Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.05.2018 10.04.2015 yildagi 87-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 10.04.2015 yildagi 87-son
Date of entry into force
20.04.2015
Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.05.2018
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 1-maydagi 318-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi huzuridagi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat bo‘yicha inspeksiya to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligini tashkil etish to‘g‘risida” 2015-yil 4-fevraldagi PF-4702-son Farmoniga hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 2015-yil 4-fevraldagi PQ-2293-son qaroriga muvofiq, shuningdek axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalar sohasida davlat boshqaruvini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi hamda Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida” 2012-yil 19-dekabrdagi 355-son qarori 1-bandining ikkinchi xatboshi va qarorga 1-ilova o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Vazirliklar va idoralar bir oy muddatda o‘z idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarini ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2015-yil 10-aprel,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
87-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 10-apreldagi 87-son qaroriga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi to‘g‘risida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
I. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining (keyingi o‘rinlarda Vazirlik deb ataladi) maqomi, asosiy vazifalari, funksiyalari, huquqlarini va faoliyatining tashkiliy asoslarini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Vazirlik axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalar sohasida davlat boshqaruvi organi hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlik o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga hisobot beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tarkibiga kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Vazirlik o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, shuningdek ushbu Nizomga amal qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Vazirlik:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
axborotlashtirish, elektron raqamli imzodan foydalanish, telekommunikatsiyalar va pochta aloqasi sohasida maxsus vakolatli organ;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Telekommunikatsiyalar tarmoqlarini boshqarish tizimini shakllantirish va uning samarali faoliyatini ta’minlovchi maxsus vakolatli organ;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
elektron hukumat sohasidagi vakolatli organ tomonidan;
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 3-iyundagi 188-sonli qaroriga asosan to‘rtinchi xatboshisi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2016-y., 23-son, 269-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yuridik shaxslarning telekommunikatsiyalar sohasidagi faoliyati turlarini litsenziyalovchi organ;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2013 — 2020-yillar davrida O‘zbekiston Respublikasining milliy axborot-kommunikatsiya tizimini rivojlantirish kompleks dasturining amalga oshirilishini muvofiqlashtiruvchi Respublika komissiyasining ishchi organi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
radiochastota organi hisoblanadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Radiochastotalar bo‘yicha Respublika kengashining ishchi organi hisoblanadi hamda uning faoliyatini tashkiliy-texnik, normativ-huquqiy jihatdan ta’minlash, muvofiqlashtirish, materiallarni ishlab chiqish va tayyorlashga doir joriy tezkor ishlarni bajaradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xalqaro elektraloqa ittifoqida, Butunjahon pochta ittifoqida hamda axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalar sohasidagi boshqa xalqaro tashkilotlarda O‘zbekiston Respublikasi manfaatlarini ifodalovchi organ hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Vazirlikning elektromagnit moslashuv va radiochastota spektri monitoringini ta’minlash bo‘yicha radiochastota organi sifatidagi funksiyasini “Elektromagnit moslashuv markazi” Davlat unitar korxonasi bajaradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Vazirlik o‘z faoliyatini davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda boshqa tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlikda amalga oshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Vazirlikning o‘z vakolatlari doirasida qabul qilingan qarorlari davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, shuningdek yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan bajarilishi majburiy hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Vazirlik “O‘zbekiston pochtasi” aksiyadorlik jamiyati, “O‘zbektelekom” va “Matbuot tarqatuvchi” aksiyadorlik kompaniyalarining ustav fondlaridagi aksiyalar davlat paketlari bo‘yicha aksiyador huquqlarini amalga oshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Vazirlik yuridik shaxs hisoblanadi va O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasviri tushirilgan va o‘z nomi yozilgan muhrga ega bo‘ladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
II. Vazirlikning vazifalari va funksiyalari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Quyidagilar Vazirlikning vazifalari hisoblanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalar sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish borasida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalar, elektron hukumat, elektron raqamli imzodan va radiochastota spektridan foydalanish, telekommunikatsiyalar va pochta aloqasi, axborot xavfsizligini ta’minlash sohasida yagona davlat siyosati amalga oshirilishini ta’minlash, axborot texnologiyalarini rivojlantirish, axborotni himoya qilish va undan foydalanishning jahon darajasidan kelib chiqqan holda milliy axborot-kommunikatsiya tizimini joriy etish va rivojlantirish yuzasidan kompleks dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;
(10-bandning “a” kichik bandi ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 3-iyundagi 188-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 23-son, 269-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
elektron hukumatni yanada rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini aniqlash va elektron hukumat to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini takomillashtirish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish;
(10-bandning “a” kichik bandi uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 3-iyundagi 188-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 23-son, 269-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
telekommunikatsiya infratuzilmasini yanada rivojlantirish va modernizatsiya qilish, shu jumladan Internet tarmog‘iga, mobil va yo‘ldosh aloqa tarmoqlariga keng polosali ulanishni kengaytirish, telefon aloqasi va teleradioeshittirishning raqamli tizimlariga to‘liq o‘tishni ta’minlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalar, pochta aloqasi, “Elektron hukumat” tizimi, ommaviy kommunikatsiyalar rivojlanishi, xalqaro standartlar, texnik reglamentlar, mamlakat iqtisodiyoti tarmoqlari va sohalari axborotlashtirilishi darajasini baholash mezonlari va indikatorlari joriy etilishi, shuningdek radiochastota spektridan samarali foydalanish, milliy axborot makoni monitoringi ustidan davlat boshqaruvi va nazoratini amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
investitsiya siyosatini shakllantirishda ishtirok etish, elektron hukumatni rivojlantirishda, axborotlashtirish, telekommunikatsiyalar va pochta aloqasi sohasiga investitsiyalar jalb etilishini ta’minlash;
(10-bandning “a” kichik bandi oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 3-iyundagi 188-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 23-son, 269-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalar, elektron hukumat, axborotlashtirish, elektron raqamli imzodan va radiochastota spektridan foydalanish, telekommunikatsiyalar, pochta aloqasi, axborot xavfsizligini ta’minlash, kadrlar tayyorlash va innovatsion faoliyat, ustuvor loyihalarni amalga oshirish uchun xorijiy investitsiyalarni jalb etish sohasida, shuningdek Vazirlik faoliyati sohasiga kiradigan boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha xalqaro hamkorlikni amalga oshirish;
(10-bandning “a” kichik bandi yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 3-iyundagi 188-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 23-son, 269-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) iqtisodiyotning real sektori tarmoqlarida axborot texnologiyalarini rivojlantirish va joriy etish, axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalar, axborotlashtirish, axborot xavfsizligini ta’minlash, teleko‘rsatuvlar va radioeshittirishlar, telekommunikatsiyalar va pochta aloqasi sohasida yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash borasida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
elektron hukumat sohasida davlat dasturlarini va boshqa dasturlarni ishlab chiqish, amalga oshirish va ularning bajarilishini tahlil qilishni ta’minlash, elektron hukumat sohasida davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatini muvofiqlashtirish;
(10-bandning “b” kichik bandi ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 3-iyundagi 188-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 23-son, 269-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
