Hujjat kuchini yo‘qotgan 16.06.2010 15.04.1999 yildagi 768-I-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni, 15.04.1999 yildagi 768-I-son
Date of entry into force
07.05.1999
Hujjat kuchini yo‘qotgan 16.06.2010
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasining qonuni
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Arxivlar to‘g‘risida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur Qonun O‘zbekiston Respublikasining 2010-yil 15-iyundagi O‘RQ-252-sonli “Arxiv ishi to‘g‘risida”gi Qonuniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-modda. Qonunning maqsadi va vazifalari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu Qonun arxivlarni shakllantirish, saqlash va ulardan foydalanishda yuzaga keladigan munosabatlarni hamda O‘zbekiston Respublikasi arxiv muassasalari faoliyatini tartibga soladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qonun O‘zbekiston hududida mavjud bo‘lgan barcha arxiv hujjatlarini to‘liq qamrab olishga, O‘zbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondining yaxlitligini saqlab qolishga va fuqarolar, jamiyat va davlatning ijtimoiy, madaniy, ilmiy va boshqa ehtiyojlarini qondirish maqsadida arxiv hujjatlarini hisobga olish, ekspertiza qilish, ro‘yxatdan o‘tkazish, butlash hamda ulardan foydalanishning yagona tartibini belgilashga qaratilgandir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-modda. Arxivlar to‘g‘risidagi qonun hujjatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasining arxivlar to‘g‘risidagi qonun hujjatlari ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlaridan iborat.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoraqalpog‘iston Respublikasida arxiv ishi Qoraqalpog‘iston Respublikasi qonun hujjatlari bilan ham tartibga solinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O‘zbekiston Respublikasining arxivlar to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-modda. Asosiy tushunchalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
arxiv — arxiv hujjatlari majmui, shuningdek arxiv muassasasi yoki korxona, muassasa va tashkilotning arxiv hujjatlarini qabul qiluvchi, saqlovchi va ulardan foydalanuvchi tarkibiy bo‘linmasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
arxiv hujjatlari — qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tegishli ekspertiza asosida arxiv ahamiyatiga molik deb topilgan matnli, qo‘lyozma va mashinada o‘qiladigan hujjatlar, ovozli yozuvlar, videoyozuvlar, kinolentalar, fotosuratlar, fotografiya plyonkalari, chizmalar, sxemalar, xaritalar, shuningdek turli moddiy ashyolardagi yozuvlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
arxiv fondi — tarixiy yoki mantiqiy jihatdan bir-biri bilan aloqador arxiv hujjatlari majmui;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
arxiv ishi — arxiv hujjatlarini qabul qilish, hisobga olish, saqlash va ulardan foydalanishni tashkil etishga oid faoliyat;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
arxiv hujjatlarini doimiy saqlash — ularni arxivda, muzeyda, kutubxonada cheklanmagan muddatlarda saqlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
arxiv hujjatlarini vaqtincha saqlash — ularni arxivlarda qonun hujjatlarida belgilangan davr mobaynida saqlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
arxiv hujjatlarini depozitar saqlash — ularni hujjatlar mulkdori bilan arxiv, muzey, kutubxona o‘rtasidagi kelishuv (shartnoma) bo‘yicha belgilanadigan shartlar asosida mulkdorning arxiv hujjatlariga nisbatan mulk huquqini saqlab qolgan holda arxivda, muzeyda, kutubxonada saqlash.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-modda. O‘zbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hujjatlarida O‘zbekiston xalqining moddiy va ma’naviy hayoti aks ettirilgan barcha arxiv fondlarining majmui O‘zbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondi deb hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondi davlat va nodavlat arxiv fondlaridan tashkil topadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat arxivlarida va davlatning boshqa hujjatxonalarida doimiy saqlanayotgan hujjatlar, shuningdek davlat hokimiyati va boshqaruv organlarida, prokuraturalar, sudlar, davlat korxonalari, muassasalari va tashkilotlarida, banklarda, O‘zbekiston Respublikasining diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalarida vaqtincha saqlanayotgan arxiv hujjatlari davlat arxiv fondini tashkil etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Nodavlat yuridik shaxslarning faoliyati natijasida to‘plangan arxiv hujjatlari, shuningdek fuqarolarning shaxsiy arxivlari nodavlat arxiv fondini tashkil etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hujjatlarni O‘zbekiston Respublikasining Milliy arxiv fondiga kiritish yoki hujjatlarni undan chiqarish ekspert komissiyasining xulosasi asosida amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hujjatlarning qimmatliligini aniqlash mezonlarini, ekspert komissiyalarini tuzish va ularning faoliyat ko‘rsatish tartibini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “O‘zarxiv” agentligi belgilaydi.
