Hujjat kuchini yo‘qotgan 08.02.2020 03.02.2004 yildagi 49-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qarori, 03.02.2004 yildagi 49-son
Date of entry into force
03.02.2004
Hujjat kuchini yo‘qotgan 08.02.2020
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
QarorI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASIDA ARXIV IShINI BOShQARIShNI YaNADA TAKOMILLAShTIRISh TOʻGʻRISIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 8-fevraldagi 72-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi “Oʻzarxiv” agentligi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat boshqaruvi respublika organlari tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2003-yil 9-dekabrdagi PF–3358-son Farmoniga muvofiq hamda arxiv ishini boshqarish organlari faoliyati samaradorligini oshirish, arxivlarning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va rivojlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Bosh arxiv boshqarmasi (“Oʻzbosharxiv” boshqarmasi) Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Oʻzarxiv” agentligi (“Oʻzarxiv” agentligi)ga aylantirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Quyidagilar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Oʻzarxiv” agentligining asosiy vazifalari etib belgilansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
arxiv ishi va ish yuritish sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
arxiv ishi sohasidagi qonun hujjatlarining amalda bajarilishini va ularga rioya etilishi ustidan taʼsirchan nazoratni amalga oshirishni taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondi hujjatlarini shakllantirish, ularning saqlanishini, davlat hisobini taʼminlash va ulardan foydalanish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
respublika davlat arxivlarini boshqarish, ularning faoliyat koʻrsatishini taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
respublikada arxiv ishini yanada rivojlantirish va takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
arxivshunoslik va arxeografiya sohasida ilmiy va metodik ishlarni tashkil etish va muvofiqlashtirish, ilmiy tadqiqotlar natijalarini va ilmiy-texnika yutuqlarini respublika arxiv muassasalari ishlari amaliyotiga joriy etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
arxiv ishi sohasidagi mamlakatimiz va chet el ish tajribasini oʻrganish va ommalashtirish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Belgilab qoʻyilsinki, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Oʻzarxiv” agentligi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Bosh arxiv boshqarmasining huquq va majburiyatlari boʻyicha huquqiy vorisi hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Quyidagilar:
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Oʻzarxiv” agentligining tashkiliy tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq;
(4-bandning ikkinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 26-avgustdagi 194-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 35-36-son, 347-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-bandning uchinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 26-avgustdagi 194-sonli qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2008-y., 35-36-son, 347-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Oʻzarxiv” agentligi toʻgʻrisidagi nizom 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Oʻzarxiv” agentligi Bosh direktoriga markaziy apparat tuzilmasiga belgilangan xodimlar soni va ish haqi fondi doirasida oʻzgartirishlar kiritish huquqi berilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Oʻzarxiv” agentligida Bosh direktorning bir nafar oʻrinbosari va shaxsiy tarkibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan 5 kishidan iborat hayʼat boʻlishiga ruxsat etilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Oʻzarxiv” agentligining Bosh direktori maqomiga koʻra vazirning birinchi oʻrinbosariga, Bosh direktor oʻrinbosari — vazir oʻrinbosariga tenglashtirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Belgilab qoʻyilsinki, arxiv ishi hududiy boshqarmalarining boshliqlari Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari bilan kelishuv boʻyicha “Oʻzarxiv” agentligining Bosh direktori tomonidan lavozimga tayinlanadilar va lavozimdan ozod etiladilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Belgilansinki, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Oʻzarxiv” agentligi markaziy apparati va hududiy organlari, shuningdek unga qarashli davlat arxivlarining taʼminoti xarajatlari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari va amaldagi qonun hujjatlariga zid boʻlmagan boshqa manbalar hisobiga moliyalashtiriladi.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 26-apreldagi 122-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 17-son, 176-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
har yili Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti loyihasini tuzishda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Oʻzarxiv” agentligi va uning hududiy organlari taʼminoti va ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash uchun zarur budjet mablagʻlarini nazarda tutsin;