markaziy ma’lumotlar bazalari, idoralararo elektron hamkorlik tizimi, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali, ma’lumotlarga ishlov berish markazi va idoralararo ma’lumotlar uzatish tarmog‘i bo‘yicha elektron hukumat infratuzilmasi faoliyat ko‘rsatishini ta’minlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
axborotlashtirish va elektron davlat xizmatlari ko‘rsatish sifati, shuningdek elektron hukumat loyihalari amalga oshirilishi samaradorligining maqsadli ko‘rsatkichlariga erishish darajasi bo‘yicha davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatini baholash va nazorat qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
axborotni to‘plash, saqlash, qayta ishlash, uzatish va ayirboshlash bo‘yicha standartlar va texnik talablar asosida elektron hukumatning texnik asosini shakllantirishga doir chora-tadbirlarni qabul qilish va amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
elektron hukumat, elektron davlat xizmati ko‘rsatish to‘g‘risidagi hisobot materiallarini shakllantirish va ularni puxta ishlash, shuningdek idoralararo elektron o‘zaro hamkorlik sohasida monitoring olib borish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ko‘rsatilayotgan elektron davlat xizmatlari va idoralararo elektron o‘zaro hamkorlik tartib-taomillarini takomillashtirishga doir takliflar ishlab chiqish;
(10-bandning “b” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 3-iyundagi 188-sonli qaroriga asosan uchinchi — yettinchi xatboshilar bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2016-y., 23-son, 269-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ilmiy tadqiqotlar va ishlanmalarni tashkil etish, axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalar sohasida kadrlar, shuningdek elektron hukumat sohasida davlat organlari xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish, dasturiy mahsulotlarni ishlab chiqish va joriy etish, elektron hukumatning axborot tizimlari va axborot resurslarining axborot xavfsizligini ta’minlash chora-tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirish;
(10-bandning “b” kichik bandi sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 3-iyundagi 188-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 23-son, 269-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat hisoboti shakllarini ishlab chiqish, idoraviy statistika hisoboti shakllarini ishlab chiqish va tasdiqlash, axborot texnologiyalari, telekommunikatsiyalar va pochta aloqasi sohasida statistika ma’lumotlarini to‘plash, tahlil qilish, umumlashtirish va vakolatli davlat organiga yuborish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan birgalikda ularning funksional va operatsion jarayonlarini qayta tashkil etish va maqbullashtirish, ma’muriy tartibotlarni axborotlashtirish va interaktiv davlat xizmatlari ko‘rsatish samaradorligini oshirish, shuningdek Internet tarmog‘ida ochiq ma’lumotlar bazalarini shakllantirish tizimini tashkil etish va ulardan erkin va faol foydalanish siyosatini amalga oshirish bo‘yicha takliflar tayyorlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Internet tarmog‘ining milliy segmenti yanada shakllantirilishini ta’minlash, mamlakatimizning turli yo‘nalishlardagi zamonaviy veb-saytlarini, shu jumladan aholining, ayniqsa, yosh avlodning axborotga bo‘lgan va intellektual talab-ehtiyojlarini qondirish maqsadida axborot resurslarini rivojlantirish uchun zarur texnik va qulay shart-sharoitlarni yaratish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
raqobatdosh dasturiy mahsulotlarning mamlakatimizda ishlab chiqarilishini hamda ular va xizmatlarning ichki bozorini rivojlantirishga ko‘maklashish va uning muvofiqlashtirilishini, iqtisodiyotning real sektori tarmoqlarida va iste’molchilarning ehtiyojlari uchun zamonaviy dasturiy mahsulotlar, axborot tizimlari va resurslarini joriy etilishini ta’minlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
keyinchalik aniq tavsiyalar va takliflar tayyorlagan holda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini va “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish bo‘yicha kompleks dasturlar amalga oshirilishi monitoringini olib borish, tahlil qilish va samaradorligini baholash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) telekommunikatsiyalar va pochta aloqasini rivojlantirish, axborot xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha yagona siyosat amalga oshirilishi, shuningdek kommunikatsiyalarning zamonaviy tizimlari joriy etilishi sohasida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
telekommunikatsiyalar sohasida yagona texnik siyosatni amalga oshirish, telekommunikatsiya resurslari va tarmoqlarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha davlat boshqaruvi organlari, Telekommunikatsiyalar tarmoqlarini boshqarish tizimiga kiruvchi operatorlar va provaydyerlar faoliyatini muvofiqlashtirishni ta’minlash, ularning texnik holati va favqulodda vaziyatlardagi harakatlarga tayyorligi ustidan nazorat qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
axborot xavfsizligini ta’minlash va kommunikatsiya tarmoqlari, dasturiy mahsulotlar, axborot tizimlari va resurslarini himoya qilishning zamonaviy texnologiyalarini joriy etish chora-tadbirlarini amalga oshirish, axborot resurslarini himoya qilish bo‘yicha texnik infratuzilmani yanada rivojlantirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
telekommunikatsiyalar, standartlashtirish, metrologik ta’mirlash, telekommunikatsiyalarning texnik vositalarini sertifikatlash sohasidagi faoliyatni litsenziyalash va normativ-huquqiy bazani takomillashtirish, yagona ilmiy-texnik siyosatni shakllantirish va amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan litsenziya bitimlari shartlari bajarilishi, radiochastota spektridan samarali foydalanish va tarmoqning tegishli tashkilotlari orqali telekommunikatsiyalar tarmoqlari, pochta aloqasi, teleko‘rsatuvlar va radioeshittirishlar, axborot tizimlarida axborot xavfsizligini ta’minlash ishlarining sifati ustidan nazorat qilishni tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ommaviy kommunikatsiyalar, shu jumladan axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, yo‘ldosh tizimlar, Internet tarmog‘i, axborotni, shuningdek bosma mahsulotlarni yetkazib berish va tarqatishning boshqa elektron vositalari sohasida faoliyat yurituvchi yuridik va jismoniy shaxslarning normativ-huquqiy hujjatlar, standartlar, texnik reglamentlar talablariga rioya etishi yuzasidan monitoring olib borish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
umumiy qabul qilingan xalqaro normalar va standartlarga muvofiq axborot texnologiyalari va telekommunikatsiyalar, pochta aloqasi, axborotlashtirish, elektron raqamli imzodan va radiochastota spektridan foydalanish sohasida qonun hujjatlarini yanada takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
telefon raqamlash, raqamlash sig‘imlari, signalizatsiya punktlari kodlari, telekommunikatsiyalar tarmoqlari kodlari ajratish rejasi va tizimini tasdiqlash, ulardan foydalanish hisobini yuritish va nazorat qilish, Internet tarmog‘i milliy segmenti aniq yo‘naltirilgan makonini taqsimlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
pochta aloqasi va telekommunikatsiyalar xizmatlari sifati normalarini belgilash va ularga rioya qilinishini nazorat qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi hududida xorijiy ommaviy axborot vositalarining teleradio mahsulotlari tarqatilishi sohasida tartibga solishni ta’minlash va boshqarish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tegishli maxsus vakolatli davlat organi bilan birgalikda axborotlashtirish, telekommunikatsiyalar va pochta aloqasi sohasida iste’molchilarning huquqlarini himoya qilishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
maxsus vakolatli davlat organi bilan birgalikda jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurash chora-tadbirlarini, pochta aloqasi operatorlari, provaydyerlari uchun ichki nazorat qoidalarini ishlab chiqish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurash bo‘yicha pochta aloqasi operatorlari, provaydyerlari tomonidan ichki nazorat tizimi joriy etilishini tashkil etish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Vazirlik o‘ziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalar sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish borasida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
elektron hukumat sohasida davlat dasturlarini va boshqa dasturlarni, shuningdek axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni, telekommunikatsiyalarni va pochta aloqasini istiqbolli rivojlantirish dasturlarini, shu jumladan keng polosali foydalanishning zamonaviy vositalarini, ma’lumotlarni uzatishning raqamli tizimlarini, yo‘ldosh va mobil aloqani, teleradioeshittirishni joriy etish, yuridik va jismoniy shaxslarga elektron davlat xizmatlari ko‘rsatish tartibini takomillashtirish, raqobatbardoshli dasturiy mahsulotlarni mahalliy ishlab chiqarishni tashkil etish, axborot tizimlari va resurslarni rivojlantirish bo‘yicha bosqichma-bosqich dasturlarni ishlab chiqadi va amalga oshiradi;
(11-bandning “a” kichik bandi ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 3-iyundagi 188-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 23-son, 269-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
elektron hukumatni axborotlashtirishni, telekommunikatsiyalar tarmoqlari va pochta aloqasi, radioaloqa, teleko‘rsatuvlar va radioeshittirishlar hamda matbuotni tarqatish, elektron raqamli imzodan va radiochastota spektridan foydalanish sohasida strategik ustuvor vazifalarni shakllantiradi va amalga oshiradi;