(4-moddaning oltinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2004-yil 30-apreldagi 621-II-son Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2004-y., 25-son, 287-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hujjatlarni O‘zbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondiga kiritish masalasini hal qilish uchun yuridik va jismoniy shaxslar davlat arxiv muassasasining talabiga binoan hujjatlarni ekspertizaga taqdim etishlari shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-modda. Arxiv hujjatlariga bo‘lgan mulkdorlik
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat arxiv fondining hujjatlari davlat mulkidir va ular davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish, oldi-sotdi yoki mulk huquqini berish bilan bog‘liq boshqa bitimlar obyekti bo‘lishi mumkin emas hamda faqat vaqtincha foydalanish uchun beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Nodavlat arxiv fondlarining hujjatlari nodavlat yuridik shaxslarning — fond egalarining mulkidir. Jismoniy shaxslarning arxiv hujjatlari shu shaxslarning xususiy mulkidir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vafot etgan fuqarolarning arxiv hujjatlari, qonun bo‘yicha yoki vasiyatnoma bo‘yicha merosxo‘rlar bo‘lmasa, shuningdek arxivning egasini aniqlash imkoniyati bo‘lmasa, davlat mulkiga o‘tadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6-modda. Arxivlar tuzish huquqi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasining yuridik va jismoniy shaxslari arxivlar tuzish huquqiga egadir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi davlat arxivlari (ularning filiallari) tegishli ravishda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi tomonidan tuziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Viloyatlar davlat arxivlari (ularning filiallari) hamda Toshkent shahar davlat arxivi tegishli viloyat va Toshkent shahar hokimlarining qarori bilan tuziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Maxfiy arxivlar tuzishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7-modda. Arxiv hujjatlarini doimiy saqlash huquqi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat arxiv fondining hujjatlari davlat hujjatxonalarida doimiy saqlanishi kerak. Hujjatlarni qabul qilish va ro‘yxatdan o‘tkazishni amalga oshiradigan, ularning asralishi va ulardan foydalanishni ta’minlaydigan davlat arxivlari va ularning filiallari davlat arxiv fondi hujjatlarining asosiy hujjatxonalari hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat arxiv fondi hujjatlarini vazirliklar va idoralarda doimiy saqlash O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “O‘zarxiv” agentligi bilan kelishilgan idoraviy normativ hujjatlar asosida amalga oshiriladi.
(7-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2004-yil 30-apreldagi 621-II-son Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2004-y., 25-son, 287-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat arxiv fondining hujjatlarini doimiy saqlash vazifasi topshiriladigan vazirliklar va idoralarning ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8-modda. Idoraviy arxivlar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat hokimiyati va boshqaruv organlari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar arxiv hujjatlarini vaqtincha saqlash, ulardan xizmat, ishlab chiqarish, ilmiy va boshqa maqsadlarda foydalanish uchun idoraviy, birlashgan idoraviy yoki idoralararo arxivlar tuzishlari mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Idoraviy arxivlarda vaqtincha saqlanayotgan hujjatlarni ro‘yxatdan o‘tkazishni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “O‘zarxiv” agentligi va u vakolat bergan davlat arxiv muassasalari amalga oshiradi. Ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi va ro‘yxatdan o‘tish guvohnomasining shakli O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
(8-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2004-yil 30-apreldagi 621-II-son Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2004-y., 25-son, 287-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat arxiv fondining hujjatlarini idoraviy arxivlarda vaqtincha saqlash muddatining me’yorlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilab qo‘yiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Idoraviy arxivda vaqtincha saqlash muddatlari o‘tganidan keyin doimiy saqlanishi kerak bo‘lgan arxiv hujjatlari belgilangan tartibda davlat arxivlariga topshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Idoraviy arxivlarning arxiv hujjatlarini saqlash va ulardan foydalanish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tasdiqlagan nizomda belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9-modda. Fuqarolarning shaxsiy arxivlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xususiy mulkida arxiv hujjatlari bo‘lgan fuqarolar ularning asralishini ta’minlaydilar va arxiv hujjatlarini doimiy yoki depozitar saqlash uchun davlat arxivlari, muzeylari va kutubxonalariga topshirishlari mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Depozitar saqlash uchun topshirilgan arxiv hujjatlari, ularning mulkdorlari hujjatlarni saqlash shartnomasini o‘z vaqtida uzaytirmagan bo‘lsalar va mazkur hujjatlar arxivga, muzeyga va kutubxonaga topshirilgan paytdan boshlab yuz yil mobaynida ularni talab qilib olmasalar, davlat mulkiga o‘tadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10-modda. Qayta tashkil etilayotgan va tugatilayotgan korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning arxiv fondlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Korxonalar, muassasalar va tashkilotlar qayta tashkil etilganda ularning arxiv hujjatlarini kelgusida saqlash ular tomonidan tegishli davlat arxiv muassasalari bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Korxonalar, muassasalar va tashkilotlar tugatilganda ularning arxiv fondi hujjatlari tegishli davlat arxivlariga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda topshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11-modda. Arxiv ishini davlat tomonidan boshqarish
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Arxiv ishini davlat tomonidan boshqarish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan arxivlar ishini boshqarish vakolatli davlat organlari orqali amalga oshiriladi.