(8-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 26-apreldagi 122-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 17-son, 176-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Oʻzarxiv” agentligiga markaziy apparat uchun ikkita yengil avtomobilni saqlashga limitni saqlab qolsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Oʻzarxiv” agentligi bir oy muddatda arxiv ishi boʻyicha tegishli hududiy organlarni qayta tashkil etsin va ular toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Oʻzarxiv” agentligini Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy davlat arxivi kutubxonasi uchun tarixiy ilmiy nashrlar va davriy matbuotning nazorat nusxalarini oluvchi tashkilotlar roʻyxatiga kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Oʻzarxiv” agentligi tizimi muassasalari, respublikaning boshqa manfaatdor vazirliklari va idoralari bilan tuzilgan shartnomalarga muvofiq arxiv ishi boʻyicha oliy va oʻrta maxsus, kasb-hunarga oid maʼlumotli kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlashni va ularning malakasini oshirishni tashkil etsinlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
arxiv ishi boʻyicha oliy va oʻrta maxsus, kasb-hunarga oid maʼlumotli kadrlarni tayyorlovchi, qayta tayyorlovchi va ularning malakasini oshiruvchi oʻquv yurtlarini yuqori malakali oʻqituvchilar bilan taʼminlasinlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Oʻzarxiv” agentligi bilan birgalikda “Arxivshunoslik” kursi boʻyicha zarur darsliklar, oʻquv dasturlari va metodik qoʻllanmalar nashr etilishini taʼminlasinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Oʻzarxiv” agentligining markaziy apparati Toshkent shahar, Chilonzor koʻchasidagi 2-uyga joylashtirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Arxiv ishi boʻyicha meʼyoriy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida” 1999-yil 30-oktabrdagi 482-son qarorining (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1999-y., 10-son, 62-modda) 1-bandi toʻrtinchi xatboshi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Oʻzarxiv” agentligi, manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda amaldagi qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiquvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.A. Azizxoʻjayev zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2004-yil 3-fevral,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
49-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining
2004-yil 3-fevraldagi 49-son qaroriga
1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Oʻzarxiv” agentligining tashkiliy tuzilmasi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 26-avgustdagi 194-sonli qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2008-y., 35-36-son, 347-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 26-avgustdagi 194-sonli qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2008-y., 35-36-son, 347-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining
2004-yil 3-fevraldagi 49-son qaroriga
4 -ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Oʻzarxiv” agentligi (“Oʻzarxiv” agentligi) toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
I. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Oʻzarxiv” agentligining (keyingi oʻrinlarda “Oʻzarxiv” agentligi deb yuritiladi) maqomi, vazifalari, funksiyalari, vakolatlari va faoliyatining tashkiliy asoslarini “Arxiv ishi toʻgʻrisida”, “Madaniy meros obyektlarini qoʻriqlash va ulardan foydalanish toʻgʻrisida”, “Axborotlashtirish toʻgʻrisida”, “Elektron hujjat aylanishi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga hamda “Oʻzarxiv” agentligi faoliyatiga taalluqli Oʻzbekiston Respublikasining boshqa qonun hujjatlariga muvofiq belgilaydi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 20-oktabrdagi 233-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 42-43-son, 362-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Toshkent shahar arxiv ishi hududiy boshqarmalari, Oʻzbekiston Respublikasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar davlat arxivlari va ularning filiallari, Toshkent shahar Davlat arxivi “Oʻzarxiv” agentligi tizimiga kiradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. “Oʻzarxiv” agentligi respublikada arxiv ishi va ish yuritish sohasidagi vakolatli davlat organi hisoblanadi va bevosita Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga boʻysunadi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 26-avgustdagi 194-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 35-36-son, 347-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. “Oʻzarxiv” agentligi oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qarorlari va boshqa qonun hujjatlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, shuningdek, boshqa qonun hujjatlariga va ushbu Nizomga amal qiladi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 26-avgustdagi 194-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 35-36-son, 347-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. “Oʻzarxiv” agentligi xalqaro tashkilotlarda arxiv ishi va uni yuritish sohasida Oʻzbekiston Respublikasi nomidan vakillik qiluvchi vakolatli organ hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. “Oʻzarxiv” agentligi oʻziga yuklangan vazifalarni bevosita, shuningdek oʻz faoliyatini Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari bilan kelishgan holda “Oʻzarxiv” agentligi tomonidan tasdiqlangan ular toʻgʻrisidagi nizomlar asosida amalga oshiruvchi, oʻziga boʻysunadigan hududiy organlar orqali hal qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
