Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qaʼrini geologik oʻrganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining buyrugʻi, 26.06.2015 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2690
Indexation by Ceneral legal classifier of legislation branches
Indexation by thematic directory of legislation
Sources of changes
Sources of publication
05.08.2026
19.08.2024
02.12.2021
28.07.2021
02.11.2020
08.10.2019
29.06.2015
View
Рус
Ўзб
O’zb
O‘zb|Рус
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.02.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni taʼminlash / 11.02.02.00 Radiatsiyaviy xavfsizlik (shuningdek, 16.04.07.00ga qarang);
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.07.00 Radiatsiya xavfsizligi (shuningdek, 11.02.02.00 ga qarang)]
[TSZ:
1.Tabiiy resurslar / Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI HUZURIDAGI YER QAʼRINI GEOLOGIK OʻRGANISH, SANOATDA, KONCHILIKDA VA KOMMUNAL-MAISHIY SEKTORDA ISHLARNING BEXATAR OLIB BORILISHINI NAZORAT QILISH DAVLAT INSPEKSIYASI BOSHLIGʻINING
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
buyrugʻi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ionlashtiruvchi nurlanish manbalarini inventarizatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomani tasdiqlash haqida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2015-yil 26-iyunda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2690]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining “Radiatsiyaviy xavfsizlik toʻgʻrisida”gi Qonuni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 13-avgustdagi 231-sonli “Radioaktiv moddalar va radioaktiv chiqindilar, shuningdek yadroviy materiallar aylanishini davlat tomonidan hisobga olish va nazorat qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan buyuraman:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Ionlashtiruvchi nurlanish manbalarini inventarizatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnoma ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Boshliq B. GULYAMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2015-yil 10-iyun,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
59-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qaʼrini geologik oʻrganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2015-yil 10-iyundagi 59-sonli buyrugʻiga ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ionlashtiruvchi nurlanish manbalarini inventarizatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
YOʻRIQNOMA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mazkur Yoʻriqnoma Oʻzbekiston Respublikasining “Radiatsiyaviy xavfsizlik toʻgʻrisida”gi Qonuni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 13-avgustdagi 231-sonli “Radioaktiv moddalar va radioaktiv chiqindilar, shuningdek yadroviy materiallar aylanishini davlat tomonidan hisobga olish va nazorat qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq, ionlashtiruvchi nurlanish manbalarini inventarizatsiyadan oʻtkazish tartibini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-bob. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Mazkur Yoʻriqnomada quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ionlashtiruvchi nurlanish manbai (INM) — oʻzidan ionlashtiruvchi nurlanish chiqaruvchi yoki chiqarishga qodir boʻlgan qurilma va (yoki) radioaktiv modda;
(1-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasining 2021-yil 24-noyabrdagi 03/yub-12-sonli qarori (roʻyxat raqami 2690-3, 02.12.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.12.2021-y., 10/21/2690-3/1120-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
INM aylanishi subyekti — Oʻzbekiston Respublikasi hududida qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda ionlashtiruvchi nurlanish manbalarini qazib olish, ishlab chiqarish, hosil qilish, qayta ishlash, ulardan foydalanish, ularni saqlash, ularga xizmat koʻrsatish, ularni tashish, shu jumladan ularning Oʻzbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali olib oʻtilishi, zararsizlantirilishi va koʻmib tashlanishi boʻyicha INM aylanishi sohasidagi faoliyatni amalga oshiradigan yuridik shaxslar;
(1-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Radiatsiyaviy xavfsizlik toʻgʻrisida”gi Qonuni.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
radioaktiv moddalar — ionlashtiruvchi nurlanishni tarqatadigan, yadroviy materiallar jumlasiga kirmaydigan moddalar;
(1-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasining 2020-yil 28-sentabrdagi 03/YUB-62-sonli qarori (roʻyxat raqami 2690-2, 02.11.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 02.11.2020-y., 10/20/2690-2/1456-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
radioaktiv chiqindilar — keyinchalik foydalanish uchun moʻljallanmagan, tarkibidagi radionuklidlarning aktivlik darajasi qonunchilik hujjatlarida belgilangan koʻrsatkichlardan yuqori boʻlgan har qanday agregat holatidagi moddalar;
(1-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
radioaktiv moddalar va radioaktiv chiqindilar aylanishi subyektlari — Oʻzbekiston Respublikasi hududida qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda radioaktiv moddalar va radioaktiv chiqindilarni qazib olish, ishlab chiqarish, hosil qilish, qayta ishlash, ulardan foydalanish, ularni saqlash, ularga xizmat koʻrsatish, ularni tashish, shu jumladan ularning Oʻzbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali olib oʻtilishi, zararsizlantirilishi va koʻmib tashlanishi boʻyicha radioaktiv moddalar va radioaktiv chiqindilar aylanishi sohasidagi faoliyatni amalga oshiradigan yuridik shaxslar.
