Hujjat kuchini yo‘qotgan 20.02.2018 07.05.2015 yildagi 113-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 07.05.2015 yildagi 113-son
Date of entry into force
18.05.2015
Hujjat kuchini yo‘qotgan 20.02.2018
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori

Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi huzuridagi Tovar bozorlari konyunkturasini oʻrganish hamda investitsiya loyihalari va dasturlarini ekspertizadan oʻtkazish Respublika markazi faoliyatining ayrim masalalari toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 20-fevraldagi PQ-3550-sonli “Loyihaoldi, loyiha, tender hujjatlari va kontraktlarni ekspertizadan oʻtkazish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi huzuridagi Tovar bozorlari konyunkturasini oʻrganish hamda investitsiya loyihalari va dasturlarini ekspertizadan oʻtkazish Respublika markazining samarali faoliyatini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Quyidagilar Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi huzuridagi Tovar bozorlari konyunkturasini oʻrganish hamda investitsiya loyihalari va dasturlarini ekspertizadan oʻtkazish Respublika markazining (keyingi oʻrinlarda Respublika markazi deb ataladi) asosiy vazifalari va faoliyati yoʻnalishlari etib belgilansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
umuman respublika va hududlar boʻyicha tovarlar bozori konyunkturasini oʻrganish;

isteʼmol tovarlarining alohida turlari va nomenklaturasi bozorlari konyunkturasini oʻrganish;

umuman va asosiy tovarlar guruhlari boʻyicha isteʼmol bozorining holati toʻgʻrisida har oylik tahliliy maʼlumotlarni hamda har choraklik konyunktura obzorlarini tayyorlash;

isteʼmol bozorini aholi ehtiyoji yuqori boʻlgan tovarlar bilan toʻldirishga doir tavsiyalar va takliflar tayyorlash;

isteʼmol bozorining qisqa muddatli prognozlarini ishlab chiqish;

davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari va boshqa tashkilotlar, shu jumladan xorijiy sarmoyalar ishtirokidagi korxonalar buyurtmalari boʻyicha, shartnoma asosida marketing va konyunktura tadqiqotlari oʻtkazish;

kontraktlar tuzish bosqichida tashkilotlar uchun isteʼmol tovarlarini va ishlab chiqarish maqsadlaridagi mahsulotlarni import qilishning maqbul variantini tanlash yuzasidan, shu jumladan xarid qilishning maqsadga muvofiqligi toʻgʻrisida qarorlar qabul qilish uchun tavsiyalar ishlab chiqish;

tashkilotlarning buyurtmalari boʻyicha isteʼmol tovarlari va ishlab chiqarish maqsadlaridagi mahsulotlar importining, xarid qilish-sotishning maqbul variantini tanlash boʻyicha marketing va maslahat xizmatlari koʻrsatish;

loyihalarni Mahalliylashtirish dasturiga kiritish uchun tashabbuskor tashkilotlar tomonidan taqdim etiladigan hujjatlarni Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi topshirigʻiga binoan koʻrib chiqish;

davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, boshqa tashkilotlar tomonidan taqdim etiladigan investitsiya (TIA/DTIA, TIA/DTIH) loyihalarini Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi topshirigʻiga binoan koʻrib chiqish.

2. Quyidagilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi huzuridagi Tovar bozorlari konyunkturasini oʻrganish hamda investitsiya loyihalari va dasturlarini ekspertizadan oʻtkazish Respublika markazi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi huzuridagi Tovar bozorlari konyunkturasini oʻrganish hamda investitsiya loyihalari va dasturlarini ekspertizadan oʻtkazish Respublika markazining boshqaruv xodimlarining cheklangan soni 19 nafardan iborat boʻlgan tuzilmasi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligiga, zarurat boʻlganda, Respublika markazi tuzilmasiga boshqaruv xodimlarining belgilangan soni doirasida oʻzgartirishlar kiritish huquqi berilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligining Respublika markazi huzurida Axborot taʼminotini tashkil etish va tovar bozorlarida marketing tadqiqotlarini oʻtkazish hamda moddiy ragʻbatlantirish budjetdan tashqari jamgʻarmasini (keyingi oʻrinlarda Budjetdan tashqari jamgʻarma deb ataladi) tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Quyidagilar Respublika markazini mablagʻ bilan taʼminlash manbalari etib belgilansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti — Respublika markazi xodimlari mehnatiga qonunchilikda belgilangan miqdorda haq toʻlash xarajatlari boʻyicha;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Budjetdan tashqari jamgʻarma — boshqa xarajatlar boʻyicha.

5. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi Moliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda Budjetdan tashqari jamgʻarma mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Respublika markazi direktori lavozim maoshi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligining boʻlim boshligʻiga tenglashtirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Respublika markazi Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligining Toshkent sh., Oʻzbekiston koʻchasi, 45a-uy manzilidagi binosiga joylashtirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Quyidagilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Istiqbolni belgilash va statistika davlat qoʻmitasi huzurida Tovar bozorlari konyunkturasini oʻrganish markazini tashkil etish toʻgʻrisida” 1996-yil 23-yanvardagi 35-son qarori;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining “Tovar bozorlari konyunkturasini oʻrganish markazini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Istiqbolni belgilash va statistika davlat qoʻmitasi huzuridagi Tovar bozorlari konyunkturasini oʻrganish respublika markaziga aylantirish toʻgʻrisida” 1996-yil 14-avgustdagi 286-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2015-yil 7-may,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
113-son

Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 7-maydagi 113-son qaroriga
1-ILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi huzuridagi Tovar bozorlari konyunkturasini oʻrganish hamda investitsiya loyihalari va dasturlarini ekspertizadan oʻtkazish Respublika markazi toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM

I. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi huzuridagi Tovar bozorlari konyunkturasini oʻrganish hamda investitsiya loyihalari va dasturlarini ekspertizadan oʻtkazish Respublika markazi (keyingi oʻrinlarda Respublika markazi deb ataladi) tovar bozorlarini tizimli oʻrganish, isteʼmol bozorining qisqa muddatli prognozlarini ishlab chiqish, uni toʻldirish chora-tadbirlarini belgilash, isteʼmol va ishlab chiqarish maqsadlaridagi import mahsulotlarni xarid qilishda maqbul variantni tanlashga oid xizmatlar koʻrsatish maqsadida tashkil etilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Respublika markazi davlat muassasasi shaklidagi yuridik shaxs hisoblanadi, alohida mol-mulkka, mustaqil balansga, banklarda hisob-kitob va valyuta hisobiga, oʻz nomi yozilgan dumaloq muhrga, ish qogʻozlari va shtampga ega boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Respublika markazi oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, boshqa qonun hujjatlariga va mazkur Nizomga amal qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Respublika markazi quyidagi firma nomiga ega boʻladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat tilida — Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi huzuridagi Tovar bozorlari konyunkturasini oʻrganish hamda investitsiya loyihalari va dasturlarini ekspertizadan oʻtkazish Respublika markazi (qisqacha — Iqtisodiyot vazirligi huzuridagi Respublika markazi);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
rus tilida — Respublikanskiy tsentr po izucheniyu konʼyunkturi tovarnix rinkov i ekspertizi investitsionnix proyektov i programm pri Ministerstve ekonomiki Respubliki Uzbekistan (qisqacha — Respublikanskiy tsentr pri Ministerstve ekonomiki).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Respublika markazi oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligining topshiriqlari va buyurtmalari, tashkilotlarning buyurtmanomalari, shuningdek ilmiy ishlar va xizmatlardan foydalanuvchilar bilan tuziladigan shartnomalar asosida amalga oshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
II. Respublika markazining vazifalari va funksiyalari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Quyidagilar Respublika markazining asosiy vazifalari va faoliyati yoʻnalishlari hisoblanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
umuman respublika va hududlar boʻyicha tovarlar bozori konyunkturasini oʻrganish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
isteʼmol tovarlarining alohida turlari va nomenklaturasi bozorlari konyunkturasini oʻrganish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
umuman va asosiy tovarlar guruhlari boʻyicha isteʼmol bozorining holati toʻgʻrisida har oylik tahliliy maʼlumotlarni hamda har choraklik konyunktura obzorlarini tayyorlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
isteʼmol bozorini aholi ehtiyoji yuqori boʻlgan tovarlar bilan toʻldirishga doir tavsiyalar va takliflar tayyorlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