II. “Oʻzarxiv” agentligining asosiy vazifalari va funksiyalari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Quyidagilar “Oʻzarxiv” agentligining asosiy vazifalari hisoblanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
arxiv ishi va uni yuritish sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
arxiv ishi va ish yuritishning holati yuzasidan davlat nazoratining amalda bajarilishi va amalga oshirilishini taʼminlash;
(7-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 20-oktabrdagi 233-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 42-43-son, 362-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondi hujjatlarini shakllantirish, ularning saqlanishini, davlat hisobini taʼminlash va ulardan foydalanish;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
arxiv ishi va ish yuritishning holatini tahlil qilish, tendensiyalari va qonuniyatlarini oʻrganish, uni rivojlantirish yoʻnalishlarini belgilash;
(7-bandning beshinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 26-avgustdagi 194-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 35-36-son, 347-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
respublika davlat arxivlarini boshqarish, ularning faoliyat koʻrsatishini taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
respublikada arxiv ishi va ish yuritishni yanada rivojlantirish va takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
arxivshunoslik va arxeografiya, ish yuritish, elektron hujjat aylanishi sohasida ilmiy va metodik ishlarni tashkil etish va muvofiqlashtirish, ilmiy tadqiqotlar natijalarini va ilmiy-texnika yutuqlarini respublika arxiv muassasalari ishlari amaliyotiga joriy etish;
(7-bandning yettinchi, sakkizinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 26-avgustdagi 194-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 35-36-son, 347-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondiga tegishli boʻlgan axborot resurslarini saqlashni taʼminlaydigan elektron arxivlarni tashkil etishni va faoliyat koʻrsatishini tartibga solish hamda muvofiqlashtirish;
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 26-avgustdagi 194-sonli qarori asosida toʻqqizinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2008-y., 35-36-son, 347-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
arxiv ishi va ish yuritish sohasidagi mamlakatimiz va chet el ilgʻor ish tajribasini oʻrganish va ommalashtirish.
(7-bandning oʻninchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 26-avgustdagi 194-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 35-36-son, 347-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. “Oʻzarxiv” agentligi oʻziga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni bajaradi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
arxiv ishini rivojlantirish va arxivlar faoliyatini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha davlat dasturlarini ishlab chiqadi va amalga oshiradi;
(8-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 20-oktabrdagi 233-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 42-43-son, 362-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondi hujjatlarini jamlash, hisobga olish, saqlash va ulardan foydalanish masalalari boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqadi hamda belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritadi va ularning amalga oshirilishini taʼminlaydi;
(8-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 20-oktabrdagi 233-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 42-43-son, 362-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat arxivlari shoxobchalarini rivojlantirish va ularning tuzilmalarini takomillashtirish boʻyicha ishlarni belgilangan tartibda tashkil qiladi va amalga oshiradi, Oʻzbekiston Respublikasi davlat arxivlari faoliyatiga rahbarlik qiladi;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
arxivshunoslik, hujjatshunoslik, arxeografiya sohasidagi ilmiy-metodik ishlarni tashkil qiladi va muvofiqlashtiradi, ilmiy tadqiqotlar natijalarini va ilmiy-texnika yutuqlarini arxiv ishi va ish yuritish amaliyotiga joriy qiladi;
(8-bandning beshinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 26-avgustdagi 194-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 35-36-son, 347-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(8-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 20-oktabrdagi 233-sonli qarori bilan chiqarilgan— OʻR QHT, 2010-y., 42-43-son, 362-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
arxiv ishi sohasida yuridik va jismoniy shaxslar oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlarni ularning respublika va mahalliy darajalardagi faoliyati uchun teng shart-sharoitlar yaratish yoʻli bilan muvofiqlashtirib boradi, foydalanuvchilarning huquqlarini va qonuniy manfaatlarini himoya qiladi;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hujjatlarning, shu jumladan davlat axborot resurslarining ilmiy va amaliy qimmatini ekspertizadan oʻtkazishni hamda ularni doimiy saqlash uchun davlat arxivlariga, shu jumladan elektron arxivlarga tanlab olishni tashkil qiladi;