(1-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Radiatsiyaviy xavfsizlik toʻgʻrisida”gi Qonuni.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. INMlar inventarizatsiyadan quyidagi maqsadlarda oʻtkaziladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
INMning mavjudligi va ular saqlanadigan joylarning oʻzgarishi toʻgʻrisida respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlarga xolisona va ishonchli axborot taqdim etish.
(2-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2026-yil 4-avgustdagi 25-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3916, 04.08.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.08.2026-y., 10/26/3916/0819-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-bob. INMlarni inventarizatsiyadan oʻtkazish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. INM aylanishi subyektlari tomonidan:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
radioaktiv moddalar hamda ular joylashgan joylar — yiliga bir marta;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
radioaktiv chiqindilar va ular saqlanadigan va koʻmiladigan punktlar hamda radioaktiv moddalar va radioaktiv chiqindilar aylanishi subyektlari kuzatuv chegarasida joylashgan radionuklidlar bilan zararlangan hududlar — besh yilda bir marta inventarizatsiyadan oʻtkazilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Radioaktiv moddalar va radioaktiv chiqindilar aylanishi subyektlarining tashkiliy-huquqiy shakli oʻzgargan, u tugatilgan yoki qayta tashkil qilingan, radioaktiv moddalar va radioaktiv chiqindilar bilan ishlash butunlay toʻxtatilgan, oʻgʻirlik, radioaktiv moddalar va radioaktiv chiqindilar turgan yoki saqlanadigan punktlarga (joylarga) ruxsat berilmagan taʼsir oʻtkazish aniqlangan taqdirda, favqulodda holatlar oqibatlari bartaraf qilingandan keyin radioaktiv moddalar va radioaktiv chiqindilar navbatdan tashqari inventarizatsiyadan oʻtkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Inventarizatsiyadan oʻtkazishdan oldin INM aylanishi subyekti rahbari INMlarni inventarizatsiyadan oʻtkazish uchun masʼul shaxslar tayinlanadi va INMlar bilan muomalada boʻlish uchun yetarli malakaga ega boʻlgan mutaxassislardan tashkil topgan INMlarni inventarizatsiyadan oʻtkazish komissiyasini shakllantiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. INM aylanishi subyekti tomonidan inventarizatsiyadan oʻtkazishda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
radioaktiv moddalar va radioaktiv chiqindilarning mavjud miqdori hamda holati aniqlanadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
radioaktiv moddalar va radioaktiv chiqindilarning mavjud miqdori buxgalteriya hisobidagi maʼlumotlar bilan solishtiriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
radioaktiv moddalarning ularning pasport hujjatlaridagi maʼlumotlariga muvofiqligi tekshiriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
INMlarni inventarizatsiyadan oʻtkazish boʻyicha tegishli hujjatlar toʻldiriladi va ularning yuborilishi taʼminlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. INM aylanishi subyektlari tomonidan:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
radioaktiv moddalar hamda ular joylashgan joylar inventarizatsiyadan oʻtkazilishi natijasi boʻyicha maʼlumot — mazkur Yoʻriqnomaning 1-ilovaga muvofiq shaklda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
radioaktiv chiqindilar hamda ular saqlanadigan va koʻmiladigan punktlar inventarizatsiyadan oʻtkazilishi natijasi boʻyicha maʼlumot — mazkur Yoʻriqnomaning 2-ilovasiga muvofiq shaklda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
radioaktiv moddalar va radioaktiv chiqindilar aylanishi subyektlari kuzatuv chegarasida joylashgan radionuklidlar bilan zararlangan hududlar inventarizatsiyadan oʻtkazilishi natijasi boʻyicha maʼlumot — mazkur Yoʻriqnomaning 3-ilovasiga muvofiq shaklda rasmiylashtiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. INM aylanishi subyektlari tomonidan oʻtkazilgan inventarizatsiya natijalari boʻyicha rasmiylashtirilgan maʼlumotlar kuzatuv xati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasiga joriy yilning 1-fevraligacha yuboriladi.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 13-avgustdagi 18-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3552, 15.08.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.08.2024-y., 10/24/3552/0630-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-bob. Yakuniy qoida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Mazkur Yoʻriqnoma Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Ichki ishlar vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi va Fanlar akademiyasi bilan kelishilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi raisi B. ABDUSAMATOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2015-yil 1-iyun