(11-bandning “a” kichik bandi uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 3-iyundagi 188-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 23-son, 269-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
investitsiya siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirishda hamda axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalar, elektron hukumatni yanada rivojlantirishga xorijiy investitsiyalarni jalb etishda, Internet tarmog‘ining milliy segmentini rivojlantirishda, shu jumladan davlat buyurtmasi doirasida rivojlantirishda, pochta aloqasi vositalari va tarmoqlarini, telekommunikatsiyalar, teleradioeshittirish, radiomonitoringning texnik vositalarini, dasturiy mahsulotlarni rivojlantirishda ishtirok etadi;
(11-bandning “a” kichik bandi to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 3-iyundagi 188-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 23-son, 269-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasining axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasida boshqaruvning tashkiliy tuzilmasini takomillashtirish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqadi va belgilangan tartibda kiritadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalar sohasini rivojlantirish, radiochastota spektridan foydalanish uchun beriladigan xalqaro moliyaviy institutlar, xorijiy mamlakatlarning hukumatlari grantlaridan foydalanishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni shuningdek elektron hukumatni rivojlantirish uchun investitsiyalar, shu jumladan xorijiy investitsiyalar mablag‘laridan samarali foydalanish bo‘yicha tender savdolari va tanlovlar o‘tkazilishini tashkil etadi va ularda ishtirok etadi;
(11-bandning “a” kichik bandi yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 3-iyundagi 188-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 23-son, 269-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalar, elektron hukumatni yanada rivojlantirish, ma’muriy tartibotlarni axborotlashtirish, mintaqada telekommunikatsiya tarmoqlari va pochta aloqasini rivojlantirish, radiochastota spektridan foydalanish, teleko‘rsatuvlar va radioeshittirishlar va matbuotni tarqatish sohasida davlat tomonidan tartibga solishni amalga oshirishda Vazirlik hududiy boshqarmalarining davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining hududiy bo‘linmalari bilan o‘zaro hamkorligini tashkil etadi va muvofiqlashtiradi;
(11-bandning “a” kichik bandi sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 3-iyundagi 188-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 23-son, 269-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
axborot tizimlari va axborot resurslarini, shuningdek davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan ko‘rsatiladigan elektron davlat xizmatlarini joriy etish, rivojlantirish va integratsiyasini ta’minlash maqsadida telekommunikatsiyalar tarmoqlari va milliy axborot tizimini shakllantirish bo‘yicha yagona texnik siyosatni belgilaydi va amalga oshiradi;
(11-bandning “a” kichik bandi to‘qqizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 3-iyundagi 188-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 23-son, 269-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
fan va marketing tadqiqotlari, ma’muriy tartib-taomillarni takomillashtirish hamda elektron davlat xizmatlari ko‘rsatishda davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining hujjatlarini birxillashtirish, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va davlat xizmatlari, aloqa tarmoqlari va xizmatlarini, standartlar va texnik shartlarni rivojlantirish monitoringini olib borish, axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni, teleko‘rsatuvlar va radioeshittirishlarni rivojlantirishning mamlakat va jahon an’analarini, radiochastota spektridan foydalanishni o‘rganish va tahlil qilish ishlarini tashkil etadi;
(11-bandning “a” kichik bandi o‘ninchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 3-iyundagi 188-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 23-son, 269-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tegishli maxsus vakolatli davlat organi bilan birgalikda axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalar, axborotlashtirish, telekommunikatsiyalari va pochta aloqasi sohasida xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyati uchun teng shart-sharoitlar yaratilishiga, raqobatni rivojlantirishga va iste’molchilarning huquqlari himoya qilinishiga ko‘maklashadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Elektron hukumat” tizimini va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada rivojlantirishga texnik ko‘mak mablag‘larini jalb etish masalalari bo‘yicha xalqaro moliya institutlari bilan hamkorlikni rivojlantirishga doir takliflar tayyorlaydi;
(11-bandning “a” kichik bandi o‘n ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 3-iyundagi 188-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 23-son, 269-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlatlararo va hukumatlararo shartnomalar loyihalarini tayyorlashda qatnashadi, axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalar, axborotlashtirish, telekommunikatsiyalar va pochta aloqasi, elektron raqamli imzodan va radiochastota spektridan foydalanish sohasida xalqaro idoralararo shartnomalarni belgilangan tartibda tuzadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
umumiy qabul qilingan xalqaro normalar va standartlarga muvofiq axborot texnologiyalari va elektron hukumat kommunikatsiyalari, axborotlashtirish, telekommunikatsiyalar va pochta aloqasi, radiochastota spektridan foydalanish sohasida normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqadi hamda belgilangan tartibda kelishadi;
(11-bandning “a” kichik bandi o‘n to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 3-iyundagi 188-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 23-son, 269-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
umumiy texnik renglamentlarni va davlat standartlarini ishlab chiqadi va tasdiqlash uchun belgilangan tartibda taqdim etadi, xalqaro standartlarni davlat standartlari sifatida qabul qilish ishlarini tashkil etadi, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan ko‘rsatiladigan elektron davlat xizmatlari reglamentlarini kelishadi, mamlakatning yagona axborot makonini shakllantirish va “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish uchun maxsus texnik reglamentlarni va normativ hujjatlarni, radioelektron vositalarga va yuqori chastotali qurilmalarga, telekommunikatsiyalar vositalariga va axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga qo‘yiladigan talablarni ishlab chiqadi va tasdiqlaydi;
(11-bandning “a” kichik bandi o‘n beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 3-iyundagi 188-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 23-son, 269-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ommaviy kommunikatsiyalar, shu jumladan zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, yo‘ldosh tizimlar, Internet tarmog‘i, axborotni, shuningdek bosma mahsulotni yetkazish va tarqatishning boshqa elektron vositalari sohasida faoliyatni amalga oshiruvchi yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan normativ-huquqiy hujjatlar va normativ hujjatlar, standartlar, texnik reglamentlar talablariga rioya etilishini Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi orqali nazorat qilishni tashkil etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalar, telekommunikatsiyalar, pochta aloqasi, elektron hukumat, axborotlashtirish va radiochastota spektri, shuningdek ommaviy kommunikatsiyalar sohasida, milliy axborot makoni monitoringi va Vazirlik faoliyatining boshqa yo‘nalishlari bo‘yicha texnik vositalarni standartlashtirish, metrologik ta’minlash, sertifikatlashtirish va normativ-huquqiy bazani takomillashtirish masalalari tartibga solinishini tashkil etadi va muvofiqlashtiradi;
(11-bandning “a” kichik bandi o‘n yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 3-iyundagi 188-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 23-son, 269-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) axborot texnologiyalarini rivojlantirish va joriy etish sohasida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarida, mahalliy davlat hokimiyati organlarida foydalaniladigan axborot tizimlari, axborot resurslari va ma’lumotlar bazalarini loyihalashtirish, ishlab chiqish va integratsiyalashning kelishilgan mexanizmi joriy etilishini nazarda tutuvchi “Elektron hukumat” tizimi shakllantirilishiga yagona texnologik yondashuvni ta’minlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatida “elektron hukumat” loyihalarini amalga oshirish samaradorligining maqsadli ko‘rsatkichlariga erishish darajasini, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirishning holatini tahlil qilish va baholashni, shuningdek NIS.UZ idoralararo avtomatlashtirilgan axborot tizimida taqdim etiladigan axborotning sifati va ishonchliligini ta’minlaydi, keyinchalik ularni takomillashtirish yuzasidan aniq tavsiyalar va takliflarni tayyorlaydi;
(11-bandning “b” kichik bandi uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 3-iyundagi 188-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 23-son, 269-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va ulardan foydalanish samaradorligi indikatorlarini, ular tomonidan ko‘rsatiladigan elektron davlat xizmatlari sifati va elektron davlat xizmatlari ko‘rsatish tartibini takomillashtirish darajasini, shuningdek elektron davlat xizmatlari ko‘rsatuvchi davlat organlarining bir-biri bilan o‘zaro hamkorligi darajasini baholash mezonlari va mexanizmlarini ishlab chiqadi;