(8-bandning sakkizinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 26-avgustdagi 194-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 35-36-son, 347-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondining davlat arxivlaridagi hujjatlarini toʻldirish, hisobga olish, saqlash va ulardan foydalanishni tashkil qiladi, hujjatlarning saqlanishi, ularning koʻrsatib oʻtilgan arxivlarga berilishi hamda ushbu hujjatlardan foydalanilishi boʻyicha belgilangan tartibga rioya etilishini nazorat qiladi;
(8-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 20-oktabrdagi 233-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 42-43-son, 362-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat tomonidan saqlanishi uchun berilishi kerak boʻlgan, shu jumladan saqlash muddati koʻrsatilgan hujjatlarning namunaviy roʻyxatini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi, respublika boshqaruv organlari tomonidan ishlab chiqilgan hujjatlarning idoraviy roʻyxatlarini kelishadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
arxiv hujjatlari davlat arxivlariga berilishi kerak boʻlgan korxonalar, muassasalar va tashkilotlar roʻyxatini tuzish tartibini belgilaydi;
(8-bandning oʻninchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 20-oktabrdagi 233-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 42-43-son, 362-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hujjatlarni respublika ahamiyatiga va mahalliy ahamiyatga ega boʻlgan arxiv fondlari tarkibiga kiritish masalalarini hal qiladi, respublika ahamiyatiga ega boʻlgan fondlarni Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxivlarida toʻplash, shuningdek Oʻzbekiston doirasida hujjatlarni Oʻzbekiston Respublikasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Toshkent shahri davlat arxivlaridan viloyatlarning davlat arxivlariga va aksincha, bir viloyatning davlat arxividan boshqa viloyatning davlat arxiviga berish tadbirlarini amalga oshiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondi hujjatlarini doimiy ravishda saqlaydigan arxiv muassasalariga guvohnomalar beradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondi hujjatlarining respublika davlat arxivlarida roʻyxatga olinishini tashkil qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
arxiv muassasalari tomonidan yuridik va jismoniy shaxslarga faoliyat sohasi boʻyicha koʻrsatiladigan pulli xizmatlar roʻyxatini va preyskurantlarini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tasdiqlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondi Davlat katalogini yuritadi;
(8-bandning oʻn beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 20-oktabrdagi 233-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 42-43-son, 362-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat mulkida boʻlgan arxiv hujjatlarini yoki ularning oʻrnini bosadigan nusxalarini, shuningdek Milliy arxiv fondining davlatga tegishli boʻlmagan qismi tarkibiga kiritilgan arxiv hujjatlarini yoki ularning oʻrnini bosadigan nusxalarini Oʻzbekiston Respublikasidan tashqariga vaqtinchalik olib ketish uchun yuridik va jismoniy shaxslarga belgilangan tartibda ruxsatnomalar beradi;
(8-bandning oʻn oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 2-noyabrdagi 294-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 45-46-son, 470-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(8-bandning oʻn yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 9-iyuldagi 521-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.07.2018-y., 09/18/521/1487-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlatga qarashli boʻlmagan arxiv fondi hujjatlarini sotib olish yuzasidan davlatning imtiyozli huquqini amalga oshiradi, bu borada “Oʻzarxiv” agentligi tizimi organlari va muassasalariga koʻmaklashadi;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
arxiv xizmatlari, idoraviy arxivlar, shaxsiy tarkib boʻyicha hujjatlarning idoralararo arxivlari ishiga tarmoqlararo tashkiliy-metodik rahbarlikni va nazoratni, davlat hokimiyati va boshqaruvi respublika organlari ishlarini yuritishda hujjatlarning tashkil etilishini nazorat qiladi;
(8-bandning oʻn toʻqqizinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 26-avgustdagi 194-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 35-36-son, 347-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
idoraviy arxivlar shoxobchalarini rivojlantirish va ularning ishlarini tashkil etish boʻyicha tadbirlarda qatnashadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
arxiv hujjatlarini, Oʻzbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondi hujjatlarining tarkibi va mazmuni toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma-axborot adabiyotlarini nashr etishni tashkil qiladi, retrospektiv axborotlarga boʻlgan ijtimoiy ehtiyojlarni va hujjatlardan foydalanish samaradorligini oʻrganishga doir ishlarni muvofiqlashtiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
respublika tashqarisidagi arxiv hujjatlarini qaytarish toʻgʻrisidagi takliflarni koʻrib chiqadi va belgilangan tartibda kiritadi, chet eldagi Oʻzbekiston tarixiga oid arxiv hujjatlarini aniqlashni va ularni yoki ularning nusxalarini sotib olishni tashkil etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlatga qarashli boʻlmagan arxivlar egalariga ushbu arxivlarning hujjatlarini toʻldirish, saqlash va ulardan foydalanishda koʻmaklashadi;
Oldingi tahrirga qarang.