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ichki ishlar vaziri A. AXMEDBAYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2015-yil 2-iyun
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sogʻliqni saqlash vaziri A. ALIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2015-yil 2-iyun
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Favqulodda vaziyatlar vaziri T. XUDAYBERGENOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2015-yil 4-iyun
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Fanlar akademiyasi Prezidenti Sh. SALIXOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2015-yil 5-iyun
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ionlashtiruvchi nurlanish manbalarini inventarizatsiyadan oʻtkazish yoʻriqnomasiga 1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Radioaktiv moddalar hamda ular joylashgan joylarni inventarizatsiyadan oʻtkazish natijasi boʻyicha MAʼLUMOT
INM aylanishi subyektining nomi va tashkiliy-huquqiy shakli: ________________________________________________
1-shakl
T/r
Radioaktiv moddaning turi
Radioaktiv moddaga berilgan zavod raqami
Radioaktiv moddaning pasport raqami
Radioaktiv moddaning ishlab chiqarilgan vaqti
Radioaktiv moddaning yaroqlilik muddati (yil, oy yoki kun)
Radioaktiv moddaning boshlangʻich aktivligi (Bk)
Radioaktiv moddaning radionuklid tarkibi
Radioaktiv moddaning himoya konteyneri turi va zavod raqami
Radioaktiv moddaning joylashgan joyi
nomi
ulushi (foiz)
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
Tashkilot (korxona) rahbari:
______________________
____________
(F.I.O.)
(imzo)
Shaklni tuzgan shaxs:
______________________
____________
___________________
(F.I.O.)
(imzo)
(telefon/faks raqami)
Shakl toʻldirilgan sana:
______ yil
_______
____________
(yil)
(kun)
(oy)
Maʼlumot hajmi _____ varaq.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ionlashtiruvchi nurlanish manbalarini inventarizatsiyadan oʻtkazish yoʻriqnomasiga 2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Radioaktiv chiqindilar hamda ular saqlanadigan va koʻmiladigan punktlarni inventarizatsiyadan oʻtkazish natijasi boʻyicha MAʼLUMOT
INM aylanishi subyektining nomi va tashkiliy-huquqiy shakli: ________________________________________________
2a-shakl (radioaktiv chiqindilar saqlanadigan va koʻmiladigan punktlar boʻyicha umumiy maʼlumot)
T/r
Radioaktiv chiqindilar saqlanadigan va koʻmiladigan punktlarning nomi
Punktning ishga tushirilgan sanasi
Punkt egallab turgan hudud (m2)
Punktlardagi radioaktiv chiqindilar saqlanadigan omborxona (sigʻim)lar soni
Punktlardagi radioaktiv chiqindilar saqlanadigan omborxona (sigʻim)larning umumiy loyihaviy hajmi (m3)
Omborxona (sigʻim)larda saqlanadigan radioaktiv chiqindilarning umumiy miqdori (dona/m3)
qattiq holdagi radioaktiv chiqindilar uchun
suyuq holdagi radioaktiv chiqindilar uchun
gaz holdagi radioaktiv chiqindilar uchun
qattiq holdagi radioaktiv chiqindilar uchun
suyuq holdagi radioaktiv chiqindilar uchun
gaz holdagi radioaktiv chiqindilar uchun
qattiq holdagi radioaktiv chiqindilar
suyuq holdagi radioaktiv chiqindilar
gaz holdagi radioaktiv chiqindilar
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2b-shakl (radioaktiv chiqindilar saqlanadigan va koʻmiladigan punktlardagi omborxona (sigʻim)lar boʻyicha maʼlumot)
T/r
Omborxona (sigʻim)ning tartib raqami
Omborxona (sigʻim)ning loyihaviy hajmi (m3)
Omborxona (sigʻim)da saqlanadigan radioaktiv chiqindilarning turi (qattiq, suyuq yoki gaz)
Omborxona (sigʻim)da saqlanadigan radioaktiv chiqindilarning miqdori (dona/m3)
Omborxona (sigʻim)ning muhandislik himoya baryerlari xarakteristikalari
devori
poli
shifti
materiali
qalinligi (sm)
materiali
qalinligi (sm)
materiali
qalinligi (sm)
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
Tashkilot (korxona) rahbari:
____________________________
_____________
(F.I.O.)