(11-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2004-yil 30-apreldagi 621-II-son Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2004-y., 25-son, 287-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Arxiv ishini boshqarish vakolatli davlat organlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “O‘zarxiv” agentligi hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar arxiv ishi hududiy boshqarmalaridir.
(11-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2004-yil 30-apreldagi 621-II-son Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2004-y., 25-son, 287-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi va Qoraqalpog‘iston Respublikasining davlat arxivlari (ularning filiallari), viloyatlar davlat arxivlari (ularning filiallari) va Toshkent shahar davlat arxivi bevosita arxiv ishini boshqarish vakolatli davlat organlariga bo‘ysunadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Arxiv ishini boshqarish vakolatli davlat organining faoliyatini tashkil etish tartibi hamda tuzilishi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12-modda. Davlat arxiv muassasalarini moliyalash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat arxiv muassasalarini moliyalash tegishli budjetlar mablag‘lari hisobiga, shuningdek budjetdan tashqari mablag‘lar hisobiga amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Pulli xizmatlar ko‘rsatishdan hamda moliyalashning boshqa qo‘shimcha manbalaridan olinadigan mablag‘lar arxiv muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirishga hamda ularning xodimlarini moddiy rag‘batlantirishga yo‘naltiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13-modda. Arxiv muassasalarining xizmatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat arxiv fondi muassasalari va idoraviy arxivlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilagan tartibda xizmatlar ko‘rsatadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Fuqarolarning huquqlari va manfaatlarini ijtimoiy himoya qilish uchun zarur bo‘lgan arxiv ma’lumotnomalarini, shuningdek davlat hokimiyati va boshqaruv organlariga arxiv ma’lumotnomalarini va hujjatlarning nusxalarini berish bepul amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14-modda. Arxivlarni butlash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat arxivlari davlat hokimiyati va boshqaruv organlari, davlat korxonalari, muassasalari va tashkilotlarining faoliyati jarayonida vujudga kelgan hujjatlardan, shuningdek ular tomonidan qo‘lga kiritilgan yoki ularga boshqa yuridik va jismoniy shaxslar topshirgan hujjatlardan butlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat arxivlari fuqarolarning shaxsiy arxiv hujjatlarini shartnoma asosida mulk qilib olishlari mumkin. Fuqarolarning arxiv hujjatlari sotilayotganda davlat arxivi ularni mulk egasi e’lon qilgan narxida sotib olishda ustuvor huquqqa ega.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Nodavlat yuridik shaxslarning arxivlari va fuqarolarning shaxsiy arxivlari davlat arxiv fondi hujjatlaridan butlanishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hujjatlari O‘zbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondiga butlash maqsadida topshirilishi lozim bo‘lgan korxonalar, muassasalar, tashkilotlarning ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “O‘zarxiv” agentligi tomonidan belgilanadi.
(14-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2004-yil 30-apreldagi 621-II-son Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2004-y., 25-son, 287-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15-modda. Hujjatlar saqlanishini ta’minlash yuzasidan hujjatlar mulkdorlarining majburiyati
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondiga kiritilishi lozim bo‘lgan hujjatlarning mulkdorlari ularning saqlanishini ta’minlashlari va ko‘payib borishiga ko‘maklashishlari shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Alohida qimmatli va noyob arxiv hujjatlarining sug‘urta nusxalari tayyorlab qo‘yiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Arxiv hujjatlarini alohida qimmatli va noyob hujjatlar jumlasiga kiritish, shuningdek ularning sug‘urta nusxalarini tayyorlash va saqlash tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “O‘zarxiv” agentligi tomonidan belgilanadi.