(8-bandning yigirma toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 26-apreldagi 122-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2016-y., 17-son, 176-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining arxiv ishi va uni yuritish sohasidagi xalqaro faoliyatini amalga oshiruvchi vakolatli maʼmuriy organi sifatida ish koʻradi. Xalqaro tashkilotlarning arxiv ishi va uni yuritish sohasidagi kongresslarida, syezdlarida, konferensiyalarida Oʻzbekiston Respublikasi nomidan qatnashadi, arxiv ishi va uni yuritish sohasida xalqaro idoralararo bitimlar va shartnomalarni belgilangan tartibda tuzadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
arxiv ishi va uni yuritish sohasidagi xalqaro, hukumatlararo bitimlar va shartnomalar loyihalarini tayyorlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
arxiv ishi va uni yuritish uchun xalqaro moliya institutlari, xorijiy mamlakatlar hukumatlari tomonidan ajratiladigan grantlardan foydalanishning ustuvor yoʻnalishlarini belgilaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
arxiv ishi va uni yuritish sohasini rivojlantirishga investitsiyalarni, shu jumladan xorijiy investitsiyalarni jalb etish boʻyicha tendyerlar, tanlovlar va savdolarni tashkil qiladi va ularni oʻtkazishda qatnashadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
arxiv muassasalari, idoraviy arxivlar hamda respublika korxonalari, muassasalari va tashkilotlarining ishlarni yuritish xizmatlari xodimlarini qayta tayyorlashni va ularning malakasini oshirishni tashkil qiladi;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
arxiv ishi va ish yuritish sohasidagi kadrlarni sifatli tayyorlashda oliy va oʻrta maxsus, kasb-hunar oʻquv yurtlariga koʻmaklashadi;
(8-bandning oʻttizinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 26-avgustdagi 194-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 35-36-son, 347-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondining axborot resurslari va elektron hujjatlari himoya qilinishi taʼminlanishini tashkil etadi;
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 26-avgustdagi 194-sonli qaroriga muvofiq oʻttiz birinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2008-y., 35-36-son, 347-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
arxiv hujjatlarini alohida qimmatli hujjatlar va noyob hujjatlar jumlasiga kiritish tartibini, shuningdek ehtiyot nusxalarini yaratish va saqlash tartibini belgilaydi;
(8-bandning oʻttiz ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 20-oktabrdagi 233-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 42-43-son, 362-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
fuqarolarning takliflari, arizalari va shikoyatlarining oʻz vaqtida koʻrib chiqilishini tashkil qiladi; konsullik soʻrovlari bajarilishini taʼminlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
arxiv hujjatlaridan foydalanish tartibi va shart-sharoitlarini belgilaydi;
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 20-oktabrdagi 233-sonli qaroriga muvofiq oʻttiz toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilgan— OʻR QHT, 2010-y., 42-43-son, 362-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
arxiv hujjatlarini belgilangan tartibda Milliy arxiv fondi tarkibiga kiritadi va undan chiqaradi;
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 20-oktabrdagi 233-sonli qaroriga muvofiq oʻttiz beshinchi xatboshi bilan toʻldirilgan— OʻR QHT, 2010-y., 42-43-son, 362-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzarxiv” agentligi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa funksiyalarni ham bajaradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
III. “Oʻzarxiv” agentligining huquqlari va javobgarligi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. “Oʻzarxiv” agentligi quyidagi huquqlarga ega:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻz vakolatlari doirasida, Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq, arxiv ishi va uni yuritish sohasida yuridik va jismoniy shaxslar uchun majburiy boʻlgan normativ hujjatlarni ishlab chiqish, tasdiqlash va nashr etish;