(imzo)
Shaklni tuzgan shaxs:
____________________________
______________
___________________
(F.I.O.)
(imzo)
(telefon/faks raqami)
Shakl toʻldirilgan sana:
_______ yil ____ _____________
(yil)
(kun)
(oy)
Maʼlumot hajmi _____ varaq.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ionlashtiruvchi nurlanish manbalarini inventarizatsiyadan oʻtkazish yoʻriqnomasiga 3-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Radioaktiv moddalar va radioaktiv chiqindilar aylanishi subyektlari kuzatuv chegarasida joylashgan radionuklidlar bilan zararlangan hududlarni inventarizatsiyadan oʻtkazish natijasi boʻyicha MAʼLUMOT
INM aylanishi subyektining nomi va tashkiliy-huquqiy shakli: _____________________________________________________________________
3-shakl
T/r
Zararlangan hududning nomi (raqami)
Zararlangan hudud maydoni (m2)
Zararlangan hududning yuzasidan 1 m balandlikda (uzoqlikda)gi nurlanishning oʻrtacha doza quvvati (mkZv/soat)
Zararlangan hududning yuzasidan 1 m balandlikda (uzoqlikda)gi nurlanishning maksimal doza quvvati (mkZv/soat)
Zararlangan yer maydonining radionuklid tarkibi
radionuklidning nomi
hajmiy aktivligi (Bk/m3)
solishtirma aktivligi (Bk/kg)
oʻrtacha
maksimal
oʻrtacha
maksimal
alfa-aktivlik
beta-aktivlik
alfa-aktivlik
beta-aktivlik
alfa-aktivlik
beta-aktivlik
alfa-aktivlik
beta-aktivlik
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
13
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(3-shaklning davomi)
Zararlangan suv havzasining radionuklid tarkibi
radionuklidning nomi
suyuq fazaning solishtirma aktivligi (Bk/l)
suv tubidagi choʻkmalarning solishtirma aktivligi (Bk/kg)
oʻrtacha
maksimal
oʻrtacha
maksimal
alfa-aktivlik
beta-aktivlik
alfa-aktivlik
beta-aktivlik
alfa-aktivlik
beta-aktivlik
alfa-aktivlik
beta-aktivlik
14
15
16
17
18
19
20
21
22
Tashkilot (korxona) rahbari:
______________________________
____________
(F.I.O.)
(imzo)
Shaklni tuzgan shaxs:
______________________________
_____________
___________________
(F.I.O.)
(imzo)
(telefon/faks raqami)
Shakl toʻldirilgan sana:
_____ yil
_______
__________
(yil)
(kun)
(oy)
Maʼlumot hajmi _____ varaq.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 25-son, 336-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.10.2019-y., 10/19/2690-1/3878-son; 02.11.2020-y., 10/20/2690-2/1456-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son, 02.12.2021-y., 10/21/2690-3/1120-son; 19.08.2024-y., 10/24/3552/0630-son; 05.08.2026-y., 10/26/3916/0819-son)