(11-bandning “b” kichik bandi to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 3-iyundagi 188-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 23-son, 269-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining elektron davlat xizmatlari ko‘rsatish tartibini tizimli takomillashtirish va qayta tashkil etish, funksional va operatsion jarayonlarini tahlil qiladi va uning natijalari bo‘yicha takliflar tayyorlaydi;
(11-bandning “b” kichik bandi beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 3-iyundagi 188-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 23-son, 269-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
metodika, shuningdek jamoatchilik fikrini o‘rganish asosida davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan elektron davlat xizmatlari ko‘rsatish sifatini baholaydi va natijalar bo‘yicha elektron davlat xizmatlari ko‘rsatish sifatini yanada yaxshilash va takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlaydi;
(11-bandning “b” kichik bandi oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 3-iyundagi 188-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 23-son, 269-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirish bo‘yicha ishlar va loyihalarni moliyalashtirishga xarajatlari smetasini ko‘rib chiqadi va kelishadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirishning holatini o‘rganish va tekshirishni tashkil etadi va muvofiqlashtiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirish uchun mas’ul bo‘lgan ixtisoslashtirilgan tarkibiy bo‘linmalari faoliyatini muvofiqlashtiradi va ularga normativ-metodik rahbarlik qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining axborot tizimlari reyestri, ularning komplekslari, axborot resurslari va ma’lumotlar bazalari shakllantirilishi va yuritilishini amalga oshiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
idoralararo axborot ayirboshlashning yagona reglamentlari va formatlarini birxillashtirishni va ulardan foydalanishni ta’minlash uchun “Elektron hukumat” tizimida qo‘llaniladigan davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining elektron klassifikatorlari tashkil etilishi va shakllantirilishini muvofiqlashtiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat ochiq ma’lumotlar bazalarini tashkil etish va shakllantirish bo‘yicha davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatini muvofiqlashtiradi, ularning tarqatilishi sifatini va Internet tarmog‘ida faol foydalanilishini o‘rganadi va tahlil qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ma’lumotlar bazalari, axborot tizimlari va resurslarini yaratish, joriy etish, integratsiyalash va takomillashtirish bo‘yicha davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining texnik va loyiha hujjatlari majburiy ekspertizadan o‘tkazilishini tashkil etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Internet tarmog‘ida O‘zbekiston Respublikasining Hukumat portalini rivojlantirish va takomillashtirish, shuningdek O‘zbekiston Respublikasining Interaktiv davlat xizmatlari yagona portali orqali yuridik va jismoniy shaxslarga elektron davlat xizmatlari ko‘rsatish ro‘yxatini kengaytirish va sifatini oshirish chora-tadbirlarini ko‘radi;
(11-bandning “b” kichik bandi o‘n to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 3-iyundagi 188-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 23-son, 269-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Elektron davlat xizmatlarining yagona reyestrini shakllantiradi va yuritadi;
(11-bandning “b” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 3-iyundagi 188-sonli qaroriga asosan o‘n beshinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2016-y., 23-son, 269-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
elektron davlat xizmatlari, shuningdek foydalaniladigan shakllar va blankalarni ularni keyinchalik elektron Davlat xizmatlari, shakllar va blanklarning yagona reyestriga kiritgan hamda davlat xizmatlarini tartibga solish yuzasidan takliflar kiritgan holda xatlovdan o‘tkazadi;
(11-bandning “b” kichik bandi o‘n oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 3-iyundagi 188-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 23-son, 269-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
aholining, ayniqsa yosh avlodning axborotga bo‘lgan va intellektual ehtiyojlarini qondirish uchun Internet tarmog‘ining milliy segmentini yanada shakllantirishga mamlakatimizning zamonaviy axborot resurslarini rivojlantirishga qaratilgan texnik va tashkiliy tadbirlar amalga oshirilishini ta’minlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirish, axborot xavfsizligini ta’minlash va xodimlarning malakasini oshirish ishlarini muvofiqlashtiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va ularga idoraviy mansub tashkilotlar xodimlarini kompyuter savodxonligining minimal darajasi bo‘yicha talablarga muvofiqlik yuzasidan attestatsiyadan o‘tkazishni tashkil etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
axborot tizimlari tashkil etilishiga, axborot resurslari shakllantirilishiga, axborotlashtirish, telekommunikatsiyalar va pochta aloqasi sohasida xizmatlar doirasi kengaytirilishiga ko‘maklashadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) iqtisodiyotning real sektori tarmoqlarida dasturiy mahsulotlarni yaratish va joriy etish borasida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Dasturiy ta’minlashni ishlab chiquvchilar milliy reyestri yuritilishini va yanada rivojlantirilishini amalga oshiradi hamda raqobatbardoshli mahalliy dasturiy mahsulotlar ishlab chiqilishini rag‘batlantirish yuzasidan takliflar kiritadi, shuningdek istiqbolli loyihalarni va innovatsion texnologiyalarni yaratish bilan band bo‘lgan yosh iste’dodli dasturchilarni qo‘llab-quvvatlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xo‘jalik boshqaruvi organlarining boshqaruv va ishlab chiqarish jarayonlarida axborot tizimlarini va dasturiy mahsulotlarni keng joriy etish va ulardan foydalanish samaradorligini oshirish ishlarini muvofiqlashtiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
birinchi navbatda ichki ehtiyojlarni qondirish uchun zamonaviy mahalliy va raqobatbardoshli dasturiy mahsulotlarni ishlab chiqarishni rivojlantirishda ishtirok etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Milliy axborot-kommunikatsiya tizimi doirasida yangidan ishlab chiqiladigan, moslashtiriladigan yoki xarid qilinadigan ixtisoslashtirilgan dasturiy mahsulotlarning majburiy ekspertizasi o‘tkazilishini tashkil etadi hamda davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, davlat hokimiyati organlari uchun ulardan foydalanishga ruxsatnoma beradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) elektron raqamli imzodan foydalanishni rivojlantirish sohasida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
elektron raqamli imzolar kalitlarini ro‘yxatga olish markazlarini belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazadi va elektron raqamli imzolar kalitlarini ro‘yxatga olish markazlarining vakolatli shaxslariga elektron raqamli imzolar kalitlarining sertifikatlarini beradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
elektron raqamli imzolar kalitlarini ro‘yxatga olish markazlari faoliyati ustidan nazorat qiladi va elektron raqamli imzolar kalitlarini ro‘yxatga olish markazlari vakolatli shaxslarining elektron raqamli imzolar kalitlari sertifikatlarining Yagona davlat reyestrini yuritadi hamda yuridik va jismoniy shaxslarning ulardan erkin foydalanilishini ta’minlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yuridik va jismoniy shaxslarning murojaatlariga ko‘ra elektron raqamli imzolar kalitlarini ro‘yxatga olish markazlari vakolatli shaxslarining elektron raqamli imzosi haqiqiyligini tasdiqlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
d) telekommunikatsiyalar va pochta aloqasini rivojlantirish, shuningdek kommunikatsiyalarning zamonaviy vositalarini joriy etish sohasida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
radiochastota spektrini taqsimlash va undan foydalanish sohasida davlat siyosatini amalga oshirishda ishtirok etadi, ushbu sohada qonun hujjatlariga rioya qilish ustidan nazorat qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
telekommunikatsiyalar tarmoqlarini boshqarish, ularning samarali ishlashini ta’minlash, telekommunikatsiyalar resurslaridan oqilona foydalanish va ularni rivojlantirish, telekommunikatsiya xizmatlariga bo‘lgan ehtiyojlarni to‘liqroq qondirish uchun turli operatorlar telekommunikatsiyalari, idoraviy tarmoqlar egalarining tarmoqlarini boshqarishni muvofiqlashtirish tizimini tashkil etish, shuningdek tarmoqlardan davlat organlari va O‘zbekiston Respublikasining mudofaasi va milliy xavfsizligi manfaatlarini ko‘zlab ustuvor foydalanishni ta’minlash ishlarini muvofiqlashtirishni tashkil etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
telekommunikatsiyalar sohasida yuridik shaxslar faoliyatini litsenziyalash va nazorat qilishni belgilangan tartibda amalga oshiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan litsenziya bitimlari bajarilishini, radiochastota spektridan samarali foydalanishni, pochta aloqasi va telekommunikatsiyalar tarmoqlari sohasida xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha texnik va texnologik talablar, shu jumladan ma’lumotlar uzatish, teleko‘rsatuvlar, radioeshittirishlar, davlat organlari va xo‘jalik yurituvchi subyektlarning axborot tizimlarida, shuningdek davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarida, mahalliy davlat hokimiyati organlarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha ishlarni nazorat va tahlil qilishni tashkil etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
