 393-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan— OʻR QHT, 2002-y., 21-son, 172-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Belgilab qoʻyilsinki:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Nazorat-taftish bosh boshqarmasining viloyatlar va tumanlardagi tarkibiy boʻlinmalari rahbarlari budjet intizomi buzilishi hollari ular xodimlarining ishtirokisiz aniqlangan taqdirda amaldagi qonunchilikka muvofiq qattiq javobgarlikka tortiladilar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Nazorat-taftish bosh boshqarmasi apparati xodimlari bundan buyon huquqni muhofaza qilish organlarining alohida muhim ishlar boʻyicha jinoiy ishlar qoʻzgʻash toʻgʻrisidagi qarorlari boʻyicha taftishlar va tekshirishlarga respublika huquqni muhofaza qilish organlari rahbarlarining soʻrovnomalari asosida faqat Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining roziligi bilan jalb etiladilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Nazorat-taftish bosh boshqarmasi toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida” 1992-yil 28-dekabrdagi 594-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Moliya vazirligi, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda amaldagi qonunchilikka budjet intizomini buzganlik uchun mansabdor shaxslarning jinoiy va maʼmuriy javobgarlik choralarini, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Nazorat-taftish bosh boshqarmasiga budjet intizomini buzganlik uchun rahbarlar va mansabdor shaxslarga nisbatan jarimalar solish huquqi berilishini nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida takliflar taqdim etsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari B.S. Hamidov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1999-yil 11-fevral,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
66-son
Oldingi tahrirga qarang.
(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 15-noyabrdagi 393-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan— OʻR QHT, 2002-y., 21-son, 172-modda)