isteʼmol bozorining qisqa muddatli prognozlarini ishlab chiqish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari va boshqa tashkilotlar, shu jumladan xorijiy sarmoyalar ishtirokidagi korxonalar buyurtmalari boʻyicha, shartnoma asosida marketing va konyunktura tadqiqotlari oʻtkazish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kontraktlar tuzish bosqichida tashkilotlar uchun isteʼmol tovarlarini va ishlab chiqarish maqsadlaridagi mahsulotlarni import qilishning maqbul variantini tanlash yuzasidan, shu jumladan xarid qilishning maqsadga muvofiqligi toʻgʻrisida qarorlar qabul qilish uchun tavsiyalar ishlab chiqish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tashkilotlarning buyurtmalari boʻyicha isteʼmol tovarlari va ishlab chiqarish maqsadlaridagi mahsulotlar importining, xarid qilish-sotishning maqbul variantini tanlash boʻyicha marketing va maslahat xizmatlari koʻrsatish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
loyihalarni Mahalliylashtirish dasturiga kiritish uchun tashabbuskor tashkilotlar tomonidan taqdim etiladigan hujjatlarni Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi topshirigʻiga binoan koʻrib chiqish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, boshqa tashkilotlar tomonidan taqdim etiladigan investitsiya (TIA/DTIA, TIA/DTIH) loyihalarini Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi topshirigʻiga binoan koʻrib chiqish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Respublika markazi oʻziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, shuningdek boshqa tashkilotlar buyurtmalari boʻyicha tahliliy obzorlarni, shuningdek tovar bozorlari konyunkturasiga oid maʼlumotnomalarni tayyorlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shakllanayotgan konyunkturadan kelib chiqqan holda, aniq turlardagi tovarlarni respublikaga olib kirishning maqsadga muvofiqligini baholash boʻyicha tahliliy ishlarni amalga oshiradi va tegishli tavsiyalar tayyorlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
loyihalarni Mahalliylashtirish dasturiga kiritish uchun tashabbuskor tashkilotlar tomonidan taqdim etilgan hujjatlarni Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi topshirigʻiga binoan koʻrib chiqadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, shuningdek boshqa tashkilotlar tomonidan taqdim etiladigan investitsiya (TIA/DTIA, TIA/DTIH) loyihalarini Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi topshirigʻiga binoan koʻrib chiqadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
III. Respublika markazining huquq va majburiyatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Respublika markazi oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tovar bozorlari konyunkturasini oʻrganish sohasida ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarish, shuningdek tarmoq loyihalarida va xalqaro loyihalarda qatnashish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qoʻshma seminarlar, simpoziumlar tashkil etish va oʻtkazish, shuningdek xalqaro tashkilotlar bilan birgalikda marketing va konyunktura tadqiqotlari sohasida tadqiqot dasturlarini amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
marketing va konyunktura tadqiqotlari boʻyicha uslubiy tavsiyalarni ishlab chiqish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tovar bozori konyunkturasini, talab va taklifni oʻrganish maqsadida tashkilotlar va aholi oʻrtasida savol-javoblarni va boshqa sotsiologik soʻrovlarni tashkil etish va amalga oshirish, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligining hududiy organlari xodimlarini, shuningdek intervyu beruvchilar va respondentlarni shartnoma asosida jalb etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, respublika ilmiy-tadqiqot tashkilotlari bilan hamkorlikda, yirik ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni hal etish uchun prognoz hujjatlarini, kompleks va maqsadli dasturlarni ishlab chiqishda qatnashish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tovar bozorlari konyunkturasini oʻrganish sohasidagi xorijiy tajribani oʻrganish va umumlashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tovar bozorlarining muhim muammolarini hal etish maqsadida respublika va xorijiy mamlakatlar ilmiy-tadqiqot tashkilotlari bilan ilmiy hamkorlik qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tovar bozorlari konyunkturasini oʻrganish muammolari yuzasidan kengashlar, oʻquv kurslari va konsultatsiyalar berishni tashkil etish va oʻtkazish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Respublika markazining ish sohasi boʻyicha noshirlik faoliyatini amalga oshirish, maʼlumotnomalar, konyunktura obzorlari va boshqa zarur axborot materiallarini nashr etish va tarqatish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Respublika markazi faoliyati xususiyatidan kelib chiquvchi konsultatsiya, axborot xizmatlari va boshqa xizmatlar koʻrsatish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