telekommunikatsiyalar, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari tarmoqlari, tizimlari va vositalarini yaratish hamda ularning faoliyatini ta’minlash bo‘yicha xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyati ustidan davlat nazoratini tashkil qilish va amalga oshirish qoidalari va tartibini ishlab chiqadi va belgilangan tartibda tasdiqlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi hududida xorijiy ommaviy axborot vositalarining teleradio mahsulotlari tarqalishi sohasida davlat boshqaruvi funksiyasini amalga oshiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi hududida xorijiy ommaviy axborot vositalarining teleradio mahsulotlarini tarqatish huquqiga taqdim etilgan hujjatlarning qonun hujjatlari talablariga muvofiqligi ekspertizasi o‘tkazilishini tashkil etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
telefonlarni raqamlash rejasi va tizimini tasdiqlaydi, raqam sig‘imlarini, signalizatsiya punktlari kodlarini, telekommunikatsiyalar tarmoqlarini identifikatsiyalash kodlarini ajratadi, ular hisobini oladi va ulardan foydalanish ustidan nazorat qiladi, Internet tarmog‘i milliy segmentining manzilli makonini taqsimlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
pochta aloqasi va telekommunikatsiyalarning universal xizmatlari sifatiga qo‘yiladigan talablarni, shuningdek tegishli maxsus vakolatli davlat organi bilan kelishgan holda, pochta aloqasi va telekommunikatsiyalarning universal xizmatlari ro‘yxatini tasdiqlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
pochta aloqasi va telekommunikatsiyalarning universal xizmatlariga tariflarni belgilangan tartibda tasdiqlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tegishli maxsus vakolatli davlat organi bilan kelishgan holda telekommunikatsiyalar xizmatlarining ayrim turlari ro‘yxatini belgilaydi, shuningdek ularga bo‘lgan tariflarni va foydalanuvchilarning manfaatlarini hisobga olgan holda tarmoqlararo birikuvlarni belgilangan tartibda kelishadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
pochta aloqasi va telekommunikatsiyalar tarmoqlari ko‘rsatkichlarini va xizmatlar sifati normalarini va ishonchliligini tasdiqlaydi va belgilangan tartibda nazorat qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
telekommunikatsiyalar, ma’lumotlar uzatish, pochta aloqasi tarmoqlarini birlashtirish va operatorlar, provaydyerlar tomonidan o‘zaro xizmatlar ko‘rsatilishi va ular o‘rtasida o‘zaro hisob-kitoblarni amalga oshirish tartibi va shartlarini tasdiqlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
radiochastota spektri, radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalardan foydalanish monitoringi, shuningdek radioxalaqitlarni, shu jumladan industrial xalaqitlarni bartaraf etish ishlarini tashkil etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
pochta to‘lovi davlat belgilarining namunalarini tasdiqlaydi va pochta markalarini nashr etish, ularni muomalaga kiritish va muomaladan chiqarish tartibini belgilaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
pochta indekslarini, yozma xat-xabarlarni olib qo‘yish chastotalari normativlarini, shuningdek pochta aloqasi operatorlari va provaydyerlari uchun majburiy bo‘lgan pochta jo‘natmalari o‘tishining nazorat muddatlarini tasdiqlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
pochta aloqasi operatorlari va provaydyerlarining transport vositalarida joylashtiriladigan, pochta, kuryerlik jo‘natmalari va pul mablag‘larini tashishda ishlatiladigan farqlovchi maxsus belgilarni tasdiqlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
pochta to‘lovi davlat belgilarining davlat kolleksiyasini shakllantiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
frankirlash mashinalaridan foydalanish tartibini belgilaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
pochta aloqasi milliy operatori xodimining formali kiyim-boshi va ko‘krak nishonini tasdiqlash va formali kiyimda yurish tartibini belgilaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurash bo‘yicha pochta aloqasi operatorlari, provaydyerlari tomonidan ichki nazorat tizimi joriy etilishini tashkil etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish uchun pochta aloqasi operatorlari, provaydyerlari tomonidan ichki nazorat qoidalariga rioya qilinishi monitoringini olib borish va nazorat qilish masalalari bo‘yicha ishlarga rahbarlik qiladi va muvofiqlashtiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlik tizimining safarbarlik rejasini, moddiy mablag‘lar davlat zaxirasida jamg‘armalar tuzilmasi, tarkibi, normalari va rejasini ishlab chiqadi, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarini aloqa bilan ta’minlash, Vazirlik tizimining alohida muhim obyektlarini qo‘riqlash uchun harbiy qismning kuchlari va vositalari bilan avariya-tiklash ishlari bajarilishini tashkil etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
e) axborot xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha yagona siyosatni amalga oshirish sohasida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
telekommunikatsiya tarmoqlarida, teleradioefirda va axborot tizimlarida axborot xavfsizligini ta’minlash, Internet tarmog‘i orqali aholining, ayniqsa yosh avlodning dunyoqarashi va ongiga salbiy ta’sirning oldini olish uchun axborot resurslarini himoya qilish bo‘yicha texnik infratuzilmalarni yanada rivojlantirish bo‘yicha yagona siyosatni ishlab chiqadi va amalga oshiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
telekommunikatsiyalar tarmoqlari va pochta aloqasi, teleko‘rsatuvlar va radioeshittirishlar, axborot tizimlarida axborot xavfsizligini, zamonaviy talablardan kelib chiqib axborot tizimlarini himoyalashning samarali vositalari va usullari joriy etilishini, tezkor-qidiruv tadbirlari tizimlari joriy etilishini, shuningdek ulardan davlat, O‘zbekiston Respublikasi mudofaasi va milliy xavfsizligi manfaatlarini ko‘zlab va favqulodda vaziyatlar sharoitlarida ustuvor foydalanishni ta’minlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
manfaatdor davlat organlari bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasining mudofaa qobiliyati va milliy xavfsizligini, telekommunikatsiyalar va pochta aloqasi, axborotlashtirish sohasida alohida muhim va toifalangan obyektlarning uzluksiz va xavfsiz ishlashini, xo‘jalik yurituvchi subyektlarning texnik kuch va vositalaridan foydalangan holda tabiiy ofatlar oqibatlarining bartaraf etilishini ta’minlash maqsadida kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqadi hamda ularning bajarilishini tashkil etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda vazirliklar va idoralarning hududiy bo‘linmalarida, mahalliy davlat hokimiyati organlarida axborot xavfsizligini ta’minlash ishlarini tashkil etadi va muvofiqlashtiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
axborotni kriptografik himoya qilish vositalarini loyihalashtirish, yaratish, ishlab chiqish, amalga oshirish, ta’mirlash va ulardan foydalanish bo‘yicha faoliyatni belgilangan tartibda amalga oshiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasining axborot makoniga ruxsatsiz kirishga urinishlardan va kompyuter virus hujumlaridan o‘z vaqtida xabardor qilish va munosabat bildirishning usul va vositalaridan foydalangan holda Internet tarmog‘ining milliy segmenti veb-saytlari axborot xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha idoralararo o‘zaro hamkorlik mexanizmini amalga oshiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
axborot xavfsizligini ta’minlash va kommunikatsiya tarmoqlari, dasturiy mahsulotlar, axborot tizimlari va resurslarini himoya qilishning zamonaviy texnologiyalarini joriy etish ishlarini muvofiqlashtiradi elektron hukumatning markaziy ma’lumotlar bazalari va axborot tizimlari;
(11-bandning “e” kichik bandi sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 3-iyundagi 188-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 23-son, 269-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
elektron hukumat telekommunikatsiyalar, pochta aloqasi, axborotlashtirish va radiochastota spektri sohasida monitoring olib borish, huquqni buzishlarni aniqlash va ularga barham berish yuzasidan huquqni muhofaza qilish organlari bilan o‘zaro hamkorlik qiladi;
(11-bandning “e” kichik bandi to‘qqizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 3-iyundagi 188-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 23-son, 269-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
pochta aloqasi, elektron hukumat telekommunikatsiya tarmoqlari va vositalari, ma’lumotlarni uzatish, teleko‘rsatuvlar va radioeshittirishlar, axborot tizimlari va resurslari, radiochastota spektridan foydalanish sohasida xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha talablarni belgilaydi;
(11-bandning “e” kichik bandi o‘ninchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 3-iyundagi 188-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 23-son, 269-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish bo‘yicha vakolatli davlat organi bilan birgalikda hisobga olish registrlaridagi elektron yozuvlarning but saqlanishini ta’minlash tartibini belgilaydi.
