Hujjat kuchini yo‘qotgan 23.12.2022 13.03.2000 yildagi 87-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 13.03.2000 yildagi 87-son
Date of entry into force
13.03.2000
Hujjat kuchini yo‘qotgan 23.12.2022
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
DAVLAT SOLIQ XIZMATI ORGANLARI FAOLIYATINI TAShKIL ETIShNI TAKOMILLAShTIRISh TO‘G‘RISIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-dekabrdagi 717-sonli “Yaratilgan yangi ish o‘rinlarini hisobga olish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Soliq intizomini mustahkamlash, soliq qonun hujjatlariga qat’iy amal qilish, soliq to‘lovlarining budjetga to‘liq va o‘z vaqtida tushishini ta’minlash, soliq haqidagi huquq buzilishlarining aniqlanishi, ularning oldini olish va ularni bartaraf etish ustidan davlat nazoratni kuchaytirish, shuningdek soliq organlari faoliyatini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 21-maydagi 98-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2010-y., 21-son, 162-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi tizimi xodimlarining umumiy soni 2000-yil 1-apreldan boshlab o‘rtacha 10 foizga qisqartirilsin. Qisqartirilayotgan xodimlar va ish haqi fondi Soliq sohasida huquq buzilishlarga qarshi tezkor kurashish bosh boshqarmasini hamda uning hududiy boshqarmalarini xodimlar bilan to‘ldirishga va mustahkamlashga yo‘naltirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat soliq qo‘mitasi raisining besh nafar o‘rinbosari, shu jumladan bir nafar birinchi o‘rinbosari, 9 kishidan iborat tarkibda hay’ati bo‘lishiga ruxsat etilsin.
(2-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 17-apreldagi 320-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 17.04.2019-y., 09/19/320/2958-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 6-iyuldagi 291-son qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2001-y., 13-son, 88-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Davlat soliq qo‘mitasi markaziy apparati tuzilmasida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Soliq tekshiruvlari va mavzuli ekspress-o‘rganishlar boshqarmasi tashkil etilsin, unga belgilangan tartibda nazorat ishlarini amalga oshirish va hujjatlarni tekshirish hamda xo‘jalik yurituvchi subyektlarning moliya-xo‘jalik faoliyatini taftish qilish funksiyasi yuklansin;
(4-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 17-apreldagi 320-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 17.04.2019-y., 09/19/320/2958-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 17-apreldagi 320-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 17.04.2019-y., 09/19/320/2958-son)
(4-bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 8-avgustdagi 168-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2007-y., 31-32-son, 323-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 17-apreldagi 320-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 17.04.2019-y., 09/19/320/2958-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 21-maydagi 98-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2010-y., 21-son, 162-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Soliq tekshiruvlari va mavzuli ekspress-o‘rganishlar boshqarmasi, Soliq sohasida huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi va ularning hududiy bo‘linmalari, shuningdek Yirik soliq to‘lovchilar bo‘yicha hududlararo davlat soliq inspeksiyasi xodimlari uchun O‘zbekiston Respublikasi respublika budjeti hisobidan ular lavozim maoshining 20 foizi miqdorida maxsus ustamalar joriy etilsin.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 17-apreldagi 320-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 17.04.2019-y., 09/19/320/2958-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ikki hafta muddatda O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi to‘g‘risidagi Nizomning yangi tahririni hamda Soliq sohasida huquq buzilishlarga qarshi tezkor kurashish bosh boshqarmasi, Nazorat-taftish bosh boshqarmasi, Rejim va kadrlar bosh boshqarmasi to‘g‘risidagi nizomlarni ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shu yil 1-maygacha davlat soliq, xizmati organlari xodimlarining yangi kiyim-boshini yaratish yuzasidan tanlov o‘tkazsin, bunda unga 2001-yildan boshlab o‘tishni nazarda tutsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Davlat soliq qo‘mitasi bilan birgalikda Soliq sohasida huquq buzilishlarga qarshi tezkor kurashish bosh boshqarmasiga va uning hududiy boshqarmalariga xizmat ko‘rsatish uchun avtotransport vositalariga qo‘shimcha limit ajratish to‘g‘risidagi masalani bir oy muddatda hal qilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 21-maydagi 98-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2010-y., 21-son, 162-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Vazirlar Mahkamasining Qurilish va qurilish materiallari sanoati kompleksi (Isayev) O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi, Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Moliya vazirligi Buxoro va Farg‘ona viloyatlari hokimliklari bilan birgalikda Buxoro va Farg‘ona shaharlaridagi ikkita yangidan qurilgan kasb-hunar kollejlarini aniqlasin va ularni ikki oy muddatda ushbu kollejlar bazasida 2000-yil 1-sentabrgacha har biri 200 o‘rinli ixtisoslashtirilgan soliq kollejlari tashkil etish uchun Davlat soliq qo‘mitasi balansiga bersin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi va Moliya vazirligining Buxoro shahar va Samarqand shahar Davlat soliq inspeksiyalarini, shuningdek Farg‘ona shahridagi Qirguli tumani Davlat soliq inspeksiyasini tugatish to‘g‘risidagi taklifi qabul qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Quyidagilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi soliq organlarini yanada mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1992-yil 20-oktabrdagi 483-son qarori;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish masalalari to‘g‘risida” 1998-yil 12-yanvardagi 14-son qarorining 1 va 3-bandlari, qarorga 1-6-ilovalar o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi Adliya vazirligi va Moliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlariga tegishli o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritish yuzasidan takliflar tayyorlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari B.S.Hamidov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2000-yil 13-mart,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
87-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 21-maydagi 98-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2010-y., 21-son, 162-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 8-avgustdagi 168-sonli qarori bilan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2007-y., 31-32-son, 323-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(2a-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 8-avgustdagi 168-sonli qarori bilan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2007-y., 31-32-son, 323-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 6-iyuldagi 291-son qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2001-y., 13-son, 88-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 8-avgustdagi 168-sonli qarori bilan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2007-y., 31-32-son, 323-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 8-avgustdagi 168-sonli qarori bilan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2007-y., 31-32-son, 323-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(6-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 21-maydagi 98-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2010-y., 21-son, 162-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(6a-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 21-maydagi 98-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2010-y., 21-son, 162-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(6b-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 21-maydagi 98-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2010-y., 21-son, 162-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(6v-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 21-maydagi 98-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2010-y., 21-son, 162-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(7-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 21-maydagi 98-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2010-y., 21-son, 162-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(7a-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 21-maydagi 98-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2010-y., 21-son, 162-modda)