investitsiya loyihalari va dasturlarini, shuningdek tashkilotlarning biznes-rejalarini ishlab chiqish va ekspertizaga qabul qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Respublika markazi faoliyatini yaxshilashga yordam beradigan filiallarni tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Respublika markazining asosiy faoliyati bilan bogʻliq muammolarni yanada chuqur tahlil etish uchun, asosiy vazifalarga zarar yetkazmagan holda, tanlov grantlari, tashkilotlar buyurtmalari tomonidan moliyalashtiriladigan ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bozorni isteʼmol tovarlari va ishlab chiqarish maqsadlaridagi mahsulotlar bilan toʻldirishga yordam beradigan kontraktlar tuzishga shartnoma asosida koʻmaklashish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Respublika markazining faoliyati yoʻnalishlari boʻyicha tashqi iqtisodiy faoliyatni, shu jumladan xorijiy tadqiqot tashkilotlari va eksport qiluvchilar bilan toʻgʻridan toʻgʻrialoqalar asosida, amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Respublika markaziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun zarur boʻlgan axborotlarni davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlaridan, birja va tijorat banklaridan olish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Respublika markazining asosiy vazifalarini bajarish doirasida, uning faoliyati uchun zarur boʻlgan texnik vositalar, asbob-uskunalar, nou-xau va boshqa mahsulotlarni sotib olish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mamlakatimizdagi va xorijiy tashkilotlar bilan marketing va konyunktura tadqiqotlari oʻtkazish, xizmat koʻrsatish yuzasidan shartnomalar tuzish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tashkilotlar buyurtmasiga asosan isteʼmol tovarlari va ishlab chiqarish maqsadlaridagi mahsulotlarni import qilishning, sotib olish-sotishning maqbul variantini tanlash boʻyicha tavsiyalarni ishlab chiqish va taqdim etish tartibini belgilash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Respublika markazi sohasi boʻyicha oʻzaro bogʻliq reja va dasturlar yuzasidan muhim ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni hal etish maqsadida respublika va xorijiy mamlakatlar ilmiy-tadqiqot tashkilotlari bilan ilmiy hamkorlikni amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
konyunktura obzorlarini va ilmiy-uslubiy adabiyotlarni ayirboshlash, faoliyat sohasi oʻxshash boshqa tashkilotlar bilan hamkorlik qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ilmiy xodimlarni tayyorlashni, shuningdek stajirovkalar orqali, shuningdek mutaxassislarni xorijiy mamlakatlarga yuborib ularning malakasini oshirishni tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yuridik va jismoniy shaxslardan homiylik (begʻaraz) yordami olish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mahalliylashtirish va investitsiya loyihalari boʻyicha hujjatlarni koʻrib chiqishda loyiha tashabbuskorlaridan qoʻshimcha maʼlumotlarni soʻrab olish, shuningdek, zarurat boʻlganda, ular bilan amaliy kengashlar oʻtkazish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Respublika markazi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
isteʼmol bozorining ahvoli toʻgʻrisidagi konyunktura obzorlarini va tahliliy maʼlumotnomalarni oʻz vaqtida tayyorlashni;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ham Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi uchun, ham tashkilotlarning buyurtmalari boʻyicha bajariladigan tahliliy ishlanmalarning yuqori sifatli va ilmiy asoslangan boʻlishini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tashkilotlarning buyurtmalari asosida isteʼmol tovarlarining aniq turlarini va ishlab chiqarish maqsadlaridagi mahsulotlarni import qilish yuzasidan maqbul variantni tanlash va uning maqsadga muvofiqligi toʻgʻrisidagi tavsiyalarning oʻz vaqtida tayyorlanishini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
isteʼmol bozori konyunkturasi qisqa muddatli prognozlarining iqtisodiy asoslanganligini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
isteʼmol tovarlari va ishlab chiqarish maqsadlaridagi mahsulotlar importining maqbul variantlarini tanlash yuzasidan buyurtmachilar oldidagi majburiyatlarning soʻzsiz bajarilishini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mahalliylashtirish, investitsiya loyihalari va dasturlari hujjatlarining belgilangan muddatda koʻrib chiqilishini taʼminlashga majbur.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