(9-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 20-oktabrdagi 233-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 42-43-son, 362-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari vakillari, tarmoq davlat fondlari, respublika muzeylari va kutubxonalarining qoʻlyozmalar boʻlimlarining idoraviy saqlash bosqichidagi arxiv hujjatlari saqlanishining holati va ish yuritish tashkil etilishi toʻgʻrisidagi hisobotlarni eshitish, “Oʻzarxiv” agentligi vakolatiga tegishli masalalar boʻyicha axborotni ulardan belgilangan tartibda soʻrab olish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondi hujjatlarini doimiy saqlovchi respublika davlat arxivlari, tarmoq davlat fondlari, vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, kutubxonalar va muzeylarning qoʻlyozmalar boʻlimlari, siyosiy, jamoat, diniy tashkilotlar va birlashmalar, qoʻshma korxonalar va boshqa yuridik shaxslardan, shuningdek fuqarolardan Milliy arxiv fondining Davlat katalogi uchun tegishli maʼlumotlarni olish;
(9-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 20-oktabrdagi 233-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 42-43-son, 362-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat hokimiyati va boshqaruvi respublika organlaridan hamda idoraviy boʻysunishidan va mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, korxonalar, muassasalar va tashkilotlardan arxivning ishi va idoraviy arxivlarning ishi, shuningdek arxiv ishi va ish yuritishning holati toʻgʻrisida zarur materiallarni olish;
(9-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 20-oktabrdagi 233-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 42-43-son, 362-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat hokimiyati organlaridan tugatilayotgan korxonalar toʻgʻrisida axborot olish;
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 26-avgustdagi 194-sonli qarori asosida oltinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2008-y., 35-36-son, 347-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mansabdor shaxslarning Oʻzbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondi hujjatlarining oʻgʻirlanishi, yaroqsiz holga keltirilishi, yashirilishi, yoʻqotilishi yoki noqonuniy yoʻq qilinishiga olib kelgan sharoitlar yaratganligi hollari toʻgʻrisida tergov organlariga xabar qilish;
(9-bandning yettinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 26-avgustdagi 194-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 35-36-son, 347-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
arxiv ishi va uni yuritish masalalarini koʻrib chiqish uchun doimiy va vaqtinchalik idoralararo komissiyalar, kengashlar tuzish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
respublika vazirliklari va idoralari tomonidan ishlab chiqiladigan arxiv ishi va ish yuritish hujjatlarini tashkil etish masalalari boʻyicha qoidalar, nizomlar, yoʻriqnomalar, oʻquv dasturlari va boshqa normativ hujjatlarni kelishib olish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻz vakolatlari doirasida xalqaro tashkilotlar, shuningdek xorijiy mansabdor va xususiy shaxslar bilan aloqalarni amalga oshirish, arxiv ishi boʻyicha belgilangan tartibda xalqaro, idoralararo shartnomalar tuzish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
arxivshunoslik, hujjatshunoslik va arxeografiya sohasidagi ishlarni bajarish yuzasidan tanlovlar eʼlon qilish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzarxiv” agentligi oʻziga yuklangan vazifalardan kelib chiqadigan oʻz vakolatlari doirasidagi boshqa huquqlarga ham egadir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzarxiv” agentligining mansabdor shaxslari oʻz xizmat majburiyatlarini bajarish uchun davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, respublika korxonalari,muassasalari, tashkilotlari va birlashmalarining arxivlari va idoraviy arxivlarga ish yuritish xizmatlariga belgilangan tartibda kirish huquqiga egadirlar.