(15-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2004-yil 30-apreldagi 621-II-son Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2004-y., 25-son, 287-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qimmatli, noyob arxiv hujjatlarining lozim darajada asralishini ta’minlamayotgan nodavlat yuridik shaxslar sud qarori bilan hujjatlarga bo‘lgan mulk huquqidan mahrum etilishlari mumkin, shundan so‘ng bu hujjatlar saqlash uchun tegishli davlat arxiviga topshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16-modda. O‘zbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondi hujjatlarini davlat hisobiga olish
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondining hujjatlari, ularning saqlanayotgan joyidan qat’i nazar, davlat hisobiga olinishi kerak. Mazkur hujjatlarni davlat hisobiga olish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “O‘zarxiv” agentligi tomonidan belgilanadi.
(16-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2004-yil 30-apreldagi 621-II-son Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2004-y., 25-son, 287-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17-modda. Arxiv hujjatlaridan foydalanish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, shuningdek chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar davlat arxiv fondining arxiv hujjatlaridan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda foydalanadilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Nodavlat arxiv fondining hujjatlari, shu jumladan jismoniy shaxslarning xususiy mulki sifatida o‘zida saqlanayotgan arxivlar yuridik va jismoniy shaxslarning foydalanishi uchun fond egalarining roziligi bilan berilishi mumkin bo‘lib, ular arxiv hujjatlarining asralishini ta’minlash maqsadida ulardan foydalanishni cheklashlari mumkin. Cheklashlar xizmat topshirig‘ini bajarayotgan huquqni muhofaza qilish, nazorat qiluvchi organlarning xodimlariga nisbatan, shuningdek qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa hollarda tatbiq etilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Arxiv hujjatlarining mahfiylik darajasi, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondining davlat va tijorat sirini o‘z ichiga olgan hujjatlaridan foydalanishga doir cheklashlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Fuqarolarning shaxsiy hayoti to‘g‘risidagi yoki ularning hayoti va xavfsizligiga tahdid tug‘diruvchi ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan arxiv hujjatlaridan foydalanishga doir cheklashlar, hujjatlar tayyorlangan vaqtdan e’tiboran yetmish besh yil muddatga belgilanadi. Ushbu muddatdan oldin ana shunday hujjatlardan foydalanishga fuqaroning o‘zi tomonidan, uning vafotidan so‘ng esa — uning merosxo‘rlari tomonidan ruxsat berilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat arxiv muassasalari davlat arxiv fondi hujjatlaridan foydalanishni ular ilmiy-texnik ishlovdan o‘tkazilayotgani yoki qayta tiklanayotgani munosabati bilan cheklab qo‘yish huquqiga egadir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18-modda. Arxiv ishi sohasidagi xalqaro hamkorlik
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘z arxivlariga ega bo‘lgan yuridik va jismoniy shaxslar arxiv ishi sohasidagi xalqaro hamkorlikda qonun hujjatlariga muvofiq ishtirok etishlari mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasidan chetga olib ketilgan arxiv hujjatlarini qaytarish xalqaro shartnomalar asosida amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19-modda. O‘zbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondi hujjatlarining O‘zbekistondan olib chiqilishi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondi hujjatlarining asl nusxalarini yoki ularning o‘rnini bosuvchi nusxalarini O‘zbekistondan olib chiqilishiga yo‘l qo‘yilmaydi, ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondining hujjatlarini chet elda ko‘rgazmaga qo‘yish yoki qayta tiklash maqsadida O‘zbekistondan vaqtincha olib chiqilishiga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “O‘zarxiv” agentligi ruxsati bilan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda yo‘l qo‘yiladi.
(19-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2004-yil 30-apreldagi 621-II-son Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2004-y., 25-son, 287-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20-modda. Nizolarni hal etish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Arxivlardan foydalanish masalalariga doir nizolar sud tomonidan hal etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yuridik va jismoniy shaxslar arxivlar to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun yetkazilgan zarar o‘rnini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qoplashlari shart. Zarar o‘rnining qoplanishi aybdorlarni qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikdan ozod etmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21-modda. Arxivlar to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Arxivlar to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo‘ladilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1999-yil 15-aprel,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
768-I-son
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-y., 5-son, 120-modda; O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y.,25-son, 287-modda)