IV. Respublika markazi direktorining majburiyatlari va huquqlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Respublika markazi direktori Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Respublika markazi direktori qonunchilikka, mazkur Nizomga va Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligining buyruqlariga hamda vazirlik hayʼati qarorlariga muvofiq Respublika markazi faoliyatiga rahbarlik qiladi va uning natijalari uchun shaxsan javob beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Direktor:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Respublika markazi tomonidan amalga oshiriladigan ishlanmalarning yuksak ilmiy-uslubiy darajasi va sifatini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tovar bozori konyunkturasini tahlil etish va prognoz qilish uchun Respublika markazi mutaxassislari malaka va kasbiy darajasining doimiy oshib borishini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Respublika markazi mutaxassislariga nisbatan qoʻyiladigan malaka talablari ishlab chiqilishi va tasdiqlanishini, ularning vakolatlari va funksional vazifalarini belgilashni;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Respublika markazi ijtimoiy rivojlanish masalalarining hal etilishini, xodimlarining mehnat va turmush sharoitlarini yaxshilashni taʼminlashga majbur.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Respublika markazi direktori quyidagi huquqlarga ega:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Respublika markazi faoliyatiga rahbarlikni oʻzi ishlab chiqqan va Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi hayʼati tasdiqlagan joriy va istiqbol rejalari hamda dasturlar asosida mustaqil ravishda belgilash va amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Respublika markazi xodimlari bilan mehnat shartnomalari tuzish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Respublika markazi xodimlarining lavozim maoshiga shaxsiy ustamalarni belgilash va olib tashlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Respublika markazi sohasiga muvofiq boʻlgan tashabbuskorlik va izlanishlar boʻyicha tadqiqotlar mavzuini ishlab chiqish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mamlakatimizdagi va xorijiy tashkilotlarda Respublika markazi manfaatlarini ifodalash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Respublika markazi mol-mulki va mablagʻlarini belgilangan tartibda tasarruf etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yuridik va jismoniy, shuningdek xorijiy shaxslar bilan shartnomalar tuzish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tarkibiy boʻlinmalar rahbarlarining shaxsiy javobgarlik darajasini belgilash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Respublika markazi faoliyatini taʼminlash uchun boshqa xoʻjalik masalalarini hal etish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
V. Respublika markazini moliyalashtirish manbalari, uning mol-mulki va foydadan foydalanish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Respublika markazining taʼminoti quyidagi mablagʻlar hisobiga amalga oshiriladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti — qonunchilikda nazarda tutilgan miqdorda Respublika markazi xodimlari mehnatiga haq toʻlash xarajatlari boʻyicha;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Budjetdan tashqari jamgʻarma — boshqa xarajatlar boʻyicha.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Respublika markazi xodimlari mehnatiga haq toʻlash, shu jumladan lavozim maoshlari, lavozim maoshiga 20 foiz ustamalar (ragʻbatlantirish koeffitsiyenti), shuningdek mukofotlash va moddiy yordam koʻrsatish xarajatlari qonunchilikda nazarda tutilgan shartlar asosida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan qoplanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari, shuningdek shartnoma asosida bajariladigan ishlar va koʻrsatilgan xizmatlar uchun olingan daromadlar va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar Respublika markazi mol-mulkini shakllantirish manbalari hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
VI. Yakunlovchi qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Respublika markazi belgilangan tartibda buxgalteriya, statistika hisobi va hisobotini yuritadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Respublika markazini qayta tashkil etish va tugatish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 7-maydagi 113-son qaroriga
2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi huzuridagi Tovar bozorlari konyunkturasini oʻrganish hamda investitsiya loyihalari va dasturlarini ekspertizadan oʻtkazish Respublika markazining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
TUZILMASI

Boshqaruv xodimlarining cheklangan umumiy soni — 19 kishi (yordamchi va xizmat koʻrsatuvchi xodimlardan tashqari).
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 19-son, 232-modda)