(11-bandning “e” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 23-sentabrdagi 274-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2015-y., 39-son, 507-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
j) axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalar, elektron hukumatni axborotlashtirish, axborot xavfsizligini ta’minlash, teleko‘rsatuvlar va radioeshittirishlar, telekommunikatsiyalar va pochta aloqasi sohasida yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash borasida:
(11-bandning “j” kichik bandi birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 3-iyundagi 188-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 23-son, 269-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
dasturiy vositalar, ma’lumotlar bazalari, milliy axborot resurslarini ishlab chiqish, zamonaviy talablarni hisobga olgan holda barcha darajalardagi axborot-kommunikatsiya tarmoqlarini shakllantirish yo‘nalishlari bo‘yicha axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalar, elektron hukumatni axborotlashtirish, teleko‘rsatuvlar va radioeshittirishlar, telekommunikatsiyalar va pochta aloqasi sohasida kadrlar tayyorlash, ularni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini tashkil etadi;
(11-bandning “j” kichik bandi ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 3-iyundagi 188-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 23-son, 269-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining zamonaviy bozori rivojlanishi tendensiyalarini va xorijiy tajribani hisobga olgan holda ta’limning yangi yo‘nalishlari uchun axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalar sohasida mutaxassislar tayyorlash bo‘yicha ta’lim standartlarini ishlab chiqishda ishtirok etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
o‘quv jarayonlarida axborot texnologiyalaridan foydalanish bo‘yicha, shu jumladan yetakchi xorijiy ta’lim muassasalarining mutaxassislarini va ekspertlarni jalb etgan holda ta’lim muassasalarining professor-o‘qituvchilar tarkibini tayyorlash va ularning malakasini oshirishning kompleks dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari bazasida davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari xodimlarining kompyuter texnikasida va Internet tarmog‘ida ishlash, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini egallab olish bo‘yicha malaka oshirish kurslarini tashkil etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamg‘armasining mablag‘lari hisobiga axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, kompyuter va dasturiy injiniring, telekommunikatsiya va televizion texnologiyalar, pochta aloqasi texnologiyalari, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida menejment va iqtisodiyot kasblar, ta’lim yo‘nalishlari va ixtisoslashuvlar bo‘yicha oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarining iqtidorli talabalari va o‘quvchilari uchun Vazirlikning stipendiyalarini belgilaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
z) hududiy boshqarmalar, shuningdek Vazirlikning tashkiliy tuzilmasiga kiradigan korxonalar, muassasalar va tashkilotlar ishini samarali muvofiqlashtirish sohasida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hududiy boshqarmalar, shuningdek Vazirlikning tashkiliy tuzilmasiga kiradigan korxonalar, muassasalar va tashkilotlar ishini tashkil etadi va muvofiqlashtiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Respublika axborot-kutubxona markazi va mintaqaviy axborot-kutubxona markazlari faoliyatini takomillashtirishni tashkil etadi va u yuzasidan chora-tadbirlar ko‘radi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Vazirlik o‘ziga yuklangan vazifalar va funksiyalarini bevosita, shuningdek hududiy boshqarmalar, Vazirlikning tashkiliy tuzilmasiga kiradigan korxonalar, muassasalar va tashkilotlar orqali hal etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
III. Vazirlikning huquqlari va javobgarligi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Vazirlik o‘ziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Elektron hukumat” tizimi loyihalarining o‘z vaqtida amalga oshirilishi, idoralararo axborot tizimlari va resurslarining rivojlanishi va joriy etilishini monitoring qilish, o‘rganish va nazorat qilish vakolatli organlar tomonidan markaziy ma’lumotlar bazalarida saqlanadigan axborotni dolzarblashtirish;
(13-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 3-iyundagi 188-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 23-son, 269-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarida, mahalliy davlat hokimiyati organlarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish darajasi va samaradorligini, elektron hukumat loyihalarini amalga oshirish samaradorligining maqsadli ko‘rsatkichlariga erishish darajasini, shuningdek elektron davlat xizmatlari ko‘rsatish sifatini tekshiradi;
(13-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 3-iyundagi 188-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 23-son, 269-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va elektron davlat xizmatlari ko‘rsatish doirasida yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklarni bartaraf etish to‘g‘risida davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlariga, mahalliy davlat hokimiyati organlariga ko‘rsatmalar yuborish;
(13-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 3-iyundagi 188-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 23-son, 269-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Milliy axborot-kommunikatsiya tizimini joriy etish va rivojlantirish bo‘yicha kompleks dasturlarning bajarilmaganligi yoki zarur darajada bajarilmaganligi yuzasidan davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari rahbarlarini javobgarlikka tortish bo‘yicha takliflarni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga ko‘rib chiqish uchun kiritish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
iqtisodiyot tarmoqlari va sohalarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini va elektron davlat xizmatlarini joriy etish darajasini, samaradorligini va sifatini baholash natijalaridan kelib chiqqan holda, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari rahbarlarining lavozimiga muvofiqligi to‘g‘risidagi takliflarni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga belgilangan tartibda kiritish;
(13-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 3-iyundagi 188-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 23-son, 269-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
axborot-tahlil hamda ekspert ishlarini amalga oshirish uchun ilmiy va boshqa tashkilotlarni, shuningdek olimlar va mutaxassislarni belgilangan tartibda jalb etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining, mahalliy davlat hokimiyati organlarining iqtisodiyot tarmoqlari va sohalarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini va elektron davlat xizmatlarini joriy etish masalalarini ko‘rib chiqish bilan bog‘liq majlislarida belgilangan tartibda qatnashish;
(13-bandning sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 3-iyundagi 188-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 23-son, 269-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlaridan, mahalliy davlat hokimiyati organlaridan hamda boshqa tashkilotlardan Vazirlik vakolatiga taalluqli bo‘lgan masalalar bo‘yicha hujjatlarni, statistik ma’lumotlarni,tahliliy materiallarni, xulosalarni va boshqa axborotlarni so‘rash, talab qilish va olish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlikning vakolatiga kiruvchi masalalar bo‘yicha takliflarni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlariga, mahalliy davlat hokimiyati organlariga ko‘rib chiqish uchun kiritish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining, mahalliy davlat hokimiyati organlarining axborot-kommunikatsiya texnologiyalari joriy etilishi va rivojlantirilishi uchun mas’ul bo‘lgan ixtisoslashtirilgan tarkibiy bo‘linmalari rahbarlari lavozimlariga nomzodlarni ko‘rib chiqish va kelishish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
telekommunikatsiyalar, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari elektron hukumat va pochta aloqasi sohasidagi nazorat va monitoring natijalari bo‘yicha aniqlangan normativ-huquqiy hujjatlar talablarining buzilishlarini bartaraf etish to‘g‘risida taqdimnomalar va ko‘rsatmalar berish;