(9-bandning oʻn uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 20-oktabrdagi 233-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 42-43-son, 362-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. “Oʻzarxiv” agentligi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondini shakllantirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Milliy arxiv fondining Davlat katalogini yuritish;
(10-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 20-oktabrdagi 233-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 42-43-son, 362-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
respublika davlat arxivlarida saqlanayotgan hujjatlarning saqlanishini taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
arxiv hujjatlaridan fuqarolar, jamiyat va davlat manfaatlari uchun foydalanish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
arxiv ishi hududiy boshqarmalari faoliyatini tashkil etish uchun javob beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
IV. “Oʻzarxiv” agentligi faoliyatini tashkil etish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Agentlikka Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tasdiqlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan rais boshchilik qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bosh direktorning belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan bir nafar oʻrinbosari boʻladi.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 5-iyundagi 108-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 23-son, 183-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar arxiv ishi hududiy boshqarmalari boshliqlari Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari bilan kelishuv boʻyicha “Oʻzarxiv” agentligi Bosh direktori tomonidan lavozimga tayinlanadilar va lavozimdan ozod qilinadilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. “Oʻzarxiv” agentligida bosh direktor (hayʼat raisi), uning oʻrinbosari (lavozimiga koʻra), shuningdek “Oʻzarxiv” agentligi faoliyatining asosiy yoʻnalishlarini muvofiqlashtiruvchi tarkibiy boʻlinmalari rahbarlaridan iborat tarkibda hayʼat tashkil etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hayʼatning aʼzolari soni va shaxsiy tarkibi bosh direktorning taqdimnomasiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hayʼat quyidagilar bilan bogʻliq masalalarni koʻrib chiqadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzarxiv” agentligi faoliyatining arxiv ishi va ish yuritishni yanada rivojlantirish, ilmiy-texnik yutuqlardan keng koʻlamli foydalanish, idoralararo va davlatlararo aloqalarni rivojlantirish boʻyicha ushbu Nizomda belgilangan asosiy yoʻnalishlarini tayyorlash va amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzarxiv” agentligi nomenklaturasiga kiradigan lavozimlarga kadrlarni tanlash, joy-joyiga qoʻyish, tayyorlash va qayta tayyorlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlarida, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari va farmoyishlarida belgilangan vazifalarni amalga oshirish boʻyicha ijro intizomini mustahkamlash, ularning oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirilishini taʼminlash uchun “Oʻzarxiv” agentligi rahbarlari va xodimlarining shaxsiy javobgarligini oshirish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hayʼat “Oʻzarxiv” agentligi vakolatiga taalluqli boshqa masalalarni ham koʻrib chiqish huquqiga ega.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hayʼat majlisiga “Oʻzarxiv” agentligi vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha boshqa vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar rahbarlari taklif etilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hayʼat uning majlisida tarkibining yarmidan koʻpi qatnashgan taqdirda vakolatli boʻladi. Koʻrib chiqilayotgan masalalar boʻyicha qarorlar oddiy koʻpchilik ovoz bilan qabul qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hayʼat qarorlari bosh direktorning buyruqlari bilan amalga oshiriladi. Bosh direktor va hayʼat aʼzolari oʻrtasida kelishmovchiliklar paydo boʻlgan taqdirda bosh direktor paydo boʻlgan kelishmovchiliklar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga axborot bergan holda mustaqil ravishda qaror qabul qiladi. Hayʼat aʼzolari ham oʻz fikr-mulohazalarini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga xabar qilishlari mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hayʼat faoliyati tartibi uning hayʼat tasdiqlaydigan reglamentida belgilanadi.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 5-iyundagi 108-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 23-son, 183-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. “Oʻzarxiv” agentligi huzurida:
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
respublikada arxiv ishi va ish yuritishning ilmiy muammolarini koʻrib chiqish boʻyicha ilmiy kengash;
(14-bandning ikkinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 26-avgustdagi 194-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 35-36-son, 347-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondi tarkibini belgilash va hujjatlarning qimmatini ekspertizadan oʻtkazish bilan bogʻliq masalalarni koʻrib chiqish uchun markaziy ekspert-tekshirish komissiyasi faoliyat koʻrsatadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Koʻrsatib oʻtilgan kengash va komissiya toʻgʻrisidagi nizom hamda ularning shaxsiy tarkiblari “Oʻzarxiv” agentligi Bosh direktori tomonidan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. “Oʻzarxiv” agentligi va uning hududiy boshqarmalari faoliyatini moliyalashtirish Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari, shuningdek amaldagi qonun hujjatlariga zid boʻlmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 26-apreldagi 122-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 17-son, 176-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. “Oʻzarxiv” agentligi yuridik shaxs hisoblanadi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan hamda oʻz nomi yozilgan muhrga, bank muassasalarida hisob-kitob va boshqa hisob raqamlariga ega boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. “Oʻzarxiv” agentligini qayta tashkil etish va tugatish Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 5-son, 53-modda; 2008-y., 35-36-son, 347-modda; 2010-y., 23-son, 183-modda, 42-43-son, 362-modda; 2011-y., 45-46-son, 470-modda; 2016-y., 17-son, 176-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.07.2018-y., 09/18/521/1487-son)