(13-bandning o‘n ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 3-iyundagi 188-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 23-son, 269-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini hamda “Elektron hukumat” tizimini, ma’muriy tartibotlarni axborotlashtirishni va elektron davlat xizmatlari ko‘rsatishni joriy etish bo‘yicha ishlar va loyihalarni moliyalashtirishga davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining, mahalliy davlat hokimiyati organlarining xarajatlari smetalarini ko‘rib chiqishda va kelishishda qatnashish;
(13-bandning o‘n uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 3-iyundagi 188-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 23-son, 269-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, telekommunikatsiyalar va pochta aloqasi xizmatlari ko‘rsatish bo‘yicha normalar va qoidalarga tashkilotlar tomonidan rioya etilishi yuzasidan nazoratni amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
pochta va telekommunikatsiyalar sohasida faoliyat olib boradigan hamda belgilangan normalar, standartlar, texnik reglamentlar, ko‘rsatiladigan pochta va telekommunikatsiyalar xizmatlari sifati bo‘yicha talablar, respublika hududida foydalaniladigan telekommunikatsiyalar vositalari, radioelektron vositalar radionurlanishlarining va yuqori chastotali qurilmalar parametrlari buzilishiga yo‘l qo‘yayotgan xo‘jalik yurituvchi subyektlarning ayrim qurilmalari va texnologik uchastkalari ishini aniqlangan kamchiliklar bartaraf etilgunga qadar vaqtinchalik to‘xtatib qo‘yish to‘g‘risida qaror qabul qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
dasturiy mahsulotlarning mahalliy ishlab chiqaruvchilarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish uchun dasturiy mahsulotlar mahalliy bozorining rivojlanishi holatini tahlil qilish va o‘rganish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
pochta aloqasi va telekommunikatsiyalar xizmatlari sifati ko‘rsatkichlari va normalarini qonunchilikka muvofiq belgilash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
telekommunikatsiyalar va pochta aloqasi, axborotlashtirish, elektron hukumat, elektron raqamli imzo va radiochastota spektridan foydalanish, axborot xavfsizligi, teleko‘rsatuvlar va radioeshittirishlar sohasida faoliyatni tartibga soladigan, barcha vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari, tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy bo‘lgan normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilish;
(13-bandning o‘n sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 3-iyundagi 188-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 23-son, 269-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
telekommunikatsiyalar sohasida faoliyatni amalga oshiradigan xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan litsenziya bitimlari talablari va shartlari bajarilishi yuzasidan tizimli monitoringni amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
o‘z vakolati doirasida telekommunikatsiyalar operatorlari va provaydyerlari faoliyatini nazorat qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
vaqtinchalik mehnat qobiliyatini yo‘qotganlik bo‘yicha nafaqa to‘lash, mavjud kreditorlik qarzlarni uzish, moddiy-texnika bazani mustahkamlash, ijtimoiy rivojlanish va Vazirlik xodimlarini moddiy rag‘batlantirish bo‘yicha tadbirlarni tashkil etish uchun Vazirlikning Rivojlantirish jamg‘armasini shakllantirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan holda Vazirlikning markaziy apparatida va uning idoraviy mansub bo‘linmalarida, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalar sohasida ishlash uchun, shu jumladan rahbar-konsultantlar o‘rinbosarlari lavozimiga shartnoma asosida yetakchi xorijiy mutaxassislarni jalb etish;
(13-bandning yigirma ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 5-iyundagi 350-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 23-son, 474-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
favqulodda vaziyatlarda (harbiy harakatlar paytida, zilzilalarda, suv toshqinlarida, yong‘inlarda, epidemiyalarda va boshqalarda) pochta aloqasi, telekommunikatsiyalar va axborot tizimlarining har qanday tarmoqlari va vositalaridan foydalanish ustuvorligini belgilash, shuningdek telekommunikatsiya tarmoqlari va vositalarini markazlashtirilgan holda boshqarish, bundan telekommunikatsiya xizmatlari maxsus iste’molchilarining telekommunikatsiya tarmoqlari mustasno;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
radioelektron vositalarni va yuqori chastotali qurilmalarni sotib olishga (berishga), loyihalashga va qurishga (o‘rnatishga), O‘zbekiston Respublikasiga olib kirishga va ulardan foydalanishga zarur ruxsatnomalar berish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
radiochastota spektridan foydalanishni to‘xtatish, to‘xtatib turish va cheklash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalar belgilangan standartlar, texnik reglamentlar va texnik normalarga muvofiq bo‘lmaganda, fuqarolarning xavfsizligi, atrof muhit muhofazasi ta’minlanmaganlik holatlari aniqlanganda, radiochastota spektridan foydalanganlik uchun haq to‘lanmaganda, shuningdek alohida holatlarda ulardan foydalanishni belgilangan tartibda taqiqlash.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlik qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Vazirlik:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalar, axborotlashtirish va axborot xavfsizligini ta’minlash, “Elektron hukumat” tizimini joriy etish, elektron raqamli imzo va radiochastota spektridan, telekommunikatsiyalar va pochta aloqasidan foydalanish sohasida davlat siyosati amalga oshirilishi ta’minlanishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini va “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish bo‘yicha kompleks dasturlar amalga oshirilishi va ularning pirovard natijalari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Elektron hukumat” tizimini joriy etish, axborotlashtirish va axborot xavfsizligini ta’minlash, telekommunikatsiyalar va pochta aloqasi sohasiga investitsiyalar jalb etilishini ta’minlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Telekommunikatsiyalar tarmoqlarini boshqarish tizimi shakllantirilishi va uning samarali ishlashi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Radiochastotalar bo‘yicha Respublika kengashi faoliyatini tashkiliy-texnik va normativ-huquqiy ta’minlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
o‘ziga yuklangan boshqa vazifalarning samarali bajarilishi uchun javob beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
IV. Vazirlik faoliyatini tashkil etish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Vazirlikka O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadigan va lavozimidan ozod etiladigan vazir boshchilik qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirning O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimidan ozod etiladigan besh nafar o‘rinbosari, shu jumladan bir nafar birinchi o‘rinbosari bo‘ladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Vazir ayni vaqtda Radiochastotalar bo‘yicha respublika kengashi raisining o‘rinbosari hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Vazir:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlik faoliyatiga yakkaboshchilik asosida umumiy rahbarlik qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlik vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha qarorlar qabul qiladi hamda Vazirlikka yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
o‘z o‘rinbosarlarining vakolatlarini belgilaydi, ular o‘rtasida vazifalarni taqsimlaydi, hududiy boshqarmalar, Vazirlikning tashkiliy tuzilmasiga kiruvchi korxonalar, muassasalar va tashkilotlar mansabdor shaxslarining vakolatlarini belgilaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlik faoliyatining alohida uchastkalariga va yo‘nalishlariga rahbarlik qilish yuzasidan, shuningdek hududiy boshqarmalar hamda Vazirlikning tashkiliy tuzilmasiga kiruvchi korxonalar, muassasalar va tashkilotlar ishlari uchun o‘z o‘rinbosarlari va boshqa mansabdor shaxslarning javobgarligi darajasini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlik xodimlari, shuningdek Vazirlikning tashkiliy tuzilmasiga kiruvchi korxonalar, muassasalar va tashkilotlar tomonidan bajarilishi majburiy bo‘lgan buyruqlar, farmoyishlar va qarorlar chiqaradi hamda ko‘rsatmalar beradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
zarurat bo‘lganda, Vazirlikning markaziy apparati va hududiy boshqarmalari tuzilmasiga Vazirlik xodimlarining belgilangan umumiy soni doirasida o‘zgartirishlar kiritish huquqiga ega;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlikning markaziy apparati, hududiy boshqarmalarining shtat jadvalini, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishgan holda Vazirlikning markaziy apparati va hududiy boshqarmalarining, Vazirlikning tashkiliy tuzilmasiga kiruvchi va respublika budjeti hisobidan moliyalashtiriladigan korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning xarajatlar smetasini tasdiqlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlikning boshqarmalari, bo‘limlari va hududiy boshqarmalari to‘g‘risidagi nizomlarni, shuningdek Vazirlikning tashkiliy tuzilmasiga kiruvchi korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning ustavlarini (nizomlarini) belgilangan tartibda tasdiqlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlikning markaziy apparati va hududiy boshqarmalari, Vazirlikning tashkiliy tuzilmasiga kiruvchi korxonalar, muassasalar va tashkilotlar xodimlarini rag‘batlantirish va ularga intizomiy jazo berish masalalarini hal qiladi, Vazirlik tizimidagi alohida o‘rnak ko‘rsatgan xodimlarini O‘zbekiston Respublikasi faxriy unvonlari berishga va davlat mukofotlariga taqdim etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlikning markaziy apparati va hududiy boshqarmalari xodimlarini, Vazirlikning tashkiliy tuzilmasiga kiruvchi korxonalar, muassasalar va tashkilotlar rahbarlarini lavozimga tayinlaydi va lavozimdan ozod qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlik vakolatiga kiruvchi masalalar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini belgilangan tartibda imzolaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazir qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Vazirlikda vazir (hay’at raisi), uning o‘rinbosarlari (lavozimi bo‘yicha), Vazirlik faoliyatining asosiy yo‘nalishlarini muvofiqlashtiruvchi uning tarkibiy bo‘linmalari rahbarlaridan iborat tarkibda hay’at tuziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hay’at a’zolarining soni va shaxsiy tarkibi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Devoni bilan kelishgan holda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hay’at vazirlik faoliyatining ushbu Nizom bilan belgilangan asosiy yo‘nalishlarini tayyorlash va amalga oshirish bilan bog‘liq masalalarni ko‘rib chiqadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hay’at qarorlari Vazirning buyruqlari bilan amalga oshiriladi. Hay’at raisi va a’zolari o‘rtasida kelishmovchiliklar yuzaga kelganda, rais yuzaga kelgan kelishmovchiliklar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga axborot bergan holda mustaqil ravishda qaror qabul qiladi. Hay’at a’zolari ham o‘z fikrini yozma ravishda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga bildirishlari mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hay’at faoliyatining tartibi Hay’at tomonidan tasdiqlanadigan reglament bilan belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Vazirlik ekspert kengashlari va boshqa maslahat organlari tashkil etishga haqli, ular to‘g‘risidagi nizomlar Vazir tomonidan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Respublika budjeti hamda Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari Vazirlik hamda uning hududiy boshqarmalari va tashkilotlari faoliyatini moliyalashtirish manbalari hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlikning, Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasining, Davlat feldyegerlik xizmatining, Maxsus avariya-tiklash boshqarmasi (15361-harbiy qism)ning, “Respublika maxsus aloqa uzeli” DUKning, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar axborot-kutubxona markazlarining, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining joriy ta’minoti respublika budjeti mablag‘laridan moliyalashtiriladi.
(20-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 5-iyundagi 350-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 23-son, 474-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Quyidagilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xodimlarini qo‘shimcha ravishda moddiy rag‘batlantirish va moddiy-texnika bazasini mustahkamlash bo‘yicha xarajatlar, shuningdek Vazirlikning, Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasining faoliyati bilan bog‘liq boshqa xarajatlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ommaviy kommunikatsiyalar sohasidagi monitoring markazi, Respublika axborot-kutubxona markazi, “Fan-texnika va marketing tadqiqotlari markazi — UNICON.UZ” DUK huzurida faoliyat ko‘rsatadigan Aloqa obyektlari davlat kadastri xizmati, Tayanch standartlashtirish tashkiloti, Tayanch metrologiya xizmati, Atamashunoslik va lug‘atlar xizmati, ZiyoNet tarmog‘i resurs markazi, Milliy axborot tizimini shakllantirish va rivojlantirish departamenti, “O‘zinfokom” kompyuter va axborot texnologiyalarini rivojlantirish va joriy etish markazi huzurida faoliyat ko‘rsatadigan O‘zbekiston Respublikasi Hukumat portalini axborot jihatidan ta’minlash va rivojlantirish guruhi, “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish markazi, Axborot xavfsizligi va jamoat tartibini ta’minlashga ko‘maklashish markazi ta’minoti Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘laridan moliyalashtiriladi.
(20-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 17-oktabrdagi 838-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 18.10.2017-y., 09/17/838/0130-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlik va uning tashkilotlari faoliyati qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga ham moliyalashtirilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘laridan xodimlarni qo‘shimcha rag‘batlantirish quyidagi shakllarda amalga oshiriladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) muayyan muddat xizmat qilganlik uchun har oylik ustamalar. Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida muayyan muddat xizmat qilganlik uchun har oylik ustama quyidagi miqdorlarda to‘lanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

Ish staji

Ustama miqdori — lavozim maoshiga nisbatan

koeffitsiyentlarda

3 yildan 5 yilgacha bo‘lganda

0,3

5 yildan 10 yilgacha bo‘lganda

0,4

10 yildan 15 yilgacha bo‘lganda

0,5

15 yil va undan ortiq bo‘lganda

0,6

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) chorak yakunlari bo‘yicha eng tashabbuskor va samarali ishlagan xodimlarni lavozim maoshining 100 foizigacha bo‘lgan miqdorda bir yo‘la mukofotlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) eng tashabbuskor va samarali ishlagan xodimlarni lavozim maoshining 100 foizigacha bo‘lgan miqdorda moddiy rag‘batlantirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamg‘armasi kengashining qaroriga ko‘ra mehnat natijalari bilan bog‘liq bo‘lmagan kompensatsiya to‘lovlari va bir yo‘la mukofotlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu bandning “b” va “v” kichik bandlarida nazarda tutilgan to‘lovlar summasi bir chorakda, ustamani (rag‘batlantirish koeffitsiyentini) hisobga olgan holda, lavozim maoshi miqdoridan oshmasligi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Eng tashabbuskor va samarali ishlagan xodimlarni bir yo‘la mukofotlash va moddiy rag‘batlantirish to‘g‘risidagi nizom, shuningdek muayyan muddat xizmat qilganlik uchun mukofot olish huquqini beradigan ish stajini hisoblash tartibi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishgan holda Vazir tomonidan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlikni rivojlantirish jamg‘armasiga tushadigan mablag‘lar hisobiga xodimlarga qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa to‘lovlar ham to‘lanishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. Idoraviy mansub xo‘jalik hisobidagi tashkilotlarning moddiy-texnika ta’minoti, shuningdek ularning xodimlari mehnatiga haq to‘lash o‘z mablag‘lari hisobidan, Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan, shuningdek qonun hujjatlariga zid bo‘lmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23. Vazirlikning hududiy boshqarmalari yuridik shaxs hisoblanmaydi va o‘z faoliyatini Vazir tomonidan tasdiqlanadigan nizomlarga muvofiq amalga oshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlikning hududiy boshqarmalariga Vazir tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimidan ozod qilinadigan boshliqlar boshchilik qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
V. Yakunlovchi qoida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24. Vazirlikni qayta tashkil etish va tugatish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2015-y., 15-son, 178-modda, 39-son, 507-modda; 2016-y., 23-son, 269-modda; 2017-y., 23-son, 474-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 18.10.2017-y., 09/17/838/0130-son)